tstu_official | Unsorted

Telegram-канал tstu_official - Transport universiteti | Rasmiy kanal

12950

TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI RASMIY TELEGRAM KANALI Veb-sayt: tstu.uz Facebook: facebook.com/tstu.official Instagram: instagram.com/tstu_officialpage Youtube: youtube.com/channel/UCnqWO7QMu5FZrPQkRk2hTXg Tezkor: @tstu_news

Subscribe to a channel

Transport universiteti | Rasmiy kanal

#Qabul2025 #Abituriyent2025

Test sinovlarini o‘tkazish tartibi

Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News

Читать полностью…

Transport universiteti | Rasmiy kanal

#bu_qiziq

Fransiya yangi gibrid samolyotni taqdim etdi

Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News

Читать полностью…

Transport universiteti | Rasmiy kanal

Yozgi taʼtil: Iroda, bilim va o‘zgarishlar marafoni. Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektorning 7 tavsiyasi

“Agar o‘z ustingizda har kuni ishlasangiz, ertangi kuningiz bugungidan yaxshiroq bo‘ladi.” Andy Frisella (75 Hard muallifi).
Har bir kuningiz – o‘zingizga qilingan eng yaxshi sarmoyadir. Bugungi kuningizni qanday o‘tkazsangiz, shunday natija olasiz.

Yozgi taʼtil davomida qatʼiy va ijobiy majburiyatlar orqali iroda, salomatlik, bilim, til va fikrlash doirangizni kengaytirishga yordam beradigan o‘zgarish rejasini taqdim etaman.

1. Yangi til – yangi hayotdir
Kamida 30 daqiqa davomida chet tilida ilmiy yoki kasbiy matn o‘qing. Har kuni kamida 5 ta yangi atamani o‘rganing.

2. Jismoniy va ruhiy salomatlik – muvaffaqiyat kaliti
2 xil jismoniy mashq bajaring (ertalab va kechqurun, har biri 45 daqiqa): yurish + mashqlar, velosiped + yoga, suzish + press va hokazo. Sog‘lom tana – sog‘lom fikr, sog‘lom fikr esa katta orzularga yetaklaydi.

3. O‘qish – tajribadan o‘rganishning eng arzon yo‘li
Kamida 10 sahifa faktlarga asoslangan kitob o‘qing: liderlik, mental salomatlik, transport sohasi, o‘zini boshqarish haqida. Faqat badiiy emas – haqiqatga asoslangan bo‘lsin.

4. E’tiboringiz qayerda bo‘lsa, hayotingiz ham o‘sha yerda bo‘ladi
Kun davomida kamida 3 soat ijtimoiy tarmoqsiz vaqt ajrating. Bu vaqtda o‘qing, yozing, sport bilan shug‘ullaning yoki shunchaki jimlikda o‘zingizni tinglang.

5. O‘z fikringizni yozing – bu ongni tartibga soladi
Har kuni 1 sahifa motivatsion yoki strategik fikr yozing:
“Bugun nimalarni o‘rgandim?”,
“Qanday fikr meni ilhomlantirdi?”,
“Qanday muammo ustida ishladim?”
Telegram blog oching yoki oddiy daftar yuriting. Bu – o‘zingizni anglash va rivojlanish uchun vosita.

6. Minnatdorchilik – eng arzon, ammo eng kuchli vosita
15 daqiqa davomida ilhomlantiruvchi podkast/ma’ruza eshiting. Yaqinlaringiz bilan iliq suhbat qiling – ular g‘animatdir. Har kuni hayotdagi bor ne’matlar uchun shukrona ayting.

7. Katta natijalar – kichik qadamlar yig‘indisidir
Har kuni bitta kichik, lekin maqsadli ish bajaring:
– CV tayyorlash
– Grantlar haqida o‘qish
– Motivatsion xat yozish
– LinkedIn profil ochish
– Blog yuritish
– Yangi dastur o‘rganish
– Shaxsiy loyiha boshlash
– Atrof-muhitga foydali oddiy harakat: plastikdan voz kechish, daraxt sug‘orish, axlat yig‘ish.

