Tongda aytdi sessiya bahosiniiiiiiiiii 😂
P/s: Kursdoshlar gruppasiga tashlab qo'yamiz :)
Erta tongdan yaxshi kayfiyat kun davomida tark etmasin🙃
#Shashka
📌 Samarqand davlat universiteti talabalari o'rtasida an'anaviy 75-Spartakiada o'yinlari doirasida shashka bo'yicha musobaqa o'tkaziladi. Natijalarga ko'ra:
Ayollar o'rtasida:
🟢 1-o'rin maktabgacha va boshlang'ich ta'lim fakulteti talabasi Sabina Egamberdiyeva;
🟢 2-o'rin kimyo fakulteti talabasi Durdona Xusanova;
🟢 3-o'rin matematika fakulteti talabasi Tursunoy Inashovalar qo'lga kiritdi.
Erkaklar o'rtasida:
🟢 1-o'rin tarix fakulteti magistranti Temur Jumayev;
🟢 2-o'rin tarix fakulteti magistranti Orif Lutfiyev;
🟢 3-o'rin kimyo fakulteti talabasi Shahboz Xasanovlar qo'lga kiritdi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Samdu.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube
📍Ортиқча вазннинг илк сабаби: кеч уйқуга ётиш!
✍️ Шифокор,Алишер Файзиев:
✅ Кеч уйқуга кетиш салбий оқибатларга олиб келади, жумладан:
▫️ Депрессия, диққатнинг йўқолиши ва ортиқча вазн;
▫️ Танангиз етарли даражада лептин ишлаб чиқара олмайди;
▫️ Бу метаболизмни бузади ва вазн ортишига олиб келади.
✅ Идеал уйқу соати 22:00 га қадар, яъни сиз 22 да ухлаётган бўлишингиз керак.
❗️Ишонинг, шу вақтда ухлашни бошласангиз, соғлиғингизда кўп яхши натижаларни сезасиз.
#Ilmiy_faoliyat
📌 Samarqand davlat universiteti noorganik kimyo va materialshunoslik kafedrasi o'qituvchisi Sergey Aronbayev professor ilmiy unvoniga ega bo'ldi...
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Samdu.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube
#Ilmiy_faoliyat
📌 Samarqand davlat universiteti professorlari Ibrahim Erol va Ömer Hazmanlarning "Preparation of Novel Composites of Polyvinyl Alcohol Containing Hesperidin Loaded ZnO Nanoparticles and Determination of Their Biological and Thermal Propertie" nomli maqolasi Web of Science bazasiga kiruvchi "Journal of Inorganic and Organometallic Polymers and Materials" jurnalda nashr etildi...
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Samdu.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube
#Шеърият
Кимдир юрар Каптивада,
Кимдир қўлтиқтаёқда!
Кимдир сўкар бефойда,
Кимдир соқов ҳаётда.
Атрофингга қара, дўстим,
Ўйла, изла, фикр қил.
Бу омонат дунёдан
Борар жойинг қабр бил.
http://t.me/musaffouzb
Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламнинг суннатлари!
• Ҳар ишни бошласангиз «Бисмиллаҳ» денг.
• Ният қилсангиз «Иншааллоҳ» денг.
• Ҳайратлансангиз «Субҳаналлоҳ» денг.
• Мақтасангиз «Машааллоҳ» денг.
• Раҳмат айтсангиз «Жазакаллоҳ» денг.
• Афсуслансангиз «Астағфируллоҳ» денг.
• Кузатсангиз «Фий амааниллаҳ» денг.
• Берсангиз «Фий сабийлиллаҳ» денг.
• Ўлимни эшитсангиз «Иннаа лиллаҳ» денг.
• Акса урсангиз «Алҳамдулиллаҳ» денг.
• Қийинчилик етса «Ё Аллоҳ» денг!
Ajoyib muhandislik tuzilmasi
Ikki davlatni bog'laydigan va dengiz sathidan 4700 metr balandlikda joylashgan avtomobil yo'li.
