toshstat | Unsorted

Telegram-канал toshstat - Tashkent Stat

2322

Управление статистики г. Ташкента * Toshkent shahar Statistika boshqarmasi

Subscribe to a channel

Tashkent Stat

#toshkent | #vakansiya | #statistika

☑️ Toshkent shahar statistika boshqarmasi ishga taklif qiladi.

Toshkent shahar statistika boshqarmasi Ro‘yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o‘tkazishga vaqtincha jalb qilinadigan xodimlar uchun boʻsh ish oʻrinlariga tanlov eʼlon qiladi:


➡️ Batafsil...


Rasmiy sahifalarimiz:
🌐 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Facebook

Читать полностью…

Tashkent Stat

#Toshkent | #Import | #Statistika

📈 Import hajmi qanchaga yetdi?

📊 Dastlabki maʼlumotlar bo‘yicha, 2025-yil yanvar-iyul oylarida Toshkent shahrining import hajmi 11 959,6 mln. AQSh dollariga yetdi va 2024-yilning mos davriga nisbatan 2,8 % ga ko'paydi.

📌 Ushbu ko‘rsatkich yillar kesimida (mln. AQSh dollari):

🔹 2024-yil – 11 638,7

🔹 2025-yil – 11 959,6

Rasmiy sahifalarimiz:
🌐 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Facebook

Читать полностью…

Tashkent Stat

#Tashkent | #Xizmat | #Statistika

📊 Transport xizmatlarida o‘sish sur’ati 25,7 %ni tashkil etdi

✅ Joriy yil yanvar-iyul oylarida Toshkent shahrida transport xizmatlari hajmi jami 21 659,4 mlrd. so‘mni, o‘sish sur’ati esa 25,7 foizni tashkil etdi.

📌 Ushbu ko‘rsatkichning yillar kesimidagi hajmi (mlrd. soʻm):

🔹 2024-yil yanvar-iyul – 15 254,6

🔹 2025-yil yanvar-iyul – 21 659,4

Rasmiy sahifalarimiz:
🌐 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Facebook

Читать полностью…

Tashkent Stat

#XonAtlas2025 #MilliyLiboslar #XotinQizlarFaolligi #Qadriyatlarimiz

📸 “Xon atlas” – milliylik va zamonaviylik uyg‘unligi

O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining 2025-yil 3-sentabrdagi xatiga asosan, sentyabr oyi “Xon atlas” oyligi deb e’lon qilindi. Bu tashabbus doirasida mamlakatimiz bo‘ylab milliy liboslarimiz orqali qadriyatlarimizni targ‘ib qilishga katta e’tibor qaratilmoqda.

📍 Toshkent shahar statistika boshqarmasining xotin-qizlari ham mazkur festivalda faol ishtirok etib, go‘zal milliy liboslar — xon atlaslarda ijodiy chiqishlar namoyon etdilar.

👘 Milliy va zamonaviy uslublarning uyg‘unligi, betakror rang va naqshlar orqali ifodalangan har bir obraz xalqimizning boy madaniy merosi, estetik qarashlari va an’analariga bo‘lgan yuksak hurmatni aks ettirdi.

🇺🇿 Bunday tadbirlar yosh avlodni milliy ruhda tarbiyalashda, qadriyatlarimizni asrab-avaylash va ulug‘lashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Rasmiy sahifalarimiz:
🌐 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Facebook

Читать полностью…

Tashkent Stat

#toshkent | #qurilish | #statistika

📊 Toshkent shahrida qurilish sohasida qaysi hududlar yetakchi?

📈 2025- yilning yanvar-avgust oylarida, Toshkent shahrida jami 47,2 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 118,7% ni tashkil etdi.

