BUYUK VATANIMNING KURAGI YERGA TEGMAS MARD O'G'LONLARI! BARCHANGIZNI VATAN HIMOYACHILARI KUNI BILAN CHIN YURAKDAN TABRIKLAYMIZ!
Bizni kuzatib boring👇
/channel/uximfak
#Байрам
#Муборак
💥Бугун 14-январъ ватан ҳимоячилари куни хақиқий Эркаклар байрами 😊
Эркаклар бўлмаса, айтилмас азон,
Эркаклар бўлмаса, қайнамас қозон,
Эркаклар бўлмаса, чақалоқ қайда,
Эркаклар бўлмаса, шапалоқ қайда,
Эркаклар бўлмаса, мўйлов қайдадир,
Эркаклар бўлмаса, куёв қайдадир,
Дунё тургунча турсин эркаклар,
Доимо ҳурматда юрсин эркаклар!
🇺🇿Байрам муборак Ватан ҳимоясига бел боғлаганлар!👮♂️👨✈️🫡
#Ilmiy_faoliyat
📌 Samarqand davlat universiteti polimerlar kimyosi va kimyoviy texnologiya kafedra dotsenti To'lqin O'rozovning "Insektitsid faollikka ega bo‘lgan kompleks o‘g‘itlar olish" nomli monagrafiyasi nashr etildi...
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Samdu.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube
Diqqat Muhim Savol❔
Ikkisi yoq bir❔
Uchi yoq ikki❔
To'rti yoq uch ❔
Beshi yoq to'rt❔
Oltisi yoq besh❔
Yettisi yoq olti❔
Sakkizi yoq yetti❔
To'qqizi yoq sakkiz❔
O'ninchisi yoq to'qqiz❔
O'n Birinchi yoq o'n❔
O'n ikkinchisi yoq o'n bir❔
O'n uchunchisi yoq o'n ikki❔
Diqqat Savolni Javobi Nima❔
#bilasizmi
🟥Bugun 12-yanvar — Toshkent shahrida “Vatanga qasamyod” haykali ochilgan (2010) kun
🟥12-yanvar — Qorovulbozor (1993) va Uzun (1942) tumanlari tashkil etilgan kun
_______
🟢Amerikalik yozuvchi Jek London (asl ismi Jon Griffit) tavallud topgan kun (1876);
🟢O‘zbekiston xalq artisti Shohida Ma’zumova tavallud topgan (1907);
🟢Amazon.com asoschisi, investor Jeff Bezos (Jeffrey Preston Bezos) tavallud topgan kun (1964);
🟢Yurist, muharrir va jurnalist Rasul Kusherbayev tavallud topgan kun (1987);
📌 Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti jamoasi qorga burkangan yoʻllarni tozalayotgan yurtdoshlarimizga yordam bermoqda
Havo juda sovuq boʻlishiga qaramay yoʻllarni qorlardan va muzlardan tozalash yoʻlovchilar xavfsizligi uchun muhim sanaladi. Shu maqsadda universitetimiz yoshlari jamoasi Universitet xiyoboni koʻchalarini va Talabalar turar joylari atrofini qordan tozalayotgan yurtdoshlarimizga yordam berishdi.
Har bir yurtdoshimizdan oʻz uyi atrofini qorlardan, muzlardan tozalashlarini soʻrab qolgan boʻlar edik. Bu bilan nafaqat yoʻlovchilarga, balki, ana shunday sovuq kunlarda javlon urib koʻchalarni tozalayotgan obodonlashtirish tizimidagi insonlarga ham yordam bergan boʻlasiz!
Majburiy mehnatga jalb etish uchun emas, oʻzimiz uchun! Yaqinlarimiz - yurtdoshlarimizning xavfsizligi va salomatligi uchun!
@SamDUjamoasi
📚 “Kitobxon yoshlar” tanlovida vazifa qilib berilgan kitoblarning elektron variantlari
Telegram |Instagram |Facebook |YouTube
Замонавий тез айтиш😅
Ўқишмиш ўқишмасмиш,
Қишда ўқиш бўлмасмиш,
Ўқиш бўлса қишмасмиш,
Ўқишга борганларга,
Совуқ таъсир қилмасмиш.