#bilasizmi?
Qur'on raqamlarda:
• 30 pora
• 114 sura
• 6236 oyat
• 77439 so'z
• 323015 harf
▪4 marta Muhammad ismi
▪136 marta Muso ismi
▪25 marta Iso ismi
▪43 marta Nuh ismi
° 144 marta Hayot va O'lim
° 4 marta Issiq va Sovuq
° 24 marta Erkak va Ayol
° 77 marta Jannat va Do'zax
° 115 marta Dunyo va Oxirat
° 25 marta Iymon va Kufr
° 88 marta Farishtalar va Shayton
° 34 marta Sajda
so'zlari ishlatilgan
Qur'on: 22 yil 2 oy 22 kunda nozil bo'lgan
~ Eng katta sura: Baqara (286 oyat)
~ Eng kichik sura: Kavsar (3 oyat)
Zichliklari nisbati 1:4 bulgan ikki suyuqlik teng hajmda aralashtirilganda zichligi 1,5gr/ml suyuqlik hosil buladi. Agar shu suyuqlikni teng massada aralashtirilganda qanday zichlikka ega buladi?
Читать полностью…Кимлар касал бўлмайди ёки касалликка кам чалинади?
🥀 Севганлар.
Чунки бу туйғу инсондаги барча ёмон ва негатив хисларни йўқотади, дунёни гўзал қилиб кўрсатади.
🥀 Табассум билан кайфияти кўтаринки юрадиган одамлар. Чунки табассум ва кулгу инсонни иммунитетини кучли қилади.Ўзига ишонч бағишлайди. Бор соғлиқ ва кучини мақсадига йўналтиради.
🥀 Самимий одамлар.
Уларни дилидаги ҳаммаси тилга кўчади, ғайирликлар ҳақида ўйламайди.
🥀 Эрта саҳар тоза ҳаводан нафас олиб, нонуштага мева ейдиган одамлар.
Уларнинг иммунитети уйдан чиқмай, гўштли таомлар ейдиган одамларникига нисбатан кучли бўлади. Табиат заҳрини табиат неъмати қирқади. Айниқса сариқ, қуёш рангли мева ва сабзавотлар!
🥀 Улкан мақсадлари бор одамлар. Уларни касал бўлишга вақти йўқ.
🥀 Рақсга тушиш ва спорт билан шуғулланадиган одамлар, чунки улар танани ақлга бўйсундирган!
ЎЗИНГИЗНИ АСРАНГ🤗!
❗️Samarqand viloyati aholisi qanchaga yetdi?
Statistika agentligiga ko‘ra, O‘zbekistonda 2023-yil 1-yanvar holatiga doimiy aholi soni 36 mln 24 ming 900 kishini tashkil etgan.
Hududlar kesimida doimiy aholi soni:
🥇Samarqand viloyati – 4 mln 118,4 ming kishi
🔹Farg‘ona viloyati – 3 mln 976,5 ming kishi
🔹Qashqadaryo viloyati – 3 mln 482,6 ming kishi
🔹Andijon viloyati – 3 mln 322,8 ming kishi
🔹Namangan viloyati – 2 mln 997,6 ming kishi
🔹Toshkent viloyati – 2 mln 992,6 ming kishi
🔹Toshkent shahri – 2 mln 955,7 ming kishi
🔹Surxondaryo viloyati – 2 mln 806,7 ming kishi
🔹Buxoro viloyati – 2 mln 009,8 ming kishi
🔹Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 1 mln 976,3 ming kishi
🔹Xorazm viloyati – 1 mln 958,2 ming kishi
🔹Jizzax viloyati – 1 mln 475,6 ming kishi
🔹Navoiy viloyati – 1 mln 55,5 ming kishi
🔹Sirdaryo viloyati – 896,6 ming kishi
🔑 Shukr qilganingiz sari shukr qiladigan narsalaringiz koʻpayaveradi...
