uchinchisinf | Unsorted

Telegram-канал uchinchisinf - 3-Sinf Fayllar Bazasi

110255

Bu bazamizda 3-sinfga oid fayllarni topishingiz mumkin

Subscribe to a channel

3-Sinf Fayllar Bazasi

Ona tilim
Ming yildirki bulbul kalomi
O‘zgarmaydi yaxlit hamisha.
Ammo sho‘rlik to‘tining holi
O‘zgalarga taqlid hamisha.
Ona tilim, sen borsan, shaksiz,
Bulbul kuyin she’rga solaman.
Sen yo‘qolgan kuning shubhasiz,
Men ham to‘ti bo‘lib qolaman.
Abdulla Oripov

Читать полностью…

3-Sinf Fayllar Bazasi

O‘qituvchi: Aziz o‘quvchilar, til – millatning o‘zligi. Demak til bayrami yurt shodiyonasidir. Mana shu shodiyona barchamizga muborak bo‘lsin! O‘zligimiz, g‘ururimiz bo‘lgan ona tilimiz barhayot bo‘lsin!
Darsimizni O‘zbek tilidagi go‘zal qo‘shiq bilan tugatamiz.
Sevara Nazarxonning “Ulug‘imsan, Vatanim” qo‘shig‘i qo‘yib beriladi
Muhammad Yusuf she’ri
Sevara Nazarxon musiqasi

Читать полностью…

3-Sinf Fayllar Bazasi

Hafta hikmati bolalar bilan birga takrorlanadi:
Tilga hurmat – o‘zligimizga hurmat!
(Barcha o‘quvchilar hafta hikmatini baralla takrorlaydilar)

Читать полностью…

3-Sinf Fayllar Bazasi

Xulosa:
O‘zbek tilida har bir so‘zni go‘zal aytish mumkin, agar qalbda mehr bo‘lsa!

Читать полностью…

3-Sinf Fayllar Bazasi

(Rivoyat mazmuni yuzasidan tahlil o‘tkaziladi. O‘quvchilar fikri so‘raladi va umumlashtiriladi)
– Rivoyat nima haqida ekan?
– Rivoyatdan qanday xulosa chiqardingiz?
Xulosa: Har bir inson o‘z tilini ardoqlasa, u xalqini, tarixini, Vatanini asraydi.

Читать полностью…

3-Sinf Fayllar Bazasi

O‘zbek tili
O‘zbek tili so‘zga boy.
Sizga ayon hoynahoy.
Bu tilda so‘zlaganda,
Bulbullar qilar xanda.
Men shu tilda so‘zlayman.
Va shu tilda kuylayman.
Navoiyning g‘azali
Bu tilda xo‘p mazali.
Tilini sotganlarni,
Gunohga botganlarni
Bo‘lding, deya havoyi
Kechirmagay Navoiy.

Читать полностью…

3-Sinf Fayllar Bazasi

– “Men ona tilimni sevaman, chunki...”(Chunki, bu onajonim tilidir)
– “Men ona tilimni sevaman, chunki...”(Chunki, men shu tilda so‘zlashaman)
– “Men ona tilimni sevaman, chunki...”(Chunki, bu til bizning tilimiz)
– “Men ona tilimni sevaman, chunki...”(Chunki, bu til bobolarimizdan meros

Читать полностью…

3-Sinf Fayllar Bazasi

Ko‘rdingizmi aziz, o‘quvchilar, hozirgi kunda ba’zi tillarda keng foydalanib kelinayotgan bir qancha so‘zlarning kelib chiqish tarixi bizning ona tilimizga borib taqaladi. Bu bilan biz haqli ravishda faxrlansak arziydi. Ona tilimiz juda chiroyli, boy tarixga ega bo‘lgan til. Bu tilni sevmaslik, qadrlamaslik mumkinmi?! Ona tilimizni asrash unga bo‘lgan mehrdan boshlanadi.

Читать полностью…

3-Sinf Fayllar Bazasi

o’tli yuk – utyug
ütü – утюг

Читать полностью…

3-Sinf Fayllar Bazasi

O‘qituvchi:
Hozir biz vaqt mashinasiga o‘tiramiz va “qadimiy so‘zlar yurti”ga sayohat qilamiz! U yerda so‘zlar gapiradi, ularda tarix va sir yashaydi!
O‘qituvchi:
Ko‘zlarimizni yumamiz. Vaqt mashinasiga o‘tirganimizni tasavvur qilamiz. Bundan 500 yil ortga, Navoiy va Bobur bobolarimiz zamoniga boramiz.

