universitet_yoshlari | Unsorted

Telegram-канал universitet_yoshlari - 𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

2420

@Navoiy_uni_uz 🏛️ @prTSUULL 📎 @yosholimlarjamiyati⚡ @NavoiyNigoh 📷 @tasvirvatajalli 🎨 @Kitobxonlar_klubi_TSUULL 📚 @Audio_kitob_javoni 🎙️ @audiokitoblaruz 🎙️

Subscribe to a channel

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

TAYINLOV

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Yoshlar ittifoqi yetakchisi Olimjanov Orifjon Odiljon oʻgʻli boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan universitet yoshlar yetakchisi lavozimiga Murodullayev Ubaydullo Abdullajon o'g'li tayinlandi.

Yoshlar yetakchisining faoliyatiga omad va zafarlar tilab qolamiz.

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#Breaking_news🔊🔊🔊🔊

Ingliz tili grammatikasini tekinga, qiziqarli va tushunarli usulda o'rganishni yoki til markazlarida olayotgan bilimlaringizni har kuni takrorlashni xohlaysizmi???

Haa, albatta!

P.S: kanal ingliz tilidan deyarli ikki yillik tajribaga, IELTSdan 6,5 sertifikatga ega ustoz tomonidan yuritiladi.

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#anorbooks_1_yoshda
#taqdimot

📅 27-oktabr kuni qayerda boʻlasiz?
Oʻqish, ish, uy...

📌 Yoʻq, siz ayni shu kuni Yoshlar ishlari agentligida boʻlishingiz kerak.

🎉 Chunki 27-oktyabr soat 15:00 da Yoshlar ishlari agentligining press-klubida “Anorbooks” nashriyoti oʻzining 1 yoshini nishonlamoqda.

🗒 Tadbir davomida “Uygʻonish” toʻplami hamda koʻpchilik sheʼrxonlar orziqib kutgan Shavkat Rahmonning “Zulfiqor ruh” kitobi taqdimoti boʻlib oʻtadi. Shuningdek, turli xil viktorinalar o‘tkaziladi va juda ajoyib sovg‘alar taqdim etiladi.

⭐️ “Anorbooks” nashriyoti bir yil davomida kitobxonlarini saviyali kitoblar bilan siyladi. Taqdimot kuni esa yuqori kayfiyat va esdan chiqmas daqiqalarni hadya qilmoqchi.

Shunday ekan, bu kuni har bir kitobxon davramizda boʻlishini istardik.

Manzil joylashuvi:
https://maps.app.goo.gl/ZxdoUCBZW5QY17nN7

Sahifalarimiz:👇
Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

🔥🔥🔥

Hurmatli talabalar! 25-oktyabr soat 10:00 dan boshlab 119-xonadan plastik kartochkalarni olishingiz mumkin.

P.S. Plastik kartochkalarni olishda shaxsni tasdiqlovchi hujjatning aslini olib kelish lozim.

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

Shimoliy Amerika bo‘ylab logistika xizmatlarini ko‘rsatuvchi Phoenix Cargo kompaniyasi o‘zbekistonlik yoshlarni ishga taklif etadi 🚛

Hozirda korxona xodimlari soni 200 nafarga yaqin bo‘lib, 2025-yilgacha kompaniya bu ko’rsatkichni 500 nafarga yetkazishni reja qilgan.

⚡️ Phoenix Cargo ingliz tilida mukammal so’zlashadigan talabalar va bitiruvchilarni ishga qabul qilishga tayyor. Kompaniya yoshlarga zarur ish ko‘nikmalarini egallashga ko‘maklashadi va o‘sishlari uchun imkoniyatlar yaratadi.

• Talabalar uchun boshlang‘ich ish haqi – 4 mln so‘m;
• Maosh 3 oydan 5 oygacha bo‘lgan muddat davomida har oy 600 ming so‘m miqdorida oshib boradi;
• OTMni bitirgan nomzodlar uchun oylik 6 mln so‘mdan boshlanadi;
• Barcha nomzodlar 4 oy ichida dispetcherlik lavozimiga ko‘tarilishlari ko‘zda tutilgan. Ular oyiga o‘rtacha 30 mln so‘mdan ko‘proq maosh oladi.

