SMM, PR, Inqiroz davrida kommenikatsiyalar, Kontent yaratish bo’yicha GoViralning GoSkillz dasturida ishtirok etib professionallardan foydali bilimlarga ega bo’ling✅
Ro’yxatdan o’tish 7-Dekabrgacha davom etadi.
Ro’yxatdan o’tish : https://bit.ly/3xQPoco
Kanalga a’zo bo’lish :
/channel/ulugbekismatov
O'zi shunaqaman, hech kim kutmagan payti post qoldiraman.
Tungi Faylasuf Markaziy Osiyodagi bir davlatdagi Adolat kabi turg'un emas😎
Bir yozadi, bir yozmay ketadi, bir sevadi, bir ishga boshidagi sochining eng oxirgi uchigacha kirib ketadi (ishlamasang, tishlamaysan) Tishlasang keyin ana bemalol sevaver deganlaridek, to'g'risiyamda quruq sevgini hazm qilib bo'lmaydi-da, iqtisodiy muammolar uncha muncha sevgini tagiga suv quygan.
Qisqasi uylanayabdi, tamom Tungi Faylasufni yo'qotdik deb o'ylamanglar.
Men sizlarga Pardalarni qanday tanlash, Gilamni Qibrayning Chinobodidan olgan "vigodno" mi? Mebelchi To'ytepada arzonroqmi degan mavzularda baribir yoza olmayman.Yoza oladiganim inson ongidan chiqgan 100% sof fikrlar.
Koinotdan milliardlab signallar, fikrlar, farazlarni ongimiz qabul qiladi, keyin bitta bitta ish ko'radi, bu orada qolgan barcha fikr, g'oya, signallar birin ketin esdan chiqadi.Keyin ketma-ketlikni xato tuzmadimmi degan hayol keladi, uje kech, hamma uxlab bo'ldi, poezd esa o'tib ketib bo'ldi.
Kaminada hozir hammasi Aralash, o'zim ham tushunishim oson emas, mingta jarayon) Lekin bir narsa aniq zaks tizimini insonlar uchun qulaylashtirish kerak!
Kutilmagan joyda post tugab qoldi.Endi shu bilan yana yarim yil yo'q bo'lib ketmasam keragov🥶
#tungi_faylasuf
Ko'chada shuqadar mish-mish ko'pki, biz vahimani yaxshi ko'radigandekmiz.
Kimdir chegarani vahima qiladi, kimdir ko'chani boshidagi Gulchapchap opadagi pobochniy effekt va vaksinaning zararlari, Konspirologlar hamjamiyati barcha vaksinalarni chip, naslga ta'sir qiluvchi, DNK ni o'zgartiruvchi deb gapirib bo'ldi, ko'chani narigi ta'rafida koronavirus bo'yicha kasallanganlar 500+ har kuni.
Bo'ldi to'xtaymiz.
Vahima miyaning FIK ni juda katta darajada tushurib yuboradi, o'zi shundoq ham ongimizni ilmiy ishlar yoki problem solving bilan qiynab yurganimiz yo'q.Bu degani vohmazavrga aylansak battar ahmoqlashamiz degani.
Muammo emas uning yechimi haqida, aniqroq yozsam yechimlari haqida o'ylash ham vaqtdan ham naqtdan yutishingizga olib keladi usul.
Sen menga muammoni emas, yechimini aytgin do'stim, deydigan joyi hozir!
Bugun Elon Musk akaning tug'ilgan kuni, Elon akani bilmasangiz hozir intellektual doiralarda sharmanda bo'lasiz, bilib qo'ying bilmasangiz.
Elon Musk albatta yolg'iz emas, tajribali injinerlar, mexaniklar, olimlar, dasturchilar, dizaynerlar, qisqasi yer sayyoramizning top kadrlari ishlashadi, lekin yo'nalish tepadegidek, yechim haqida o'ylashga miyamizni sozlash kerak.
Bularni nega yozayabman?Hozir ham moliyaviy, ham tashkiliy hal qilishim kerak bo'lgan yaxshigina masalalar bor.O'ylaymanki yechim topa olaman xudo xohlasa.Har holda ong muammo haqida o'ylashga emas, uni yechishga sozlangan.
Muammolar ichida bo'lsangiz ularni ro'yxatga tushuring, yechim narxi yoki usullarini X, Y, Z variantlarigacha yozib chiqing va hal qiling.
Shunaqa gaplar tungi faylasufdan.
#SayNotoVahima
#SayYestoSolutions
#Tungi_faylasuf
Bu jinnixonada kam nimadur qilaman.
Narigi xonada ko'proq o'tiraman, bilmadim nimaga lekin bir bir joy almashtirib turaman.
Soat 2dan oshganda o'zimdan ko'nglim to'lmayapti, kamina kitob o'qish kerak degan xulosaga keldi va o'qib o'tiribdi.
O'zi shunaqa men bilan o'yna degan bilan o'ynab, men bilan gaplash degan bilan gaplashib, men bilan ovqatlan degan bilan ovqatlanib, men bilan ishla degan bilan ishlab, bo'pti yaxshi dam oling deb hammaga kitob o'qiladi) Ertaga kecha birga yurgandingku, qayerdan bu yangilik desa, jilmayib kitobdan o'qidim deb qo'yaverasiz!)
Qora chiziq - hozir biz ko'plab Yevropa davlatlari uchun shunaqa chiziqdagi davlatmiz, na emlashni epladik, na himoyalanishni.Zangiotadagi bemorlarga ham, Virusologiyadagi bemorlarga ham shifo bersin🙏🏻
Kitob o'qiyman deb uxlab qolayabman deydiganlar sizga havasim keladi, kamina kitob o'qisa uyg'onib ketadi.Keyin bu tungi faylasufni alla ham uxlatishi qiyin.
Shuncha gapni yozib sevgi haqida yozmay qo'yganimning sababi bormi? Nima deb o'ylaysiz?#tf
Ma'lum davr o'tib har bir ish, faoliyatning aktualligi yo'qoladi.