Қарорни ўзгартириш
Вазирликка ишмасмуш,
Ўқишми, ўқишмасми
Вазир ўзи билмасмиш!
Неча марта айтолдингиз😁
RASMIY XABAR
Bugungi kunda Samarqand viloyatida jami 13 ta oliy ta’lim, 73 ta o’rta maxsus kasb-hunar ta’limi hamda 1255 ta umumta’lim maktablari mavjud.
Joriy yilning 11-yanvar kunidan 950 ta umumta’lim, 71 ta o’rta-maxsus ta’lim va 13 ta oliy ta’lim muassasalarida an’anaviy shaklda darslar boshlanishini ma’lum qilamiz.
Shuningdek, havo harorati keskin sovigan vaqtda transportda borish qiyinligi, masofa uzoqligi va zarur issiqlik bilan ta’minlash imkoniyati cheklanganligi sababli 97 ta umumta’lim va 2 ta o’rta-maxsus ta’lim muassasalarida 13-yanvardan hamda 208 ta umumta’lim muassasalarida 18-yanvardan o’quv jarayoni boshlanadi.
Erkinjon Turdimov: Bugungi qorli kunlarda hammamiz birlashib, tezkor harakat qilishimiz shart!
-------
Эркинжон Турдимов: В сегодняшние снежные дни мы все должны объединится и действовать оперативно!
📌Инсон бошида уч хил сув бор;
1. Кўз суви - ёш;
2. Қулоқ суви - зардоб;
3. Oғиз суви - тупук!..
~ Ушбу сувларнинг ҳар бирида алоҳида вазифа бор! Кўз суви шўр бўлади, агар шўр бўлмаса эди кўз гавҳарининг ҳимояси учун зарур бўлган ёғ айниб қолар ва кўз фаолияти ишдан чиқар экан.
~ Қулоқ суви аччиқ бўлади, агар ширин бўлганида қулоқни қумурсқа босарди! Оғиз суви шўр ҳам эмас, аччиқ ҳам эмас! Агар тупугимиз шўр ёки аччиқ бўлганида еган нарсамизнинг таъмини билмас эдик!
~ Яна энг ажойиби, бу сувлар ҳар куни янгиланиб туради ва бир-бирига аралашиб кетмайди!
Аллоҳ таоло айтади:
«Батаҳқиқ инсонни энг гўзал қоматда яратдик!» Тин сураси, 4-оят.
Бу мутаносибликни ўз-ўзидан, тасодифан, табиий танланиш йўли билан бўлиб қолган, дейиш учун инсон нақадар савиясиз бўлиш керак?!
• Ҳа, яна ўша гап: Даҳрийнинг фикр доираси тугаган жойдан мусулмоннинг дунёқараш уфқи бошланади! Сувдек сероб бўлинг...
#yosh_notiq_tabrigi
#4
Fotima Dilroz - Kimyo fakulteti kimyo oʻqitish metodikasi yoʻnalishi 305-guruh talabasi
@SamDUjamoasi
8-yanvar — O‘zbekiston Respublikasi prokuratura organlari xodimlari kuni!
------
8 январь — Ўзбекистон Республикаси прокуратура органлари ходимлари куни!
⚡️Muqaddas qasamyodiga hamisha sodiq bo‘lib, xizmat burchini yerda ham, ko‘kda ham sharaf bilan ado etayotgan bahodir va dovyurak harbiylarimizga O‘zbekiston Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 31 yilligi va Vatan himoyachilari kuni muborak bo‘lsin!
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Samdu.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube
📌 O‘zbekiston tug‘ilish bo‘yicha MDHda birinchi: Biz kuniga 2 ming kishiga ko‘payyapmiz
O‘zbekistonda doimiy aholi soni har kuni o‘rtacha 2,1 ming kishiga oshmoqda, deb xabar berdi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Statistika agentligi.
2023-yilning 1-yanvar holatiga respublikamizning doimiy aholisi 36 024 946 kishini tashkil etgan.
