✅ Ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanishni tartibga solish masalalari bo‘yicha milliy va xorijiy tajriba
Ta’lim jarayonida xususan, maktablarda mobil telefonlar taqiqlanishi yoki undan foydalanish tartiblariga qat’iy talablar belgilanishi kerakmi degan mavzu bo‘yicha yurtimizdagi va xorijiy davlatlardagi maktablarda mobil telefondan foydalanish tartiblari o‘rganib chiqildi.
❗️Yurtimizda maktablarda mobil telefondan foydalanish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 21-maydagi 139-sonli Qarori bilan tasdiqlangan Nizomi asosida tartibga solinadi.
Maktabga kirib kelishda har bir o‘quvchi, xodim va boshqa shaxslar o‘z telefoni ovozini to‘liq o‘chirib qo‘yishi (telefonni "ovozsiz" rejimga o‘tkazishi) shart.
Shuningdek, dars mashg‘ulotlaridan oldin telefonni o‘chirib qo‘yish talab etiladi.
Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 31-avgustdagi 282-sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasasining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari”da ham o’quvchilarning maktab hududida telefondan foydalanmasliklari bilan bog’liq talablar belgilangan.
❓Xorijiy tajriba qanday?
Qator xorijiy davlatlarda, jumladan, Avstraliya, Fransiya, Chexiya, Ispaniya, Bangladesh kabi davlatlarda maktab o‘quvchilari dars paytida mobil qurilmalaridan foydalanishga cheklovlar o‘rnatilgan.
➖ Belgiya va Buyuk Britaniyada mobil telefonlardan foydalanishni taqiqlash masalasi har bir maktabning kuzatuv va vasiylik kengashlari qarori asosida qabul qilinadi.
➖Ta’lim olish jarayoniga salbiy ta’siri bois Janubiy Koreya maktablarida mobil aloqa vositalaridan foydalanish qat’iyan taqiqlangan.
London Iqtisodiyot maktabi tadqiqotiga ko‘ra, smartfonlar taqiqlangan maktablarda test natijalari ko‘rsatkichlari 6 foizga yaxshilangan.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
Diqqat eʼlon!
Hurmatli pedagoglar, Ommalashtirish.uz platformasi 1-mart kunidan ishga tushurilishi munosabati bilan pedagogik kengash qarori asosida metodik ishlaringizni platformaga joylashtirishingiz mumkin.
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram|edurtm_uz">You Tube|Facebook|Instagram
📣 Hurmatli pedagoglar!
✅ Ertaga — 28-fevral kuni soat 11:00 da Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining rasmiy facebook sahifasida pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish tartibiga bagʻishlangan jonli muloqot tashkil etiladi.
❗️Muloqot doirasida vazirlik masʼullari tomonidan mavzuga doir savollarga atroflicha javob berib oʻtiladi.
🖥 Savollaringizni mazkur havola izohida qoldirishingiz mumkin.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
❗️Oliy harbiy ta’lim muassasalarida o‘qish istagidagi yoshlar diqqatiga!
Oliy harbiy ta’lim muassasalari:
🔹 O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi
👉 Batafsil
🔹 O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Harbiy tibbiyot akademiyasi
👉 Batafsil
🔹 O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi
👉 Batafsil
🔹 O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati akademiyasi
👉 Batafsil
🔹 O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti
👉 Batafsil
🔹 Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti
👉 Batafsil
🔹 O‘zbekiston Respublikasi Harbiy aviatsiya instituti
👉 Batafsil
🔹 Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik-muhandislik bilim yurti
👉 Batafsil
NOMINATSIYALAR BO'YICHA G'OLIBLAR ANIQLANDI.
Bugun tumanimizdagi Shopo'lot mahallasidagi madaniyat uyida Zulfiyaxonim tavalludining 109 yilligiga bag'ishlab maktab o'quvchi qizlari ishtirokida 4 ta sektordan g'olib bo'lgan 8 nafar qizlar "Balli qizlar" tanlovida 4 ta shart bo'yicha bellashdilar. Tadbir so'ngida nominatsiyalar bo'yicha g'olib bo'lgan o'quvchi qizlarga tuman hokimining va maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi boshlig'ining esdalik sovg'alari hamda faxriy yorliqlari topshirildi.
