2322
Управление статистики г. Ташкента * Toshkent shahar Statistika boshqarmasi
Bugun 25-dekabr,
joriy taqvim bo‘yicha 2025-yilning 359-kuni.
Yil yakuniga 6 kun qoldi
BAYRAMLAR:
Mozambikda oila kuni
Tayvanda Konstitusiya kuni
Hindistonda yaxshi boshqaruv kuni
VOQEALAR:
❄️ 1741-yil — Anders Selsiy — shved astronomi va matematigi, haroratni o‘lchash asbobini ixtiro qildi.
❄️ 1896-yil — Birinchi Italiya sosialistik gazetasi “Avanti!” nashr etildi.
❄️ 1968-yil — Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus tumani tashkil etildi.
TAVALLUDLAR:
🎉 1887-yil — Konrad Xilton — amerikalik tadbirkor, “Hilton” mehmonxonalar tarmog‘i asoschisi.
🎉 1909-yil — Komil Yashin — atoqli adib va jamoat arbobi.
🎉 1923-yil — Zohidjon Obidov — O‘zbek shoiri.
🎉 1937-yil —Baxtiyor Boboyev — O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi.
Toshkent shahar statistika boshqarmasi axborot xizmati
Аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олиш саволномасини онлайн тўлдириш учун One ID тизимидан рўйхатдан ўтиб қўйинг
Читать полностью…
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri
Toshkent shahri.
KUN TARIXI
Bugun joriy taqvim bo‘yicha 24-dekabr 2025-yilning 358 kuni.
Yil yakuniga 7 kun qoldi.
BAYRAMLAR:
O‘zbekiston - Qoraqalpog‘iston Respublikasi Davlat madhiyasi kuni.
Finlandiya - Rojdestvo sulhi to‘g‘risidagi Deklaratsiya kuni bayrami.
Ispaniya, Meksika - Yaxshi tun bayrami.
Liviya - Mustaqillik kuni.
VOQEALAR:
1900 - Xorijda «Искра» gazetasining birinchi soni chiqdi.
1968 - Yer koinotdan suratga olindi.
1993 - Qoraqalpogiston Respublikasining Davlat madhiyasi tasdiqlandi.
2018 - O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining bayrog‘i va emblemasi tasdiqlandi.
TAVALLUDLAR:
1918 - Turob To’la- shoir dramaturg va kinodramaturg. O’zbekiston xalq shoiri
1922- Po'lat Mo'min- O'zbekiston xalq yozuvchisi.
1937 - Rixsi Ibrohimova -Iste'dodli teatr aktrisasi, “O‘zbekiston хalq artisti”.
Toshkent shahar statistika boshqarmasi Axborot xizmati
Аҳолини рўйхатга олиш тарихидан
1937 йил Тошкент шаҳри.
Аҳоли сонини ҳисоблаш жараёни
Аҳолини рўйхатга олиш тарихидан
1939 йил Тошкент шаҳри.
Аҳолини рўйхатга олишдан олдин (чапдан ўнгга) Д.П. Константинов Ленин номидаги туман кенгаши депутати, М.А. Проновский рўйхатга олиш бўлими бошлиғи ўринбосари ва М.А. Мещеряков
Аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олишда фаол иштирок этинг!
Янги Ўзбекистоннинг келажаги сизнинг иштирокингизда!
KUN TARIXI
Bugun joriy taqvim bo‘yicha 23-dekabr yilning 357 kuni.
Yil yakuniga 8 kun qoldi.
BAYRAMLAR:
Sudanda bolalar kuni
Hindistonda fermerlar kuni
Ukrainada maxsus aloqa qo‘shinlari kuni
VOQEALAR:
❄️ 1672-yil –– Italiyalik astronom Jovvani Kassani Saturnning yana bir sun’iy yo‘ldoshi — Reani kashf qildi.
❄️ 1994-yil — O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi “Respublika muzeylar faoliyatini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” qaror qabul qildi.