Lekin qancha vaqt o'tsa ham O'zbekiston futbolda Saudiyaga yutqazaveradi.
Futbol haqida yozmayman, bizning futbol javobsiz muhabbatga o'xshaydi.Sevgingiz doimo javobli va ikki tomonlama bo'lsin.
Tungi faylasufda yozmay qo'yganimga sabablar bor.
Ramazon oyida, hayolingiz chalg'imasin degandim.Keyin esa bir nechta qiziqarli hayotiy voqealar bo'ldi.Shu bilan dard va xohish bo'lmaganiga yozmadim.
Shu orada kuzatdim, turli joylarda bo'ldim, ko'p insonlarni kuzatdim.Evolutsion model vakili bo'lganim uchun maktabdagi ishkalchi davrlardan to hozirgacha bo'lgan davrda ko'p jihatlarni mulohaza qildim.
22yoshli yigit kelib aka kelajakda nima qilishimni bilmayman desa, men ham sizni yozishingizda bundan battar holatda edim deb javob beraman.
Hozir o'zimni to'q juda to'q insondek his qilayabman, komfort zonada aylanib yuribman.Undan chiqish uchun eshik oldida turgandekman.Ko'p yangiliklar bor.
Tungi faylasuf o'z fikrlarimni yozuv holatida saqlashim uchun juda qulay.Shunga yana hali yozib turaman xudo xohlasa💪🏻🙏🏻
Dunyoni ozroq bo'lsada yaxshilashda charchamang💪🏻
Sizning doimiy bo'lmagan Tungi faylasufingiz✌️
Ha aytgancha deleted account larni hammasini o'chirdim.Tirik account lar qoldi xolos)
#tungi_faylasuf
Demak bir necha kun Instagramdan dam olaman.
Bunaqa effekt berganini bo'lishaman vaqti kelsa.
Juda ko'p keraksiz informatsiyalar orasida qolib ketayabman.
Ulugbek_Creative ni topa olmasdan umuman o'chirib tashlabdi deb o'ylamanglar) Vaqtinchalik.
Yana bir to'g'ri fikr Ramazon oyi davomida podcastlar bo'lmaydi, sababi u yerdagi samimiy gaplar hammaga har xil ta'sir qilishi mumkin.
Har qanday suhbat uchun telegramim ishlayabdi.
Tungi Faylasufingiz sizni va yaqinlaringizni Ramazon oyi bilan muborakbod etadi.
Kaminayu kamtarin esa saharlikkacha ko'p narsalarni o'qib, o'rganishi kerak.
Yaxshi fikrlar kelsa albatta siz bilan bo'lishaman.
#tungi_faylasuf
Kaminani faqat Sevgi-muhabbat haqida yozadi deb o'ylaydiganlar biroz adashishadi.
Bu safar kanalga emas, balki facebookda yozdim, o'qishni ixtiyor etsangiz marhamat :
https://m.facebook.com/story.php?story_fbid=4115709451792955&id=100000618220005
Endigina uyga keldim) Shu sababdan Efirni 00:30 da boshlaymiz🚀
Okay?)
10 daqiqa qoldi 00:20
Hozirgina Vaqt bo'yicha sayohatchining xotini degan filmni mazza qilib ko'rdim.
Balki film shunday ta'sir qilayotgandir, lekin film qahramoni hayoti mening ham tasavvurimda parallel dunyolar qurilishi va tarixdagi kichkina yoki balog'at yoshidagi o'zimga bir nima tavsiyalarni kelajakdan kelib berganday bo'ldim.
Tushunarsiz albatta filmni ko'rmasangiz, odatda insonlarda dejavyu bir bir uchrab turadi, menda esa har ikki hafta, bir oyda bir.Ko'p internet titganman, lekin hali ham tushunmayman, xuddiki hozirgi hayotimda avval yashaganman.E'tibor bermang aytayabmanku film ta'siri ham bo'lishi mumkin, lekin dejavyu haqidagi fikrlarim rost.
Nega dejavyu emas hammasi tiniq esda qolmaydi, sababi oddiy hayotda oldinda sizni nima kutayotganini bilish hayotga bo'lgan qiziqishni yo'qolishiga olib keladi.
Yaqin yaqin vaqtlardan beri hech nima kutmaslik haqida o'ylashni boshladim, yani kutuv, kutilmalarsiz yashash, harakat qilish lekin natijani boricha qabul qila olish.
Atrofimizda minglab faktorlik jarayonlar bo'ladi, insonlar, havo, resurslar, shamol tezligi, harorat, namlik, insonlardan tashqari ularning xarakteridagi dinamika.Va siz shu hayotda maksimum tinch yashashni yoki uning teskarisi shovqin qilishni ixtiyor qilasiz.
Hammasi boshqa bo'lishi mumkinmi ha albatta, taqdir sizga umr xaritangizni qo'lingizga bermagan, keyingi qadam sizniki.
Sevishni aytishni 50yil ham kutish mumkin, xuddi birovni yomon ko'rishingiz kabi.Yoki biron o'zingizga yoqmaydigan ish bilan 30 yil nolib shug'ullanishingiz, bir to'shakda sevmagan insoningiz bilan yotishingiz 10-15 yillab, biron insonni uzoq yillar aldab yurishingiz mumkin, lekin muddatning "yer vaqti" ning tugashi bor, shu paytda to'xtaysiz, stulni bir chekkadan olib, o'tirib choyni quyib bir piyolaga ichib, endi bunday davom etmasligi haqida qaror chiqarasiz, shundan haqiqatlar ochiladi, insonlar turli taraflarga ketadi, haligi 30yillik ishdan voz kechib bir ishni tashlab o'z sevgan yumishini topadi.Manashu yer vaqtining tugashi bizning organizm yashash vaqtining tugashi bilan bir xil vaqtga to'g'ri kelmasa olam guliston.