#Balli_qizlar
Zulfiyaxonim izdoshlari jamiyatimizdagi dolzarb masalalar yuzasidan sahna ko‘rinishlari namoyish etishmoqda. Unda oiladagi muammolar, farzand va ota-ona munosabatlari aks etgan.
🎥Tadbir davom etmoqda...
🔴live
Ayni damda Shopo'lot mahallasidagi madaniyat uyida Toyloq tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tomonidan Zulfiya tavalludining 109 yilligiga bag'ishlab maktab o'quvchi qizlari ishtirokida tashkil etilgan "Balli qizlar" tanlovining tuman bosqichi bo'lib o'tmoqda.
#malaka_toifasi
📣📣 Pedagoglar uchun muhim eslatma!
2022-yilda ta’lim tashkilotlarida 15 yillik uzluksiz ish stajiga ega bo‘lganligi uchun navbatdagi-majburiy attestatsiyadan ozod qilingan oliy malaka toifali (bosh o‘qituvchi lavozimidagi) pedagog kadrlar joriy yilgi navbatdagi-majburiy attestatsiyalarga jalb qilinmaydi.
➖ O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonunining 41-bandiga asosan normativ-huquqiy hujjatlar orqaga qaytish kuchiga ega emas va ular amalga kiritilganidan keyin yuzaga kelgan ijtimoiy munosabatlarga nisbatan qo‘llanilishi ko‘rsatib o‘tilgan.
⚡️ Shu munosabat bilan, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 2-avgustdagi 425-sonli qarori bilan pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi Nizomga kiritilgan o‘zgartirishlar 2022-yilning 2-avgustiga qadar 15 yil uzluksiz ish stajiga ega bo‘lgan hamda oliy toifaga ega (bunda oliy toifaga ega bo‘lganlik davri muhim emas) bo‘lgan pedagoglarga nisbatan tatbiq etilmasligini hamda mazkur masala bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2022-yil 12-sentabrdagi 03-03/1-4619-son xati hozirgi kunda ham o‘z kuchida ekanligini ma’lum qilamiz.
❗️ Bu haqida vazirlikning ijtimoiy tarmoq sahifalarida ham o‘z vaqtida rasmiy munosabat berilgan.
Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 17-sentabrdagi 572-son qarori bilan tasdiqlangan “Maktabgacha, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va maktabdan tashqari ta'lim tashkilotlari pedagog kadrlarini attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomda navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan pedagoglar ro‘yxati keltirib o‘tilgan.
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Maqsad: “Maktab-ota-ona-mahalla” zanjirini yanada mustahkamlash
“Maktab – ota-ona – mahalla” zanjirini mustahkamlash borasidagi Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan vazifalar ijrosi yuzasidan Toyloq tumanidagi maktablarda ota-onalar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Ana shunday tadbirlardan biri bugun O‘ray-Elipok mahallasida joylashgan 50-umumta’lim maktabida o‘tkazildi. Unda ishtirok etgan Toyloq tuman hokimi Bahodir Bobonazarov ota-onalar bilan yoshlar ta’lim-tarbiyasiga oid muhim mavzular haqida suhbatlashdi.
Xususan, bola tarbiyasida ota-onaning o‘rni va mas’uliyati, oiladagi muhitning farzand ta’lim-tarbiyasiga ta’siri, tarbiyasi og‘ir o‘quvchilar bilan ishlash, yoshlar o‘rtasidagi jinoyatchilikning oldini olishda jamoatchilik nazoratini o'rnatish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish haqida fikr-mulohazalar bildirdi. Muntazam dars qoldiruvchi o'quvchilarga chora qo'llash, ta’lim muassasalarida mobil telefondan foydalanish tartibi to‘g‘risida tushuncha berdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 2024-yil 5-fevralda taʼlim, sogʻliqni saqlash, raqamlashtirish, madaniyat va sport sohalarida amalga oshirilishi lozim boʻlgan ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Yigʻilishda maktab taʼlimidagi islohotlarni yanada jadallashtirishga qaratilgan vazifalar belgilab berildi.
Batafsil ma'lumotni o'qish: 👇👇👇 https://www.facebook.com/groups/toyloqtumanxalqtalimibolimi/permalink/1580943339320281/
Toyloq tuman 17-DMTT katta guruh tarbiyalanuvchilari Z.M.Boburning tavallud kuniga bag’ishlangan “SHOH VA SHOIR” nomli tadbir o’tkazdilar tadbirda bolajonlar shoirning hayotini so’zlab berdilar, g’azallar ruboiylar aytdilar va sahna ko’rinishlari nomoyish qildilar.Z.M.Bobur g’azallaridan bastalangan qo’shiqlarga raqslar ijro etib dillarni xushnut etdilar
Tarbiyachi:Karimova Mashhura
14-fevral Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo tavallud topgan kun!
Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo 1483-yil, 14-fevral kuni Andijonda tug‘ilgan.
U o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, buyuk shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, iste’dodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda hisoblanadi.
Amir Temurning beshinchi avlodi, Fargʻona hukmdori Umarshayxning farzandi. Boburning onasi Qutlug‘ Nigor xonim Toshkent hokimi Yunusxonning qizi bo‘lgan.
Bobur 12 yoshda (1494) taxtga chiqadi.
1503—1504-yillarda Afgʻonistonni egallaydi.
1519—1525-yillarda Hindistonga 5 marta yurish qiladi.
1526—1858-yillar mobaynida uch asrdan ortiq davom etgan Boburiylar saltanatiga asos solgan.
Shoh va shoir Bobur Mirzo 1530-yilning 26-dekabr kuni Hindistonning Agra shahrida vafot etgan. Qabri keyinchalik vasiyatiga koʻra Qobulga koʻchirilgan.
Bobur Xudoyberdiyev,
Toyloq tuman 21-umumta'lim maktabi 7-D sinf oʻquvchisi.
🔰 Toyloq tuman Maktabgacha va maktab ta’limi boʻlimida 2024-yil 12-fevral kuni O‘quvchilarni kasb-hunarga yo‘naltirish va pedagogik psixologik Respublika Tashxis Markazinig 9-fevraldagi 01/10-01-53-sonli xatiga asosan umumta'lim maktablari amaliyotchi psixologlarining "Psixologlar bilim va malakasini oshirish oyligi" doirasida oʻquv seminari boʻlib oʻtdi. Trenerlar H.Qurbonova va S.Navozovalar “Shaxs xususiyatlarini oʻrganish" testini olish metodikasi va “Delikvent hatti-harakatlar tushunchasi” toʻgʻrisida slaydlar bilan maktab psixologlariga keng tushunchalar berib oʻtdilar.
🔱 Maʻlumot uchun ushbu treninglarni oʻtish uchun tumandan 8 nafar tajribali psixologlar Respublika tashxis markazi tomonidan 4 kun davomida o'qitilgan. oʻquv seminar 19-fevral kuniga qadar davom etadi.
Toyloq tuman MMTB tasarrufidagi 34-maktabda o'zbek adabiyotining asoschisi Alisher Navoiy, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag'ishlanib adabiy- badiiy, musiqiy tadbir tashkil qilindi.O'quvchilar tomonidan Navoiy va Bobur ijodiga mansub g'azal, ruboiy, tuyuq va kuy- qo'shiqlar kuylandi.Ikki buyuk siymo asarlari asosida badiiy sahna ko'rinishlari namoyish etildi.Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga bag'ishlangan bunday badiiy tadbirlar yoshlar ongida mumtoz adabiyotimizga mehr uyg'onishida,ularni yuksak ma'naviyatli, vatanparvar inson bo'lib yetishishida xizmat qiladi.
Читать полностью…4-umumtaʼlim maktabida 6-sinflar oʻrtasida matematika fanidan "Bilimlar bellashuvi" oʻtkazildi. Unda 6-"A" sinfining "World Stars", 6-"B" sinfining "Smart Math" va 6-"V" sinfining "Al-Beruniy" jamoalari 5 ta shart boʻyicha bellashdilar. Bellashuv qiziqarli shartlar asosida oʻtkazildi. Yakunda "Smart Math" jamoasi I oʻrinni, "Al-Beruniy" jamoasi II oʻrinni hamda "World Stars" jamoasi III oʻrinni qoʻlga kiritib faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
Читать полностью…DIQQAT!
OGOH BOʻLING!
❗️Ijtimoiy tarmoqlar orqali xalqaro terroristik tashkilotlar va ekstremistik oqimlarning gʻoyaviy rahnamolarining audio, videolarini tinglash, tomosha qilish hamda aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan shu kabi materiallarni tayyorlash, tarqatish yoki namoyish etish orqali boshqa fuqarolar orasida targʻibot qilish uchun javobgarlik belgilangan.
