Kitoblar, sanʼat, tarjima, koʻngil, musiqa va hokazo haqida 🌐 Ijtimoiy tarmoqlarda: https://taplink.cc/usmonosphere 🥂 Iqtiboslar: @sanduvoch_uz 💰 Donat uchun: https://tirikchilik.uz/usmonip 📬 Aloqa: @munshaotbot
🌟 Reverietour bilan xayolingizdagi manzaralarni haqiqatga aylantiring
Sana: 15-dekabr, 2024
🦌 Deer hills (Ertaklardagi Bembini ovqatlantirib, u bilan suratga tushamiz);
🏔 Chimyon (ballon, kvadratsikl, kanatka)
🚠 Amirsoy (Kanatka, snowboarding, ot minish, chang‘i)
Narx o‘z ichiga oladi:
📷 Professional fotosessiya;
🚌 Qulay borib kelish transport xizmati;
💵 Kiyik Fermaga kirish to‘lovi;
🤹🏻♂ Quvnoq va energiyaga to’la jamoa
Joylar atiga 22 ta. Shoshiling. Joy band qilish uchun @thewakh ga yozing
...............................................
P.S: turni oʻzimning qadrdon ukam tashkillashtiryapti, narxi ham juda arzon, boringiz, doʻstlar :)
@usmonosphere
#tanqid
Hozir “Yosh Verterning iztiroblari” asarini qayta oʻqiyapman. Rosti, ilgari menga u qadar oʻrnashmagan edi bu kitob. Ammo hozir gap bu haqida emas.
Asarning eng boshidanoq imlo xatolari uchraganidan ularni raqamlab ketishni oʻyladim. Avvaliga har nechadir betda bir-ikkita uchrab turgan imlo xatolar suratdagi sahifaga yetganda yomgʻirdan keyin chiqqan qoʻziqorinday urchib ketgan ekan.
Aftidan, kirill yozuvdagi matnni lotinchaga oʻgirishgan va tuzukroq koʻzdan kechirishmagan. Mayli, qaysi nashriyot ekanini aytmayman. Oʻzingiz payqab olarsiz :)
@usmonosphere
#fotografiya
Bugun Toshkent fotolar uyida Husniddin Ato va shogirdlarining “Bir maktab — turfa nigoh” nomli fotokoʻrgazmasi ochildi.
Kamron Hasanov, Xolida Musulmon, Madina Aʼzam, Dilruh Isomiddinova, Eʼzoza Umrzoqova, Fazilat Soib, Murod Yusuf kabi yosh fotograflarning ham ishlari namoyish etildi.
Barcha asarlar orasida Fazilat Soibning “Kelajakka suiqasd” nomli surati koʻproq yoqdi. Avvaliga suratdagi qizchaga uzoq termulib oʻtiribman, qani bu yerda suiqasd deganday. Keyin bilsam, suratning jon tomiri orqa fondagi havoga zahar purkayotgan zavod minorasi ekan. Goʻzal kompozitsiya chiqqan.
Dilruh Isomiddinovaning “Estetika”, “Nuqtayi nazar”, “Hukmdor”; Mumtozbegimning “Sevgi”; Xolida Musulmonning “Bobomning qishlogʻi”; Murod Yusuf olgan qushlar suratlari manzur boʻldi.
Vaqt topsangiz, borib koʻring. Koʻrgazma 18-dekabrgacha davom etadi.
@usmonosphere
In English we say “I overthink”, in poetry we say “You live rent free in my mind”.
– Marjan 🧡
#tavsiya
Qish ayni kitob mutolaasiga shoʻngʻiydigan fasl. Buning uchun sizga issiqqina oʻrindiq, kitoblar, qahva hamda bukblogerlarning kanallari zarur boʻladi.
Qolgan narsalarni oʻzingiz tashkil qiling, men sizga oxirgisini ilindim:
Bukblogerlarning Telegramdagi sahifalariga ulanib oling
#ajabtovur #sanʼat
Mashhur kino rejissyorlarining ijodiy uslubi haqida ijodkorona infodizayn. Sizga qaysi biri yoqdi?
Muallif: Behzad Nohoseini
@usmonosphere
“Анора” филми чиқаётгани ҳақида эшитган бизнинг “санъатсеварларимиз” ҳали ўзлари сюжетини аниқ билмайдиган филмига “ўзбекистонлик қизнинг фоҳишалиги ҳақида экан”, “қизларимиз шаънига тош отяпти”, “миллатимиз номини булғашяпти” деб аюҳаннос солишганди. Шу филм American Film Institute Awards томонидан йилнинг энг яхши филмларидан бири деб топилибди. Ундан аввалроқ 77-Канн кинофестивалида энг юқори мукофот ҳисобланган “Олтин палма новдаси”ниям қўлга киритганди.
Қизиғи, бу филм бош қаҳрамонининг ўзбек эканлиги ҳақида аниқ далиллар йўқ ва у қизларга Анора исми қўйилиши мумкин бўлган исталган бир миллатга мансуб бўлиши мумкин эди. Унданам аянчлиси, филм қайсидир миллатда кўпроқ “суюқоёқ” чиқиши ҳақида эмас, шунчаки жамиятнинг ҳар қандай қатламидаги одам ҳам бахтли бўлиши мумкинлиги ва бу йўлда оилавий, ижтимоий каби турли тўсиқларни енгиб ўтиш ҳақида бўлган. Бизнинг жамият эса ҳалиям буни қабул қилолмай ҳалак. Тўғрисиямда, четга ўқишга кетган ҳар қандай қизни “вой бу бузилиб кетади” деб хаёл қиладиган, лекин ўзи “Миллион”, “Браво”ларнинг Чилонзор мост, Шуҳрат, Қатортол деган арзон ҳазилларига ичаги увишиб куладиган одамлардан кўп нарсани кутиш керак эмас, шекилли.
@safarblog
#diqqat #oramizda_qolsin
Yaqinda Otabek Mahkamov bilan boʻladigan uchrashuvga ikkita taklifnoma bor. Taklifnoma egalari ayni oʻsha kuni bora olmasliklari sabab, sotishga qaror qilishibdi.
Mr. Otabekning muxlislari boʻlsa, @munshaotbot ga aloqaga chiqing, narxlarini bilib olasiz.
P.S: bunaqa taklifnoma soni juda cheklangan...
@usmonosphere
❗️
KUZ TUNI KIRADI…
Halima AHMEDOVA
She’rlar
Kuz tuni kiradi g‘amgin va go‘zal,
Tinglayman yuragim larzasini jim.
Labimdan sirg‘alib tushadi mahtal,
Shabnamda chayilgan bir so‘z:
“Sog‘indim…”
#ajabtovur
Dizayner Sherbek Safariy ijodidan: oʻzbek tilidagi baʼzi soʻzlarning vizual koʻrinishi.
Menimcha, juda goʻzal va ijodkorona ish boʻlgan!
Manba
@usmonosphere
Bolalar ovqatlari internet-do'koni Kabrita
Kabrita - echki sutidan tayyorlangan premium bolalar ovqati
- Hamyonbop narxlar
- Butun O'zbekiston bo'ylab bepul yetkazib berish*
- Unumli bokslar
Узнать больше
Mutaxassis bilan maslahatlashing. 11 oydan katta bolalarni ovqatlantirish uchun
#reklama
kabrita.uz
#diqqat
Yuqorida keltirilgan iqtiboslar asarning men tarjima qilgan nusxasidan olinmagan.
Shunday boʻlsa-da, ulashgim keldi. Kecha ulugʻ adiba Astrid Lindgrenning tugʻilgan kuni edi.
@usmonosphere
#sheʼrparcha
Bolaning qoʻrquvidek haqqoniy,
Taʼsirli —
Jon chiqar mahal
pichirlangan kalima misol
Ilk bor Momo Havoni koʻrib
Dong qotgan Odam Ato
Hayratiday izhor
Topmaguncha to
Tilimga osilgan qulfni
Ochmaslikka ichganman qasam.
…Qonib ishq hoʻplaymiz hali labo-lab.
Faqat hozir…
Axir tushunsang-chi
“Men seni sevaman” bu —
Hamma ayta oladigan gap!
Jontemir
@usmonosphere
#tarjima #til #tahrir
Mashina tarjimasi, inson tarjimasi va lug‘at boyligi
Bugun bir asar tarjimasini qiyosiy tahrir qilish jarayonida ajoyib topilmaga duch keldim. Tarjimon ingliz tilidagi “populism” so‘zini o‘zbekchaga “ommabozlik” deb o‘giribdi. Mana shu birgina so‘zning o‘zidayoq tarjimonga hurmatim oshdi.
Mana o‘sha gap: “Kelib chiqishi ishchilar sinfiga mansub bo‘lsa-da, uning yaqindagina shakllangan ommabozligi soxta va jamoatchilik fikriga qarab qolgandek, qiyofasidan boshqa maqtangulik jihati yoʻqdek tuyulardi”.
Chindan ham “ommabozlik” biz har kuni ishlatib kelayotgan “populizm” so‘zining ayni muqobili bo‘la oladi. Ma’no o‘sha, har qaysi kontekstga mos tushadi, hatto ortiqcha izohsiz ham anglash mumkin. So‘z yasalish qolipi ham bizga begona emas.
Tarjimonning o‘rni va qiymati mana shu nuqtada bilinadi. Ya’ni ma’lum so‘zni ikkala tilda ham yaxshi tushuna oladigan, o‘zbek tili xususiyatlarini biladigan ilmli va iste’dodli tarjimongina tilni boyitishi mumkin. No‘noq tarjimonlar yoki tarjima dasturlari esa, shunchaki “populizm”ning o‘zini matnga yopishtirgan bo‘lardi.
Nega tarjima dasturlari professional tarjimonning o‘rnini bosa olmasligiga misol bu. Chunki tarjima dasturlari avvaldan mavjud bo‘lgan, o‘zbekcha matnlarda qo‘llanilgan, lug‘atlarga kiritilgan va bazasida mavjud so‘zlarnigina taqdim eta oladi. Yangi so‘z yasash va mavjud so‘zlarning kontekstga mosini tanlashga hali imkoniyati hali yetmaydi. Katta ehtimol bilan hech qachon yetmasa kerak.
So‘zimni amalda isbotlash uchun ayni gapni eng takomillashgan tarjima dasturiga joyladim. Avvaliga u ham “populizm” deb o‘girdi. Matnni sayqallash tugmasini bosgandim, “xalqchillik” so‘zidan foydalandi. Ammo bu variant lug‘aviy va kontekstual jihatdan muqobil bo‘la olmaydi. Ikkinchi bor sayqallaganimda esa, “xalqparvarlik” deb tarjima qildi. Afsuski, bunda ham xuddi “xalqchillik”dagi kabi muammo ko‘zga tashlanadi. Uchinchi va to‘rtinchi sayqallashda ham shu so‘zlarni qayta taklif etaverdi.
Demak, sxema quyidagicha:
Inson tarjimasi: “populism” → “ommabozlik”
Mashina tarjimasi: “populism” → “populizm”, “xalqchillik”, “xalqparvarlik”...
Ko‘ringanidek, inson faktori vositasida muttasil ravishda bosqa tillardagi so‘z va atamalarning o‘zbekcha muqobillari topiladi yoki yasaladi. “Ommabozlik”ga o‘xshagan yangi so‘zlar og‘zaki nutqda muomalaga kirib, lug‘atlardan o‘rin olib, matnlarda faol qo‘llanilganidan keyingina uni tarjima dasturlarida ko‘rish mumkin.
Aniq statistika yo‘q, lekin tarjimonlar, yozuvchi va shoirlar, jurnalistlar-u muharrirlar har kuni o‘nlab, balki yuzlab yangi so‘zlarni yaratadi, eskilarini qayta muomalaga kiritadi, mavjud so‘zlarga yangi ma’no yuklanadi. Tilshunos va lug‘atshunoslardan esa, shu kashfiyotlarni doimiy kuzatib borishni, unda-bunda uchraydigan yangi so‘zlarni bee’tibor qoldirmasdan, lug‘atlarga kiritishni so‘ragan bo‘lardim. Hozircha tilimiz uchun bundan foydaliroq tadbir yo‘q.
Shohrux Usmonov
@usmonosphere
AGAR
Mening qo‘llarimni kesishsa agar,
Shuncha qilgan gunohim uchun
Tong chog‘i uzilib
ketsa bir juft qo‘l.
Nahotki,
so‘nggi bor o‘pa olmaysan,
Havoda muallaq qolgan qo‘llarni…
Eng yaxshisi –
endi hech kim tuhmat qilolmas,
“Uning bu ishlarda qo‘li bor”, deya.
Eng yomoni –
bir xudbin qo‘l cho‘zib qolsa nogahon,
qo‘l bermay bir lazzat tuyolmayman men.
Eng qo‘rqinchlisi –
sen bilan barchasiga qo‘l
siltab keta olmayman
boshim oqqan tomonlarga…
@humoyunfattoh
#iqtibos
Odamlar nega meni yaxshi koʻrishadi, hayronman. Koʻplariga maʼqul boʻlaman, koʻplari menga mehr qoʻyib qolishadi, biroq yoʻlimiz tezda boshqa-boshqa tomonga burilib ketishidan afsuslanaman.
Gyote, “Yosh Verterning iztiroblari”
@usmonosphere
#Nobel
Kecha 10-dekabr kuni 2024-yilgi Nobel mukofoti sovrindorlariga mukofotlar topshirildi.
Bu yilgi nomzodlar va ularning olamshumul ishlari haqida maqola tayyorladim. Oyina saytida oʻqishingiz mumkin:
👉🏿 https://oyina.uz/uz/article/3282
@usmonosphere
Yil boshida sahifamdagi obunachilarim sonini uch mingtaga yetkizaman, deb niyat qilgandim. Xo‘sh, sizningcha yangi yil kirguncha buning uddasidan chiqamizmi?
Yana olti yuz kishi yetmayapti ekan :)
@usmonosphere
KOʻRGAZMAGA MARHAMAT!!!
Fotografiya/Fotojurnalistikaga befarq boʻlmaganlarni yilning eng oʻziga xos fotokoʻrgazmasiga taklif etamiz.
"Bir maktab – turfa nigoh" nomli ushbu koʻrgazma ʼʼUstoz-Shogirdʼʼ anʼanasiga asoslangan boʻlib, unda fotorassom va fotojurnalist Husniddin Atoning shogirdlari — Dilruh Isomiddinova, Madina A'zam, Xolida Musulmon, Kamron Hasanov, Ezoza Umr, Fazilat Soib, Mumtozbegim, Marvarida Isroil, shuningdek eshitish imkoniyati cheklangan fotosuratchilar— Murod Yusuf, Gulnoza Adham hamda
Mariya Malinovskayalarning turli yoʻnalishdagi sara foto asarlari, shuningdek, Husniddin Atoning Parij 24 Paralimpiya o‘yinlaridagi eng sara asarlari oʻrin olgan.
Fotoko'rgazmada koʻrishguncha.
📆 Sana: 11-dekabr, 2024-yil;
⏰ Vaqt: 17:00 (ochilish marosimi)
📍 Manzil: Toshkent Fotosuratlar uyi.
Lokatsiya!
Barchangizni taklif etamiz!
@Xolida_Musulmon
Necha yilki har doim ilk qor yoqqanida shu sheʼrimni eʼlon qilishni anʼanaga aylantirib oldim. Hoʻ-oʻ bir zamonlar yozilgan, hamon qadrdon sheʼrcham bu.
Marhamat, qor kayfiyati toʻkis boʻlsin:
👉🏿 https://youtu.be/G-692DIbDR0
@usmonosphere
#diqqat
Doʻstlar, sahifa yurishi uchun hamma narsa tayyor. Faqat obunachilar soni 100 taga yetishini kutyapman...
@soz_lab × @usmonosphere
#ajabtovur
Odessadagi (Ukraina) bir hajviy jurnalda 1917-yil iyun sonida chop etilgan karikatura. Unda ozodlikka har kim har xil qarashi ifodalangan.
Amerikalik:
— Bizda erkinlik bor, endi toʻgʻri kelgan odam meni doʻpposlolmaydi.
Rus:
— Bizda erkinlik bor, endi toʻgʻri kelgan odamni bemalol doʻpposlashim mumkin.
@usmonosphere
#gurung
👉🏿 @munshaotbot
Savollaringiz, gaplaringiz, taklif va tanqidlaringiz boʻlsa, yozib qoldiring. Yoʻlda oʻqib boraman. Uyga kirvolib javob yozaman 🤝
@usmonosphere
#iqtibos
Mikoil Adiguzelning “Katta shahzoda” asaridan iqtiboslar
• Ajab… Ulg‘ayishdan kim ham quvonardi odamzotdan boshqa? Harqalay, gullar daraxtdek baland bo‘lishni xohlashmasa kerak.
• Baxtga yetmoqchi bo‘lsang, horimoqqa tayyor tur.
• Bilganlaring eng katta dushmaningdir.
• Bitta yosh bolaga vaqt sarflash mingta katta odamni tanishdan yaxshiroqdir.
• Ba’zan eng yaxshi niyatlardan chuqur jarohatlar paydo bo‘ladi.
• Bolalarning sofligi har qanday donishmandlikdan ustun.
• Top-toza tomchi butun boshli ummondan a’lodir.
• Chin yurakdan yaxshi ko‘rgan odam qayerda bo‘lsa ham sevgilisi bilan birgadir.
• O‘ylamay gapirgan kishi gapining asiriga aylanadi.
• Nimaiki qidirsangiz, bir kun qalbingizda topasiz.
• Insonlar eng ko‘p o‘zlari bilan yuzma-yuz kelishdan qo‘rqadilar.
• Bitta daraxtni o‘rganish uchun to‘rt fasl, ya’ni bir yil sarfladingiz. Odamni tanish uchun esa bundya yillardan bir nechtasi kerak bo‘lishini hech qachon unutmang.
• O‘zingizni bilmay turib, o‘zgalarni bilishga urinmang.
• Yo‘llar ayro tushgan mahal yolg‘iz yurishni ham bilishingiz kerak.
• Ayriliq - ko‘z bilan sevganlarning dardidir.
• Ba’zan tushlarimiz hayotdagida ko‘ra ko‘proq saboq beradi.
• Muhimi, bolalikka qaytish emas, bolalar bilan birga vaqt o‘tkaza olishdir.
• Sen esa qup-quruq tuproqqa o‘xshaysan. Yuragingdagi gullarni sug‘orishing kerak bo‘lgan vaqtni boy beryapsan. Bunaqada so‘lib qoladi ular, e’tiborliroq bo‘l!
• To tirik ekansan, pushaymonlik foyda beradi.
• Zotan, barcha xotiralaring, boshdan o‘tkazganlaring - sensan, sening o‘zingsan!
• Bizni biz qilgan narsa qo‘lga kiritgan bisotimiz emas, hayot davomidagi hissiyotlarimizdir.
• Topdim deydiganlar yo‘qotganlardir.
@usmonosphere
#taqriz
Shahzodamiz katta boʻlmagani yaxshi...
Mikoil Adiguzelning “Katta shahzoda” asari chiqishi haqida eshitishim bilanoq, oʻqishni niyat qilgandim. Nomi oʻziga tortgan, Kichkina shahzodaning ulgʻayganiga qiziqdim.
Lekin Ekzyuperining shohasari va turk adibining shahzodasi oʻrtasida yer bilan osmoncha farq bor. Saviya jihatdan ham, syujet ravonligi va asar qurilishi jihatdan ham.
Birinchidan, “Katta shahzoda” menga butlul sunʼiy tuyuldi. Mening, va ehtimolki, koʻplab oʻquvchilarning tasavvuridagi Kichkina shahzoda vaqti kelib katta odamga aylanmasligi, aylanganda ham bu qadar biqiq inson boʻlmasligi kerak. Qisqasi, personaj ishonarsiz chiqqan, nazarimda.
Ikkinchidan, Katta shahzoda yana avvalgi yoʻl xaritasi boʻylab sayohatga otlanishini va eski qadrdonlari yoki ularning izdoshlarini uchratishini, ularga endi katta inson sifatida nazar solishini kutgandim. Afsuski, Katta shahzodaning sayohati notugal va yuzaki koʻrindi.
Uchinchidan, asardagi syujet chizigʻi ham juda oʻynoqi: kutubxona, tush, sayohat, taʼlim olish, kitob yozish va hokazo. Ammo baʼzi hikmatnamo jumalalar, tagiga chizsa boʻladigan satrlar bor. Ekzyuperinikichalik boʻlmasa-da, bor har qalay.
Qolaversa, kitobdagi illyustratsiyalar sunʼiy idrok yordamida tayyorlangan shekilli. Asar ruhiyatiga deyarli mos emas, xatolari koʻp: barmoqlar koʻpmi-yey, toshbaqaninh tanasi ayqash-uyqashmi-yey, cholning hassasi oʻzi tik turibdimi-yey. Shu oʻrinda umumiy fikr: suratlarda sunʼiy intellektdan foydalanish yaxshi, lekin shundayicha kitobga joylash yaramaydi. Professional rassomlar bilan ishlash maqsadga muvofiq.
Asar tarjimasi ham menga maʼqul kelgani yoʻq. Turkchadan tarjima qilingani shundoqqina bilinib turibdi. Yaʼni gaplar turkcha qolipda, baʼzi soʻzlar turkchadagisini shundoqqina oʻzbekcha alifboda yozib qoʻyganday tuyiladi. Masalan: “parvosizcha” ravishidan foydalanilgan. “Parvosiz” shundoq ham oʻsha maʼnoni beradi, “-cha” qoʻshish shart emas. Yoki “beparvo” deb ifodalash mumkin edi.