Muhim qoidalar:
– Ushbu amallar 75 kun ketma-ket bajariladi.
– Kun o‘tkazilsa, boshidan boshlanadi.
– Surat yoki skrinshot bilan o‘zingizga yoki do‘stlaringizga hisobot bering.
– Bu usul o‘zgarishlarni nazorat qilishga yordam beradi.


Yozgi ta’til – bu bir necha oyga unutiladigan dam emas, balki butun umrga foyda keltiradigan imkoniyatlar davri.

Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News

Читать полностью…

Transport universiteti | Rasmiy kanal

Учувчи бўлишни хоҳлайсизми? Унда бу имконият айнан сиз учун!

🌟 Тошкент давлат транспорт университетида Корея аэрокосмик университети билан ҳамкорликда инглиз тилида Фуқаро авиацияси учувчиларини тайёрлаш бўйича “Ҳаво кемаларининг парвоз эксплуатацияси” (учувчилик) (Aircraft Flight Operation) йўналишига 2025/2026 ўқув йили учун қабул давом этмоқда.

📄 Талаблар ва имкониятлар
🔗 Рўйхатдан ўтиш
☎️ Мурожаат учун:
+998712990379
+998712990383
+998712990393
Университет расмий саҳифалари:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News

Реклама

Читать полностью…

Transport universiteti | Rasmiy kanal

#kun_tarixi

1962-yil 10-iyulda dunyodagi birinchi aloqa sunʼiy yoʻldoshi uchirilgan

10 июля 1962 года был запущен первый в мире спутник связи.

🌞Yangi maqsadlar va umidlar bilan boshlangan kun muborak bo‘lsin!

Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News

Читать полностью…

Transport universiteti | Rasmiy kanal

Suvda xavfsizlik qoidalariga rioya qiling

Taqiqlangan joylarda cho‘milmang – bu o‘lim bilan tugashi mumkin.

Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News

Читать полностью…

Transport universiteti | Rasmiy kanal

Transport universitetida Xitoy bilan hamkorlikda vodorod energetikasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi

Joriy yilning 8-iyul kuni Toshkent davlat transport universiteti vakillari Xitoyning Guangdong provinsiyasida joylashgan Guangdong telekommunikatsiya kollejida (Guangdong Communications Polytechnic) boʻlishdi.

Tashrif doirasida ikki tomonlama muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda Transport universitetida negizida “Linnan professional ustaxonasi”ni tashkil etish masalasi muhokama qilindi. Ustaxona doirasida:

- yangi energiya manbalari, jumladan vodorod energetikasi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi
- xalqaro darajadagi texnik-professional ta’lim yo‘lga qo‘yiladi.


Shuningdek:
- talaba va o‘qituvchilar almashinuvi;
- qo‘shma tadqiqotlar va amaliyotlar;
- qo‘shma diplom dasturini yaratish kabi yo‘nalishlar ko‘zda tutilgan.
Uchrashuv yakunida hamkorlikni mustahkamlovchi hujjat loyihasi muhokama qilindi. Tomonlar tashabbus ikki davlat o‘rtasidagi ta’lim va texnologik hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishiga ishonch bildirdi.

Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News

Читать полностью…

Transport universiteti | Rasmiy kanal

#bu_qiziq

Ekologik toza dengiz transporti

Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News

Читать полностью…

Transport universiteti | Rasmiy kanal

Transport universiteti talabalari uchun yozgi taʼtilga 7 foydali tavsiya

Yozgi ta’til — dam olish bilan birga o‘zingizga sarmoya kiritish uchun ham ajoyib imkoniyat. Quyidagi tavsiyalar orqali vaqtni to‘g‘ri rejalashtiring va har bir kunni foyda bilan o‘tkazing:

1. Kasbiy yo‘nalishga mos amaliyotda ishtirok eting

Yo‘nalishingiz bo‘yicha korxona yoki tashkilotda stajirovka qilish — nafaqat tajriba, balki kelajak uchun tayyorgarlikdir.
Masalan, temir yo‘l, logistika, avtomobil transporti, aviatsiya sohalaridagi real jarayonlarni o‘rganing.

