🎗 YILNING ENG YAXSHI UNIVERSITET REKTORI 2022 V AN'ANAVIY KO'RIK TANLOVI
Xalmuradov Rustam Ibragimovich, Samarqand davlat universiteti rektoriga baho bering.
❗️Eslatma: Ushbu so'rovnomada xolis fikr bildirishingizni iltimos qilib qolamiz. Nufuziga qarab emas mehnatiga qarab baho bering. Natijalari rasmiy sahifalarda e'lon qilinadi.
🏆 G'oliblar Oltin statuetka, Diplom, OTM talabalari uchun 14 million so'mlik sertifikat hamda esdalik sovg'alar bilan tantanali ravishda taqdirlanadilar.
👉O'Z NOMZODINGIZNI QO'LLAB-QUVVATLANG👈
Do'stlaringizga ulashing
@YQQUZB_KANAL
Eng ko‘p bitiruvchisi ochiq tanlov asosida davlat xizmatiga qabul qilingan OTMlarning TOP-20 talik reytingi.
Читать полностью…MEN UCHUN QADRDON YANGI YIL
Qani shu xatoing qo‘ygin to‘g‘irlab,
Bolalik onlarim ketding o‘g‘irlab,
Mening bolaligim bergin sen qaytib
Seni ulug‘layin she‘r, g‘azal aytib.
MEN UCHUN QADRDON YANGI YIL
Katta archa turar maydon o‘rtasida,
Senga atab yozay ga‘zal, qasida.
Quvonch ko‘rdim o‘zbekning har bolasida,
Seni ko‘rdim qo‘shiqlarning sarasida
MEN UCHUN QADRDON YANGI YIL
Ayni qish chog‘ida yakka bayramsan,
Rostin ayt, ne uchun yolg‘iz qolgansan?
Insonlarni har yil baxtli qilarsan,
Shuning uchun doim e‘zozdamisan?
MEN UCHUN QADRDON YANGI YIL
E‘zozimga tushgan eding sen mening,
Aytgil endi sehring nimada sening?
Sen menga ko‘rsatgin endi o‘z kuching,
O‘zing ayt nimaga yetadi sehring?
MEN UCHUN QADRDON YANGI YIL
Har bir qalbni quvonchlarga to‘ldirgil,
Har bir inson ko‘zini quvontirgil,
Yurtimga baxt-u omad olib kelgil,
Eng quvonchli onlarimga aylangil
MEN UCHUN QADRDON YANGI YIL
Muallif:ROSTNAVIS
Sardorbek Abdullayev
Саримсоқ, асал ва цирка. Ушбу 3 компонентнинг комбинацияси ҳатто саратон касаллигини ҳам енгиши мумкин!
Нафас, артрит, гипертония, бепуштлик, импотенция ва ҳатто саратон - бу эликсирга қарши тура олмайди.
🔹1 стакан олма циркаси
🔹1 стакан янги табиий асал
🔹10 бош саримсоқ
✏️Тайёрлаш: Саримсоқни терисидан тозаланг. Саримсоқнинг бутун чиннигулларини цирка ва асал билан аралаштиринг, аралашмани маҳкам ёпилган идишга жойлаштиринг.
Оч қоринга 1 махал 1 ош қошиқ ичинг. Сиз уни сув ёки чой билан ичишингиз мумкин, лекин эликсирни ичганингиздан кейин яна 15 дақиқа овқат еманг!
Diamond Tower, Jiddah, SA. Uglerodning Allotropik ko'rinishi bo'lgan Olmosni strukturasidan andoza olingan (1 ta kristal yacheykada C atomining joylashuvini programmada bino ko'rinishiga keltirilgan). Loyiha qiymati 1 mlrd dollar, 2025 yilda topshirilishi rejalangan. Kimyo fani har sohada muhim!