⤵️Hududlar bo'yicha qurilish ishlari hajmi quyidagicha:

⚪️ Yunusobod - 5,9 trln. so'm
⚪️ Yakkasaroy - 4,8 trln so'm
⚪️ Mirobod - 4,5 trln. so'm
⚪️ Yashnobod - 3,9 trln. so'm

⚪️ Mirzo Ulugʻbek - 3,7 trln so'm
⚪️ Shayxontohur - 2,8 trln. so'm
⚪️ Olmazor - 2,7 trln. so'm
⚪️ Chilonzor - 2,4 trln. so'm
⚪️ Sergeli - 1,9 trln. so'm
⚪️ Yangihayot - 1,6 trln. so'm

⚪️ Uchtepa - 1,5 trln. so'm
⚪️ Bektemir - 1,4 trln. so'm
⚪️ Taqsimlanmagan hajm - 9,7 trln. so'm


Rasmiy sahifalarimiz:
🌐 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Facebook

Читать полностью…

Tashkent Stat

📊 Ўзбекистонда телекоммуникация хизматлари ҳажми 10,5 % га ошган

🤩 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2025 йилнинг январь-июль ойларида телекоммуникация хизматлари ҳажми 13,9 трлн сўмни ташкил этган.

📊 Бу кўрсаткич ўтган йилнинг мос даври билан солиштирилганда 10,5 % га ошган.


📊 Алоқа ва ахборотлаштириш хизматлари ҳажмида телекоммуникация хизматлари улуши 33,4 % ни эгаллаган.


📊 Ҳудудлар кесимида телекоммуникация хизматлари ҳажми:

Тошкент шаҳри – 5 853,4 млрд сўм

Фарғона вилояти – 1 018 млрд сўм

Самарқанд вилояти – 1 000,6 млрд сўм

Андижон вилояти – 793,8 млрд сўм

Тошкент вилояти – 743 млрд сўм

Қашқадарё вилояти – 720,6 млрд сўм

Наманган вилояти – 701,8 млрд сўм

Сурхондарё вилояти – 565 млрд сўм

Бухоро вилояти – 559,1 млрд сўм

Қорақалпоғистон Респ. – 524,9 млрд сўм

Хоразм вилояти – 516,1 млрд сўм

Навоий вилояти – 339,5 млрд сўм

Жиззах вилояти – 328,9 млрд сўм

Сирдарё вилояти – 255 млрд сўм


———

🇺🇿 Lotin
🇷🇺 Русский
🇬🇧 English

———

📢 Расмий саҳифалар | Официальные каналы
| 🔝Telegram | 🔝Instagram |🔝Facebook | 🔝uzstataxborot">Youtube | 🔝X | LinkedIn

Читать полностью…

Tashkent Stat

#toshkent | #yahm | #statistika

📊 Toshkent shahri bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot hajmi qanchani tashkil etdi?

📈 2025- yilning yanvar-iyun oylarida Toshkent shahri bo‘yicha yalpi hududiy mahsulot hajmi joriy narxlarda 158 215,0 mlrd. so‘mni tashkil etdi va 2024-yilning yanvar-iyun oylari bilan taqqoslaganda 10,6 % ga o‘sdi.

🔷YAHM deflyator indeksi 2024- yilning yanvar-iyun oylari
narxlariga nisbatan 110,2 % ni tashkil qildi.


Rasmiy sahifalarimiz:
🌐 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Facebook

Читать полностью…

Tashkent Stat

#toshkent | #savdo | #statistika

📊 Toshkent shahrida umumiy ovqatlanish korxonalari savdo hajmi qancha?

📈 2025-yil 1-avgust holatiga umumiy ovqatlanish sohasida faoliyat yuritayotgan tijorat korxonalari soni 5 223 tani tashkil etib, shundan, faoliyat koʻrsatayotgan yirik korxonalar soni 65 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 5 158 tani tashkil qildi.
📌2025-yilning yanvar-iyul oylarida ovqatlanish korxonalarining savdo aylanmasi 17,7 trln. soʻmga yetdi. 2024-yilning mos davriga nisbatan 13,2 % ga oshdi. Bunda savdo aylanmasining 60,0 % ulushi kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subektlari hissasiga toʻgʻri keldi.

