Kitoblar, sanʼat, tarjima, koʻngil, musiqa va hokazo haqida 🌐 Ijtimoiy tarmoqlarda: https://taplink.cc/usmonosphere 🥂 Iqtiboslar: @sanduvoch_uz 💰 Donat uchun: https://tirikchilik.uz/usmonip 📬 Aloqa: @munshaotbot
#kino
Oʻlib ketishingizdan avval koʻrib chiqish shart boʻlgan yettita forscha film. Hozircha men 3 tasini koʻrgan ekanman.
1. Ayriliq (rej. Asqar Farhodi)
2. Olcha taʼmi (rej. Abbos Kiarustamiy)
3. Velosipedchi (rej. Muhsin Mahmalbof)
4. Samo farzandlari (rej. Majid Majidiy)
5. Yirik plan (rej. Abbos Kiarustamiy)
6. Jannat rangi (rej. Majid Majidiy)
7. Doʻstning uyi qayerda? (rej. Abbos Kiarustamiy)
@usmonosphere
Demak, boshladik! Kitobning faqat birinchi nusxasini oʻzim sotmoqchiman. Qolganlarini keyingi haftadan oʻz narxida doʻkonlardan sotib olaverasiz.
Kitob kecha chiqqan. Hali toʻliq adadda bosilmadi. Birinchi nusxasiga dastxat qoʻyib, joʻnatib yuboraman. Va oʻsha nusxasini aynan siz olishingiz mumkin.
Unda ketdik! Norasmiy kimoshdimiz 22:00 gacha davom etadi. Kitobga koʻproq narx aytgan bir kishi ega chiqadi.
Boshlangʻich narx: 35 000 soʻm
Boshlandi: 18:40
Tugaydi: 22:00
Hammaga omad!
@usmonosphere
#tuhfa #sanʼat #teatr
Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi Toshkent shahridagi davlat teatrlari va sanʼat saroylarining fevral oyi repertuarini taqdim etadi.
Faylda oʻzingizga maʼqul kelgan sanada qanday spektakllar, kimning konsert dasturlari borligini bilib olishingiz mumkin.
Repertuar bilan boʻlishgani uchun rokshunos doʻstimiz Axrorxonga qoʻlshappatlaringiz!
P.S: faylni saqlab oling, oy davomida kerak boʻladi🤓
@usmonosphere
#offtop
Bugun koʻrgan, kayfiyatimni koʻtargan, yoqtirgan videolavhamni siz bilan ham boʻlishay dedim.
Dil izhorlarini kim aytsayam, qanday soʻzlar vositasida aytsayam taʼsirchan chiqaverarkan.
Tavsiyam hozir ikki daqiqangizni ayamasdan kimgadir koʻngildan chiqarib nimadir deb keling.
Yoki soʻzga chechan emasman desangiz, shu postni joʻnatish kifoya :)
@usmonosphere
Xoʻsh, mana shu nuqtada qaysi faktor rol oʻynaydi? Albatta, zoʻr tarjimon faktori!
Shu sabab nashriyotlardan iltimos qilgan boʻlardim, yangi nashrlar haqida xabar berganda tarjimonini ham zikr etish lozim.
Insaydlarga koʻra, “Yangi Asr Avlodi” nashrga tayyorlagan kitobda tarjimon Qodir Mirmuhammedov ekan. “Huzur” nashriyoti ham asarni qaysi tarjimon oʻgirganini eʼlon qilsa yaxshi boʻlardi.
Agar ikkala nashr tarjimoni bitta boʻlsa-chi? Unda keyingi faktorlar oʻrtaga chiqishi mumkin. Nashr sifati, tahrir va tasʼhih, qogʻoz va muqovaning yoqimliligi va hokazo deganday.
@usmonosphere
#ajabtovur #sanʼat
Jahongir Otajonov yana yondirmoqda!
Kecha xonandaning “Happy birthday” nomli taronasi premyera qilindi. Unga ishlangan klip har doimgidek ramzlarga, remeyklarga toʻla.
Mana oddiygina misol: klipda mashhur golland rassomi Yohan Vermeyerning “Marvarid sirgʻali qiz” nomli shohasariga parodiya bor.
Umuman olganda, klipning oʻzi ishoralarga toʻla. Oʻrdakboshli aktyorlar, ofis hayoti, “aaa aa aa” degan tovush, kostyumlar va klip soʻngida Otajonovning ham oʻrdakboshga aylanishini toʻlaqonli kompozitsiya sifatida baholash mumkin.
Janr masalasiga kelsak, menimcha, bu ham post-pankka oʻxshaydi. Adashgan boʻlsam, soʻz musiqa bilimdonlariga. Marhamat, fikringizni qoldiring.
Klip havolasi:
https://youtu.be/Lp2riL9OyCY?si=PjZQaaXIUWUm_7PB
@usmonosphere
@bookxana kanalida kitoblar va tuyg'ular haqida o'ziga xos taqrizlar o'qishingiz mumkin. Aynan bugun obuna bo'lib qo'ymoq lozimu - lobiddur. Boisi hech qanday shartlarsiz bira to'la 6 ta kitob yutib olish mumkin bo'lgan tanlov bo'lyapti. Tanlov bugun kechki soat 20:00 gacha davom etadi.
Читать полностью…Ustod Xayr Muhammad Chovushni koʻpchilik tanimasa kerak. Afgʻoniston oʻzbeklaridan, hozir Amerikada istiqomat qiladi. Oʻz yurtidagi oʻzbek diasporasi, ayniqsa, yosh sanʼatkorlar ehtirom bilan “ustod” ataydi.
“Oʻtdi besh kunlik davronim-ey” degan qoʻshigʻini eshitgan chiqarsiz. Lekin asl muallifini oʻshanda bilmagan boʻlsangiz kerak. Bizda juda dovruq qozongan qoʻshiq.
Umuman, bu sanʼatkorning qoʻshiqlari oʻzgacha goʻzal. Ohanglari, soʻzlari... Oʻzbegim, oʻzbek tilim deb xonish qilganlari alohida mavzu.
Xullas, tinglashga arzigulik sanʼat asarlari bor. Bu insonning hayot hikoyasi ham qiziq menga...
P.S: Ustodning qoʻshiqlarini @ohangzor da eshitishingiz mumkin :)
@usmonosphere
#sanʼat
137 500 $ lik Qorbobo
Bu suratni qaysidir bolakay emas, mashhur rassom Pablo Pikasso chizgan va chindan ham uning qiymati auksionda 137 500 AQSH dollariga baholangan.
Asarning chap tomon tepa qismida Pikassoning dastxati ham bor: “24.12.59. Gilbert va Serj uchun. Pikasso”
1959-yil Rojdestvo bayramida muallif mazkur asarni Gilbert Duklod va Serj Chaubiga sovgʻa qiladi. Janob Duklod Kann shahridagi “Galerie 65” egasi boʻlib, Pikassoning koʻplab koʻrgazmalarini tashkillashtirgan edi.
Asar 1971-yili Jenevada Pikassoning 90 yilligiga bagʻishlangan koʻrgazmada namoyish etilgan.
Xoʻsh, “qoʻl uchida” chizilgan mana shu eskizning bahosi adolatli qoʻyilgan deb oʻylaysizmi? Bunga Pikassoning mashhur iqtibosi javob boʻladi, menimcha:
“Rafaelga oʻxshab chizishni oʻrganishim uchun 4 yil yetarli boʻldi. Lekin bolalarga oʻxshab chizish uchun butun umrimni sarfladim”@usmonosphere Читать полностью…
Daler Nazarov haqiqiy afsona. 2025-yil uchun orzularim roʻyxatiga “makiy Daler” bilan koʻrishish, suhbatini olish yoki hech boʻlmaganda konsertiga tushish qoʻshildi.
Nasib etsa, niyat amalga oshsa, albatta, shu yerda boʻlishaman.
P.S: maestroning qoʻshiqlaridan @ohangzor da bahramand boʻlishingiz mumkin :)
@usmonosphere
#tavsiya
Jontemir Jondorning “Darvesh qoʻshigʻi” nomli sheʼriy kitobining soʻnggi nusxalari sotilyapti emish. Qariyb 7 yil avval chiqqan. Yana 10-15 yil oʻtib, ehtimol, qimmatli kitobga aylanadi.
Bu kitobdagi sheʼrlarni oʻqib, qariyb yodlab olganimda hali maktabning yuqori sinfida oʻqirdim. Undan keyin Jontemir aka yana eh-he qancha sheʼr yozdi. Lekin “Darvesh qoʻshigʻi”dagi sheʼrlarga mehrim hamon boʻlakcha.
Shu sababdan ham sizga tavsiya qilyapman. Olib qoʻysangiz yutqazmaysiz. Hozir xarid qilsangiz, shoirning aynan sizga atalgan dastxati bilan yetkaziladi.
Xarid masalasida quyidagi manzilga murojaat qiling:
Tg: @Nurmuhammad_Abduzoirov
Tel: +998935589678
@usmonosphere
Bugun menga bot orqali yuborilgan eng zoʻr qoʻshiq shu. Afsuski, qoʻshiq yuborganlarga javob yozib boʻlmas ekan. Rahmat, nomaʼlum yaxshi inson.
@usmonosphere
Stendap-komik do‘stimiz Abu Bakr Fozilov yangi yil oldidan kayfiyatingizni yana-da ko‘tarishni maqsad qilgan.
O‘zbek stendapida o‘ziga xos o‘rniga ega bo‘lgan Abu Bakr 26-dekabr kuni 19:00 da navbatdagi konsert dasturini namoyish etadi. Manzil: Bog'ibo'ston 186 (Impact.T markazi).
Chiptalarni esa @abubakrfozilov ning o‘ziga yozib, xarid qilsangiz bo‘ladi. Chipta narxi — 100 ming so‘m.
Aytgancha, 20-dekabrgacha 25% chegirma!
Xullas, ajoyib insonning ajoyib konsertiga marhamat qiling. Undan oldin esa Abu Bakr ishtirokidagi quyidagi konsert va chiqishlarni tomosha qilsangiz bo‘ladi:
1. Xay mayli stand up #2 (34:19 — 43:30 gacha Abu Bakrning chiqishi)
2. Xay mayli stand-up (20:47 — 29:12 gacha Abu Bakrning chiqishi)
3. Abu Bakr Fozilov — START stand-up konsert dasturi
4. Kulgu qancha turadi? | Elmurod Haqnazarov, Qobil Karimberdiyev, Abu Bakr Fozilov | BUSOQQA
#ajabtovur
Dunyoda Usmonovlar, Usmonovalar koʻp, Usmonip hozircha bittagina...
@usmonosphere
#ajabtovur
Oʻzbek tilidan inglizchaga tarjima qilingan gʻazallarni oʻqib deyarli qoniqmaganman. Faqat radif takrorlanar, qofiyani keltirish deyarli imkonsiz edi koʻpida.
Aslida bu oson ish emas, ingliz tilida gʻazal yozib boʻlmasa kerak deb ham oʻylaganman. Lekin ingliz tilidayam shirin-shirin gʻazallar yozadigan shoirlar bor ekan.
Mana masalan suratda koʻrib turganingiz. Bu men ingliz tilida oʻqigan birinchi toʻlaqonli gʻazal. Mashriqiy ingliz tilida yozilgan. Muallifi Azil taxallusli shoir.
Qolaversa, Ogʻo Shahid Ali ismli asli kashmirlik ingliz shoiri ham gʻazallari bilan mashhur ekan. Qiziqqanlar internet orqali maʼlumot topishlari mumkin.
Qachondir ingliz tilida gʻazal yozsa boʻladimi deb soʻrashsa shularni misol qilib koʻrsataverasiz.
@usmonosphere
#auksion #natija
Auksion natijalarini eʼlon qilaman. Demak, gʻolib Jahongir (@xazinalar_ombori) boʻldi!
Kitob narxi: 757 757 soʻm. Baraka!
Jahongirni tabriklayman va barcha qatnashganlarga rahmat aytaman.
Kitobni qadrlaydigan, ijodimni hurmat qiladigan barchadan minnatdorman.
Jahongirga esa kitob, dastxat va maktubni yaqin kunlarda yuboraman.
P.S: suratni Jahongirning ruxsati bilan qoʻyyapman. Xalq qahramoninizni tanisin!
@usmonosphere
#yangi_kitob #tarjima
🍾 Xushxabarni eʼlon qiladigan vaqt keldi!
Vanihoyat uzoq kutilgan “Devona” nashrdan chiqishni boshladi! Unda jahonga mashhur adib va faylasuf Jubron Xalilning “Devona”, “Darbadar”, “Qayrilgan qanotlar” nomli asarlari jamlangan.
Dastlabki ikkitasining tarjimasi kaminaga tegishli. “Qayrilgan qanotlar”ni esa Fayzi Shohismoil oʻzbekchaga oʻgirgan.
Kitob hali toʻliq tirajda nashr etilmadi. Sotuvga yangi haftadan chiqa boshlaydi. Suratdagi asarning dastlabki nusxalaridan biri.
Ana shu dastlabki nusxalardan birini bugun auksionga qoʻymoqchiman. Kimoshdi savdosida yutgan kitobxonga “Devona”ning birinchi nusxasini dastxat qoʻyib yetkazishni niyat qildim.
Albatta, asosiy gap pulda emas. Muhimi, Jubron Xalil ijodidan keyingi qilinajak tarjimalar va nashrga tayyorlanajak kitoblar uchun yaxshigina motivatsiya boʻlardi.
Xoʻsh, shu fikrga nima deysiz? Qoʻllab-quvvatlasangiz, bugunoq oʻtkazib yuboramiz!
@usmonosphere
Bitta zoʻr yangilik bor. Ertaga eʼlon qilaman. Kutinglar :)
P.S: bilib qolib aytganlardan rozi emasman...
@usmonosphere
#xushxabar
“Zabarjad Media” nashriyoti navbatdagi katta loyihasini boshladi: “Quyoshim” turkumida bolalar va oʻsmirlar adabiyotining 100 ta eng sara namunalari chop etiladi.
Nashriyot rahbari Maʼmura opa kitoblarni chertib-chertib tanlaganiga, avvalo oʻz farzandlari (Zabarjad, Ibodulla va kichkintoy Habi) uchun hamda oʻz jigargoʻshalari qatori butun millat bolalari uchun eng yaxshi kitoblarni chop etishni maqsad qilganiga ishonaman.
Ochigʻi, men ham loyihada mavjudligimdan, oz-moz hissa qoʻshayotganimdan xursandman. “Zabarjad Media” hali yomon kitob chiqargani, ishiga masʼuliyatsiz qaragani, kitobxonni behurmat qilgani yoʻq. Shuning uchun ham xursand boʻlasan kishi.
Maʼmura opa, jamoadagilar, men kabi jamoaning yaqin doʻstlari, nashriyotning ashaddiy muxlislari va albatta har kuni kitob oʻqigisi keladigan bolakaylarni goʻzal loyiha bilan tabriklayman!
Siz esa, hurmatli doʻstim, loyihani qoʻllab-quvvatlang, kitoblar chiqishi bilan ikkilanmay sotib oling, oʻzingiz ham oʻqing, uka-singil, jiyan-u farzandlaringizga hadya ham qiling.
Uning uchun porloq loyiha bilan hozirdan tanishing. Batafsil quyidagi havolada:
👉🏿 /channel/ZabarjadMedia/2593
@usmonosphere
Mana buni kitob bozoridagi raqobat desa boʻladi!!!
Bir muallifning aynan bir asarini ikkita nashriyot bir paytda chop etnoqchi boʻlib turibdi.
Xoʻsh, nimasi yaxshi? Albatta, bu yerda kitobxon yutadi. Qaysi nashriyot tayyorlagan kitobning tarjimasi sifatli, tahriri toza, dizayni, qogʻozi va hokazo ikir-chikirlarigacha qarab, sinchiklab, tanlab oʻqiydi. Chertib-chertib koʻrib xarid qiladi.
Shu bahonada qaysidir nashriyot obroʻsini mustahkamlab oladi, qaysidir nashriyot xatolarini koʻrib chiqishga imkon paydo boʻladi.
Qolaversa, tarjimashunoslarga ham tayyor tadqiqot obyekti. Shu sababdan ham yaxshi asarlarning turli tarjima variantlari boʻlgani faqatgina kitobxon va adabiy hamjamiyat foydasiga ishlaydi.
Xullas koʻramiz, qaysi “Ochlik” yaxshiroq chiqarkin?!
@usmonosphere
#parcha #sheʼrparcha
...va soʻnggi xabarchi Muhammad
alayhissalom tashrifidan
va unga Qurʼoni Karim tushirilganidan
va Qazodan
va Qadardan
va Lavh-ul Mahfuzdan
va shaytoni laindan
va aslim ruhligidan
va vujudim ruhga idishligidan
va libosligidan
va jannat yoʻlidan
va doʻzax yoʻlidan
va bu dunyo
va quyosh va oy
va yulduzlar
va tun va kun
va dengizlar va togʻlar
va suzguvchi va uchguvchi
va yurguvchi hayvonlar
va darrandalar
va parrandalar
va daraxtlar va maysalar
va tikanlar va gullar men uchun
va menga xizmat qilish uchun yaratilganidan
va mening eng sharafli zot qilib bunyod
etilganimdan xabar topdim...
Aziz Said, “Vaqt manzili”
@usmonosphere (7/2025)
#offtop
Vaqt beshafqat! Umr shuvillab oqib ketadigan asov daryo... Nahotki suratdagi mana shu bolakay allaqachon 40 yoshga kirdi?!
Tirik afsona, tirik afsungar, tirik joziba, tirik qat’iyat...
U haqida oʻnlab kitoblar yozilgan, filmlar ishlangan, qoʻshiqlar kuylangan, shaʼniga haykallar qoʻyilgan. Sharafiga nomlangan joylarning-ku sanogʻi yoʻq.
Oʻsha kitoblardan ikkitasi oʻzbek tiliga tarjima qilinib, chop etilgan. Biri kattalar va biri bolalar uchun:
• Rodrigo Karlos Ferras, “Ronaldo” (X. Abdurashid tarjimasi)
• Roberto Diyego: “Qoʻrquv bilmas Ronaldu”
@usmonosphere
#taqriz
O‘zimizdan chiqqaniga nima yetsin…
(Erkin A’zamning “Gonoluluga elchi” asariga taqriz)
O‘zbekiston Xalq yozuvchisi Erkin A’zamning nasrini juda yoqtiraman. Tili shu qadar go‘zal va kinoyali, qahramonlari shu qadar hayotiy va original. Hikoya va qissalarini chin ma’noda miriqib o‘qiganman. Ishonavering, bunaqa ravon uslub, bunaqa ohangdor va ixcham nasr juda taqchil.
Yaqinda adibning “Gonoluluga elchi” asarini mutolaa qildim. Hali yangi asar ekan, ikki yil oldin yozilgan. Voqealar ham yaqin tarixda, istiqlolning ilk yillarida sodir bo‘ladi. Aftidan, to‘laqonli voqeiy qissa. Faqat undagi obrazlar o‘zgacha nomlar bilan tilga olinadi. Shunisi bilan qiziq aslida.
Syujet haqida yakkam-dukkam gapiradigan bo‘lsak, qadrdon do‘stlar sanalmish olti ijodkorni turli mamlakatlarga elchilikka yuborishga qaror qilishadi - “Yaxshi-da, o‘zimizdan chiqqaniga nima yetsin!” Ularga til o‘rgat, turli ijtimoiy-siyosiy mavzularda maqolalar yozdir, diplomatiya sirlarini tushuntir va hokazo deganday. Ammo hafsalangizni biroz pir qilishim mumkin: har qancha tadorik ko‘rilmasin, Parij-u London talashilmasin, alaloqibat oltovlonning hech biri elchilik rutbasiga ega chiqmaydi. Eski hammom, eski tos.
Xo‘sh, oxirida baribir hech kim elchilikka tayinlanma ekan, asarning nimasi qiziq deysizmi? Lo‘nda aytganda, jarayon qiziq, odamlar qiziq, ularning fe’l-atvori hamda o‘sha davr qiziq. Qahramonlarning laqablari ham qiziqlikda qolishmaydi: Olotiy, Jonjonboyev, Shaharlik, Manchiboy, Janubiy, Oltinchi, Yetimcha, Aka…
Qolaversa, sahifalar orasida ba’zan-ba’zan o‘sha yillar muhiti tasviriga ham duch kelasiz. Masalan, Aka oltovlon qoshida hazil-mutoyiba qiladi. Avvaliga azbaroyi Akaning hurmati hiringlab turganlar, jiddiyroq askiya yangraganda jim qolishadi. Muallif bu holatni mana buday shoirona ifoda etgan:
“Bunisiga ham baralla kulmoqqa jur’at qilmadik. U kezlarda hali nimaga kulish, nimaga kulmaslik aniq emas edi”.
Muallifning silliqqina kinoyalarini ham aytmoq joiz. Elchilikka tayyorlanayotgan oltovlonga siyosiy mavzuda bittadan maqola yozish sinovi ko‘ndalang bo‘ladi. Tabiiyki, barcha bor salohiyatini ishga solib qatam qitirlatadi. Ammo yakunda Bosh hakamga kelib-kelib ichlarida eng qalami to‘mtog‘i - Manchivoyning maqolasi ma’qul keladi. Roviy bu holatni quyidagicha ifodalagan:
“Taajjub oynagini taqib maqola tadqiqiga kirishganimizda ma’lum bo‘ldiki, bor-yo‘g‘i to‘rt betli matnda sakkiz o‘rinda xatboshi “Ma’lumki” degan majhul, nochor aniqlovchi bilan boshlanar ekan. (Shunchasi “ma’lum” ekan, yozib nima qilarding deng!) Bunisini mayli desak, maqolada siyqa, umumiy mulohazalardan boshqa hech gap yo‘q… Bor! Bor! Bizlarning “yangicha” maqolalarimizdan farq etaroq u Vatanboshidan boshlanib, Vatanboshi bilan yakun topardi. Savollar bo‘lsa, ayting!” Tanish uslub-a? Hanuz shunga o‘xshash “sersuv” maqolalarga ko‘zingiz tushayotgan bo‘lsa ajab emas.
Ammo qissaga “pessimistik” tamg‘asini urishga shoshilmang. Mayli, qahramonlarimizga dunyoning olti burchagiga yoyilish nasib etmagandir, lekin hech kim baxtsiz bo‘lgani ham yo‘q-da. Kimdir xorijga ketdi, kimdir moyligina idoraga ilashib oldi, kimdir nom-nishonsiz tahririyatga “surgun” qilindi… Sirasi, hech kim bebaxt qolib ketmadi. Oshnachilik degani hamon o‘sha-o‘sha, yig‘ilib oshxo‘rlik qilish o‘sha-o‘sha. Bundan ortiq baxtli yakun juda haqiqatdan uzoq bo‘lardi axir.
Qadrli kitobxon, ikki enlikkina taqrizda hammasini aytish imkonsiz. Xulosa shuki, mazkur qissa ravon tilda yozilgan, yumor va satira omixta qilingan, davr manzarasi-yu odamlar portreti musavvirona chizilgan. Asarni o‘qirkansiz, xuddi Qo‘qon holvasining totidan bahra olayotganday, Parkent uzumini bitta-bitta og‘izga otayotganday, Jizzax somsasini paqqos tushirayotganday rohat tuyasiz. Orasida rohatijon ko‘kchoyni aytmay qo‘yaveray-a! Miliy adabiyot deganimiz shu emasmi aslida?
@usmonosphere
#ajabtovur
Qorboboning yaxshi bolalar roʻyxatida turaman shekilli, sirli Santadan sovgʻa keldi.
Qoʻlda yozilgan xati bilan, albatta. Asosiy sovgʻa Ley Bardugoning “Shadow and Bone” turkumi ekan.
Katta rahmat, Santabek! Odamni xursand qilishni bilasiz 🤓
@usmonosphere
#ajabtovur #fotografiya
Mushuklar va ularning egalari bir-biriga oʻxshaganda qanday boʻlar edi? “Mol egasiga oʻxshamasa harom oʻladi” derdi eskilar. Menimcha, yangilar bu naqlning gʻirt teskarisini qilayotir: “Egasi moliga oʻxshamasa...”
Mayli, shu suratlarni tanbal mushugingiz bilan birga tomosha qiling. Zora orangizda mehr-muhabbat yanada mustahkamlansa.
Fotolar muallifi: Jerard Gettings
@usmonosphere
Doʻstlar, 20-dekabr kuni 1000Kitob loyihasi tashkilotchilari bilan uchrashuv boʻladi. Kaminani va sizlarni alohida ehtirom bilan uchrashuvga taklif etishdi. Borish joiz.
Demak, 20-dekabr, 15:00 da. Yoshlar ijod saroyida koʻrishamiz :)
Borish istagi uygʻongan boʻlsa, roʻyxatdan oʻtib qoʻying:
👉🏿 https://docs.google.com/forms/d/10u19HW9d9gDQpLdzXgZYLR2T1_za--5Ox4u-d2my2hw/edit
@usmonosphere
#suhbat
— 19 ga kiraman yaqinda. Juda katta yosh. Hozirdan masʼuliyatlar boshimni qotiryapti.
— Naqadar baxtlisiz-a... Mendan naqd toʻrt yarim yilga baxtliroq ekansiz.
***
— Balki sizni yoshingizga ham yetmasman?
— Baxtli yakun boʻlarkan-da baribir...
***
— Katta boʻlishni yomon koʻraman!
— Kim yoqtiradi deysiz?
@usmonosphere
#parcha
Jozibali ajoyib bir tun edi, shunday bir tun ediki, bunaqa tun faqat yosh paytlarimizdagina boʻlishi mumkin, muhtaram kitobxon...
Fyodor Dostoyevskiy, “Oydin tunlar”
@usmonosphere
#kundalikdan
Kulgili odam
Meni xo‘mraygan holda ko‘rmaysiz hisobi. Doim jilmayib yuraman. Nuqul og‘zim qulog‘imda. O‘tgan-ketganga kulib gapiraman. Bisyor hazillashaman. Yengilroq, albatta. Me’yorini bilibgina. Suhbatdosh yor-u birodarning kayfiyati ko‘tarilsin deyman. Birovga salbiy taassurot yuqtirgim yo‘q. Odamlar xushchaqchaq va dimog‘i choq yursa ko‘nglim uncha-muncha ko‘tariladi.
Shu sababdan atrofimdagilar meni boqi beg‘am deb o‘ylashadi. Bo‘lsa bordir. Do‘stlarim men bilan gaplashib ruhi ko‘tarilishini aytadi. Ba’zilari esa meni ko‘rganda beixtiyor kulgisi qistashini ta’kidlagan. Qiziq-a? Har gal shunga o‘xshash gapni eshitsam ham xursand, ham hayron bo‘laman. Tavba, nimam kulgili ekan? Yo‘qsa, onam meni hiringlab tug‘magandir, hamma xotinlar qatori dod-voylab tuqqan. Qasamki, bu xil gaplardan biror marta ranjimaganman. Mayli, dunyoga kulgili odamlar ham asqatadi.
