Yevropa mamlakatlarining nomlari krlib chiqishi va ma'nosi 🌍
1. Avstriya – nemischa "sharqiy mamlakat”
2. Albaniya – illiriycha "qishloqcha”
3. Andorra – baskcha "quruq hudud”
4. Belorussiya – ruscha "erkin” (Oltin Ortadan erkin)
5. Belgiya – keltlar qabilasi "belgi” nomidan olingan.
6. Bolgariya – bolgar xalqi nomidan olingan.
7. Bosniya va Gersegovina – Bosna daryosi va vengercha "voyevoda” sozidan olingan.
8. Buyuk Britaniya – britlar qabilasi nomidan olingan.
9. Vatikan – "fol ochish joyi” degan manoni bildiradi.
10. Vengriya – vengr xalqi nomidan olingan.
11. Germaniya – german qabilasi nomidan olingan.
12. Gibraltar – arab lashkarboshisi "Jabal-al Tariq” nomidan olingan.
13. Gretsiya – grek xalqi nomidan olingan.
14. Daniya – german qabilasi nomidan olingan.
15. Irlandiya – garbiy mamlakat.
16. Islandiya – muzli mamlakat.
17. Ispaniya – finikiycha "qoyonlar qirgogi”
18. Italiya – "buzoqlar mamlakati” italyan qabilalari nomidan olingan.
19. Latviya – "Latviye” qabilalar nomidan olingan.
20. Litva – Letava daryosi nomidan olingan.
21. Lixtenshteyn – Lixtenshteyn sulolasi nomidan olingan.
22. Lyuksemburg – nemischa "kichik shahar”
23. Makedoniya – qadimgi yunoncha "baland”, "kelishgan” manolarini bildiradi.
24. Malta – finikiycha "korfaz”
25. Moldaviya – Moldova daryosi nomidan olingan.
26. Monako – qadimgi yunoncha "manax” sozidan olingan.
27. Niderlandiya – "daryoning quyi etagidagi yerlar”
28. Norvegiya – norvegcha "shimoliy yol”
29. Polsha – polyak xalqi nomidan olingan.
30. Portugaliya – Portu shahri nomidan olingan. "Issiq port” manosini bildiradi.
31. Rossiya – rus qabilasi nomidan olingan.
32. Ruminiya – "rimniki” degan ma`noni bildiradi.
33. San-Marino – "davlat tuzuvchisi” nomidan olingan.
34. Serbiya va Chernogoriya – Serb va Chernogor xalqi nomidan olingan.
35. Slovakiya – Slovak xalqi nomidan olingan.
36. Sloveniya – sloven xalqi nomidan olingan.
37. Ukraina – ruscha "chegara va chegara ortidagi hudud”
38. Finlyandiya – shvedcha "finlar mamlakati”
39. Fransiya – franklar qabilasi nomidan olingan.
40. Chexiya – chex qabilasi nomidan olingan.
41. Shvetsiya – skandinavcha – "svenlar mamlakati”
42. Shveytsariya – shvits "kantoni” nomidan, nemischa "yopmoq”
43. Estoniya – estonlar qabilasi nomidan olingan.
АЛ-ХОРАЗМИЙНИНГ АЖОЙИБ ТЕНГЛАМАСИ
Агар инсон яхши хулқ соҳиби бўлса, у 1 га тенг.
Агар инсон ҳусн соҳиби бўлса, бирнинг ёнига нолни қўш = 10 бўлади.
Агар инсон бой бўлса, яна бир нолни қўш = 100 бўлади.
Агар насл-насабли бўлса, яна бир нолни қўш = 1000 бўлади.
Агар 1 рақами, яъни хулқи йўқ бўлиб кетса, инсоннинг қиймати йўққа чиқиб, нолларнинг ўзи қолади = 000.
P.S.: "1"имизни йўқотиб қўймайлик, йўқса ҳамма қилганларимиз "0"га тенг бўлади!
Тафаккур қилайлик!
Инглиз тилида: here
Рус тилида: здесь
Ўзбек тилида:
1.Шу ерда
2.Шу ёқда
3.Шағда
4.Шетта
5.Шатта
6.Шуетта
7.Шеққа
8.Шўда
9.Шўтта
10.Шайда
11.Шейда
12.Шуйда
13.Шера
14.Шярда
15.Бу ерда
16.Бағда
17.Бетта
18.Батта
19.Бағда
20.Берда
21.Бўтта
22.Бу ёқда
23.Мана шу ерда
24.Мана шу ёқда
25.Маметта
26.Машитта
27.Машағда
28.Мамберда
29.Миняқта
30.Метта
31.Мерда
32.Меда
33.Мада
34.Минов жерда
35.Манатта
36.Минетта
37.Маетта
38.Манбетта
39.Маншетта
40.Машайда
41.Имберда
42.Ишурда
43.Ишеда
44.Инашу ерда
45.Ишера...