Rasmiy sahifalarimiz:
🌐 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Facebook

Читать полностью…

Tashkent Stat

#toshkent | #savdo | #statistika

📊 Toshkent shahrida ulgurji savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni.

📈 2025-yil 1-avgust holatiga ulgurji savdo sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tijorat korxonalari soni 18 155 tani tashkil etib, shundan, faoliyat ko‘rsatayotgan yirik korxonalar soni 278 tani, kichik korxona va mikrofirmalar soni 17 877 tani tashkil qildi.
Toshkent shahar bo‘yicha 2025-yilning yanvar-iyul oylarida ulgurji savdo tovar aylanmasi 138,6 trln so‘mni tashkil etib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 11,1 % ga o‘sdi.

Kichik biznes subektlarining ulgurji savdo aylanmasidagi umumiy hajmi 88,1 trln so‘mni tashkil qilib, 2024-yilning mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 107,3 % ga to‘g‘ri keldi.

Rasmiy sahifalarimiz:
🌐 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Facebook

Читать полностью…

Tashkent Stat

https://youtu.be/-G-HdtQKWms?si=Jy5QDj3yFW_ojZA8

Читать полностью…

Tashkent Stat

#toshkent | #savdo | #statistika

📊Toshkent shahrida chakana savdo tovar aylanmasi qanchani tashkil etdi?

📈Toshkent shahar statistika boshqarmasi 2025-yilning 1-avgust holatiga ko'ra chakana savdo sohasidagi muhim ko'rsatkichlarni e'lon qildi.

⤵️Tijorat korxonalari:
🔷 Jami faoliyat ko'rsatayotgan tijorat korxonalari: 13 935 ta
🔷 Yirik korxonalar: 202 ta
🔷 Kichik korxona va mikrofirmalar: 13 733 ta

⤵️ Chakana savdo tovar aylanmasi:
2025-yilning yanvar-iyul oylari davomida shaharning chakana savdo tovar aylanmasi jami 63,5 trln so‘mni tashkil etdi.
Bu ko'rsatkich 2024-yilning shu davriga nisbatan 112,3 % ga o‘sganligini bildiradi.

Rasmiy sahifalarimiz:
🌐 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Facebook

Читать полностью…

Tashkent Stat

#toshkent | #qurilish | #statistika

📊Toshkent shahrida qurilish ishlari 18,7 % ga oshdi

📈 2025-yilning yanvar-iyul oylarida Toshkent shahrida jami 47,2 trln soʻmlik qurilish ishlari bajarildi.

📈Bu ko'rsatkich 2024-yilning mos davriga nisbatan 18,7 % ga o'sdi.

Rasmiy sahifalarimiz:
🌐 Sayt 📱 Telegram 📱 Facebook

Читать полностью…

Tashkent Stat

🤩 1 килограмм палов тайёрлаш қанчага тушади?

🤩 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, бир килограмм паловнинг ҳудудлар кесимида ҳисобланган қийматлари қуйидаги кўринишга эга бўлди (2025 йил август ойи учун):

🔹Қорақалпоғистон Р. – 98 600 сўм

🔹Андижон вилояти – 105 500 сўм

🔹Бухоро вилояти – 108 400 сўм

🔹Жиззах вилояти – 110 000 сўм

🔹Қашқадарё вилояти – 111 700 сўм

🔹Навоий вилояти – 110 000 сўм

🔹Наманган вилояти – 109 400 сўм

🔹Самарқанд вилояти – 113 400 сўм

🔹Сурхондарё вилояти – 111 500 сўм

🔹Сирдарё вилояти – 105 700 сўм

🔹Тошкент вилояти – 113 600 сўм

🔹Фарғона вилояти – 115 000 сўм

🔹Хоразм вилояти – 107 000 сўм

🔹Тошкент шаҳри – 117 400 сўм

* Рақамлар яхлитланган

🤩 Бир килограмм палов учун керакли маҳсулотлар:

🤩 кунгабоқар ёғи – 0,3 л

🧅 пиёз – 300 гр

🥩 мол гўшти – 700 гр

🥕 сабзи – 1 кг

🤩 гуруч – 1 кг

🤩 нўхат – 100 гр

🤩 зира – 10 гр

🤩 ош тузи – 20 гр

📌 Эслатиб ўтамиз, юқоридаги рақамлар ҳудудларда сотилаётган бир килограмм паловнинг нархига тўғри келмайди. Уларда палов тайёрлаш ва бошқа хизматлар ҳақи ҳам қўшиб ҳисобланади.


