Kitoblar, sanʼat, tarjima, koʻngil, musiqa va hokazo haqida 🌐 Ijtimoiy tarmoqlarda: https://taplink.cc/usmonosphere 🥂 Iqtiboslar: @sanduvoch_uz 💰 Donat uchun: https://tirikchilik.uz/usmonip 📬 Aloqa: @munshaotbot
#ajabtovur
Kaminayi nokamtarin Usmonip oqil-u dono ChatGPT talqinida.
@usmonosphere
To arslon oʻzi yozishni oʻrganmas ekan, har bir hikoyada ovchi ulugʻlanaveradi.
©️ Afrika xalqlari maqoli
@usmonosphere
XULOSA
Axir siz muattar, toza atirgul,
Axir man savdoyi, toʻpori dashtlik.
Axir siz musaffo oʻylar-la mashgʻul,
Axir man topganim gʻavgʻo-yu gʻashlik.
Axir siz manim shoh ruhimga shona,
Axir man holidan minnatdor qulman.
Axir siz yaktosiz, husni fasona,
Axir man behisob zarraman, kulman.
Axir siz kamnamo, kamsuxan, komron,
Axir man muntazir, mushtoq-u muxlis.
Axir siz sumanbar, sohibi ehson,
Axir man mukammal emasman sizsiz.
© Shohrux Usmonov,
2023
@usmonosphere #nazm
Xotinsiz erkak xuddi velosipedsiz baliqqa oʻxsharkan :)
@usmonosphere
💡 Menda bir fikr bor! Oxirgi oylarda ish va tashvishdan ortib, mutolaaga tuzukroq vaqt ajrata olmayapman. Shu sabab, kichikroq hamjamiyat tuzib, bir oyda bittami, ikkitami kitobni birga muhokama qilishni o'ylayapman.
Albatta hamjamiyatning asosiy a'zolari siz bo'lasiz. Xo'sh, shu fikrga nima deysiz?
@usmonosphere
#komiks
"Uzunpaypoq Peppi"ni o‘qigan bolajonlar, ikkinchi qismini ham kutyapsizlarmi🌚
Rasmdagi insonni tanidinglarmi🙈
🔸Zabarjad Media – eng yaxshidini ilinamiz!
Afsonaviy Abu Bakr Fozilov konsert beryapti ekan!
Albatta kiringlar, koʻringlar, kulinglar. Axir hayotizda hech qursa bitta boʻlsayam nevaralaringizga maqtanadigan ish qilishingiz kerak-ku :)
@usmonosphere
“Madaminbek jon ukam, aldandingiz, aldandingiz”
Dadaxon Hasanov ijodi keng qamrovli deyishimning sababi ham shu. Uning repertuarida ishqiy, tasavvufiy, ijtimoiy, siyosiy, tarixiy mavzulardagi qoʻshiqlar ham bor.
Hozirgi “rolton qoʻshiqlar”ni yoppasiga qozonga solib, oʻn ikki soat betoʻxtov qaynatsangam Dadaxon Hasanovning bitta qoʻshigʻi chiqmasa kerak.
@usmonosphere
Oxirgi bir yildan beri eng goʻzal orzularimdan biri Daler Nazarovning konsertiga tushish yoki biror tadbir bahona jonli ijroda qoʻshiq tinglash.
Shundan buyon qayerda qachon chiqish qilarkin deb poylab yuraman. Aprelda Moskvada konsert uyushtirishdi. Rossiya uzoqlik qiladi, deb borgim kelmadi.
7-8-iyun kunlari Qozogʻistonda “Spirit of Tengri” etno-musiqa festivalida ham chiqarkanlar makiy Daler. Endi shunga boraymi-bormaymi deb ikkilanib turgan bir paytimda, bugun Abduqodir Husanovning toʻyiga, shundoqqina Toshkentdagi Versal toʻyxonasiga kelib xizmat qilibdi.
Bir yoʻla Toshkentda kichikroq konsertcha berib ketsangiz boʻlmasmidi-e😅
Mayli, yaqin orada uyoqdami, buyoqdami koʻrishish yoki jonli ijrosidan bahra olish nasib qilishiga ishonaman.
@usmonosphere
#ajabtovur
Bugun telefon qilishdi. “GoViral75 ga hujjat topshirgansiz, esingizdami” deyishdi.
Xullas, qishda shu loyihaga topshirib qoʻygandim. Esimdayam yoʻq ekan. Yaxshiyam telefon qilishgani, avvalgi telefonim ishlamay, email manzilim alishgandi.
Saralashning ikkinchi bosqichiga oʻtgan ekanman, onlayn suhbatga havola berishdi. Hammasi yaxshi-yu, lekin aynan qaysi loyiha bilan qatnashganim umuman yodimdan koʻtarilibdi.
Bugun kuni bilan eslashga urindim: “Qaysi loyihamni topshirgandim? SoʻzLabmi yo Tengdoshmi? Yo umuman boshqasimidi?..”
Mayli, suhbat kunigacha esimga kelar. Muhimi, agar oʻtolsam, Markaziy Osiyo davlatlaridan 75 nafar ishtirokchi bilan tanishish, birga ishlash imkoni boʻladi. Hammasidan ham shu qiziq. Yaxshi niyat qilaveraylik-chi, a?
@usmonosphere
Iqtibos otarlar
Bunday insonlar - o'z fikrlaridan ko'ra, boshqalarni fikrini ko'proq ishlatishadi. Lekin menga shunday tuyuladiki, bunday insonlarni tanqidiy va ijodiy fikrlash qobiliyati aslida unchalik kuchli emas. Ularni so'zlarni tushuntirish uchun emas, tan olinishi va ta'siriga qarab ishlatadilar, yoki shunga o'rganib qolganlar.
Osmonni rangini ko'k ekanligini aytgan iqtibosni keltiraverish — nimaga kerak? Ha, ba'zida kuchli iqtiboslar oldin biz hech o'ylamagan yondashuvlarni taklif qilib, ba'zi romanlardan kuchli ta'sirni bera olishadi. Biroq, ularni har ikki gapida ishlataverish ham tabiiy narsa emas-da, akalar (at least for me).
Xafa bo'lmanglaru, O'zbekistonda "iqtibos otarlar" ikkita bo'ldi. Biri mashhur Otabek Mahkamov bo'lsa, bugun ularga raqobatchi - Xayrulla Asatov paydo bo'ldi.
Bular shunchaki aysbergni cho'qqisidagi tepalikka o'xshaydi, biroz pastroqda, suv ostida — O'zbekiston 24 da viloyatlardan olingan intervyularni eshitsangiz, kamida 1-2 odamni fikri iqtibos keltirilaveradi.
Menga hammasi baribir, hech kimga shaxsiy xusumatim yo'q. Menga o'zlari tushungan va rivojlantirib kelgan fikrlarini emas, yodlagan iqtiboslarini o'qlab turishlari, otishlari yoqmaydi, xolos.
Doʻstlar, yangi loyiha boshlandi. Nomi shunchaki SOʻZ. Ammo bu oddiy soʻz emas, boshqacha va misli koʻrilmagan soʻz.
Ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib borishingiz mumkin. Quyida havolalarni qoldiraman.
👉🏿soz_loyihasi">YouTube
👉🏿 Instagram
👉🏿 Telegram
P.S: aytishlaricha, bugun Instagramda 100 ta obunachi boʻlsa, birinchi videoni joylash ehtimoli oshib ketarmish :)
@usmonosphere
Ayni damda 1000KITOB Tarjimonlar maktabining navbatdagi darsi boʻlib oʻtmoqda.
Bizda navbatdagi murabbiy — Toshkent Kimyo xalqaro universiteti Tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi mudiri Gulnoza Odilova!
Ustozimiz oʻz yoʻnalishi boʻyicha oʻz tajriba va bilimlari bilan boʻlishmoqda.
Sahifalarimizga ulaning va ulashing👇
Telegram | Facebook | Instagram | 1000kitob">YouTube | X
Ingliz tilidan oʻzbek tiliga yozma tarjima bilan shugʻullanadigan professional tarjimonlar qidirilmoqda ekan.
Nomzoddan oʻzbek tilida matnlar bilan ishlay olish mahorati va ingliz tilini yuqori darajada bilish talab etiladi.
Loyihaga qiziqsangiz ushbu telefon raqamiga (+998935718199) batafsil CV va nashr etilgan ishlaringiz roʻyxatini yuborishingiz mumkin.
#vakansiya
@usmonosphere
Bir necha yillardan buyon Markaziy Amerika mintaqasi aholisi va oʻzimizning qorakoʻzlar tashqi koʻrinishi jihatdan bir-biriga oʻxshab ketishi sabablariga qiziqardim.
Avvaliga, arablarning ispanlarni va ispanlarning amerika yerlarini istilo qilganidan boʻlsa kerak deb oʻylardim. Lekin oʻxshashlikning ildizi ancha olisga borib taqalar ekan.
Xullas, quyidagi videoni tomosha qilsangiz, meksikalik va oʻzbek-tojikning nega bir-biriga oʻxshab ketishi yoki tarix millari biroz burilganida, hozir siz Amerika qit’asida yashayotgan boʻlishingiz ehtimoli haqida bilib olasiz.
Ancha yillik savolimga javob topdim va uni siz bilan boʻlishgim keldi:
👉🏿 https://www.instagram.com/reel/DKcL0mooPsx/?igsh=MTNxeGg1eWp4MmNhcg==
@usmonosphere
Aytgancha, yangilik bor. Mabodo qoʻlimga olishga ulgursam, bugun maqtanaman :)
@usmonosphere
Teatrlar va san’at saroylarining iyun oyidagi repertuari. Saqlab qoʻying, oy boʻyi kerak boʻladi.
@usmonosphere
Qolganlarga ishim yoʻq, lekin mana shu bolakayga bayram chin dildan muborak boʻlsin!
Yaxshiyamki shu bola bor. Har-har zamonda “hey, qayoqqa shoshilasan, mendan uzoqlashib ketma” deb turadi. Bir zamonlardagi orzularni, ulkan-ulkan maqsadlarni yodga soladi.
Hali unga bergan va’dalarimni toʻliq bajarolganim yoʻq. Har qalay, rozi qilishim muhim odamlardan biri u, shu yoʻlda harakat qilaman doim.
Boringga shukur, kichkina Usmonip. Hali koʻp gaplashamiz, koʻp yerlarni koʻramiz, koʻp odamlar bilan tanishamiz, orzularimizni amalga oshiramiz, nasib.
@usmonosphere
Мен «Балиқчи ва балиқ ҳақидаги эртак»ни ўқияпману, тўсатдан тушуниб қолдим — менда ачиниш туйғусини уйготган чол эмас, кампир экан.
Ўзингиз бир ўйлаб кўринг — у шу эркак билан 33 йил яшади, нима қилиб бера олди бу эр? Ярим синган тешик тогора ва ужас ертўла!
Унча ҳам кексамасди хотин аслида… Турмушга, эҳтимол, 17 ёшида чиққан, демак,кампир 50 ёшларда бўлган холос. Шу йиллар давомида у эркакка ош, тайёрлади, ип тўқиди, кир ювди. Ҳеч нарсада қарши чиқмади. Эркак эса балиқ овлашидан мамнун, ертўла,тешик тогора ва ош-мош билан қониқар эди. Балик ҳам камдан-кам пишарди, чунки тўри кўпинча бўш чиқарди! 33 йилда бир тогорага ҳам пул тополмаган, уй ҳақида гап ҳам йўқ!
Бир куни чолни омади юришиб олтин балиқ насиб қилди. Нима қилди у? Ҳатто шунчаки ҳам битта орзу қилмади! Ёмон томони, — бориб кампирига “қаҳрамонлиги”ни айтди!
Энди ўзингиз айтинг — бир умр қўлда кир ювган, хотин нима холарди? Биринчи келган фикр — янги тогора! Кейин квартира, хонадон… Кейин эса, у , эридан кутган барча орзулар. Ҳаммасини эслади! Ҳамма кўз ёши учун интиқом олди! Кампир эса шу қисқа вақтда ҳаётдан нима хоҳлаган бўлса, шуни олди. Ахир, текинга бўлса — нега олмасин? Қаранг, қандай фантазия! Ролли ўйинлар бўлди тўла !
Эркакда эса — на ирода, на куч бор эди бу хаёлларга тўсқинлик қилишга. Шу боис, ҳар гал қамчи еб юрарди — ўринли!
