Ijtimoiy himoya milliy agentligi "Inson" loyihasi doirasida ilk hujjatli filmni taqdim etdi.
Unda turli qiyinchiliklarni boshdan kechirgan nogironligi bo‘lgan insonlar, ularning matonati, jasorati va hayotga bo‘lgan ishonchi, shuningdek, ularga yaratib berilayotgan shart-sharoitlar haqida hikoya qilinadi.
Filmni loyihaning insondocumentary?si=guO4EfwzqLC8v5vB">YouTube sahifasida tomosha qilish mumkin.
👉 @xushnudbek 👈
🗣“Kitob – mening do‘stim” respublika ko‘rik-tanlovi g‘oliblari aniqlandi!
🏛 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan tashkil etilgan “Kitob – mening do‘stim” respublika ko‘rik-tanlovining final bosqichida 17 nafar eng bilimdon, kitobxon talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Finalda ikki shart bo‘yicha umumiy natijalarga ko‘ra, quyidagi ishtirokchilar yuqori o‘rinlarga munosib deb topildi:
Bizni kuzating:
Alimov Baxtiyor ijrosida betakror 'Fig‘on' kuyi.
Ushbu kuy tinglovchining qalb torlarini chertib, unutilmas hissiyotlar bag‘ishlaydi.
✨ Maroqli kuy hamrohingiz bo'lsin! 💫"
Tanishing, yangi ustozimiz - Odilova Madina !
👩🏻🏫 Ustozimiz Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o’zbek tili va adabiyot universitetini tamomlaganlar va hozirda Abdulla Avloniy nomidagi pedagogik mahorat milliy instituti magistranti.
🔥 Turk tilini o’rgatish bo’yicha 4 yillik tajribaga ega.Shuningdek, C1 darajadagi xalqaro TYS sertifikati sohibasi.
⚡️ Tez orada ustozimizning yangi guruhiga qabul ochiladi!
@hiloledu_uz
“Falsafa va ijod” to‘garagining navbatdagi dars mashg'ulotlari davom ettirildi!
Bugun, 10-dekabr kuni, “Falsafa va ijod” to‘garagining yangi mavsumdagi dars-mashg'ulotlari "O'tkan kunlar" romani asosida bo‘lib o‘tdi! 🌟 Talabalarimiz o‘z intellektual salohiyatlarini rivojlantirish, ijodiy yondashuvlarni o‘rganish va bir-birlari bilan tajriba almashish uchun yangi platformaga ega bo‘lishdi.
To‘garak ilmiy rahbari Anvar Bo‘ronov hamda Yoshlar ittifoqi BT yetakchisi M.Sodiqov boshchiligida tashkil etildi. Mentor sifatida televideniya xodimi Ilxomiddin Alimov va biznes-trener Xasan Usmanov o‘z bilim va tajribalarini ulashishdi. 🎥 Jarayon video tasvirga olindi va talabalar o‘rtasida intellektual o‘yinlar kelajakda muntazam ko‘rsatuv sifatida Televideniyega olib chiqilishi rejalashtirilmoqda.
📸 Quyidagi fotosuratlar bugungi uchrashuvdan lavhalarni aks ettiradi.
“Falsafa va ijod” to‘garagiga qo‘shilgan har bir talabaga omad tilaymiz! 💫
10 dekabr — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi qabul qilingan kun
Bugun xalqimizning mangu qoʻshigʻi — madhiyamiz yaralgan kun. Madhiya — milliy gʻururimiz, istiqlolimiz va istiqbolimiz timsoli. Mustaqillik va birdamligimiz ramzi. U yana bir karra bizni Vatanimizdan gʻururlanishga, uni sevishga, mustaqilligimizni yanada mustahkamlashga chorladi.
Davlatimiz madhiyasi Abdulla Oripov so‘zi, Mutal Burhonov musiqasi asosida yaratilgan va 1992-yil 10-dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining o‘n birinchi sessiyasida qabul qilingan.
Bizni kuzating
Hurmatli hamkasblar va yurtdoshlar!