👍Всё !
🤔 Всё русчасига.
🙃 Ўзбекчасига :
1
2
.....
☝️Ўзбек тили бағоят бой тил.
Эндиям шубҳангиз борми 😉?
Leidenfrost effekti
Suyuqlik va issiq sirt o'rtasida bug '"yostig'i" ning shakllanishi. Issiq qum va bir tomchi sovuq suv.
❗️Ўзбекистон аҳоли сони бўйича дунёда 41-ўринда
🏢 Давлат статистика қўмитасининг дастлабки маълумотларига кўра, Ўзбекистон Республикасида 2022 йил 15 ноябрь ҳолатига доимий аҳоли сони 35,9 миллион кишини ташкил этган.
⬇️ Шундан:
🧍Эркаклар – 18,1 миллион нафар.
🧍♀️Аёллар – 17,8 миллион нафар.
✅ БМТ маълумотига кўра, 2022 йил 15 ноябрь ҳолатига ер юзидаги жами аҳоли сони 8034,3 млн. кишини ташкил этган.
🧍Эркаклар – 50,5 %.
🧍♀️Аёллар – 49,5 %.
👨👩👧👦 Ўзбекистон Республикаси аҳоли сони бўйича мамлакатлар ўртасида 41-ўринда қайд этилган.
"Кимёгарлар дунёни чинакам англайдиган (одам)лардир".
Лайнус Полинг
"Кимёни ёқтирмаслик мумкин, лекин бугун ва эртага усиз яшай олмайсиз".
О.М. Нефёдов
Туғилдинг, бу ҳаёт остонасида,
Сени қарши олди, бир ёғоч бешик.
Улғайиб, яшаб сўнг кўзинг юмганда,
Қабринга кузатди, тебранмас бешик.
Бу ҳаёт — шу икки бешик ораси…
Туғилдинг, ўрашиб оппоқ йўргакка,
Эркалаб, эъзозлаб, севиб-суюшди.
Руҳ оҳир танангни тарк этган куни,
Яна оқ йўргакка ўраб қўйишди.
Бу ҳаёт — шу икки йўргак ораси…
Кўз очиб, ҳаётни кўрганинг заҳот,
Одамлар йиғингга жим қулоқ осди.
Бандаликни бажо келтирган кунинг,
Дунёни ўзгалар кўз ёши босди.
Бу ҳаёт — шу икки йиғи ораси…
Шу қисқа ҳаётда энг муҳим юмуш,
Яхши ном қолдириб, яшамоқ экан.
Англадим, туғилиш аслида дўстим,
Ўлимга илк қадам ташламоқ экан.
Qishki ta’til munosabati bilan oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarga 22-dekabrdan 10-yanvargacha Uzbekistan Airways tomonidan chegirma taqdim etiladi. Buning uchun ulardan talabalik guvohnomasi, o‘qish joyidan ma’lumotnoma va pasport yoki ID-karta so‘raladi.
https://www.gazeta.uz/oz/2022/11/18/airways/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
Бизни гармонлар бошкаради.
Мелатонин — уйқу гармони
Аденозин — ёқимли чарчоқ нейромедиатори
Эндорфин — организмдаги табиий анестетиги
Серотонин — сизнинг яхши кайфиятингиз
Дофамин — бу сизнинг ички истакларингиз
Анандамид — чексиз бахтингиз
Норадреналин — сизнинг қувноқлигингиз, газаб ва фаоллигингиз.
Адреналин — бу қўрқувингиз.
Ацетилхолин — сизнинг диққатингиз.
#tabassum
Bir kishi ayolini xafa holda ko'rdi va uni yoniga o'tirib sokinlik bilan:
– Sen dunyodagi eng go'zal ikkinchi ayolsan dedi.
Ayoli boshini ko'tarib:
– Mayli, birinchisi kim dedi,
Erkak:
– Xursand holda yurgan sen, deya javob berdi.
