Joriy yilning 14-fevral sanasida universitetimiz Zakovat klubi va Yoshlar ittifoqi vakillari boshchiligida Zakovat intellektual o'yinlari bo'yicha "Universitet ligasi"ning 2-turi bo'lib o'tdi. Qizg'in va murosasiz kechgan bugungi bahsda Zoom jamoasi g'oliblikni qo'lga kiritdi. Hozircha 2 turdan so'ng jadvalda umumiy natijalar bo'yicha kuchli uchlikni mos ravishda Zoom, Irfon va Iqro jamoalari egallab turibdi.
Bugungi o'yindan qaynoq lavhalarni bu yerda ko'rishingiz mumkin.
📣 Assalomu alaykum universitetimizning qadrli zakovat ixlosmandlari. Universitet Yoshlar Ittifoqi va Universitet Zakovat klubi tomonidan o'tkazilyotgan "Universitet ligasi" o'yinlarining 2-turiga tayyormisiz?!
Demak, biz endi o'yinlarni liga ko'rinishida olib boramiz. Bunda har bir jamoa har o'yinda ochko yig'ib boradi va bir mavsum(10/12 o'yin)da umumiy ochkolar bo'yicha g'olib va sovrindorlar aniqlanadi.
📣 Assalomu alaykum universitetimizning qadrli zakovat ixlosmandlari. Universitet Yoshlar Ittifoqi va Universitet Zakovat klubi tomonidan o'tkazilyotgan "Universitet ligasi" o'yinlarining 2-turiga tayyormisiz?!
Demak, biz endi o'yinlarni liga ko'rinishida olib boramiz. Bunda har bir jamoa har o'yinda ochko yig'ib boradi va bir mavsum(10/12 o'yin)da umumiy ochkolar bo'yicha g'olib va sovrindorlar aniqlanadi.
"Ilmli qizlar - jamiyat ko‘zgusi" mavzusidagi mahorat darsiga marhamat!
11-fevral Xalqaro ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar kuni munosabati bilan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti Yosh filolog olimlar jamiyati tomonidan mahorat darslari tashkil etiladi. Kelajagiga befarq bo‘lmagan har bir talaba qizni ushbu tadbirimizda kutib qolamiz!
📆 13-fevral
🕑 12:00
⛳️ A blok 212-xona
Hurmat bilan,
@yosholimlarjamiyati
Chilonzor 3-mavze (Chilonzor savdo markazi) da qizlarga kvartira bor sheriklikka 800 mingdan 4 ta qiz kerak
Hamma sharoit bor, kir yuvish mashinasi + WiFi bor.
Shartnoma qilinadi.
Tel: 90 018 76 05 @hayati_guzel
#Navoiy583
📌Oyina.uz audio suhbatlari davom etadi. Shu kunlarda Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi mamlakat miqyosida keng nishonlanmoqda. Har yili shu sana arafasida shoir sheʼrlari oʻqiladi, tadbirlar uyushtiriladi, shaxsiyati va ijodi ulugʻlanadi. Afsuski, bu ishlar baʼzan bizni Alisher Navoiy ijodiga yaqinlashtirishdan koʻra uzoqlashtirishga xizmat qilayotgandek. Buyuk ajdodimizni faqatgina tilshunos va adabiyotshunoslar oʻrganishmoqda go‘yo. Aslida-chi? Aslida ham Alisher Navoiy faqat xoslarga kerakmi? Oyina.uz audio chatining navbatdagi soni ayni shu mavzuga bagʻishlanadi.
Audio chat – 10-fevral, soat 20:00 da Oyina.uz portalining telegram kanalida boshlanadi.
Suhbat mehmonlari:
Karomat Mullaxo'jayeva – filologiya fanlari nomzodi, dotsent,
Maqsud Asadov – filologiya fanlari doktori, professor.
Moderator: Farrux Jabborov – Oyina.uz portali bosh muharriri.
Rasmiy sahifalarimiz👇
Telegram | Facebook | YouTube |X
🔊 Diqqat, diqqat, ToshDO'TAU talabalari uchun e'lon.
📌14-fevral — shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi munosabati bilan universitet talabalari uchun ajoyib viktorina.
📚 Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga bag'ishlangan mantiqiy savollar sizlani kutmoqda. 11-fevraldan 17-fevralga qadar har kuni soat 10-00 da ToshDO'TAU zakovat klubi kanalida ovozli tarzda ushbu savollar joylab boriladi. Savol tashlangan postning izohlarida siz o'z javobingizni qoldirishingiz mumkin. To'g'ri javob bergan ishtirokchi kanalda e'lon qilinadi va kitob bilan taqdirlanadi.
❗️1-savol ertaga 11-fevral soat 10-00 da joylanadi. DIQQAT! Bu viktorinada faqat ToshDO'TAU talabalari ishtirok etishi mumkin.
#oʻzbek_maktabi #tilimiz_uchun
🇺🇿 Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi "O'zbek maktabi"da KOICAning navbatdagi guruh ko'ngillilari o'zbek tilini o'rganishdi.
🔗 Batafsil
👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram/ Twitter
Bugun 18:00da Amir Temur xiyobonida talabalar uchun ajoyib konsert dasturi bo'lib o'tadi!
Barcha talabalarni taklif qilamiz!
Bugun soat 13:30da Malika elektronika bozorida Streetworkaut, armrestling va tosh koʻtarish boʻyicha Toshkent shahar hokimligi musobaqa uyushtirmoqda.
Malika bozori korzinkani orqasidagi parkovkada boʻladi.
Darsidan bo'sh bo'lgan talabalarni chorlab qolamiz!
Joriy yilning 7-fevral kuni "Zakovat" universitet ligasining 1-tur oʻyini boʻlib oʻtdi. Oʻyin tashkilotchisi va loyiha boshqaruvchisi Yoshlar ittifoqi BT yetakchisi U.Murodullayev soʻzga chiqib, talabalarning oʻyinga qiziqishlari va ligada erisha oladigan yutuqlar haqida gapirdi. Oʻyinni Ergashev Behruz olib bordi.
Diqqat qiling, Liga soʻnggida gʻoliblar aniqlanadi. Chempionlar esa qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlanadi. Oʻyindagi qiziq jarayonlarni @TSUULL_Zakovat_klubi da kuzatib boring!
Jamoalarga omad tilaymiz!
#tabriklaymiz🎉
7-fevral Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti O‘zbek adabiyoti tarixi kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi, navoiyshunos olima Mullaxo‘jayeva Karomat Toshxo‘jayevnaning tavallud ayyomi🌸
Sizni professor - o'qituvchilar, aziz talabalar nomidan samimiy qutlaymiz. Universitetimiz, til va adabiyotimiz ravnaqi yo‘lida harakatdan charchamang. Ilm yo'lingiz hamisha nurafshon bo'lsin!
1000KITOBda dastlabki 10 kitob mualliflik huquqi olindi
Loyihamizning ilk bosqichida 50 ta kitobni o‘zbek tiliga tarjima qilib, chop etish belgilangan. Kitoblarni ekspertlar guruhi tasdiqlaydi va tarjima huquqlari xorijiy noshirlardan xarid qilinadi.
Hozirda quyidagi kitoblarning tarjima uchun mualliflik huquqlari olindi:
1️⃣ Adeeb Khalid, “The Politics of Muslim Cultural Reform: Jadidism in Central Asia” (“Musulmon madaniy islohoti siyosati: Markaziy Osiyoda jadidchilik”);
2️⃣ Alain Bertaud, “Order without design: How Markets Shape Cities” (“Dizaynsiz tartib: Bozorlar shaharlarni qanday shakllantiradi”);
3️⃣ Julia Driver, “Ethics: The Fundamentals” (“Etika: Asoslar”);
4️⃣ Nigel Warburton, “Philosophy: The Basics” (“Falsafa: Asoslar”);
5️⃣ Ernest Gombrich, “The Story of Art” (“San’at tarixi”);
6️⃣ Stephen Hawking, “A Brief History of Time” (“Vaqtning muxtasar tarixi”);
7️⃣ Sebastian Mallaby, “The Power Law: Venture Capital and the Making of the New Future” (“Kuch qonuni: Venchur kapital va yangi kelajak qurish”):
8️⃣ Robert Hazen, “The Story of Earth: The First 4.5 Billion Years, from Stardust to Living Planet” (“Yer tarixi: Ilk 4,5 milliard yil, fazoviy zarradan ona sayyoragacha”);
9️⃣ Alan Pritchard, “Ways of Learning: Learning theories for classroom” (“Ta’lim yo‘llari: nazariyalar va o‘qitish uslublari”);
🔟 Jawaharlal Nehru, “The Discovery of India” (“Hindistonning kashf etilishi”) – kitob ochiq foydalanishda.