🌱 Biror yoqimsiz soʻzni aytishdan oldin umuman gapira olmaydiganlarni yodingizga oling...
🌱 Taomdan shikoyat qilishdan oldin, yeyishga bir tishlam noni yoʻqlarni esga oling...
🌱 Hayotingizdan shikoyat qilishdan oldin, umri ayni gullagan yoshida tugaganlarni eslang...
🌱 Uyni tozalash, kim pol yuvishi haqida janjal koʻtarishdan oldin, millionlab uysiz odamlar ham borligini yodga oling...
🌱 Ishingiz ogʻirligidan nolishdan oldin, qanchadan-qancha odamlarga siznikidek ishi boʻlishligi orzu ekanligini ham bilib qoʻying...
🌱 Birovni barmogʻingiz bilan koʻrsatib, uning gunohlarini sanashdan oldin, oʻzingizning ham gunohkor banda ekanligingiz va bir kun Alloh oldida javob berishing koʻz oldingizda tursin...
🏠 Hayot – bu bebaho hadya. Doimo shukr qiluvchi bandlari qatorida boʻlishlik nasib qilsin ilohim... ⛅ Kuningiz hayrli va barokatli oʻtsin.
📌 Yilning muhim sanalari:
1-yanvar – Yangi yil bayrami.
8-yanvar – Prokuratura organlari xodimlari kuni.
14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni.
27-yanvar – Xalqaro bojxona xodimlari kuni.
9-fevral – Alisher Navoiy tavallud topgan kun.
14-fevral – Zahiriddin Muhammad Bobur tug‘ilgan kun.
21-fevral – Xalqaro ona tili kuni
1-mart – O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiya tavallud topgan kun.
2-mart – O‘zbekiston Respublikasi Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT)ga a’zo bo‘lgan kun.
8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni.
21-mart – Navro‘z - umumxalq bayrami.
22-mart – Mirzo Ulug‘bek tavallud topgan kun.
1-aprel – Kulgi va hazil kuni.
5-aprel – Davlat xavfsizligi xizmati kuni.
9-aprel – Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun.
18-aprel – Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish sohasi xodimlari kuni.
1-may – Favvoralar sayli kuni.
9-may – Xotira va qadrlash kuni.
15-may – Xalqaro oila kuni.
18-may – Xalqaro muzeylar kuni.
1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni.
5-iyun – Jahon atrof-muhitni muhofaza qilish kuni.
14-iyun – Xalqaro donorlar kuni.
27-iyun – Matbuot va ommaviy axborot vositalari xodimlari kuni.
30-iyun – Yoshlar kuni
2-iyul – O‘zbekiston Respublikasi Davlat gerbi qabul qilingan kun.
20-iyul – Xalqaro shaxmat kuni.
1-avgust – Temiryo‘lchilar kuni (har yili avgust oyining birinchi yakshanbasi).
8-avgust – Quruvchilar kuni (har yili avgust oyining ikkinchi yakshanbasi).
31-avgust – Qatag‘on qurbonlarini yod etish kuni.
1-sentyabr – O‘zbekiston Respublikasi milliy bayrami – Mustaqillik kuni.
16-sentyabr – Xalqaro ozon qatlamini muhofaza qilish kuni.
27-sentyabr – Xalqaro sayyohlik kuni.
1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni.
18-oktyabr – Samarqand shahri kuni.
21-oktyabr – O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun.
25-oktyabr – O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar idoralari xodimlari kuni.
14-noyabr – Tibbiyot xodimlari kuni (har yili noyabr oyining ikkinchi yakshanbasi).
14-noyabr – Xalqaro qandli diabetga qarshi kurashish kuni.
17-noyabr – Xalqaro talabalar kuni
18-noyabr – O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilingan kun.
1-dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni
3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni.
8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilingan kun.
12-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi qishloq xo‘jaligi xodimlari kuni (har yili dekabr oyining ikkinchi yakshanbasi).