Читать полностью…📌 2-sonli talabalar turar joyida qizlar oʻrtasida kimyo fakulteti yetakchisi Erjanova Uldana tomonidan talaba-yoshlarning boʻsh vaqtini qiziqarli tashkil etuvchi oʻyinlar tashkil etildi
@SamDUjamoasi
#judayam_qiziq
Ajoyib, agar tilimizni bilmasdan tishlab olsak ogʻriydi, lekin ataylab tishlasak ogʻrimaydi, hayronman.
Eng qizig'i hozir tilingizni tishlab koʻrganingizga ham hayronman! 😁🙃
#Ilmiy_faoliyat
📌 Samarqand davlat universiteti noorganik kimyo va materialshunoslik kafedrasi mudiri, dotsent Ilhom Abdurahmonov, professor Ergashboy Abdurahmonov va magistrant Yo'ldosh Erdanovlarning "Devolepment of selective semiconductor sensors of hydrogen sulfide, ammonia, and Methane using nanomaterials obtained by the sol-gel process" nomli maqolasi Scopus ma'lumotlar bazasida indekslanuvchi "Rasayan Journal of Chemistry" jurnalida (Q3) e'lon qilindi...
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Samdu.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube
Mana buni texnika asrining olamshumul kashfiyoti desa bo'ladi.
Biz gaz-svet muammosi, ro'mol-soqol muammosi, ta'limdagi boshqaruv tizimidagi, ilmdagi muammolar bilan o'ralashib yurganimizda, qo'shnilarimiz olamni ZABT etmoqda!
BUNING BARCHASI ILM ORTIDAN!
#Intellektual_olimpiada
#Ayni_vaqtda
📌 Samarqand davlat universiteti jamoasi Intellektual olimpiadaning Respublika bosqichida ishtirok etish uchun Toshkentga jo'nab ketdi...
⭐️Ushbu musobaqada jamoalar “Breyn-ring”, “Zakovat”, “Erudit kvartet”, “Shaxsiy o'yin”, “Shaxmat”, “Shashka” intellektual o'yinlari bo'yicha kuch sinashadilar.
⭐️Bu haqida batafsil ma'lumot beramiz...
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Samdu.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube
#Ilmiy_faoliyat
📌 Samarqand davlat universiteti polimerlar kimyosi va kimyoviy texnologiya kafedrasi mudiri, professor Normurod Fayzullayev va dotsent Noryigit Musulmonovlarning "Biofunksional katalizatorlarda asitelenning katalitik o'zgarishlari" nomli monografiyasi rus tilida nashr etildi...
⭐️Ushbu monografiya organik kimyo ishlab chiqarishining asosiy yo‘nalishlaridan biri asetilen kimyosiga bag‘ishlangan. Birinchi bo‘limda asetilenning katalitik reaksiyalari va aktivlanish mexanizmi, ikkinchi bo‘limda asetilenni gidrogalogenlash, uchinchi bo‘limda gidratlash va to‘rtinchi bo‘limda asetillash reaksiyalari atroflicha o‘rganib chiqilgan. Bundan tashqari monografiyada vinilxlorid, xloropren, asetaldegid, aseton va vinilasetat olish texnologiyalari yoritilgan.
⭐️ Monografiya magistrlar, aspirantlar, ilmiy tadqiqotchilar va shu sohada ishlaydigan ilmiy hamda ilmiy – texnik xodimlar uchun mo‘ljallangan. Kitob Samarqand davlat universiteti va Atirau neft va gaz universitet (Qozog‘iston) olimlari tomonidan hamkorlikda tayyorlangan...
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Samdu.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube
6та фойдали ичимлик.
1⃣ СУВ - токсинларни ювади, ошқозон фаолиятини қўллаб қувватлайди, қон томир ва бўғимлар фаолиятига ижобий таъсир кўрсатади.
2⃣ АНОР СУВИ - юрак ва қон томир ишини яхшилайди, гипертония ва камқонликда фойдалидир.
3⃣ ЯЛПИЗЛИ ЧОЙ - ошқозон ширасини ишлаб чиқаришини стимуллайди, қон босимни тушуради, уйқусизлик билан курашади.
