2322
Управление статистики г. Ташкента * Toshkent shahar Statistika boshqarmasi
#интервью
Халқаро миқёсда статистик ҳисоботларнинг аҳамияти
– Бугунги кунда расмий статистика нафақат мамлакат ичида, балки халқаро миқёсда ҳам асосий маълумот манбаи сифатида эътироф этилмоқда. Тадбиркорлик субъектларидан ҳисоботлар ва кузатувлар орқали олинадиган маълумотлар мамлакатнинг ижтимоий-иқтисодий ривожланиши, иқтисодиётдаги тенденциялар ҳамда бозордаги ўзгаришлар динамикасини аниқ баҳолашда муҳим аҳамият касб этади. Халқаро амалиётда ушбу маълумотлар хорижий сармоядорлар учун инвестиция қарорларини қабул қилишда асосий манба ҳисобланади. Шу билан бирга, ушбу кўрсаткичлар мамлакатнинг халқаро рейтинглардаги ўрнини белгилашда ҳам катта роль ўйнайди.
📊 Янги корхоналар кўпроқ Тошкент шаҳрида ташкил этилган
🤩 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, республикамизда 2025 йилнинг январь-июнь ойларида жами 43 305 та корхона ва ташкилотлар (фермер ва деҳқон хўжаликларисиз) ташкил этилган.
📊 Бу кўрсаткич ўтган йилнинг мос даврига нисбатан 2,1 % га ошган.
📊 Республикада қанча электромобиль рўйхатга олинган?
🤩 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2025 йилнинг 1 апрель ҳолатига Ўзбекистон Республикасида 65,2 мингта электромобиль рўйхатга олинган.
Ҳудудлар буйича электромобиллар сони:
Тошкент шаҳри – 49 736 дона;
Тошкент вилояти – 4 512 дона;
Самарқанд вилояти – 1 739 дона;
Хоразм вилояти – 1 415 дона;
Фарғона вилояти – 1 376 дона;
Қашқадарё вилояти – 1 338 дона;
Бухоро вилояти – 1 133 дона;
Навоий вилояти – 901 дона;
Андижон вилояти – 878 дона;
Наманган вилояти – 700 дона;
Қорақалпоғистон Респ. – 525 дона;
Сирдарё вилояти – 404 дона;
Жиззах вилояти – 302 дона;
Сурхондарё вилояти – 198 дона.
———
🇺🇿 Lotin
🇷🇺 Русский
🇬🇧 English
———
📢 Расмий саҳифалар | Официальные каналы✅
| 🔝Telegram | 🔝Instagram |🔝Facebook | 🔝uzstataxborot">Youtube | 🔝X | LinkedIn
#Tashkent | #Xizmatlar | #Statistika
📈 Moliyaviy xizmatlar tarkibidagi sug‘urta xizmatlarida o‘sish kuzatilgan
📊 Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yil yanvar-may oylarida Toshkent shahrida moliyaviy xizmatlar hajmi jami 36 681,9 mlrd. so‘mga, o‘sish sur’ati 18,1 foizni tashkil etdi.
✅ Shuningdek, moliyaviy xizmatlar tarkibidagi sug‘urta xizmatlarida o‘sish kuzatilgan bo‘lib, 2024-yilning mos davriga nisbatan hajmi 1 068,2 mlrd. so‘mga yoki 45,7 foizga o‘sishi kuzatilgan.
📌 Moliyaviy xizmatlar hajmi quyidagicha (mlrd. soʻm):
🔹 2024-yil yanvar-may – 30 249,7
🔹 2025-yil yanvar-may – 36 681,9
Rasmiy sahifalar:
/channel/toshstat
Sayt | Telegram | Facebook
#Tashkent | #Sanoat | #Statistika
📈 5 oyda 15,6 ming tonna paxtadan yigirilgan ip ishlab chiqarilgan
📊 Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-may oylarida Toshkent shahrida yirik sanoat korxonalar tomonidan 15,6 ming tonna paxtadan yigirilgan ip ishlab chiqarilgan.