❗️Loyihaga qiziqqan nashriyotlarni biz bilan hamkorlikka chorlab qolamiz. Buning uchun ushbu so‘rovnoma shaklini to‘ldirish kifoya.
Shuningdek, kitoblarni tayyorlashda turli tadqiqot guruhlari bilan ham hamkorlikka tayyormiz. Hamkorlik istagidagi guruhlar 1000kitob@gmail.com manziliga murojaat qilishlari mumkin.
🙂Telegram | 🙂Facebook | 🙂Instagram | 🙂1000kitob">YouTube
"Universitet ligasi" 2 turidan so'ng umumiy natijalar.
P/s: Troya jamoasi o'yinchilari 2 ta jamoaga: Troya va Zoom jamoalariga bo'linganligi sababli Troya va Zoom jamoalariga mos ravishda 5 va 6 balldan bo'lib berildi. Albatta ko'pchilikning roziligi bilan)
Joriy yilning 14-fevral kuni O'zLiDeP hamda universitet Yoshlar ittifoqi BT hamkorligida "Faxriylar tajribasi yoshlarga oʻrnak namunasi" mavzusida uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda O'zLiDeP Toshkent shahar kengashi raisi oʻrinbosari O. Sobitov, "Tong yulduzi" gazetasi muharriri A.Karim, "Nuroniy" jamgʻarmasi respublika boshqaruvi raisi oʻrinbosari Sh. Usmonovlar ishtirok etishdi. Tadbirni Yoshlar masalalari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor v.v.b. G. Jurayeva ochib berdi. Tadbir jarayonida Zahiriddin Muhammad Boburning tavalludiga bagʻishlangan sahna koʻrinishlari namoyon etildi.
Читать полностью…Diqqat!
Universitetimizda yangi loyiha...
Yoshlarimizni har tomonlama fikrlashga undaydigan, mantiqiy qobiliyatlarini rivojlantiradigan yangi loyiha🤩
Loyiha ilk soni uchun fakultetingiz orasidan jamoa yig'ing(3kishi) sardor tayinlang hamda 16.02.2024.20:00ga qadar ro'yxatdan o'ting.
Ro'yxatdan o'tish uchun👇
https://forms.gle/zkBrdAKzeuhEVmXT9
Qiziqqan savollaringizni izohlarda qoldirishingiz mumkin...
#OAV_biz_haqimizda
Turkiyaning Bursa Uludag' universitetida tashkil etilgan Alisher Navoiy nomidagi o'zbek tili va madaniyati markazining ochilish marosimi hamda "Alisher Navoiy va XXI asr" 9-uluslararo konferansi haqida o'zbek OAVlari qatori turk nashrlari ham yozishmoqda:
📌 UzA.uz nashri
📌 Xalq so'zi nashri
📌 Oyina.uz nashri
📌 edu.uz sahifasi
📌 “Oʻzbekiston tarixi” telekanali
📌 BUU sayti
📌 BBC nashri
📌 Bursa hayat nashri
📌 EnBursa nashri
📌 TRT avaz nashri
Bizni tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram/ Twitter
https://uztv.tv/channels/uzbekiston-tarix
Turkiyaning Bursa shahrida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va madaniyati markazi ochildi.
Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu markaz Bursa shahrida o‘tkazilgan "Alisher Navoiy va XXI asr" xalqaro ilmiy-amaliy anjumanining natijasi o‘laroq amalga oshirildi.
Telegram | Instagram | Facebook | You Tube
Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti “Yangi Iqlim Innovatsiyalari” markazida Eco club va Debate club tashkillashtirgan "Eco Debate" ajoyib tarzda bo'lib o'tdi Talabalar dastlab bugungi kunda dolzarb muammo bo’lib turgan havo ifloslanishi haqida qisqa video rolikni birga tomosha qilishdi so’ngra mehmon Eco-activist Urikguli (Mo'tabar Xushvaqtova) debat jarayonlarini olib bordi.Bunda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti faol talabalari tajriba oshirish maqsadida jarayonda ishtirok etishdi.
Yaqin kunlarda bizning universitetimizda ham ushbu "Debate club" o'z faoliyatini boshlaydi.
/channel/TSUUL_Debate
📌#oavda_biz
«Народное слово» gazetasining 2024-yil 10-fevraldagi 30 (8608)-sonida universitetimiz professori, filologiya fanlari doktori Nurboy Jabborovning "Достойный пример для молодого поколения" sarlavhali maqolasi chop etildi. Maqolada buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning davlat arbobi sifatida yosh avlod tarbiyasi uchun madrasalar qurdirgani hamda vaqf mulki hisobidan mudarrislarni maosh, talabalarni stipendiya bilan ta’minlaganiga oid ma’lumotlar yoritilgan. Bundan tashqari, ulug‘ bobokalonimiz asarlaridagi tarbiyaga doir qarashlar tahlil etilgan.
Ushbu maqolani albatta o‘qing.
🗞 Maqolani oʻqish
Bizni tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram/ Twitter
🏆 Assalomu alaykum hammaga. Ertaga, yakshanba kuni soat 20-00 da ToshDO'TAU zakovat klubining telegramdagi muhokama guruhida "Mashhurlarni taniysizmi?" ko'ngilochar o'yinini tashkil qilamiz. Ya'ni bunda sizga biror mashhur insonning bolalikdagi yoki yoshlik paytidagi rasmi beriladi. Siz uning kimligini topishingiz kerak.
📌 Qoidalar:
— 1 ta variant qabul (ikkinchi va undan keyingi berilgan variantlar to'g'ri bo'lsa ham qabul qilinmaydi);
— har bir rasmni topish uchun 15 soniya vaqt beriladi;
— har bir to'g'ri javob uchun 10 balldan beriladi;
— rasmdagi shaxsning ism-familyasi bilan qabul qilinadi, ism yoki familyaning o'zi qabul emas. Javobni bitta postda jo'natish talab etiladi, ya'ni ism familya bitta postda bo'lishi kerak, alohida alohida jo'natilsa qabul emas. Bitta imlo xato bo'lsagina qabul, ikkita va undan oshiq imlo xato qabul qilinmaydi;
— savollar soni 50 ta.
Ishontiruvchan nutq uchun eng yaxshi o'nta maslahat
● Tinglovchilaringiz bilan ko'z aloqasini o'rnating - ular bilan gaplashayotganingizni bildiring
● Turli xillikdan foydalaning - ovozingiz, tana tili va yuz ifodalari - shunda siz hammaning e'tiborini tortasiz
● Tana tili va ovoz ohangi siz aytayotgan narsaga mos kelishiga ishonch hosil qiling - agar siz qayg'uli narsa haqida gapirayotgan bo'lsangiz, tabassum qilmang va aksincha.
● Ko'p harakat qilmang - tomoshabinlarning dengiz kasalligiga chalinishini xohlamaysiz!
● Agar siz boshingizni ko'tarib, yelkangizni orqaga qo'ygan holda tik tursangiz, hatto o'zingizni asabiylashayotgan bo'lsangiz ham, hamma sizni ishonchli deb o'ylaydi.
● Siz nima haqida gapirayotganingiz haqida qayg'urayotgandek harakat qilib ko'ring - agar siz zeriksangiz, tinglovchilaringiz ham zerikadi.
🗣Volontyorlarimiz uchun ajoyib yanglik!
