#qulaylik
⚡️Talabalar uchun shartnoma to‘lovlarini my.gov.uz portali orqali onlayn to‘lash imkoniyati yaratildi
📌 Buning uchun Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali my.gov.uz ga kiriladi.
1. "To'lovlar" bo'limidan "OTM shartnoma to'lovi" tanlang.
2. JSHSHIR raqami hamda to'lov summasi kiriting va to‘lovni amalga oshiring.
Bunda shartnoma bo‘yicha qarzdorlikni ham ko‘rishingiz mumkin.
my.gov.uz orqali talabalar komissiyasiz (0 %) onlayn to‘lov qilishlari mumkin.
2024-yil uchun doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka hujjat qabul qilish muddati uzaytirildi!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli topshirig‘i bilan 2024-yil uchun doktorantura va mustaqil izlanuvchilikka hujjat qabul qilish muddatlari joriy yil 10-noyabrga qadar, kirish imtihonlarini tashkil etish 30-noyabrga qadar uzaytirildi.
Ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanuvchilarning xorijiy tillarni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikatlarni olish uchun Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan qo‘shimcha tarzda joriy yilning 21-22-oktabr kunlari imtihon o‘tkaziladi.
2024-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limning barcha shakllariga qabul hujjatlari joriy yil 10-noyabriga qadar (shu kun ham kiradi) qabul qilinadi. Kirish imtihonlari esa 30-noyabrga qadar uzaytirilganligini ma’lum qilamiz.
❗️Eslatma: Qabul hujjatlari oliy ta’lim muassasasi va ilmiy tashkilotlari mas’ullari tomonidan qabul qilinadi yoki rad etiladi. Hujjatlar belgilangan qabul muddatiga qadar tashkilotlar tomonidan qabul qilingan bo‘lishi lozim. Qabul muddati yakunlanganidan so‘ng hujjatlarni tahrirlash imkoni mavjud emas.
Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
🎙Talabalarni ovoz yozish audiostudiyasiga taklif qilamiz!
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida ovoz yozish audiostudiyasi faoliyati yo‘lga qo‘yilgan.
🎓 Respublikamizdagi barcha oliygoh talabalari hamda professional ta’lim muassasalari va akademik litsey o‘quvchilari ushbu ovoz yozish studiyasiga tashrif buyurib, she’r, qo‘shiq, hikoya va shu kabi ijodiy ishlarini sifatli formatda yozish imkoniga ega bo‘ladi. Audiostudiyadan foydalanish mutlaqo bepul!
➡️ Manzil joylashuvi
📍Manzil: Toshkent shahri, Talabalar shaharchasi, Talabalar media-ijtimoiy va madaniyat markazi (Mo‘ljal: Ziyo Forum binosi)
👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
Bular qisqacha qaydlar edi, gaplashganlarimiz juda ko’p va bir marta choy ustida shuncha narsa tushuntira olganimdan juda mamnunman.
O’zbek aka-uka, opa-singillarim, biz yurtimizdan tashqari chiqar ekanmiz, insonlar “O’zbek” deganda bizni eslab qoladilar. Biz bitta inson bo’lsak-da “O’zbek bunday, O’zbek shunaqa bo’ladi” deb har bir harakatlarimizdan xulosalar chiqarishadi. Shuning uchun bu katta mas’uliyatni his qilaylik. Buni aytishimga sabab, Gabriellaning Italiyada bir o’zbek tanishi bor va u o’zbekcha hech gapirolmas ekan. Rusiyzabonlardanmish. Juda hayron va xafa bo’lib aytyapti: qanday qilib O’zbekistondan, o’zbek bo’lib turib o’zbekcha bilmaslik mumkin?! Menga juda g’alati tuyuladi, qabul qilolmayman…
Achinarliii… “It’s Tragedy” deb buning sababini va hozir bunday holat kamayayotganini tushuntirib qo’ydim.
Naqadar boy madaniyatimiz, san’atimiz, adabiyotimiz, tilimiz bor. “O’zbek” nomiga munosib bo’lish hammamizga nasib qilsin.
Hammasi uchun Sizga ko'p rahmat. Salomat bo’ling. Nasib qilsa, yaxshi natijalar bilan 1 semestrdan keyin qaytamiz".
#Rektorga_maktublar
Ma'lumki, Turkiy tilli davlatlarning oliy ta'lim muassasalari talabalari uchun ORHUN ta'lim dasturi joriy qilingan. Ushbu dastur doirasida Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti talabasi Sevinch Qayumova hamda O'zbek filologiyasi fakulteti talabasi Munisa Rafiqjonova ayni damda Turkiyaning Egey universitetida tahsil olishmoqda. Munisa Rafiqjonova universitetimiz rektoriga ta'lim jarayoni va safar taassurotlari haqida yozgan maktubini e'tiboringizga havola qilamiz:
"Assalomu alaykum, ustoz. Yaxshimisiz?