📌 Turli yot oqimlar tasiriga tushib qolmang, uydirma, boʻhton, yolgʻon daʼvolarga ishonmang, bugungi tinch hayotni qadriga yeting, kimningdir sizdan foydalanishiga yoʻl qoʻymang!
Din ishlari boʻyicha qoʻmita
Axborot xizmati
Telegram | Instagram| Facebook | Twitter
Читать полностью…
"DIYOR YANGILIKLARI" | "BALLI QIZLAR" KO‘RIK - TANLOVI O‘TKAZILDI
#26-fevral#Samarqand
https://t.me/SamTvr
#Toyloq tumani
#Tanlov
#Ayni_paytda
Ayni paytda Toyloq tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limiga qarashli 60-umumiy o'rta ta'lim maktabida "Xorijiy tillarni o'qitish bo'yicha eng yaxshi maktab" tanlovining birinchi (tuman) bosqichi bo'lib o'tmoqda. Tanlov jarayonlarini Toyloq tuman Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limining ZOOM platformasi orqali onlayn kuzatib borishingiz mumkin.
Tanlovni adolatli va shaffof oʻtkazish maqsadida har bir auditoriyaga va hakamlar hayʼati xonalariga videokuzatuv moslamalari oʻrnatilib, jarayon ijtimoiy tarmoqlarda keng yoritilmoqda.
Tanlov jarayonlarini onlayn kuzatish uchun link👇:
https://us02web.zoom.us/j/8111163671?pwd=a1lXUDBhWXRhMzltMHNPZlRQbXNGdz09
Ijtimoiy tarmoqlarda bizni kuzatib boring:
#Respublika_tashkilotlari
❕Ta'limga oid eng so'nggi yangiliklarni kuzatib borishni istaysizmi?
💬 Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi tashkilotlar hamda oliy ta'lim muassasalarining rasmiy sahifalari bilan tanishib boring:
✔️ Maktabgacha ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, sohaga doir yangiliklar ➡️ t.me/mdokanal
✔️ Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar haqidagi eng qaynoq xabarlar ➡️ t.me/piimauz
✔️ Pedagoglarning kasbiy rivojlanishi bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar ➡️ t.me/avloniyuz
✔️ O'qituvchilar uchun foydali havolalar hamda sohaga doir yangiliklar ➡️ t.me/uzluksiz_rivojlanish
✔️ Ustozlar uchun pedagogik ko'mak ➡️ t.me/rtm_metodik_xizmat
✔️ Barkamol avlod bolalar maktablari haqida ➡️ t.me/Barkamolbolalarmaktabi
✔️ Toshkent davlat pedagogika universiteti va uning faoliyati ➡️ /channel/TDPU_uz
✔️ "Yangi O'zbekiston" universiteti faoliyati bilan bog'liq yangiliklar ➡️ t.me/newuzbekistanuniversity
✔️ Fan olimpiadalari bo’yicha eng sara xabarlar ➡️ /channel/olimpdep
Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram | Veb-sayt
🔴LIVE
Zulfiyaxonim izdoshlari oxirgi shartda turishibdi
Ayni damda 8 nafar ishtirokchi "Salat tayyorlash" shartini bajarishmoqda.
🔴LIVE
Zulfiyaxonim izdoshlari 4 shart bo'yicha bellashadilar
Shopo'lot mahallasidagi madaniyat uyida Toyloq tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tomonidan Zulfiya tavalludiga bag'ishlangan "Balli qizlar" tanlovining tuman bosqichi davom etmoqda.
Tadbirni tuman hokimi B. Bobonazarov ishtirokchilarga omad tilab ochib berdi.
Ayni damda ishtirokchilar o'zlarini she'riy tarzda tanishtirmoqda.
❗️Eslatib o'tamiz ishtirokchilar 4 shart bo'yicha bellashadilar.