Mamlakatimiz aholisi 2022-yilda 753,6 ming kishiga ko‘paygan.
O‘zbekiston aholisi 2022-yilning har bir oyida o‘rtacha 62,8 ming kishiga oshgan.
2022-yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 2,1 ming kishiga ko‘paymoqda.
Ma’lumot o‘rnida, O‘zbekiston Respublikasi doimiy aholi soni bo‘yicha MDHda uchinchi o‘rinda.
O‘zbekiston tug‘ilish bo‘yicha MDHda birinchi o‘rinda.
Aholi soni bo‘yicha dunyo mamlakatlari o‘rtasida 41 o‘rinda qayd etilgan.
🌸 ЖУМА АЙЁМИНГИЗ МУБОРАК БЎЛСИН! 🕋 🌙 🤲
🌹Яҳши амал жаннатга йўлак,
🌹Савобларнинг совғаси бўлак,
🌹Чин юракдан билдирай тилак,
🌹ЖУМА айёмингиз бўлсин муборак!
Аллоҳим! 🤲
Борар жойимизни кенглиги осмонлару ерча бўлган, тақводорлар учун тайёрлаб қўйилган жаннатдан қилгин.
🌙 Жума айёмингиз муборак бўлсин!
📌 "Talabayam Odammi?"
Qorda g‘irch-g‘irch yuramiz
Shuyam endi qadammi?
O‘lmaydi hazil qilsak
Talabayam odammi?
Anomal qaydan chiqdi
Bizga sovuq kelarmish
Eng ozg‘in, nozik qatlam
Talabani urarmish
Bayram bahona qilib,
Ochib qo‘ydik, qarasin.
O‘qimasa ham mayli,
Talabayam yayrasin
Qilar ishni qilib qo‘ydik
Bizgayam bir bayrammi?
Qorda kelolmas, hecham
Talabayam odammi?
©️ Soatov Abdulla
#diqqat_tanlov
📌 Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti tomonidan "Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim'' shiori ostida ilmiy-ijodiy maqolalar tanloviga start beramiz!
Yurtimizda inson qadri, uning orzu-istaklariga boʻlgan eʼtibor, hamda sifatli taʼlim nimadan boshlanishi haqidagi fikrlaringiz aks etgan ilmiy-ijodiy maqolalaringiz bilan tanlov ishtirokchisiga aylaning!
❗️Maqola word variantda, Times New Roman 14 shriftida yozilgan boʻlishi shart!
Tanlov uchun ijodiy ishlar ishtirokchining ism-familiyasi va fakultet nomi ilova qilingan holda @samduyiadmin telegram manzilida 11-yanvardan 20-yanvarga qadar qabul qilinadi.
🏆 Gʻoliblar diplom va universitet rahbariyatining qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.
@SamDUjamoasi
#Ilmiy_faoliyat
📌 Samarqand davlat universiteti professori Normurod Fayzullayev, dotsent Noryigit Musulmonov, tadqiqotchi Nilufar Tursunovaning "Получение наноуглерода и водорода каталитическим разложением низкомолекулярных углеводородов" nomli maqolasi "Universum: химия и биология" xalqaro jurnalda nashr etildi...
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Samdu.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube
#diqqat_tanlov
🇺🇿 Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi talabalarning qishki ta’tildagi bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish maqsadida “Kitobxon yoshlar” onlayn tanlovini e’lon qiladi.
📚Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilar @kitobtanlovbot manzili orqali ro‘yxatdan o‘tib, 19-yanvarga qadar 2 ta kitobni o‘qishlari va ular asosida tuzilgan testlarni yechishlari kerak bo‘ladi.
✅Yakunda 30 nafar ishtirokchilar tanlovning g‘olib va sovrindorlari deb topiladi va tashkilotchilar tomonidan quyidagi tartibda taqdirlanadi:
🔵1-o‘rin – 5 million so‘m va I darajali diplom;
🔵2-3-o‘rinlar – 4 million so‘m va II darajali diplom;
🔵4-6-o‘rinlar – 3 million so‘m va III darajali diplom;
🔵7-10-o‘rinlar – 2 million so‘m va sertifikat;
🔵11-20-o‘rinlar – 1 million so‘m va sertifikat;
🔵“Eng faol targ‘ibotchi” nominatsiyasi g‘oliblari (10 nafar) – 1 million so‘m va sertifikat bilan taqdirlanadi.
📌 Tanlov nizomi bilan tanishish
Tanlovda yuqori natijaga erishib, g‘oliblar qatoridan joy egallang.
👉Tanlovda ishtirok etish: /channel/kitobtanlovbot?start=1
Telegram |Instagram |Facebook |YouTube
Ҳеч кимга насиб этиб турган ризқинг ҳақида ҳикоя қилма.
Ҳеч кимга бахтиёрлигинг, саодатингни кўз-кўз қилиб ҳикоя қилма.
Ҳеч кимга ютуқларинг, фойдаларинг ҳақида ҳикоя қилиб сўзлама.
Ҳеч кимга оила аъзоларинг, уй аҳлинг ҳақида ҳикоя қилма, мақтанма.
Ҳеч кимга хилофларинг, ёқтирмаган, рози бўлмаган нарсаларинг ҳақида сўзлама.
Ҳеч кимга фарзандларингни мақтаб, улар ҳақида ҳикоя қилма.
Ҳеч кимга қилаётган ишларинг, тижоратларинг ҳақида ҳикоя қилма.
Ҳеч кимга саломатлигинг яхшилиги, қувватинг ҳақида сўзлама.
Ҳеч кимга ейдиган овқатларингни мақтаб, ҳикоя қилма.
Ҳеч кимга сарфлаганларинг ва инфоқларинг ҳақида ҳикоя қилма.
Ҳеч кимга эришган ютуғинг ва муваффақиятинг ҳақида сўзлама.
Ҳеч кимга ҳаётингдаги барча гўзал нарсалар ҳақида ҳикоя қилма, ҳеч кимга эр-хотинлик сирларингни ҳикоя қилма, ҳикоя қилма, ҳикоя қилма...
Менга ишон, бир кун келади, ҳеч кимга бу санаб ўтганларим ҳақида сўзлама, буни фақатгина ўз тажрибасидан ўтказгангина ва қалбини очгани сабаб унинг бадали, қийматини тўлаган инсонгина тушунади, англайди.
#Ilmiy_faoliyat
📌 Samarqand davlat universiteti organik sintez va bioorganik kimyo kafedrasi professori Xurshid Bozorovning navbatdagi "Parallel synthesis of condensed pyrimidine-thiones and their antitumor activities" nomli ilmiy maqolasi Scopus, SCI (Web of Science) va PubMed kabi ma'lumotlar bazasida indekslanuvchi "Research on Chemical Intermediates" jurnalida [Q2, Impact Factor = 3.1, Springer, Netherlands] chop qilindi.
⚡️ Maqola furo[2,3-d]pirimidinon va pirrolo[2,3-d]pirimidinonlarning parallel sintezi va olingan yangi moddalarning saraton hujayralariga qarshi faolligiga bag'ishlangan.
⭐️Maqola Xitoy Fanlar Akademiyasi olimlari bilan hamkorlikda tayyorlangan. Ilmiy loyiha rahbari Xurshid Bozorov. Loyiha maslahatchisi professor Haji Akber Aisa.
👉 Batafsil
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Samdu.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube
#Yangiliklar
📌 Samarqand davlat universiteti professori Xurshid Bozorov navbatdagi 3 ta xalqaro patentlarga ega bo’ldi…
Batafsil: 👉 https://www.samdu.uz/uz/news/39032
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Samdu.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube
E'LON
Muddatli harbiy xizmatni o'tab imtiyozli o'qishga qabul qilingan talabalar uchun yangilik!
👉 Ittifoq tanlovlarida, sport musobaqalarida hamda fan olimpiadalarida ishtirok etganmisiz?
👉 Siz ittifoqning Oliy ta'lim muassasalaridagi yoshlar kengashida faoliyat olib borasizmi?