Murakkab fikrlarni o'qiyatgan insonning miyasi, ham o'nga ham chapga birdaniga harakatlanayotgan jismni eslatadi) Hozir sizning ongingiz shu holatda bo'lishi mumkin.Vaqt nisbiy tushunchaligini Eynshteyn janoblarining nisbiylik nazariyasidan xabardorlar bilishsa kerak, misol uchun bir kosmonavt vaqtdan oldinga ham o't olgan, qidirib ko'rishingiz mumkin.Men haligi dejavyuni kelajakdagi fizikadagi katta revalutsiyaning natijasidek ko'raman, yani siz bemalol o'zingiz yashagan davrlarga qaytib o'zingizni ko'rib, u bilan suhbatlashib ketishingiz mumkin, shundagi ma'lumot almashinish keyin bizda "eee bu avval ham bo'lganku" degan effektni bersa kerak.Tasavvur qilmay qo'yavering shundoq ham boshingiz qisilib qoldi)
Shu kunlarda ongim umuman yerda emas, shu sababli bu safarcha ehtiroslar, sevgi muhabbat haqida birnima demadim.Lekin keyingi postda sevgi va qo'rquvning birinchisi Sevgi haqida katta post yozsam kerak, ilhom kelganda.
Postdan umuman hech nimani tushunmagan bo'lsangiz kelajakda albatta tushunasiz.Bor yo'g'i shu postni xotirangizning 80 Milliard neyronlaridan biriga ozroq bog'lab qo'ysangiz bo'ldi.
#tungi_faylasuf
"Yuragim ox meni yuragim" degan ashuladagidek yoki Munisaning "Bo'ldi Yurak" degan ashulasidagidek his qilayabman yuragimni❤️
Ertalabdan treningim bor Diplomatiyada.
Keyin yana 2 ta event.
Futbolga borsam yanayam yaxshi.
Lekin bular uchun yurak, turli xil hayot ssenariylarini o'ylayotgan, soniyasiga milliardlab neyron bog'lamalari ta'sirida miyadan davleniya olmasligi kerak.
Uxlash kerak, lekin ongni to'xtatib bo'lmayapti.To'xtovsiz ishlayapti.
Parallel olamlar qurib nimalar qilib tashlayapti ongning o'ziga ayon.
Tun shunaqa vaqt.
Yoshlar ham qarilar ham uyqu keta olsa baxtli, ong uxlashni xoxlamasa kutish rejimiga o'tadigan vaqt.
Kamina uchinchi marta qo'y sanashga ketdim.
#tungi_faylasuf
Bugungi kun Sevishganlar kuni bo’lishi mumkin edi.
Happy Bobur day!
Bo’ydoqlik so’ngi 14-fevrali.
Xudo xohlasa.
O’zini oladigan va o’zidan qochadigan qizlar, yoshlik va sevgi-muhabbat pikiga chiqgan davrni noz qilib o’tkazib yubormang) Bu degani yomon ma’noda emas, qalbingizni oching, seving, seviling degani.Balki shu sevganingiz hayot yo’lingizdagi hamrohingizga aylanar.
Yigitlar sevgi o’yin emas, uni sevaman, buni sevaman demanglar, keyin tushunmay qolasizlar haqiqatda kimni sevganingizni.
#tungi_faylasuf
Express natijalarga ko’ra audio versiya tayyorlandi.Marhamat endi o’qish emas eshitishingiz ham mumkin.
#tungi_faylasuf
Tun odamlari hozir kanaldan hamma delete account larni o'chirdim, Yangi sotib olingan mikrafonda ovoz yozib kanalga tashlab qo'yaman.
Mavzu : Vaqt. Umuman o'qiladigan emas eshitiladigan kontent bo'ladi.
#comingsoon
Hayron qolaman o'zimga, bilaman ertalab vaqtli turishim shart, bugun Gaplashamizni syomkasi, keyin uchrashuvlar, orada sudga borib kelishim kerak (avtomobilimni orqasidan uxlab qolib urishgani haqida bir aytgandim) Lekin ong uyquga yengilgisi kelmaydi.
Oqibatsizmanda deydi Ong, bir yaqin sinfdoshim bilan anchadan beri ko'rishamiz deb ko'rishmay yuribman.Boshqa tarafdan uchrashuv haqida gap ketganda boshqa bir uchrashuvni ko'proq kutayabman...
O'zi kutishlarsiz yashaganga hech nima yetmaydi, lekin biz kutamiz, kutishda davom etamiz.Hozir ichingizda "ha kutaverib yuraver shunaqa" deydiganlar ham bordur.Siz kamina uchun ham baxtli bo'lib yuring iltimos🙏🏻 Men ham baxtliman o'zim uchun xolos.Ha nima bo'ydoq inson baxtli bo'la olmaydimi☹️
Men biroz qo'rqoqligimni sezganday bo'ldim, aslida qo'rqish emasdur? yoki bu savol bir bahona.Ishqilib ikkalasidan biri.
Gap Troll Uzning murojaati haqida, 14 daqiqa ko'rdim, molodets! yorvorgan. Lekin eslashingiz mumkin bo'lgan "Haqiqiy" tungi faylasuf share qil sen ham fikringni yoz dedi, afsus ee ommaga qo'shilib share qilib birnima deganing bilan baribir hech nima o'zgarmaydi degan bahona bilan shu ishni qilmadim.Qo'rqdimmikin deb o'ylab qoldim?!🧐 Nimadan? Kimdan? Qaysi ro'yxatga tushishdan? Buyog'i qiziq emas sizga to'g'rimi?)
Yana bir kuzatganim yaqinda bir o'tkazgan foydali uchrashuv/tadbirimizda "kimdir" bilan uchrashuv sabab 77ta odam davleniya qilib, zoti oliylari kutib qoldilar deyilgan tadbir bizni tadbirimiz tugamasidan "tugatilib" 37daqiqadan keyin boshlanib bizning ishimizga halaqit berildi.
Shu payt avval o'ylagan bir farazim to'g'riligiga ishonch hosil qildim.