📌 Ushbu ko‘rsatkich yillar kesimida quyidagicha (ming tonna):
🔹 2023-yil yanvar-may – 14,3
🔹 2024-yil yanvar-may – 17,5
🔹 2025-yil yanvar-may – 15,6
Rasmiy sahifalar:
/channel/toshstat
Sayt | Telegram | Facebook
#Tashkent | #Xizmatlar | #Statistika
📈 Ijara xizmatlarida o‘sish kuzatilgan
📊 Ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yil yanvar-may oylarida Toshkent shahrida ijara xizmatlari hajmi jami 1 843,4 mlrd. so‘mga, o‘sish sur’ati 29,0 foizni tashkil etdi.
📌 Ijara xizmatlari hajmi quyidagicha (mlrd. soʻm):
🔹 2024-yil yanvar-may – 1 248,9
🔹 2025-yil yanvar-may – 1 843,4
Rasmiy sahifalar:
/channel/toshstat
Sayt | Telegram | Facebook
#Tashkent | #Sanoat | #Statistika
📈 5 oyda 8 117,7 tonna mashinada yoki qo‘lda to‘qilgan trikotaj polotnolar ishlab chiqarilgan
📊 Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilning yanvar-may oylarida Toshkent shahrida yirik sanoat korxonalar tomonidan 8 117,7 tonna mashinada yoki qo‘lda to‘qilgan trikotaj polotnolar ishlab chiqarilgan.
📌 Ushbu ko‘rsatkichning yillar kesimida quyidagicha (tonna):
🔹 2023-yil yanvar-may – 8 771,5
🔹 2024-yil yanvar-may – 7 663,5
🔹 2025-yil yanvar-may – 8 117,7
Rasmiy sahifalar:
/channel/toshstat
Sayt | Telegram | Facebook
#Tashkent | #Import | #Statistika
📈 Import hajmi qanchaga yetdi?
📊 Dastlabki maʼlumotlar bo‘yicha, 2025-yil yanvar-may oylarida Toshkent shahrining import hajmi 7 943,9 mln. AQSh dollariga yetdi va 2024-yilning mos davriga nisbatan 4,8 % ga kamaydi.
📌 Ushbu ko‘rsatkich yillar kesimida (mln. AQSh dollari):
🔹 2023-yil – 7 842,5
🔹 2024-yil – 8 346,8
🔹 2025-yil – 7 943,9
Rasmiy sahifalar:
/channel/toshstat
Sayt | Telegram | Facebook
#Tashkent | #Xizmatlar | #Statistika
📈 Yashash va ovqatlanish xizmatlari hajmi ortgan
📊 Joriy yil yanvar-may oylarida Toshkent shahrida yashash va ovqatlanish xizmatlar hajmi jami 12 871 mlrd. so‘mga, o‘sish sur’ati 7,7 foizni tashkil etdi.
📌 Ushbu ko‘rsatkichning yillar kesimida hajmi (mlrd. soʻm):
🔹 2024-yil yanvar-may – 10 673,8
🔹 2025-yil yanvar-may – 12 871
Rasmiy sahifalar:
/channel/toshstat
Sayt | Telegram | Facebook
#Tashkent | #Eksport | #Statistika
📈 Eksport hajmi qanchaga ko‘paydi?
📊 Dastlabki maʼlumotlar bo‘yicha, 2025-yil yanvar-may oylarida Toshkent shahrining eksport hajmi 2 366,1 mln. AQSh dollariga (2024-yilning yanvar-aprel oyiga nisbatan 12,8 % ga koʻpaydi.
📌 Ushbu ko‘rsatkich yillar kesimida (mln. AQSh dollari):
🔹 2023-yil – 1 980,2
🔹 2024-yil – 2 098,4
🔹 2025-yil – 2 366,1
Rasmiy sahifalar:
/channel/toshstat
Sayt | Telegram | Facebook
#Tashkent | #Sanoat | #Statistika
📈 Faoliyat ko‘rsatayotgan sanoat korxonalari
📊 Dastlabki maʼlumotlar bo‘yicha, 2025-yilning 1-iyun holatiga ko‘ra Toshkent shahrida 10 807 ta sanoat korxonalari faoliyat yuritib kelmoqda.