4⃣ ҚАТИҚ - айнан шу махсулот хазм қилиш тизимини фаоллаштириши хечким учун сир эмас.
5⃣ ОЛМА ШАРБАТИ - буйрак ва сийдик пуффаги учун жуда фойдали ичимлик.
6⃣ МОЙЧЕЧАКЛИ ЧОЙ - антибактериал хусусиятга эга, асабларни тинчлантиради ва бўшаштиради.
ЛУҚМОНИ ҲАКИМДАН СЎРАДИЛАР:
- Одамларнинг доноси ким?
- Ҳаёт ташвишларидан дилтанг бўлмагани.
- Баланд ҳимматлик кимдур?
- У неъматларини бу дунё неъматларидан устун қўйган киши.
- Одамларнинг қудратлиси ким?
- Ақли комил бўлгани.
- Ул қандай шаробки, ичувчисини яланғочлайди?
- Шаҳват
- Ул қандай оловки, ўз ёқувчисини куйдиради?
- Ҳасад
- Ул қайси биноки, ҳеч хароб бўлмаса?
- Адолат.
- Ул қандай аччиқликки, охири ширин бўлур?
- Сабр.
- Ул қандай ширинликки, охири аччиқ бўлур?
- Тезлик
- Ул қандай беморликки, табиблар унинг муолажисидан ожиздир?
- Аҳмоқлик.
#якшанбада
Бугун бизда ҳордиқ куни ,
Қатъий қарор қилдим мен ҳам,
Тонгда ўйлаб дилдан шуни ,
Эълон қилдим ўзимга дам !
Не бўлибди аёл бўлсам,
Аёл кимдир - у ҳам одам .
Овруполик таннозлардан,
Айтинг менинг қаерим кам ?!
Хўп розиман, тушликкача,
Ухламайман, тонгда тургум.
Аммо сахар сигир соғмай,
Қош- кўзимга бўёқ сургум .
Ёдга тушди , қаердадир ,
Пирпиракли кўйлагим бор .
Топиб кийиб олсам борми ,
Ёрим менга зап харидор.
Сочларимни сувлаб , тараб ,
Тезда жингалак қиламан.
Хафта бўйи дам олмадим ,
Бугун қадримни биламан.
Кунда хамир ёйиб таом ,
Тайёрладим минг ҳориб .
Бугун фаст- фуд буюрсамми,
Таниш рақамларни териб .
Қачон кино кўрганимни ,
Эслай олмасдан қолибман.
Тирикчилик дея чопиб ,
Оҳ , жоним ўтга солибман.
Бугун учун режам бошқа
Тузгум мутлоқ зўр мақомда .
Кун бўйи иш бажармайин,
Дам оламан шу оқшомда .
Сокингина мусиқага ,
Эрим билан вальс тушаман.
Капалакдек учиб - қўниб ,
Кўзни олар мен - Ўшаман !
Шу пайт эшик чертилади ,
"Йўтал тутар" ойижонни.
-Жоним қизим , турмайсизми ,
Дерлар номга қўшиб хонни.
Додажон ҳам қўшиларлар,
- Келин ўрнин биладими ?
Шунча ишни, ётаверса ,
Кеб холаси қиладими ?
- Вой ўлмасам , вой шарманда ,
Уйқум қаттиқ бўлмай ўлсин.
Шунча ишга улгургунча,
Қуёш деган чиқмай турсин.
Тунда муштлаб қўйган хамир,
Тоғорадан тошганмикан?
Салқин тушиб , музлаб қолмай,
Кўпчибгина ошганмикан?!
Бегим бугун ахир уйда,
Тандирга ўт қалармикан?!
-Бир кунгина ухлашга қўй,
Дея сўкиб берармикан ?!
Ҳар кун қилиб юрган ишим,
Бугун ҳам қилиб ўлмайман
Овруполик таннозлардек,
Ҳеч ҳудбин аёл бўлмайман.
* * *
Иш ортидан иш тизилар ,
Кўринмайди охири ҳам .
Шукурдадир аёл шўрлик:
-Бир кун албат оламан дам.