Turkiya, Izmir Ege universitetiga o’qishga kelgan talabangizman. Yaxshi yetib keldim. Yotoqxonalar, ovqatlanish hammasi juda yaxshi, Xudoga shukur.
Ilm olishga intiluvchan talabalar diqqatiga! 🤩
Universitet ta'lim sifatini nazorat qilish bo'limi talabalar bilan VOLONTYORLIK asosida hamkorlik faoliyatini eʼlon qiladi!
3 xil yo'nalishda shogirdlar va volontyorlar qidirilmoqda
- Excel va hisob - kitobni yaxshi bilish,
- Grafik dizaynda ishlay olish,
- Ijtimoiy tarmoqlarda ishlay olish, kopirayterlik qobiliyati
Talablar: 📌
• Berilgan vazifalarni sifatli va o'z vaqtida bajara olish,
• Erkin fikrlash va muammoga yechim bera olish,
• Mas'uliyat bilan yondashish
Siz nimalarga ega bo'lasiz? 😎
- Jamoa bo'lib ishlash va tajriba orttirish 👨🏻💻
- Sifatli ta‘limga qaratilgan loyihalar yaratishda ishtirok etish 📈
- Ijtimoiy tarmoqlarda ishlay olish amaliyotini o'tash 📲
- Eng iqtidorli talabalarga keyingi ish faoliyatlari uchun tavsifnoma 📝
Murojaat uchun: 👇👇👇
@YuldashevY
Maqsadimiz iqtidorli talabalarni bir jamoaga birlashtirib, ularga bu sohalarda rivojlanishlari uchun yordam berish va ularning erkin fikr almashib, ilm olishlariga sharoit yaratib berish.
📣 Bugun 11-oktyabr – Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetida "Zakovat oʻyini" boʻlib oʻtadi.
🏆11-oktyabr — chorshanba kuni "Zakovatga qiziqadigan yoshlar" tomonidan "Zakovat" oʻyini oʻtkaziladi.
Oʻyinda g‘olib bo‘lgan jamoaga tashkilotchilar tomonidan sovgʻalar beriladi
📆 11-oktyabr kuni soat 10:30da bo‘lib o‘tadi.
📍"Zakovat " o‘yinlari A blok WiFi zonada o‘tkaziladi.
P/s: Qatnashmoqchi bo'lgan jamoalar eng kamida 3 ta, ko'pi bilan 5 kishidan iborat jamoa shakllantirib belgilangan vaqtda belgilangan joyda bo'lishlari so‘raladi.
Olg'a qizlar🔥
#stipendiya_Uzcard
Quyidagi ro'yxatda ism familiyasi keltirilgan talabalar stipendiyasi Uzcard kartalariga tushirilgan.
🔥🔥🔥
#stipendiya_naqd
Quyidagi ro'yxatda ism familiyasi keltirilgan talabalar stipendiyasini 10-oktyabr (bugun) soat 10:00 dan boshlab 119-xonadan naqd pul ko'rinishida olishi mumkin.
P.S. Ushbu ro'yxatda I kurslar ham mavjud.
⚡️“El-yurt umidi” jamg‘armasi 2023-yil uchun 2-stipendiya tanlovini e’lon qildi
Tanlov 345 o‘ringa mo‘ljallangan bo‘lib, quyidagi bosqichlarda ta’lim olishlari mumkin.
👉 bakalavriat ta’lim dasturi uchun 22 nafar o‘rin;
👉 magistratura ta’lim dasturi uchun 193 nafar o‘rin;
👉 doktorantura ta’lim dasturi uchun 130 nafar o‘rin.
📩Stipendiya tanloviga nomzodlar hujjatlarini qabul qilish joriy yilning 10-oktyabridan 10-noyabriga qadar onlayn rejimda va elektron tarzda qabul qilinadi.
📥 Nomzodlar uchun barcha zarur maʼlumotlar Jamgʻarmaning onlayn hujjat topshirish platformasida batafsil yoritib berilgan: http://admission.eyuf.uz.