Shunday muhitda yashaymizki Qo'rquv shu qadar boshqaradiki insonlarni Na Diniy nuqtai nazar na amaldagi qonun amal qilmaydi, faqat Rahbardan gap eshitmaslik! Rahbarni ko'ziga yomon ko'rinmaslik! Sohtalik va sarob(illuziya) ga berilish bizda juda kuchli.Misol uchun direktor, glavrach yoki rektor buyrug'i nimaga to'g'ri kelishi Na analiz va na Sintez qilinmaydi...Bajariladi!
Endi muhabbatga kelsak bo'm bo'sh karidorda sharpalar va ochiq oynalardan kirib turgan qishning sovuq shamoli esishda davom etayapti deb qo'yaman sizlarga😉🥶
Balki bunday emasdur? Balki?
Sizda nima gaplar uylanganu, uylanmaganlar, oilaliyu, oila qurish yaxshi niyatida yurganlar (anchadan beri) ✌️
#aralash_quralash_post
#Tungi_faylasuf
Do'stimning tavsiyasi bilan nihoyat telegram kanal ochdim)
👉 http://t.me/ulugbekismatov 👈
Avval tungi faylasuf kanalimda bo'ydoqlik faylasufligini qilardim, endi uylanib rivojlanish haqida yozmoqchiman ongimning xulosalari va yangi fikrlarini yozib turaman.
Aytishlaricha kuzatuvchilar ko'paysa ma'suliyat ham ko'payar emish ☺️
Ikkinchi Post : O'zing uchun - Bo'laveradi! Boshqa uchun esa yo'q!)
Qaranglarda bir qiziq kuzatuv, Aql tishimni oldirishga borgandim (chamasi ikki oylar avval) juda ko'p qizlar stomotologda, yonlarida opalari, yoki onalari stomotologlarga "yaqinda qizimni/singlimni to'yi shunga chiroyli qibering tishini", keyin kosmetologlar ham ko'proq shu to'yga yaqin ko'p qizlar yuzini yaxshilashni so'rab kelishlari haqida aytib berishdi, biz yigitlarda ham shu kachokroq bo'lish, ozg'in bo'lsa ozroq semirish, ishni yangilash, moshina olish, moshinani yangilash, uyni remont qilish yoki Upgrade qilish.
O'zimizga qolsa bular kerak emasmi shunda? Keyin o'ylab qoldim oila qurish, uylanish yaxshigina Motiv ekan.Bu yomon emasdir ham balki, men aytgan ishlarni qilmasdan borimcha yuraveraman deganlardan qo'rqish kerakdur balki) Zaksda ko'rdimda bir ikki juftliklarni🥶
To'y nega zo'r o'tishi kerak bilasizmi? U ham boshqalar uchun asosan.Odamlar nima deydi?)
Misol uchun obrazno Sharopat xola to'yga borib dasturxon va artistlarga reyting qo'yib keladi⭐⭐⭐
Quda tarafga, dasturxonga, kelin yoki kuyovga, davraga.
To'y qilayotgan esa qolgan 100500 ta o'ylovlari orasida shularga ham e'tibor berishi kerak.
Afsonalardagi 50 kishilik to'ylarda ishtirok etayotgan bo'lsangiz kerak, qoyilmane 50ta odamni insta storyda sanasan ham 95ta boshqasida 145ta chiqayabdi) Ko'z do'xtiriga borishim keragov🤔
Xotya #Imho 50 kishida ham xavf juda past emas.Shu sababdan ham vaksina qilganlargagina to'yga borish mumkin, sonlar cheklanmagan desa odamlarni anchasi telegramdagi fake "doctor" larning yolg'onlarini eshitib o'tirmasdan vaksina olardi.
Yana bu gaplarni Maxsus Komissiya eshitib qolmasin😬
Men haliyam tushunmayman o'zimizga shu o'tirgan stol stulimiz yaxshi bo'lsa nega kelin tomonga yana zalni bezatishga berib stol-stul oldiramiz?
Yo boshqa gap kelinning ota-onasi ishlab topgan puliga olingan Spalniyda yotish qulayroqmi?
Bir xil payt tushunishga aqlim yetmay, kislorodsiz qolib ketadi boshim🙃
Hozircha tugadiyov, yana bilmadim.
Mirshakarni hazili esga tushdi, bir kishi stomotologga kebti, tishlar yuvilgan, dantist hayron emish, ie bu tishlar yuvilgan, lekin tishini har doim yuvib yuradigan odamda 3 dona tish bo'lishi g'alatida😅😅😅
U patsient ham Stomotol uchun tishini yuvgan🙃
#tungi_faylasuf
Tun, Tun, Tun. Kun yoki Tun deyishsa tunni tanlardim.
Tun hotirjamlik timsoli.
Telefon qo'ngiroqlari yo'q, Telegram tinimsiz ting'illamaydi.
Kun chiqishigacha ancha bor.Hozir esa Tarona Records ni eslab yangi Label ustida ishni boshlayabman.Hozircha tahlil, o'rganishlar, taqdimot darajasida.
Keyin katta jamoamiz bilan muhokama qilamiz.
Royalty, uzoq yillik shartnomalar, nomlar huquqlari bir qarashda yaxshigina murakkab.
Oldimizda turgan yana bir katta chaqiriq bu birrovchiliksiz, to'ydan to'yga sakrashu, yengil hayotsiz yosh san'atkorlarning moliyaviy ta'minoti, Labelning monetizatsiyasi.
Pul doimo bor, ayniqsa darajasi haqida gapirish ham qiyin bo'lgan O'zbek Estradasini avvalgi darajasiga qaytarib olib, keyin undan ham tepaga chiqarishga.
Biz Label yaratmasak boshqalar yaratadi, boshqalar topadi shu sarmoyalarni.
Biz ham bir shu mavzuga qiziqib ko'raylik.
Shoxrux, Shahriyor, Setora, Radius21, Shahnoz kabilar chiqadi kamida.Lekin maqsad o'zbek talantini global e'tirof etilishiga olib chiqish.Bunaqa brilliantlar bor faqat ko'mir ko'rinishida, granit ko'rinishida xolos.