🏢Ish joyi Toshkentda.

🔹 Batafsil ma’lumot uchun.

📤 Ushbu havola orqali formani to‘ldiring va kompaniya siz bilan aloqaga chiqadi.

Reklama

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

💥 "El-yurt umidi" jamg'armasidan vebinar!

📍“El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan xorijda magistratura yoki doktoranturada o‘qish istagida boʻlganlar uchun Zoom platformasi orqali uchrashuv boʻlib oʻtadi.

📅 25-oktyabr kuni (chorshanba) 212-ma'ruzalar zalida vebinarda qatnashish istagini bildirganlarni kutib qolamiz!
🔉Tillar: o'zbek, ingliz
⏰ Toshkent vaqti bilan 15:00
🙋‍♀️ Ma’ruzachilar: “El-yurt umidi” jamg‘armasi jamoasi
💡Tashkilotchilar: “El-yurt umidi” jamg'armasi va universitet

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

Universitetimizning Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti talabasi Kamola Abdug'aniyeva Turkiyada boʻlib o'tayotgan Wikimediachilarning xalqaro anjumanida ishtirok etmoqda.

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

Ўзбек тилини дунёга машҳур қиламиз!

Маълумки, Алишер Навоий номидаги ўзбек тили ва адабиёти университети ўзбек тили ва ўзбек адабиётининг нуфузини янада ошириш, миллий тилимизни кенг тарғиб этиш, уни ўргатиш бўйича махсус методикалар ишлаб чиқиш сингари муҳим вазифаларни зиммасига олган.

Батафсил: https://uza.uz/posts/530949

📱Мобил илова 👉 iOS | Android

Тelegram  | Facebook | Instagram | You Tubе

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#ona_tilim_faxrim

Президент Шавкат Мирзиеёвнинг Ўзбекистон халқига байрам табриги

———

Праздничное поздравление Президента Шавката Мирзиёева народу Узбекистана

Bizni kuzating
👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#tabriklar #oʻzbek_tili

🇹🇷 Turkiyaning Maramara universiteti professori Sebahat Denizning Oʻzbek tili kuni munosabati bilan bayram tabrigi.

Bizni tarmoqlarda kuzating👇

Telegram / Facebook / Instagram/ Twitter

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#oavda_biz


📌 O'zbekiston Milliy axborot agentliging rasmiy saytida universitetimiz rektori, filologiya fanlari doktori, professor Shuhrat Sirojiddinov bilan bo'lgan "Til oldidagi shaxsiy mas'uliyatni his qilmasak, barcha harakatlarimiz samarasiz" sarlavhali intervyu e'lon qilindi. Nihoyatda dolzarb masalalar haqida so'z yuritilgan ushbu intervyuni, albatta, o'qib ko'ring.

🔗 Yo'naltma


Bizni tarmoqlarda kuzating👇

Telegram / Facebook / Instagram/ Twitter

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetining O‘zbekiston: til va madaniyat – Uzbekistan: language and culture ilmiy jurnalining 2023-yil 1-,2-sonlari nashr etildi.
2023-yil 3-, 4-sonlari uchun maqolalar qabul qilish davom etmoqda.
Jurnal OAK ro‘yxatiga kiritilgan.
Academic Resource Index (ResearchBib), Crossref, Advance science index, SJImpact Factor-4.4 nufuzli xalqaro ilmiy jurnallar bazasiga kiritilgan.

