T A B R I K N O M A
Hurmatli O'lmas Obloqulovich !
Sizni tuman MMTB jamoasi hamda tumandagi ko'p sonli pedagoglar nomidan tavallud ayyomingiz sharofati bilan muborakbod etamiz!
Sizga oilaviy tinch-totuvlik va shirin turmush kechirish baxti yo‘ldosh bo‘lsin!
Oilangiz baxt-saodati va qolaversa ta'lim sifatini oshirishdagi ezgu ishlaringiz rivoji uchun sog‘-salomat yurishingizga tilakdoshimiz! Mehr-oqibatlilik Sizni aslo tark etmasin!
Oilaviy hayotingizda va mashaqqatli ish faoliyatingizda kattadan — katta muvaffaqqiyatlar Sizga hamroxlik qilsin! Yana bir bor tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!
Hurmat bilan Tuman MMTB jamoa a'zolari
Qadrli ustozlar, aziz hamkasblar!
Barchangizni O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 32 yilligi bilan chin qalbimdan tabriklayman.
Albatta, muqaddas bayrog‘imiz yurtimiz mustaqilligining asosiy ramzlaridan biri hisoblanadi. Uning xorijiy davlatlarda o‘tkazilayotgan ta’limga doir turli olimpiada, fan va sport tadbirlaridagi mag‘rur hilpirashini ko‘rganimizda ko‘ksimiz yuksak faxrga to‘ladi. Shu Vatan, shu xalq vakili ekanligimizdan cheksiz iftixor tuyamiz.
Bir so‘z bilan aytganda, shu elga daxldorlik hissini tuygan hamyurtimiz borki, bayrog‘imizning qadri va sharafini doimo baland tutadi. Har qadami va harakatida ushbu aziz tushunchalarga munosib bo‘lishga urinadi.
Shu ma’noda yoshlarimizning vatanparvarlik tuyg‘ularini boyitish, milliy mentalitetimizni asrab-avaylashda Davlatimiz bayrog‘ining o‘rni va ahamiyati kattadir.
Yana bir bor barchangizni bugungi kun bilan samimiy qutlayman.
Yurtimiz bayrog‘i doimo yuksaklarda mag‘rur hilpirayversin!
Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri
📢📢📢📢📢 🟨🟨🟨🟨🟨 🧠💡📚
📢 Aziz yoshlar, Sizlarga ko'proq bilim va tajriba ulashish maqsadida yangi loyiha boshlayapmiz. IT-yo'nalishda xalqaro olimpiada va musobaqalarga qiziquvchi yoshlar uchun "Xalqaro IT-olimpiadalar" telegram kanali tashkil etildi.
➡️ Endilikda Siz, ushbu kanal orqali IT-sohasidagi olimpiadalar, musobaqa va hakatonlar haqida yangiliklardan habardor bo‘lishingiz, ishtirok etish shartlari, rag‘batlantirish imkoniyatlari va shu kabi muhim ma'lumotlar bilan tanishib borishingiz mumkin!
🌟 Xalqaro olimpiadalarda qatnashing va o'z bilimingizni sinab ko'ring. Zero, muvaffaqiyatga erishish o'z qo'lingizda. O'zingizni qayta kashf eting!
⬇️ Kanalga a'zo bo‘lish:
🌐 Xalqaro IT-olimpiadalar
🏆SHAXMAT BO'YICHA "MAKTAB LIGASI" VILOYAT BOSQICHI BO'LIB O'TDI
Bugun "Besh tashabbus" olimpiadasining umumiy o‘rta ta’lim muassasalari o‘quvchilari o‘rtasida shaxmat bo‘yicha "Maktab ligasi" musobaqalarining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Musoboqa natijalariga koʻra, 1-oʻrinni Samarqand shahar 51-IDUM jamoasi,
2-oʻrinni Toyloq tuman 34-maktab jamoasi,
3-oʻrinni Jomboy tumani 7-maktab jamolari egalladi.
Taqdirlash marosimida viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i v.v.b. Farrux Boltayev ishtirok etib, g'oliblarni erishgan yutuqlari bilan tabrikladi. G'oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
#Seminar
#Toyloq_tuman
🔰 Bugun Samarqand viloyat Toyloq tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabida tuman, shahar "Barkamol avlod" bolalar maktablari direktorlari ishtirokida moliyaviy savodxonlikni oshirish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi.
