2322
Управление статистики г. Ташкента * Toshkent shahar Statistika boshqarmasi
Аҳолини рўйхатга олиш жараёнига қандай тайёргарлик кўрилмоқда?
Читать полностью…
Assalomu alaykum Juma tongingiz muborak bo‘lsin 😊👍
• Qalbingiz iymonga
• Hayotingiz quvonchga
• Yuzingiz nurga
• Kuningiz xayrli va solih amallarga to‘la bo‘lsin.
TOSHKENT SHAHRIDAGI BARCHA ZAMONAVIY LED EKRANLARDA AHOLI VA QISHLOQ XO‘JALIGINI RO‘YHATGA OLISHNI TARG‘IB QILUVCHI VIDEOROLIKLAR NAMOYISH ETILMOQDA.
Yakkasaroy tumanidagi Piramit tower korhonasining Led ekrani.
Rasmiy sahifalarimiz:
🌐 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Facebook
Аҳолидан келган савол ❓❓❓
Нима сабабдан мен даромадим, қанча пул топишим, нечта машинам ва уйим борлиги ҳақида маълумот беришим керак?
Батафсил
https://youtu.be/UdLQkVj2HqE?si=KdgimakTkHgESnwU
Читать полностью…
Toshkent shahrining doimiy aholisi har yili o‘rtacha 100 mingdan ko‘payib, 2030-yilda 3,5 milliondan oshishi kutilmoqda.
Shuningdek, yalpi hududiy mahsulotni 52 milliard dollarga yetkazish, jon boshiga daromadni qariyb 2 karra oshirib, 15 ming dollarga yetkazish reja qilingan.
Ushbu marralarga erishish uchun shahar hokimi va uning o‘rinbosarlari, 12 ta tuman hokimi tinimsiz izlanishi, shahar uy-joy fondi, transport, energetika, ta’lim va tibbiyot, servis infratuzilmalarini dunyoning zamonaviy megapolislari andozasi asosida qayta ko‘rib chiqishi zarurligi ko‘rsatib o‘tildi.
Shu bois, shunday megapolislarda rahbar bo‘lgan mutaxassislarni hokimga maslahatchi qilib olib kelish bo‘yicha taklif ma’qullandi.
Ularning ko‘p yillik tajribasidan foydalanib, Toshkent shahrini moliya, ilg‘or texnologiyalar, madaniyat va turizm markaziga aylantirish kerakligi qayd etildi.
Facebook|Instagram|X
Аҳолидан келган савол ❓❓❓
Тошкент шаҳрида қанча аҳоли яшайди?
3 миллионми ёки 10 миллион?
#toshkent | #savdo | #statistika
📊 Ulgurji savdo tovar aylanmasi 11,4 % ga oʻsdi
✅ Toshkent shahar boʻyicha 2025-yilning yanvar-avgust oylarida ulgurji savdo tovar aylanmasi 163 325,5 mlrd. soʻmni tashkil etib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 11,4% ga oʻsdi.
📊 Kichik biznes subyektlarining ulgurji savdo aylanmasidagi ulushi statistik hisoblarga qaraganda 104 463,6 mlrd. soʻmni tashkil qilib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 108,0 % ga toʻgʻri keldi. Respublikada ushbu sektorning ulgurji savdo hajmidagi ulushi 54,2 % ni tashkil qildi.
📌 Ulgurji savdo hajmi dinamikasi (mlrd. soʻm):
🔹2023-yil – 96 445,6
🔹2024-yil – 116 949,9
🔹2025-yil – 163 325,5
Rasmiy sahifalarimiz:
🌐 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Facebook
📰Замонавий статистика модели: кам харажат ва кутилган самара
🗞“Янги Ўзбекистон” газетасининг 2025 йил 30 сентябрдаги 201-сонида Миллий статистика қўмитаси раиси Беҳзод Ҳамраевнинг “Замонавий статистика модели: кам харажат ва кутилган самара” номли мақоласи чоп этилди.
