#Xushxabar
⚡️11-iyun kuni Buyuk Britaniyaning nufuzli reyting tashkiloti “Times Higher Education” agentligi tomonidan 2024-yil uchun “THE Impact Rankings” reytingi eʼlon qilindi.
Bizni kuzating
🟩🟩🟩🟩
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev "Muborak Qurbon hayitini nishonlash to‘g‘risida"gi qarorni imzoladi.
Qarorga ko‘ra, 2024-yilda Qurbon hayitining birinchi kuni 16-iyun – yakshanbaga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan yurtimizda 16-iyun Qurbon hayiti bayrami sifatida nishonlanadi.
Qurbon hayitining birinchi kuni dam olish kuniga to‘g‘ri kelishi munosabati bilan ushbu dam olish kuni 17-iyun – dushanba kuniga ko‘chiriladi, 18-iyun – seshanba kuni barcha xodimlar uchun qo‘shimcha dam olish kuni bo‘ladi.
"UzchessCup"ni qo'llab-quvvatlash uchun shartlar qanday bo'ladi deb o'ylaysiz?
🔥Eng muhimi sovg'alarchi?
Fikringiz qaror chiqarishimizda juda muhim ahamiyatga ega. Imkoniyatlar shunga qarab beriladi, faqat fikrlaringiz hamma uchun foydali bo'lishi kerakligini o'ylab yozing-a.
@uzchesss
✅✅✅✅✅
✍️ Odamning ulug’vorligi uning bo’yi bilan o’lchanmaganidek, xalqning ulug’ligi ham, uning soni bilan o’lchanmaydi, yagona o’lchovi uning aqliy kamoloti va axloqiy barkamolligidir.
©️Victor Gyugo - fransuz yozuvchisi, shoir, nosir, dramaturg va fransuz romantizimining eng mashhur namoyondalaridan biri.Читать полностью…
🥳🥳🥳🥳
"Universitetim-faxrim" sheʼrlar tanlovi 🥉 3-oʻrin
FAXRIM – OLIYGOHIM
Yoshsan, navqironsan, lek noming ulug‘,
Yuksak parvoz aylading, bamisli semurg‘.
Bo‘lsin parvozingning har dami qutlug‘,
Oliygohim, sensan g‘ururim, faxrim.
Ilm daraxtining ildizi bo‘lgin,
Nurli mamlakatning gul yuzi bo‘lgin,
Tunga aylanmagin, kunduzi bo‘lgin,
Oliygohim, sensan g‘ururim, faxrim.
Orzu-maqsadlarning poydevori sen,
Barcha oliygohlar buzrukvori sen,
O‘zbegim tilining nomus-ori sen
Oliygohim, sensan g‘ururim, faxrim.
Ilm talabida bo‘lgan har tolib
Sen tufayli bo‘lsin barchasi g‘olib.
Sen haqingda bir dam xayolga tolib,
Angladim, o‘zingsan faxrim – oliygoh.
Nosirov Jaloliddin Muhiddin o‘g‘liЧитать полностью…
O‘zbek filologiyasi fakulteti Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik yo‘nalishi 202-guruh talabasi
🥳🥳🥳🥳
"Universitetim-faxrim" sheʼrlar tanlovi 🥇1-oʻrin
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti tashkil etilganligining 8 yilligiga bag‘ishlanadi
Anvar Eshnazarov Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Ona tili va adabiyot ta’limi fakultetiЧитать полностью…
✅✅✅✅✅
✍️ O'qi, ilmli bo'l, yoki ilmga tayanib ish tutadigan bo'l, loaqal ilmni tinglab eshitadigan bo'l, ammo to'rtinchisi bo'lma, chunki kasodga uchrab halok bo'lasan.
©️Abulqosim Zamaxshariy - Arab va gʻayri arablar ustozi, Xorazm faxri, islom olamining buyuk ulamolaridan biri.Читать полностью…
📢📢📢📢
Bugun soat 17:30 da O'zbek milliy akademik drama teatrida "Adolat fasli" spektakli namoyish etiladi. Xohlovchilar borishi mumkin.