Айрим кўчаларда транспорт воситаларининг ҳаракати вақтинча чекланади
Эртага, 18 ноябрь куни Ўзбекистон Республикаси Давлат байроғи қабул қилинганининг 31 йиллиги муносабати билан Самарқанд шаҳрида бир қатор тадбирлар ўтказилиши кўзда тутилган. Шунингдек, "Ватанпарвар" ташкилоти машиналари ва велоспортчиларнинг кўчалар бўйлаб Ўзбекистон давлат байроғи марши ташкил этилиши ҳам режалаштирилган.
Шу муносабат билан ҳудудда жамоат тартибини сақлаш ва тадбирни намунали ташкил этиш мақсадида соат 08:00 дан 10:00 га қадар қуйидаги кўчаларда транспорт воситаларининг ҳаракати вақтинча чекланади:
– Регистон кўчасининг Регистон майдони олдидан Университет хиёбонининг Бўстонсарой кўчаси туташмасигача;
– Университет хиёбонининг Амир Темур ҳайкали жойлашган қисмидан вилоят мусиқали драма театрига кириш кўчасида ва Кўксарой майдонида;
Самарқанд шаҳар ҳокимлиги ахборот хизмати.
#yõqlikdagi_BORLIQ
📎Bir necha daqiqa vaqtni ayamay (oxirigacha) o'qish tavsiya etiladi...
PROFESSOR VA TALABA...
Bir kuni bir aqlli professor institutda talabalarga savol berdi. U o'ziga juda ishongan edi:
Professor: Xudo yaxshimi ?
Talaba: Ha.
Professor: Shaytonchi ?
Talaba: Yo'q.
Professor: To'g'ri... O'g'lim aytingchi, yerda yomonlik mavjudmi ?
Talaba: Ha
Professor: Yomonlik hamma yerda bor, shunday emasmi ? Va hamma narsani Xudo yaratgan to'g'rimi ?
Talaba: Ha
Professor: Unda yomonlikni kim yaratgan ?
Talaba: ......
Professor: Sayyoramizda xunuklik, mutakabbirlik, kasallik va jaholat bor. Bularning bari bor narsalar, to'g'rimi ?
Talaba: Ha, janob...
Professor: Xo'sh, ularni kim yaratdi ?
Talaba: .....
Professor: Fan inson o'z atrofidagi dunyoni kashf etishi uchun 5 tuyg'u bor deb aytadi. Aytingchi, siz hech Xudoni ko'rganmisiz ?
Talaba: Yo'q janob...
Professor: Aytingchi, siz hech Xudoni tinglaganmisiz ?
Talaba: Yo'q janob...
Professor: Siz hech Xudoni his qilganmisiz ? Uni ta'mini tatib ko'rganmisiz ? Hidini hidlab ko'rganmisiz ?
Talaba: Bunday emas deb qo'rqaman janob...
Professor: Va siz shunda ham unga ishonasizmi ?
Talaba: Ha!!!
Professor: Olingan tajribalarga asoslanib, fan Xudoni yo'q deb da'vo qilishi mumkin. Sizni bunga qandaydir qarshiligingiz bormi ?
Talaba: Yo'q professor, menda faqat ishonch bor!
Professor: Gap ham aynan shunda... Ishonch- bu fanning eng katta muammosi!
Talaba: Professor, sovuqlik mavjudmi ?
Professor: Bu qanaqa savol ? Albatta mavjud... Nima sen hech qachon sovuqqotmaganmisan ? (Talabalar yigitning savolidan kulishdi)
Talaba: Aslida esa, professor sovuqlik mavjud emas... Fizika qonunlariga muvofiq, biz sovuqlik deb ataydiganimiz aslida issiqlikning yo'qligidir... Demak sovuqlik yo'q... Biz bu so'zni faqat issiqlik yo'q paytda his qilayotgan narsamizni tasvirlash uchun o'ylab topganmiz... (Auditoriya jim bo'lib qoldi)
Talaba: Professor aytingchi, zulmat(qorong'ulik) mavjudmi ? Professor: Albatta mavjud, zulmat bo'lmasa tun bo'ladimi?
Talaba: Siz yana nohaqsiz! Janob... Zulmat ham mavjud emas. Zulmat aslida yorug'likning yo'qligi hisoblanadi. Biz yorug'likni o'rganishimiz mumkin, lekin zulmatni emas. Oddiy nur zulmat dunyosiga kirib uni yoritishi mumkin. Siz bir joyning qanchalik qorong'u ekanligini bilmoqchi bo'lsangiz nima qilasiz ? U yerda qancha miqdorda yorug'lik borligini o'lchaysiz, shunday emasmi ? Zulmat- yorug'lik yo'q vaqtda inson nimani his qilayotganini tasvirlash uchun o'ylab topilgan tushunarsiz atamadir...