☎️Qo'shimcha ma`lumot uchun:
71 203 14 41 71 203 00 47
71 203 00 48 71 203 00 53
⚡️⚡️⚡️
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining XIX yozgi Osiyo oʻyinlarida ishtirok etgan O'zbekiston delegatsiyasiga tabrigi
Ingliz tilidan yaxshi repetitor qidiryapsizmi? Unda bu kanal aynan Siz uchun👇👇👇
/channel/IELTS_Assisstant
Special Report on the Opening Ceremony of the "Uzbek Language and Culture" Center at the Osh State University in the Kyrgyz Republic
Source: oshsu.kg
Stay tuned to our channels for more information👇
🇺🇿Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi ta’lim muassasalari pedagog xodimlari va talabalari o‘rtasida “Islohotlar bilimdoni” Respublika ko‘rik-tanlovini e’lon qiladi!
🗣Tanlov quyidagi nominatsiyalarda o‘tkaziladi:
🔵1) Eng faol milliy g‘oya va ma’naviyat targ‘ibotchisi;
🔵2) Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha eng yaxshi kafedra;
🔵3) Eng yaxshi tyutori;
🔵4) Eng faol xotin-qizlar maslahat kengashi raisi;
🔵5) Eng faol islohotlar targ‘ibotchisi.
Tanlov g‘oliblari diplom va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi:
🥇BHMning 45 barobari miqdorida pul mukofoti;
🥈BHMning 40 barobari miqdorida pul mukofoti;
🥉BHMning 35 barobari miqdorida pul mukofoti;
Tanlovda ishtirok etish istagidagilar 15-oktabrga qadar OTMlardagi Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limiga ariza bilan murojaat qilishlari mumkin.
👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube
🔥🔥🔥
Hurmatli talabalar! Plastik kartochka uchun ariza yozganlar 17-oktyabr kuni soat 10:00 dan boshlab 119-xonadan kelib olib ketishi mumkin.
P.S. Plastik kartochkani olish uchun shaxsni tasdiqlovchi hujjatning asli bilan kelishingiz soʻraladi!
📣 Assalomu alaykum universitetimizning qadrli zakovat ixlosmandlari. Universitetimiz jamoalari o'rtasidagi 2-o'yinga tayyormisiz.
📅 18-oktabr chorshanba kuni soat 13:00 da sizlarni kutamiz.
📍Manzil: Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti, A blok 1-qavat WiFi zonasi.
🖋 Ishtirok etuvchi jamoalar @behruz_6402 ga jamoa nomi va ishtirokchilarini yozib yuborishi kerak. Jamoada kamida 3 ta ko'pi bilan 4 ta o'yinchi bo'lishi talab etiladi.
📚 G'olib jamoa diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.
📁 Savollar mavzusi: aralash.
📋 Boshlovchi: Ergashev Behruz.
Bugun Italiyalik dugonalar bilan yaqindan tanishdik. Sarguzashtlarga boy Pergamon shahridan qaytgach kechqurun stol atrofida to’plandik va men o’zim bilan hovlimizdan olib kelgan mayiz, quritilgan o’rik, bodom, yong’oqlardan olib chiqdim. Ular O’zbek madaniyati, O’zbek taomlari, shaharlarimiz, qancha pul sarflash, ayniqsa milliy raqslarimiz haqida jon quloqlari bilan eshitishdi. O’zbeklarda qanday choy uzatish, salomlashish bilan tanishtiruvni boshladim. Undan keyin perevaldan olgan patirlarim haqida tushuntirdim. Mehmonga borganda non olishimiz, bu aziz narsa hisoblanishini aytdim va birozdan yangi bo’lmasa-da patirimizdan tatib ko’rdilar. Gapimni boshlashdan oldin bu men keltirgan narsalar O’zbekistonimizdagi eng zo’r, mukammal, qimmat turlaridan emasligini, shunchaki o’z hovlimizda 100% tabiiy usulda tayyorlanganini aytdim (bu narsalarni yapon dugonam Airi yeganda judayam tabiiy ta’m sezayotganini aytib, Quyoshda quritilganidan hayratda qolgandi). Ularga eng yoqqani bodom va mayiz bo’libdi, juda hayrat bilan birinchi yeyishdayoq “Ooo, BELISSIMO” deyishdi. Subhoniy quritilgan o’riklarni ham oxirigacha yeb qo’yishdi:)
Ba’zi zamonaviy qo’shiqlarimizdan eshittirdim, keyin milliy raqslardan Andijon polka va Botir Qodirovning “Do’ppi” qo’shig’ini (Qo’shiq ma’nosini ham so’rashdi “Poyimda qolar Everest cho’qqisi, Boshimda tursa O’zbegim do’ppisi. Tog’lardan mag’rurman, tog’lardan baland, Men o’zbekman, Boshda O’zbek do’ppisi” tushuntirib berishga harakat qildim. Raqs ham maftun etdi ularni) klipi bilan qo’yib berganimda og’zilari ochilib eshitishdi, o’ynab yuborguday bo’lib. Lazgi, Tanovar va Sherali Jo’rayevdan parcha tinglash ham qolib ketmadi. Taassurotlari juda a’lo bo’ldi. Hatto shu ko’rganlarimizni WhatsApp dan yuborib qo’yishimni iltimos qilishdi.