Mas’ullar:
🔴Tojiboyeva Ozoda – +99894 697 97 04
🔴Mullaxo‘jayeva Karomat – +998 93 382 20 05
🔴Mavlyanov Sanjar – +99897 756 54 52

Maqolaga qo‘yilgan talablar haqida quyidagi havola orqali bilishingiz mumkin:
https://uzlc.navoiy-uni.uz/index.php/uzlangcult/issue/view/23 Telegram kanalimizga a'zo bo'ling: /channel/tilvamadaniyat

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

🇺🇿🇬🇧VEBINAR: "CHEVENING GRANTLAR DASTURI - O’ZBEK TILIDA”

⚡️Bugun soat 13:00 da quyidagi Zoom havolasi orqali o‘zbek tilidagi sessiyaga qo’shiling:

https://us02web.zoom.us/j/87288794299?pwd=MGsvSi9hUWtRRU9vTmxnS3orNGYrZz09

Meeting ID: 872 8879 4299
Passcode: 844522


Eyuf.uz | Telegram | Facebook | Instagram | YouTube

www.eyuf.uz

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

🔥🔥🔥

Hurmatli talabalar! Ijara shartnomasi uchun tushirilgan naqd pullar 19-oktyabr soat 10:00 dan boshlab tarqatiladi.

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

⚡️ IELTS o‘qish uchun yoshlarga 1000 ta Grant ajratildi. Grantning umumiy miqdori 2.8 milliard so'm!

— Respublika miqyosida Registon ta’lim loyihasi yoshlarga "Registon IELTS Granti" tanlovini e’lon qiladi. Ushbu Grant orqali Respublika bo‘ylab 1000 nafar yoshlarni mutlaqo bepul o‘qitish rejalashtirilgan.

✅ Ushbu loyihada Respublikamizda tahsil olayotgan barcha yoshlar ishtirok etishi mumkin.

🏆 Grant g'oliblari “Registon IELTS Granti" g‘oliblik guvohnomasi, maxsus Grant, shuningdek, esdalik sovg‘alar va maxsus mukofotlarga ega bo‘lishadi.

👉 Batafsil ma'lumot

📑 Shuningdek, tanlovda ishtirok etgan nomzodlarning barchasiga maxsus QR-kodli sertifikatlar onlayn topshiriladi.

👨🏻‍💻 Ro'yxatdan o'tish:
👉 @Registan_grant_bot
👉 @Registan_grant_bot

@Registan_Yakkasaray

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

Hurmatli talabalar! 28-oktyabr soat 10:00 dan boshlab universitet kassasidan roʻyxatdagi talabalar stipendiyasini olishi mumkin!

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

Yakkasaroyda Shou-konsert

✅ Hurmatli Yakkasaroyliklar va poytaxtimiz mehmonlari.

✅  Yakkasaroy tuman hokimligi,
Yakkasaroy tuman Madaniyat bo'limi tomonidan estradamizning yorqin yulduzlari ishtirokida shou-konsert bo‘lib o‘tadi.

Shou-konsert mehmonlari:
⭐️Afruza,
⭐️Jasur Mavlonov,
⭐️Yodgor Mirzajonov,
⭐️Masrur Usmonov,
⭐️Aziz Rametov,
⭐️Malika Hakimova,
⭐️Xojiakbar Ruzmetov
⭐️Kryistal ansambli,
⭐️Dj Jasic va boshqalar. 

😃 Barchangizni kutib qolamiz. Ishonavering vaqtingizga achinmaysiz!

27-oktabr soat 18:00 da  konsert dasturi boshlanadi.

📍 Manzil:  Yakkasaroydagi “Pushkin”hiyoboni

***

Шоу-концерт в Яккасарае

♦ Уважаемые яккасарайцы и гости нашей столицы.

✅ Хокимият Яккасарайского района совместно с
районным отделом культуры организует шоу-концерт с участием ярких звезд эстрады.

Гости шоу:
⭐ ️Афруза,
⭐ ️Жасур Мавлонов,
⭐ ️Ёдгор Мирзаджонов,
⭐ ️Масрур Усманов,
⭐ ️Азиз Раметов,
⭐️ Хожиакбар Рузиметов
⭐ ️Малика Хакимова,
⭐ Ансамбль Krystal,
⭐ ️DJ Jasic и другие. 

😃 Мы ждем вас всех. Поверьте, ваше время пролетит не зря!

Концертная программа начнётся 27 октября в 18:00

♦ Адрес: парк Пушкина в Яккасарае.