Читать полностью…

3-Sinf Fayllar Bazasi

O‘qituvchi:
Xo‘sh, aziz o‘quvchilarim, Zilolaning fikrlari to‘g‘rimi?
(O‘quvchilar o‘z fikrlarini bildiradilar. O‘qituvchi javoblarni umumlashtiradi)
Albatta, chet tillarini o‘rganish judayam yaxshi. Lekin ona tili – bu bizning dilimiz, ruhimiz, millatimizning yuragi. Shunday ekan, Zilola o‘z tilini chuqurroq o‘rganishga harakat qilishi kerak. Chunki ona tilini bilish boshqa tillarni o‘rganishga ham asos bo‘ladi.

Читать полностью…

3-Sinf Fayllar Bazasi

O‘qituvchi:
Bolajonlar, agar ona tili, o‘qish, adabiyot kabi fanlarni yaxshi o‘qisangiz va kitob o‘qishni yaxshi ko‘rsangiz, kelajakda shu maktabda o‘qishingiz mumkin.
Endi esa sizlarga bir voqeani aytib beraman.

Читать полностью…

3-Sinf Fayllar Bazasi

👇👇👇 Tavsiya!!!
📚 Prezident maktablariga kirishni  va matematik bilimlarini oshirishni niyat qilganlar uchun katta yangilik! 🔥

Ko'pchilik o'quvchilarning natijaga erishishiga sababchi bo'lgan "Pifagor" kitoblarining 3 ta kitobi 2025-yilda yangi nashrdan chiqdi!

Pifagor kitoblarining asosiy afzalliklari:
Muallif tomonidan bepul

Videodarslar
✅ Kitobdagi savollarning yechimlarini maxsus telegram kanalda o'rganib borish
✅Online qo'llab quvvatlash
✅ Imtihonlarda tushishi mumkin bo'lgan savollarga o'xshash mantiqiy va o'ziga xos testlar
✅ Savollarning osondan qiyinga qarab tuzilgani

Kitoblardagi savollardan na'munalar

Kitoblar haqida fikrlar

Kitoblarni 30-oktyabrgacha 50% chegirma asosida sotib olishingiz mumkin.

🔥🔥🔥DASTLABKI YOZGAN 30 TA O'QUVCHI UCHUN 65% CHEGIRMA

E'lonni 3-4-sinf o'quvchilariga yuboring

Kitoblar haqida barcha to'liq ma'lumotlarni olish va buyurtma berish uchun:
➡️ @pifagor_books

Читать полностью…

3-Sinf Fayllar Bazasi

Matematika DAVOMI
1-chorak

29-dars

90-92-sahifa
Ko'p xonali sonni bir xonali songa ko'paytirish


Namangan viloyati
Chortoq tumani
45-maktab Anora Qozoqova

Читать полностью…

3-Sinf Fayllar Bazasi

Matematika
1-chorak

29-dars

90-92-sahifa
Ko'p xonali sonni bir xonali songa ko'paytirish


Namangan viloyati
Chortoq tumani
45-maktab Anora Qozoqova

Читать полностью…

3-Sinf Fayllar Bazasi

Uy ishi
Maqollar yozish, she’r yodlash.
Ona tilim — jon-u dilim.
Til – xalqning qadr-qimmati.
Tilga ixtiyorsiz — elga e’tiborsiz.
Har kim o‘z till bilan tirik.
Tilga hurmat – o‘zligimizga hurmat!
Til — aql bezagi.
Til bilgan, el biladi.

Читать полностью…

3-Sinf Fayllar Bazasi

Til — shuncha sharafi bilan nutqning qurolidir. Agar nutq noma'qul bo'lib chiqsa — tilning ofatidir.
Alisher Navoiy

Читать полностью…

3-Sinf Fayllar Bazasi

Yakuniy qism. Sen mening faxrimsan, ey ona tilim (10 daqiqa)
O‘qituvchi:
Aziz bolajonlar, bugun sizlar bilan jonajon ona tilimiz, o‘zbek tili haqida gaplashdik. Bugun tilimizning bayrami. Bu juda buyuk til, unda butun dunyoda 50 milliondan ortiq odam gaplashadi. Bu tilni saqlab qolish va rivojlantirish bizning vazifamiz.
Bolalar, sizlar tilimiz rivojlanishiga qanday hissa qo‘shishingizni tushundingizmi? O‘zbek tili gullab-yashnashi va yo‘q bo‘lib ketmasligi uchun nima qilishmiz kerak ekan?? Albatta, bu tilda gaplashishimiz, tilimizni chuqur o‘rganishimiz, unda chiroyli so‘zlarni aytishimiz, o‘zbek tilidagi asarlarni o‘qishimiz va she’rlarni yodlab aytib yurishimiz kerak. Biz gapirsak, biz unutmasak tilimiz yashayveradi.