———

🇷🇺 Русский
🇬🇧 English

———

📢 Расмий саҳифалар | Официальные каналы
| 🔝Telegram | 🔝Instagram |🔝Facebook | 🔝uzstataxborot">Youtube | 🔝X | LinkedIn

Читать полностью…

Tashkent Stat

https://youtu.be/pOjCkcU0H5I?si=QA_NfECeN8S7PN_E

Читать полностью…

Tashkent Stat

📢 ДИҚҚАТ, ТEНДEР!

🤩 Ўзбекистон Республикаси Миллий статистика қўмитаси Жаҳон банкининг “Ўзбекистон статистика тизимини мустаҳкамлаш” лойиҳаси доирасида АКТ (ахборот-коммуникация технологиялари) ускуналари ва периферик қурилмаларни харид қилиш учун нарх таклифларини сўраш асосида тендер эълон қилади.

📌 Лойиҳа номи:
“Ўзбекистон статистика тизимини мустаҳкамлаш”

📄 Шартнома рақами:
SSS/C3.1/RFQ/43

📅 Таклифларни тақдим этиш муддати:
2025 йил 7 август, соат 17:00 гача (Тошкент вақти билан)

📍 Манзил:
Тошкент шаҳри, Мустақиллик проспект, 42-б

🏬 «Ўзбекистон статистик тизимини мустаҳкамлаш» ДУК

📞 Телефон: +998 71 203 80 00 (ички рақам: 1673)

📨 E-mail: sssup.pmu@gmail.com

Тендерда қатнашишни истаган барча етказиб берувчилар иштирок этишлари мумкин. Харидлар Жаҳон банкининг 2020 йил ноябрь ойида қабул қилинган зарурий харидлар қоидаларига мувофиқ амалга оширилади.

Читать полностью…

Tashkent Stat

#toshkent | #brifing | #statistika

Korxona va tashkilotlarning demografik ko‘rsatkichlari bo‘yicha brifing tashkil etildi.

Joriy yilning 18-sentabr kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasi Xizmatlar va savdo sohasi statistikasi bo'limi boshlig'i Kamoliddin Djalilov ishtirokida Toshkent shahar hokimligida brifing tashkil etildi.

Mutaxassis tomonidan shaharda faoliyat yuritayotgan korxonalar soni, yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari hamda ularning sohalar bo‘yicha taqsimlanishi haqida batafsil ma’lumot berildi.

Rasmiy sahifalarimiz:
🌐 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Facebook

Читать полностью…

Tashkent Stat

#Tashkent | #Qurilish | #Statistika

🏗 Jami qurilish ishlarida yirik qurilish tashkilotlari ulushi 30,9 % ga yetdi

📊 Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent shahrida yirik qurilish tashkilotlari tomonidan 2025-yilning yanvar-iyul oylarida bajarilgan qurilish ishlari hajmi 14 583,8 mlrd. soʻmni tashkil etdi. Koʻrib chiqilayotgan davrda qurilish ishlari hajmi 2024-yilning mos davriga nisbatan 136,9 % ni va ularning umumiy hajmdagi ulushi 4,1% ga koʻpayib, 30,9 % ni tashkil etdi.