Олти кун ва якшанбада ,
Ҳар кун шундай ўйлар аёл
Ҳордиқ олмай ишласа-да ,
Дунёсида нурли хаёл ...
Ишонади , ушалажак,
Умид , орзу ва тилаги ...
Ҳилпирайди ўша вақт ҳам ,
Кўйлагининг пирпираги ...
Муаллиф: Хазонрезги
🇺🇿 10 декабрь – Ўзбекистон Республикаси Давлат мадҳияси қабул қилинган кун
Ўзбекистон Республикаси Давлат мадҳиясининг матни ва мусиқаси Ўзбекистон Республикасининг 1992 йил 10 декабрдаги 768-ХII-сонли “Ўзбекистон Республикасининг Давлат мадҳияси тўғрисида”ги Қонуни билан тасдиқланган.
Ушбу Қонуннинг 2-моддасида “Ўзбекистон Республикасининг Давлат мадҳиясига зўр эҳтиром билан қараш Ўзбекистон Республикаси ҳар бир фуқаросининг ватанпарварлик бурчидир”, деб белгилаб қўйилган.
Мадҳия Мутал Бурхонов мусиқаси, Абдулла Орипов шеъри асосида яратилган.
📽 Видеолавҳада Мутал Бурҳонов ва Абдулла Орипов мадҳия яратилиш жараёнида.
🎗 YILNING ENG YAXSHI UNIVERSITET REKTORI 2022 V AN'ANAVIY KO'RIK TANLOVI
Xalmuradov Rustam Ibragimovich, Samarqand davlat universiteti rektoriga baho bering.
❗️Eslatma: Ushbu so'rovnomada xolis fikr bildirishingizni iltimos qilib qolamiz. Nufuziga qarab emas mehnatiga qarab baho bering. Natijalari rasmiy sahifalarda e'lon qilinadi.
🏆 G'oliblar Oltin statuetka, Diplom, OTM talabalari uchun 14 million so'mlik sertifikat hamda esdalik sovg'alar bilan tantanali ravishda taqdirlanadilar.
👉O'Z NOMZODINGIZNI QO'LLAB-QUVVATLANG👈
Do'stlaringizga ulashing
@YQQUZB_KANAL
#Ixtiro_patent
📌 Samarqand davlat universiteti professori Xurshid Bozorov navbatdagi xalqaro patentga ega bo’ldi…
Samarqand davlat universiteti organik sintez va bioorganik kimyo kafedrasi professori Xurshid Bozorov xitoylik hamkorlar bilan navbatdagi Xitoy Xalq Respublikasining “Oxazolo[5,4-d]pyrido[1,2-a]pyrimidone derivative and application thereof” (CN112851692B) nomli ixtiro patenti sohibi bo’ldi.
⭐️ Biologik faol alkaloidlar oksazolli analoglarining sintezi va qo’llanilishi mavzusida olingan patentning muddati 2041-yilgacha amal qiladi.
⭐️ Ma'lumot uchun, ushbu ixtiro patenti professor Xurshid Bozorovning 2022-yil hisobidan 4-xalqaro patenti hisoblanadi.
👉 Batafsil
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Samdu.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube
#Kimyo
#Kimyofakulteti
📌 Sharof Rashidov nomidagi Samarqand Davlat Universiteti Kimyo fakultetida xotin qizlar masalalari boʻyicha dekan oʻrinbosari Diloram Kurbanova , kimyo fakulteti yetakchisi Erjanova Uldana va tyuterlar tomonidan 2 va 3- sonli yotoqxona qizlari orasida osh marosimi oʻtkazildi.