Sizlarni mamlakatimiz taraqqiyoti va jamiyatimiz farovonligining mustahkam huquqiy kafolati bo‘lgan Konstitutsiyamizning 32 yilligi bilan samimiy qutlayman! Ushbu muhim hujjat har birimizni, xususan, ta’lim va ilm-fan sohasi vakillarini yosh avlodni Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash, ularga sifatli bilim va ko‘nikmalarni yetkazish orqali yurtimiz kelajagini bunyod etishga undaydi.
Konstitutsiyamizda har bir fuqaroning ta’lim olish huquqi, ilmiy va ijodiy erkinliklari qat’iy belgilab qo‘yilgani bizning kasbiy mas’uliyatimizni yanada oshiradi. Bu huquq va imkoniyatlar yangi avlodning barkamolligi, ijodkorligi va intellektual rivoji uchun zamin yaratmoqda. Muhtaram Prezidentimiz ta'biri bilan aytganda: "Xalqimizning huquqiy tafakkuri, xohish-irodasining yorqin timsoli va amaliy ifodasi bo‘lgan Asosiy Qonunimiz bilan har qancha faxrlansak arziydi".
Konstitutsiya kuni muborak bo‘lsin!
Shuhrat Sirojiddinov
Alisher Navoiy nomidagi ToshDOʻTAU rektori, akademik
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida"Baron 2" kinofilmi namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Читать полностью…🎥 Hurmatli talabalar va o‘qituvchilar! 🎬
Bugun, soat 18:00 da, 🕕 300-ma'ruzalar zalida
"Baron 2" kinofilmi namoyishi bo‘lib o‘tadi. 🍿
📽 Barchangizni ushbu qiziqarli filmni birgalikda tomosha qilish uchun taklif qilamiz!
✨ Kechani maroqli o‘tkazib, yaxshi kayfiyat ulashamiz! ✨
Tashrifingizni kutamiz! 🙌
📢 DIQQAT, TANLOV!
📌 Turizm qo‘mitasi huzuridagi Turizmni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti, 2024-yilning 12 noyabrdan 12 dekabrgacha yoshlar o‘rtasida turizm sohasidagi dolzarb muammolarni hal qilish, ijodiy yondashuvni shakllantirish maqsadida Respublika tanlovini e’lon qiladi. Respublika tanlovi Oliy o‘quv yurtlari talabalari va magistrantlari o‘rtasida mamlakatimiz turizm sohasini modernizatsiya qilishga hissa qo‘shadigan eng yaxshi ilmiy-innovatsion loyiha yoki taqdimot g‘oyalari/yechimlari bo‘yicha o‘tkaziladi.
✔️ Tanlov g‘oliblariga faxriy yorliq va pul mukofotlari topshiriladi:
🏆 1-o‘rin – 5 mln. so‘m
🏆 2-o‘rin - 3 mln. so‘m
🏆 3-o‘rin – 2 mln. so‘m
🔗 Axborot xati bilan tanishing
⬇️ Materiallar dizayniga qo'yiladigan talablar: Loyiha materiallari faqat elektron pochta orqali qabul qilinadi va ikkita alohida biriktirilgan fayl shaklida taqdim etiladi. Taqdimotlar yozma ish va multimedia shaklida quyida ko‘rsatilgan saytlarda taqdim etiladi havola
📢 ВНИМАНИЕ, КОНКУРС!
📌 Научно-исследовательский институт развития туризма при Комитете по туризму с целью формирования у молодежи креативного подхода к решению актуальных проблем в туристической отрасли объявляет с 12 ноября по 12 декабря 2024 года Республиканский конкурс среди студентов и магистрантов вузов на лучший научно-инновационный проект или презентационные идеи\решения, способствующие модернизации туристической сферы в стране.