10-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi qabul qilingan kun.
22-dekabr – Energetika xodimlari kuni.
Bizni kuzatib boring 👇
http://t.me/uximfak
⚡️ Самарқанд давлат университети ректори,
Рустам Холмуродов Москва давлат университети
фахрий профессори унвонига сазовор бўлди...
Москва давлат университети ташкил этилганлигининг 268 йиллиги муносабати билан бўлиб ўтган тантанали маросимда МДУ ректори, академик Виктор Садовничий Самарқанд давлат университети ректори, Ўзбекистон Республикаси фан арбоби, Сенатор Рустам Холмуродовга , “Росатом” давлат корпорацияси Бош директори Алексей Лихачёвга Москва давлат университети фахрий профессори унвони ҳамда диплом ва медалини топширди...
Самарқанд давлат университети
Ахборот хизмати.
Telegram | Facebook
⚡️“Ibrat farzandlari” — xorijiy tillarni o‘rganish uchun zo‘r imkoniyat
YouTube’dagi “ibratfarzandlari">Ibrat farzandlari” loyihasi orqali malakali ustozlardan o‘zbek, ingliz, nemis, ispan, turk va rus tillarini noldan boshlab mutlaqo bepul o‘rganing!
Darslar:
• Ingliz tili
• Ispan tili
• Nemis tili
• Turk tili
• Rus tili
• O‘zbek tili (xorijliklar uchun)
Shavkat Mirziyoyev bilan uchrashgan hijobli prezident. Singapur rahbariga aylangan ilk ayol — Halima Yaqub hikoyasi
Dunyodagi eng boy, biznes, yashash, o‘qish uchun qulay, korrupsiyadan xoli va «bog‘ ichidagi shahar» tamoyiliga qat’iy rioya etuvchi mamlakatlardan biri Singapurni bugun ayol prezident — Halima Yaqub boshqaradi. Uning asosiy maqsadi — boshqalar qilolmaydigan ishni singapurliklar qilsin.
https://www.gazeta.uz/oz/2023/01/23/yaqub/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb
💎Mutolaa
Mol-dunyo hasrati qilmasin abgor,
Mangu yashar kishi qani, qayda bor?
Bir necha nafasing tanda omonat,
Omonatga omonat bo‘lmoqlik darkor.
Umar Hayyom.
Мусулмонлар намоз ўқимай қўйди!
Бу дунё хаёли дилларимизда
Бегона ўт каби кенг палак ёйди.
Ҳаммамиз иймонли тилларимизда,
Мусулмонлар намоз ўқимай қўйди!
Олимлар суҳбати икир-чикирлар,
Пул ишлаш пайида аҳли зикрлар,
Ўзича қалби пок, аслида кирлар,
Мусулмонлар намоз ўқимай қўйди!
Намозхонга ғалат қарайди уммат,
Ортидан минг ғийбат қалайди уммат,
Оҳ, замон нақадар бўлибди зулмат,
Мусулмонлар намоз ўқимай қўйди!
Аллоҳнинг каломин қўрқиб айтишар,
Озгина қийнасанг, диндан қайтишар,
Бу қандай умматдир тиғдан қўрқишар,
Мусулмонлар намоз ўқимай қўйди!
Ароқсиз даврани қилишар таъна,
Худо берганини “ювиш” анъана,
Қуръонсиз ўтмоқда тўй-у тантана,
Мусулмонлар намоз ўқимай қўйди!
Авратин ёпганлар айбдор саналар,
Ортидан минг битта туҳмат таъналар,
Очилиб ётибди кўкрак, таналар,
Мусулмонлар намоз ўқимай қўйди!
Юртдан кўтарилди хайр-у барака,
Бидъатга тўладир тўй-у маърака,
Жоҳиллар диндорни қилар калака,
Мусулмонлар намоз ўқимай қўйди!