Bizning sahifamizni kuzatib boring
@uximfak
Barchamizga Juma muborak 🤍
Jumada qilinishi kerak bo'lishi kerak amallar:
1. Poklanish
2. Namoz
3. Kahf surasini o'qish ( hech bo'lmaganda eshitish )
4. Ko'p duo qilish
5. Salovatni ko'paytirish.
Jumaning xayr va barokati sizlarga bo’lsin ☺️
Masjidga shoshiling birodarlar...! 😊
Dunyoda Kimyo fani faqat o'quv, ilmiy va sanoat korxonalariga aloqasi bor emas. Hozirgi kunda kimyoviy moddalarning struktura formulasidan foydalanib ajoyib binolar qurilmoqda. Kimyo + Arxitektura! DNK bino. Bu taxminan 4 yil oldin Quvaytdagi Infosys binosi uchun taklif qilingan loyiha edi. Hozir qurilishi jarayonini bo'lyatgan bo'lsa kk. Respublikamiz kimyogarlari kelajakda shunday yuqori loyihalarda kimyoviy idealari bilan qatnashsa ajab emas. Buning uchun Jamiyatga birlashish, nizomini takomillashtrish 1-qadam bo'lar edi!
Читать полностью…#Spartakiada
📌 Samarqand davlat universiteti talabalari o'rtasida an'anaviy 75-Spartakiada o'yinlari doirasida volleyboll qiz bolalar sport musobaqasi o'tkazildi.
✅ Yakuniy natijalarga ko'ra:
🟥Tarix fakulteti jamoasi – 1-o'rin;
🟥Kimyo fakulteti jamoasi – 2-o'rin;
🟥Yuridik fakulteti jamoasi – 3-o'rinni qo'lga kiritdi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Samdu.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube
❓Қайси усуллар тана ҳароратини туширишда фойда бермайди?
🚫Қуйидаги ҳолатлар тана ҳароратини туширишда фойда беради, деган фикр бор. Аммо бу нотўғри. Хўш, қайси ҳолларда тана ҳароратини тушириш фойдасиз?
💊14 ёшгача бўлган болаларга аспирин бериш. Ушбу препарат жигар ва миянинг шишиши билан боғлиқ хавфли асоратларни келтириб чиқариши мумкин (Рея синдроми).
🥃Танани сирка (уксус) ёки спиртли ичимликлар билан артиш. Айниқса, бола ҳақида гап кетганда. Танага суртилган спиртли ичимлик нафас йўлларига киради ва бундан ташқари, у терига сингиб кетади, натижада, спиртли ичимликлардан заҳарланишга олиб келади. Сирка (уксус) эса терини куйдиради.
🚿Совуқ душ қабул қилиш. Шифокор билан маслаҳатлашмасдан совуқ душ қабул қилиш. Бундай усул орқали ҳароратнинг кескин пасайтирилиши ангиоспазмни келтириб чиқариши мумкин, бу эса ҳолатни янада ёмонлаштиради.
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Kimyo fakulteti va Muhandislik fizikasi institutining qizlar jamoalari o'rtasida sportning voleybol turi bo'yicha 13-dekabr kuni boʻlib oʻtgan 75 Spartakidada omadli yurish qilib fizika fakulteti jamoasini 2:0 hisobida magʻlub etib final bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
Jamoamizga keyingi bosqichda muvoffaqiyat tilab qolamiz!
@uximfak
Sessiya bu - ...
🔔 Sessiya bu - internet bilan yuksak hamkorlik va undagi ma'lumotlarga "mening fikrimcha", "xulosam shuki" kabi qolipdagi so'zlarni qo'shib, shu orqali "ijod etgani"ni ko'rsatish...
🔔 Sessiya bu - a'lochi talaba bo'lsang, kursdoshlaring tomonidan ismingga "jon" qo'shimchasi qo'shib murojaat qilinishi
🔔 Sessiya bu - "baribir domla o'qimaydi-ku" deb daftarni savollarga aloqasi yo'q javoblar bilan to'ldirish...
🔔 Sessiya bu - daftar to'lishi qiyin bo'lganida o'rtasidan 2 varoqni yirtvolib, go'yoki daftarning o'rtasiga tezroq kelganini bildirish...
🔔 Sessiya bu - ayrim joylarda o'qituvchilar uchun yiliga 2 marta hosil oladigan hosil bayrami...
🔔 Sessiya bu - qo'llaringni maqtashing, qo'llaring esa seni qarg'ashi...