Menga sizning yordamingiz kerak.
MPMGda o'zimiz ham brainstorm qilamiz, lekin o'ylashimcha sizda ham yaxshi g'oyalar bor Labelning nomlanishi bo'yicha (Black Star, Tarona Records kabi).
Tungi Faylasufga o'z takliflaringizni yozasiz degan yaxshi niyatdaman😎
Barchaga xayrli tun, yoki xayrli tong👋
#Tungi_faylasuf
Demak 2019-yildagi yozilgan fikrlarimning audio versiyasini shu yerda qoldiraman.Kimga matn kimga ovoz.
Marhamat tinglab ko’ring.
#tungi_faylasuf_fm
Nima qilishingizdan qat'iy nazar "ochko" uchun qilmang, maqtashlari uchun ham, ko'z ko'z qilish uchun ham qilmang, chin ko'ngildan mazza qilish uchun qiling.
Sizni e'tirof etishmasliklari mumkin, "Hammasini men qilganman" deydiganlar chiqishi mumkin.
"G'oyangizni tekis o'g'irlashlari" mumkin.
Muomala, qiyofalar, yuzlar, munosabatlar o'zgarishi mumkin.
Emotsiyangizni nazoratga oling, shoshilib fikr chiqarmang, bir zumlik alamni deb insonlar qalbiga ozor bermang.
Bir zarbada portlovchi bomba bo'lmang.
Sizni turli usullar, turli holatlar bilan sindirishga urunishlari mumkin.Bu odatiy hol, Sinmang!
Sindirishlariga yo'l qo'ymang.
Hasad bor, Havas bor, do'stlik bor, dushmanchilik bor, ko'zingizni oching, shirin gaplardan mast bo'lmang.Avval yo'l boshida o'ylangan maqsadlarni eslang, chalg'imang.
Insonlar, holatlar, buyumlarga xato va ortiqcha qiymat bermang, afsuslanmaysiz.
Pul, shuxrat, mansab bari ma'lum oraliqdagi sizning kimligingiz va asl holatingiz tekshiruvi, inson bo'lib qoling.
Shuncha bosh og'riq gap qayerdan? Miyada yig'ilgan xulosalar.
Hech biri sog'likga yetmaydi!bahslashmoqchimisiz?Marhamat.
Kamtar insonlardan kamtarlikni o'rganaylik, qanday qilib yerdanda hokisor bo'lib natijalarga erishish mumkinligini o'rganaylik, yo'li bor, o'rganib o'sha yo'ldan yuraylik!)
Soat 1 atrofida faylasufona gaplar daryosidan yozganlarim davatdek ko'rindimi?bo'lsa bordur?) O'qib, mag'zini chaqib ko'ring, foydasi tegsa xursandman, bo'lmasa ham na chora)
#Tungi_faylasuf
2019-yil 25-iyunda facebookda post qoldirgan ekanman, hali ham shu fikrlardaman✅
Reskiy insonlar haqida yozgim keldi, ular juda tez yonishadi, juda tez sovushadi.Yonganda Quyoshdan qaynoq, muzlaganda Marsning muzliklari kabi sovuq🥶
Shundan bo'lsa kerak qo'shiqlarda "yonaman" "kuyaman" degan so'zlar.Asarlarda birdan sevib birdan nafratlanadigan personajlar ham shunday insonlar.
Kamina baholab turib o'zimchi? dedim va tushundimki, kamina hech qachon muzlamas ekanman, hozir qalbda 36.6 bu hayotga mehr berib yashashga yetadi, avvalroq 18-21 gradusda yurgandim xuddi ko'chada salqin bo'lganidek, ayrim insonlar bilan 5-10 gradusgacha tushishim mumkin🙃 Lekin sovub ketmayman, endi ishqu muhabbatga kelsak bu yerda ham shunday kaminada iliqlik bir sevib qolganida 60-70 gradusga chiqsa keyin asta-sekin oshib boradi, birdaniga oshib ketmaydi.Birdaniga tushib ketmaydi.Lekin juda tez o'zgaruvchi insonlarda bugun sevib "o'lib qolaman" bo'lsa ertaga "o'lib ketmaydimi" bo'ladi😉
Do'stlikda ham bor birdaniga onadan tug'ishgan yaqindek bo'lib, bir ma'lum vaqt o'tganda izini ham topib bo'lmaydi va biz buni oqibat deymiz.Oqibatlilar defitsit.O'zimni ham oqibatlilar qatoriga qo'shishdan yiroqman.Kamina ko'pchilik tarafda bu sohada.
O'tgan kunlarda 30soat umrim poezdda o'tdi, shu payt ham o'yladim Samalyot juda tez borardi Xorazmga, na yo'llarni, na uylarni, na odamlarni ko'rishga ulgirasan odam, poezdda esa hammasini ko'rasiz, ha vaqt bilan to'laysiz albatta bu uchun.
Vaqt degandek mana aprelning 20-siga keldik, bir kaminani yaxshi ko'rgan, kamina esa 35% dan osha olmagan qiz yaqinda turmushga chiqadi, baxt tilayman, birinchi marta baxt tilashim emas, ancha tajribaliman😐 Lekin bir narsani bilaman tungi faylasuf bilan suhbatlashib, sevgiyu, aloqalar mavzusida muloqot qilgan qizlar ancha o'zgarishadi, hayotgayam tuyg'ularga ham yangidan qarashadi, ko'proq intellektual sevgiga yo'nalish olishadi.Tungi faylasuf jamiyatga foydali odam shunaqa)
Bugun yana bir tunni oila qurish masalasiga 10-15 daqiqa fikrlash bilan o'tkazayabman, saharlikkacha balki nimadir yaxshi fikrlar kelib qolar, to'yimga kelmoqchi bo'lganlar ko'p har holda ular uchun hech bo'lmasa shu yil uylanay endi😂
Reskiy odamlarni boricha qabul qiling, ular ham tabiatdan shunday, ularning emotsional tezliklarini vaqtning o'zi sekinlashtiradi.
