2322
Управление статистики г. Ташкента * Toshkent shahar Statistika boshqarmasi
🇺🇿🇬🇧 Ўзбекистонда Буюк Британия капитали иштирокидаги корхоналар сони ортиб бормоқда
🏢 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2026 йилнинг 1 февраль ҳолатига Ўзбекистонда Буюк Британия капитали иштирокида жами 251 та корхоналар фаолият юритмоқда.
📊 Улардан 122 таси қўшма ва 129 таси хорижий корхоналардир.
🛫 Январь ойида 1,7 мингдан зиёд ўзбекистонликлар Қатарга борган
🏢 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2026 йилнинг январь ойида жами 1 741 нафар Ўзбекистон фуқаролари туристик мақсадларда Қатарга сафар қилган.
📊 Уларнинг сафар мақсадлари бўйича тақсимланиши қуйидагича:
саёҳат – 1 619 нафар;
қариндошларни йўқлаш – 95 нафар;
ўқиш – 22 нафар;
хизмат юзасидан – 4 нафар;
даволаниш – 1 нафар.
KUN TARIXI
Bugun 25-fevral haftaning Chorshanbasi, Ramazon oyining 7-kuni
Bu kun:
Islandiyada ayollar kuni.
Tailandda milliy radio kuni.
Dominikan Respublikasida mustaqillik kuni.
Surinam inqilob kuni.
Quvaytda milliy bayram.
Voqealar:
1221- yil- Marv shahri Mo‘g‘illar tomonidan egallandi.
1791- yil- AQSH da milliy bank tashkil topdi.
1964-yil- Muhammad Ali jahon chempioni bo‘ldi.
1993-yil- O‘zbekiston va Malta Respublikasi o‘rtasida diplomatik aloqa o‘rnatildi.
1994- yil- Jahon AA tashkil topdi.
Tavalludlar:
1661-yil- Ahmed II -Usmonlilar hukumdori.
1707-yil- Goldoni Kardo -Italyan dramaturgi.
1891-yil- Korovin Yevgeniy- botanik olim.
1913-yil- Po‘lat Rasulov- kinooperator.
1964-yil- Sobir O‘nar- yozuvchi.
1997-yil- Ana Mena Rojas- Ispaniyalik aktrisa. qo‘shiqchi.
Bizning sahifalarimiz 👇
🌐 Sayt | ✉️ Telegram | ☑️ Facebook
Davlatimiz rahbari yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
—
Глава нашего государства провел открытый диалог с молодежью.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
☝️1 Korxona yillik statistika hisobotini quyidagi sub'ektlar taqdim etadi
Batafsil: videoda
Bizning sahifalarimiz 👇
🌐 Sayt | ✉️ Telegram | ☑️ Facebook
Mamlakatimizda har haftaning payshanba kuni vazirlik, idora va hokimliklarda “Yoshlar kuni” bo‘lishi belgilandi.
Shu kuni sohaga mas’ul rahbarlar mahalla, maktab va texnikumlarga borib, yoshlarni eshitadi va muammosini hal qiladi.
Hokimlar yoshlarbop savdo-servis loyihalarini qiladi, yoshlarning ta’lim olishi, sport bilan shug‘ullanishi, kasb va til o‘rganib, ishga kirishi yoki tadbirkorlik bilan shug‘ullanishiga ko‘maklashadi, startapchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazib, alohida mablag‘ va grantlar ajratadi.
Eng yaxshi tomorqachi, fermer, sanoatchi, startapchi, ijodkor, ma’naviyat va boshqa sohalardagi yoshlar uchun qiziqarli mavzularda tanlovlar va yarmarkalar o‘tkaziladi.
Facebook|Instagram|X
Yaratilgan keng imkoniyatlar natijasida so‘nggi yillarda yoshlarimiz jahon fan olimpiadalarida 66 ta oltin, 147 ta kumush, 221 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Garvard, Yel, Prinston, Kolumbiya, Kornell kabi dunyoning eng nufuzli oliygohlarida tahsil olayotgan yoshlarimiz 500 nafardan, TOP-100 talikda o‘qiyotgan o‘g‘il-qizlarimiz 3,5 ming nafardan oshdi.