2. Chet tilini o‘rganishni boshlang

Ingliz yoki rus tilini mustahkamlash — kelajakdagi ish va o‘qish imkoniyatlaringizni kengaytiradi.
Kuniga atigi 30 daqiqa ajratsangiz ham, taʼtil oxirida farqni sezishingiz mumkin.

3. Onlayn kurslar orqali ko‘nikmalarni rivojlantiring

AutoCAD, CorelDraw, Excel, Python, logistika tizimlari bo‘yicha bepul kurslar ko‘p.
Coursera, Udemy, Stepik, Google Digital Garage kabi platformalarni ko‘zdan kechiring.

4. Texnik loyihalarda ishtirok eting


Startap tanlovlari yoki kichik texnologik loyihalarda qatnashish — bilimni amaliyotga aylantirishning eng yaxshi usuli.

5. Kitob o‘qish — bilimlar asosidir


Transportga oid, muhandislik, shaxsiy rivojlanish yoki liderlik haqidagi kitoblarni o‘qing. Har oy kamida 1 ta sifatli kitobni tanlang. Universitetdagi “100 kitob” loyihasida faol ishtirok eting.

6. Sport va salomatlikni e’tibordan chetda qoldirmang


Yurish, suzish, velosiped haydash, kundalik mashqlar — tanani tetik, ongni faol tutadi.
Bu esa o‘qish jarayonida ham o‘z samarasini beradi.

7. Mahalliy sanoat va infratuzilma bilan tanishing

Shahringizdagi muhim transport obyektlari, temir yo‘l uzellari yoki logistika markazlarini ko‘zdan kechiring. Bu nafaqat bilim doirangizni kengaytiradi, balki o‘zingizni qayerda ko‘rishingiz haqida ham o‘ylashga undaydi.
Ta’til — bu faqat dam olish emas.
Bu o‘z ustingizda ishlash uchun eng qulay vaqt.

Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News

Читать полностью…

Transport universiteti | Rasmiy kanal

#kun_tarixi

2011-yil 8-iyulda Atlantis kosmik kemasi uchirilgan

8 июля 2011 года состоялся запуск космического корабля «Атлантис».

🌞Yangi maqsadlar va umidlar bilan boshlangan kun muborak bo‘lsin!

Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News

Читать полностью…

Transport universiteti | Rasmiy kanal

#Qabul2025 #Magistratura

🖥 Magistraturaga 2025/2026 o‘quv yili uchun qabul boshlandi

2025/2026-oʻquv yili uchun davlat OTMlarining magistratura mutaxassisliklariga oʻqishga kirish uchun hujjatlarni topshirish jarayoni my.edu.uz platformasi orqali 30-iyulga qadar (shu kuni ham) davom etadi.

ℹ️ Shu oʻrinda, magistratura mutaxassisliklariga tanlovlarda belgilangan talab darajasidagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega shaxslar ishtirok etishi mumkin.

Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News

Читать полностью…

Transport universiteti | Rasmiy kanal

“100 Kitob” — Bilim sari, G‘alaba sari!

📖 Bilimga chanqoqmisiz? Yangi ma’lumotlarga oshno bo’lishni istaysizmi? Unda bu loyiha aynan siz uchun!

Kel Nyuport – “Diqqat: Chalg‘ituvchi dunyoda muvaffaqiyat sirlari”. Kitobda chuqur fikrlash, diqqatni jamlash va chalg‘ituvchilarni cheklash orqali samarali ishlash yo‘llari bayon etiladi.

‼️ Ishtirok etish juda oson
1️⃣Kitobni diqqat bilan o‘qing
2️⃣ Har kuni @TDTrU_ARM kanalida e’lon qilinadigan test savollariga 10:00–22:00 oralig‘ida javob bering
3️⃣Hafta oxirida @Quiz_bot orqali yakuniy testni topshiring va ball to‘plang

🏆 Bu kitob iyul oyida 1-kurslar uchun tavsiya etiladi.

Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News

Читать полностью…

Transport universiteti | Rasmiy kanal

#kun_tarixi

1919-yil 7-iyulda Nyu-Yorkda ilk haydovchilik guvohnomasi berilgan

7 июля 1919 года в Нью-Йорке были выданы первые водительские права.

🌞Yangi maqsadlar va umidlar bilan boshlangan kun muborak bo‘lsin!

Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News

Читать полностью…

Transport universiteti | Rasmiy kanal

✈️ UCHUVCHI BO‘LISHNI XOHLAYSIZMI? UNDA BU IMKONIYAT AYNAN SIZ UCHUN!

🌟 Toshkent davlat transport universitetida Fuqaro aviatsiyasi uchuvchilarini tayyorlash bo‘yicha “Havo kemalarining parvoz ekspluatatsiyasi” (uchuvchilik) (Aircraft Flight Operation) yo‘nalishiga 2025/2026-o‘quv yili uchun qabul davom etmoqda.

📚 Yo‘nalish:

Koreya aerokosmik universiteti bilan hamkorlikda, 1+2+1 xalqaro dasturi asosida, ingliz tilida


📄 Talablar va imkoniyatlar: https://tstu.uz/1587

🔗 Ro‘yxatdan o‘tish: https://sayt.tstu.uz/admission_avia

☎️ Murojaat uchun:
+998712990379
+998712990383
+998712990393

Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News

Читать полностью…

Transport universiteti | Rasmiy kanal

#bu_qiziq

Kelajak mashinasi Peralta S taqdim etildi

Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News

Читать полностью…

Transport universiteti | Rasmiy kanal

#kun_tarixi

1848-yil 11-iyulda Londonda Waterloo temir yoʻl stansiyasi ochilgan

11 июля 1848 года в Лондоне был открыт железнодорожный вокзал Ватерлоо.

🌞Yangi maqsadlar va umidlar bilan boshlangan kun muborak bo‘lsin!

Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News

Читать полностью…

Transport universiteti | Rasmiy kanal

#Dolzarb90Kun #BiznesMarafon

Transport universiteti bitiruvchilari bo‘sh ish o‘rinlari yarmarkasida ishtirok etdi

Bugun, Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida bir qator tashkilotlar va 50 dan ortiq xususiy tadbirkorlar hamkorligida bitiruvchi yoshlar bandligini ta’minlashga qaratilgan yarmarka va uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda poytaxtdagi oliy ta’lim muassasalari rahbarlari, 2 mingdan ziyod bitiruvchi talabalar, yirik tadbirkorlar hamda soha tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Uchrashuv doirasida talabalarning bandligi va kasbga yo‘naltirilishi bo‘yicha ochiq muloqotlar o‘tkazildi, “Biznes marafon” motivatsion seminar-treningi tashkil etildi hamda bitiruvchilarga real ish takliflari taqdim etildi.

Mazkur tadbirda Toshkent davlat transport universiteti xodimlari va bitiruvchi kurs talabalari ham faol ishtirok etdi.

Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News

Читать полностью…

Transport universiteti | Rasmiy kanal

Transport universitetida Guanchjou texnoparki tajribasi asosida zamonaviy laboratoriyalar tashkil etiladi

Toshkent davlat transport universiteti vakillari Xitoyning Guanchjou shahridagi innovatsion texnoparkning vodorod energiyasi, avtomobil muhandisligi va texnik kasb-hunar ta’limi yo‘nalishlaridagi ilg‘or texnologiyalar bilan yaqindan tanishdi.

Texnoparkda BYD, Toyota, Chery kabi yirik kompaniyalar bilan hamkorlikda tashkil etilgan o‘quv-amaliy dasturlar, talabalar uchun amaliyot va stajirovka imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, dronlar ishlab chiqarish, ularning dasturiy taʼminoti va sanoatga joriy etish bo‘yicha loyihalar taqdim etildi.

Tashrif yakunida Guangdong tajribasini Transport universiteti bazasida joriy etish masalalari muhokama qilindi. Xususan, zamonaviy laboratoriyalar tashkil etish, dron va IT yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv bazasini yaratish, texnikumlarda dual ta’lim tizimini yo‘lga qo‘yish rejalashtirilmoqda.

Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News

Читать полностью…

Transport universiteti | Rasmiy kanal

Transport universitetida Xitoy bilan hamkorlikda avtomobilsozlik va o‘quv adabiyotlari sohasida yangi loyihalar amalga oshiriladi

Toshkent davlat transport universitetida Xitoyning nufuzli Phoenix nashriyot va taʼlim guruhi vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida avtomobilsozlik sohasida mahalliylashtirilgan o‘quv materiallarini ishlab chiqish, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi, shuningdek malaka darajalarini tan olish mexanizmlari yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, Zheng He instituti huzurida O‘zbekistonda o‘quv materiallarini ishlab chiqish bo‘yicha tadqiqot markazi tashkil etildi. Phoenix guruhi tomonidan universitetga o‘quv adabiyotlari topshirildi.

Tadbir yakunida Toshkent davlat transport universiteti, Nankin kasbiy fan va texnologiya universiteti hamda Phoenix Vocational Education Company o‘rtasida uch tomonlama hamkorlik to‘g‘risidagi bitim imzolandi.

Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News

Читать полностью…

Transport universiteti | Rasmiy kanal

#bu_qiziq

Zamonaviy aerotaksi Skydrive taqdim etildi

Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News

Читать полностью…

Transport universiteti | Rasmiy kanal

“100 Kitob” — Bilim sari, G‘alaba sari!

📖 Bilimga chanqoqmisiz? Yangi ma’lumotlarga oshno bo’lishni istaysizmi? Unda bu loyiha aynan siz uchun!

Erkin A’zam – “Shovqin”. Asarda shovqin – faqat tashqi tovush emas, balki jamiyatdagi ichki notinchlik, odamlar qalbidagi beqarorlik ramzi sifatida talqin qilinadi. Oddiy voqealar orqali chuqur falsafa, tanqidiy nigoh va o‘quvchini o‘ylantiradigan mazmun berilgan.

‼️ Ishtirok etish juda oson
1️⃣ Kitobni diqqat bilan o‘qing
2️⃣ Har kuni @TDTrU_ARM kanalida e’lon qilinadigan test savollariga 10:00–22:00 oralig‘ida javob bering
3️⃣ Hafta oxirida @Quiz_bot orqali yakuniy testni topshiring va ball to‘plang

🏆 Bu kitob iyul oyida 3-kurslar uchun tavsiya etiladi.

Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News

Читать полностью…

Transport universiteti | Rasmiy kanal

#kun_tarixi

1926-yil 9-iyulda Nyu-York temir yoʻl tarmoqlarida ilk radioaloqa vositalaridan foydalanilgan

9 июля 1926 года на железнодорожных сетях Нью-Йорка была использована первая радиосвязь.

🌞Yangi maqsadlar va umidlar bilan boshlangan kun muborak bo‘lsin!

Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News

Читать полностью…

Transport universiteti | Rasmiy kanal

Xitoyning “Yuancho ustaxonasi” jamg‘armasi bilan qo‘shma ta’lim dasturlari, ilmiy-tadqiqot loyihalari va professor-o‘qituvchilar hamda talabalarning o‘zaro almashinuvi yo‘lga qo‘yilmoqda

👉 Batafsil

Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News

Читать полностью…

Transport universiteti | Rasmiy kanal

“100 Kitob” — Bilim sari, G‘alaba sari!

📖 Bilimga chanqoqmisiz? Yangi ma’lumotlarga oshno bo’lishni istaysizmi? Unda bu loyiha aynan siz uchun!

Steve Jobs – Walter Isaacson. Ushbu kitob Apple asoschisi Stiv Jobsning rasmiy biografiyasi bo‘lib, uning hayoti, ish faoliyati va texnologik inqiloblardagi roli haqida hikoya qiladi. Innovatsiya, ijodkorlik va qat’iyat haqidagi ilhomlantiruvchi asar.

‼️ Ishtirok etish juda oson
1️⃣ Kitobni diqqat bilan o‘qing
2️⃣ Har kuni @TDTrU_ARM kanalida e’lon qilinadigan test savollariga 10:00–22:00 oralig‘ida javob bering
3️⃣ Hafta oxirida @Quiz_bot orqali yakuniy testni topshiring va ball to‘plang

🏆 Bu kitob iyul oyida 2-kurslar uchun tavsiya etiladi.

Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News

Читать полностью…

Transport universiteti | Rasmiy kanal

#bu_qiziq

Elektr energiyasida harakatlanadigan suv transporti

Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News

Читать полностью…

Transport universiteti | Rasmiy kanal

⚡️Abituriyentlar diqqatiga!

❗️ 2025-2026-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish test sinovlari 14-iyuldan 23-iyulga (10 kun) qadar bo‘lib o‘tadi.

📌 Test sinovlari kuniga 2 smenada tashkil etiladi. 1-smena soat 08:00 da, 2-smena 15:00 da boshlanadi. Abituriyentlardan test sinovlari boshlanishidan kamida bir yarim soat oldin belgilangan hududga yetib kelishlari talab etiladi.

Test sinovlarida ishtirok etish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi” my.uzbmb.uz sayti orqali berilmoqda.

⚡️ Abituriyentlardan o‘zlariga tegishli “Abituriyent ruxsatnomasi”ni yuklab olishlarini hamda chop etib qo‘yishlarini so‘raymiz.

❗️Abituriyentlar ruxsatnomada belgilangan manzildagi binoda, ko‘rsatilgan sanada va smenada test sinovlarida ishtirok etadi. Abituriyentlarga boshqa hudud, kun va smenada test sinovlarida ishtirok etishga ruxsat etilmaydi.

📋 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.

❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!

Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News

Читать полностью…

Transport universiteti | Rasmiy kanal

⚡️Abituriyentlarga ruxsatnomalarni berish boshlandi

2025-2026-o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlarga “Abituriyent ruxsatnomasi”ni berish boshlandi.

👨🏻‍💻 Abituriyentlar test sinovlarida ishtirok etish uchun “Abituriyent ruxsatnomasi”ni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport seriyasi va raqamini kiritgan holda olishlari mumkin.

📋 Abituriyentlar test sinoviga pasport (ID-karta) va abituriyent ruxsatnomasi bilan belgilangan vaqtdan kechikmagan holda kelishlari lozim.

❗️ Pasport nusxasi yoki boshqa hujjatlar bilan kelgan, shuningdek, kechikib kelgan abituriyentlar test sinovlariga kiritilmaydi!

Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News

Читать полностью…

Transport universiteti | Rasmiy kanal

#bu_qiziq

Soatiga 80 km tezlikka chiqa oladigan elektr velosiped

Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News

Читать полностью…

Transport universiteti | Rasmiy kanal

#kun_tarixi

1994-yil 5-iyulda Amazon kompaniyasi tashkil etilgan

5 июля 1994 года была основана компания Amazon

🌞Yangi maqsadlar va umidlar bilan boshlangan kun muborak bo‘lsin!

Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News

Читать полностью…

Transport universiteti | Rasmiy kanal

Magistraturada o‘qiydigan xotin-qizlarning kontrakt pullari davlat tomonidan to‘lab beriladi

Batafsil #videolavhada


Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News

Читать полностью…
Subscribe to a channel