✔️ Победителям конкурса присуждаются почетные дипломы и денежные призы:
🏆 1 место – 5 млн. сум
🏆 2 место – 3 млн. сум
🏆 3 место – 2 млн. сум
🔗 Ознакомиться с информационным письмом
⬇️ Требования, предъявляемые к оформлению материалов: Материалы принимаются только по электронной почте в виде двух отдельно приложенных файлов - письменной работы и мультимедийной презентации с указанием секции по ссылке
🇺🇿 Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring:
🌐 Rasmiy ✅ Telegram ✅ Facebook 🌐 Instagram 📹 Youtube
🎉 ToshDO'TAU Zakovat ligasining qishki mavsumi boshlandi! 🎉
Bugun, 5-dekabr kuni, A bino WiFi xonasida Zakovat ligasining qishki mavsumi rasman start oldi! 🌟
Birinchi tur oʻyinlari Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi munosabati bilan "Konstitutsiya viktorinasi" tarzida tashkil qilindi. Ushbu mavsumda 20 ta jamoa o‘z bilim va intellektual salohiyatlarini namoyish qilish uchun kurashga qo‘shildi. 10 tur davomida davom etadigan bu intellektual jang qiziqarli va bilimga boy bo‘lishi kutilmoqda.
Mazkur musobaqani tashkil etishda Intellektual loyihalar koordinatori Ergashev Behruz va O‘zbek filologiyasi fakulteti yetakchisi Odilov Bekzod katta hissa qo‘shishdi.
🔗 Batafsil
🎯 Zakovat qahramonlariga muvaffaqiyatlar tilaymiz! ✨
#rasmiy #qishki_taʼtil
⚡️Talaba va o‘quvchilar uchun qishki ta’til 25-dekabrdan boshlanadi
Vazirlar Mahkamasining qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrugʻi bilan oliy taʼlim tashkilotlari talabalari, texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litseylar oʻquvchilariga joriy oʻquv yili uchun beriladigan qishki taʼtil 2024-yilning 25-dekabridan 2025-yilning 7-yanvariga qadar (shu kuni ham) etib belgilandi.
—
⚡️Зимние каникулы для студентов и учащихся начнутся с 25 декабря
В целях обеспечения выполнения задач, определенных постановлением Кабинета Министров, соответствующим приказом Министерства высшего образования, науки и инноваций зимние каникулы, предоставляемые студентам высших образовательных учреждений и учащихся техникумов, колледжей, профессиональных училищ и академических лицеев на текущий учебный год установлены с 25 декабря 2024 года по 7 января 2025 года (включительно).
Bizni kuzating
Diqqat e'lon!!
2024-yilning 5-dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida ,,Mening Konstitutsiyam 32 yoshda" mavzusida diktantlar tanlovini e'lon qiladi.Tanlovda g'olib chiqqan talabalar quyidagicha taqdirlanadi:
1-o'rin uchun maxsus I darajali diplom va ota-onasiga maxsus xat,,,Qo'rqma" romani va maxsus sovg'a.
2-o'rin uchun maxsus II darajali diplom va ota-onasiga maxsus xat,eng yaxshi badiiy asar.
3-o'rin uchun maxsus III darajali diplom, ota-onasiga maxsus xat,maxsus sovg'a.
Eslatma: har bir qatnashuvchi talaba uchun maxsus daftar beriladi va yozilgan ishlar maxsus mutaxasislar tomonidan tekshiriladi.
Manzil : Universitetimiz 211-xona soat 12:00 da boshlanadi.Читать полностью…
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “2024-2025-yillarda jamiyatda huquqiy madaniyatni yuksaltirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash to‘g‘risida” 2024-yil 18-sentabrdagi 588-son qarori 1-ilova, 16-bandida o‘quvchilar va talabalar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi murosasizlik tuyg‘usini shakllantirishga qaratilgan insholar tanlovini e'lon qiladi.
Insholarni topshirish muddati 2024-yil 5-dekabr soat 15:00 ga qadar.
Murojaat uchun: @yoshlar_ittifoqi308
Insonni fazl-u kamolotga erishtiruvchi vosita bu kitobdir
#islohotlar_samarasi #medialoyiha
Matonat
✨Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi hamda O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi hamkorlikda “Matonat” loyihasini taqdim etdi.
Mazkur ko‘rsatuv “Parij-2024” yozgi paralimpiya o‘yinlari g‘oliblari, chempionlarimiz haqida hikoya qiladi.
🎬 Batafsil
Bizni kuzating
🇺🇿 “Vatan-muqaddas, uni himoya qilish sharafli burch!” shiori ostida bugunning dolzarb mavzularida munozara (debat) tashkil qilinmoqda.
📢 Ishtirok etishni istagan jamoalar @Sevinch_Muzaffarova profiliga murojaat qilishlari mumkin.
❗️ O‘tkazib yubormang, o‘z fikringizni bildiring va yangi g‘oyalar bilan bo‘lishing!
Diqqat! E’lon 🚩
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida 🎶 “Milliy musiqa cholg‘ulari” ansambli tashkil etilmoqda!
Agar siz: 🎵 Milliy cholg‘u asboblarini chala olsangiz, 🎵 San’atga va ijodga qiziqsangiz, bizning ansambl safimizga qo‘shilishga taklif etamiz!
Murojaat uchun: @bahtiyor_qizi
🌟 Iqtidorli talabalarimiz, keling va san’atimizni birgalikda boyitaylik!
🇺🇿 "Yurakni madh etgan sado!" insholar tanlovi e'lon qilinadi! 🎉
📜 O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan 2024-yil 10-dekabr kuni respublikamizdagi barcha ta’lim muassasalarida Davlat madhiyasiga hurmat va vatanparvarlikni ulug‘lash maqsadida "Yurakni madh etgan sado!" mavzusida insholar tanlovi e’lon qilinadi.
🖋 Tanlov shartlari:
• Tanlovda barcha talabalar va o‘quvchilar ishtirok etishi mumkin.
• Insholar 2024-yil 12-dekabr, soat 18:00 gacha qabul qilinadi.
• Inshoda Davlat madhiyasining tarixiy ahamiyati, undagi vatanparvarlik g‘oyalarini yoritib berishi lozim.
📩 Murojaat uchun: 👉 @yoshlar_ittifoqi308
🎥 “Eng yaxshi videolar” tanlovi g‘oliblari aniqlandi! 🎉
🇺🇿 Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida O‘zbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining 2024-yil 26-iyundagi 15-sonli bayonnomasi asosida tashkil etilgan “Korrupsiyasiz soha” loyihasi doirasida “Eng yaxshi videolar” tanlovi o‘tkazildi.
📌 Tanlov natijalari: 1️⃣-o‘rinni Amirov Quvonch, Muzaffarova Sevinch va Murodullayev Diyorbeklar tomonidan tayyorlangan “Vijdon”nomli videorolik egalladi!
💡 “Vijdon” videoroligi o‘z mazmuni, ijodkorlik va mualliflarning korrupsiyaga qarshi kurashish borasidagi chuqur fikrlari bilan barchani hayratda qoldirdi.
🎉 G‘oliblarni tabriklaymiz! 🇺🇿 Keling, hammamiz birgalikda korrupsiyasiz kelajak sari qadam tashlaymiz!
❗️Universitetimiz talabalari va zakovat ixlosmandlari diqqatiga.
🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilinganligining 32 yilligi munosabati bilan "Olamni mahliyo aylagan diyor" mavzusi va shoiri ostida zakovat o'yini tashkil qilinmoqda.
📌 Ushbu intellektual o'yinda faqat universitetimizning 1-kurs talabalari ishtirok etishi mumkin.
📆 Barcha jamoalarni 10-dekabr soat 15-00 da A bino WiFi xonasida kutamiz. Jamoalar soni cheklangan. G'oliblar diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlanadi.
📋 O'yinda ishtirok etish uchun kamida 5 kishilik jamoa tashkil qilib jamoa sardori @behruz_6402 ga murojaat qilishi so'raladi. Jamoada maksimal 6 kishi bo'lishi talab etiladi.
🏅 Maxsus mehmonlar: O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zolari Zulfiya Mo'minova, Xosiyat Bobomurodova, Abdumajid Azimov, Jabbor Eshonqul.
📣💥 E'LON! 💥📣
🎉 “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining final bosqichiga ro‘yxatdan o‘tish boshlandi! 🚀
🔸 Qachon ro‘yxatdan o‘tish kerak?
📅 2024-yil 10-dekabrgacha!
Jamoa nomi va ishtirokchilar ro‘yxatini PDF yoki WORD formatida M. Sodiqovga topshiring.
Jamoa tarkibi 10 kishidan oshmasligi lozim.
🔸 Nima qilish kerak?