📌 Ushbu ko‘rsatkichning yillar kesimidagi hajmi quyidagicha (mlrd. soʻmda):

🔹 2021-yil – 3 988,2

🔹 2022-yil – 6 092,0

🔹 2023-yil – 4 608,3

🔹 2024-yil – 9 909,7

🔹 2025-yil – 14 583,8

Rasmiy sahifalarimiz:
🌐 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Facebook

Читать полностью…

Tashkent Stat

#Tashkent | #Xizmatlar | #Statistika

📈 Yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi ortgan.

📊 Joriy yil yanvar-iyul oylarida Toshkent shahrida yashash va ovqatlanish xizmatlar hajmi jami 18 946,3 mlrd. so‘mga, o‘sish sur’ati 11,2 foizni tashkil etdi.

📌 Ushbu ko‘rsatkichning yillar kesimida hajmi (mlrd. soʻm):

🔹 2024-yil yanvar-iyul – 15 125,8

🔹 2025-yil yanvar-iyul – 18 946,3

Rasmiy sahifalarimiz:
🌐 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Facebook

Читать полностью…

Tashkent Stat

❗️ДИҚҚАТ, СЎРОВНОМА!

📊 Статистик маълумотлардан фойдаланувчиларнинг қониқиш даражасини баҳолаш бўйича тайёрланган сўровномада иштирок этинг!

→ Сўровномага ҳавола

———————————————————

❗️ВНИМАНИЕ, ОПРОС!

📊
Примите участие в опросе для оценки уровня удовлетворенности пользователей статистическими данными!

→ Ссылка на опрос

Расмий саҳифалар
| Официальные каналы
| Telegram | Instagram | Facebook  | Youtube| X | LinkedIn

Читать полностью…

Tashkent Stat

#toshkent | #kichikbiznes | #statistika

📊 Toshkent shahrida yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalar soni.

📈 2025- yilning yanvar-iyun oylarida 9 093 ta yangi kichik korxona va mikrofirmalar (fermer va dehqon xo‘jaliklarisiz) tashkil qilindi.

2025-yilning yanvar-iyunida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha eng ko‘p kichik korxona va mikrofirma savdo sohasida 3 343 ta, sanoatda 816 ta, boshqa xizmatlarda 2 266 ta hamda qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 87 ta tashkil etilgan.


Rasmiy sahifalarimiz:
🌐 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Facebook

Читать полностью…

Tashkent Stat

#toshkent | #savdo | #statistika

📊 Toshkent shahrining yirik hamkor davlatlar bilan tashqi savdo aylanmasi dinamikasi (mln AQSH dollari).

📈 Toshkent shahri jahonning 184  mamlakati bilan savdo aloqalarini amalga oshirib kelmoqda. TSAning nisbatan salmoqli hissasi XXRda (23,5 %), Rossiyada (22,5 %), Qozogʻistonda (8,5 %), Turkiyada (5,0 %) va Turkmаniston (2,7 %) qayd etilgan.

Rasmiy sahifalarimiz:
🌐 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Facebook

Читать полностью…

Tashkent Stat

📰Аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олиш тадбирлари ўтказилади

🗞“Biznes Daily Birja” газетасининг 2025 йил 16 сентябрдаги 74-сонида “Аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олиш тадбирлари ўтказилади” мавзусида мақола чоп этилди.

🇺🇿 Батафсил 📰

———

📢 Расмий саҳифалар | Официальные каналы
| 🔝Telegram | 🔝Instagram |🔝Facebook | 🔝uzstataxborot">Youtube | 🔝X | LinkedIn

Читать полностью…

Tashkent Stat

#toshkent | #xizmatlar | #statistika

📊 Toshkent shahrida bozor xizmatlarining asosiy turlari bo'yicha hajmi

📈 2025- yil yanvar-iyul oylarida iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha ko‘rsatilgan bozor xizmatlari tarkibida
- moliyaviy xizmatlar 25,9 %,
- aloqa va axborotlashtirish xizmatlari 14,5 %,
- savdo xizmatlari 16,5 %,
- transport xizmatlari 10,5 %,
- yashash va ovqatlanish xizmatlari 9,1 %,

- ta‘lim sohasidagi xizmatlar esa 4,9 % ulushini tashkil etdi.