Амалдор талончи бўлиб бормоқда,
Ваъдабоз ёлғончи бўлиб бормоқда,
Ғўддайган фалончи бўлиб бормоқда,
Мусулмонлар намоз ўқимай қўйди!
Урчиди фаҳшлар, ошди зинолар,
Илмсизлик бошга битган балолар,
Қулар иншоотлар, қулар бинолар,
Мусулмонлар намоз ўқимай қўйди!
Дунёга балолар бағрин очмоқда,
Яратган ғазабнок қаҳрин сочмоқда,
Нотавон оламон қайга қочмоқда,
Мусулмонлар намоз ўқимай қўйди!
Худо юракда, деб овутар ўзни,
Дунё хаёллари кўр қилар кўзни,
Унутдик ўлимдек муқаддас сўзни,
Мусулмонлар намоз ўқимай қўйди!
Айтилган азонга тутишмас қулоқ,
Лек ит уриштириб, чопишар улоқ,
Жамиятнинг онги оқсаган – чўлоқ,
Мусулмонлар намоз ўқимай қўйди!
Намоз бу шафоат, ҳимоят эрур,
Юракнинг қуввати – ҳидоят эрур,
Намозсиз отган тонг жаҳолат эрур,
Мусулмонлар намоз ўқимай қўйди!
Пайғамбаримиз С.А.В яшаган уйларига, даврларига сайр қиламиз.
1444-йил аввалги Мадина шаҳри Масжидун Набав (Пайғамбаримиз с.а.в.нинг масжиди) ва Ҳужраи Саодат (масжидга ёндош уйлари)нинг тахминий кўриниши.
3D технологияси ёрдамида, маълумотлар асосида қайта тикланган тасвир. Айнан ўша вақтдагидек бўлмаса ҳам, тасаввур учун етарли.
Ж У М А
М У Б О Р А К
Б Ў Л С И Н❕
Тилайман мўминлик ибодатини,
Жаннатий инсонлар хуш одатини.
Қуръондек ҳаловат, иймондек ҳузур,
Ҳам икки дунёнинг саодатини.
Тилайман Умардек мард феъли одил,
Ҳам Абу Бакрдек бир дўсти оқил.
Муҳаммад кўнглидек покиза кўнгил,
Ҳам икки дунёнинг саодатини.
Тилайман бахт қасрин учқур отларин
Бухорий тафаккур, хаёлотларин.
Ҳам солиҳ фарзандлар камолотларин
Ҳам икки дунёнинг саодатини.
Тилайман юрт узра тинчлик зиёсин,
Салмоннинг тақвосин, Усмон ҳаёсин
Аталган сенга деб она дуосин,
Ҳам икки дунёнинг саодатини.
Тилайман тоғларнинг маҳобатини,
Зулфиқор тутган мард салобатини
Дилдаги пок тилак ижобатини,
Ҳам икки дунёнинг саодатини.