❄️ 1993-yil — Toshkentda “O‘zbekiston ovozi” gazetasining birinchi soni chiqqan kunining 75 yilligi munosabati bilan tantanali yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
TAVALLUDLAR:
🎉 1722-yil — Aksel Kronstedt –– nikelni kashf etgan shved kimyogari va mineralogi.
🎉 1920-yil — Asqad Muxtor — O‘zbekiston xalq yozuvchisi.
🎉 1933-yil — Akixito — Yaponiyaning 125-imperatori.
TOSHKENT SHAHAR STATISTIKA BOSHQARMASI AXBOROT XIZMATI
😊 TOSHKENT SHAHAR STATISTIKA BOSHQARMASIDA APPARAT YIG’ILISHI
🟢 Ayni paytda Toshkent shahar statistika boshqarmasida boshqarma boshlig‘i Xasan Narziyev raisligida navbatdagi tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tmoqda. Tadbirda bo‘lim boshliqlari, mutaxassislar va (Zoom orqali) tuman bo‘limi boshliqlari ishtirok etmoqda. Kun tartibida asosiy masala GIS (Geografik Axborot Tizimlari) orqali lokatsiya bo'yicha amaliy ishlar, o’tgan yig’ilishlarda berilgan topshiriqlarning ijrosi muhokama qilinyapti.
Toshkent shahar statistika boshqarmasi Axborot xizmati
Rasmiy sahifalarimiz:
🌐 Sayt | 📱 Telegram | 📱 Facebook
🇺🇿🇯🇵 2025 йилда Ўзбекистон–Япония ўртасида туристик ташрифлар ошган
🛫 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2025 йилнинг январь–ноябрь ойларида жами 2,7 минг нафар Ўзбекистон фуқаролари туристик мақсадларда Японияга сафар қилган.
📊 Бу кўрсаткич ўтган йилнинг мос даврига нисбатан 16,2 фоизга ошган.
📊 Япониялик туристлар сони аввалги йилнинг мос даврига нисбатан 41,1 фоизга кўпайган.
🖥 Компьютерларни таъмирлаш хизматлари ҳажми 1,5 трлн сўмдан ошди
🏢 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2025 йилнинг январь-октябрь ойларида компьютер ва периферик ускуналарни таъмирлаш бўйича хизматлар ҳажми 1,5 трлн сўмни ташкил этди.
📊 Бу кўрсаткич ўтган йилнинг мос даврига нисбатан 14,7 % га ошган.
🟦🟦
😊 Qo‘mita raisi o‘rinbosari Toshkent shahar statistika boshqarmasida
🇺🇿 Ayni paytda O‘zbekiston Milliy statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Laziz Mirsoatov Toshkent shahar statistika boshqarmasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha tashkil etilgan shtab faoliyati bilan tanishib, ZOOM platformasi orqali tuman bo‘limlari rahbarlari bilan GIS lokatsiyasi masalalarini muhokama qilmoqda.
Rasmiy sahifalarimiz:
🌐 Sayt | 📱 Telegram | 📱 Facebook
💸 Мобиль алоқа хизматлари нархлари йил бошидан буён 9,8 фоизга қимматлашган
🏢 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2025 йил ноябрь ойида мобиль алоқа хизматлари нархлари октябрь ойига нисбатан, яъни бир ойда ўртача 0,5 фоизга қимматлашган.
📱 Мазкур турдаги хизматлар нархлари йил бошидан буён 9,8 фоизга ошгани кузатилган.Читать полностью…
💜💜💜
👍 Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Олий Мажлис ва Ўзбекистон халқига Мурожаатномаси!
📌Мамлакатимиз тараққиётининг яқин истиқболдаги стратегик йўналишларини белгилаб берувчи, Янги Ўзбекистонни барпо этиш йўлидаги туб ислоҳотларни янги босқичга кўтарадиган йилнинг энг муҳим сиёсий воқеасини ўтказиб юборманг!