Taqqoslash uchun: 2024- yilning tahlil qilinayotgan davrida xizmatlarning umumiy
hajmida moliyaviy xizmatlar 26,9 foiz, savdo xizmatlari 17,6 foiz, aloqa va axborotlashtirish
xizmatlari 12,8 foiz, transport xizmatlari 9,4 foiz, yashash va ovqatlanish xizmatlari 9,3 foiz,
ta’lim sohasidagi xizmatlar esa 5,3 foiz ulushni tashkil etgan.


Rasmiy sahifalarimiz:

🌐 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Facebook

Читать полностью…

Tashkent Stat

#toshkent | #sanoat | #statistika

📊 Toshkent shahrida faoliyat yuritayotgan sanoat korxonalari soni qancha?

📈 2025-yilning 1-avgust holatiga ko‘ra Toshkent shahrida 10 961 ta sanoat korxonalari faoliyat yuritib kelmoqda.

Ushbu sanoat korxonalari soni asosiy iqtisodiy faoliyat turlari kesimida taqsimlanganda yuqori ulush
🔷 1 700 tasi (faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalar umumiy sonining 15,5 % i) oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishga,
🔷 889 tasi (8,1 %) mebel ishlab chiqarishga,
🔷 873 tasi (8,0 %) mashina va uskunalardan tashqari tayyor metal buyumlar ishlab chiqarishga,
🔷 773 tasi (7,1 %) kiyim ishlab chiqarishga,
🔷 726 tasi (6,6 %) rezina va plastmassa buyumlar ishlab chiqarishga to‘g‘ri kelmoqda.

Rasmiy sahifalarimiz:
🌐 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Facebook

Читать полностью…

Tashkent Stat

Президент Шавкат Мирзиёев аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олиш ишларини самарали ташкил этишга оид таклифлар тақдимоти билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с предложениями по эффективной организации переписи населения и сельского хозяйства.

#Mirziyoyev #taqdimot #statistika #ruyxatgaolish

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Читать полностью…

Tashkent Stat

#toshkent | #savdo | #statistika

📊 Toshkent shahrining tashqi savdo aylanmasi qanchani tashkil etdi?

📈 2025-yil yanvar-iyul oylarida viloyatining tashqi savdo aylanmasi 15,3 mlrd AQSH dollariga yetdi.

📈 Bu ko'rsatkich 2024-yilning yanvar-iyul oylariga nisbatan 562,1 mln AQSH dollariga yoki 3,8 % ga ko‘paydi.

Rasmiy sahifalarimiz:
🌐 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Facebook

Читать полностью…

Tashkent Stat

🛬 Ўзбекистонга саёҳат мақсадида қарийб 950 минг нафар чет эл фуқаролари келган

🤩 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2025 йилнинг январь-июль ойларида жами 949,9 минг нафар чет эл фуқаролари саёҳат мақсадида Ўзбекистонга ташриф буюрган.

📊 Бу кўрсаткич ўтган йилнинг мос даври билан солиштирилганда 319,3 минг нафарга ёки 50,6 % га ошган.

📊 Жорий йилнинг 7 ойида Ўзбекистонга саёҳат мақсадида келган чет эл фуқаролари мамлакатлар бўйича қуйидагича:

Россия — 194,3 минг нафар;

Туркманистон — 147,8 минг нафар;

Қозоғистон — 102,9 минг нафар;

Қирғиз Республикаси — 82,1 минг нафар;

Хитой — 60,8 минг нафар;

Тожикистон — 60,5 минг нафар;

Туркия — 36 минг нафар;

Ҳиндистон — 24,9 минг нафар;

Италия — 20,6 минг нафар;

Жанубий Корея — 18,7 минг нафар;

Германия — 17,3 минг нафар;

АҚШ — 15,5 минг нафар;

Бошқа давлатлар — 168,5 минг нафар.