Kirish bepul.
🗣Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot ta’sis etiladi
📝Prezident Qaroriga asosan, badiiy tarjima sohasida Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi xalqaro mukofot ta’sis etiladi.
🏆 Xalqaro mukofot uchun tanlovlar 2025-yildan boshlab, har 2 yilda bir marta o‘tkaziladi va g‘oliblar aniqlanadi.
✅ Xalqaro mukofot g‘oliblarining har biri maxsus diplom, ko‘krak nishoni va BHMning 300 baravari (102 million so‘m) miqdorida bir martalik pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
💬 Yo‘nalishlar
✅ Bizni kuzatishda davom eting!
Telegram 📱Instagram 📱Facebook
📢📢📢📢
Bugun soat 17:30 da O'zbek milliy akademik drama teatrida "Taqdir sinovlari" spektakli namoyish etiladi. Xohlovchilar borishi mumkin.
Kirish bepul.
✅✅✅✅✅
#kun_iqtibosi #hikmatlar_xazinasi
✍️ O'qi, ilmli bo'l, yoki ilmga tayanib ish tutadigan bo'l, loaqal ilmni tinglab eshitadigan bo'l, ammo to'rtinchisi bo'lma, chunki kasodga uchrab halok bo'lasan.
©️Abulqosim Zamaxshariy - Arab va gʻayri arablar ustozi, Xorazm faxri, islom olamining buyuk olimlaridan biri.Читать полностью…
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti va davlat stipendiyalari yuzasidan kelayotgan savollarga javoblar
1. Talabalarning hujjatlar yig'ma jildi hamda sinov imtihonlari kim tomonidan baholanadi va o'tkaziladi?
Javob: Universitet rektori buyrug'i bilan talabalardan iborat komissiya tuziladi va barcha jarayon ushbu komissiya tomonidan tashkil etiladi. Komissiya tarkibiga o'tgan o'quv yillardagi nomdor stipendiya sohiblari, faol va jamoatchi talabalar, magistrlar kiritiladi. Tarkib hujjatlar qabuli tugagach, universitetning rasmiy sahifalarida e'lon qilinadi.
2. Hamma hujjatlarni onlayn topshirsak boʻladimi?
Javob: Yoʻq, faqatgina oʻzingiz kelib hujjat topshirishingiz lozim. Chunki Sizning bilimlaringiz va ijodiy ishlaringiz sinovdan o'tkaziladi.
3. I kursda bitta fandan "3" baho olganman yakuniy nazoratdan. Qolgan fanlarim a'lo. Hujjat topshira olamanmi?
Javob: Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "RESPUBLIKA OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA TAHSIL OLAYOTGAN, ILMIY-TADQIQOT FAOLIYATI BILAN SHUG‘ULLANAYOTGAN IQTIDORLI YOSHLARNI YANADA QO‘LLAB-QUVVATLASH TO‘G‘RISIDA" gi farmoniga muvofiq, nomli davlat stipendiyasi uchun baholarning koʻpi bilan 25 foizi "yaxshi", ya'ni 4 boʻlishi mumkin, qolgan barchasi "a'lo" (5) boʻlishi, Prezident stipendiyasi uchun hamma fanlardan baho "a'lo" ("5") boʻlishi shart!
Xulosa qilish mumkinki, 1 va undan ortiq fandan qoniqarli baho ("3") olgan talabgorning hujjati qabul qilinmaydi.
4. Qaysi kafedra mudiridan tavsiyanoma olish mumkin?
Javob: Ilmiy rahbaringiz qaysi kafedrada faoliyat yuritsa, oʻsha kafedra mudiri Sizni tanlov komissiyasiga tavsiya etishga haqli.
🏆🏆🏆
Hurmatli talabalar!
👍"Universitetim - faxrim" she'rlar tanlovini e'lon qilamiz.
🎁G'oliblar tegishlicha 500, 400, 300 ming so'm pul mukofoti bilan taqdirlanadi.