Toyloq tumani 34- umumiy o’rta ta’lim maktabida 2024yil 22- fevral kuni “O‘quvchilarni fanlarga qiziqtirish yo’llari” mavzusidagi viloyat o‘quv -amaliy seminar bo'lib o'tdi. Seminar dasturida 1. 4 K Modeli asosida tashkil etilgan ochiq darslar, 2.Metod birlashmalarda “Metod birlashmalar faoliyatini muvofiqlashtirib borish” to‘g‘risida Zakirova Nigora Djalolovna Metodik xizmat ko‘rsatishbo‘limi boshlang‘ich ta’lim metodisti, 3.“Развитие креативного мышления” Сейдаметова Сусанна Исаевна Samarqand shahar 35-maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchisi, 4.Boshlang‘ich sinflarda yangi darsliklarini o‘qitishning samarali metodlari Husanova Dilshoda Samandar qizi Samarqand shahar 81- maktab boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari o'z mahorat darslarini o'tib berishdi. O'quvchilarning badiiy chiqishlari tadbir ishtirokchilarga ko'tarinki kayfiyat bag'ishladi.Tadbir so'ngida Tuman MMTB bo'limi boshlig'i O'.Usmonov tomonidan tadbirda faol ishtirok etgan o'qituvchilar faxriy yorliq va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.
Читать полностью…Diqqat!
Ommalashtirish.uz platformasi 1-mart kunidan ishga tushuriladi.
Hurmatli pedagoglar, Sizdan ommalashtirishga topshiriladigan metodik ishlarni 2024-yilning 1-mart sanasigacha maktab pedagogik kengashida tasdiqlatish so'raladi.
Shuningdek, 2024-yilning 20-fevralidan boshlab ommalashtirishga oid barcha savollar Ommalashtirishuzbot orqali qabul qilinadi va barcha savollarga javob beriladi.
Kanalga obuna bo'lish:👇👇👇
Telegram|edurtm_uz">You Tube|Facebook|Instagram
KUN XABARLARI | BUYUK SIYMOGA EHTIROM
#16-fevral#Samarqand
Telegram | Facebook | Youtube |Admin
"DIYOR YANGILIKLARI" | SEMINAR TASHKIL ETILDI
#15-fevral#Samarqand
https://t.me/SamTvr
Toyloq tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan tumandagi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari ishtirokida Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun munosabati bilan bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirda barcha davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlaridan tarbiyalanuvchilar o‘zlarining badiiy chiqishlari bilan qatnashishdi. Boburning hayoti va ijodi buyicha sahna ko‘rinishlari namoyish etishdi, shuningdek, ruboiylar, qushiqlar aytdilar.
Ishtirokchilar tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlandilar.
Bugun Toyloq tuman MMTB boshlig'i O'.Usmonov rahbarligida umumta'lim maktablari direktorlariga ZOOM platformasi orqali yig'ilish bo'ldi. Yig'ilishda maktab direktorlariga dolzarb masalalar yuzasidan ya'ni o'quvchilar davomati, o'qituvchilarni darslarga tayyorgarligi, telefondan foydalanish, ochiq darslar va ularning ishlanmalari, ota-onalar yig'ilishi o'tqazilishi, yakka tartibda tahsil olayotgan o'quvchilarga yaratilgan shart sharoitlarni o'rganish, maktab qorovullari ishini nazoratga olish, Milliy gvardiya qo'riqlash bo'limi xodimlari bilan hamkorlikni kuchaytirish masalalarida vazifalar berildi.
Читать полностью…Toyloq tumani 17-DMTT da Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligiga bag’ishlangan “Har kim har kun Navoiyni o’qishni kerak” nomli tadbir bo’lib o’tdi tadbirda katta guruh bolajonlari o’zining biyron tillarida shoir hayoti va ijodidan so’zlab berdilar ruboiy va g’azallar aytishdi
Tarbiyachi:Karimova Mashhura
*Yoshlar ehtiromi
MENING NAVOIY BOBOM
Qalamidan tomib otash ila bol,
Dunyoga taralgan o‘zbekiy kalom.
Nazmining sehridan Olam qolgan lol,
Buyuk inson –mening Navoiy bobom.
Yaqin do‘sti, Husayn Boyqaro – sulton, Nazm karvoniga yo‘l ochgan sorbon.
Ustozi Lutfiyga sidq etgan chunon.
Buyuk inson –mening Navoiy bobom.
Forsiy ijodida taxallus –Foniy,
Bitmas ganji – «Xazoyin ul- maoniy».
Ijodini Olam degay jahoniy,
Buyuk inson –mening Navoiy bobom.
«Xamsa»dir o‘ziga qo‘ygan besh haykal,
Shoir dahosidan so‘zlaydi har gal. She’riyat osmonin yoritgan mash’al,
Buyuk inson –mening Navoiy bobom.
Muxlisabonu ABDUHAKIMOVA,
17-maktab o‘quvchisi.