Tugadi.
#tungi_faylasuf
Hayronmane🙃 O'zi 181 ta odam. Ko'rganlar 525ta, bu doimiy holat.Kamina bo'ydoqlar yetakchisini ko'p muhokama qilishadimi deymanda...
Efir yana 00:30 da)
00:00 ga duo ketgan sheklli😂😂
Birinchi efirda bo'lgan barcha tun odamlariga rahmat!)
Feedbacklaringizni kutaman👋
Keyingi efir bundan ancha qiziq bo'ladi, sababi yaxshi mavzu topdim❤️, lekin ayta olmayman.
Sevib sevilib yashash barchamizga nasib qilsin qadrli tun odamlari🙏🏻
#podcastdan_keyin
2-APREL KUNI BIRINCHI TUNGI PODCAST(VOICE CHAT)
RADIO ESHITTIRISHDEK O’TKAZISH REJADA BOR.
Menimcha qiziq bo’ladi)
Endi Tekst yo’q payti har hafta tungi podcast bor, naqt bir soat.
Eslatmalar :
1) Quloqchin (Naushnik) olib oling
2) Telegramingizni oxirgi versiyasiga yangilang.
3) 2-Aprel kunining boshlanishidagi 00:00
Payshanbadan Jumaga o'tar tunda
Vanihoyat kundalik hayot tarziga qaytmoqchidek bo’lgan lekin qayta olmaydigan Tungi faylasuf.
Kecha Chegarasiz loyihamizning 5-soni va yangi mavsumining premyerasi bo’ldi, ungacha 51soatlik uyqusizlik, crazy-busy rejimda yurdim.
Bugun 28-fevral, Dushanbadan norm odamlardek yashamoqchi bo’laman, o’zimchaaa, lekin bilaman xudo xohlasa Dushanbada Andijon shahrida bo’laman.
Yoshlar fikri nomli loyihaning boshlanishida o’z xissamizni qo’shishimiz kerak, keyin 4-mart to’liq xudo xohlasa DG Girls da bo’laman (Digital Generation Girls) 5-martda ham nimadurlar bor😅
Keyin ayting menga qanday qilib inson iliq mehr va yoqimli hayollarni hayotga ko’chirishi mumkin?)
Qiyin men sizlarga aytsam shaxsiy hayotga vaqt ajratish.
Har ehtimolga qarshi Chegarizning 5-sonini ko’rmoqchilar bo’lsa marhamat :
/channel/yoshlaragentligi/779
Sizning doimiy, samimiy tungi faylasufingiz🙃
#tungi_faylasuf
After 2 yohud Ehtiroslar.
After ni ko'rgandim, gap ochilganda After 2 si ham borligini aytishdi.Albatta 3 metra nad urovnem nebo ga o'xshagan kinolar bitta chiqib yo'q bo'lishi kinochilar uchun ham sevgi, romantika, xissiyotlar muxlislari uchun ham "Ne vigodna".
Kinoni tahlil qilmoqchi emasman, lekin kinodagi vualya ehtiroslar aynan yoshlarda ko'rsatilishi to'g'ri keyin bunchalik burniy ehtiroslar bo'lishi uchun bilmadim nimalar talab etiladi?)
Badboy va pretty girl janridagi kinoni ko'rishni tavsiya qilishim mumkin, lekin kim 18ga to'lmagan bo'lsa nimadirni sezishingiz bilan yo ko'zingizni yopib oling yoki 20sekundga o'tkazib yuboring.Kino qizig'i qolmaydi demang) Bu unaqa kino emas.Qarashlarni ko'rib, onasini emsin shunaqa qaramasa hisobmas devoradi odam) Lekin bu kino, bunaqasi sodir bo'lishi uchun tungi faylasuf "Yomon bola" bo'lishi va chiroyli va sodda qizni topishi kerak😎 Yo'q juda bunaqa bo'lishi shart emas, kamina taksichniy emasligiyoq, uje kinoni ssenariysini o'zgartiradi, chunki Yomon bolalar "taksichniy" ham bo'lishi kerak)
O'ylab ko'rdim bo'lsa kinodagidan yuqoriroq darajada bo'lsin va kinodagidek "hamma bilishi" shart emas😎
Tess seni sevaman desa qiz ham men ham deydi, yigitni bo'lsa ko'ngli to'lmaydi javobdan, shunda qiz men seni sevaman deb boshqattan haqiqiy ohangda aytadi, ooo shu paytdagi qarashlar😅
Erta tongdan o'qigan bo'lsangiz kinoni ko'ra olmaysiz baribir) Ko'rsangiz ham jaa berilib ketmang🙃 Kino baribir kinoda😉
Lekin bahor kelayotgani bilinishni boshladi.Ooo bahor bahor bahor degan ashula aylanayapti quloqda.
Tun odamlariyam 7-uyqusini uxlayotgan paytda barcha ezguliklar va olam olam sevgi muhabbat tilab Tungi faylasufingiz uyqu ketdi.
Bugun jiddiy kunduzgi trudyagani ko'p ishlar kutmoqda💪🏻💪🏻💪🏻
O'zingiz uxlasangiz ham qalb uxlamasin! 🐺AUFFF
#tungi_faylasuf
Tun, sokinlik, Alisher Navoiyning tug'ilgan kunidan keyin Z.M.Boburning tug'ilgan kuni va ayni shu kuni Valentin Palentiniga ishim yo'q, nishonlash kerak bo'lgan tarixi qiziq ham emas, go'zal tuyg'u sevgi kuni.
To'g'risi 14-Fevral emas boshqa kunni prosta olib Xalqaro Sevgi-muhabbat kuni deb e'lon qilishsa bizdek davlatlarda yashaydiganlarga oson bo'lur erdi.
Lekin ko'pchilikka qiyin Yakshanba kuni uyda bo'lishadi, yoki oila davrasida.Bo'ydoqlar va qizlarni nazarda tutayabman.Shu sabab katta ehtimol bilan Katta ayiqlaru, allambalo gullar, Tilla-kumush savdolari Shanba kuni avjiga chiqsa kerak.Sevgisini sovg'alar orqali izhor qilish avvaldan bo'lgan, juda qiziqarli jarayon.
14-Fevral mundoq olganda pachti 8-mart yigiti yoki sevgani bor qizlarga) Bunga hech qanday qarshiligim yo'q.Sevgan insoninga 365kun yoqimli nimadir qilish o'zinga 2X yoqimli bo'ladi, ayniqsa
bir samimiy kulib qo'ysa tamom!)
Bu yilning Sevgi-muhabbat kunini (Siz istasangiz Sevishganlar kuni deng, istasangiz nishonlamang, bu sizning tanlovingiz) juda noaniqlik holatida o'tkazsam kerak😅
Nima eksang shuni o'rasan! deganlaridek.
To'g'risi bugun bir majlisda 3yarim soat qolib ketdim, shundoq ham kechki paytni ko'pincha ishda o'tkazaman, keyin qanday qilib yakshanbada bayramni nishonlashim mumkin sevganim bilan.Ooops nima dedim? Sevganim? Shunaqasi bormi? Nima deb o'ylaysiz? 🙃
14-Fevral qiziq kun, nishonlash uchun sevgiling yo'qligidan ham siqilishing mumkin.Chunki o'sha kuni yoki bir kun avval hamma g'imir-g'imir qilib qolgan bo'ladi😍
Sen esa instagram, youtube, tik-tok, facebook, twitter chegaralarida virtual aylanib nishonlayotganlarni yoki sevgi temasini ko'rib hayolan chakib o'tirasan) Agar hayotda chekmasang ham😅
Bo'lsa ancha qiziqarli o'tadi🔥
Aytgancha Ob-havo ma'lumotlariga ko'ra bu yili ham yakshanbada Boburday keng nishonlanadi.Yigit-qizlar bir birlarini iliq mehr bilan tabriklashadi.
Sizni sevganingiz yoki sizni sevadiganlar bo'lsa bu kuningiz yaxshi ma'noda yodda qolarli o'tishiga tilakdoshman.
P.S. Kamina Den Valentin va boshqa tarixiy bog'liqliklarni tan olmaydi va yilda bir kun Sevgi-muhabbat kuni bo'lishi shart deb hisoblaydi.Shundoq ham chin Sevgi kamayib ketgan davrlarda yashayabmiz🥴
#tungi_faylasuf #Boburday
#sevgi_muhabbat_kuni
Audioni oxirigacha kim eshitdi, kim eshitmadi bilib bo'lmasligi yomon.Huddi gapirgan gapingni kim tushundi, kim tushunmadi bilmaganing kabi.
Qiziq ishlar bo'ladi, ora chorada, o'ylasam boshqaning hayotida bo'lsa kulgan bo'lardim)
Ha labbay uylanish haqida gaplashovuzmi😉
Avval ham oyimga bir nechta tanishlari o'z qizlarini, jiyanlari yoki boshqalarni tavsiya qilishgani bo'lgan, har holda g'irt dinozavr bo'lsam (28yoshu 1yarim oy). Lekin oxirgisi qiziq bo'ldi.Oyijonimga kamida 15yildan beri ko'rishilmagan tanishlari telefon qilib, gapni manzilini kaminaga olib kelib rasa qiziqib, oxiri maqsadga o'tibdi.Eng qizig'i ancha avval u qizni rasmini ko'rib qalbga qarasam uchqun ham chiqmaganidan keyin yo'q degandim.Yana qayta so'rashayapti va qanday usul) Oyimgayam qiyin o'g'lingiz 28ga kirdi qachon uylantirasiz deyishadi.
Hayronman nega odam o'zi uylanmaydi?) uni uylantirish kerak?)
Uylanish emas mustahkam oila quraman deb vaqtni ham anchasini o'tkazib yuborayotganimni o'zim ham bilaman.Har tunni nega yolg'iz o'tkazayabman deb xafayam bo'lib qo'yaman, keyin twitterga kirib qidiruvga loser deb yozaman, tramp boru men yo'q u yerda))
Albatt hazil.
Shu paytgacha berilgan imkoniyatlardan foydalana olmadimmi deb ham o'ylab qolaman.Shu paytda taqdiringda bo'lganida bo'lardi degan bahonani birinchi raqamlisi keladi miyaga.
Eee sizlarga ham aytaman, Yanvarni oxirigacha boshni joyga qo'yib bir qarorga kelaman.Bo'lmasam o'zimdan xafa bo'lib Oyijon qiz qidiravering deymanmi deb turibman.Balki bu hozirgi ong holatim berayotgan ma'lumotlardir.Balki.
Short listim borligini avval ham aytgandim, lekin ularni ham menga ko'ngli bormi yo'qmi, sevgilisi bordur?! O'zimcha short list qilaman...
To'g'risi sizda ham kichkina bir yolg'izlik yoki mehrning "sevgicha" turi yetishmovchiligi bo'lib turadiku to'g'rimi? Ayniqsa tunda.
Kechadan avvalgi kun "Two nights stand" degan filmni mazza qilib tomosha qildim.Ruscha tarjimasi kino kadrlariga mos emas! O'sha filmdan muloqot haqida juda yaxshi insight oldim, haqiqatda ham ochiqcha gaplashmaymiz.Hammamiz aqlli, hammamiz jentelmen, hammamizda reputatsiya va "berkitishimiz kerak bo'lgan" o'zimiz bor🥴
Tunda shunaqa gaplarni yozib ertalab yana yaxshi ko'rgan ishini o'ylaydigan tungi faylasufingiz yozmoqchi bo'lganlari ko'p aslida.
Aralash quralash janridan yana bir postni o'qidingiz.
Tuningiz osuda o'tsin, shirin tushlar ko'ring, o'sha shirin tushlar qahramoni yongizda bo'lsa uni quchoqlab uxlang😉 Qishda issiqroq bo'ladi deyishadida.