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#til

Tilim-tilim tilingan tilim. Koshg‘ariydan qolgan til sadolari

... “qo‘mita”ni – “ko‘mita”, “bog‘cha”ni – “bogcha” (yoki undan ham yomoni – “sadik”), “xo‘ja”ni – “xodja”, “haj”ni – “xadj” deydiganlar shundoq ham ko‘payib bormoqda. Agar singarmonizmni inkor qilib yuraversak, ziyolilarimiz orasida “qi”lab, “g‘i”lab, “ji”lab, “ng”lab gapiradigan; “ni” bilan “ning”ning farqiga boradigan odamning o‘zi qolmaydi.

Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/2147

Rasmiy sahifalarimiz👇

Web-site | Telegram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

E'lon

Hurmatli talabalar! Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va nomdor stipendiyalar uchun hujjat topshirish istagida boʻlganlar 25-oktyabr kuni soat 15:00 da 208-ma'ruzalar zalida (Oʻzbek filologiyasi fakulteti binosi) Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi sovrindori Samandar Yusupov tomonidan tashkil etiladigan bepul seminarda qatnashishi mumkin.

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

📢E’lon

Universitetimizda 5 muhim tashabbus doirasida “Mohir qoʻllar” toʻgaragi oʻz faoliyatini boshladi.
Toʻgarak haftaning har chorshanba kuni soat 10da boʻlib oʻtadi.
Tashkil etilgan bu toʻgarakda toj, diadema va boshqa turdagi soch aksessuarlari yasashni oʻrganishingiz mumkin.

Savol va murojaatlar uchun: @seliham_art

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#tabriklar #oʻzbek_tili

Bayram tabriklari kelishda davom etmoqda. Pokistonning Panjob universiteti, "Bobur merosi" markazi rahbari Ruxshona Iftixor xonimdan Oʻzbek tili kuni munosabati bilan bayram tabrigi.

Bizni tarmoqlarda kuzating👇

Telegram / Facebook / Instagram/ Twitter

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

❓Hali ham ikkilanyapsizmi?
Ingliz tilini o'rganishni qayerda va qachon boshlashni bilmayapsizmi?

✅Bizda sizga yechim bor !

Biz beginner hamda elementary guruhlarga start berdik.


Darsimizda siz 0 darajadan boshlab turib:
Grammatika
Listening
Reading
Writing
Speaking skillarni o'rganishingiz mumkin.

🔖Darslarimiz haftada 3 kun


Ustoz:
Go'zal Umrzoqova(IELTS 6.0 holder)
Cefr B2
Teaching experience at "Registan" learning centre

Manzil:Toshkent Davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti,A blok,119-xona.

Murojaat uchun:@Guzal_Umurzoqova
(+998941962706)

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

So‘zlashuvda qaysi tildagi so‘zlardan ko‘proq foydalanyapmiz?

Mamlakatimizda davlat tili o‘zbek tili bo‘lishiga qaramay, aholi orasida ko‘pincha inglizcha yoki ruscha so‘zlardan foydalanish holatlari uchrab turadi.

Zamon.uz bu bo‘yicha kichik so‘rovnoma o‘tkazib, kundalik hayotda ko‘p qo‘llanadigan xorijiy so‘zlarni aniqlashga harakat qildi.

Muallif va montajchilar: Amaliy filologiya yo'nalishi 2-kurs talabalari Marjona Safarboyeva, Kumushbibi Normo‘minova, Muxlisa Turdaliyeva

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

Oʻzbek tili bayrami kuni munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tabrigini Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisi, spichrayter Xayriddin Sultonov oʻqib eshittirmoqda.

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

Turkiyaning Egey universitetida almashinuv dasturi asosida tahsil olayotgan talabalarimizning O'zbek tili kuni munosabati bilan bayram tabrigi

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

​​Hurmatli hamkasblar, aziz talabalar!