Metroyimizni ko’rsatdim internetdan. Bu yerda muzeyda yurganday his qilasiz, har bir bekat maxsus dekoratsiya qilingan deb ayrim rasmlarni ko’rsatdim. Haqiqatda Toshkentda turistlar har bir metro bekatida to’xtab, tomosha qilib yurishganiga guvoh bo’lgandim. Suhbatimizning har lahzasi hayratlardan iborat edi. O’zbek madaniyati, san’ati, O’zbekiston haqida biroz bo’lsa-da chet elliklarda yaxshi taassurotlar qoldirganimdan juda xursandman.
Raqs, qo’shiqlarimizni ular bilan ko’rib o’tirib O’zbekligimdan rosa faxrlandim! Milliyligimizni ko’rsatib berishga shuncha manba borligi, qanday boy madaniyatimiz borligini o’ylab juda ich-ichimdan xursand bo’ldim. Alhamdulillah!
Xayrlashib, xonalarimizga kirib ketganda ham Whatsapp dan xabarlar tinmay kelardi “Ko’p-ko’p rahmatlar, madaniyatingiz bilan, siz bilan tanishganimizga xursandmiz. Judayam mehmondo’st va mehribonsiz…” Alessia, Valentina, Gabriellalardan O’zbekistonga salomlar👐
Yana O’zbek to’ylariga qiziqishdi biroz tushuntirganimdan keyin judayam borib ko’rishni xohlardim deyishdi) Taklif qilarmiz birorta to’yga. Yana bir xursand bo’lganim Alessia aytyapti: “Mening bir o’rtog’im o’tgan yili shu Turkiyadagi universitetda Erasmus talabasi sifatida o’qigan. Hech qaysi o’rtoqlari bilan aloqada emas hozir, lekin O’zbek do’stlari bilan doim gaplashib turadi. Har doim juda yaxshi insonlar ekanlarini aytadi. Sen ham juda yaxshi, mehmondo’st insonsan, katta rahmat”🥰🥰🥰
#qiziq
Nobel posterlarini kim tayyorlaydi?
Men har yili Nobel mukofoti sohibiga aylangan olimlar-u ijodkorlarning suratlarini shunchaki grafik dizaynda tayyorlashsa kerak, deb oʻylardim.
Chuchvarani xom sanabman: postlerlarda ishlatiladigan oʻziga xos portretlar qoʻl mehnati boʻlib, ularni Niklas Elmehed degan rassom chizar ekan.
Yuqoridagi suratlarda gʻoliblarning portretlarini ishlayotgan Niklas Elmehedni koʻrishingiz mumkin.
@usmonosphere
#ilmiy_faoliyat
❗️Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti Ilmiy tadqiqotlar va ilmiy-pedagog kadrlar bo‘limi, Yosh filolog olimlar jamiyati tomonidan 2023-yil 30-noyabrda “Filologiya masalalari – yosh tadqiqotchilar nigohida” mavzusida ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazish rejalashtirilmoqda.
Axborot xati bilan tanishing!
Bizni tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram/ Twitter
#TAQDIMOT
Barcha kitobsevarlarni O'zbekiston Qahramoni, yozuvchi va tarjimon Ibrohim G'afurovning yangi tarjimasi Fyodor Dostoyevskiy qalamiga mansub "Ayrilmas er" asari taqdimotiga taklif qilib qolamiz! 😊
📙 «Ayrilmas er»
📆 12-oktyabr, 10:30 da
📍 Chilonzor 8, Qatortol 60.
Geolokatsiya
❗️❗️❗️ E'lon ❗️❗️❗️
"New Beginner"
yangi guruh ochish rejalashtirilyapti
Dushanba Chorshanba va Juma kunlari soat 18:10-21:00 oraligida darslar bolib o'tadi.
Ustoz: Sattarova Nodira shaxsiy IELTS natija 7
Malaka: 3-yil dars berishim
Manzil: Universitet hududi, turniketdan kirishda, o'ng tomon, 204-xona
Ro'yhatdan o'tishga shoshiling!
Qiziqganlar @Serious_entrepreneur ga murojaat qiling
O'rtoqlaringizga jo'natishni unutmang!