📌 Ushbu ko‘rsatkichning yillar kesimida quyidagicha (birlikda):
🔹 2021-yil – 16 309
🔹 2022-yil – 16 126
🔹 2023-yil – 11 434
🔹 2024-yil – 11 306
🔹 2025-yil – 10 807
Rasmiy sahifalar:
/channel/toshstat
Sayt | Telegram | Facebook
📊 Пайпоқ ишлаб чиқариш ҳажми 15,5 % га ошган
🤩 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, Ўзбекистонда 2025 йилнинг январь-май ойларида йирик корхоналар томонидан 42,4 млн жуфт пайпоқ ишлаб чиқарилган.
📊 Бу кўрсаткич ўтган йилнинг мос даврига нисбатан 5,7 млн жуфтга ёки 15,5 % га ошган.
🏙 Чет эл инвестицияси иштирокидаги корхоналар сони соҳалар кесимида
🤩 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, республикамизда 2025 йилнинг 1 июнь ҳолатига чет эл инвестицияси иштирокида 16 405 та корхоналар фаолият кўрсатмоқда.
🏗 Шундан 4 087 таси қўшма ва 12 318 таси хорижий корхоналардир.
📊 Шунингдек, бу кўрсаткич тармоқлар кесимида таҳлил қилинганда энг юқори улуши савдо соҳасига (36,2 фоиз) тўғри келмоқда.
📊 Таълим соҳасида фаолият юритаётган тадбиркорлар сони 932 тага ошган
🤩 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, республикамизда 2025 йилнинг 1 июль ҳолатига таълим соҳасида 6 762 та тадбиркорлик субъектлари фаолият юритмоқда.
📊 Бу кўрсаткич йил бошига нисбатан 932 тага ёки 16 % га ошган.
👥 Ҳудудлар кесимида доимий аҳоли сони
🤩 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2025 йилнинг 1 июль ҳолатига Ўзбекистонда доимий аҳоли сони 37,9 млн кишини ташкил этган.
🇺🇿 Ҳудудлар кесимида доимий аҳоли сони:
Самарқанд вилояти – 4 335,7 минг киши
Фарғона вилояти – 4 181 минг киши
Қашқадарё вилояти – 3 673,7 минг киши
Андижон вилояти – 3 487,9 минг киши
Наманган вилояти – 3 158,4 минг киши
Тошкент шаҳри – 3 145,2 минг киши
Тошкент вилояти – 3 134,1 минг киши
Сурхондарё вилояти – 2 974,4 минг киши
Бухоро вилояти – 2 089,4 минг киши
Хоразм вилояти – 2 045,7 минг киши
Қорақалпоғистон Респ. – 2 040,7 минг киши
Жиззах вилояти – 1 551,7 минг киши
Навоий вилояти – 1 103,3 минг киши
Сирдарё вилояти – 938,5 минг киши
🇺🇿 Лотинда
🇷🇺 Читать на русском
Statistikani o‘rganish — amaliyotdan boshlanadi: Boshqarmada kafedra filiali ochildi
✅ Joriy yilning 3-iyul kuni Toshkent shahar statistika boshqarmasida Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Iqtisodiy statistika” kafedrasi filiali ish boshladi.
BATAFSIL
#Tashkent | #Qurilish | #Statistika
🏗️ Jami qurilish ishlarida kichik korxona va mikrofirmalar ulushi 55,7 % ga yetdi
📊 Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, Toshkent shahrida kichik korxona va mikrofirmalar tomonidan 2025-yilning yanvar-may oylarida bajarilgan qurilish ishlari hajmi 14 444,2 mlrd. soʻmni tashkil etib, jami qurilish ishlari hajmining 55,7 % i toʻgʻri kelib, ular hissasiga toʻgʻri kelgan qurilish ishlari hajmi 2024-yilning mos davriga nisbatan 104,6 % ni tashkil etgan.
📌 Ushbu ko‘rsatkichning yillar kesimida hajmi quyidagicha (mlrd. soʻmda):
🔹 2021-yil – 5 841,0
🔹 2022-yil – 7 433,0
🔹 2023-yil – 9 163,3
🔹 2024-yil – 9 850,8
🔹 2025-yil – 14 444,2
Rasmiy sahifalar:
/channel/toshstat
Sayt | Telegram | Facebook
#Tashkent | #Tibbiyot| #Statistika
🩺 Sogʻliqni saqlash sohasidagi xizmatlar hajmi ortgan
📊 Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yil yanvar-may oylarida Toshkent shahrida sogʻliqni saqlash sohasidagi xizmatlar hajmi jami 3 543,8 mlrd. so‘mga, o‘sish sur’ati 10,4 foizni tashkil etdi.