#tungifaylasuf
Xayrli sovuq tun🥶
Harorat qalblarda nechchi gradus bilmadimu, ko'chada -8.
Yangi yil boshlanishi xuddi kompyuterni "Restart" qilishga o'xshaydi, mana Restartni bosganimizga ham 4 kundan oshdi.
Yangi maqsadlar, rejalar, orzular, shirin hayollar, o'zimiz esa eski.
Yangilanishni istaydiyu bu g'arib ko'ngil, bu ko'ngil shu bilan birga bir paytni o'zida ko'p narsani xohlaydi.Xoy ko'ngil bo'ldi-da bir to'xtamga kel desam, yana tarvaqaylab birnimalarni tusab qoladi.Xarakter ham yomon narsa, ko'ngil ha yozaver samimiy bo'l desa, xarakter katta sahnaga chiqib yozma, bo'ldi-da endi deydi🤦🏻♂️ Keyin sekin ovoz bilan davay davay degan shivr-shivr qiladi, Xarakter jim tur bir pas deydi.Sovuq aql umuman bu jarayonlarni shartta to'xtatadi-da ish qilaylik, rivojlanaylik deydi.
Shunga turli hissiyotlar bir tanada jang qiladi.Boshimizdagi miyada joylashgan ong esa shu jang maydoni.
Yozganimda aralash yozmasam ko'nglim joyiga tushmaydi.Shunaqa holat haqida o'ylayabman, kak budto 25yoshlardagi qizlar erkin fikriga va mustaqil hayotga o'rganib qolgan bo'lsa ularga oila qurish unchalik ham muhim bo'lmay qoladigandek) Ya'ni o'zining ishi bor, sevgi yo'q, puli yetarli, faol hayot tarzi va vsyo hammasi yetarli.dek. Balki adashayotgandirman.Balki.
Endi esa siz aziz tun odamlariga savol 2021-yilga qanday maqsadlar qo'ydingiz?Yaratgandan qanday niyatlaringiz amalga oshishini so'radingiz? Xudo xohlasa 2021-yilga yaxshi va aniq rejalar bora? O'zingizga o'zingiz javob bersangiz shuni o'zi yetarli✅
Hurmatli tun odamlari tungi faylasuf 2021-yilni sizlar bilan o'tkazishdan xursand bo'ladi.Siz ham kamina kabi tungi bedor, umumiy dardlarimiz, kechinmalarimiz, hayollarimiz bor.
Xudo xohlasa shu yili mustahkam oila qursam ham sizlar bilan xayrlashmayman🙏🏻 Axir tarqoq samimiy fikrlarimni o'qiydiganlar borku to'g'rimi?)
Bir og'iz yangi yilni nishonlash haqida! Insonlarga sof, samimiy baxt ulashadigan bayramga dinlarni aralashtirmasdan va soatlab vaqtingizni, ichki energiyangizni ketkazgandan ko'ra hayotingizni samarali va foydali ishlarga sarflang.Biz yana kamida 100yillab shunday muhokamalar bilan quruq vaqtimizni o'tkazishimiz mumkin va bu kelajagimizni ustiga ko'rpacha yozib o'tirib olishga teng!
#Tungi_faylasuf_2021
Hamma uxlagan, shirin tushlar ko'rayapti.Kimnidir shirin tushi yonida yotibdi🤩 Kamina Iphone 12 pro max haqida yozgan bo'lishim ham mumkin, aytamanda endi😅 gapni olib qochish uchun😉
Bo'pti ishdan gaplashamiz, yangi yilga 15kun qoldi.2020-yilni yomonlash kerak emas, sog'lom o'tayabmizku degan gap yupatish aslida.Sizda hozir ham 15kun ichida hayotingizni yorqin lahzalarga to'ldirish imkoniyati bor.Yaqinlaringiz bilan, do'stlaringiz bilan, sevimli yoringiz bilan samimiy suhbatlar o'tkazish, kutilmaganda kimlargadir yaxshilik qilish deganlaridek.
Ha bo'ldi ish haqida gaplashgandek bo'ldik, endi ishq haqida.Yilni boshlanishida allambalo hayollar, maqsadlar, rejalar bilan boshlagandim.Bu yil uylanish va yangi uy olishni rejalashtirgandim, lekin ikkalasi ham 2021-yilga qoldi.21=3x7 ya'ni numerologiya bo'yicha uch marotaba muvaffaqiyatli yil bo'lishi kerak💪🏻 Xotya kalendar yillari emas siz qiladigan astoydil harakatgina Muvaffaqiyat ga ko'proq yaqinlashtiradi💪🏻💪🏻💪🏻
Hozir 2020-yilning rasmlaridan albom qilishingiz kerak bo'lsa undan qaysi momentlar o'rin olardi? Nimalarni eslayabsiz?
Nimalar armon bo'layapti? Balki hali armonga aylanayotgan orzularni reanimatsiya bo'limida jonlantirish imkoni bordur?! Think about it 😉
Keyingi yil prezidentlikka saylov, saylovda nomzodlar bo'ladi.Shunga o'xshab kamina ham short listimni ochib rasmlarni print qilib "Ovoz" berishim kerak keyin "Sovchilar komissiyasi" ishga kirishishi keyin Ha yoki Yo'q o'yini bo'lib o'tadi.Keyin bir gap bo'lar)
Man qizlarni o'ylab siqilib qoldim🧐 Ularga sovchi keladi, sovchilarga yo'q deyish oq otli shahzodasini kutish qiyin bo'lsa kerak.Oq otli shahzoda mazza qilib uxlab yotibdi😂😂😂 Ha qiyine qizlargayam, yigitlargayam... Kimga oson?)
Uni buni qo'yinglar o'sha bomboviy postni kutganlar, o'sha post notesda yozilayapti.Faqat shu ichki fikrlarim tugallanmagan holatda.Shu kunlarda xulosalar qilsam balki bangg'ilatib yuborarman💣💣💣
Ungacha ko'rishguncha, o'zingizni asrang, seving va sevilib yuring❤️
#Tungi_faylasuf