✅ Seminarga Iqtisodiyot va Moliya vazirligi Axborot texnologiyalar markazi Samarqand viloyat bo‘limi mutaxassisi S.A. Hazratqulov hamda Samarqand viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi Moliya bo‘yicha bosh mutaxassis I.A. Xoliqulov tashrif buyurib, kun tartibidagi masalalar yuzasidan soʻzga chiqib, maktabdagi moliyaviy sarf-xarajatlar yuzasidan tushuncha va tavsiyalar berib oʻtdi.
☝️ Semindan maqsad, maktabdagi moliyaviy sarf-xarajatlarni to‘g‘ri yo‘naltirish hamda badal to‘lovlarini maqsadli sarflash bo‘yicha savodxonligini oshirishdan iborat.
©Samarqand viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati
🔹TOYLOQLIK 100 NAFARDAN ORTIQ IQTIDORLI O‘QUVCHILAR SAMARQANDGA SAYOHAT QILISHDI
Viloyat hokimligining chora-tadbiriga ko‘ra, kuzgi ta’tilda viloyatdagi maktab o‘quvchilarining teatr va kino tomoshalariga jalb etish hamda Samarqand shahar markazidagi tarixiy obidalar va muzeylarga sayohatlarini tashkil etish rejasi belgilangan.
Shu munosabat bilan bugun Toyloqlik 100 nafardan ortiq o‘quvchilarning Samarqand shahriga sayohati uyushtirildi. Sayohat davomida o‘quvchilar Gur Amir maqbarasi,Registon ansambli, O‘lkashunoslik muzeyida bo‘lishdi. Shuningdek, "Bahodir Yalangto‘sh" spektaklini tomosha qilishdi.
✅@samarqandvxtb
Telegram | Facebook
#Yashil_makon
YASHIL MAKON LOYIHASI “BARKAMOL AVLOD” BOLALAR MAKTABLARIDA!
❓“Yashil makon” umumilliy loyihasi nega aynan kuz faslida?
🍂Kuzdagi moʻtadil havo va tuproq harorati, daraxtga kamroq bosim beradi, ya’ni yangi barglar o'sguncha uni sogʻlom saqlash uchun koʻchat kamroq bosim ostida boʻladi.
🌿Shu sababli ham “Eko barkamol maktab” aksiyasi doirasida Toyloq tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi jamoasi ham bog' yaratishni boshladi.
☘Siz ham #Yashil_makon umummilliy loyihasida daraxt koʻchatlari ekish boʻyicha "Eko barkamol maktab" aksiyasiga qoʻshiling va daraxt eking!
☝️Tabiatni birgalikda asraylik!
© Toyloq tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi
Axborot xizmati
❗️Iltimos befarq bo'lmaylik!
MENI HAM SIZDEK YASHASHGA HAQQIM BOR!
☺️Siz tunlari tinchgina orom olayotganingizda men dard bilan olishib uxlolmayman😞.
😄Siz mazza qilib dunyo kezayotganingizda men o'rnimdan turolmayman😞.
Siz oilangiz bilan bo'lganingizda men shiftga termulib yotaman🤕.
👥
Ey yaxshi odamlar! Siz sabab oyoqqa turishimga yordam bering. Qon topshirib men kabi bir necha insonni orzularini ushalishiga sababchi bo`ling! Donorlik aksiyalarida faol ishtirok eting. Insonlarga beminnat yordam qo'lini cho'zing.
UNUTMANG, DONOR QONI HAYOT BERADI!!!
🗓 25-oktabr BAXSHITEPA OSHPda Donorlik aksiyasi bo'lib o'tadi. Hurmatli donorlar, keling, ishtirok eting hayot in'om eting. Biz siz bilan faxrlanamiz.
Kanalga obuna bo‘ling: 👇
@toyloqttb1_uz
Ўзбекистон халқига байрам табриги
—
Праздничное поздравление народу Узбекистана
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Tabriknoma
Qadrli yurtdoshlar, aziz ustoz va murabbiylar!
Barchangizni chinakam milliy tantanamiz, g‘urur va iftixorimiz bo‘lgan O‘zbek tili bayrami bilan samimiy muborakbod etaman.
Insoniyat o‘z milliy tilini “ona tili” deb sharaflashi bejiz emas.
Chunki bunday ulug‘ e’tirof bizga har lahzada o‘z tilimizni onamizdek e’zozlab, qadrlashimiz zarurligini anglatib turadi. Ona tilimiz bizning jahonda alohida xalq, millat sifatida mavjudligimizni belgilovchi muhim asoslardan biridir.
