TOSHKENT DAVLAT TRANSPORT UNIVERSITETI RASMIY TELEGRAM KANALI Veb-sayt: tstu.uz Facebook: facebook.com/tstu.official Instagram: instagram.com/tstu_officialpage Youtube: youtube.com/channel/UCnqWO7QMu5FZrPQkRk2hTXg Tezkor: @tstu_news
#bu_qiziq
Germaniyada sinov poyezdi yangi tezlik rekordini oʻrnatdi
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
Yosh olimlar va tadbirkorlar o‘rtasida ilk uchrashuv – amaliy hamkorlik sari qadam
Toshkent davlat transport universiteti olimlari va talabalari Savdo-sanoat palatasi tashabbusi bilan tashkil etilgan yosh olimlar va tadbirkorlar uchrashuvida ishtirok etib, innovatsion g‘oya va tashabbuslarini ilgari surishdi.
👉 Batafsil
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
#kun_tarixi
1989-yil 17-iyulda B-2 Spirit ilk parvozini amalga oshirgan
17 июля 1989 года B-2 Spirit совершил свой первый полет.
🌞Yangi maqsadlar va umidlar bilan boshlangan kun muborak bo‘lsin!
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
#Aviatsiya #KAU_Yozgi_maktab
Universitetimizda Koreya Aerokosmik Universiteti bilan hamkorlikda tashkil etilgan Yozgi maktab jarayonlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi
“Xalqaro akademik tajriba almashinuvi” dasturi doirasida Toshkent davlat transport universiteti Aviatsiya transporti muhandisligi fakulteti talabalari va Koreya Aerokosmik Universiteti talabalari hamkorligida Yozgi maktab jarayonlarining 2024/2025-o‘quv yili uchun tayyorlangan dasturi asosida ochilish marosimi tashkil etildi.
Ochilish marosimida Toshkent davlat transport universiteti rahbariyati, Koreya Aerokosmik Universitetidan tashrif buyurgan professor-o‘qituvchilar hamda ikki universitetning aviatsiya sohasi talaba-yoshlari ishtirok etdi. Uchrashuv yakunida mehmonlar uchun universitet bo‘ylab sayohat tashkil etildi.
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
Avtomobil transporti muhandisligi fakulteti professor-o‘qituvchilari Xitoyning Nankin Politexnika institutida stajirovka o‘tamoqda
👉 Batafsil
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
#kun_tarixi
1909-yil 16-iyulda Audi kompaniyasi tashkil etilgan
16 июля 1909 года была основана компания Audi
🌞Yangi maqsadlar va umidlar bilan boshlangan kun muborak bo‘lsin!
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
Transport universiteti talabasi EURAS NextGen Ijroiya Kengashi Prezidenti etib saylandi
Barqaror rivojlanishga bo‘lgan ishtiyoqi, kuchli yetakchilik qobiliyati va xalqaro miqyosdagi faolligi tufayli Toshkent davlat transport universiteti talabasi Go‘zal Sobirova EURAS NextGen Ijroiya Kengashi Prezidenti etib saylandi.
Go‘zal 2024-yilda BMTning 17 ta Barqaror rivojlanish maqsadlariga xizmat qiluvchi EURAS NextGen hamjamiyatiga a’zo etib taklif qilingan edi. U qisqa vaqt ichida bilimdonligi va tashabbuskorligi bilan ajralib turdi va hamjamiyat ishonchini qozondi.
Prezident sifatida Go‘zal yoshlar uchun g‘oya almashish, o‘rganish va barqaror kelajak uchun harakat qilishga xizmat qiluvchi xalqaro tadbirlarni tashkillashtirish bilan shug‘ullanadi.
EURAS NextGen – Yevrosiyo universitetlari assotsiatsiyasi (EURAS) doirasida faoliyat yurituvchi talabalar platformasi bo‘lib, Ijroiya Kengashining maslahat organi sifatida xizmat qiladi.
Go‘zal Sobirovani ushbu yutuq bilan tabriklaymiz! Bu nafaqat shaxsiy, balki universitetimiz uchun ham muhim yutuqdir.
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
Transport taʼlimida global hamkorlik: Tianjin universiteti bilan qo‘shma model
“O‘zbekiston — 2030” strategiyasining ustuvor yo‘nalishlaridan biri – “Top-500” talik xorijiy universitetlar bilan qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish hisoblanadi. Shu doirada Transport universiteti delegatsiyasi Xitoyning Tianjin universiteti bilan muhim kelishuvga erishdi.
