Тошкент шаҳар Мактабгача ва мактаб таълими бошқармаси. Манзили: 100000. Тошкент шаҳри Мустақиллик кўчаси 69 уй. Электрон манзили: t.toshkent_shxtbb@exat.uz Телефон — (+998) 71 237 08 01
✅Malakali o'qituvchi — sifatli ta'lim poydevori.
🔰Kuni kecha Yoshlar telekanali ijodkorlari tmonidan tayyorlangan 🎥 “Rostini ayting...” tok-shousi aynan shu mavzuga bag'ishlandi. Unda poytaxtlik mumuta'lim maktablari pedagog-o'qituvchilari ham faol ishtirok etishdi.
👉Marhamat, Siz ham batafsil tanishing.
🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 /channel/ToshkentshaharXTBB
✅Bugungi kunda poytaxtimizning Yakkasaroy tumanidagi 127-sonli umumta'lim maktabida 2200 nafarga yaqin o'quvchi ta'lim olmoqda. Mazkur ta'lim muassasasida ularning sifatli ta'lim olishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
🏹Shuningdek, ularning bo'sh vaqtlarini mazmunli o'tkazishlari, o'zlari yoqtirgan sport turlari bilan muntazam shug'ullanishlariga alohida e'tibor qaratib kelinmoqda.
🎥Bu haqda Sport telekanali ijodkorlari tomonidan tayyorlangan reportaj orqali batafsil tanishing.
🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 /channel/ToshkentshaharXTBB
✅Kuni kecha Mirobod tumanidagi 110-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida “Turon” maktab teatri” Respublika tanlovining tuman bosqichi o'tkazilganini xabar qilgandik.
🎥Bu haqda O'zbekiston 24 telekanali ijodkorlari talqinida batafsil tanishing.
🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 /channel/ToshkentshaharXTBB
✅Kuni kecha Olmazor tumanidagi 242-sonli umumta'lim maktabida “Xon atlas” haftaligi doirasida "Milliy liboslar” festivali o'tkazildi.
❇️Unda nafaqat o'quvchilar, balki ularning ustozlari ham faoli ishtirok etganligi e'tiborlidir.
🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 /channel/ToshkentshaharXTBB
"Фақат ухлаб қолма!" - Давлат хизматчилари учун фильм тақдим қилинди.
Ушбу қисқа метражли фильмда бугун давлат фуқаролик хизматидаги оғриқли масала — иш режимига амал қилмасликнинг оилавий қадриятларга, фарзанд тарбияси ва руҳиятига салбий таъсири, келажакка бўлган умидсизлик ҳолатлари акс этган.
Фильм Давлат хизматини ривожлантириш агентлиги томонидан туман ҳокимлигида, коммунал хизмат кўрсатиш соҳасида фаолият юритаётган давлат фуқаролик хизматчисининг бир кунлик фаолияти доирасида тайёрланди.
Жараёнлар ҳеч қандай пардозсиз, борича акс эттирилди. Ролларни ҳам айни шу кунда давлат хизматида фаолият юритаётган хизматчилар ижро этиб берган.
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Медиабанк
#yashil_makon
🏫: Школа №208 Мирзо Улугбекского района.
✅: В рамках программы «Яшил макон» в школе организована посадка деревьев под девизом: "Новое дерево – новое дыхание".
✅: Посадка деревьев это огромная пользя для сохранения нашей экологии и нашего будущего, и спустя годы следующее поколение будет только благославлять нас, пожиная плоды наших трудов.
✅: На посадке деревьев приняли участие: депутаты Олий Мажлиса - Валиев М., Гиёсов С., Рахмонова У., председатель городского Совета Экологической партии - Файзиева С., председатель Мирзо Улугбекского Совета Экологической партии - Агезов А., представитель - Хамроев Н., член Экопартии - Вревская О.
👩🏫: Директор школы - Каримова О.Б., зам дир по ДПР - Ташматова Ш.С.
🖌Пресс-служба УДШО города Ташкента
👉Подписывайтесь наш канал и делитесь с друзьями: 👉 /channel/ToshkentshaharXTBB
Продолжается посещение и изучение махаллей, включенных в «красную категорию».