Inson tug‘ilajak Vatani va tilini tanlamaydi – bu unga Yaratgan ato etgan bebaho ne’matlardir. Ana shu ne’matlarni qadrlab, Vatanimiz taraqqiyoti, o‘zbek tili ravnaqi yo‘lida sidqidildan xizmat qilish va mehnatlarimiz samarasini ko‘rish saodati barchamizga nasib etsin!
Ona tilimiz ruhiyatimizga nur, tafakkurimizga yog‘du, qalbimizga g‘urur baxsh etib abadiy gullab yashnasin!
O‘zbek tili bayrami yana bir bor muborak bo‘lsin!
Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
Toyloq tuman MMTB tasarrufidagi 34-maktabda O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligining 34 yilligi munosabati bilan ilmiy-ma'rifiy, madaniy tadbir tashkil qilindi.Tadbirda Ona tilimizning yaratilish tarixi, rivojlanish bosqichlari haqida ilmiy ma'lumotlar berildi.Buyuk tilshunos olimlarimiz siymosi yaratilib ularning bosib o'tgan hayot yo'llari tilimiz rivojlanishi yo'lida mashaqqatli mehnatlari aks ettirilgan badiiy sahna ko'rinishlari namoyish etildi.Ona tilimizdagi bugungi kundagi lisoniy g'alizliklar, tilimizga har xil baynalmilal so'zlarni qo'shib so'zlashishlar kabi muammolar, bu holatlarni tilimizning ravnaqiga salbiy ta'siri haqida tushunchalar berildi.Tadbirda Alisher Navoiy Zahiriddin Muhammad Bobur g'azallari asosida kuy va qo'shiqlar ijro etildi. Tadbir o'quvchi yoshlar ongida ona tilimizga hurmat vatanga sadoqat kabi tushunchalarni shakllantirishda xizmat qiladi.
Читать полностью…Toyloq tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumta’lim maktablarining 9-11- sinf o‘quvchilari o‘rtasida Respublika fan olimpiadasining tuman bosqichi davom etmoqda. Bugun 621 nafar o‘quvchilar fizika, informatika, biologiya fanlanlaridan o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazadilar. Olimpiada jarayonini ushbu havola orqali kuzatib borishingiz mumkin.
https://m.facebook.com/groups/toyloqtumanxalqtalimibolimi/permalink/1514233692657913/?mibextid=Nif5oz
Test jarayonining natijalarini esa quyidagi havolalar orqali kuzatib borishingiz mumkin:👇👇👇
Toyloq tuman
Fizika link:
9-sinf: /channel/toyloq_fizika_9_sinf
10-sinf: /channel/toyloq_fizika_10_sinf
11-sinf: /channel/toyloq_fizika_11_sinf
Informatika link:
9-sinf: /channel/toyloq_tuman_9_sinf_informatika
10-sinf: /channel/toyloq_tuman_10_sinf_informatika
11-sinf: /channel/toyloq_tuman_11_sinf_informatika
Biologiya link:
9-sinf: /channel/toyloq_tuman_9_sinf_biologiya
10-sinf: /channel/toyloq_tuman_10_sinf_biologiya
11-sinf: /channel/toyloq_tuman_11_sinf_biologiya
📲Bog'chaga yo'llanmani telefoningizda qabul qilib oling!
Bog'cha yo'llanmasini olishda davlat xizmatlari markazida soatlab navbatda turarmidingiz? Unda siz uchun xushxabarimiz bor.
Endi Siz, farzandingizning MTTga yo‘llanmasini olish uchun Davlat xizmatlari markaziga borishingiz shart emas!
Maktabgacha taʼlim agentligi, Adliya vazirligi va Raqamli texnologiyalar vazirligi hamkorligida fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida yo'llanma olish jarayoni soddalashtirildi.
❓Ya'ni:
🔢Endilikda, yo‘llanma shakllanishi bilan Sizga SMS xabar orqali ariza raqami va maxfiy kod yuboriladi. Ushbu maxfiy kod bilan Siz to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘chaga borishingiz va mudiraga murojaat etishingiz kifoya.
📌Asosiysi, yaratilgan imkoniyat shaffoflikni ta'minlaydi. Sizga shakllangan yo‘llanmani tasdiqlovchi maxfiy kod MTM mudirasiga aytilmaguncha u yo‘llanmani ko‘ra olmaydi va bu bilan korrupsiyaga yo'l qo'yilmaydi.