1️⃣ Tanishtiruv: “Yangi yilga yangi rejalar” mavzusida ijodiy chiqish. 🎭
2️⃣ Savol-javob: Hakamlar savollariga topqirlik bilan javob bering! 🤓
3️⃣ Musiqiy chiqish: Teatrlashtirilgan qiziqarli lavhalar va qo‘shiqlar! 🎶🎤
🔗 Batafsil
🎉 Yoshlar ittifoqi hisobot saylovi: talabalarning faolligi va iqtidori bilan yangi marralar sari!
🎓2024-yil 6-dekabr kuni Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida Yoshlar ittifoqi Boshlang‘ich tashkiloti tomonidan hisobot saylovi o‘tkazildi.
👩🎓👨🎓 Shuningdek hisobot saylovida Yoshlar ittifoqi Boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi va yo'nalish koordinatorlariga ishonch yorliqlari topshirildi!
🌟 Tadbir davomida nafaqat o‘tgan davrdagi ishlar haqida, balki Yoshlar ittifoqining hozirgi kunda olib borayotgan ishlari va kelgusida rejalashtirilayotgan loyihalar haqida so‘z bordi. Ushbu loyihalar universitet talabalari uchun yangi imkoniyatlar yaratish, ularning ijodiy va ilmiy salohiyatini rivojlantirishga qaratilgan.Читать полностью…
🎥 "Vatan kelajagi uchun barchamiz daxldormiz" 🇺🇿
Bugun "Debate club"i a’zolari ishtirokida qizg‘in va mazmunli munozara bo‘lib o‘tdi! 🗣 Talabalar o‘z fikrlarini dadil bildirishdi, mantiqiy dalillar keltirishdi va dolzarb mavzular yuzasidan faol bahslashishdi.
Bu safargi debat ko‘p fikrlarni uyg‘otdi va yurtimiz ravnaqi uchun barchamizning daxldor ekanligimizni yana bir bor eslatdi. 🌟
📢 Keyingi debatga sizni ham taklif qilamiz!
Agar sizda ham o‘tkir fikr va kuchli dalillar bo‘lsa, kelgusi munozaralarda qatnashing! 🔥
Qo‘shimcha ma’lumot uchun: Sevinch Muzaffarova
Kelajak sizning qo‘lingizda!
Oʻzbekiston Respublikasi Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining 2024-yil 26-iyundagi 15-sonli bayonnomasi bilan tasdiqlangan Oliy ta'lim,fan va innovasiyalar vazirligi tizimida “Korrupsiyasiz soha” loyihasini amalga oshirish yuzasidan 2024-2025-yillarga moʻljallangan “Yol xaritasi”da belgilangan topshiriqlar ijrosini taminlash, hamda Oliy ta'lim fan va innovasiyalar vazirligining 2024-yil 11-noyabr kungi 426-sonli buyrugʻiga asosan Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universitetida “Eng yaxshi rasmlar” tanlovi oʻtkazildi.
Читать полностью…“Falsafa va ijod” to‘garagining ilk uchrashuvi!
Bugun, 5-dekabr kuni, B blok 300-xonasida “Falsafa va ijod” to‘garagining yangi mavsumdagi ilk uchrashuvi bo‘lib o‘tdi! 🌟 Talabalarimiz o‘z intellektual salohiyatlarini rivojlantirish, ijodiy yondashuvlarni o‘rganish va bir-birlari bilan tajriba almashish uchun yangi platformaga ega bo‘lishdi.
To‘garak ilmiy rahbari Anvar Bo‘ronov hamda Yoshlar ittifoqi BT yetakchisi M.Sodiqov boshchiligida tashkil etilgan bu uchrashuvda talabalar orasidan maxsus so‘rovnoma asosida to‘garak a’zolari tanlab olindi. Mentor sifatida televideniya xodimi Ilxomiddin Alimov va biznes-trener Xasan Usmanov o‘z bilim va tajribalarini ulashishdi. 🎥 Jarayon video tasvirga olindi va talabalar o‘rtasida intellektual o‘yinlar kelajakda muntazam ko‘rsatuv sifatida Televideniyega olib chiqilishi rejalashtirilmoqda.
📸 Quyidagi fotosuratlar bugungi uchrashuvdan lavhalarni aks ettiradi.
“Falsafa va ijod” to‘garagiga qo‘shilgan har bir talabaga omad tilaymiz! 💫
⚡️Talaba farzandi uchun o‘zini o‘qqa-cho‘qqa urib mehnat qilayotgan ota-onalar va ota-onasining ne umidlari-yu, armonlarini chilparchin qilayotgan talabalarga bag‘ishlanadi.
🌎Ibrat farzandlari jamoasining ushbu ijod mahsuli talabalar va maktab o‘quvchilariga ajoyib chaqiriq bo‘libdi. Videoni talabalar va ota-onalarga albatta jo‘natib qo‘ying. Shu rolikdan hech bo‘lmasa biroz xulosa qilsalar, biz maqsadimizga erishgan bo‘lamiz.
Izohlarda yozilgan eng yaxshi sharh egalari @ibratfarzandlari loyihasi tomonidan taqdirlanadi.
@alisher_sadullaev
Hurmatli talabalar!
“Falsafa va ijod” to‘garagi yangicha yondashuv bilan faoliyatini davom ettirishini ma’lum qilamiz. To‘garakda har bir talaba o‘zining bilim darajasini oshirish bilan birga, boshqalarga ham ulashish, istiqbolda esa o‘zini iqtidorini namoyish etish orqali, ilmiy-ijodiy faoliyatini davom ettirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Joriy yilning 5-dekabr kuni soat 11-00 da B blok 300-xonada bo‘lib o‘tadigan ilk uchrashuvda so‘rovnoma orqali talabalar orasidan to‘garak a’zolari tanlab olinadi. Intellektual o‘yin kelajakda muntazam ravishda ko‘rsatuv sifatida televideniyaga uzatilishi rejalashtirilmoqda.
To‘garak ilmiy rahbari Anvar Bo‘ronov.
To‘garakga mentorlar sifatida televideniya xodimi Ilxomiddin Alimov va biznes-trener Xasan Usmanov taklif etiladi. Jarayon video tasvirga olib boriladi.
⚡️ 2024-yil - “Yoshlar va biznesni qo’llab-quvvatlash yili” sarhisobi - an’anaviy va sevimli “O‘zbekiston yoshlari forumi-2024” boshlanmoqda!
✅Qadrli yoshlar, dekabr oyi davomida yilning eng qaynoq va unutilmas voqeligi — “O‘zbekiston yoshlari forumi-2024” bo’lib o’tadi.
Forum doirasida yoshlarning sektor rahbarlari, hokimlar, vazirlar bilan uchrashuvlari, mega loyihalar tadqimotlari, Birinchi o‘quv markazlari forumi, “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida “Kasblar tanlovi”, “Ibrat farzandlari” olimpiadasi, Kibersport musobaqasi, “Yosh musavvir”, “Yosh kitobxon oila” tanlovlari, “Z-avlod” forumi doirasida Bolalar harakati Respublika sardorlari saylovi, milliy media kontent super premyeralari, “O’zbekiston belgisi” ko’krak nishonini topshirish marosimi va boshqa yorqin loyihalar tashkil etiladi.
Diqqat, diqqat! Eshitmadim demanglar!
📜 ToshDO'TAU Zakovat ligasining qishki mavsumi boshlanmoqda. 10 turdan iborat bo'lgan ushbu mavsum uchun 12 mln so'm sovrin jamg'armasi ham ajratilgan. Ligada universitetning barcha talaba va o'qituvchilaridan tashkil topgan jamoalar ishtirok etishi mumkin.
💵 Mavsum yakunida umumiy to'plagan ballar orqali eng kuchli 3 jamoa aniqlanadi va quyidagi tartibda taqdirlanadi:
1-o'rin: 5 mln. so'm
2-o'rin: 4 mln. so'm
3-o'rin 3 mln. so'm
📆 5-dekabr, payshanba kuni soat 12-00 da barcha jamoalarni A bino WiFi xonasida kutamiz. Jamoalar soni cheklanmagan. Jamoada kamida 2 ta ko'pi bilan 6 ta o'yinchi (o'yin vaqtida!) o'ynashi mumkin.
📌 Eslatma: Qishki mavsumda ishtirok etish niyatida bo'lgan jamoalar sardorlari @behruz_6402 ga jamoa nomi va o'yinchilar ro'yxatini yuborishi shart!