QS reytingida TOP-300 talikka kirgan Tianjin universiteti va Tianjin dengizchilik kolleji bilan “3+1” qo‘shma ta’lim modeli bo‘yicha uch tomonlama hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi.
Hamkorlik doirasida:
- talabalar 3 yil Toshkentda, 1 yil Tianjinda o‘qiydi;
- faol talabalar magistraturaga grant asosida o‘qishga kirish imkoniga ega bo‘ladi;
- o‘qituvchi va talabalar almashinuvi, ilmiy tadqiqotlar, qo‘shma laboratoriyalar tashkil etiladi.
#bu_qiziq
Yagona nusxada ishlab chiqarilgan ekzotik avtomobil
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
📚 “100 Kitob” — Bilim sari, G‘alaba sari!
📖 Bilimga chanqoqmisiz? Yangi ma’lumotlarga oshno bo’lishni istaysizmi? Unda bu loyiha aynan siz uchun!
Alkimyogar – Paulo Koelyo. Ushbu kitob yosh cho‘pon Santiagoning falsafiy va ramziy hayotiy sayohati haqida bo‘lib, u tushida ko‘rgan xazina ortidan Misr piramidalari sari yo‘lga chiqadi. Asarda orzularga ergashish, ichki ovozga quloq tutish, sabr, ishonch va taqdir bilan bog‘liq chuqur ma’naviy g‘oyalar yoritilgan. .
‼️ Ishtirok etish juda oson
1️⃣ Kitobni diqqat bilan o‘qing
2️⃣ Har kuni @TDTrU_ARM kanalida e’lon qilinadigan test savollariga 10:00–22:00 oralig‘ida javob bering
3️⃣ Hafta oxirida @Quiz_bot orqali yakuniy testni topshiring va ball to‘plang
🏆 Bu kitob iyul oyida 1-kurslar uchun tavsiya etiladi.
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
#kun_tarixi
1965-yil 14-iyulda Mont Blan tunneli ochilgan
14 июля 1965 года был открыт туннель под Монбланом.
🌞Yangi maqsadlar va umidlar bilan boshlangan kun muborak bo‘lsin!
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
Transport universiteti bitiruvchilari ilk bor maxsus texnika haydovchilik guvohnomasini oldi
Mazkur guvohnoma bitiruvchilarga avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tizimi, kon-metallurgiya korxonalari va qurilish sanoatida haydovchi (mashinist) sifatida ishlash imkonini beradi.
👉 Batafsil
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
#Qabul2025 #Abituriyent2025
Test materiallaridan foydalanish
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
#bu_qiziq
Suzish va uchish xususiyatiga ega kelajak transporti
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
⚡️2025/2026-o‘quv yili uchun ikkinchi mutaxassislikka qabul boshlandi
2025/2026-oʻquv yilida ikkinchi va undan keyingi taʼlim (ikkinchi mutaxassislik) uchun talabgorlarni onlayn roʻyxatdan oʻtkazish Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining Yagona taʼlim xizmatlari portali my.edu.uz orqali joriy yilning 10-avgust kuniga qadar onlayn shaklda amalga oshiriladi.
▪️Bunda nomzodlar platformada:
➖oʻzining pasport maʼlumotlari, JSHSHIR maʼlumoti haqida axborotlarni kiritadi;
➖diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;
➖hamda oʻqish istagini bildirgan oliy taʼlim muassasasi va taʼlim yoʻnalishini tanlaydilar.
☝️Ikkinchi va undan keyingi oliy maʼlumot boʻyicha oʻqitish toʻlov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul parametrlari oliy ta’lim muassasasining ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasi hisobga olingan holda oliy ta’lim muassasasi kengashi tomonidan belgilanadi.
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
Xitoyning Shensi provinsiyasi hukumati tomonidan O‘zbekiston yoshlari uchun 1,8 million AQSh dollari miqdorida ta’lim granti ajratildi
Avval xabar berganimizdek, 2025-yil 3-iyun kuni Toshkent davlat transport universitetida O‘zbekiston – Xitoy transport fakulteti ochilish marosimi bo‘lib o‘tgan edi. Ushbu tadbir doirasida Xitoyning Shensi provinsiyasi delegatsiyasi, jumladan, gubernator Zhao Gang hamda Changan universiteti rahbariyati universitetga tashrif buyurgan.
Bugungi kunda mazkur tashrif va uzoq yillik muzokaralar o‘zining amaliy natijasini berdi. Shensi provinsiyasi hukumati tomonidan Toshkent davlat transport universitetiga ajratilgan grantlar orqali o‘zbekistonlik yoshlar Changan universitetida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.
Ta’lim granti umumiy qiymati 13 million yuanga (taxminan 1,8 million AQSh dollari) teng bo‘lib, 10 nafar PhD, 40 nafar magistratura va 60 nafar bakalavr bosqichi talabalarini qamrab oladi. Dasturlar 1+1 magistratura va 2+2 bakalavriat shaklida amalga oshiriladi.
Mazkur grant dasturi O‘zbekiston–Xitoy ta’limiy hamkorligining muhim natijasi bo‘lib, yoshlarimizga xalqaro tajriba, zamonaviy bilim va nufuzli diplomga ega bo‘lish imkonini yaratadi.
Ma’lumot uchun:
Changan universiteti — Xitoyning Shensi provinsiyasida joylashgan, transport, muhandislik, qurilish, avtomobilsozlik va yo‘l infratuzilmasi sohalarida ixtisoslashgan yetakchi texnik oliy ta’lim muassasasi. Universitet QS World University Rankings 2026 reytingida 801–1000 o‘rinlar oralig‘ida qayd etilgan.
Bugungi kunda bu universitetda 36 mingdan ortiq talaba, jumladan, ko‘plab xorijlik yoshlar tahsil olmoqda.
📣 Mustaqil izlanuvchilikka hujjatlar qabuli boshlandi
2025-yil 15-iyuldan boshlab mustaqil izlanuvchilikka o‘qishga hujjatlar qabuli boshlandi. Jarayon 1 oy davom etadi.
📌Talabgorlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
✔️Oliy taʼlim muassasasining magistratura diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganligi (tibbiyot fanlari uchun) haqida hujjat, yoxud mutaxassislik dasturi bo‘yicha oliy maʼlumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi (Eslatma: agar diplom ma’lumotlari elektron tizim orqali integratsiya qilingan bo‘lsa, nusxa topshirish majburiy emas);
✔️Kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis (nusxalari yoki havolalari bilan birga);
✔️Qisqacha biografik maʼlumotnoma;
✔️Ish joyidan tavsifnoma.
#bu_qiziq
Ilk marotaba haydovchisiz avtomobillar ijaraga beriladi
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
#oav_biz_haqimizda
Oʻzbekiston 24 | Toshkent davlat transport universitetida «Dolzarb 90 kun» loyihasi doirasida talabalar, mahalla va maktab yoshlari uchun tadbirlar boʻlib oʻtmoqda
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
⚡️Oʻqishni ko‘chirish uchun onlayn arizalar qabul qilinmoqda
2025/2026-o‘quv yili uchun respublika davlat oliy ta’lim muassasalariga talabalar o‘qishini ko‘chirish bo‘yicha arizalar quyidagi elektron tizimlar orqali ro‘yxatdan o‘tkaziladi:
➖ 2 ta uzrli sababga ko‘ra, respublikaning bir davlat oliy ta’lim muassasasidan boshqa oliy ta’lim muassasasiga yoki bir oliy ta’lim muassasasi doirasida – “transfer.edu.uz”;
➖ xorijiy va nodavlat oliy ta’lim muassasalaridan davlat oliy ta’lim muassasalarining mos va turdosh ta’lim yo‘nalishlariga – “my.uzbmb.uz”.
Arizalar 2025-yil 5-avgustga (shu kuni ham) qadar qabul qilinadi.
O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari yuqoridagi rasmda.
#bu_qiziq
Dunyodagi eng tezkor poyezd prototipi
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
📚 “100 Kitob” — Bilim sari, G‘alaba sari!
📖 Bilimga chanqoqmisiz? Yangi ma’lumotlarga oshno bo’lishni istaysizmi? Unda bu loyiha aynan siz uchun!
Maqsud Shayxzoda – “Mirzo Ulug‘bek”. Ushbu asar buyuk alloma, astronom va davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek hayoti va faoliyatiga bag‘ishlangan bo‘lib, Maqsud Shayxzoda tomonidan tarixiy-badiiy uslubda yozilgan.
‼️ Ishtirok etish juda oson
1️⃣ Kitobni diqqat bilan o‘qing
2️⃣ Har kuni @TDTrU_ARM kanalida e’lon qilinadigan test savollariga 10:00–22:00 oralig‘ida javob bering
3️⃣ Hafta oxirida @Quiz_bot orqali yakuniy testni topshiring va ball to‘plang
🏆 Bu kitob iyul oyida 3-kurslar uchun tavsiya etiladi
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
#kun_tarixi
1954-yil 15-iyulda Boeing 367-80 samolyoti ilk parvozini amalga oshirgan
15 июля 1954 года Боинг 367-80 совершил свой первый полет.
🌞Yangi maqsadlar va umidlar bilan boshlangan kun muborak bo‘lsin!
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
Transport Innovation Hackathon 2025
Transport, logistika, muhandislik, axborot texnologiyalari, menejment va texnik yo‘nalishlarga qiziqqan 35 yoshgacha bo‘lgan talabalar hamda yosh mutaxassislar ishtirokiga mo‘ljallangan “Transport Innovation Hackathon 2025” tanloviga ro‘yxatga olish jarayoni boshlandi.
Mazkur tanlov Transport universiteti hamda TMX Korporativ universiteti hamkorligida, transport sohasidagi dolzarb muammolarga innovatsion yechimlar ishlab chiqish maqsadida tashkil etilmoqda.
Ishtirok etish istagida bo‘lganlar 2025-yil 15-sentyabrga qadar maxsus ro‘yxatdan o‘tish havolasi orqali ariza topshirishlari so‘raladi. G‘olib jamoaga – zamonaviy noutbuk sovg‘a qilinadi
Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998712990206
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
#Hafta_videodayjesti
Toshkent davlat transport universitetining oʻtgan haftadagi eng muhim xabarlari 60 soniyada
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
#bu_qiziq
24 ta jahon rekordini oʻrnatgan avtomobil
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
Transport universiteti vakillari “ShHT 2025 – Raqamli iqtisodiyot” xalqaro forumida ishtirok etmoqda
👉 Batafsil
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
#kun_tarixi
2001-yil 12-iyulda STS-104 kosmik kemasi uchirilgan
12 июля 2001 года был запущен космический корабль STS-104.
🌞Yangi maqsadlar va umidlar bilan boshlangan kun muborak bo‘lsin!
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News
▫️ В Ташкентском государственном транспортном университете будет создана "Высшая профессиональная мастерская Линнань". Официальное соглашение о ее открытии подписано в Генеральном консульстве Узбекистана в Гуанчжоу.
https://podrobno.uz/cat/obchestvo/tashkentskiy-vuz-poluchit-masterskuyu-po-avtoinzhenerii/
Telegram / Instagram / Facebook / Читать на узбекском
O‘zbekiston–Xitoy: strategik ta’limiy hamkorlik yangi bosqichda
Joriy yilning 10-iyul kuni Guanchjou shahridagi O‘zbekiston Bosh konsulligida Toshkent davlat transport universitetida “Linnan oliy professional ustaxonasi”ni tashkil etish bo‘yicha rasmiy kelishuv imzolandi.
Imzolash marosimida konsul Rahmon Ernazarov va birinchi kotib Baxtiyor Mirzayev ishtirok etdi. Tashabbus “Bir makon – bir yo‘l” strategiyasi doirasida Guangdong hukumati tomonidan to‘liq qo‘llab-quvvatlangan.
Yangi markaz avtotransport muhandisligi, texnik xizmat va vodorod texnologiyalariga ixtisoslashgan bo‘ladi. Toyota, BYD, Chery kabi yetakchi kompaniyalar bilan hamkorlikda texnik laboratoriya tashkil etiladi.
U nafaqat universitet talabalari, balki texnikum o‘quvchilari uchun ham kasbiy amaliyot va stajirovka imkoniyatlarini yaratadi. Loyihaning 1-bosqichi uchun 800 ming AQSh dollari ajratilgan. Bu esa O‘zbekistonning oliy texnik ta’lim tizimida xalqaro ko‘lamdagi yirik transformatsiyaning boshlanishi sifatida e’tirof etilishi mumkin.
Universitet rasmiy sahifalari:
TSTU.uz | Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | News