utmvaaatm | Unsorted

Telegram-канал utmvaaatm - " UTM & A-ATM " TAYYORLOV KURSI |Namangan

-

Assalomu alaykum! Bu guruhga KIMYO & BIOLOGIYA ga oid malumotlar, savollar va ularning yechimlari bo‘yicha ma'lumodlar almashish uchun ochildi! Murojat uchun: @Umid_UTM @Adhamjon_NAJMIDDINOV_A_ATM Yordamchi: @SHIFO_MIR Bizning guruh: @UTM_va_ATM

Subscribe to a channel

" UTM & A-ATM " TAYYORLOV KURSI |Namangan

Umumtaʼlim fanlari va chet tillaridan faqatgina milliy sertifikat emas, balki xalqaro sertifikatlar bilan ham 50 va 20% lik ustamaga ega chiqish mumkin.

Xalqaro va milliy sertifikatlar fanlar kesimida

INFORMATIKA
1) A levels — A
2) Microsoft Certified
Educator (MCE) — 80%
3) Astrum Certified IT
Educator — 80%

MATEMATIKA
1) GRE (Quantitative Reasoning) — 155 ball
2) GMAT (Quantitative Reasoning) — 37 ball
3) Milliy sertifikat — 80%
4) SAT subject score — 640

FIZIKA
1) GRE (Quantitative Reasoning) — 155 ball
2) Milliy sertifikat — 80%
3) SAT subject score — 640

GEOGRAFIYA
1) Milliy sertifikat — 80%

TARIX

1) Milliy sertifikat — 80%

BIOLOGIYA
1) GRE (Quantitative Reasoning) — 155 ball
2) Milliy sertifikat — 80%
3) SAT subject score— 640

KIMYO
1) GRE (Quantitative Reasoning) — 155 ball
2) Milliy sertifikat — 80%
3) SAT subject score— 640

ONA TILI / RUS TILI / QORAQALPOQ TILI VA ADABIYOTI
1) Milliy sertifikat — 80%

BOSHLANG'ICH TA'LIM
Matematika — 60%
Ona tili va adabiyoti — 60%

RUS TILI
1) Test of Russian as a Foreign language (TORFL) — C1
2) Тест по русскому языку
как иностранному (TRKI) — C1

INGLIZ TILI
1) IELTS — 7.0
2) TOEFL iBT — 95
3) TOEFL iTP — 620 (Speaking – 64)
4) CAE — 180
5) TESOL (sertifikat talabi)
6) TEFL (sertifikat talabi)
7) TESL (sertifikat talabi)
8) CELTA (sertifikat talabi)
9) DELTA (sertifikat talabi)
10) TKT — 3-4 band
11) Milliy sertifikat — C1

FRANSUZ TILI
1) DALF — C1
2) TCF — C1
3) Milliy sertifikat — C1

NEMIS TILI
1) Goethe — C1
2) DSD II — C1
3) Test DAF — TDN5 (C1.2)
4) Milliy sertifikat — C1

ARAB TILI
1) ALPT, APT, E-TOAFL, ACTFL — C1
2) AT Tanal Al Arabi — C1
3) Milliy sertifikat — C1

XITOY TILI
1) HSK — HSK5
2) Milliy sertifikat — C1

YAPON TILI
1) JLPT — N1
2) Milliy sertifikat — C1

KOREYS TILI
1) TOPIK II — Level 5
2) Milliy sertifikat — C1

Читать полностью…

" UTM & A-ATM " TAYYORLOV KURSI |Namangan

⚡️ To‘rtinchi kun natijalari e’lon qilindi

📆 2023-yil 4-avgust kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

✅ 4-avgust kuni test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | InstagramBaholashUz"> | YouTube

Читать полностью…

" UTM & A-ATM " TAYYORLOV KURSI |Namangan

#Qabul2023   #RasmiyMunosabat

Turli telegram kanallarda Sardor ismli abituriyentga tegishli javoblar varaqasi tarqatilib, unda 90 ta test topshirig‘ini ishlagan abituriyent 0 ball olgani muhokama qilinmoqda.

1. E’lon qilinayotgan rasmdan ham ko‘rish mumkinki, ushbu javoblar varaqasi joriy yilga emas, balki 2022-yilda o‘tkazilgan test sinovlariga tegishli.

2. Internetda tarqalayotgan ushbu rasm soxta bo‘lib, aslida abituriyent test sinovi natijasiga ko‘ra 45 ball to‘plagan.

Izoh: chap tomondagi (telegram kanallarda tarqatilayotgan) rasm - soxta, o‘ng tomondagi rasm - haqiqiy.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | InstagramBaholashUz"> | YouTube

Читать полностью…

" UTM & A-ATM " TAYYORLOV KURSI |Namangan

“Perevod”ga ariza hali qabul qilinmadi, endi nima bo’ladi?
#perevod

Bugun o’qishni davlat OTMlariga ko’chirishga ariza berishning oxirgi kuni.

Lekin ko’plab ariza topshirgan talabalarda ariza holati “Ko’rib chiqish uchun qabul qilindi” bo’lib turibdi. Bu nima degani? Agar bugun muddat tugaguncha ariza qabul qilinmasa, keyin muammo bo’lmaydimi?

Yo’q, muammo bo’lmaydi. Asosiysi bugun ariza yuborishga ulgurish kerak.

Yuborilgan arizalar to’g’riligi va hujjatlar yetarli ekanligi komissiya tomonidan ko’rib chiqiladi hamda bu ma’lum muddat talab etiladi. Odatda 2-3 kun, ba’zan esa 1 haftadan ham oshishi mumkin.

Shu sababli sizda “Ko’rib chiqish uchun qabul qilindi” degan bo’lsa, bu xavotirli emas. Eng muhimi hujjatlarni to’g’ri yuklagan bo’lsangiz kifoya.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

" UTM & A-ATM " TAYYORLOV KURSI |Namangan

⚡️ 3-avgust kuni o‘tkazilgan test sinovi natijalari e’lon qilindi

Abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz/answer sahifasidan;

2️⃣ https://mandat.uzbmb.uz saytidan;

3️⃣ Quyidagi Telegram botlardan:

➖ @e_dtm_mandatbot
➖ @e_dtm_mandat1bot
➖ @e_dtm_mandat2bot
➖ @e_dtm_mandat3bot
➖ @e_dtm_mandat4bot


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

" UTM & A-ATM " TAYYORLOV KURSI |Namangan

⏳ Soatlab davom etadigan kirish imtihonlari faqat bizda emas

🇰🇷 Janubiy Koreyada xuddi bizniki kabi milliy imtihon tizimi bor. Ularning imtihoni 8 soat davom etadi. 8 soat!

Abituriyentlar shuncha vaqt bir joyda o‘tirib o‘qishga kirish uchun savol yechadi. Ularda kirish imtihonlari savollarini "qotil savollar" deb ham atashyapti.

Bolalar maktabga chiqqandanoq shu imtihondan o'tish uchun tayyorlana boshlashadi.

Hoʻsh siz Test sinovlari uchun berilgan vaqt kam deb oʻylaysizmi yoki koʻp ?

Читать полностью…

" UTM & A-ATM " TAYYORLOV KURSI |Namangan

⚡️Qaysi yo‘nalish imtihoni qachon bo‘lish aniq bo‘ldi!

@Abituriyent_Off kanalidagi post izohlariga ko‘ra, qaysi yo‘nalish imtihoni qachon bo‘lishining sanalari oydinlashdi. Unga ko‘ra:

📙Huquq+Ingliz tili (1-avgust)
📙Kimyo+Biologiya (1-2-avgust)
📙Kimyo+Matematika (1-2-avgust)
📙Matematika+Kimyo (2-avgust)
📙Biologiya+Kimyo (1-2-3-4-avgust)
📙Biologiya+Ona tili (6-avgust)

📗Matematika+Fizika (5-6-10-11-12
📗Matematika+Ingliz (5-6-7-8-11

📕Tarix+Geografiya  (7-avgust)
📕Geografiya+Matematika (7-avgust)
📕Tarix+Ingliz (7-avgust)

📔Ona tili+Ingliz (8-9-
📔Ingliz+Ona tili (8-9-10-11-avgust)
📔Ingliz +Rus tili (8-9-10-11-avgust)

📕Rus+Ona tili (9-avgust)
📕Ona tili+Matematika (9-10-avgust)

📘Fizika+Matematika (10-11-12-avgust)

🔥 Imtihonni Huquq + Ingliz, Biologiya + Kimyo hamda Kimyo + Matematika yo‘nalishlari 1-avgust kunidan boshlab berishadi. Eng yomoni, ular mandatni boshqalarga qaraganda uzoqroq kutishga majbur!

Abiturient yaqinlarga joʻnatib qoʻyamiz
Obuna boʻling
👇

✅ /channel/KimyoUTMvaAATM
✅ /channel/KimyoUTMvaAATM

Читать полностью…

" UTM & A-ATM " TAYYORLOV KURSI |Namangan

‼️Bugun ro‘yxatdan o‘tishning so‘nggi kuni!

Bugun, 20-iyul kuni soat 23:59 da oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarida ishtirok etish uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish yakunlanadi.

To’lov 1 kunga uzaytirildi, bu oxirgi muddat.

Avvalgi yillarda bitirgan abituriyentlar o’qish uchun to’lovni ertaga, 21-iyul soat 23:59 ga qadar to’lashlari mumkin.

Читать полностью…

" UTM & A-ATM " TAYYORLOV KURSI |Namangan

❗️KVOTA-2023
#abituriyent

📚 BAKALAVR:

KUNDUZGI127 259 nafar;

SIRTQI49 078 nafar;

KECHKI11 125 nafar.

MASOFAVIY2 825 nafar.

Izoh: nodavlat OTMlardagi kvotalar, qabul natijalari chiqqach davlat OTMlarida super-kontrakt hisobiga olinadigan talabalar hisobiga bu raqam yakunda yana-da ko‘p bo‘ladi.

🎓 MAGISTRATURA17 128 nafar.

❇️ MAQSADLI QABUL:

Sog‘liqni saqlash;

Pedagogika;

Veterinariya;

Ijtimoiy ish;

Xorijiy va nodavlat OTMlar uchun (1 000 ta).

🔰IMTIYOZLI KVOTALAR:

Harbiy tavsiyanomalilar uchun (9 506 ta);

Ehtiyojmand xotin-qizlar uchun (2 000 ta);

5 yil stajga ega xotin-qizlar uchun (500 ta);

➖Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun (3 803 ta);

➖Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun (1 903 ta);

➖ Harbiylarning farzandlari uchun (hali tasdiqlanmadi);

➖ IIO xodimlari farzandlari uchun (hali tasdiqlanmadi);

➖ Bojxona xodimlari farzandlari uchun (hali tasdiqlanmadi);

➖ Qoraqalpog’istonlik yoshlar uchun (3 000 ta, OTMlar kesimida hali tasdiqlanmadi).


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

" UTM & A-ATM " TAYYORLOV KURSI |Namangan

Бир йигит кекса чол кампирнинг уйига меҳмон бўлди. Етмиш беш ёшли отахон кампиридан бир пиёла сув сўраб:
— Гулим, бир пиёла сув олиб келасанми? - дебди. Бироздан кейин “Азизам, чой қуйиб бер”, “Гўзалим, сени уринтираётганимдан хижолатдаман, илтимос, чойимга новвот солиб берсанг” деб мурожаат қиларди. Меҳмон кекса отахон кампирига мурожаат қилганида фойдаланган меҳр тўла эркаловчи сўзлардан таъсирланиб, чолни саволга тутди:
— Амакижон, оила қурганингизга неча йил бўлди?
— Эллик йилга яқинлашиб қолди, ўғлим, - дея кулимсиради отахон.
— Ўзаро меҳр-муҳаббатингиз, муносабатларингиздан кўнглим ҳузурланди,- деди йигит. Момомга “Гулим, азизам, гўзалим” деб мурожаат қилар экансиз...
Кекса аёлнинг ёноқлари пуштиранг тус олди:
— Ҳа, амакингиз бир неча йилдан бери шундай сўзлар билан мурожаат қиладилар...- Онахон шундай деб ошхонага чиқар экан, отахон меҳмонга шивирлади:👇

Читать полностью…

" UTM & A-ATM " TAYYORLOV KURSI |Namangan

#Qabul2023 #Abituriyent2023
⚡️ Abituriyentlarni ro‘yxatga olish kunning ikkinchi yarmida boshlanadi

🔰 Ma’lumki, oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga abituriyentlarni ro‘yxatga olish har yili 20-iyundan 20-iyulga qadar amalga oshirilishi belgilangan.

👨🏻‍💻 Ayni vaqtda 2023-2024-o‘quv yili uchun maqsadli qabul parametrlari va qabul parametrlarining tillar kesimidagi taqsimotini my.uzbmb.uz saytiga joylashtirish ishlari yakunlanmoqda.

✅ 2023-2024-o‘quv yili uchun abituriyentlarni onlayn ro‘yxatga olish my.uzbmb.uz sayti orqali kunning ikkinchi yarmida boshlanadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | BaholashUz">YouTube

Читать полностью…

" UTM & A-ATM " TAYYORLOV KURSI |Namangan

#abituriyent

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi mas’ullarining ma’lum qilishicha, akademik litseylar hamda kasb-hunar maktablari bitiruvchilarining diplom ma'lumotlari ham elektron tizimiga kiritilgan va Bilimlarni baholash agentligi bazasi bilan integratsiya qilingan.

Demak, joriy yilda akademik litseylar hamda kasb-hunar maktablarini tugatgan bitiruvchilar ham my.uzbmb.uz sayti orqali o’qishga hujjat topshirayotganida diplom ma’lumotlarini qo’lda kiritishlari shart bo’lmaydi, ma’lumotlar o’zi avtomatik chiqadi.

Eslatib o’taman: joriy yilgi bitiruvchilar testga kirishda to’lovdan ozod etiladi. Avvalgi yilda bitirganlar testga kirishi uchun 165 ming so’m to’lov qilishi kerak.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

" UTM & A-ATM " TAYYORLOV KURSI |Namangan

❗️Maktab bitiruvchilari hujjat topshirishda shahodatnoma kiritishi shart emas
#abituriyent

Maktab bitiruvchilari bir qator elektron qulayliklardan foydalanishlari mumkin.

Eng avvalo ular maktab shahodatnomasini olish uchun maktabga borishi, qachon berilarkin deb kutishi shart emas. Shunchaki e-shahodatnoma.uz sayti orqali 20-iyun, ya’ni ertadan boshlab shahodatnomani onlayn yuklab olish mumkin. Elektron yuklab olingan shahodatnoma rasmiy hujjat sifatida huquqiy kuchga ega bo’ladi.

Ikkinchidan, bitiruvchi abituriyentlar hujjat topshirayotgan payti maktab shahodatnomasi ma’lumotlarini kiritishi shart emas.

Shahodatnomalar bazasi OTMlarga hujjat topshiriladigan my.uzbmb.uz saytiga integratsiya qilingan. Ya’ni bitiruvchilar o’qishga hujjat topshirish jarayonida pasport ma’lumotlarini kiritsa kifoya, shahodatnoma maʼlumotlari avtomatik tarzda o’zi chiqib keladi.

e-shahodatnoma.uz elektron platformasiga quyidagi umumiy o'rta ta'lim maktablari 11-sinf bitiruvchilarining shahodatnoma ma'lumotlari kiritilgan:

Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tizimidagi umumiy o'rta ta'lim maktablari;
➖ Prezident maktablari, ijod maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar;
➖ Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari;
➖ Nodavlat ta'lim tashkilotlarining 11-sinf bitiruvchilari.

Ma’lumot uchun: joriy yilda umumta’lim maktablarini 390 mingdan oshiq bitiruvchilar tamomlaydi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

" UTM & A-ATM " TAYYORLOV KURSI |Namangan

⚡️Тасдиқланган: Жорий йилги 5⃣ блокли тест синовларида фойдаланиладиган жавоблар варақаси (Титул) намунасини юклаб олинг

🖨 Ушбу жавоблар варақасини чоп этинг ва уни тўғри тўлдиришни ҳозирдан машқ қилишни бошланг.

⚠️ Унутманг: Жавоблар варақаси фақатгина бир марта берилади. Хато қилган абитуриентларда бошқа имконият мавжуд бўлмайди!

Бошқаларга ҳам тарқатинг!

Қабулга оид янгиликлар:
👉 @davlattestmarkazi 👈

Читать полностью…

" UTM & A-ATM " TAYYORLOV KURSI |Namangan

33.7 gr MnO2 bilan nomalum MeO2(HCl xudi MnO2) singari reaksiyags kirishadi) aralashma mo'l miqdorda Hcl ta'r etirilganda (6.72l gaz cl2 ajraldichiqdiAgar aralashma tarkibida 1:5 (Meo2:MnO2) mol nisbati bo'lsa  nomalum metalni aniqlang.

Читать полностью…

" UTM & A-ATM " TAYYORLOV KURSI |Namangan

#СЕВГИ_ТЕСТИ

Севган❤️қизингизди👩‍🏫
ёки йигитингизни👨‍🏫 бош ҳарифини устига босинг гурухни танланг, севганизни расми ёки номери чиқади🤩

Читать полностью…

" UTM & A-ATM " TAYYORLOV KURSI |Namangan

#Qabul2023 #RasmiyMunosabat

Ushbu test topshiriqlari 2023-yil 4-avgust kuni o‘tkazilgan test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar tomonidan yodlab (yozib) chiqilgan holda shakllantirilgan.