Qor haqida qiziqarli faktlar
📆 19-yanvar - butun dunyo qor kuni;
❄️ Yer yuzida yashovchi odamlarning yarmidan ko‘pi umrida hech qachon haqiqiy qorni ko‘rmagan;
🫧 Olimlar o‘rganish jarayonida hech qachon ikkita bir xil qor parchalarini topa olmagan;
☸️ Hozirgacha kashf etilgan eng katta qor parchasi diametri 38 santimetr bo‘lgan;
🧭 Yerga tushayotgan qor parchasining tezligi soatiga bir kilometrdan kam;
🔮 Nafaqat Yerda, balki Marsda ham qor mavjud;
📟 1949 yilda Sahroda qor yog‘gan. Biroq u darhol erib ketgan;
🌨 Bir kub metr qorga uch yuz milliondan ortiq qor parchalari kiradi;
🏫 Yaponiyada qor parchalari muzeyi mavjud;
💮 Qor parchalari 95 foiz havodan iborat;
🔎 Qor quyosh nurlarini 90 foizgacha aks ettiradi;
💨 Qor parchalari kristallarining deformasiyalanishi tufayli kristall ko‘rinishda bo‘ladi;
🌥 Hatto Ekvador va Gavayi orollari kabi issiq joylarda ham qor yog‘ib turadi. U tog‘larning tepasida joylashgan;
🌊 Yaponiyada yapon qorlari chet el qorlaridan farq qiladi degan afsona mavjud;
📑 Finlandiyada yashovchi sam xalqi tilida qor, muz va ularning turlari uchun 180 ga yaqin so‘z bor. Eskimo tilida qorni anglatuvchi 20 dan ortiq so‘z mavjud;
🩺 Suv yuzasiga tushgan qor parchalari baliqlarga juda yoqimsiz bo‘lgan yuqori chastotali tovush chiqaradi. Odamlar esa bu tovushni eshitmaydilar;
🔬 Mikroskop ostidagi qorning birinchi fotosurati 1885 yilda olingan. Amerikalik fotograf Uinston Bentli muvaffaqiyatga erishish uchun 46 yil sarflagan;
🪩 Tog‘larda va qutbli mintaqalarda baland bo‘lgan qor, ba’zan "qor xlamidomonasi", deb nomlangan suv o‘tlari tufayli qizg‘ish yoki pushti rangga ega bo‘ladi. Ushbu qor tarvuzga o‘xshaydi.
📌 Talabalar turar joylarida istiqomat qiluvchi talaba-yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish borasida qanday ishlar amalga oshirilmoqda?
Talabalar turar joylarida istiqomat qiluvchi talaba-yoshlarning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tomonidan "Zakovat", "Munozara" intellektual oʻyinlari, shaxmat-shashka, psixologik treninglar, turli bellashuvlar, kitobxonlik va mushoira kechalari tashkil etilib kelinmoqda. Shuningdek, TTJ da istiqomat qiluvchi talaba-yoshlar bilan oʻtkazilgan suhbatlar ularning muammolarini oʻrganish va hal etish, iqtidorlilarni aniqlash va ragʻbatlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
❓ Talabalar turar joylarida yana qanday loyihalar amalga oshirilishini istardingiz?
@SamDUjamoasi
#Muhim_xabar
📌 Samarqand davlat universiteti kunduzgi va kechki ta’lim yo‘nalishlarining 2- va 4- bosqich talabalari uchun kuzgi semestr yakuniy nazoratlari tasdiqlangan jadval asosida 2023-yil 21-yanvardan boshlanadi.
Shuningdek, 1- va 3- bosqich talabalari uchun yakuniy nazoratlar 2023-yil 25-yanvardan boshlanishini e'lon qiladi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Samdu.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube
#Obunachilarimizdan #xalq_dardi
Menda qolmadi koʻmir
Menda qolmadi oʻtin
Endi muzlab qolaman muzlab
Muzlab muzlab
Menda qolmadi koʻmir
Menda qolmadi oʻtin
Endi muzlab qolaman muzlab
Muzlab muzlab
Gaz beraman deb bermadilar
Elektr beraman deb bermadilar
Sira vadasida turmadilar
Xalq bilan oʻynashganlar
Nima uchun vada bergandilar
Yolgondakam mehr koʻrsatganlar
Qarang bugun xalq sovuq qotgandir
Koʻchalarda oʻtin izlab sarsondirlar
Menda qolmadi oʻtin
Menda qolmadi ko'mir
Endi muzlab qolaman muzlab
Muzlab muzlab
Yurishibdi sarson boʻlib
Isininishyapti tappi tezak yoqib
Gaz oʻchmaydi elektr oʻchmaydi deyishgandi
Xalq bilan oʻynashganlar
Bechora odamlar bilan oʻynashganlar
Gaz beraman deb berishmadi
Xalq dardi ne u bilishmadi
Xalqni qadrini hech bilishmadi
📍Бел саломатлигига зарар етказадиган 6 та кундалик одатлар!