👉 Kontrakt to'lovini to'lashga qiynalyapsizmi?
📈 O'quv fanlarini 71% va undan yuqori ko'rsatkichga o'zlashtiring, to'lov-kontrakt summasining 35%ini Yoshlar ittifoqi tomonidan to'lab berilishiga erishing!
🏛 Batafsil ma'lumot uchun Samarqand davlat universitetining Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkilotiga murojaat qiling.
@SamDUjamoasi
UYDAGI TASHKILOTLAR 😅
🧔🏻♂️OTA
• Umrining oxirigacha mutlaq prezident;
• Tashqi ishlar vaziri;
• Bojxona qo'mitasi raisi (Uyga kirib keladigan mahsulotlarning halolligini tekshiradi)
• Pul fabrikasi
👩🏻ONA
• Advokat (ota urushganda doim tarafingizni oladi)
• Portal (hamma dardlaringizni tinglab, otangizga yetkazib, muammolaringizni hal qilib beradi)
• Buxgalter (kirim-chiqimni, oilada pul aylanishini nazorat qiladi)
👩🏻🦱OPA
• Sotti (onaning o'ng qo'li)
• O'rinbosar (ona uyda bo'lmaganda o'zidan xo'jayin yasab oladigan, hali tajribasi yo'q boshliq)
👱🏻♀️SINGIL
• O'rtadagi odam (ham sandondan, ham bolg'adan tayoq yeydi).
• Razvedkachi (opaning sirlarini onaga yetkazib turadi).
👨🏻AKA
• Kvartirant (uyga ishdan charchab, faqat uxlashga keladi).
• Qo'riqchi (uydagi opa-singillarini himoya qilib yuradi)
👦🏻UKA
• Oligarx (aytgani aytgan, degani degan)
• Uyda otaga ham so'zi o'tadigan, tashqi va ichki kuchlarga ega.
Barchangizni oilangizga baxt, mustahkam sog'liq, qut-baraka tilaymiz!
🌿Yolgʻizlikning yuki..
Suratdagi Germaniyalik ayol eri bilan bir futbol klubiga muhlislik qilardi.
Ularning birgalikdagi suratini futbol maydonidagi ko‘chma suratga olish kameralari o‘z tasmasiga muhrlagan.
Keyin ayolning eri olamdan o‘tdi.
Yana u futbol matchlarini ko‘rish uchun stadionga bordi. Bu safar yolg‘iz.
Kameralar ayolning g‘amgin suratlarini yana o‘z tasmalariga muhrlashdi.
Farqni esa ko‘rib turibsiz!
🐳 Dunyodagi eng katta jonzot ko‘k kit jufti olamdan o‘tganda-o‘zini qirg‘oqqa chiqarib tashlarkan.
🦅 Burgut esa jufti olamdan o‘tganidan so‘ng qorong‘u g‘orlarga kirib o‘lim soatlarini kuta boshlarkan.
❗ Bekorga Alloh taolo hamma narsani oʻz jufti bilan yaratmagan... Yaratgan taqdir etib belgilagan juftu halolingizni borida qadrlang... Yolgʻizlik faqat Allohga hos...
🌿 Suratdagi erkakning ismi Salim!
Yoshi ellikda.
Maktabda qorovul bo‘lib ishlaydi. Qo‘lidagi ayol uning turmush o‘rtog‘i.
Bitta farzandlari bor.
5 yil avval oyoq qo‘llari ishlamay qolgan. Gapirmaydi ham.
O‘shandan beri ayoliga qarash va uy ishlari Salimga qolgan.
Har kecha to‘rt marta uyg‘onib, ayolini uyoqdan buyoqqa ag‘darib qo‘yadi.
Ayrim vaqt ayolini ingrayapganida uyg‘onib ketadi.
Chunki ayoli eriga malol kelmasligi uchun o‘zi ag‘darilib olishga harakat qilardi.
Bu holat ayoli biroz tobi qochsa uyiga jo‘natib yuboradigan erkaklarga yaxshigina ibratdir.