Barchangizni 21-oktabr - Oʻzbek tili kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Tilimizning sofligi, boyligi va borligi millatimizning bebaho milliy iftixoridir. Tarixga nazar tashlasak, tilimizda xalqimizning asrlar osha yashab kelayotgan qadriyatlari, urf-odatlari va ruhiyati oʻz ifodasini topganini koʻramiz.  Yangi Oʻzbekiston qurilishida amalga  oshirayotgan islohotlarimizning asosiy yoʻnalishlaridan biri ona tilimizni rivojlantirishga qaratilgan. Hozirgi globallashuv davrida har bir millat oʻzligini saqlab qolishga, ajdodlari tomonidan qoldirilgan milliy qadriyatlarni, jumladan, ona tilini koʻz qorachigʻidek asrab-avaylashga va ularni keyingi avlodlarga munosib meros sifatida qoldirishga astoydil urinmoqda. Oʻzbekiston davlati ham oʻz taraqqiyotining yangi bosqichida “milliy tiklanishdan milliy yuksalish” shiori ostida  ona tilimizning nafaqat mamlakatimizda balki butun dunyoda nufuzini tiklashga eʼtibor qaratib kelmoqda. Dunyoda oʻz maqsad va vazifasiga koʻra noyob boʻlgan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universitetining tashkil etilishi ham davlatimizning  shu yoʻnalishdagi ezgu amaliy ishlaridan biridir.
Universitetimiz oʻz strategik maqsadlari va missiyasiga sodiq  qolgan holda  mamlakatimiz va xorijda oʻzbek tili va adabiyotini oʻrganish va oʻrgatish, til va adabiyotimizning xalqaro miqyosdagi obroʻ-eʼtiborini oshirish, uni targʻib va tashviq qilish borasida muntazam rejali ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Bu ishlarni davom ettirishda jamoamizga kuch-quvvat tilayman!
Bugungi bayram barchamizga muborak boʻlsin!
Shuhrat Sirojiddinov
Filologiya fanlari doktori, professor
Alisher Navoiy nomidagi ToshDOʻTAU rektori

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

#oavda_biz


📌 «O‘zbekiston adabiyoti va san'ati» gazetasining 2023-yil 20-oktabrdagi 41 (4752)-sonida universitetimiz professori, filologiya fanlari doktori Uzoq Jo'raqulovning "Asl manbalar haqiqati" sarlavhali maqolasi chop etildi. Maqolada yetuk matnshunos va manbashunos olim, professor Shuhrat Sirojiddinovning "Amir Alisher" ilmiy asaridagi faktologik ma'lumotlar, manbalar qa'ridagi haqiqatlar va ularning navoiyshunoslik ilmida katta burilish yasagani haqida so'z boradi.

🗞 Maqolani oʻqish

Bizni tarmoqlarda kuzating👇

Telegram / Facebook / Instagram/ Twitter

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

Professor Shuhrat Sirojiddinov “Har bir inson hayoti davomida oʻqishi shart boʻlgan 10 kitob” tavsiya qiladi

Batafsil: https://oyina.uz/uz/article/2128

Rasmiy sahifalarimiz👇

Web-site | Telegram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

18-oktabr kuni universitetning Intellektual loyihalar yoʻnalishi koordinatori Sayyora To'xtasinova va Behruz Ergashev boshchiligida "Zakovat" o'yini bo'lib o'tdi. O'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun munosabati bilan o'tgan o'yinda "Misteriya", "Novda", "Intellekt", "Liderlar", "Cosmos", "Fonus", "Ko'hinur", "Afsona", "Inegral", "Zarbdor" jamoalari ishtirok etdi. Keskin va murosasiz o'tgan o'yinda "Cosmos" jamoasi g'olib bo'ldi. G'olib jamoa diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Читать полностью…

𝐓𝐨𝐬𝐡𝐃𝐎'𝐓𝐀𝐔 𝐘𝐨𝐬𝐡𝐥𝐚𝐫 𝐢𝐭𝐭𝐢𝐟𝐨𝐪𝐢

🔥🔥🔥

/channel/marketing_karera_markazi

Ish qidirayotgan talabalarimiz uchun!

Читать полностью…
Subscribe to a channel