🤩 11 ойда 419,3 мингдан зиёд енгил автомобиллар ишлаб чиқарилган
🏢 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, Ўзбекистонда 2025 йилнинг январь–ноябрь ойларида турли русумдаги 419 338 дона енгил автомобиллар ишлаб чиқарилган.
📊 Улар русумлар бўйича қуйидагича:
Cobalt – 148 094 дона;
Damas – 85 384 дона;
Tracker – 47 804 дона;
Onix – 29 099 дона;
KIA – 24 507 дона;
BYD – 17 510 дона;
Chery – 8 627 дона;
Haval – 8 891 дона;
Tank 500 – 50 дона;
Maxсус енгил автомобиллар – 49 372 дона.
🤩 Ўзбекистоннинг ташқи савдо айланмаси 72 млрд доллардан ошди
🏢 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2025 йил январь–ноябрь ойларида Ўзбекистоннинг ташқи савдо айланмаси 72,8 млрд АҚШ долларини ташкил этди.
📊 Бу кўрсаткич ўтган йилнинг мос даврига нисбатан 13 млрд АҚШ долларига ёки 21,8 % га ошган.
📊 Ўзбекистон жаҳоннинг 210 мамлакати билан савдо алоқаларини амалга ошириб келмоқда.Читать полностью…
Ўзбекистон ташқи савдо айланмасининг юқори улуши Хитой (20,1 %), Россия (16,2 %), Қозоғистон (6 %), Туркия (3,7 %) ва Корея Республикаси (2,2 %) ҳиссасига тўғри келди.
Ҳар кеча уйқуга ётишдан олдин дилингизни оғритганларни кечиринг ва тоза юрак билан ором олинг!
Хайрли тун яхшилар!
🌍 Бу қизиқ: Дунёда аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олиш тажрибаси
🌐 📞 Рўйхатга олиш жараёнида интернет орқали ёки телефон қўнғироғи билан ҳам қатнашиш мумкин.
👉 Toshkent shahrining 1-dekabr holatiga chakana savdo tovar aylanmasi hajmi. Chilonzor tumani yetakchi
✅ Toshkent shahar statistika boshqarmasi Axborot xizmati
🇺🇿🇹🇷Ўзбекистонда Туркия капитали иштирокидаги корхоналар сони ортиб бормоқда
🏢 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2025 йилнинг 1 декабрь ҳолатига Ўзбекистонда Туркия капитали иштирокида жами 2 109 та корхоналар фаолият юритмоқда.
🏬 Улардан 487 таси қўшма ва 1 622 таси хорижий корхоналардир.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Yevroosiyo iqtisodiy kengashi yig‘ilishidagi nutqi
—
Выступление Президента Республики Узбекистан на заседании Высшего Евразийского экономического совета
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🍌 Ўзбекистонга 161,4 минг тонна банан импорт қилинган
🏢 Миллий статистика қўмитасининг дастлабки маълумотларига кўра, Ўзбекистонга 2025 йилнинг январь-ноябрь ойларида 8 та хорижий давлатдан қиймати 54,3 млн АҚШ долларига тенг бўлган 161,4 минг тонна банан импорт қилинган.
🇪🇨 Банан импортида Эквадор асосий етказиб берувчи давлат бўлиб қолмоқда. Эквадордан 145,9 минг тонна банан импорт қилинган бўлиб, ушбу мамлакат ҳиссасига жами импорт ҳажмининг 90 фоиздан ортиғи тўғри келган. Шунингдек, 13,9 минг тонна билан Хитой иккинчи ўринда қайд этилган.