🇺🇿 Батафсил 📰
#Аҳоли_ва_қишлоқ_хўжалиги_рўйхатдан_ўтказилади
#toshkent | #eksport | #statistika
📈 Eksport hajmi qanchaga ko‘paydi?
📊 Dastlabki maʼlumotlar bo‘yicha, 2025-yil yanvar-avgust oylarida Toshkent shahrining eksport hajmi 3 928,1 mln. AQSh dollariga, 2024-yilning yanvar-aprel oyiga nisbatan 10,2 % ga koʻpaydi.
📌 Ushbu ko‘rsatkich yillar kesimida (mln. AQSh dollari):
🔹 2024-yil – 3 563,9
🔹 2025-yil – 3 928,1
Rasmiy sahifalarimiz:
🌐 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Facebook
#интервью
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2025 йил 19 сентябрдаги “Ўзбекистон Республикасида аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олиш тадбирини ўтказиш тўғрисида”ги ПФ-173-сон Фармонига шарҳ
Зоҳиджон Зияев
Ўзбекистон Республикаси Миллий статистика қўмитаси раиси ўринбосари
#Аҳоли_ва_қишлоқ_хўжалиги_рўйхатдан_ўтказилади
TOSHKENT SHAHRIDA AHOLI VA QISHLOQ XO‘JALIGINI RO‘YXATGA OLISH TADBIRINI O‘TKAZISH BO‘YICHA TARG‘IBOT ISHLARI DAVOM ETMOQDA.
Poytaxtimizning Uchtepa tumanidagi tijorat banklarining filiallarida aholi va qishloq xo‘jaligini ro’yhatga olishni targ‘ib etuvchi A3 formatdagi plakatlar, LED ekranlarda esa maxsus videoroliklar namoyish etilmoqda.
Xususan, Milliy bankning Uchtepa tuman filialida ham ushbu jarayonlarni ko‘rish mumkin. Qolaversa, jamoat transporti va metro bekatlarida maxsus QR kodlar o’rnatib chiqldi fuqarolar ushbu havola orqali census.stat.uz saytiga kirib, ro‘yhatdan o‘tishlari mumkin.
Bunday targ‘ibot ishlari poytaxtimizning barcha tumanlaridagi aholi gavjum maskanlarda davom etmoqda.
Rasmiy sahifalarimiz:
🌐 Veb-sayt (http://toshstat.uz/)
📱 Telegram (http://t.me/toshstat)
📱 Facebook (https://fb.com/UZSTAT011)
TOSHKENT SHAHRIDA AHOLI VA QISHLOQ XO‘JALIGINI RO‘YXATGA OLISH TADBIRINI O‘TKAZISH BO’YICHA AMALIY O‘QITISHLAR DAVOM ETMOQDA.
Anashunday o’quv seminarining navbatdagisi Yakkasaroy tumani statistika bo’limi hamda byudjetdan tashqari pensiya jamg’armasining Toshkent shahar bo’limi tomonidan tashkil etildi.
Seminarda ro‘yxatga olish jarayonida ayrim toifadagi shaxslar haqida ma’lumotlarni to‘plash, ularning shaxsiy ma’lumotlarini qayd etish va so‘rovnomalarni to‘ldirish tartiblari batafsil tushuntirildi.
Bunday o’quvlar poytaxtning barcha tumanlarida davom etmoqda.
Rasmiy sahifalarimiz:
🌐 Veb-sayt (http://toshstat.uz/) 📱 Telegram (http://t.me/toshstat) 📱 Facebook (https://fb.com/UZSTAT011)
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA AHOLI VA QISHLOQ XO‘JALIGINI RO‘YXATGA OLISH TADBIRINI O‘TKAZISH BO’YICHA AMALIY O‘QITISHLAR
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentabrdagi “O‘zbekiston Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PF-173-son Farmoniga muvofiq Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar institutida joriy yilning 18 dekabr kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetining 25 nafar mas’ul xodimlari onlayn ro’yxatdan o’tish bo’yicha nazariy va amaliy bilimlarga ega bo’lishdi.
Rasmiy sahifalarimiz:
🌐 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Facebook
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri bo‘yicha o'quv seminari tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19-sentyabrdagi 173-sonli Farmonining 8-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida 2026-yil 15 dan 31-yanvargacha korxona va tashkilotlar, shuningdek, davlat muassasalarida faoliyat yuritayotgan xodimlarni census.stat.uz portali orqali ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonlarini tizimli va sifatli tashkil etish yuzasidan Yakkasaroy tuman Shtabi tomonidan o'quv seminari tashkil etildi.
Seminar davomida tuman statistika bo'limi mutaxassislari tomonidan tizimda ro‘yxatdan o‘tish tartibi, texnik talablar va amaliy bosqichlar haqida batafsil ma’lumot berilib, ishtirokchilar uchun taqdimotlar o‘tkazildi.
Аҳолидан келган савол ❓❓❓
Тошкент шаҳрида қанча аҳоли яшайди?
3 миллионми ёки 10 миллион?
TOSHKENT SHAHRIDA AHOLINI RO‘YHATGA OLISH BO‘YICHA TARG‘IBOT TADBIRLARI YANADA JADALLASHDI.
Xabaringiz bor Prezidentimiz farmoni bilan 2026-yilning 15-yanvaridan 28-fevraliga qadar Respublikamizda aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yhatga olish bo‘lib o‘tadi. Shu munosabat bilan Toshkent shahar statistika boshqarmasi va uning tuman bo‘limlari tomonidan mahalla guzarlari, savdo nuqtalari umuman, aholi gavjum maskanlarda targ‘ibot ishlari jadal olib borilmoqda.
Fuqarolar jamoat transporti va metrodan foydalanish jarayonida ham ro‘yhatga olish jarayonlarida qatnashishi mumkin. Gap shundaki, avtobus va metro bekatlariga maxsus QR kodlar joylashtirildi. Maqsad, fuqarolarga imkon qadar qulaylik yaratish va ularni ushbu milliy tadbir jarayonida yanada faolroq bo‘lishga chorlashdir.
Sur’atlar Amir Temur xiyoboni, Mustaqillik maydoni va Alisher Navoiy bekatlaridan olindi.
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtimizning Yunusobod tumanida amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishadi hamda Toshkent shahrini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha kelgusi vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazadi.
—
Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев ознакомится с проделанной созидательной работой в Юнусабадском районе столицы, а также проведет совещание по дальнейшим задачам социально-экономического развития города Ташкента.
Facebook|Instagram|X
#toshkent | #import | #statistika
📈 Import hajmi qanchaga yetdi?
📊 Dastlabki maʼlumotlarga ko'ra, 2025-yil yanvar-avgust oylarida Toshkent shahrining import hajmi 13 965,1 mln. AQSh dollariga yetdi va 2024-yilning mos davriga nisbatan 5,2 % ga ko'paydi.
📌 Ushbu ko‘rsatkich yillar kesimida (mln. AQSh dollari):
🔹 2024-yil – 13 277,7
🔹 2025-yil – 13 965,1
Rasmiy sahifalarimiz:
🌐 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Facebook
#toshkent | #sanoat | #statistika
📈 8 oyda 28 716,8 tonna mashinada yoki qo‘lda to‘qilgan trikotaj polotnolar ishlab chiqarilgan.
📊 Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-avgust oylarida Toshkent shahrida yirik sanoat korxonalar tomonidan 28 716,8 tonna mashinada yoki qo‘lda to‘qilgan trikotaj polotnolar ishlab chiqarilgan.
📌 Ushbu ko‘rsatkichning yillar kesimida quyidagicha (tonna):
🔹 2023-yil yanvar-avgust – 12 928,5
🔹 2024-yil yanvar-avgust – 12 400,7
🔹 2025-yil yanvar-avgust – 28 716,8
Rasmiy sahifalarimiz:
🌐 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Facebook
#toshkent | #savdo | #statistika
📊 Tashqi savdo aylanmasi 17 893,1 mln. AQSh dollariga yetdi
✅ Dastlabki maʼlumotlarga ko'ra, 2025-yil yanvar-avgust oylarida Toshkent shahrining tashqi savdo aylanmasi 17 893,1 mln. AQSh dollariga yetdi.
📌 Ushbu ko‘rsatkichning yillar kesimida quyidagicha (mln. AQSh dollari):
🔹2023-yil - 12 700,0
🔹2024-yil - 14 769,4
🔹2025-yil - 17 893,1
Rasmiy sahifalarimiz:
🌐 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Facebook
#toshkent | #qurilish | #statistika
🏗 Bajarilgan qurilish ishlari hajmi
📊 Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning yanvar-avgust oylarida Toshkent shahrida jami 56,1 trln. soʻmlik qurilish ishlari bajarilib, 2024-yilning mos davriga nisbatan o'sish 123,0 % ni tashkil etdi.
📌 Ushbu ko‘rsatkichning yillar kesimidagi hajmi (mlrd. soʻmda):
🔹 2021-yil – 9 195,8
🔹 2022-yil – 19 754,8
🔹 2023-yil – 23 160,9
🔹 2024-yil – 42 376,4
🔹 2025-yil – 56 186,1
Rasmiy sahifalarimiz:
🌐 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Facebook
#toshkent | #xizmatlar | #statistika
📈 Transport xizmatlari hajmi oshgan.
Joriy yil yanvar-avgust oylarida Toshkent shahrida transport xizmatlari hajmi jami 24,9 trln. so'mni, o'sish sur'ati 22,5% ni tashkil etdi.
📌 Ushbu ko'rsatkichning yillar kesimidagi hajmi (mlrd. soʻm):
🔹 2024-yil yanvar-avgust – 17 974,4
🔹 2025-yil yanvar-avgust – 24 901,6
Rasmiy sahifalarimiz:
🌐 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Facebook
#tashkent | #sanoat | #statistika
🏭 8 oyda 126,9 trln. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.
📊 Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yil yanvar-avgust oylarida Toshkent shahridagi korxonalar tomonidan 126,9 trln. so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo'lib, 2024-yilning yanvar-avgust oylariga nisbatan sanoat ishlab chiqarishning fizik hajmi indeksi 106,5% ni tashkil etdi.
📌Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi (ming soʻm):
🔹2021-yil - 18 616,5
🔹2022-yil - 22 924,9
🔹2023-yil - 25 562,1
🔹2024-yil - 32 987,0
🔹2025-yil - 40 583,5
Rasmiy sahifalarimiz:
🌐 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Facebook
#toshkent | #xizmatlar | #statistika
📈 Ta'lim sohasidagi xizmatlar hajmi 2% ga oshgan.
📊 Joriy yilning yanvar-avgust oylarida Toshkent shahrida ta'lim sohasidagi xizmatlar hajmi jami 11,3 trln. so'mga, o'sish sur'ati 2% ni tashkil etdi.
📌 Ushbu ko'rsatkichning yillar kesimidagi hajmi (mlrd. soʻm):
🔹 2024-yil yanvar-avgust – 9 686,2
🔹 2025-yil yanvar-avgust – 11 300,2
Rasmiy sahifalarimiz:
🌐 Veb-sayt 📱 Telegram 📱 Facebook
#интервью
Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2025 йил 19 сентябрдаги “Ўзбекистон Республикасида аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олиш тадбирини ўтказиш тўғрисида”ги ПФ-173-сон Фармонига шарҳ
Беҳзод Ҳамраев
Ўзбекистон Республикаси Миллий статистика қўмитаси раиси
#Аҳоли_ва_қишлоқ_хўжалиги_рўйхатдан_ўтказилади