🔔 Sessiya bu - 12 varoqli daftar sotuvchilarining kuni tug'ishi...
🔔 Sessiya bu - domlalar tanimagan talabalarini "tanib olishi" yoki aksi...
🔔 Sessiya bu - abituriyentlikdagi bilimlarni yana esga olishing...
🔔 Sessiya bu - ayrimlarning "hushidan ketib qolishi-yu", ayrimlarning esa 1-avgustda yordamlashgan tankasini yana ishga solishi...
🔔 Sessiya bu - sen boshqacha o'ylagan domla "o'ylamaganing"ni qilishi-yu, aksincha o'ylamaganing "o'ylagani"ni qilishi...
#Бугун Ҳамид Олимжон туғилган кун
Хаёлимда бўлдинг узун кун,
Сени излаб қирғоққа бордим.
Оч тўлқинлар пишқирган тунда,
Топиб бер, деб ойга ёлвордим.
Ишон, бунда сени доимо
Эсга солар чиройли тунлар,
Шўх юлдузлар, салқин саҳарлар,
Эсга солар бахтиёр кунлар.
Толеимнинг ошиноси сен,
Сен севгимнинг кўкарган боғи.
Сенинг билан бирга иқболим,
Ишончимнинг сен вафо тоғи.
Мени қуршар салқин бир ҳаво,
Сув устидан тун қуюлади.
Шунда қанча-қанча гапларни
Эсга солиб ой ҳам тўлади.
Кеча жим-жит, ёлғиз тўлқинлар
Пишқиради билмай тинимни.
Ҳийлагар ой, сеҳргар дилбар,
Солиб қўйдинг ёдимга кимни?..
Ҳамид Олимжон
#Ҳикмат
Мазлум бўлсанг бўлгин, золим бўлмагин,
Узилсанг узилгин, узган бўлмагин.
Маҳшарда ҳисоби жуда ҳам оғир,
Эзилсанг эзилгин, эзган бўлмагин...
Toshkent viloyatida yashirin narkolaboratoriya faoliyatiga chek qo‘yildi
Yuqori Chirchiq tumanidagi ikki fuqaro internet orqali mijoz topib, narkotik moddalarni xufiya joylarga yashirib ketish orqali sotishgan. Qonunbuzarlar jinoiy harakatlariga farg‘onalik kimyogarni ham jalb etgan.
👉 https://kun.uz/uz/70760645
Kun.uz rasmiy kanali
#Ilmiy_faoliyat
📌 Samarqand davlat universiteti organik sintez va bioorganik kimyo kafedrasi professori Xurshid Bozorovning navbatdagi “Novel pyrazolo[3,4-d]pyrimidines as potential anticancer agents: Synthesis, VEGFR-2 inhibition, and mechanisms of action” nomli ilmiy maqolasi Scopus, SCI (Web of Science) va PubMed kabi ma'lumotlar bazasida indekslanuvchi “Biomedicine & Pharmacotherapy” jurnalida [Q1, Impact Factor = 7.4, Elsevier, France] chop e'tildi.
⭐️ Maqola pyrazolo[3,4-d]pyrimidinlar sintezi, ularning saraton hujayralariga qarshi faolligi, HT-29 hujayrasiga qarshi ta’sir mexanizmi, VEGFR-2 kinaza ingibitorlik xususiyati, tubulin polimerizatsiyasi va boshqa biologik va farmakologik tajribalar natijalariga bag’ishlangan.
⭐️ “Biomedicine & Pharmacotherapy” jurnali – Tibbiyot, farmakologiya, biologiya, tibbiy kimyo, organik va bioorganik kimyo yo’nalishida ilmiy maqolalarni chop qiladi.
⭐️ Maqola Xitoy Fanlar Akademiyasi olimlari bilan hamkorlikda tayyorlangan. Ilmiy loyiha rahbari - Xurshid Bozorov. Loyiha maslahatchisi - professor Haji Akber Aisa.
👉 Batafsil
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Samdu.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube