#islohotlar_samarasi #medialoyiha
Matonat
✨Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi hamkorlikda “Matonat” loyihasini taqdim etdi.
Mazkur ko‘rsatuv “Parij-2024” yozgi paralimpiya o‘yinlari g‘oliblari, chempionlarimiz haqida hikoya qiladi.
🎬 Batafsil
Bizni kuzating
#Prezident #majlis #topshiriq #ijtimoiy_himoya
Kambag‘al oila farzandlarini chet tili, IT va kasb-hunarga o‘qitish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratiladi.
Bu bo‘yicha ayni daqiqalarda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilgan ishlar va 2025-yildagi ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilayotagan videoselektor yig‘ilishida tegishli topshiriqlar berildi.
Mutasaddilarga 1-martgacha to‘garaklar ochib, kambag‘al oiladagi 118 ming yoshlarni o‘qitishni boshlash topshirildi.
To‘garak xarajati 80 foizgacha budjetdan qoplanadi.
Kambag‘al oilalar farzandlarini tayyorlab, 2025-yilda 3,5 ming yoshlarni oliygohlarga grant asosida qabul qilish zarurligi qayd etildi.
Oliygoh rektorlari ham kambag‘al oiladan jami 4 ming nafar yoshlarni o‘qitishga bosh-qosh bo‘ladi. Vazir Qo‘ng‘irotboy Sharipovga bu borada tegishli topshiriqlar berildi.
Bizni kuzating
4️⃣4️⃣4️⃣
⚡️Respublika miqyosida o‘tkaziladigan “IELTS Granti — 2024” tanlovida ishtirok etish uchun 3 kun qoldi!
👍Tanlov orqali 1000 nafar yoshlarni xalqaro IELTS sertifikatiga bepul o‘qitish rejalashtirilmoqda. Grantning umumiy miqdori 3.1 milliard so‘mni tashkil etadi.
✅ Tanlovda barcha davlat va nodavlat oliygohlarning talabalari hamda texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litsey o‘quvchilari (25 yoshgacha) ishtirok etishlari mumkin.
🗓 Talabgorlar 15-dekabrga qadar onlayn shaklda maxsus bot orqali ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.
🏆 Gʻoliblar “Registon IELTS Granti” g‘oliblik guvohnomasi, maxsus Grant, shuningdek, esdalik sovg‘alar va maxsus mukofotlar bilan taqdirlanadi.
Bundan tashqari, tanlovda ishtirok etgan nomzodlarga maxsus QR-kodli sertifikatlar onlayn topshiriladi.
➡️ Batafsil (matn ustiga bosing)
❗️Ma’lumot o‘rnida, ushbu grant tanlovi xorijiy tillarni puxta o‘rgangan bilimdon talabalarni moddiy rag‘batlantirishga qaratilgan bo‘lib, o‘qishda qo‘shimcha imtiyoz berish xarakteriga ega emas.
Bizni kuzating
#eʼlon
Talabalar uchun poyezd chiptalariga 50 foizlik chegirma eʼlon qilindi
Respublika oliy taʼlim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga qishki taʼtil mobaynida mahalliy yoʻnalishdagi qatnovlar uchun chegirmalar eʼlon qilindi.
Barcha mahalliy yoʻnalishdagi yoʻlovchi poyezdlarining temir yoʻl hujjatining toʻliq qiymatidan 50% chegirma (SV/VIP klass vagonlaridan va yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlaridan tashqari) 2024-yil 23-dekabrdan 2025-yil 10-yanvarga qadar amal qiladi.
Chiptalarni sotib olish uchun talabalar pasport bilan temir yoʻl kassalariga tashrif buyurishi yoki elektron tarzda chipta xarid qilishda eticket.railway.uz saytidan foydalanishlari mumkin.
Chiptalarni elektron xarid qilishda siz eticket.railway.uz sayti va Android va iOS ilovalaridan foydalanishingiz mumkin.
___
Объявлена 50-процентная скидка на железнодорожные билеты для студентов
Для студентов, обучающихся в высших образовательных учреждениях республики, объявлены скидки на местные поезда во время зимних каникул.
Скидка предоставляется в размере 50% от полной стоимости билета на все пассажирские поезда внутреннего сообщения (кроме вагонов класса СВ/VIP и высокоскоростного электропоезда «Afrosiyob») действует с 23 декабря 2024 года по 10 января 2025 года.
Для приобретения билетов студенты могут посетить железнодорожные кассы со своими документами удостоверяющие личности или воспользоваться сайтом eticket.railway.uz для покупки билетов в электронном виде.
Bizni kuzating
#yengillik #chegirma
⚡️O‘quvchi-talabalar uchun aviachiptalarga chegirmalar e’lon qilindi
“Uzbekistan Airways” AJ tomonidan qishki ta’til arafasida o‘rta maxsus, kasbiy va oliy ta’lim muassasalari o‘quvchi-talabalari uchun mahalliy yo‘nalishlar aviachiptalari tarifidan 50% chegirma beriladi. Chegirma 2024-yil 23-dekabrdan boshlab 2025-yil 7-yanvariga qadar amalga oshiriladigan aviaqatnovlar uchun amal qiladi.
50% gacha chegirmali aviachiptani Toshkentdagi Uzbekistan Airways Sales filialida, uning agentlaridan O‘zbekiston hududida va booking.uzairways.com saytida xarid qilishingiz mumkin.
❗️Chegirma davlat muassasalarida o‘qishni tasdiqlovchi hujjat asosida taqdim etiladi.
Batafsil: www.uzairways.com.
___
Объявлены скидки на авиабилеты для студентов и учащихся
В преддверии зимних каникул Uzbekistan Airways объявила 50% скидку от тарифов на все внутриреспубликанские рейсы для студентов (учащихся) средних специальных, профессиональных и высших образовательных учреждений. Скидка распространяется на рейсы, выполненные с 23 декабря 2024 года по 7 января 2025 года.
Приобрести авиабилет со скидкой до 50% можете уже сейчас в филиале Uzbekistan Airways Sales в Ташкенте, у его агентов на территории Узбекистана и на сайте booking.uzairways.com.
❗️Скидка предоставляется на основании документа, подтверждающего обучение в государственном учреждении.
Подробно: www.uzairways.com.
Bizni kuzating
Бугун — Ўзбекистон Республикасининг Давлат мадҳияси қабул қилинган кун!
🇺🇿 1992 йил 10 декабрда “Ўзбекистон Республикасининг Давлат мадҳияси тўғрисида”ги Қонун қабул қилинган.
☝️Қонунда мадҳиямиз давлат суверенитетининг рамзи, унга катта эҳтиром билан қараш ҳар бир юртдошимизнинг ватанпарварлик бурчидир, деб белгиланган.
Ўзбекистон фуқаролари, шунингдек, мамлакатимизда яшаб турган бошқа шахслар ҳам мадҳиямизни ҳурмат қилиши шарт.
Давлат мадҳиясининг муаллифи Ўзбекистон Қаҳрамони, Ўзбекистон халқ шоири Абдулла Орипов, мусиқасини Ўзбекистон халқ артисти, бастакор Мутал Бурҳонов яратган.
👉@TUITKF_UZ
#ogohlik
❗️Is gazi – ko‘rinmas qotil. O‘zingiz va yaqinlaringiz hayotini asrang.
👉@TUITKF_UZ
#rasmiy #qishki_taʼtil
⚡️Talaba va o‘quvchilar uchun qishki ta’til 25-dekabrdan boshlanadi
Vazirlar Mahkamasining qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrugʻi bilan oliy taʼlim tashkilotlari talabalari, texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litseylar oʻquvchilariga joriy oʻquv yili uchun beriladigan qishki taʼtil 2024-yilning 25-dekabridan 2025-yilning 7-yanvariga qadar (shu kuni ham) etib belgilandi.
—
⚡️Зимние каникулы для студентов и учащихся начнутся с 25 декабря
В целях обеспечения выполнения задач, определенных постановлением Кабинета Министров, соответствующим приказом Министерства высшего образования, науки и инноваций зимние каникулы, предоставляемые студентам высших образовательных учреждений и учащихся техникумов, колледжей, профессиональных училищ и академических лицеев на текущий учебный год установлены с 25 декабря 2024 года по 7 января 2025 года (включительно).
Bizni kuzating
⚡️ “MA’RIFAT ULASHIB” LOYIHASI
Yoshlarni kitob mutolaasiga jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan “Ma’rifat ulashib” loyihasi amalga oshirilmoqda.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali tomonidan Qarshi tumanida joylashgan umumta’lim maktablaridagi o‘quvchi-yoshlar bilan taniqli adiblarning ijodiy uchrashuvlari o‘tkazildi.
Uchrashuvlarda “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” Normurod Norqobilov hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi O‘roz Haydar ishtirok etib, o‘quvchi-yoshlar bilan adabiyot, she’riyat, kitob mutolaasi haqida suhbatlar o‘tkazishdi.
Shuningdek, tadbirda faol ishtirok etgan o‘quvchi-yoshlarga adiblarning dastxati tushirilgan esdalik kitoblari sovg‘a qilindi.
👉@TUITKF_UZ
MENING KONSTITUTSIYAM 32 YOSHDA
Bugun, “Mening Konstitutsiyam 32 yoshda” shiori ostida “Mening Konstitutsiyam va davlat tilim” mavzusida ommaviy umumrespublika diktanti bo‘lib o‘tmoqda
Ushbu ommaviy umumrespublika diktantida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali telekommunikatsiya texnologiyalari fakulteti talaba-yoshlari ham faol ishtirok etmoqda.
👉@TUITKF_UZ
#Maʼrifat_ulashib
#Film
O‘ROZ HAYDAR — MILLIY VA UMUMINSONIY TUYG‘ULAR SHOIRI
Adib 1957-yil Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida tug‘ilgan. 10 yoshidan badiiy adabiyot bilan shug‘ullana boshlagan. Uning ijodi asosiy qismini nazm tashkil etadi hamda nasr, dramaturgiya va publitsistika yo‘nalishida ham bir qator asarlari mavjud.
Muallifning she’riy to‘plamlari ingliz, turk, nemis, tojik, qozoq va qirg‘iz tillarida nashr etilgan. Tarjimon sifatida esa Shukshin, Paustovskiy, Bunin, Blok, Yevtushenko, Rojdestvenskiy, Voznesenskiy, Brodskiy, Shatalova kabi shoirlarning turkum she’rlarini mahorat bilan o‘zbekchaga o‘girgan.
O‘roz Haydar ijodi bir vaqtning o‘zida milliy va umuminsoniy tuyg‘ularni qamrab oladi. Haqiqiy adabiyotning vazifasi ham shu: dillarni dillarga bog‘lash, xalqalarni xalqlarga yaqinlashtirish, har bir inson dunyo kishisi sifatida borliqni — o‘zligini anglashga yo‘l boshlashdir.
Yoshlarning faol tadbirkorlar bilan uchrashuvi o‘tkazildi
Qarshi shahrida o‘tkazilgan “Biznes marafon”da mamlakatimizning faol tadbirkorlari tomonidan yoshlarga biznes rejalarni tayyorlash hamda tadbirkorlikni boshlash uchun nimalar qilish kerakligi haqida tushunchalar berildi.
Ushbu marafon ko‘tarinki ruhda va ochiq muloqot shaklida tashkil etilib, talaba-yoshlar tadbirkorlik bo‘yicha foydali bilimlarga ega bo‘lishdi.
Marafonda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali talaba-yoshlari ham faol ishtirok etishdi.
👉@TUITKF_UZ
#zakovat_kuch
TATU Qarshi filiali bilimdonlari sizlarni 26-noyabr kuni 14:00 da bo'lib o'tadigan Universitet miqyosidagi Zakovat intellektual o'yiniga taklif qilamiz!
📝O'yin o'tkazish tartibi quyidagicha:
26-noyabrda barcha jamoalar bir vaqtda ishtirok etadi. Ishtirokchilar imkoniyatini oshirish maqsadida savollar soni 2-barobar(24ta)ga oshirildi. Barcha jamoalar 1, 2 va 3 - o'rinlar uchun kurash olib borishadi.
📃G'olib bo'lgan jamoalar esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi!!!
⭕️Ro'yxatdan o'tish uchun: @OGABEK_RAIMOV ga jamoa sardorlari muroajat qilsin.
#bayroq #FlagDay
18 noyabr – O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun
Ushbu sanaga bag‘ishlab, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda.
Aziz yoshlar! Har birimiz bayrog‘imizga munosib bo‘lib, uning abadiy balandlarda hilpirashiga o‘z hissamizni qo‘shaylik. Ushbu qutlug‘ kun bilan barchangizni chin qalbimizdan tabriklaymiz!
👉@TUITKF_UZ
ТАСАВВУФ ШОДАСИ
Ҳамёни бой, аммо руҳи фақир бўлган инсонни ҳоли кўп шармандали...
Чунки, у ҳар нарсанинг фақат баҳосини билади, қадрини эмас...!
✍ Жалолиддин РУМИЙ
#Prezident #ijtimoiy_himoya #topshiriq
2025-yilda 3,5 ming kambag‘al oilalar farzandlari oliygohlarga grant asosida qabul qilinadi.
📹Shuningdek, oliygoh rektorlari ham kambag‘al oiladan jami 4 ming nafar yoshlarni o‘qitishga bosh-qosh bo‘ladi.
Bizni kuzating
#yosh_ijodkorlar_klubi
🏢Muhammad Al Xorazmiy nomidagi Toshkent Axborot texnalogiyalari universiteti Qarshi filialida "Yosh ijodkorlar klubi" tashkil etildi.
🖼️Yosh ijodkorlar klubida siz har xil yoʻnalishda va oʻzingizni ijodkorlik qobiliyatingizni va iqtidoringizni koʻrsatish maqsadida shuningdek biz bilan katta marralarni zavt etish niyatida boʻlsangiz sizni Yosh ijodkorlar klubida kutib qolamiz.
⭕Umumiy ma'lumot va roʻyxatdan oʻtish uchun @Bobosherdaminov bilan bogʻlanishingiz mumkin.🏢TATU yoshlari kelajak bunyodkori.🌎
#Қонунчиликдаги_янгиликлар
❗️Қарши давлат техника университети ташкил этилади
Ахборот коммуникация технологиялари соҳасида ўз бизнесингизни ривожлантирмоқчимисиз?
АКТ соҳасига қизиқувчи ёшлар учун математика, информатика, робототехника, дастурлаш, Компьютер саводхонлиги каби ўқув курслари тўғрисида реклама бермоқчимисиз?
У ҳолда имкониятни қўлдан бой берманг ва рекламангизни ТАТУ Қарши филиалининг телеграм саҳифаси (@tuitkf_uz) га жойлаштиринг.
Мурожаат учун:
@hikmat_safarov
👉 @tuitkf_uz
Samolyot chiptalariga talabalar uchun 50 foizgacha chegirma eʼlon qildi
Uzbekistan Airways oʻrta maxsus, kasb-hunar va oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun barcha mahalliy aviaqatnovlar ekonom-klass aviachiptalari tariflariga 50 foizgacha chegirma eʼlon qildi.
Chegirma 2024-yil 23-dekabrdan boshlab 2025-yil 7-yanvariga qadar amalga oshiriladigan aviaqatnovlar uchun amal qiladi.
Chegirmali chipta uchun davlat muassasasida oʻqishni tasdiqlovchi hujjat talab qilinadi.
Kanalga ulanish:
➖ @uzauz
🔔DIQQAT DIQQAT IJARAGA
🔥Har bir xona uchun alohida alohida:
✅ Dush, unitaz
✅ Issiq sovuq suv (ARISTON)
✅ Internet. (WI-FI)
✅ Divan kravat
✅ Gilam
✅ Svet
✅ Kanalizatsiya
✅ Tv smart
✅ Xamma xonalarda Otopleniya Issiq xonalar
✅ Ko'rpa to'shak bor
✔️ Xohlovchilar uchun Shartnoma asosida ham ijaraga qo'yiladi
➖ UMUMIY
✅ Idish tovoq oshhona
⭐️ Hamma sharoit bor..
🔋 Kommunal to'lovni uy egasi to'laydi.
☎️ Murojaat uchun:
📞 +998993351636
📞 +998914503649
📍Manzil: Qarshi tumani. TATU qarshisida, '' ELBEK OCHILOV'' o'quv markazi yuqori qavati.
🟦🟦🟦 🟦🟦
🇺🇿 “Mening Konstitutsiyam” viktorinasida qatnashib, bilimingizni sinovdan o‘tkazing!
Viktorinada respublikamizdagi oliy ta’lim tashkilotlari va professional ta’lim muassasalarining barcha talaba-yoshlari ishtirok etishi mumkin.
⚡️“Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida taniqli adiblar bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi
🏛Loyiha doirasida Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” Normurod Norqobilov hamda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi O‘roz Haydar bilan ijodiy uchrashuv tashkil qilindi.
Unda yoshlar qalbida adabiyotga mehr-muhabbatni yanada kuchaytirish, ona Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish muhim masala ekanligi aytib o‘tildi. Qizg‘in va samimiy suhbatlar go‘zal mushoiralarga ulanib, talaba-yoshlar sevimli ijodkorlarning she’rlaridan namunalar o‘qidilar.
Shuningdek, tadbirda adiblarning sara asarlari talaba-yoshlarga mutolaa qilishlari uchun tavsiya etilib, adiblar hayoti va ijodidan savol-javoblar o‘tkazildi.
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi
👉@TUITKF_UZ
🟦🟦🟦 🟦🟦
🇺🇿 “Mening Konstitutsiyam” viktorinasida qatnashib, bilimingizni sinovdan o‘tkazing!
🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “Mening Konstitutsiyam” onlayn viktorinasini e’lon qiladi.
Viktorinada respublikamizdagi oliy ta’lim tashkilotlari va professional ta’lim muassasalarining barcha talaba-yoshlari ishtirok etishi mumkin.
#ANONS
⚡️ADABIYOT BAYRAMI YAQINLASHMOQDA: “MA’RIFAT ULASHIB” LOYIHASI DOIRASIDA TANIQLI ADIBLAR BILAN UCHRASHUVLAR O‘TKAZILADI
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida 2024-yil 3-dekabr kuni “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida yurtimizning bir guruh adib va shoirlari bilan uchrashuvlar o‘tkaziladi.
Dastlab, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Normurod Norqobilov, O‘roz Haydar, Mansur Yunusovlar bilan adabiy suhbatlar, mushoira kechalari bo‘lib o‘tadi.
Yoshlarimiz orasida kitobxonlikni keng targ‘ib etish, adabiyot vakillari bilan ularni yaqindan tanishtirishda muhim ahamiyat kasb etadigan ushbu adabiyot bayramiga bugungi kunda oliy ta’lim muassasamizda katta hozirlik ko‘rilmoqda.
Marhamat, adiblarimiz asarlarini mutolaa qiling, ular haqidagi bilimlaringizni boyiting va loyiha doirasidagi intellektual tanlovlarda faol qatnashib, yutuqlarga erishing!
#Maʼrifat_ulashib
#Film
NORMUROD NORQOBILOV HAYOTI VA IJODIGA BIR NAZAR…
Adib 1953-yil Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan. 1981-yildan boshlab nasriy asarlari gazeta va jurnallarda muntazam bosila boshlagan. “Shuhrat” medali (1999), “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi” faxriy unvoni (2006) va “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni (2023) bilan mukofotlangan.
Telejurnalist sifatida yurtimizning barcha tog‘u toshlarini, qir-adirlarini, Qizilqum va Qoraqum sahrolarini, shahar va qishloqlarini kezib chiqqan ijodkor umrining 25 yili ekspeditsiyalar bilan o‘tdi. Adib teleko‘rsatuvlar tayyorashga nechog‘li band bo‘lmasin, badiiy ijodni bir daqiqa ham unutmadi va o‘tgan yillar davomida ko‘plab asarlar yaratdi va 30 ga yaqin kitoblari chop etildi.
Normurod Norqobilov asarlari orqali siz inson ichki dunyosining turli ranglariga teran nigoh tashlay olasiz va ona tabiatning sir-asrorlari qarshisida hayrat tuyasiz...
#Konstitutsiya_olimpiadasi
⚡️ KONSTITUTSIYA OLIMPIADASI G‘OLIBLARI ANIQLANDI
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filiali talaba-yoshlari o‘rtasida o‘tkazilgan “Konstitutsiya olimpiadasi” natijalari bilan tanishing.
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi
👉@TUITKF_UZ
#Davlat_bayrog‘i
#33yil
MANGU HILPIRAYVER, ONA YURTIM BAYROG‘I!
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'ining 33 yilligiga bag‘ishlangan “Mangu hilpirayver, ona yurtim bayrog‘i!” mavzusida madaniy-ma'rifiy tadbir tashkil etidi.
Tadbirda milliy-madaniy an'analarni o'zida mujassam etgan, millatimiz timsoli, iftixori, sha'ni hisoblanmish davlatimiz bayrog'ining ramziy jihatlari borasida talaba-yoshlarga to'liq ma'limotlar berildi.
Shuningdek, muqaddas bayrog‘imizni madh etuvchi she'riy kompozitsiyalar hamda dilrabo kuy-qo'shiqlar ijro etildi.
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi
👉@TUITKF_UZ
#bayroq #FlagDay
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun bilan tabriklaymiz!
18 noyabr – yurtimiz tarixida alohida o‘rin tutadigan qutlug‘ sana. Bu kunda mustaqilligimizning timsoli, davlatimiz suvereniteti va milliy g‘ururini namoyon etuvchi Davlat bayrog‘imiz qabul qilindi. Bayrog‘imizdagi har bir rang va timsol – xalqimizning tarixi, orzulari va buyuk intilishlarining aksidir.
Bugungi kunda davlatimiz rahbari, muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev rahbarligida bayrog‘imiz nafaqat yurtimizda, balki jahon arenalarida ham yuksak balandliklarda hilpirab, mamlakatimizning shon-shuhratini dunyoga namoyon etib kelmoqda. Bu barchamiz uchun g‘urur va iftixor baxsh etadi.
Aziz vatandoshlar! Har birimiz bayrog‘imizga munosib bo‘lib, uning abadiy balandlarda hilpirashiga o‘z hissamizni qo‘shaylik. Ushbu qutlug‘ kun bilan barchangizni chin qalbimizdan tabriklaymiz!
🇺🇿 Bayrog‘imiz doimo yuksaklarda bo‘lsin!
✈️@tuituz_official
🏛Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Qarshi filialida “Vatanparvarlikni chinakam e’tiqodga aylantiraylik” shiori ostida “Uch avlod” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Unda Mudofaa ishlari boshqarmasi zahiradagi podpolkovnik Sharif Madiyev, G‘ayrat Umurqulov, zahiradagi mayor O‘ktam Shaymardonov hamda boshqa mas’ullar ishtirok etib, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, harbiy xizmatchilarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar xususida so‘z bordi.
Shuningdek, yoshlarda vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish hamda Vatan himoyasi uchun mard va jasur insonlar bo‘lib yetishishlari uchun barcha imkoniyatlar yetarli ekanligi qayd etildi.
👉@TUITKF_UZ