#stipendiya_Humo
Quyidagi ro'yxatda ism familiyasi keltirilgan talabalar stipendiyasi Humo kartalariga tushirilgan.
https://oyina.uz/uz/article/2098
Kecha adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti sovrindori nomi eʼlon qilinganidan keyin sizda ham “Kim boʻldi bu Yun Fosse?” degan savol tugʻilganmidi?
Bugun aksariyat kitobxonlarning savollariga javob berish maqsadida norvegiyalik yozuvchi va dramaturg hayoti va ijodi haqida universitetimiz magistri Shohrux Usmonov maqola yozibdi va ushbu maqolani oyina.uz e'lon qilibdi. Marhamat!
#erasmus #xalqaro_hamkorlik #yevropada_talim
🇪🇺 2023-yilning 9-oktabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida
Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi delegatsiyasi va Erasmus+ milliy ofisi tomonidan tashkil etilgan 2-ta'lim ko‘rgazmasi bo'lib o'tdi.
Batafsil:
👉Oʻzbekcha
👉На русском
👉In English
Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTubeў
🔥🔥🔥
Xorijda oʻqish istagi bor aziz talabalar!
Sizlarni ertaga 9-oktyabr kuni soat 9:00 da universitetimizning 212-ma'ruzalar zalida faoliyatini boshlaydigan "Yevropa ta'lim ko'rgazmasi"ning ochilish marosimi va Yevropaning ilg'or universitetlari tomonidan qilinadigan taqdimotlarga taklif etamiz.
Ta'lim koʻrgazmasining ochilish marosimida Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirining 1-o'rinbosari Komiljon Karimov hamda Yevropa Ittifoqi elchisi Sharlotta Adrean ishtirok etadi. Barcha qiziquvchilarni koʻrgazmaga taklif qilamiz. Xorijda magistratura yoki doktorantura oʻqish istagi borlar uchun ayni muddao.
P.S. Yuqoridagi taqdimot orqali qaysi universitetlar bilan tanishish, ta'lim dasturlari haqida boxabar bo'lish haqida ma'lumot olishingiz mumkin.
Universitetimiz professori, Oʻzbek adabiyoti tarixi kafedrasi mudiri Nurboy Jabborov ustozimizning "Til, adabiyot, ma'naviyat" mavzusidagi suhbatini e'tiboringizga havola etamiz!
https://youtu.be/DwhSDiZ1QBQ?si=c5WgqUxih-D5m1qZ
💥Ajoyib sovgʻalarga boy EVENT!
Ingliz tilini QIZIQARLI usulda oʻrganmoqchilar uchun Productive School oʻquv markazimizda BEPUL EVENT tashkil qilyapmiz!
🎉FUN WEEKEND
General English darajasidagi oʼquvchilar uchun ajoyib darslar!
✔️ Qiziqarli oʻyinlar
✔️ Yutuqli musobaqa
✔️ Foydali darslar
✔️ interaktiv mashgʻulotlar
✔️ Eksklyuziv sovgʻa - Ingliz tilidagi mashhur kitoblar
Oʻrinlar soni - faqatgina 140ta!
✨Event soʻnggida yangilangan General English kursimiz taqdimotini ham qilamiz!
🔥Oʻz oʻrningizni band qilish uchun shoshiling! Murojaat: @ProSchool_Info
📖Telegram | 📷 Instagram
Oʻqituvchiga ham, oʻquvchiga ham birday muhim: esse qanday yoziladi?
Soʻnggi paytlarda esse atamasi faol isteʼmolga kirdi. Endi uni yozuvchi yoki publitsistlar emas, oʻqituvchilar va oʻquvchilar ham tez-tez qoʻllay boshladi. Bu Gʻarb taʼlimiga xos boʻlgan esse yozish anʼanasining kirib kelgani va ommalashgani bilan bogʻliq. Rivojlangan mamlakatlar oliy oʻquv yurtlarida oʻqishga kirish uchun yoki IELTS kabi til bilish salohiyatini baholovchi imtihonlarda esse yozish topshiriqlari beriladi.
Bu shakldagi sinov mashqlari Oʻzbekistonda ham ommalashyapti. Masalan, milliy sertifikat olish istagida boʻlgan oʻqituvchilardan esse yozish soʻralyapti.
“Daryo” nashrida ushbu yozma ish turining xususiyatlari, uni yozishda nimalarga eʼtibor berish zarurligi haqida soʻz yuritdim.
Bu mavzuda yozishimni kanal oʻquvchilari ham koʻp soʻragan edi. Marhamat, oʻqing, uqing. Foydasi tegsa, xursand boʻlaman.
Mavzuga qiziqadigan, essega ishi tushadigan tanishlaringizga ham shu xabarni yuborib qoʻying.
👉 http://dy.uz/HEdac
@oriftolib