✍️ Шифокор Зуҳриддин Баҳриддинов:
🛌 Ҳаддан ташқари юмшоқ ўринда ухлаш - юмшоқ тўшакда ухлаш умуртқа поғонаси касалликларини ривожланиш хавфини икки баравар оширади
📞 Телефонда кўп гаплашиш - мобил телефонни елка ва қулоқ ўртасида ушлаб туриш умуртқа поғонасида мушакларнинг зўриқиши сабаб бўлади
🏠Уй ишларини бажариш вақтидаги ҳолатлар - Агар тик турган ҳолда бирор иш билан машғул бўлсангиз елкани ҳамда умуртқа поғонасини тўғрилаш ва тана вазнини бир оёққа тушишини олдини олиш керак
👡 Баланд пошнали туфли кийиш - гавданинг табиий шаклини бузади, мушак ва бўғимларга қўшимча юклама яратади, белни ортиқча зўриқтиради
🍽 Нотўғри овқатланиш - Енгил углеводлар, сабзавот ва дуккакли экинларнинг етишмаслиги организмда — бел соҳасида яллиғланиш жараёнларининг ривожланишига сабаб бўлади.
🚬 Чекиш - Доимий чекиш ҳам умуртқа поғонаси дискларига салбий таъсир кўрсатар экан.
🌿Eri bor ayolga tegmaydi balo,
Mehr degan malham har dardga davo,
Odam Atosini suygandek Havo,
Erlarni ehtiyot qiling, ayollar.
Ishonmang zabardast bilaklariga,
Ogʻriqlar kiritmang yuraklariga,
Aylaning hammadan keraklariga,
Erlarni ehtiyot qiling, ayollar.
Uyim deb, bolam deb oʻtar har oni
Bizdek qirqta emas shoʻrlikni joni,
Undan avval qoʻyib yolgʻiz Xudoni
Erlarni ehtiyot qiling, ayollar!
Qizgʻanmang har nedan arzon mehrni!
Oʻrganing soʻnggi zar boʻlgan sabrni,
Hech yerdan topmasin sizdek qadrni,
Erlarni ehtiyot qiling, ayollar!
Sultonim, Begim deb erkalang kunda,
Shay turing askardek kundayu-tunda!
Sizdan baxtli ayol boʻlmagay shunda,
Erlarni ehtiyot qiling, ayollar!
Sizni suyagidan yaratgan Egam,
U rizo boʻlmasa bosmang bir qadam,
Koʻngliga yoʻl toping nima boʻlsa ham,
Erlarni ehtiyot qiling, ayollar!
Omadi ketganda yuziga solmang!
Ming bora aylanib, oʻrgilib tolmang,
Dod solib bir kuni ayrilib qolmang,
Erlarni ehtiyot qiling, ayollar!
🇺🇿14-yanvar "Vatan himoyachilari kuni" hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 31 yilligi muborak bo'lsin!
You tube | Instagram | Telegram | Facebook
ASKARLAR.
Yurtning asl jasur og'loni,
Sizlar borki obod shaxarlar.
Chegaramiz metin qalqoni,
Joni fido mag'rur askarlar.
Vatan uchun joningiz fido,
Uxlamaysiz hatto saxarlar.
Sizni doyim qo'llasin xudo,
Omon bo'ling doyim askarlar.
Yurtning erkin o'ylaysiz tinmay,
Jonkuyar yo'q dunyoda sizday,
Qaddingiz tik egilmay sinmay,
Yurtga qalqon mag'rur askarlar.
Tungi uyqu sizdan ko'p yiroq,
Kor qilmaydi oqshom qo'rqular.
Vatan uchun yashaysiz ko'proq,
Vatan ko'rki mag'rur askarlar.
Tinchlik asli bebaxo nemat,
Shu tinchlikni asraganlar mart,
Yurtimiz tinch shudur xaqiqat,
Sizlar borki mag'rur askarlar.
Muallif: Qodir Qaxxor