📌 Ushbu ko‘rsatkichning yillar kesimida hajmi (mlrd. soʻm):
🔹 2024-yil yanvar-may – 2 905,6
🔹 2025-yil yanvar-may – 3 543,8
Rasmiy sahifalar:
/channel/toshstat
Sayt | Telegram | Facebook
#Tashkent | #Savdo | #Statistika
📈 Faoliyat ko‘rsatayotgan chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxona va tashkilotlarning soni ortmoqda
📊 Joriy yilning 1-iyun holatiga Toshkent shahrida xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi faoliyat ko‘rsatayotgan 10 566 ta korxonalardan, 2 267 ta qo‘shma korxonalar va 8 299 tasi xorijiy korxonalar hisobiga to‘g‘ri keldi.
📌 Yillar kesimida soni (birlikda):
🔹 2021-yil – 7 518
🔹 2022-yil – 8 462
🔹 2023-yil – 8 176
🔹 2024-yil – 9 495
🔹 2025-yil – 10 566
Rasmiy sahifalar:
/channel/toshstat
Sayt | Telegram | Facebook
#Tashkent | #Savdo | #Statistika
📈 Savdo xizmatlari o‘sish sur’ati 9,4 %ni tashkil etdi
📊 Joriy yil yanvar-may oylarida Toshkent shahrida savdo xizmatlari hajmi jami 22 579,1 mlrd. so‘mga, o‘sish sur’ati 9,4 foizni tashkil etdi.
📌 Ushbu ko‘rsatkichning yillar kesimidagi hajmi (mlrd. soʻm):
🔹 2024-yil yanvar-may – 19 409,5
🔹 2025-yil yanvar-may – 22 579,1
Rasmiy sahifalar:
/channel/toshstat
Sayt | Telegram | Facebook
🔺 27 июнь – Матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимлари куни
🤩 Ўзбекистон Республикаси Миллий статистика қўмитаси 27 июнь – Матбуот ва оммавий ахборот воситалари ходимлари куни муносабати билан юрт равнақи ва халқ фаровонлиги йўлида фидокорона меҳнат қилаётган барча журналистларни касб байрами билан самимий муборакбод этади.
Доимо янгиликка интилиб, ҳаётнинг қайноқ нуқталарига кириб борадиган, холислик ва ҳаққонийлик, Ватан ва халқ манфаатларини биринчи ўринга қўядиган олийжаноб ва масъулиятли касб эгалари бўлган оммавий ахборот воситалари ходимларига мустаҳкам соғлик, ижодий муваффақият ва улкан парвозлар тилаймиз.
#Tashkent | #Qurilish | #Statistika
🏗️ Bajarilgan qurilish ishlari hajmi
📊 Ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilning yanvar-may oylarida Toshkent shahrida jami 25 922,1 mlrd. soʻmlik qurilish ishlari bajarilib, 2024-yilning mos davriga nisbatan 115,2 % ni tashkil etdi.
📌 Ushbu ko‘rsatkichning yillar kesimidagi hajmi (mlrd. soʻmda):
🔹 2021-yil – 9 195,8
🔹 2022-yil – 12 413,8
🔹 2023-yil – 13 199,3
🔹 2024-yil – 15 873,3
🔹 2025-yil – 25 922,1
Rasmiy sahifalar:
/channel/toshstat
Sayt | Telegram | Facebook
#Tashkent | #Xizmatlar | #Statistika
📈 Bozor xizmatlari 17,0 %ga o‘sdi
📊 Dastlabki ma’lumotlar bo‘yicha, Toshkent shahrida 2025-yil yanvar-may oylarida norasmiy va yashirin iqtisodiyotni baholash bo‘yicha o‘tkazilgan statistik kuzatuvlar natijalarini hisobga olgan holda, bozor xizmatlari hajmi 141 794,2 mlrd so‘mni tashkil etdi. 2024-yil mos davriga nisbatan o‘sish sur’ati 117,0 % ni tashkil etib, uning hajmi esa 31 733,3 mlrd so‘mga o‘sishi qayd etildi.
Rasmiy sahifalar:
/channel/toshstat
Sayt | Telegram | Facebook