Читать полностью…

3-Sinf Fayllar Bazasi

Interaktiv o‘yin: “Qaysi so‘z shirinroq?”
O‘qituvchi:
Bolajonlar, quloq solinglar. Men ikki xil so‘z aytaman, sizlar qaysi biri chiroyli va mehrli ekanini tanlanglar.
Masalan:
“Tur tez!”↔️ “Iltimos, tezroq tur!”
“Yo‘qol!”↔️ “Boshqa vaqtda kel, iltimos”.
“Ber!”↔️ “Iltimos, shundan bersang bo‘ladimi?”
Bolalar qaysi so‘z yaxshi ekanini aytishadi.
Xulosa:
O‘zbek tilida har bir so‘zni go‘zal aytish mumkin, agar qalbda mehr bo‘lsa!

Читать полностью…

3-Sinf Fayllar Bazasi

Rivoyat: Til qadri
(Rivoyat o‘qituvchi tomonidan hikoya qilib beriladi. 3-4 sinf o‘quvchilari o‘qituvchi yordamida rivoyatni sahnalashtirishga oldindan tayyorlanishlari mumkin. )
Qadim zamonda bir dono podshoh bo‘lgan ekan. U o‘z xalqining donishmandligiga ishongan va ko‘pincha ularning donoligi va zehnini sinab ko‘rish uchun turli savollar berardi. Kunlardan bir kun, podshoh o‘z a’yonlariga e’lon qildi: “Men uchta savol bilan butun xalqimga murojaat qilmoqchiman. Kimki eng dono javobni topsa, unga qimmatbaho sovg‘a beraman va uni o‘z maslahatchim qilib tayinlayman”.
Podshoh quyidagi savollarni berdi:
“Dunyodagi eng shirin narsa nima?”
“Dunyodagi eng achchiq narsa nima?”
“Dunyodagi eng qimmatli xazina nima?”
Kimdir “asal eng Shirin”, “zahar eng achchiq”, “oltin eng qimmatli” dedi. Boshqalar “muhabbat eng Shirin”, “xiyonat eng achchiq”, “sog‘lik eng qimmatli” deb javob berdilar.
Ammo podshohga hech bir javob ma’qul bo‘lmadi. Nihoyat, bir yosh yigit kelib, shunday javob berdi:
“Ulug‘ hukmdor, uchala savolingizga bitta javob bor – bu til. Til eng shirin narsadir, chunki u orqali biz sevgi, mehr va ezgu so‘zlarni aytamiz. Ammo til eng achchiq narsa ham bo‘lishi mumkin, chunki u orqali yomon so‘zlar, g‘iybat va yolg‘on ham aytiladi. Va nihoyat, til eng qimmatli xazinadir, chunki u bizning kim ekanligimizni, bizning bilimimizni, madaniyatimizni va tarixiy merosimizni saqlaydi va avlodlarga yetkazadi”, – debdi.
Podshoh bu javobdan g‘oyat mamnun bo‘ldi va dedi: “Sen haqsan, yigit. Til – bu inson qalbining ko‘zgusi. Uni qanday ishlatishimiz bizning kim ekanligimizni ko‘rsatadi. Tilingni asra – bu sening o‘zligingdir”.
Shunday qilib, yosh yigit podshohning eng ishongan maslahatchisi bo‘ldi va til qadri haqidagi bu hikmat butun mamlakatga tarqaldi.

Читать полностью…

3-Sinf Fayllar Bazasi

Ona tilim
Ming yildirki bulbul kalomi
O‘zgarmaydi yaxlit hamisha.
Ammo sho‘rlik to‘tining holi
O‘zgalarga taqlid hamisha.
Ona tilim, sen borsan, shaksiz,
Bulbul kuyin she’rga solaman.
Sen yo‘qolgan kuning shubhasiz,
Men ham to‘ti bo‘lib qolaman.
Abdulla Oripov

Читать полностью…

3-Sinf Fayllar Bazasi

Doskaga “Men ona tilimni sevaman, chunki...”jumlasi yozib qo‘yiladi. O‘quvchilar ushbu jumlani o‘z fikrlari bilan to‘ldirib aytadilar. Bunda har bir o‘quvchi o‘z fikrlarini erkin ifodalash imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Читать полностью…