Gapning qisqasi, mening nazdimda “Katta shahzoda” unchalik ham oʻzini oqlamagan taqlid. Kitobning nomigina odamni jalb qiladi. Agar “Kichkina shahzoda”ning (ashaddiy) muxlisi boʻlsangiz, bu asarni oʻqishni tavsiya qilmayman. Kutganingizga yarasha narsa olmaysiz. Siz va biz uchun “Kichkina shahzoda” kichkinaligicha aziz.
@usmonosphere
Siz taniydigan kitob blogerlarning koʻpchiligi oʻz sohasining ustasi faranglari hisoblanadi. Safimizda sanʼatkor va ijodkordan to adabiyotshunosgacha bor.
Quyida esa oramizdagi tarjimonlar bilan tanishtiramiz. Har bir tarjimondan bittadan asarni keltirdik. Qolganini ularning kanallaridan bilib olasiz.
Abu Bakr Fozilov — @phaziloff
Tarjima qilgan asari: Jeyms Cheyz — “Venetsiya missiyasi”
Temur Tangriberganov – @timur_books
Tarjima qilgan asari: Jyul Vern - "Parij XX asrda"
Raxshona Ahmedova – @RaxshonaAhmedova
Tarjima qilgan asari: Shin Kyong Suk – "Onamni asra"
Samandar Nazirjonov – @stoik_kutubxonasi
Tarjima qilgan asari: Koyoharu Gotoge – "Iblislar qotili"
Ma'rufjon Ochilov – @marufjonblogi
Tarjima qilgan asari – Endi Veyer – "Marslik"
Nazarbek Nazarov – @bookerberg
Tarjima qilgan asari: Nassim Taleb – "Qora oqqush"
Nurali Qahramon – @santuagaraoflibrary
Tarjima qilgan asari: Allen Ginsberg – "Uvvos"
Nodira Ibrohimova – @mittihaqiqatlar
Tarjima qilgan asari: Virjiniya Vulf – "Shaxsiy xona"
Alisher Fayzullayev – @perezagruzka_2021
Tarjima qilgan asari: U. Sorayan – "Daho"
Shohrux Usmonov – @usmonosphere
Tarjima qilgan asari: Astrid Lindgren – "Uzunpaypoq Peppi"
Mirzohid Muzaffar – @bobil_kutubxonasi
Tarjima qilgan asari: Jorj Martin – "Taxtlar oʻyini"
Ilhom Salimov – @salimov_blogi
Tarjima qilgan asari: Sara Jo – "Londondan muhabbat ila"
Barchasiga birdan a'zo boʻlish uchun quyidagi link ustiga bosing)
❗️
Astrid Lindgrenning «Uzunpaypoq Peppi» asaridan iqtiboslar
Hamma bolalar Pippiga tikilib qarab o‘tirishardi. Pippi polda yotgancha, ko‘ngli tusaganicha rasm chizayotgan edi. «Pippi, – dedi o‘qituvchi sabrsizlik bilan, – Nega suratni qog‘ozga chizmayapsan?» «Men uni allaqachon to‘ldirib bo‘ldim. Bu kichkina qog‘oz parchasida otimni butkul sig‘dirishga joy yetarli emas».
#sheʼrlarim
Ora-sirada obunachilar oʻzim yozgan sheʼrlarni soʻrab qolishadi. Bugun ham bir kishi soʻrabdi. Mayli, kanalda eʼlon qilinganlarini bir yerga toʻplab qoʻyaman. Ulashishga va oʻqishga oson boʻlsin.
• “Rassom”
• “Qor”
• “Koʻylaklar”
• “Lojaram”
• “Qorlar yogʻar...”
• “Oynur”
• “Sevgiga oʻxshash...”
• “Fojia”
• “Yigirma ikki”
• “Axir siz muattar...”
• “Soʻroq”
P.S: hozircha topganim shu. Bu roʻyxat toʻldirib boriladi :)
P.S: oʻzimning yozganlarimdan tashqari, menga eng yoqadigan sheʼrlarni @sheriston manzilidan topasiz :)
@usmonosphere
#yangi_kitob
“Asaxiy Books”da Jordan Pitersonning “Hayot uchun 12 qoida” nomli kitobi chop etildi.
Ichida rasmchalari, sheʼrchalari bor. Olib varaqlanglar :)
@usmonosphere