Ana endi aytingchi o'lim mavjudmi ?
Professor: Albatta mavjud... Hayot bor va o'lim ham bor. Uning teskarisi.
Talaba: Siz yana nohaqsiz professor. O'lim- bu hayotning teskarisi emas, uning yo'qligidir. Sizning ilmiy nazariyangizda jiddiy yoriq paydo bo'libdi.
Professor: Bu bilan nima demoqchisiz?
Talaba: Professor siz barcha talabalarga biz maymunlardan paydo bo'lganmiz, deb o'qitasiz. Siz bu evolitsiya jarayonini o'z ko'zingiz bilan ko'rganmisiz?
Professor gap nima haqida ketayotganini tushunib, kulimsirab boshini chayqadi.??
Talaba: Bu jarayonni hech kim ko'rmagan. Demak bu sizni olim emas, ko'proq ruhoniy ekanligingizni anglatadi. (Auditoriya kulgudan baqirib yubordi)
Talaba: Ana endi aytinglarchi, bu xonada professorni miyasini ko'rgan bironta inson bormi? Uni tinglagan, hidlagan va unga tegib ko'rgan inson bormi ? (Auditoriyadagilar kulishni davom ettirishdi)
Talaba: Ko'rinishidan hech kim ..!
Demak ilm-fan nazariyasidan va olingan tajribalardan kelib chiqib aytishimiz mumkinki, professorning miyasi yo'q. Hurmatli professor, biz bunday holatda qanday qilib sizning maruzalaringizga ishonishimiz mumkin ?
(Auditoriya sukunatda)
Professor: Men. Sizlar menga ishonishingiz kerak deb o'ylayman.
Talaba: Huddi shunday ! Xudo va inson o'rtasida bitta aloqa vositasi bor Bu - ISHONCH. Professor joyiga o'tirdi.
Bu talabaning ismi Albert Eynshteyn edi...
Bizni kuzatib boring👇
/channel/uximfak
⚡️17 ноябрь –"Халқаро талабалар куни" муносабати билан табрик
Батафсил: 👉 https://www.samdu.uz/cy/news/37130
Telegram | Facebook
Ayni damda Turkiya davlat universitetlari haqida SamDU turk-professorlari Kimyo fakulteti bitiruvchi talabalariga ma'lumot berib o'tmoqda.
Читать полностью…Farishtalar sening haqqingga duo qiladigan sakkiz holat
Birinchisi: Jamoat namozida birinchi safda hozir bo’lganingda.
Ikkinchisi: Namoz tamom bo’lgandan so’ng masjidda duo qilib o’tirganingda.
Uchinchisi: Kasal ko’rgani borgan vaqtingda.
To’rtinchisi: Alloh yo’lidagi do’stingni ziyorat qilganingda.
Beshinchisi: Birodaringni g’oibda eslab, uning haqqiga duo qilganingda.
Oltinchisi: Insonlarga yaxshilikni ta’lim bergan vaqtingda.
Ettinchisi: Tahoratli holda uyquga yotgan vaqtingda.
Sakkizinchisi: Saharlik tanovul qilayotgan vaqtingda.
Erkak tan olgan haqiqat🌺
Bir kuni navbatdagi safarga tayyorlana boshladik. Narsalarni joylashtirib yuborishi uchun ayolimni chaqirmoqchi bo‘ldim. Lekin ahamiyat bersam, bir vaqtning o‘zida uch o‘g‘lim baravariga uni chaqirishyapti.
Holatni besh daqiqa kuzatdim.
– Ona, kiyimlari qani?
– Ona, sochimni tarab qo‘ying!
– Oyi, sumkam qani?
– O-o-yi, kiyimlarimni dazmollab bering!
– Ona, qornim ochdi.
– Oyi, dorilarimni ovoling!
– Oyi, ona, ona…
Bir vaqtning o‘zida o‘n beshtasi chaqirayotgandek. Har birining talabi har xil. Ularning orasini “Ona” degan so‘z ajratib turibdi, xolos. Uning o‘rniga o‘zimni qo‘yib ko‘rdim. Oson emas. Men besh daqiqadayoq jinni bo‘lib qolishim hech gapmas, bunaqada. Lekin ayolim, churq etmaydi-ya? Ulgurishga harakat qilib, yana orada ularni erkalatib ham qo‘yadi!