3-Sinf Fayllar Bazasi

Bilasizmi, bolalar, “utyug”, “karandash”, “braslet”, “brat” so‘zlari aslida o‘zbekcha so‘zlardir. E’tibor bering, o‘quvchilar!
Turkiy tildagi “bir atadan”(bir otadan) birikmalaridan ruscha “brat” so‘zi yasalgan.
– Turkiy tildagi “bilezek”(bilarzik, bilaguzuk) so‘zidan ruscha “braslet” so‘zi yasalgan.
– Qadimgi turkiy tildagi “qora tosh” birikmasidan ruscha “karandash” so‘zi yasalgan.
– Qadimgi turkiy tildagi “o‘tli yuk” (olovli yuk) birikmasidan ruscha “utyuk” so‘zi yasalgan.

Читать полностью…

3-Sinf Fayllar Bazasi

kara taş – karandash

Читать полностью…

3-Sinf Fayllar Bazasi

O‘qituvchi:
Bolajonlar, sizlar har kuni o‘zbek tilida gapirasizlar, to‘g‘rimi? Lekin bilasizmi, bu til ming yillar oldin ham bor bo‘lgan!
Hatto bizning buyuk bobolarimiz – Alisher Navoiy, Bobur, Ahmad Yugnakiy, qutb Xorazmiy va boshqalar ham shu tilda yozgan! Kelinglar, shu haqida bir video ko‘ramiz.
Vizual kontent:
Oʻzbek tili tarixi boʻylab sayohat

Читать полностью…

3-Sinf Fayllar Bazasi

Muammoli vaziyat:
Zilola boshqa tillarni yaxshi o‘rganmoqda. Inglizcha qo‘shiqlar aytadi, rus tilida multfilmlar tomosha qiladi. Ammo maktabda ona tili darsiga unchalik qiziqmaydi. “O‘zbek tilini hammamiz bilamiz-ku, nega yana o‘rganishimiz kerak?”, - deydi u.

Читать полностью…

3-Sinf Fayllar Bazasi

O‘qituvchi:
Endi esa, bolajonlar, o‘zbek tili va adabiyotiga, san’atga va ijodga alohida mehr qo‘ygan, shu fanlarni yaxshi ko‘radigan bolalar o‘qiydigan “Abdulla Qodiriy” nomidagi ijod maktabi haqida videorolik ko‘ramiz.

Читать полностью…

3-Sinf Fayllar Bazasi

👇👇👇 Tavsiya!!!
📚 Prezident maktablariga kirishni  va matematik bilimlarini oshirishni niyat qilganlar uchun katta yangilik! 🔥

Ko'pchilik o'quvchilarning natijaga erishishiga sababchi bo'lgan "Pifagor" kitoblarining 3 ta kitobi 2025-yilda yangi nashrdan chiqdi!

Pifagor kitoblarining asosiy afzalliklari:
Muallif tomonidan bepul

Videodarslar
✅ Kitobdagi savollarning yechimlarini maxsus telegram kanalda o'rganib borish
✅Online qo'llab quvvatlash
✅ Imtihonlarda tushishi mumkin bo'lgan savollarga o'xshash mantiqiy va o'ziga xos testlar
✅ Savollarning osondan qiyinga qarab tuzilgani

Kitoblardagi savollardan na'munalar

Kitoblar haqida fikrlar

Kitoblarni 30-oktyabrgacha 50% chegirma asosida sotib olishingiz mumkin.

🔥🔥🔥DASTLABKI YOZGAN 30 TA O'QUVCHI UCHUN 65% CHEGIRMA

E'lonni 3-4-sinf o'quvchilariga yuboring

Kitoblar haqida barcha to'liq ma'lumotlarni olish va buyurtma berish uchun:
➡️ @pifagor_books

Читать полностью…

3-Sinf Fayllar Bazasi

Matematika
1-chorak

29-dars

90-92-sahifa
Ko'p xonali sonni bir xonali songa ko'paytirish


Namangan viloyati
Chortoq tumani
45-maktab Anora Qozoqova

Читать полностью…

3-Sinf Fayllar Bazasi

Oʻqish savodxonligi

16-mavzu

67-70-sahifa
Filipok

Namangan viloyati
Chortoq tumani
45-maktab Anora Qozoqova

Читать полностью…
Subscribe to a channel