Yangilikka intiluvchan yoshlarimiz yaratgan 63 ta startap loyihasi AQSh, Janubiy Koreya, Buyuk Britaniya va Birlashgan Arab Amirliklari kabi davlatlar bozoriga kirib bordi.
Yosh sportchilarimiz xalqaro arenalarda 720 ta oltin, 671 ta kumush va 854 ta bronza medalining sohibi bo‘ldi. Bugun yosh tadbirkorlar yurtimizdagi biznes vakillarining 35 foizini tashkil etmoqda.
Facebook|Instagram|X
Birozdan so‘ng Ko‘ksaroy qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha imkoniyatlarga bag‘ishlangan muloqoti boshlanadi.
—
Скоро в резиденции «Куксарой» начнется диалог Президента Шавката Мирзиёева с молодежью, посвященный дополнительным возможностям для поддержки ее инициатив.
Facebook|Instagram|X
Ассалому алайкум. Ҳурматли юртдошлар!
Аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олиш тадбирининг иккинчи — анъанавий босқичи якунланишига саноқли кунлар қолди. Айни кунларда рўйхатга олувчилар томонидан хонадонма-хонадон юриб маълумот тўплаш ишлари белгиланган режа асосида давом этмоқда.
Рўйхатга олишнинг биринчи — онлайн босқичида юртдошларимиз жуда катта фаоллик билан иштирок этдилар. Ҳатто ривожланган давлатлар билан таққослаганда ҳам қисқа муддатда онлайн рўйхатдан ўтиш даражаси анча юқори бўлди. Бу эса фуқароларимизнинг масъулияти ва умуммиллий жараёнларга бефарқ эмаслигини яққол намоён этди.
Мазкур жараёнда жамланган маълумотлар, энг аввало, аҳолининг яшаш шароити ва эҳтиёжларини аниқ баҳолашга хизмат қилади. Айнан шу маълумотлар асосида мактаб, боғча ва тиббиёт муассасаларига бўлган эҳтиёж, инфратузилмани ривожлантириш, янги иш ўринлари яратиш ҳамда қишлоқ хўжалигини қўллаб-қувватлаш бўйича давлат дастурлари ишлаб чиқилади. Ҳар бир фуқаронинг иштироки, ҳар бир қарич ер ҳақидаги аниқ маълумотлар келгуси фаровонлигимиз учун мустаҳкам асос бўлиб хизмат қилади.
Бундан ташқари, уй-жой фонди тўғрисидаги маълумотлар солиқ ёки жазо учун эмас, балки: янги қурилиш режаларини шакллантириш, ижтимоий инфратузилмани жойлаштириш, ер ва мулкдан фойдаланишни таҳлил қилиш, фавқулодда вазиятларда (табиий офатлар, авариялар) хавфсизлик чораларини режалаштириш учун хизмат қилади.
🛫 2026 йилнинг илк ойида 2,6 мингдан зиёд ўзбекистонликлар Малайзияга борган
🏢 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2026 йилнинг январь ойида жами 2 686 нафар Ўзбекистон фуқаролари туристик мақсадларда Малайзияга сафар қилган.
📊 Бу кўрсаткич ўтган йилнинг мос даврига нисбатан 800 нафарга ёки 42,4 фоизга ошган.
📜 Тарихий маълумот
1865 йилга қадар Хива хонлигида шахсни тасдиқловчи расмий ҳужжат сифатида туркий тилда тузилган икки бетлик ҳужжат амалда бўлган. Мазкур ҳужжатда шахсга оид асосий маълумотлар қайд этилган бўлиб, улар қуйидагиларни ўз ичига олган:
— исми, шарифи ва отасининг исми;
— ёши;
— бўйи;
— алоҳида белгилари;
— кўз ранги;
— ҳужжатнинг тартиб рақами;
— ҳужжатни берган идора ёки мансабдор шахс;
— расмий тасдиқ муҳри.
📚 Манба: Хива хонлиги архив ҳужжатлари, 1865 йил.Читать полностью…
https://youtu.be/yhiseomWJJs?si=KHYkUQmZ1hkTIfhS
Читать полностью…
☑️ WEBSTER UNIVERSITETIDAGI SHTAB FAOLIYATI
👉 Aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish bo'yicha Toshkent shahridagi Webster Universitetida tashkil etilgan shtab faoliyati haqida maxsus videolavha.
Bizning sahifalarimiz 👇
🌐 Sayt | ✉️ Telegram | ☑️ Facebook
🔥 Ўзбекистонга 639 тоннадан зиёд гугурт импорт қилинган
🏢 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2025 йилда Ўзбекистонга 2 та хорижий давлатдан қиймати 713,3 минг АҚШ долларига тенг бўлган 639,1 тонна гугурт импорт қилинган.
📊 Импорт ҳажми ўтган йилнинг мос даврига нисбатан қарийб 113,9 тоннага ёки 15,1 фоизга камайган.
📊 Экспорт ҳажми ўтган йилнинг мос даврига нисбатан қарийб 62,5 тоннага ёки 23,2 фоизга камайган.
KUN TARIXI
Bugun 23-fevral haftaning Dushanbasi, Ramazon oyining 5-kuni
Bu kun
Butunjahon tinchlik va o‘zaro tushunish kuni.
Xalqaro zo’ravonlikka qarshi kurash kuni.
Dizel dvigateli kuni.
Gayana – Respublika kuni.
Voqealar
1893-yil: Rudolf Dizel o‘zining ichki yonuv dvigatelini patentladi.
1903-yil: Kuba Guantanamo bazasini AQShga ijaraga berdi.
1918-yil: Sobiq SSSR da armiya kuni nishonlangan.
1944-yil: Chechen va ingush xalqlarini O‘rta Osiyoga ko‘chirish boshlandi.
2001-yil: Shvedcha Vikipediya tashkil etildi.
Tavalludlar
1685 – Gendel Georg Fridrix- nemis kompozitori.
1744 – Mayer Amshel Rotshild – xalqaro tadbirkor.
1900 – Asqarali Hamroali o’g’li Charxiy– O’zbekiston xalq shoiri.
1930-Zulayho Saparova –Oʻzbekiston xalq artisti.
1934 – Muborak Yoʻldoshev –Oʻzbekiston xalq rassomi
1987 – Denisov Vitaliy – Oʻzbekistonlik futbolchi.
1994 – Xanna Dakota Fenning – amerikalik aktrisa.
Bizning sahifalarimiz 👇
🌐 Sayt | ✉️ Telegram | ☑️ Facebook
📊 2025 йилда Ўзбекистонда 152,1 трлн сўмлик озиқ-овқат маҳсулотлари ишлаб чиқарилган
🏢 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2025 йилда Ўзбекистонда йирик корхоналар томонидан 152,1 трлн сўмлик озиқ-овқат маҳсулотлари ишлаб чиқарилган.
📊 Бу кўрсаткич 2024 йилга нисбатан 9,7 фоизга ошган.
Juda katta iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy kuch bo‘lgan yoshlarimiz uchun yangi imkoniyat eshiklari ochib berilgan kun
—
День, когда перед нашей молодежью, являющейся экономической, социальной и политической силой, распахнулись новые двери возможностей.
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
📜 Тарихий маълумот
1871 йилга қадар Бухоро амирлиги ҳудудидаги Зарафшон водийси ирригация тизими акс этган махсус хариталар мавжуд бўлган.
Уларда қишлоқ хўжалиги ерларини суғориш учун хизмат қилган асосий сув манбалари — дарёлар, ирмоқлар, кўллар, каналлар, анҳорлар ва ариқлар батафсил кўрсатилган.
📚 Манба: Бухоро Амири Қушбегисининг Бухоро хонлиги ирригация харитаси маълумотлариЧитать полностью…
Har yili 600 ming yoshlar mehnat bozoriga kirib kelmoqda, 2030-yilga borib, ular 1 millionga yetadi. Yoshlarga o‘ziga mos ish topishi uchun sharoit yaratish – eng muhim masala ekani qayd etildi.
Yoshlar o‘rtasida so‘rovnoma o‘tkazilib, ularning uchdan biri tadbirkor bo‘lish istagini bildirgan. O‘tgan yili yoshlar bandligini ta’minlash uchun banklar va Yoshlar ishlari agentligiga 400 million dollar berilgan edi. Xususan, “Yoshlar biznesi”, “Kelajakka qadam” dasturlari hisobidan 15 ming nafar yoshlar o‘z tadbirkorligini yo‘lga qo‘ydi, 50 ming odamni ish bilan ta’minladi.
Prezidentimiz yoshlar tadbirkorligi uchun qo‘shimcha 200 million dollar ajratilishini e’lon qildi.
O‘zini o‘zi band qilgan yoshlar uchun kredit miqdori 100 milliondan 300 million so‘mgacha oshiriladi. Yosh tadbirkorlar loyihalari uchun 10 milliard so‘mgacha kredit ajratish (hozir 5 milliard so‘mgacha) mumkin bo‘ladi. Innovatsion startap loyihalariga 100 ming dollargacha investitsiya kiritishga ruxsat beriladi.
Servis va umumiy ovqatlanish sohasida 1 mingdan ziyod ish o‘rni yaratgan mahalliy brendlardan franshiza olib, filial ochishga qiziqayotgan yoshlar uchun qulay moliyalashtirish paketlari joriy qilinadi.
Facebook|Instagram|X
“O‘zbekiston Yoshlar taraqqiyoti global indeksida eng tez sur’atlarda rivojlanayotgan davlat deb e’lon qilingani bizga g‘urur bag‘ishlaydi”,
“Albatta, yangi metodika va innovatsiya olib kirib, ta’lim sifatini oshirish va bolalarni kasbining ustasi qilish haqida izlanadigan rahbarning faoliyatida o‘zgarish bo‘ladi, ishiga yangicha muhit kiradi”,
“Ko‘ksaroy” qarorgohida Prezident Shavkat Mirziyoyevning yoshlar bilan muloqoti boshlandi. Qoraqalpog‘iston, viloyatlar va Toshkent shahridagi studiyalardan uchrashuvda 60 mingdan ziyod yoshlar vakillari ishtirok etmoqda.
Davlatimiz rahbari yig‘ilganlarni samimiy qutladi.
“Yurtimizdagi 22 milliondan ziyod yoshlarimiz timsolida biz juda katta iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy kuchni ko‘ramiz”,
📊 Ўзбекистон телевизор экспортини 1,6 баробарга оширди
🏢 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2025 йилда Ўзбекистон 17 та хорижий давлатга қиймати 45,7 млн АҚШ долларига тенг бўлган 309 169 дона телевизор экспорт қилган.
📊 Экспорт ҳажми ўтган йилнинг мос даврига нисбатан қарийб 115,3 минг донага ёки 59,4 фоизга ошган.
📺 OAV da biz
✅ Aholi va qishloq xo'jaligini ro'yxatga olish: Savollarga Toshkent shahridagi MFY raislari javob berdi. Toshkent telekanalining Siz nima deysiz? tok shousida.
Bizning sahifalarimiz 👇
🌐 Sayt | ✉️ Telegram | ☑️ Facebook
KUN TARIXI
Bugun 24-fevral haftaning Seshanbasi, Ramazon oyining 6-kuni
Bu kun:
Islom olamida Baroat kechasi.
Meksika bayrog‘i qabul qilindi.
Estoniya mustaqillikka erishdi.
Eronda muhandislar kuni.
Lotareya paydo bo‘lgan kun.
Voqealar:
1525-yil: Paviyadagi jang: Ispaniyalik Karl V qo‘shinlari Fransiya qiroli Fransisk I qo‘shinlarini mag‘lub etdi.
1942-yil: Qora dengizda "Struma" kemasi cho‘kib ketdi.
1994-yil: Norvegiyaning Lillexammer shahrida o‘tgan XVII qishki Olimpiya o‘yinlarida mustaqil O‘zbekiston Respublikasi o‘z tarixida ilk bor oltin medalni qo‘lga kiritdi.
2008-yil: Fidel Kastro iste’foga chiqdi.
2022-yil: Rossiya-Ukraina urushi boshlandi.
Tavalludlar:
1786-yil – Vilgelm Grimm- nemis filologi,
1881-yil- Rizamat Musamuhammedov-bog‘bon,o‘zbek uzumchilik maktabi asoschisi,
1955-yil – Stiv Jobs, Apple asoschisi,
1960-yil- Ishoq To‘rayev- o‘zbek aktyori,
1977-yil-Flod Meyvezer- boks yulduzi.
Bizning sahifalarimiz 👇
🌐 Sayt | ✉️ Telegram | ☑️ Facebook
🧈 2025 йилда 31 минг тоннадан ортиқ маргарин ва спредлар ишлаб чиқарилган
🏢 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, Ўзбекистонда 2025 йилда йирик корхоналар томонидан жами 31,2 минг тонна маргарин ва спредлар ишлаб чиқарилган.
📊 Бу кўрсаткич 2024 йилнинг мос даврига нисбатан 21,4 % га ошган.Читать полностью…
Аҳоли ва қишлоқ хўжалигини рўйхатга олиш тадбирининг иккинчи босқичи давом этмоқда
Читать полностью…
💧 Ўзбекистонда “автомойка”лар сони нечта?
🏢 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2026 йилнинг 1 февраль ҳолатига Ўзбекистонда автомобилларни ювиш, сайқаллаш ва шу каби фаолият билан шуғулланувчи тадбиркорлар (юридик шахслар) сони 3 122 тани ташкил этган
📊 Бу кўрсаткич ўтган йилнинг мос даврига нисбатан 504 тага ёки 19,3 фоизга ошган.
📌 Изоҳ: ушбу кўрсаткич фақатгина юридик шахс ташкил этган тадбиркорлик субъектларини қамраб олган.Читать полностью…
TOSHKENTDAGI OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA AHOLI VA QISHLOQ XOʻJALIGINI ROʻYXATGA OLISH JARAYONI
✅ Ayni kunda mamlakatimizda Aholi va qishloq xoʻjaligini roʻyxatga olishning 2-bosqichi davom etmoqda. Bu jarayonda oliy ta’lim tashkilotlari talabalarini hozirda yashab turgan manzilidan roʻyxatga olish maqsadida Toshkent shahar statistika boshqarmasi tomonidan tashkiliy reja ishlab chiqilgan.
Biz har kuni oliy ta’lim maskanlarida boʻlib u yerdagi shtab a’zolari bilan bir kunda oʻrtacha 500 nafarga yaqin talabani roʻyxatdan oʻtkazmoqdamiz. Shtab a’zolari uchun esa har kuni amaliy seminar mashgʻulotlari tashkil etib borilmoqda. Oldimizda yana besh kunlik muddat bor shu vaqt ichida belgilab olingan tahskiliy rejadagi ishlarimizni toʻliq yakunlaymiz deydi- boshqarmaning boʻlim boshligʻi Jasurbek Abdullayev.
🇺🇿🇹🇯 Ўзбекистонда Тожикистон капитали иштирокидаги корхоналар сони 410 тага етди
🏢 Миллий статистика қўмитаси маълумотларига кўра, 2026 йилнинг 1 февраль ҳолатига Ўзбекистонда Тожикистон капитали иштирокида жами 410 та корхоналар фаолият юритмоқда.
🏙 Улардан 102 таси қўшма ва 308 таси хорижий корхоналардир.