———

🇺🇿 Lotin
🇷🇺 Русский
🇬🇧 English

———

📢 Расмий саҳифалар | Официальные каналы
| 🔝Telegram | 🔝Instagram |🔝Facebook | 🔝uzstataxborot">Youtube | 🔝X | LinkedIn

Читать полностью…

Tashkent Stat

💬 Hashar — ezgulik, mehr va hamjihatlik bayrami

Xalqimiz azaldan tozalik va orastalikni, obodonchilik hamda hamjihatlikni hayot mezoni, jamiyat ravnaqi va farovonlik garovi sifatida qadrlab kelgan. Shu bois, yurtimizda har bir muhim bayram va qutlug‘ sanalar arafasida umumxalq xayriya hashari o‘tkazish, mahallalar va maskanlarni obodonlashtirish, ularning ko‘rkini yanada oshirish ezgu anʼanaga aylangan va xalqimiz birligining yorqin ifodasidir.

Mustaqilligimizning 34 yilligi munosabati bilan respublikamiz bo‘ylab “Obod va fayzli mahalla — yurt ko‘rki” shiori ostida umumxalq hashari keng nishonlanmoqda.

Mazkur xayrli tashabbus doirasida Toshkent shahar statistika boshqarmasi jamoasi ham faol ishtirok etdi. Hashar davomida boshqarma binosi va ish xonalari tartibga keltirilib, hovli va atrofi tozalandi. Daraxtlar va gulzorlar parvarish qilinib, begona o‘tlardan tozalandi va daraxtlar oqlandi.


Umumxalq hashari – bu faqatgina obodonlashtirish ishlari emas, balki xalqimizga xos bo‘lgan o‘zaro mehr-oqibat, saxovatpeshalik va hamjihatlik timsolidir.

Bunday ezgu anʼanalar yoshlar ongiga insonparvarlik, olijanoblik va milliy qadriyatlarimizga sadoqat tuyg‘ularini chuqur singdiradi.

Rasmiy sahifalarimiz:
🌐 Sayt 📱 Telegram 📱 Facebook

Читать полностью…

Tashkent Stat

Intervyuyerning 1 kuni: aholi turmush darajasi qanday o‘rganiladi?
 
Statistika boshqarmasi intervyuyerlari har kuni yuzlab eshiklarni taqillatadi. Ular oddiy so‘rovnoma orqali jamiyatdagi eng dolzarb savollarga javob izlaydi:
✔️ Oila daromadi qay darajada?
✔️ Aholining ehtiyojlari, xarajatlari, turmush tarzi qanday?
✔️ Ijtimoiy yordam yetarlimi?
 
Bu raqamlar – oddiy insonlar hayoti, hissiyotlari va haqiqatlari orqasida shakllanadi. Rasmiy sahifalar:
/channel/toshstat
Sayt | Telegram | Facebook

Читать полностью…

Tashkent Stat

#интервью

Статистик ҳисобот топширувчи тадбиркорлик субъектларининг муносабати


– Мен ушбу корхонада 2008 йилдан буён бош ҳисобчи сифатида фаолият юритиб келяпман. Илгарилари статистика идораларига қоғоз шаклида ҳисоботларни шахсан олиб боришимизга тўғри келар эди. Баъзан арзимаган хатолик туфайли ҳисобот қабул қилинмас, яна иш жойимизга қайтиб, тузатиш киритиб, ҳисоботни қайта топширишимизга тўғри келарди. Бу жараён бир неча кун вақтимизни оларди. Бугунги кунда эса, замонавий электрон тизимлар туфайли иш жойимизни тарк этмасдан туриб, ҳисоботларни электрон равишда юбориш имконияти яратилган. еStat 4.0 платформаси орқали исталган жойда ва исталган вақтда ҳисоботларни юбориш мумкинлиги катта қулайликдир.


Валижон Ҳамроев
BETLIS TEKSTIL” МЧЖ бош ҳисобчиси

Читать полностью…
Subscribe to a channel