Lekin so‘nggi paytlar tirjaygan aft-angorimning salbiy jihatlari birma-bir namoyon bo‘layotir. Deylik, suhbatdoshlar meni jiddiy qabul qilmaydigan, har qaysi gapimni ham yolg‘on-u hazil deb hisoblaydigan odat chiqargan. Birovga yurak yutib gapirsang-u, aytganingni mutoyibaga yo‘yishsa-ya. Ye sadqayi suxan ketgurlar, adolatdanmi shu? Ana endi ko‘rasanlar, dedim ichimda.
Avvaliga iljaygan yuzimga hissiz tus berishga urindim. Yigit kishi vazmin, dag‘al, lablari mudom qimtilgan, qoshlari mardona chimirilgan bo‘lishi lozim, deydi eskilar. Shu eskilar bir nimani bilmasa gapirmas. Afsus, o‘xshamadi. Bu savil basharani har qancha ta’mir etmang, ko‘z o‘lgur sotib qo‘yarkan. Ko‘z kuldimi, lab ham yoyili-i-ib boshlaydi-da, boshqa nima qilsin.
So‘ng aql kirdi. Birovlarning munosabati sabab o‘zimni har ko‘yga solaveramanmi dedim-da, yana avvalgidek shiqshayib yuraverdim. Ammo ba’zi-ba’zida ko‘nglim bir o‘rtanib qo‘yadi. Bo‘ladigan gapni gapirsam ham, “iye, qo‘ysangiz-chi”dan oladiganlar bor. Vey baraka topgur, sizlarga lof aytib kallamda shox chiqarmidi? Yo biror kishi olqishlarmidiki, aldashga buncha ishqiboz bo‘lsam?
Xullas, gapning po‘skallasi shu. Kaminani jiddiy odam o‘rnida ko‘rmaydigan birodarlar, hazilkashlik va jiddiylik bir-biriga zinhor teskari tushunchalar emas. (Axborot o‘rnida: “jiddiy”ning antonimi “bachkana” bo‘ladi!) Men-ku sizni majburlashdan, gapimga ishontirishdan bir chaqirim yiroqman. Muhimi, hayotga qarashim, insonlarga munosabatim, maqsadlarim va tutumimda hazil yo‘q. Biroq ogohlantirib qo‘yganim yaxshi, nazdingizda toabad kuldirgich kimsa bo‘lib qolishni istamayman. Qachondir paymonam to‘ladi. Shunda kim bo‘lsangiz ham ko‘zingizga qarab: “Men sizlarning hayotingizda masxaraboz rolini o‘ynashdan charchadim” deyman-u, shartta sizlarni o‘zimdan itaraman. Zora, nariroqdan boqsangiz jiddiy ko‘rinarman-a?
Hurmat bilan, kulgili Usmonip :)
@usmonosphere
Бизда Зебунисо бўйича кимлар илмий иш қилган?
Мен унинг инглиз тилига ўгирилган китобларини топдим. Ҳинд шоири Маган Лаъл ва шотланд шоири Жесси Дункан Вестбрук таржима қилган китоб 1913 йили Нью-Йоркда босилган экан.
Яна бири “Зебунисо кўзёшлари” номли китоб, у ҳам 1913 йили Лондонда нашр этилган. Ҳиндистонда яшаган британиялик таржимон Пол Уолли ўгирган.
Таржималар жуда гўзал. Эҳ, дунёларга сочилиб кетган мумтоз шоирларим! Ўзимиздагилар бу меросдан бехабарлиги, уни сақлаш ва келгуси авлодларга етказиш бўйича ҳеч нарса қилолмаётгани ачинарли!