Rasmdan ham ko‘rish mumkinki, bu test topshiriqlari kitobi emas va rasm 4-avgust kuni 12:59 da olingan. 1-smena imtihonlari esa 11:00 da yakunlangan. Ya’ni savollar test sinovidan so‘ng yodlab chiqilgan holda tarqatilgan, test sinovidan oldin emas.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | InstagramBaholashUz"> | YouTube

Читать полностью…

" UTM & A-ATM " TAYYORLOV KURSI |Namangan

#Qabul2023   #RasmiyMunosabat

Ushbu test topshiriqlari kitobi diagnostik test sinovlariga oid bo‘lib, OTMlarning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlariga taalluqli emas.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | InstagramBaholashUz"> | YouTube

Читать полностью…

" UTM & A-ATM " TAYYORLOV KURSI |Namangan

🔄 Bugun “perevod” uchun ariza topshirishning oxirgi kuni! Tartibi bo‘yicha kengroq tushuntirish
#perevod

Quyidagi tushuntirishlarning asosi: 2022-yil 15-iyunda imzolangan PQ-279-son Prezident qarori.

1️⃣ Bir davlat OTMdan boshqa davlat OTMga o‘qishni ko‘chirish

Bunday holda faqat 2 ta vaziyatda ruxsat beriladi:

1) talaba oila qursa va turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi OTMga ko‘chmoqchi bo‘lsa;

2) davlat xizmatchisi ish yuzasidan boshqa hududga ko‘chsa va turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandining o‘qishini o‘sha hududga ko‘chirmoqchi bo‘lsa (ishga kirgan vazirlik xati asosida).

❌Boshqa holda “ichki perevod”ga ruxsat yo‘q. Boshqa hududga ham, o‘z hududidagi boshqa OTMga ham.

2️⃣ Xorijdan o‘qishni ko‘chirish

Bunda o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan:

1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi. 2023-yilgi o’tish ballari bu yerda:
/channel/xushnudbek/20079

2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi;

3) xorijdan mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalishga o‘qishni ko‘chirishga ruxsat berilmaydi. 2023-yilgi turdosh yo’nalishlar ro’yxati bu yerda:
/channel/xushnudbek/20258

‼️ Test o’tgach, har bir talabaning hujjati qayta tekshiriladi. Kimdir “xorijda o’qiyapti degan soxta hujjat tayyorlagan bo’lsa, natijalar bekor qilinadi va prokuraturaga soxta hujjat tayyorlash fakti yuzasidan murojaat etiladi.

3️⃣ O‘zbekistondagi xorijiy va nodavlat OTMlardan o‘qishni ko‘chirish

Bunda ham o‘tgan yilgi tartib saqlanib qolgan:

1) mos va turdosh yo‘nalishga test yoki ijodiy imtihon topshiradi hamda o‘tish balini to‘plash talab etiladi. 2023-yilgi o’tish ballari bu yerda:
/channel/xushnudbek/20079

2) o‘tish balini to‘play olmasa, super-kontrakt shartlari asosida o‘qishini ko‘chirishga ruxsat beriladi;

3) mos va turdosh bo‘lmagan yo‘nalish uchun esa bir martalik “super-kontrakt” to‘lab ko‘chirishi mumkin. 2023-yilgi turdosh yo’nalishlar ro’yxati bu yerda:
/channel/xushnudbek/20258

4️⃣ Davlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish

Buni davlat nazorat qilmaydi, buning tartibini nodavlat OTMlarning o‘zi mustaqil belgilaydi. Nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish mumkin yoki mumkin emasligini o‘sha OTMning o‘zidan aniqlashtiring.

5️⃣ Nodavlat OTMdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish

Buni ham davlat nazorat qilmaydi, tartibini ko‘chirmoqchi bo‘linayotgan nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak.

6️⃣ Xorijdan nodavlat OTMga o‘qishni ko‘chirish

Buni ham davlat nazorat qilmaydi, tartibini ko‘chirmoqchi bo‘linayotgan nodavlat OTMdan aniqlashtirish kerak.

7️⃣ Bir davlat OTM ichida bir yo’nalish yoki fakultetdan boshqa yo’nalish yoki fakultetga o‘qishni ko‘chirish

Ushbu masala OTM rektori tomonidan hal qilinadi, ariza ham rektor nomiga yoziladi (transfer.edu.uz yoki my.uzbmb.uz sayti orqali emas). Bunda ko’chirilayotgan yo’nalishning mos va turdoshligi, ko’chirilish sababi, OTM imkoniyatlari va boshqa faktorlar inobatga olinishi mumkin.

8️⃣ Bir OTM va hatto bir yo’nalish doirasida ta’lim shaklini yoki tilni o’zgartirish

Ushbu masala ham OTM ma’muriyati tomonidan hal qilinadi. Bunda ham ko’chirish maqsadi, OTMning imkoniyati (masalan, auditoriya sig’imi, professor-o’qituvchilari soni va hk) va boshqa faktorlarga qaralishi mumkin. Masalan, sirtqidan kunduzgiga o’tkazish deyarli imkonsiz, bu haqda o’ylamasa ham bo’ladi. Lekin kunduzgidan sirtqiga ko’chirish muammosiz hal bo’ladigan masala.

***

Arizalar quyidagicha qabul qilinadi:

➡️ transfer.edu.uz — respublikaning bir OTMdan boshqa OTMga yoki bir OTM doirasida;

➡️ my.uzbmb.uz — xorijiy va nodavlat oliy taʼlim muassasalaridan davlat OTMlariga;

➡️ rektor nomiga yozma yoki OTMda mavjud elektron tizim orqali — bir davlat OTM ichida yo’nalish, fakultet, ta'lim shakli yoki tilini ko‘chirish.

☝️Qabul 5-avgustgacha (shu kuni ham) davom etadi.

Kerakli hujjatlar:
◾️ ariza (onlayn tarzda);
◾️ transkript yoki reyting daftarchasi (JPEG yoki Pdf shakli);
◾️ akademik maʼlumotnoma (o‘qishni tiklovchilar uchun).


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

" UTM & A-ATM " TAYYORLOV KURSI |Namangan

"Perevod" imtihoni qachon bo'ladi?

O'qishni ko'chirish imtihonlari har yili 23-25 avgust kunlari bo'lib kelar edi.

Joriy yil davlat oliy ta'lim muassasalariga o'qishga hujjat topshirgan abituriyentlar kamligi sababli test jarayonlar ertaroq yakunlanishi rejalashtirilmoqda. Shu sababli ham o'qishni ko'chirish imtihonlari ham bir necha kun ertaroq bo'lishi mumkin.

O'qishni ko'chirishga oid yangiliklar:

Читать полностью…

" UTM & A-ATM " TAYYORLOV KURSI |Namangan

Sayt ishlamay kutub oʻtirganlar Yuqoridagi botlar orqali 1 daqiqada RUXSATNOMALAR olsangiz boʻlafi PDF tashlab beradi bot oʻzi.

e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot


KANALGA OBUNA BOʻLING

✅ /channel/KimyoUTMvaAATM
✅ /channel/KimyoUTMvaAATM

Читать полностью…

" UTM & A-ATM " TAYYORLOV KURSI |Namangan

Qabul jarayonlariga oid savol-javoblar:
#abituriyent 

❓Bakalavr, magistratura, ikkinchi mutaxassislik, maqsadli va imtiyozli kvotalarni qayerdan ko‘rsa bo‘ladi? Javob

❓Kimlar abituriyent sifatida o‘qishga topshira olishadi? Javob

❓Talabalar ham abituriyent sifatida o‘qishga hujjat topshira oladimi? Javob

❓Ham perevodga, ham abituriyent sifatida ariza topshirsa bo‘ladimi? Shunda 2 ta testga kiradimi? Javob

❓Qaysi yo‘nalishda qaysi fanlardan imtihon bo‘ladi? Javob

❓Beshta yo‘nalishni tanlash shartlari qanaqa? Javob

❓Ijodiy imtihoni bor joyda faqat 1 ta yo‘nalish tanlab bo‘ladimi? Javob

❓Tanlov ustuvorligini belgilash nima degani? Javob

❓Kunduzgi bilan sirtqi qo‘shib tanlanganda davlat granti ustuvorligi masalasi qanaqa bo‘ladi? Javob

❓Imtiyozli qo‘shimcha kvotalar faqat birinchi yo‘nalishga o‘tadimi yoki beshalasiga hammi? Javob

❓Maqsadli qabul nima degani? Javob

❓Xotin-qizlarga berilgan imtiyoz qanday hisoblanadi? Javob

❓5 yil stajga ega o‘rta maxsus o‘qituvchilar uchun 1000 ta maqsadli kvota qanday qo‘llanadi? Javob

❓Nega DTM saytida tugatgan yili sifatida 2023 yilni tanlab bo‘lmayapti? Javob

❓Nega imtiyozlar “Tekshirilmoqda” bo‘lib turibdi? Qachon tasdiqlanadi? Javob

❓Hujjat topshirib bo‘lgach, yana yo‘nalishni o‘zgartirsa bo‘ladimi? Javob

❓Testga kirish uchun qachongacha to‘lov qilish kerak? Javob


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

" UTM & A-ATM " TAYYORLOV KURSI |Namangan

Abituriyentlar soni 700 minglik dovondan oshdi
#abituriyent

Oliy ta’lim muassasalarining bakalavriatiga o‘qishga kirish uchun onlayn ro‘yxatdan o‘tgan abituriyentlar soni 711 ming 653 nafarga yetdi (2023-yil 17-iyul 18:00 holatiga).

Kechagi xuddi shu vaqt bilan solishtirganda, 24 soat ichida 65 ming abituriyent hujjat topshirgan. Bu qabul boshlangandan buyon rekord ko'rsatkich. Albatta, oxirgi 3 kunlikda bu raqam yana ham oshishi tabiiy.

Agar kelgusi 3 kunlikda har kuni o'rtacha 100 ming abituriyent topshirsa, unda abituriyentlar soni milliondan oshishi mumkin.

Ma'lumot uchun: o'tgan yili qabul tugashiga 3 kun qolganda abituriyentlar soni 1 milliondan oshgan edi. Yakunda esa umumiy soni 1 mln 214 ming nafarga yetgandi. Ko'ramiz, bu yil qanaqa bo'larkin.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

" UTM & A-ATM " TAYYORLOV KURSI |Namangan

Assalom alaykum hammaga Qurbon Hayiti muborak bo`lsin

Читать полностью…

" UTM & A-ATM " TAYYORLOV KURSI |Namangan

Nega menda to’lov chiqmayapti?
#abituriyent

JAVOB: agar siz joriy yil emas, avvalgi yillarda tugatgan bo’lsangizu, lekin to’lov qilish uchun invoys chiqmayotgan bo’lsa, demak, siz to’lovdan ozod qilingan 5 ta toifadan birisiz:

1) nogironligi bor shaxs;
2) to’liq davlat ta’minotidagi shaxs;
3) o’zi yoki ota-onasi “Ijtimoiy reyestr”ga kiritilgan;
4) “Yoshlar daftari”ga kiritilgan;
5) Mehribonlik uyi yoki Bolalar shaharchalari bitiruvchilari.

Ayrimlar o’zi ham qaysidir tizimga kiritilganidan bexabar. Shu sababli to’lov chiqmayotganidan hayron va testga kirolmay qolaman, degan xavotirda.

Bilimlarni baholash agentligi saytida to’lovdan ozod bo’lgan abituriyentlar uchun nega ozod bo’lgani haqida eslatma chiqadi (yuqoridagi suratlar o’tgan yilgi).

Agar sizda shunaqa yozuvlar chiqsa, demak bilingki, sizda imtiyoz bor va siz testga kirish uchun pul to’lamaysiz. “Testga kirolmay qolar ekanman” degan xavotirga o’rin yo’q.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

" UTM & A-ATM " TAYYORLOV KURSI |Namangan

❗️Ertaga maktablarning 1-sinfiga ham qabul boshlanadi

Joriy yil 1-sinflarga 2016-yilning 1-yanvaridan 31-dekabriga qadar tug‘ilgan bolalar qabul qilinadi.

2️⃣
1-sinfga qabul jarayonlari quyidagi 2 bosqichda amalga oshiriladi:

1-bosqich: mikro-hudud doirasida (20-iyundan 31-iyulgacha);

2-bosqich: mikro-hududdan tashqarida (1-15-avgust).

📲 Yuqoridagi ro’yxatda nomi zikr etilgan 43 ta tuman (shahar)da 1-sinfga qabul jarayonlari elektron shaklda davlat xizmatlari orqali amalga oshiriladi.

Ota-onalar 20-iyun soat 12-00 dan boshlab my.maktab.uz elektron platformasi orqali ro‘yxatdan o‘tib, ariza topshirishlari mumkin.

📝 Qolgan tumanlarda an’anaviy shaklda, ya’ni bevosita maktab tomonidan qabul qilinib, 1-sinfga qabul qilingan o‘quvchilar vazirlik elektron tizimi (adm.maktab.uz)ga kiritiladi va nazorat etib boriladi.

Ma’lumot uchun: 2023-2024-o‘quv yilida respublikamiz bo‘yicha 730 mingdan ortiq bolalar 1-sinfga qabul qilinishi rejalashtirilgan.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

" UTM & A-ATM " TAYYORLOV KURSI |Namangan

Grant kvotalari haqida tushuntirish
#abituriyent

Mazkur masalada vazirlik mas’ullari bilan bog’lanib, aniqlik kiritildi.

Ma’lum qilinishicha, Prezident farmoyishi bilan tasdiqlangan 43 ming 783 ta davlat granti kvotasi umumiy tanlov uchun mo’ljallangan. Bunga qo’shimcha ravishda imtiyozli toifalar uchun ajratilgan qo’shimcha grant kvotalari ham bor va bu umumiy kvotaga aralashmaydi.

Masalan:

➖ Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun umumiy qabuldan 2% li kvota (taxminan 5 mingga yaqin grant);
➖ Harbiy tavsiyanomalilar uchun qo’shimcha kvota (taxminan 2,5 ming grant);
➖ Xotin-qizlar uchun 2 mingta kvota;
➖ Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun umumiy qabuldan 1% li kvota (taxminan 2 mingdan ortiq grant);
➖ Harbiylarning farzandlari uchun davlat grantidan 2% li kvota (taxminan 680 ta);
➖ IIO xodimlari farzandlari uchun davlat grantidan 5% li kvota (taxminan 1700 ta);
➖ Bojxona xodimlari farzandlari uchun davlat grantidan 2% li kvota (taxminan 680 ta).

Shu kabi imtiyozli qo’shimcha kvotalar bilan qo’shib hisoblaganda, joriy yilda davlat granti uchun jami 60 mingga yaqin kvota ajratiladi.


👉 @xushnudbek 👈

Читать полностью…

" UTM & A-ATM " TAYYORLOV KURSI |Namangan

⚡️Расман: Давлат гранти бўйича қабул квоталари тасдиқланди. Контакт квоталари эса кечикмоқда!

✅ Президент фармойишга мувофиқ, 2023/2024-ўқув йили учун давлат ОТМларига давлат гранти квоталари:

📈 бакалавриат бўйича кундузги таълим шаклига – 34 860 нафар;

📈 магистратура бўйича – 8 923 нафар этиб тасдиқланди.

⏳Контракт асосидаги қабул параметрлари 20-июнгача тасдиқланиши кутилмоқда. Ундан кейин давлат қабул комиссияси барча квоталарни умумлаштириб, қайтадан тиллар кесимида тақсимлаб чиқади. Бу хам вақт талаб этади.

Қабулга оид янгиликлар:
👉 @davlattestmarkazi 👈

Читать полностью…

" UTM & A-ATM " TAYYORLOV KURSI |Namangan

Xorijiy davlatlarda oliy taʼlim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha test sinovlari iyul oyida bo‘lib o‘tadi

🔰 Ma’lumki, 2023-yil mart oyidan boshlab xorijiy davlatlarda oliy taʼlim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish Bilim va malkalarni baholash agentligi tomonidan amalga oshirilmoqda.

Hozirga qadar Agentlik tomonidan xorijiy davlatlarda oliy taʼlim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha 4 marotaba test sinovlari o‘tkazildi.

📌 Agentlik tomonidan yil davomida 50 dan ortiq turdagi test sinovlarini tashkil etish rejalashtirilgan bo‘lib, iyun oyida 4 ta test sinovi o‘tkazilishi belgilangan.

☑️ Shuningdek, oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlariga oz fursat qolgani sababli Agentlikda ish hajmi keskin ortgan.

📆
Shu sababli xorijiy davlatlarda oliy taʼlim olganlik to‘g‘risidagi hujjatlarni tan olish bo‘yicha navbatdagi test sinovlarini iyul oyida o‘tkazish rejalashtirilgan.

📣 Test sinovlarini o‘tkazishning aniq muddatlari iyun oyi yakuniga qadar eʼlon qilinadi.

Bilim va malakalarni baholash agentligi

Ta’lim nazorati rasmiy kanali

Читать полностью…

" UTM & A-ATM " TAYYORLOV KURSI |Namangan

CH2-OC-OR
|
CH-OC-OR+O2=CO2+H2O
|
CH2-OC-R
23,2/16=1,45mol O
0,49*1=0,49molO
0,51*2=1,02
1,02+0,49-1,45=0,06mol O yoki tarkibidagi O
1mol yoʻlda 6mol O bor
23,2-----------0,49---------0,51----------0,06
X=2320----Y=-49-------Z=51---------6mol
49*18+51*44-2320=882+2244-2320=806g/mol

Читать полностью…
Subscribe to a channel