Inson davolab bo'lmas yaralarni yashiradi. Ba'zan bir tabassum ortida, ba'zan esa chuqur sukuti bilan...
||Bexruz_1994 ✍🏻||
🌤 Ассалому Алайкум! Пайшанба тонги муборак бўлсин 🌱
☘️ Қалбингиз иймонга
☘️ Уйингиз қувончга
☘️ Юзингиз нурга
☘️ Кунингиз хайрли ва солиҳ амалларга тўла бўлсин.
☝️ Янги кунни ҳадя қилган Аллоҳга ҳамдлар бўлсин!
Янги тонг билан дўстларингизни табрикланг
Ⲙⲉⲛ ⲩⲟⲙⲟⲛ ⲃⲟ'ⳑⲋⲁⲙ ⲙⲉⲛⲓ ⲩⲟⲙⲟⲛⳑⲁⲋⲏ ⲋⲏⲁʀⲧ ⲉⲙⲁⲋ,
ⲋⲏυⲛⲥⲏⲁⲕⲓ ⲙⲉⲛⲇⲁⲛ ⲩⲁⲭⲋⲏⲓⲋⲓⲛⲓ ⲧⲟⲣⲓⲛⳋ.😐❤️
#Bexruz_1994 ✍
• Bittasini yaxshi ko'r sev urush ,qizg'on ,unga hohlagan muomilangni qil. Ammo hech qachon yarim yo'lda tashlab ketma❗️
Читать полностью…🖤Mening qalbimni sindirgan xafa qilgan har bir
Insonga mening qalbim qanca azob chekkan bo'lsa shunchalik
Baxt tileyma....
💔 #Bexruz_1994 ✍
Yoningdan ketyapman qoldirib yolg'iz,
Ortimga termulib tashlamayman köz,
Ma'yus könglim uchun xatto bir og'iz,
Qalbingdan chiqmadi "Ketma" degan soz
#Bexruz_1994 ✍
Bir kun baxt haqida😊
Bir kun dard haqida 🥹
Status yozaydigan bir telbaga aylanib qoldim🤚💔🥀
Bexruz_1994 ✍
Meni JANNAT larga yetaklang begim!.
Baxtimdan lol qolsin xatto XURlarxam,
Ikki dunyo seving o'ksitmang ko'nglim.
Taxsin aytsin xatto FARISHTAlarxam,
Meni JANNATlarga yetaklang begim.
NAMOZim bo'lmasin dunyo deb qazo,
O'rgating QUR'ONni qalbim nurlansin,
Toki JAXANNAMda olmayin jazo.
Meni JAXANNAMdan asrang sultonim.
Toki qovrulmasin o'tda bu tanim.
Doim ALLOX uchun seving bu qalbim.
Bizni ALLOX suysin shu meni baxtim.
Meni JANNATdaxam alishmang aslo.
Xech qanday xurliqo go'zal xurlarga.
Aslida menxam alishmam sizni.
O'tkinchi xavasu zaru durlarga!.
🗣@islomiy_sherlar_uz👈👍✅✅✅
Qur'on o'qiymiz...
✍угил
Hayot tashvishlarin unutib bul kun
Ertaga jannatga tushmoqlik uchun
Oxirat zamoni kelmasdan burun
Gulim,yuring bugun Qur'on o'qiymiz
✍🏻киз
Hayotimda yo'qdir sira tashvishim
Chetga suray bugun barcha yumushim
Axir undan pastroq turar har ishim
Begim keling bugun Qur'on o'qiymiz
✍угил
Mayliga ochlikdan qurusin silla
Buni qiyoslaylik goʻyoki alla
Alla boʻlganda ham eng shirin alla
Gulim yuring bugun Qur'on o'qiymiz
✍🏻киз
Bugun qorin emas qalbni to'qlaylik
Bir kunda besh mahal Haqni yo'qlaylik
Sizu biz hammaga jannat so'raylik
Begim keling bugun Qur'on yodlaymiz
✍угил
Bir kuni u baxtga yetaklab goʻyo
Oʻshanda orzular boʻlajak roʻyo
Bizni jannatlarga boshlaydi hayo
Gulim yuring bugun Qur'on o'qiymiz
✍🏻киз
O'qib bering menga suralarini
Yodlab boray har bir poralarini
Shaytondan saqlab qalb oralarini
Begim keling bugun Qur'on o'qiymiz
✍угил
Tilimiz oʻrgatib shirin kalomga
Shunda kulib boqib shul zamonga
Yuzlanib nur ila qibla tomonga
Gulim yuring bugun Qur'on o'qiymiz
✍🏻киз
Joynamoz to'shaylik ikkov yonma yon
Qalbimizga to'lsin nur ila iymon
Kuyib yonganidan kul bo'lsin shayton
Begim keling bugun Qur'on o'qiymiz
✍угил
Soʻzlarimni tinglab kuladi yuzlar
Quvonchdan namlanar goʻyoki koʻzlar
Bizning kalomlardan yorishgay qalblar
Gulim yuring bugun Qur'on o'qiymiz
✍🏻киз
Aziz yelkangizga boshim qo'yaman
Buni o'qing deya sekin kulaman
Chiroyli o'qiysiz buni bilaman
Begim keling bugun Qur'on o'qiymiz
✍угил
Boshqalar aylansin goʻzal bogʻlarni
Indamang zabt etsin barcha togʻlarni
Yorim bizchi tilab goʻzal jannatni
Gulim yuring bugun Qur'on o'qiymiz
✍🏻киз
Bu dunyo bog'lari qiziqmas menga
Jannat bog'larida bo'laylik birga
Ikkimiz tengma teng olaylik qo'lga
Begim keling bugun Qur'on o'qiymiz
✍Угил
Kulib ergashasiz indamay menga
Allohni rahmati yogʻulur sizga
Barcha havas ila boqmoqda bizga
Gulim yuring bugun Qur'on o'qiymiz
✍🏻киз
Men bir so'z demasdan tinglayman sizni
G'aflatdan ochamiz ikkimiz ko'zni
Taniymiz kim yaxshi fikri ojizni
Begim keling bugun Qur'on o'qiymiz
Тақдир зарбларига кўксимни тутдим,
Йиғладим , гоҳида ҳазилга йўйдим..
Ҳаётдан умид ла ненидир кутдим..
Сўнг эса ҳеч кимга ишонмай қўйдим!
Узатган қўлларим қолди муаллақ..
Кибрли касларни шунча кўп кўрдим..
Кўнглим қонидайин қизарди шафақ..
Мен энди ҳеч кимга ишонмай қўйдим!
Кўнглим даричасин очдим кимгадир..
Кимнидир меҳр ла қондошдай суйдим..
Оҳ тақдир! синовинг ўзи нимадир?
Мен энди ҳеч кимга ишонмай қўйдим!
Алдовлари бисёр алдовчилар кўп..
Дунё сирларидан шунчалар куйдим..
Чиғириқ дорингдан тортилганим хўб..
Мен энди ҳеч кимга ишонмай қўйдим!
Лафз таъми аччиқ.. гумони заҳар!
Лафзсизлар сўзидан шунчалар тўйдим!
Каломим то умр поёни қадар!!!
Мен энди бировга ишонмай қўйдим!!!!!!!!
🔥 Bexruz_1994 ✍
Egilmadim xatto qolsam tiz cho‘kib
Allohga yolvordim ko‘kka ko‘z tikib...
Oqibat og‘riqqa qoldim ko‘nikib
Dilimni og‘ritgan Dilozorlarim...
Bexruz_1994 ✍
Rostini aytsam.... Atrofimdagi insonlarga aslida qanaqa ekanligimni tushuntirishdan va isbotlashdan rossayam charchadim. Bilmadim, balki rostan ham yomon insondirman?! Nimaga mani gaplarimni to'g'ri qabul qilishmaydi? Nima uchun qalbim tubidagi gaplarimni oxirigacha eshitishmaydi? Nimaga mani bunchalik darajada yomon ko'rishadi? Nima uchun ba'zi bir insonlarni kechirib bo'lmas xatolari uchun aynan man azoblanishim kerak? Hecham anig'i yo' savollarimga bu beshavqat hayotdan javob izlash jonimga tegdi🖤
Shunichun xam xammasiga qul siltan ketganim maqul...🤚
#Haqiqatim
#Bexruz_1994 ✍
Кўп ҳам хатоларимни қидираверма. Хатоларим ичидан ўзингни топиб олишинг мумкин!
#Bexruz_1994 ✍
Qattiq uxlashni istagan tunlaring ham boʻladi
Ortiq uygʻonishni istamagan tonglaring ham...😕
Har tushing yoʻqotganlaring bilan yuzlashtiradi seni...🥀
Bexruz_1994 ✍
Toki yashayotgan ekanmiz, sabr qilishdan boshqa choramiz ham yo'q... 🌊
Bexruz_1994 ✍
Agar kimdur sizni rad etsa, hafa bolmang. Odamlar odatda qimmat narsalarni rad etishadi va boshqa arzonrog'ini tanlashadi.
#Bexruz_1994 ✍
Sen qadirlagan, sms yozishini ertalabdan kechgacha kutgan o'sha insoning uchun seni zarracha qadring ahamiyating yo'q!
Bexruz_1994 ✍
Yur ketaylik.
Duet she'r.......
Ishq sharobin, zavq bilan ichib.
Alloh ila Qur'onni quchib.
Soliham kel kõnglimga kõchib.
Yur ketaylik jannatga birga.
Yigit....
Mayli sizla ketarman shaksiz.
Musulmonlar jam õsha yerga.
Shahodatni takrorlangda siz.
Ketaylikda jannatga birga.
Qiz....
Begim deya erkalab ,suyib.
Baxtni har bir sõzingda tuyib.
Qalbimizga ezgulik tõlib.
Yur ketaylik jannatga birga.
Yigit.....
Gulim dengda, yuray quvonib.
Baxt boriga qõyay ishonib.
Suyganimdan, suyayda qonib.
Ketaylikda jannatga birga.
Qiz.....
Sevay seni, Aliydek sevay.
Muhabbatim jannatga quray.
Bibiyim Deb, erkalab suyay.
Yur ketaylik jannatga birga.
Yigit....
Men ham sevgum, Laylilarga mos.
Jonim bergum oshiqlarga xos.
Endi begim, sizdan iltimos.
Ketaylikda jannatga birga.
Qiz....
Tõxtamasdan aytib salovat
Tahajjuddan olib halovat.
Xar on sen-la qilib ibodat.
Yur ketaylik jannatga birga.
Yigit.....
Joynamozga egilar bõyim.
Shafoatni sõraydi õyim.
Muslimaman turgan shu köyim.
Ketaylikda jannatga birga.
Qiz.....
Farzandlarim bõlgin onasi.
Aytdim senga sõzim sarasi.
Fazliddinning Bibisorasi.
Yur ketaylik jannatga birga.
Yigit.....
Bibishim deb erkalaganda.
Unutarman g'amni bir zumga.
Aytaqolay joyi kelganda.
Ketaylikda jannatga birga.
Qiz.....
Senga aytdim, kõngilda borin.
Sen-la bõlmoq, iymonli yorim.
Jannatga ham kirish qarorim.
Yur ketaylik jannatga birga.
Yigit.....
Tuyg'ularim siz-la hamisha.
Kõngilginam nozik bir shisha.
Jannat degan ajib bir sirga.
Ketaylikda jannatga birga.
Rost,
Qattiq ranjiyman sendan gohida,
Har gal "BOʻLDI! TAMOM! deyaveraman.
Oʻsha alamlarning iskanjasida,
Sengina nodonni sevaveraman.
Har gal xayr deyman,
Alvido deyman.
Choʻmilib ashkimning daryolarida.
Yashagim kelmaydi sogʻinching bilan,
Seningdek bevafo dunyolarida!
Har gal soʻz beraman yurakkinamga,
Seni qiynamayman bundan buyogʻi.
Yurak ikkimizdan boshqa hech kimga,
Sezilmas yetmishta tomir titrogʻi.
Yana andishasiz bahorlar kabi,
Sen bor makonlarga qaytaveraman.
Kaptar qanotidek pirillab labim,
Ginali soʻzlarni aytaveraman.
Keyin koʻzlaringa termulgancha,jim.
Bahorda bodomdek gullayveraman.
Choʻksam,shu koʻzlarga choʻkib ketsaydim,
Deya Ollohimdan soʻrayveraman!
❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️❤️
Bexeuz_1994 ✍
БУ ДАРДЛАР!
Севги нима аслида,
Юрак куйиб ўртаниш.
Жон қийналар қафасда,
Бу дардлар менга таниш.
Етти ётни суясан,
Ишқ ўтида куясан,
Куйиб жондан тўясан,
Бу дардлар менга таниш.
Қисганда кўкрак қафас,
Олсанг ҳам сўнги нафас,
Ёнингда у бўлса бас,
Бу дардлар менга таниш.
Рашк ўтида қизғониш,
Тунлар дарддан тўлғониш,
Энг чиройли бу ёниш,
Бу дардлар менга таниш.
Айланасан сояга,
То еткунча вояга,
Ўқ ўтмас бир қояга,
Бу дардлар менга таниш.
Тоғлар каби нурайсан,
Бир кун нураб қулайсан,
Шундаям бахт сўрайсан,
Бу дардлар менга таниш.
Яшайсан бахтни кутиб,
Дардингни ичга ютиб,
Ўзингни ҳам унутиб,
Бу дардлар менга таниш.
Ёмонлик кўрмай раво,
Бўғзингга етмай ҳаво,
Излайсан чора, даво,
Бу дардлар менга таниш.
Нурга ташна парвона,
Бўлиб ишқдан девона,
Жон куйдирган жанона,
Бу дардлар менга таниш.
Ҳолин кўриб куласан,
Бепарводек юрасан,
Билиб азоб берасан,
Бу дардлар сенга таниш.
Рашк ўтида қизғониш,
Тунлар дарддан тўлғониш,
Энг чиройли бу ёниш,
Бу дардлар сизга таниш.