📊Yana bir ahamiyatli jihati, birgina 2022-yilning o'zida bog‘chaga joylashtirish uchun 1 405 424 ta, 2023-yilning 9 oyi mobaynida esa 1 022 065 ta yo‘llanma shakllangan. Bu degani, ushbu qulaylik orqali fuqarolarning nafaqat vaqti balki har yili 1.2 milliondan ortiq (6 tonna) qog‘oz tejalishiga erishiladi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating👇👇👇
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
#Сўровнома
📣📣 Hurmatli ustozlar!
✅ Taʻlim sifatini oshirish bizning eng ustuvor maqsadlarimizdan biridir. O'qituvchilarning qiziqishi, talabi va metodik ehtiyojini o'rganish va ularga zamonaviy metodik yordam ko'rsatish pedagoglarning kasbiy rivojlanishiga va bu orqali o'qitish sifatining yaxshilanishiga xizmat qiladi.
➖ Shu maqsadga yo'naltirilgan soʻrovnomada ishtirok eting va sifatli ta'lim uchun oʻz hissangizni qo'shing!
👉 So’rovnomada quyidagi havola orqali ishtirok eting.
❗️Sizning fikringiz biz uchun muhim!
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
"DIYOR YANGILIKLARI" | ASOSIY FAN OLIMPIADASINING SHAHAR VA TUMAN BOSQICHLARI O‘TKAZILMOQDA
#18-oktabr#Samarqand
https://t.me/SamTvr
#hosil_bayrami
Toyloq tumanidagi 20-davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida "Mehrjon" hosil bayrami o‘tkazildi.
Unda bolajonlar o‘zlarining kuz fasli haqida tayyorlagan sahna ko‘rinishlarini namoyish etishdi. Shuningdek, tarbiyalanuvchilar kuz ne’matlari sanalgan meva va sabzavotlarning foydali xususiyatlari haqida gapirib berishdi. Qolaversa, o‘g‘il-qizlar oltin kuz fasli, meva va sabzavotlar haqida she’r va qo‘shiqlar aytishdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇
Telegram / Facebook / Instagram / Web Sayt
⚡Bugun Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun!
Faqat tinch ellardagina bayroqlar hilpirab turadi.
Hamisha tinchligimiz ramzi bo‘lib, hilpirab tur, Vatan bayrog‘i!
💵 Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi doirasida...
Biz korrupsiaga qarshimiz!
Toyloq tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 21-umumiy o'rta ta'lim maktabida jamiyat rivojiga xavf soluvchi korrupsiyaning oldini olish, unga qarshi kurashish bo’yicha "Biz korrupsiyaga qarshimiz!" shiori ostida o’quvchilar o’rtasida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida MMIBDO‘, tibbiyot xodimi hamda Òzbekiston davlati va huquqi asoslari fani òqituvchilari ishtirok etishdi. Mavzu yuzasidan savol va javoblar òtkazildi.
Toyloqda kasaba uyushmalari kuni nishonlandi
Tumandagi madaniyat saroyida "11-noyabr - O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni" munosabati bilan bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda korxona, tashkilot va muassasalar kasaba uyushmalari boshlang‘ich tashkilotlari raislari hamda kasaba uyushmalari xodimlari va faollari ishtirok etishdi.
Bayram tadbiri O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi.
Tadbirdan so‘z olgan Toyloq tuman hokimi Bahodir Bobonazarov hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Samarqand viloyati Kengashi raisi Suhrob Rafiqov o‘tgan davrda kasaba uyushmalari tomonidan ishchi-xodimlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning muammolarini hal qilish borasida ko‘plab ijobiy ishlar amalga oshirilganini ta’kidlashdi. Ayniqsa, so‘ngi yillarda kasaba uyushmalari jamiyatimizning muhim bir bo‘lagiga aylangani e’tirof etildi…
Maqolani batafsil o’qing
https://tayloq.uz/uz/node/2792
Тойлоқ туман Мактабгача ва мактаб таълими бўлими бошлиғи Ў.Усмонов тумандаги 9, 16, 22, 37, 39 ва 41 умумтаълим мактабларидан фан олимпиадасининг 2-туман босқичидан ўқувчилари паст натижа кўрсатган ўқитувчилар билан мактабнинг навбатдан ташқари педагогик йиғилишида танқидий муҳокама ўтказилди.
Йиғилишда келгуси ўқув йилида ташкил қилинадиган фан олимпиадалари учун бугундан пухта тайёргарлик кўриш, ўқувчилар билимини мунтазам синовдан ўтказиб бориш бўйича қўшимча топшириқлар берилди.
TIL O‘RGANISH – DAVR TALABI
Bugun 21-umumta’lim maktabida O‘zbekiston-Rossiya hamkorligi doirasidagi "Integrirovannoye obucheniye v metodike RKI" mavzusida viloyat seminari bo‘lib o‘tdi. Seminarda A.I.Gersen nomidagi Rossiya Davlat Pedagogika universiteti dotsenti Ye. V. Fedosenko, Samarqand viloyati pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazi Tillarni o‘qitish metodikasi katta o‘qituvchisi I.A. Raimqulova hamda tuman maktablarining rus tili fani o‘qituvchilari qatnashishdi.
Seminarda 21-maktab rus tili fani o‘qituvchisi G. Azimova 3,4,5-sinf o‘quvchilari uchun to‘garak mashg‘ulotlari o‘tkazishga mo‘ljallangan "RUSSKIY KLASS!" deb nomlangan uslubiy tavsiyanomasini taqdimot qildi. Rossiyalik mehmon rus tili fanining o‘qitilishi sifati, o‘quvchilarning og‘zaki nutqi darajasini bilish maqsadida rus tili darslariga tashrif buyurdi. Seminar so‘ngida maktab o‘quvchilari ijro etgan qo‘shiq va raqslari tadbir ishtirokchilariga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.
KITOB O'QIGAN BOLA
Bugun Toyloq tumanidagi 17-umumta'lim maktabida “INFOLIB UZBEKISTAN-2023” XII Milliy axborot-kutubxona haftaligi yosh kutubxonachilar 3-forumining respublika ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
Tadbirda tuman hokimining oʻrinbosari Jahongir Haqberdiyev, "Qo'shchinor" gazetasi muharriri o'rinbosari, shoir Abdulla Nisorov, Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi Toyloq tumani bo'linmasi xodimlari, axborot kutubxona markazi xodimlari va kitobxon yoshlar ishtirok etdi.
Tadbir davomida yosh kitobxonlar tomonidan tayyorlangan sahna ko'rinishlari, badiiy chiqishlar, sherxonlik va konsert dasturlari namoyish etildi.
Faol ishtirokchilar tadbir tashkilotchilarining faxriy yorliqlari va kitob jamlanmalari bilan taqdilandilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:👇
Telegram / Facebook / Instagram / Web Sayt
📹 Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari o‘rtasidagi “Zakovat” turnirining respublika bosqichi boshlanishidan avval hududiy bosqich o‘yinlaridan tayyorlangan videorolik namoyish etildi!
Telegram I Facebook I Instagram I YouTube I TikTok
#Ona_tilim_faxrim
✅ 21-oktabr - O‘zbek tili bayrami kuni muborak bo’lsin!
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Taqdirlash_marosimi
✅ 21-oktabr - O’zbek tili bayrami arafasida “Yilning eng yaxshi o’zbek tili o’qituvchisi” tanlovi g’oliblari aniqlandi.
➖ G’oliblarni taqdirlash marosimidan videolavha.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Oxirgi_kun
Toyloq tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumta’lim maktablarining 9-11- sinf o‘quvchilari o‘rtasida Respublika fan olimpiadasining tuman bosqichi davom etmoqda. Bugun 434 nafar o‘quvchilar matematika, ona tili fanlanlaridan o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazadilar. Olimpiada jarayonini ushbu havola orqali kuzatib borishingiz mumkin.
https://m.facebook.com/groups/toyloqtumanxalqtalimibolimi/permalink/1514776879270261/?mibextid=Nif5oz
Test jarayonining natijalarini esa quyidagi havolalar orqali kuzatib borishingiz mumkin:👇👇👇
Toyloq tuman
Fizika link:
9-sinf: /channel/toyloq_matematika_9_sinf
10-sinf: /channel/toyloq_matematika_10_sinf
11-sinf: /channel/toyloq_matematika_11_sinf
Ona tili link:
9-sinf: /channel/toyloq_tuman_9_sinf_ona_tili
10-sinf: /channel/toyloq_tuman_10_sinf_ona_tili
11-sinf: /channel/toyloq_tuman_11_sinf_ona_tili
📲 Получите направление в детский сад на свой телефон!
Вы часами стояли в очереди в центре государственных услуг, чтобы получить направление в детский сад? Тогда у нас есть для вас хорошие новости.
Теперь вам не нужно идти в Центр государственных услуг, чтобы получить направление вашего ребенка в ДОО!
В сотрудничестве с Агентством дошкольного образования, Министерством юстиции и Министерством цифровых технологий для удобства граждан упрощен процесс получения направления.
❓То есть:
🔢 Теперь, как только направление будет сформировано, вам будет отправлено SMS-сообщение с номером заявки и секретным кодом. С этим секретным кодом все, что вам нужно сделать, это пойти в детский сад и обратиться к заведующей.
📌 Главное, созданная возможность обеспечивает прозрачность. Пока секретный код, подтверждающий сформированное вам направление, не будет сообщен заведующей ДОО, она не сможет увидеть направление, и таким образом будут предотвращены случаи коррупции.
📊 Еще одним важным аспектом является то, что только в 2022 году было сформировано 1 405 424 направлений для размещения в детский сад, а за 9 месяцев 2023 года было сформировано 1 022 065 направлений. Это означает, что благодаря этому удобству граждане экономят не только время, но и более 1.2 миллиона (6 тонн) бумаги в год.
Следите за нами в социальных сетях 👇 👇 👇
Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
*Eshitmadim, demanglar!
KITOBXONLIK TADBIRLARIDAN BEBAHRA QOLMANG!
Prezidentimizning 2019 yil 7-iyundagi «O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot kutubxona xizmati kòrsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida»gi 4354-son qarorining 2- ilovasi – «2019-2024 yillarda O‘zbekiston Respublikasida axborot kutubxona sohasini rivojlantirish bòyicha chora tadbirlar dasturi» ijrosini ta’minlash maqsadida 2023 yil 23 - 27 oktyabr kunlari Toyloq tuman Axborot kutubxona markazi tomonidan »INFOLIB UZBEKISTAN-2023" XII Milliy kutubxona haftaligi o‘tkaziladi.
Tumanimizning barcha kitobxonlarini haftalik doirasida tashkil etiladigan tadbirlarda, jumladan, tanlovlar, kitob taqdimotlari, davra suhbatlari hamda ijodkorlar bilan uchrashuvlarda faol qatnashishlarini so‘raymiz.
Toyloq tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tasarrufidagi umumta’lim maktablarining 9-11- sinf o‘quvchilari o‘rtasida Respublika fan olimpiadasining tuman bosqichi davom etmoqda. Bugun 397 nafar o‘quvchilar kimyo, rus tili, fanlanlaridan o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazadilar. Olimpiada jarayonini ushbu havola orqali kuzatib borishingiz mumkin.
https://www.facebook.com/groups/toyloqtumanxalqtalimibolimi/permalink/1513673989380550/?mibextid=Nif5oz
Test jarayonining natijalarini esa quyidagi havolalar orqali kuzatib borishingiz mumkin:👇👇👇
Toyloq tuman
Kimyo link:
9-sinf: /channel/toyloq_tuman_9_sinf_kimyo
10-sinf: /channel/toyloq_tuman_10_sinf_kimyo
11-sinf: /channel/toyloq_tuman_11_sinf_kimyo
Rus tili link:
9-sinf: /channel/toyloq_tuman_9_sinf_rustili
10-sinf: /channel/toyloq_tuman_10_sinf_rustili
11-sinf: /channel/toyloq_tuman_11_sinf_rustili
MAKTABDA QO‘SHALOQ BAYRAM
Sochak qishlog‘idagi 8-umuta’lim maktabida 18-oktyabr – Samarqand shahri kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir hamda «Hosil bayrami» bo‘lib o‘tdi. Unda o‘quvchilar tomonidan jonajon shahrimiz haqida she’rlar va bobo dehqonlar mehnatini madh etuvchi qo‘shiqlar ijro etildi. Ona zaminimiz saxovatini ko‘z-ko‘z qiladigan ko‘rgazmadan rang-barang meva, sabzavotlar va boshqa mahsulotlar o‘rin oldi. Tadbirda tuman «Qo‘shchinor gazetasi ijodiy xodimi, shoir A.Nisoriy ishtirok etdi va faol ishtirokchilarga bir necha nomdagi kitoblarini sovg‘a qildi.
Tadbirni tashkil etishda maktab ona tili va adabiyot o‘qituvchisi Bahora Botirova jonbozlik ko‘rsatdi.
G. JO‘RAYEVA.
K. HAMROQULOVA