🇺🇿Yoshlar ishlari agentligi tashabbusi bilan taqdim etilgan “Volontyor” tarif rejasida imtiyozlar kengaymoqda!
🗣Tarif haqida👉 batafsil
🗣Tarifga ulanish uchun volontyor.uz platformasidan ro’yxatdan o’ting!
🤝Atrof muhitni asrab avaylashda va insonlarga beminnat yordamingizni doimo qadrlaymiz!
@alisher_sadullaev
#tabriklaymiz🎉
8-fevral Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti O'zbek filologiyasi fakulteti O‘zbek adabiyoti tarixi kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori Qoʻldosh Pardayev domlamizning tavallud ayyomi🌸
Sizni professor - o'qituvchilar, aziz talabalar nomidan samimiy qutlaymiz. Universitetimiz, til va adabiyotimiz ravnaqi yo‘lida harakatdan charchamang. Ilm yo'lingiz hamisha nurafshon bo'lsin!
#Prezident_Farmoni
⚡️“Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmonga o‘zgartirish kiritildi.
Prezident farmoni (PF-34-son, 07.02.2024 y.) bilan “Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta’sis etish bo‘yicha takliflarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi Farmonga o‘zgartirish kiritildi
Unga ko‘ra, endilikda axborot texnologiyalari yo‘nalishida alohida yutuqlarga erishgan iqtidorli xotin-qizlar Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlanadi.
Shuningdek, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti komissiyasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi huzurida jamoatchilik asosida faoliyat ko‘rsatishi hamda unga Bosh vazir o‘rinbosari – Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi raisi rahbarlik qilishi belgilandi.
Bundan tashqari, mukofotini olish uchun talabgorning so‘nggi 3 yil mobaynidagi ibratli faoliyati, ta’lim, fan, adabiyot, madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari sohalari va jamoatchilik faoliyatidagi alohida yutuqlariga oid hujjatlar taqdim etilishi belgilandi (ilgari 2 yil edi).
#tabriklaymiz🎉
7-fevral Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek filologiyasi fakulteti Adabiyot nazariyasi va zamonaviy adabiy jarayon kafedrasi mudiri, professor Karimov Bahodir Nurmetovichning tavallud ayyomi🎉
Sizni professor - o'qituvchilar, aziz talabalar nomidan samimiy qutlaymiz. Universitetimiz, til va adabiyotimiz ravnaqi yo‘lida harakatdan charchamang. Ilm yo'lingiz hamisha nurafshon bo'lsin!
🤔 Raqamli dunyo kasblaridan birini o‘rganishni xohlaysiz-u, lekin kimga murojaat qilishni bilmayapsizmi?
Yuqoridagi savol sizni qiynab kelayotgan bo‘lsa, bu uchun yechim bor: bizda mobil dasturlash kursiga qabul boshlandi. Kurs orqali mobil elektron darslik, mobil o‘quv qo‘llanma kabi ilovalarni yaratishni o‘rganasiz.
Siz ushbu talabgir sohani 3 oy o‘rganish orqali 1 oy amaliyot o‘tash imkoniyatini qo‘lga kiritasiz. Qisqa fursatda 0 dan balansgacha bo'lgan barcha bilimlarni egallash imkoniga ega bo‘lasiz.
O‘ychi o‘ylaguncha tavakkalchi ishini bitiradi deganlaridek, agar kurs sizni qiziqtirgan bo‘lsa, bizga murojaat qiling. 😉
Sinov darsi: 7-fevral, chorshanba kuni bo‘lib o‘tadi.
📞 Biz bilan bog‘lanish:
+998770063015 | @Mahmudakhan
+998940515235 | @DilnozaHabib
📍 Manzil: Yusuf Xos Hojib ko‘chasi, 103-uy, ToshDO‘TAU, A blok, 218-xona
🔥🔥🔥
Universitet hisob boʻlimi bilan tezkor aloqa oʻrnatish, mavjud savollaringizga javob olish uchun quyidagi kanalga a'zo boʻlishingizni tavsiya etamiz:
/channel/Hisobxona_talabalar_uchun