🌍 Шу билан бирга, импорт географияси аввалги йилга нисбатан қисқарган. 2024 йилнинг 11 ойида 12 та мамлакатдан банан импорт қилинган эди.Читать полностью…
✨🌙 Х А Й Р Л И Т У Н 🌙✨
🌙Чиройли сўзларни фақат эшитиш эмас, уни кимларгадур айтиш кераклигини ҳам унутманг! Зеро ширин сўзга арзийдигон қанча яқин инсонларимиз бор.
🌙Бир-бирига керакли
инсонлар доим Бир-биридан узоқда
яшаркан. Шундай
бўлса ҳам борига шукр.🤍
🌙 ХАЙРЛИ ТУН УЗОҚДАГИ ЯҚИНЛАРИМ✨🌙
⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️⭐️
GIS Lokatsiyani toʻgʻri urilishi nima uchun kerak?
👉 Bu ya’ni, geografik axborot tizimi (GAT) oʻz ichiga xaritashunoslik, statistik tahlil hamda maʼlumotlar bazasini mujassamlashtiradi. Shunday ekan bu jarayonni togʻri va sifatli tashkil etilishi ayniqsa statistikada juda ham muhim.
✅ Qo'mita raisi o'rinbosari Toshkent shahar statistika boshqarmasi binosida aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish bo'yicha tashkil etilgan shtabda bo'ldi.
Читать полностью…
🟦🟦
🇺🇿 Ayni daqiqalarda O‘zbekiston Milliy statistika qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Laziz Mirsoatov Toshkent shahar statistika boshqarmasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish bo‘yicha tashkil etilgan shtab faoliyati bilan tanishmoqda.
Rasmiy sahifalarimiz:
🌐 Sayt | 📱 Telegram | 📱 Facebook
AHOLI VA QISHLOQ XO‘JALIGINI RO‘YHATGA OLISH: GIS LOKATSIYA URISH BO‘YICHA AMALIY ISHLAR HOKIMLIK APPARAT YIG‘ILISHIDA MUHOKAMA QILINDI
✅ Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani hokimligida tuman hokimi Bahodir Rixsialiyevich G‘oyibnazarov rahbarligida tanqidiy -tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda korxona, tashkilot rahbarlari va mahalla yettiligi vakillari ishtirok etdi. Muloqotda Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yhatga olish jarayoni oldidan amalga oshirilayotgan ishlar, GIS Lokatsiyani urish, dalolatnoma rasmiylashtirish va maʼlumot jadvallarini to‘g‘ri tayyorlash haqida so‘z bordi.
😊 TOSHKENT SHAHAR STATISTIKA BOSHQARMASIDA NAVBATDAGI YIG‘ILISH VA O’QUV SEMINARI
✅ Bugun 19-dekabr kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasida boshqarma boshlig‘i Xasan Narziyev raisligida navbatdagi tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Tadbirda boshqarmaning bo‘lim boshliqlari, mutaxassislari va tuman bo‘limi boshliqlari ishtirok etdi. Kun tartibida asosiy masala GIS (Geografik Axborot Tizimlari) orqali lokatsiya bo'yicha amaliy ishlarning borishi muhokama qilindi.
✅ Shundan so‘ng ro'yxatga olish jarayonlarini tashkil etish va o'tkazish bo'limi boshlig’i B. Boymurodov va boshqarma boshlig’i X. Narziyevlar hisobotlarni taqdim etishda dalolatnomani sifatli tuzish, ma’lumotlar jadvalini to‘g‘ri to‘ldirish bo‘yicha o‘z tavsiyalarini berdi.
✅ Tadbir davomida ishtirokchilar mavzu yuzasidan o‘zlarining savollariga atroflicha javob olishdi. Yig‘ilish yakunida barcha bo‘lim boshliqlari, mutaxassislar va tuman bo‘limi boshliqlariga o‘z vazifasiga vijdonan yondashish, berilgan topshiriqlarni sifatli hamda o‘z vaqtida bajarish lozimligi uqtirildi.
Rasmiy sahifalarimiz:
🌐 Sayt | 📱 Telegram | 📱 Facebook