⌨Ijodiy ishlar 4-iyun kuni soat 13:00 ga qadar @UAbdullayevich telegram manzilida qabul qilinadi. Ijodiy ish yuborilayotgan elektron papka ishtirokchining familiyasi ismi sharifi bilan nomlanishi hamda she'r matni so'nggiga ishtirokchining to'liq familiyasi ismi sharifi, tahsil oladigan fakulteti va guruhi, telefon raqami ilova qilinishi shart.
🎉G'oliblar 5-iyun kuni taqdirlanadi.
🌎“Yoshlar kuni”da dunyo yoshlari O‘zbekistonda jamlanadi
📑 Butunjahon yoshlar festivali ilk bor 26-30-iyun kunlari O‘zbekistonda 150 ta davlat yoshlariga o’zaro fikr va tajriba almashish imkonini yaratadi.
Festival taʼlim, innovatsiya, IT, biznes, media, madaniyat, sanʼat, sport kabi yo‘nalishlarda nufuzli spikerlarni Sizlarga taqdim etadi.
📍Festival Samarqand, Buxoro, Jizzax, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahrida bir vaqtda oʼtkaziladi.
📝Ishtirok etish uchun gyf2024.uz saytidan ro‘yxatdan o‘ting. Arizalar 15-iyun kuniga qadar qabul qilinadi.
Ta’lim, taraqqiyot, tashabbus, tenglik va tinchlik uchun birlashaylik!
Bizni kuzating
📣 Assalomu alaykum universitetimizning qadrli zakovat ixlosmandlari. ToshDO'TAU Zakovat klubi va Universitet Yoshlar Ittifoqi tomonidan o'tkazilyotgan "Universitet ligasi" o'yinlarining 6-tur o'yinlari bo'lib o'tadi.
📅 1-iyun shanba kuni soat 13:00 da sizlarni "mantiq maydoni"da kutamiz.
📍Manzil: Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti, A bino, WiFi xonasi.
📌 Jamoada kamida 2 ta ko'pi bilan 6 ta o'yinchi bo'lishi talab etiladi.
📁 Savollar mavzusi: aralash 24 ta.
📋 Boshlovchi: Ergashev Behruz.
#Xushxabar
🏆Dunyoning eng nufuzli Times Higher Education reytingining 2024-yil natijalari e'lon qilindi.
📈Unga ko‘ra Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti dunyoning eng yaxshi 300+ OTMlari qatoridan joy oldi. Ayniqsa, gender tenglikni ta’minlash va xotin-qizlar ta’limiga qaratilayotgan e’tibor bo‘yicha dunyoning TOP-10 universitetlari qatoridamiz!
🎗 Bu yil universitetimiz mazkur reyting doirasida O‘zbekiston, qolaversa, Markaziy Osiyo OTMlari orasida yetakchilik qilmoqda.
🏆 Ushbu muvaffaqiyat bilan barcha professor-o‘qituvchilarni, xodimlarni, talabalarimizni qutlaymiz.
👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram/ X
⚡️”Uzchess Cup 2024”turnirining 5-turi boshlanmoqda
O’yinlarni kuzatish uchun linkga bosing👇
👉🏻 jonli efir
uzchesss">YouTube | Instagram | Telegram | uzchess?_t=8gH7dABw04w&_r=1">Tik-Tok | Facebook | Chesscom | LICHESS
Assalomu alaykum
Til oʻrganish yaxshi! 😊
Turk tilini oʻrganish yana-da yaxshi! 😁
Turk tilini toʻgʻri manzilda, toʻgʻri ustozdan oʻrganish ultrapromax yaxshi! 😂
Xullas, issiqqina yozni boshlab olib, nima qilishini bilmayotganlarga ultrapromax yangilik bilan keldik!
Iyun oyi uchun Onlayn turk tili kursimizga qabul eshiklarining rasman ochiqligini e'lon qilamiz. Oʻzlaringizdan bilib, "eshikni" taqqilatib kelaverasizlar. Issiqda koʻchaga chiqmay, salqin uyda oʻtirib turk tilini oʻrganishga nima yetsin! A labbay?!
A1 daraja noldan guruhimizning darslari haftaning toq kunlari soat 20:00-22:00'da boʻlib oʻtadi. Birinchi probniy darsimiz 14.06.2024 (Juma) kuni 19:30'da boshlanadi! Probniy darsda qatnashish TEKIN.
Bundan tashqari, sizda maxsus ichki imtihonimizdan oʻtib A2, B1, B2 daraja guruhlardan davom etish imkoniyati ham bor.
✅ A1 noldan va A2, B1, B2 darajadan oʻqimoqchi boʻlganlar @NUMONNASR manziliga yozishingiz mumkin!
❗️Oʻzingizga boʻlgan ishonchni biz bilan birga oqlang
😆🥹😅😂
✍️ Bugun kitob yoqayotgan millat ertaga odamlarni ham yoqadi...
🎬 "Ibrat" filmidan parcha
🔹 Quyidagi havola orqali filmni to'liq tomosha qilishingiz mumkin. Dam olish kunida - maroqli hordiq tilaymiz.
🥳🥳🥳🥳
"Universitetim-faxrim" sheʼrlar tanlovi 🥈2-oʻrin
Universitetimga
Sen yoshliksan – go‘zallik, soflik,
Chap ko‘ksidan chechaklar ungan.
Navoiysan so‘z guharining
Eng sarasin bizga ilingan.
Talabalik – Tangrim inʼomi.
Umrimizni yashnatgan bahor
Va bilimga ishtiyoq, g‘ayrat,
Bunda shahd bor, bunda shiddat bor.
Oltinga teng lahzalar yashab,
Shukr deymiz har tuhfasiga.
Unutilmas imzolar otding.
Hayotimiz sahifasiga.
Qilinajak ishlar oldinda,
Yuksaltgin Til, Adabiyotni
Tarbiyalab Turkiyligidan
G‘urur tuygan asl millatni.
Abdug‘anieva Kamola Shunqor qizi.Читать полностью…
Tarjima nazariyasi va amaliyoti fakulteti 303-guruh talabasi.
Ushbu bola universitet hududida ota-onasini yo'qotib qo'ygan. Ayni vaqtda O'zbek filologiyasi fakultetining dekanatida ekanini ma'lum qilamiz.
Читать полностью…#otaonalar_kongressi
🌎 2024-yilning 5-iyun kuni universitetda “Universitet – talaba – oila muloqoti” shiori ostida ikkinchi Ota-onalar kongressi boʻlib oʻtdi. Kongress universitetning 8 yilligiga bagʻishlangan tantanali yigʻilish bilan davom etdi.
👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram/ X
#OAVda_biz
📹 Universitetimiz O‘zbek adabiyoti tarixi kafedrasi mudiri, filologiya fanlari doktori, professor Nurboy Jabborovning “Badiiy adabiyotda milliy ruh ifodasi” mavzusidagi ochiq ma’ruzasi “Madaniyat va ma’rifat” telekanalining “Akademik soat” ko‘rsatuvi orqali efirga uzatildi. Ochiq ma’ruza O‘zbekiston Respublikasi Fan, oliy ta’lim va innovatsiyalar vazirligi zalida o‘tkazildi.
✅Ushbu darsni albatta tomosha qiling.
👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram/ X
👍 Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti 8 yoshda!
2016-yilda tashkil etilgan universitetning hozirda ilmiy salohiyati 61,3% ga ko‘tarilgan. Ilk tashkil etilgan kezda universitetda 3 ta bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mutaxassislar tayyorlangan bo‘lsa, bugunga kelib ular 14 taga, magistratura mutaxassisliklari soni esa 12 taga yetdi.
Universitet 2023-yilda Times Higher Education (THE) tashkilotining Impact reytingida dunyoning eng kuchli 600+ universitetlari ro‘yxatiga kirdi, gender tengligini ta'minlash bo'yicha jahonning TOP 20 ta universitetlaridan biri bo'ldi va bu borada mahalliy OTMlar orasida peshqadamga aylandi. UI GreenMetrics reytingida ham 200 pog‘onaga ko‘tarilib, 376-o‘rinni qayd etdi.
_____________________________
👍 Ташкентскому государственному университету узбекского языка и литературы имени Алишера Навои – 8 лет!
Научный потенциал университета, основанного в 2016 году, вырос на 61,3%. На момент открытия в университете существовало три направления бакалавриата, сегодня их 14, количество специальностей магистратуры достигло 12.
В 2023 году университет вошел в список 600+ сильнейших университетов мира в рейтинге Impact организации Times Higher Education (THE), в ТОП-20 университетов мира по гендерному равенству, стал лидером среди местных вузов по этому пункту. В рейтинге GreenMetrics университет также поднялся на 200 позиций и занял 376-е место.
👍 Bizni tarmoqlarda kuzating👇
Telegram / Facebook / Instagram/ X
Bu safar yanada eksklyuziv💥
O’zbekcha gapirgan Rossiya delegatsiyasi.
Vladimir Putinning davlat tashrifidan maxsus reportaj
@Sinchalak_blog
#nomdor_stipendiya
🔊 Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Navoiy, Islom Karimov nomli davlat stipendiyalariga hujjatlar qabuli joriy yilning 10-iyunidan (mazkur semester yakunlangach) boshlanishini ma'lum qilamiz. Hujjatlar universitet Ilmiy boʻlimida (419-xona) qabul qilinadi.
📌 Prezident stipendiyasiga faqat bitiruvchi kurslar (ayni vaqtda bakalavriatda 3-kursni, magistratura mutaxassisligida 1-kursni tamomlayotgan) , nomdor stipendiyalarga oxirgi 2 kursda (ayni vaqtda 2- va 3-kursni tamomlayotgan) tahsil olgan talabalar ishtirok etishi mumkin.
❗️Talab qilinadigan hujjatlar:
✅ Baholar transkripti;
✅ Fakultet dekani tavsiyanomasi;
✅ Kafedra mudiri tavsiyanomasi;
✅ Ilmiy rahbar xulosasi;
✅ Talabalik davrida e’lon qilingan ilmiy-ijodiy ishlar ro‘yxati;
✅ Talabalik davrida e’lon qilgan ilmiy-ijodiy
ishlarining pdf nusxasi;
✅ Talabalik davrida erishgan yutuqlarini tasdiqlovchi hujjatlarning pdf nusxasi (diplom, sertifikat, faxriy yorliq va boshqalar).
Xalqaro eko oromgohda ishtirok etishni istaysizmi?
🌎Joriy yilning 24-30-iyun kunlari “Butunjahon yoshlar festivali” doirasida Samarqand va Toshkent shaharlarida Xalqaro eko-oromgoh loyihasi o’tkaziladi.
Oromgohda xalqaro ekspert va trenerlar ishtirokida o’quv mashg’ulotlari, liderlik ko’nikmalarini rivojlantirish, ekologik muammolarni bartaraf etishga qaratilgan yangi tashabbus hamda loyihalar ustida ishlash kabi tadbirlar tashkil etiladi.
📑Mazkur tadbirda 16 yoshdan 22 yoshgacha bo’lgan, ingliz tilini mukammal biladigan va ekologik masalalarga befarq bo’lmagan faol yoshlar ishtirok etishi mumkin.
📝Hoziroq havola orqali ro’yxatdan o’ting. Arizalar 10-iyunga qadar qabul qilinadi.
Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Facebook 🔹YouTube
O’zbekiston yoshlar ittifoqi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti boshang'ich tashkiloti hamda Adolat sotsial-demokratik partiyasi tomonidan “Bor mehrimiz senga, bolajon” shiori ostida beg'araz donorlik aksiyasi tashkil etilmoqda.
🤝 O'z qoningiz bilan kimgadir hayot ato etmoqchi bo'lsangiz biz bilan bog'laning va aksiyamizda faol ishtirok eting.
📅Aksiya sanasi: 31-may soat 9:00
📍O'tkazilish joyi: Toshkent shahar Qon preparatlari ilmiy ishlab chiqarish korxonasi
🔹(Yandex: Toshkent shahri. Yashnobod tumani M.Roziy 1/2)
⚡️Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun tavsiyanoma olishga arizalar qabul qilish boshlandi
Bizni kuzating