Лекин ҳар бир реализациянинг чегараси бор. Ҳаддан ошма! Бекорга айтилмайди — қанчалик баланд кўтарсанг, шунчалик оғир йиқиласан. Ва яна — ўша эркак,тешик тогора ва ертўла…
Барча чолга ачинса мен бугун кампирга рахмим келди
Rassom Tuz Facebook sahifasidan olindi.
@uzbekmunaqqidi
Bu havoni ta’riflash uchun uyatli soʻz ishlatish kerak🤓
@usmonosphere
Qattiq baqir-chaqir bilan e’lon qilmoqchi edim. Lekin lotin yozuvida qanday baqiriladi, bilmayman!
Konsert qo‘yyapman! Qariyb 2 yildan beri qayta-qayta yozilgan, tahrirlangan, to‘ldirilgan material! O‘zim bilan “O‘zim” o‘rtasida to‘xtovsiz va muntazam muhokama qilingan, biriga o‘ta kuchli, biriga o‘ta sayoz tuyulgan hazillardan iborat katta konsert! Biri uchun o‘zbek tilidagi eng yaxshi stand-up, boshqasi uchun esa navbatdagi halokatli mag‘lubiyat! Qaysi birovi haq bo‘lib chiqishi esa yozning chillasida ma’lum bo‘ladi!
6-iyul, 19:00da
“Diydor” teatr-studiyasida
Barchadan tashrifini so‘rab qolaman! Bu eng kamida o‘zim uchun tarixiy konsert bo‘ladi)
Chiptalarni shu yerdan xarid qilishingiz mumkin!
Hurmat bilan Abu Bakr Fozilov!
Lengston Hyuzning Markaziy Osiyoga sayohati mavzusini davom ettiramiz.
Hyuz mintaqamiz haqida maqolalarini toʻplab, kitob chiqargan. Qachondir mana shu kitobni oʻzbekchaga tarjima qilaman, degan niyatim bor. Hozircha Instagramda maqtab turay-chi.
Instagramingiz boʻlsa, shu videoga izoh yozib ketsangiz xursand boʻlardim. (Masalan, Usmonipni maqtab yozishingiz mumkin)
@usmonopshere
#yakdilmintaqa #lengstonhyuz
Koʻp bor aytaman, bunday buyuk shaxs, bunday ulkan va keng qamrovli iste’dod tuprogʻimizda qayta unmasa kerak.
“Sening ogʻushingda uxlab qolsaydim,
Dunyoda men kabi baxtiyor boʻlmas”
@usmonosphere
Shu Instagram deganiga hayronman. Manbalarni titib, ssenariy yozib, imkon qadar jiddiy yondashib qiladigan videomahsuloting u qadar yaxshi koʻrilmaydi.
Lekin koʻp koʻrilishidan umid ham qilmagan boshqa video favqulodda uchar chiqib qoladimi-yey.
Xullas, Instagramdagi adolatsizlikdan soʻng, “bir ildiz” uchun tayyorlangan va oʻzimga yoqqan videolarni kanalimda ham ulashib borishni oʻyladim. Ishonaman, sizlar zar qadrini biladigan zargarsizlar.
@usmonosphere
#yakdilmintaqa #birildiz
Hov bir zamonlar @Soz_Lab degan loyihacha boshlagandim. Shu kichkina harakat “Jadid” gazetasi tahririyatiga ma’qul kelib, hamkorlik boshlab yubordik.
Gazetaning bugungi sonida birinchi maqola bosildi. Bundan buyon “Jadid” sahifalarida unda-munda soʻzlar haqida gaplashib turamiz.
Ehtimol, qaysidir soʻz faol iste’molga kirsa, biz shundan xursand.
@usmonosphere
Mana, sizlarbop kitob topib keldim, hurmatli xonimlar!
@usmonosphere
🎯 We are looking for a professional written English to Uzbek translator. The candidate must have an upper advanced level of written Uzbek language based in Latin script with a professional knowledge of English. If you are interested and feel fit for this temporary project, please send your detailed CV along with the list of your publications (if you have any) to Telegram +998935718199. Thank you so much in advance.
Читать полностью…