Qizig‘i uning bunday xizmatiga hech kim bir og‘iz “RAHMAT” ham demaydi. Kutubxonaga kirib, ayolim ishlarini tugatib olishini kutdim. O‘zim nimalar qilishim kerakligini unutdim. Lekin, Payg‘ambar alayhissalom «Onangni lozim tut! Zero jannat, uning oyoqlari ostida» (Nasaiy rivoyati)
Passport va haydovchilik guvohnomasi yöqolgan.
Topganga mukofot bor.
Zudlik bilan
94.416.30.09
99.749.87.75
Telefon qilingizlar. Öqiganlar gruppalarga tarqatingizlar iltimos.Yaxshilik qilib yuboringizlar!!!
/channel/uximfak
ЎЙ-ФИКРЛАРИНГИЗ БИЛАН ЎЗ ТАҚДИРИНГИЗНИ ЯРАТАСИЗ...
Агар сизда ички қўрқув бўлса, ҳаёт сизга фақат қўрқувдан иборат вазиятларни беради.
Агар сизда ички агрессия кучли бўлса, ҳаёт сизга ташланади, яъни доимий агрессияда умр кечирасиз.
Агар сизда курашиб яшаш учун хоҳиш бўлса, сиз учун ҳаёт рақобатчиларни етказиб беради.
Агар сизда ўзингизга нисбатан айбдорлик ҳисси бўлса, ҳаёт сизни фақат жазолайди.
Агар сизда доимий норозилик бўлса, ҳаёт сиз учун бунданда купроқ норозилик вазиятларини етказиб беради.
Демак сизнинг ҳаётингиз, кунингиз бу сизнинг ўй-хаёлларингиз натижасидир.
Ҳар бир кунимиз бизнинг ташқи гап сўзларимиз асосида эмас, балки бизнинг ички ҳолатимиз, ички ўй-хаёлларимиз аксидир.
📌Turmush o‘rtog‘ining kontrakt to‘lovini to‘laganda daromad solig‘i to‘lamasligi aytilgandi, shu tartib kuchga kirganmi?
✅ JAVOB: Ha, bu imtiyoz kuchga kirgan.
Soliq kodeksining 378-moddasi 16-bandiga ko‘ra soliq to‘lovchining:
➖ professional ta’lim tashkilotlarida;
➖ oliy ta’lim tashkilotlarida ta’lim olish uchun to‘lovga yo‘naltiriladigan, soliq solinishi lozim bo‘lgan ish haqi va boshqa daromadlariga soliq solinmaydi.
✅ Bu imtiyoz soliq to‘lovchi:
➖ o‘zi uchun;
➖ 26 yoshga to‘lmagan farzandlari uchun;
➖ 26 yoshga to‘lmagan turmush o‘rtog‘i (eri yoki xotini) uchun kontrakt to‘lovlarini amalga oshirgan summasiga qo‘llaniladi.
✅ Mazkur imtiyoz soliq to‘lovchining professional va oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qish uchun tijorat banklari ajratgan ta’lim kreditlarini (foizlari bilan) qoplashga yo‘naltirilgan daromadlariga nisbatan ham qo‘llaniladi.
❌ Bu imtiyoz soliq to‘lovchining aka-ukasi, opa-singlisi, kelini yoki kuyovi uchun qo‘llanilmaydi.
#Diqqat
❗️Kimning stipendiyasi tushishda muammo boʻlayotgan boʻlsa pasdagi yozilgan odam bilan bogʻlaning, hal qilib berishadi, qoʻllaridan hamma narsa keladi.
👉 Stipendiya nomeri
Tarqatvorilar!
Agar vafot etsam...
Agar vafot etsam, Alloh nasib qilsa, musulmonlar lozim bo‘lgan ishlarni qilishadi:
• kiyimlarimni yechib olishadi;
• jasadimni yuvishadi;
• kafanga o‘rashadi;
• tobutga solishadi;
• masjidda yoki uyimda menga janoza o‘qishadi;
• qabristonga olib borishadi;
• qabrga qo‘yishadi;
• ba’zi odamlar uyidan, ba’zilari ishxonasidan janozamni o‘qib, dafn qilish uchun kelishadi;
• meni dafn qilib bo‘lishgach, bir necha kishilar "Mulk" surasini tilovat qilishadi, qolganlar uni tinglashadi. Ba’zi himmat qilganlar "Yasin" surasini ham tilovat qiladilar.
• duolar qilingach, hamma tarqalishni boshlaydi.
Alloh nasib etsa, uyimda qoldiradigan kishilarim va narsalarim:
• ota-onam, opam akam, ahli oilam, jiyanlarim, qarindoshlarim, do‘stu birodarlarim;
• uy, mashina va ularning kalitlari;
• kitoblarim;
• kiyimlarim, romollarim,
• pullarim.
Vafot etganimdan so‘ng dunyo kelgan joyidan davom etaveradi.
O‘tirgan stullarimga boshqa kishi o‘tirib, hayotni davom ettiradi.
Vafot etganimda eng avval ismimni tark etishadi.
Meni yuvmoqchi bo‘lishganda, ismimni aytishmaydi, balki, "Jasad qayerda?" deyishadi.
Kafanga o‘ralgan holda tobutda yotar ekanman, menga namoz o‘qimoqchi bo‘lganlarida, "Janozani olib kelinglar" deyishadi.
Qabristonga olib borib, dafn etayotganlarida, "Mayyitni uzatinglar, tobutni tortib olinglar" deyishadi.
Shunday ekan, men nasabimga, falonchilarning zurriyoti ekanimga, mansabimga, obro‘yimga aldanib qolmasligim kerak.
Vafotimdan keyin men uchun mahzun bo‘ladiganlar uch xil bo‘ladi:
1. Meni yuzaki taniydiganlar "Bechora vafot etibdi-da" deyishadi.
2. Do‘stu birodarlar bir necha soatdan to bir necha kungacha mahzun bo‘ladilar, eslab, duo qiladilar. So‘ng odatiy hayotlarini yashashda davom etadilar va yuzlarida kulgu ko‘rina boshlaydi.
3. Uyimdagi mahzunlik bir yilgacha cho‘zilib, keyin ismim xotiralar qutisiga tashlanadi.
Shu bilan odamlar orasidagi hikoyam nihoyasiga yetadi. Oxirat ostonasidagi haqiqiy hayot boshlanadi. Bu qabr hayoti.
Qabrimda chiroyim ham, molim ham, kitoblarim ham, oila a’zolarim ham, opa akalarim ham, "kichik qoriya" deb yurgan do‘stlarim ham, uy-joylar ham, dafnda ishtirok etganlar ham qolmaydi.
Qabrimda men bilan faqat amalim qoladi.
Savollar boshlanadi:
— Robbing kim?
— Robbim Alloh!
— Dining nima?
— Dinim Islom!
— Mana bu odam haqida nima deysan?
— Bu kishi Alloh taoloning risolatini biz ummatlariga yetkazgan, omonatni ado etgan sevikli Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamdirlar!
Alloh taoloning fazli bilan qabrimda menga yordam beradigan narsalar:
• o‘qigan farz namozlarim;
• tutgan farz ro‘zalarim;
• bergan zakotlarim;
• qilgan hajim;
• nafl ibodatlarim;
• maxfiy sadaqalarim;
• yetimning boshini silaganim;
• ota-onamga qilgan xizmatlarim;
• boshqa solih amallarim.
Dunyoga qaytib, bir marta sajda qilish, bir marta tasbeh aytish orzusida yotgan milliardlab qabrlarda yotganlar bor.
Birodarlar, bugun bizda imkonimiz bor, hali jonimiz tanamizda. Bandalik vazifalarimizni o‘z o‘rnida, vaqtida, ixlos bilan ado etaylik! Zulm qilganlarimizdan uzr so‘raylik, qazo namozlarimizni o‘qib, qazo ro‘zalarimizni tutib, odamlardan olgan qarzlarimizni to‘laylik!
Robbimiz barchamizni O‘zining hidoyatidan ayirmasin va xotimamizni chiroyli qilsin! Amiyn!
Парижда «Самарқандга йўл» кўргазмаси ўтказилади
Париждаги Араб дунёси институтида 2022-йил 23-ноябрдан 2023-йил 4-июнгача «Самарқандга йўл. Ипак ва олтин мўъжизалари» номли кўргазма ташкил этилмоқда.
#tabassum 🌝
Bir hoji aytib qoldi: Bir yili hajda tavof qilayotgan edim, to‘satdan qulog‘imga yonimdagi bir hojining duosi chalinib qoldi. U:
- Robbim, menga soliha ayol ato et", deb duo qilayotgan edi.
Shunda, atrofdagi yoshi kattaroq Misrlik bir hoji amaki duo qilayotgan kishiga qarab:
- Sen Kariym, o‘ta saxovatli Zotning huzuridasan, qo‘rqmasdan to‘rtta so‘rayver", deb o‘tib ketti... | 😅
Самарқанд шаҳрида Ўзбекистон Республикаси давлат байроғи қабул қилинганлигининг 31 йиллигига бағишланган тадбирлар Регистон майдонидан бошланди.
20х40 ўлчамдаги байроқни кўтарган ҳарбийлар, ёшлар, ички ишлар ва миллий гвардия бошқармаси отлиқлари, техника воситалари Кўксарой майдони томон ҳаракатланди.
🇺🇿 Бугун ватанимиз байроғи қабул қилинган кун!!!
1991 йил 18 ноябрь — Ўзбекистон Республикасининг “Давлат байроғи тўғрисида”ги қонуни қабул қилинган кун.
Барча юртдошларимизни ушбу сана билан табриклаймиз!
Ўзбекистондаги тинчлик ва осойишталик бардавом бўлсин, байроғимиз баланд-баландларда ҳилпирайверсин!
👑 Yetti kunning Sultoni juma Muborak bo'lsin,
💛 Qalblarda iymonu ibodat bo'lsin.
🤲 Bu kunda niyatlar ijobat bo'lsin,
💫 Juma ayyomingiz MUBORAK BO'LSIN
#tabrik
📌 BAYRAMINGIZ MUBORAK BO'LSIN, AZIZ TALABALAR!
Negmatova Shaxzoda Shuxratovna - Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektori
@SamDUjamoasi
💻Sizning kompyuteringizning kombinatlarini yanada ko'proq bilib olishingiz mumkin:
Ctrl + A - Hammasini tanlash
Ctrl + B - qalin
Ctrl + C - nusxa ko'chirish
Ctrl + D - to'ldiring
Ctrl + F - toping
Ctrl + G - Git
Ctrl + H - almashtirish
Ctrl + I - kursiv
Ctrl + K - Giperlinkni kiriting
Ctrl + N - Yangi ishchi kitobi
Ctrl + O - ochiq
Ctrl + P - Chop etish
Ctrl + R - to'ldiring
Ctrl + S - Saqlash
Ctrl + U - Pastki chizilgan
Ctrl + V - buferdagi malumotni o'rnatish
Ctrl V - Yopish
Ctrl + X - kesish
Ctrl + Y - takrorlang
Ctrl + Z - qaytarish
F1 - yordam
F2 - Tahrirlash
F3 - Yapıştır nomi
F4 - Oxirgi amalni takrorlang
F4 - formulani kiritishda mutlaq / nisbiy refslar o'rtasida almashiniladi
F5 - Git
F6 - Keyingi panel
F7 - Imlo tekshiruvi
F8 - Kengaytirilgan rejimi
F9 - Barcha ish kitoblarini qayta hisoblash
F10 - Menyu satrini faollashtiring
F11 - Yangi grafik
F12 - Saqlash
Ctrl +: - Joriy vaqtni kiriting
Ctrl +; - Joriy sana qo'shing
Ctrl + "- yuqoridan Tarqatish qiymati
Ctrl + '- Cell Above dan formulalarni nusxalash
Shift - Excel menyusida qo'shimcha funktsiyalar uchun shiftni bosib turing
Shift + F1 - bu nima?
Shift + F2 - hujayra sharhini tahrirlash
Shift + F3 - Funktsiyani formulaga o'tkazish
Shift + F4 - Keyingisini toping
Shift + F5 - toping
Shift + F6 - Oldingi bo'lim
Shift + F8 - tanlovga qo'shish
Shift + F9 - Faol faoliyat sahifasini hisoblash
Shift + F10 - qisqa menyuni ko'rsatish
Shift + F11 - Yangi ishchi varag'i
Ctrl + F3 - nomini aniqlang
Ctrl + F4 - Yopish
Ctrl + F5 - XL, oyna o'lchamini tiklash
Ctrl + F6 - Keyingi ish daftari oynasi
Shift + Ctrl + F6 - Oldingi ish daftari oynasi
Ctrl + F7 - Ko'chirish oynasi
Ctrl + F8 - Kattalashtirish oynasi
Ctrl + F9 - Ishchi daftarini kamaytirish
Ctrl + F10 - Maksimalizatsiya yoki qayta tiklash oynasi
Ctrl + F11 - ichki oyna 4.0 Ibratli sahifa
Ctrl + F1 - faylni ochish
Alt + F1 - Grafik qo'shish
Alt + F2 - Saqlash
Alt + F4 - Chiqish
Alt + pastga o'q - Avtomatik batamom ro'yxatini ko'rsatish
Alt + '- Formatlashtirish uslubi dialog oynasi
Ctrl + Shift + ~ - Umumiy format
Ctrl + Shift +! - Vergul formati
Ctrl + Shift + @ - Vaqt formati
Ctrl + Shift + # - Sana formati
Ctrl + Shift + $ - valyuta formati
Ctrl + Shift +% - Percent formati
Ctrl + Shift + ^ - Ustel format
Ctrl + Shift + & - tanlangan xujayralar atrofidagi chegarani joylashtiring
Ctrl + Shift + _ - Anahat chegarasini olib tashlash
Ctrl + Shift + * - Joriy hududni tanlang
Ctrl ++ - Qo'shish
Ctrl + - - O'chirish
Ctrl + 1 - Hujayralarni formatlash dialog oynasi
Ctrl + 2 - qalin
Ctrl + 3 - kursiv
Ctrl + 4 - Pastki chizilgan
Ctrl + 5 - Strikethrough
Ctrl + 6 - Ob'ektlarni ko'rsatish / yashirish
Ctrl + 7 - standart asboblar panelini ko'rsatish / yashirish
Ctrl + 8 - Oddiy ramzlarni almashtirish
Ctrl + 9 - qatorlarni yashirish
Ctrl + 0 - ustunlarni yashirish
Ctrl + Shift + (- qatorlarni ko'rsatish
Ctrl + Shift +) - ustunlarni ko'rsatish
Pastki yoki F10 - Menyuni yoqing
Ctrl + Tab - asboblar panelida: keyingi asboblar paneli
Shift + Ctrl + Tab - asboblar panelida: oldingi asboblar paneli
Ctrl + Tab - Ish daftarida: Keyingi ish daftarini faollashtiring
Shift + Ctrl + Tab - Ish daftarida: avvalgi ish kitobini ishga tushirish
Yorliq - Keyingi vosita
Shift + Tab - oldingi asbob
Enter - buyruqni bajaring
Shift + Ctrl + F - Shriftning pastki qismi
Shift + Ctrl + F + F - Format Mobil dialog oynasidagi harflarning oynasi
Shift + Ctrl + P - nuqta o'lchami ochilgan ro'yxat
Ctrl + E - markazlashtirish markazi
Ctrl + J -ikki taraflama tekislash
Ctrl + L - chapga tekislash
Ctrl + R - o'ngga tekislang
Alt + Tab - switch ilovalari
Windows + R - Loyiha ekrani
Windows + E - faylni ochuvchi faylni ochish
Windows + D - ish stoliga o'ting
Windows + M - barcha oynalarni minimallashtirish
Windows + S - qidiruv
#bayram_sheri 👩🎓👨🎓
KAFELARNI GULLATGAN O'SHA,
MASKALARNI PULLATGAN O'SHA,
KANTRAKTNI TO'LATGAN O'SHA,
ODDIY TALABADA,ODDIY TALABA.
JOVDIRAYDI ERTALAB,AZON,
INSTITUTDA SUPURAR XAZON,
YEYAVERAR BO'LSA HAM ARZON,
ODDIY TALABADA,ODDIY TALABA.
SHOFYORLARNI BOY QILGAN O'SHA,
YAKSHANBADA" SOY "QILGAN O'SHA,
IJARAGA JOY QILGAN O'SHA,
ODDIY TALABADA,ODDIY TALABA.
APTEKADA TURGAN HAM O'SHA,
ARAVALAR SURGAN HAM O'SHA,
KAPTIVADA YURGAN HAM O'SHA,
ODDIY TALABADA,ODDIY TALAB.
OMON BO'LSIN SHU AZIZ BOSHI,
KAMAYMASIN,BAYRAMU OSHI,
OLIYGOHLAR OYI , QUYOSHI ,
ODDIY TALABADA,ODDIY TALABA.
XECH SO'LMASIN,YASHNASIN TO'LIB,
ZARYADKASI QOLMASIN O'LIB ,
YURAVARSIN " HOKIM " LAR BO'LIB,
ODDIY TALABADA, ODDIY TALABA!
Hammani bugungi bayram bilan addushi tabriklayman✊🥳👩🎓🧑🎓