В настоящее время, рабочая группа под руководством хокима столицы Шавката Умурзакова в составе руководителей секторов Ташкента, а также предприятий по благоустройству и коммунальному обслуживанию находятся в махалле «Нур Хает» Сергелийского района.
В ходе посещения подняты проблемы и вопросы, подлежащие первоочередному решению для создания удобств и обеспечения безопасности населения. Отмечена необходимость придерживаться концепции «двор без машин», путем эффективной организации многуровненовых автостоянок в соответствие с единым концептуальным подходом.
Ответственные «семерки» проинформированы о задачах стоящих перед хокимиятом и руководителями махаллей.
Заместителю хокима по вопросам молодежной политики, социальному развитию и духовной просветительской работе Д. Рахимовой поручено взять под строгий контроль деятельность школ и ДОО. В частности, дано поручение обеспечить профориентацию учеников, которые не планируют поступать в вузы после окончания школы.
Хоким Сергелийского района Э. Шукуров презентовал предложения по улучшению состояния и благоустройству махалли. Шавкатом Умурзаковым указано на отсутвие в докладе моментов по созданию условия маломобильных граждан и людей с ограничениями. Критически рассмотрен вопрос о наличии 50 безработных в махалле и их трудоустройство поставлено в приоритет.
Старейшинами махалли поднят вопрос о наличии больниц, ответственным лицам дано поручение детально изучить проблему и подготовить предложения.
#Сергели
#НурХаёт
⚡ Sportni rivojlantirish borasida fikr almashildi
🇺🇿6-aprel kuni Toshkent shahar hokimligida mahallalarda sportni rivojlantirish, aholini sog‘lom turmush tarziga faol jalb etish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Toshkent shahar hokimi Shavkat Umurzakov boshchiligidagi yig‘ilishda shahar hokimining o‘rinbosari Durdona Rahimova hamda sport federatsiyalari shahar bo‘limlari rahbarlari ishtirok etdi.
Xususan, poytaxtimizda filiallari faoliyat yuritayotgan 35 ta respublika sport federasiyalarining savol va muammolari bildirildi. Mazkur masalalar atroflicha o‘rganilgach, ularni hal etishda har tomonlama yordam ko‘rsatish choralari ko‘riladi.
Shuningdek, “qizil hudud”ga kiritilgan 25 ta mahallada joylashgan 19 ta maktabda sport federatsiyalarini biriktirib, sportni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Aniqrog‘i, o‘quvchilarning qiziqish va intilishlarini o‘rgangan holda, sportning ommabop olimpiya va noolimpiya turlari bo‘yicha maktablarga murabbiylar jo‘natish rejalashtirilgan. Shu bilan birga, bolalarning ishtiyoqini oshirish uchun “Sog‘lom tanda sog‘ aql” mavzusidagi darslarga sportning ommaviy turlari bo‘yicha yetuk sportchilarni maktablarga jalb etish taklif etildi.
Shavkat Umurzakov bolalarning sportga qiziqishini oshirish, ularning sport bilan shug‘ullanishi uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish zarurligini ta’kidladi.Читать полностью…
✅Poytaxtimizning Mirzo Ulug'bek tumanidagi 142-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabi 2-"G" sinf o'quvchisi Muxammadrizo Abrolov taekvodno (ITF) bo'yicha Buxoroda bolalar va o'smirlar o'rtasida o'tkazilgan “Buxoro kubogi” ochiq turnirida munosib qatnashdi.
🥇Muhammadrizo o'z vazn toifasida barcha raqiblarini yengib, faxrli birinchi o'rinni egalladi. Musobaqadan oltin medal bilan qaytgan iqtidorli o'quvchi maktab ma'muriyati tomonidan alohida e'tirof etildi.
🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 /channel/ToshkentshaharXTBB
✅Poytaxtimizning Shayxontohur tumanidagi 84-sonli umumta'lim maktabida o'tkazilgan “Turon” maktab teatri” Respublika tanlovining tuman bosqichidan hayajonli lahzalar aks etgan 📸fotolavhalar bilan tanishing.
🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 /channel/ToshkentshaharXTBB
✅Bugun O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Olmazor tumaniga tashrif buyurdi.
❇️Tashrif doirasida Tanzila Kamalovna tumandagi umumta'lim maktablari bitiruvchi o'quvchi-qizlari bilan yaqindan muloqot qildi. Ularning o'qishlari, kelgusi orzu-o'ylari bilan qiziqdi.
🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 /channel/ToshkentshaharXTBB
✅Poytaxtimizning Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 308-sonli umumta'lim maktabida "Buyuk kelajak avlodlarimiz!" shiori ostida ma'naviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi.
🔰Maktabning boshlang'ich ta'lim o'qituvchisi G.Ahmadjonova tashabbusi bilan 4-“V” sinf oʻquvchilari tomonidan uyushtirilgan tadbir barchaga manzur bo'ldi. Unda oʻquvchilar she'r, kuy va qoʻshiqlar, raqslar ijro etishdi.
🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 /channel/ToshkentshaharXTBB
✅Mirobod tumanidagi 110-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida “Turon” maktab teatri” Respublika tanlovining tuman bosqichi o'tkazildi.
🔰Unda tanlovning dastlabki bosqichida saralangan to'qqizta umumta'lim maktabi jamoalari shahar bosqichiga beriladigan yo'llanma uchun o'zaro bahs yuritishdi. Yakunda eng ko'p ball jamg'argan 294-maktab o'quvchilar faxrli 1-o'rinni egallashdi. Keyingi pog'onalardan 125- hamda 110-maktab vakillari joy oldilar.
👍E'tiborlisi, tanlovda O'zbekiston Milliy akademik drama teatri aktyori, O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan atrist Ra'no Yarasheva hamda “Shuhrat” medali sohibi, teatr va kino aktyori Mirolim Qilichevlar o'quvchi-yoshlarning chiqishlarini baholab borishdi.
🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 /channel/ToshkentshaharXTBB
✅Poytaxtimizning Yakkasaroy tumanidagi 118-sonli umumta'lim maktabida "Bugungi ta'lim — ertangi kelajak sari" shiori ostida "Ochiq eshiklar" kuni tadbiri o'tkazildi.
♻️Tadbir doirasida maktabda faoliyat ko'rsatayotgan metod birlashmalar faoliyatidan namunalar ko'rsatildi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanib, turli mavzularda ochiq darslar o'tkazildi.
❇️Maktab o'quvchilari tomonidan Sohibqiron Amir Temur tavalludining 688 yilligiga bag'ishlangan badiiy dastur namoyish qilindi. Maktab psixologlari tomonidan mahorat darslari tashkil etildi.
🔰Tadbirda tuman hokimligi, maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi mas'ullari, Abdulla Qahhor mahallasi faollari hamda ota-onalar ishtirok etdi.
🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 /channel/ToshkentshaharXTBB
Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Axborot xizmati rahbari faoliyati yuqori baholandi
✅ 2023-yil yakunlari bo‘yicha Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi tomonidan Respublika darajasidagi davlat organlari va tashkilotlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklarining 131 nafar matbuot kotibi faoliyati baholandi.
❗️Baholash natijalariga ko'ra, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi Axborot xizmati rahbari Dilfuza Sobirova faoliyati 88,5 ball bilan yuqori darajada deb baholandi.
👉 Batafsil: https://aoka.uz/uzb/news/1507
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
❤ Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
✅Toshkent shahar prokuraturasi tashabbusi bilan poytaxt umumta'lim maktablari o'quvchi-qizlarini tibbiy ko'rikdan o'tkazish, ularning salomatligini nazorat qilish maqsadida bepul tibbiy ko'riklar tashkil etilmoqda.
❇️Jumladan, kuni kecha Yashnobod tumanidagi 149- sonli umumta'lim maktabi 2-4-6-8-10-sinf o'quvchilari tumandagi 30-sonli oilaviy poliklinka shifokorlari tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko'rikdan o'tkazildi.
🔰Poliklinkasining o'ndan ortiq malakali mutaxassislari o'quvchilarga o'zlarining kerakli va muhim maslahat hamda tavsiyalarini berdilar.
🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 /channel/ToshkentshaharXTBB
✅Bektemir tumanidagi 575-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida “Katta bo'lsam fazogir bo'laman!” mavzusida ma'naviy-ma'rifiy tadbir o'tkazildi.
🔰Ota-onalar bilan hamkorlikda uyushtirilgan tadbirda pedagoglar Mirzo Ulug'bek siymosini yaratishdi. Bolajonlar ishtirokida koinot va uning sirlari haqida hikoya qiluvchi sahnalashtirilgan tomoshalar namoyish etildi. Jajji o'g'il-qizlar she'rlar va ashulalar ijro etishdi. Quvnoq musiqalarga raqslarga tushdilar.
🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 /channel/ToshkentshaharXTBB
✅Poytaxtimizning Mirobod tumanidagi 282-sonli ko'p tarmoqli ixtisoslashtirilgan davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida Navro'z sayli uyushtirildi.
🔰“Inson” ijtimoiy himoya agentligi Mirobod tumani bo'limi bilan hamkorlikda o'tgan tadbirda jamoa pedagoglari bolajonlarga bir olam zavq ulashdi. Jajji bolajonlar turli milliy o'yinlarda faoli ishtirok etib, dilrabo kuy-qo'shiqlarga raqsga tushdilar.
🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 /channel/ToshkentshaharXTBB
Ўзбекистон халқига Рамазон ҳайити табриги
—
Поздравление народу Узбекистана с праздником Рамазан хайит
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
✅Poytaxtimizning Mirzo Ulug'bek tumanidagi 142-sonli ixtisoslashtirilgan davlat umumta'lim maktabida Toshkent farmatsevtika instituti bilan hamkorlikda “Tezroq, balandroq, kuchliroq — birgalikda!” shiori ostida sport musobaqalari o'tkazildi.
⚽️Institutning Tibbiy, biologik fanlar va jismoniy tarbiya kafedrasi hamda maktab jismoniy tarbiya fani o'qituvchilari hamkorligida 5-sinflar o'rtasida uyushtirilgan yugurish, quvnoq estafeta kabi bahslarda barcha faol ishtirok etdi.
🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 /channel/ToshkentshaharXTBB
🎭Poytaxtimizning O'zbekiston davlat Yosh tomoshabinlar teatrida Yunusobod tumani umumta'lim maktabi o'quvchilari o'rtasida ''Turon'' maktab teatri” Respublika tanlovining tuman bosqichi o'tkazildi.
🔰Tanlov yakuniga ko'ra, 9-maktab jamoasi faxrli birinchi o'rinni egalladi va shahar bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi. Shuningdek, tanlovda 257- va 271-sonli umumta'lim maktablari o'quvchilari ham munosib qatnashib, keyingi pog'onalardan joy oldilar.
🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 /channel/ToshkentshaharXTBB
“Qizil toifa”ga kiritilgan mahallalarga tashriflar va o‘rganish davom etmoqda.
Poytaxt hokimi Shavkat Umurzakov boshchiligidagi Toshkent shahar sektorlari hamda obodonlashtirish va kommunal xizmat ko‘rsatish korxonalari rahbarlaridan iborat ishchi guruhi Sergeli tumanidagi “Nur-Hayot” mahallasiga tashrif buyurdi.
Tashrif chog‘ida aholi uchun qulayliklar yaratish va xavfsizligini ta’minlashda birinchi navbatda hal etilishi lozim bo‘lgan muammo va masalalar ko‘tarildi. Yagona konseptual yondashuv asosida ko‘p qavatli avtoturargohlarni samarali tashkil etish orqali “avtomobilsiz hovli” konsepsiyasiga amal qilish zarurligi qayd etildi.
“Yettilik”ga hokimlik va mahalla rahbarlari oldida turgan vazifalar haqida ma’lumot berildi.
Shahar hokimining yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari D.Rahimovaga maktablar va maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyatini qat’iy nazoratga olish topshirildi. Xususan, oliy o‘quv yurtlariga o‘qishga kirishni rejalashtirmagan talabalarni maktab davridayoq kasbga yo‘naltirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Sergeli tumani hokimi E.Shukurov mahallani obodonlashtirish va rivojlantirish bo‘yicha takliflarni taqdim qildi. Shavkat Umurzakov taqdimotda harakatlanishi cheklangan fuqarolar va nogironlar uchun sharoit yaratish ko’zda tutilmaganiga e’tibor qaratdi. Mahallada 50 nafar ishsiz fuqaro borligi masalasi tanqidiy o‘rganilib, ularni ish bilan ta’minlashga ustuvor ahamiyat berildi.
Mahalla oqsoqollari shifoxona yo’qligi masalasini ko‘tardi. Bu borada mas’ullarga muammoni atroflicha o‘rganib, takliflar tayyorlash topshirildi.
#Sergeli
#NurHayot
✅Kuni kecha “Tashabbusli byudjet” loyihasi 2024-yil birinchi mavsum g'oliblari nomi e'lon qilindi.
🔰Quvonarlisi, loyiha g'oliblari orasida Chilonzor tumanidagi 201-sonli umumta'lim maktabi ham bor.
🎥Bu haqda O'zbekiston 24 telekanali ijodkorlari talqinida batafsil tanishing.
🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 /channel/ToshkentshaharXTBB
✅Poytaxtimizning Sergeli tumanidagi 55-sonli umumta'lim maktabining 4-"A"sinf o'quvchisi Asal Ziyodullayeva bir necha yildirki, badiiy gimnastika bilan muntazam shug'ullanib kelmoqda.
🧘♀️Kuni kecha iqtidorli nafosat malikasi Birlashgan Arab amirliklarining Dubay shahrida o'tkazilgan xalqaro turnirda munosib ishtirok etdi. Unda Asal Ziyodullayeva faxrli uchinchi o'rinni egallab, bronza medaliga sazovor bo'ldi.
🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 /channel/ToshkentshaharXTBB
✅Poytaxtimizning Mirobod tumanidagi 328-sonli umumta’lim maktabida 5-8-sinf o'quvchilari o’rtasida Informatika fani olimpiadasining tuman bosqichi o’tkazildi.
❇️Olimpiadada tumandagi mavjud 18 ta umumta’lim maktabidan jami 188 nafar o’quvchi o'z bilimlarini sinovdan o'tkazishdi.
🔰O’quvchilar bilimini shaffof baholash maqsadida Toshkent transport universiteti professor-o’qituvchilari taklif etildi.
🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 /channel/ToshkentshaharXTBB
✅Poytaxtimizning Yangihayot tumanidagi 329-sonli umumta’lim maktabida Toshkent shahar Direktorlar kengashi tomonidan umumta’lim maktablarining direktorlari, ma’naviy-ma’rifiy hamda o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari uchun "Zamonaviy rahbar va maktab ta’limida samarali boshqaruv" mavzusida seminar-trening o’tkazildi.
🔰Seminar-treningdan asosiy maqsad — maktab direktorlarining ta’limga oid normativ-huquqiy hujjatlar bo’yicha savodxonligini oshirish, zamonaviy ta’lim standartlari va o'qitish metodikalarini keng joriy qilish, tashabbuskorlik va ijdokorlik, ijtimoiy intellekt, ish yuritish va ijro intizomi bo'yicha bilimlarini oshirish liderlik qobiliyatlarini shakllantirishdan iborat.
❇️Treningga qo‘shma ilmiy tadqiqotlarni o‘tkazish, pedagogik tajriba almashish sohasida doimiy xalqaro hamkorlikni amalga oshirish maqsadida xorijlik mutaxassislar ham jalb etildi.
🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 /channel/ToshkentshaharXTBB
✅Bugun poytaxtimizning Olmazor tumanidagi 20-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining tantanali ochilish marosimi bo'lib o'tdi.
🔰Tantanada Oliy Majlis senati raisi Tanzila Narbayeva, Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Shahnoza Sultanova, Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Nilufar Husanboyeva, tuman sektor rahbarlari hamda mahalla faollari ishtirok etdi.
❇️Shu bilan birga mehmonlar tumandagi Olmazor Garden issiqxona, ART SHOSH hunarmandlar markazi, Urush va mehnat faxriylari respublika pansionatida bo'lib u yerda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishishdi.
🎥Bu haqda videolavhamiz orqali tanishing.
@olmazorhokimligi
👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 /channel/ToshkentshaharXTBB
✅Poytaxtimizning Yashnobod tumanidagi alohida ta'lim ehtiyoji bo'lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 103-sonli maktab-internatida "Hayot goʻzal, yashash uchun 1001 sabab!" shiori ostida aksiya o'tkazildi.
🔰Mazkur aksiyani oʼtkazishdan maqsad oʼquvchilarda stress va tushkunlik holatlarini oldini olish hamda hayotning goʼzalligini anglash, shukronalik tuygʼularini kamol toptirish boʼlib, bunda mazkur maktab psixologi Shaxnoza Tuxtashova, oʼqituvchilar jamoasi, ota-onalar hamda oʼquvchilar faol qatnashdi.
🎥Tafsilotlar bilan videolavhamiz orqali batafsil tanishing.
🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 /channel/ToshkentshaharXTBB
Poytaxt ta’lim muassasalaridagi holat tanqidiy tahlil etildi
✅Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligida Toshkent shahar tumanlarining maktabgacha va maktab ta’lim bo‘limi rahbarlari hamda mas’ul xodimlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Tanqidiy-tahliliy ruhda o‘tkazilgan yig‘ilishda kuni kecha Prezident huzurida maktab ta’limini rivojlantirish va sifatini oshirishga oid rejalar taqdimoti hamda Toshkent shahridagi 5-maktabga amalga oshirilgan tashrif davomida belgilab berilgan vazifalar ijrosi haqida so‘z bordi.
Ta’kidlanganidek, ayni vaqtda poytaxt tumanlarida maktabgacha ta’lim qamrovi 76 foizdan oshgan bo‘lsada, ayrim hududlarda bu borada sustkashlikka yo‘l qo‘yilmoqda.
➖ Vazir ushbu hudud rahbarlarining maktabgacha ta’lim qamrovini oshirishga doir reja va takliflari bilan tanishdi, yil oxiriga qadar sezilarli o‘zgarish qilish bo‘yicha aniq topshiriqlar berdi.
Shuningdek, joylarda oilaviy shakldagi maktabgacha ta’lim muassasalarini rivojlantirish, ushbu yo‘nalish bo‘yicha raqamlashtirish jarayonini yanada jadallashtirish bo‘yicha mavjud holat tahlil etildi.
Yig‘ilishda Toshkent shahar maktablarida ta’lim sifatini oshirish va bitiruvchilarning oliy ta’lim muassalariga kirish ko‘rsatkichini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar keltirib o‘tildi va mavjud takliflar o‘rtaga tashlandi.
❗️Bitiruvchilarining o‘rtacha ballari past natija ko‘rsatgan maktablarda ta’lim sifatini oshirish bo‘yicha mas’ullarga zarur tavsiya va topshiriqlar berildi.
Yig‘ilishda soha xodimlarini attestatsiyadan o‘tkazish uchun shu oyda boshlanadigan malaka sinovlarini uyushqoqlik bilan tashkil etish, mutasaddilarning bu boradagi mas’uliyatini yanada oshirish bo‘yicha zarur vazifalar belgilab berildi.
📍 Yig‘ilishda tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mudirlarining keltirib o‘tilgan masalalarga doir hisobot va takliflari tinglandi.
✅Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 70-sonli umumta'lim maktabida Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Respublika ta'lim markazi bilan hamkorlikda “Amaliy fanlarda zamonaviy yondashuvlar asosida ta'lim sifatini oshirish” mavzusida seminar-trening o'tkazildi.
🔰Tajribali pedagoglar tomonidan mahorat darslari uyushtirildi. Mashg'ulotlarda tasviriy san'at, texnologiya, jismoniy tarbiya, ChQBT fani o'qituvchilari ishtirok etishdi.
🖌Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati
👉Kanalimizga ulaning va do’stlaringizga ulashing: 👉 /channel/ToshkentshaharXTBB