uximfak | Unsorted

Telegram-канал uximfak - Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

357

SamDU Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi Yoshlar Ittifoqi kengashining rasmiy kanali. Muhokama guruhi https://t.me/kimyo_kengash_muhokama

Subscribe to a channel

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

#yiltalabasi2022

⚡️“Yil talabasi – 2022” respublika ko‘rik-tanlov gʻoliblari aniqlandi!

🗣Joriy yilning 24-25-yanvar kunlari tanlovning yakuniy bosqichi onlayn tarzda, Zoom platformasi orqali tashkil etildi. Yakuniy bosqichda ishtirok etgan nomzodlar tegishli vazirlik va idoralar mutaxassislardan iborat Hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan suhbat, savol-javob hamda taqdimot ishlari orqali xolislik va shaffoflik asosida baholandi.

“Yil talabasi-2022” respublika ko‘rik-tanlovining g‘olib va sovrindorlari bilan tanishing:

➡️Yilning oʻz mutaxassisligi boʻyicha eng bilimdon talabasi:
🔴1-oʻrin: Shoxabbos Salomov — ADTI talabasi
🔴2-oʻrin: Saidmuhammmad Ibodullayev — SamDU talabasi
🔴3-oʻrin: Mirshod Tursunov — BuxDU talabasi

➡️Yilning eng faol tashabbuskor-targʻibotchi talabasi:
🔴1-oʻrin: Marjona Joʻraqulova — SHDPI talabasi
🔴2-oʻrin: Sarvinoz Odiljonova — ADCHTI talabasi
🔴3-oʻrin: Mehroj Isayev — SamDU talabasi

➡️Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi:
🔴1-oʻrin: Shohjaxon Sobirov — NamMQI talabasi
🔴2-oʻrin: Qudratbek Mahammadjonov — FarPI talabasi
🔴3-oʻrin: Behzod Shuxratov — Inha talabasi

➡️Yilning eng faol sportchi talabasi:
🔴1-oʻrin: Nodirbek Yakubboyev — OʻzMU talabasi
🔴2-oʻrin: Adhamjon Ergashev — NamDU talabasi
🔴3-oʻrin: Samandar Bobonazarov — TDYU talabasi

➡️Yilning eng faol iqtidorli talabasi:
🔴1-oʻrin: Rohilaxon Nuriddinova — ADU talabasi
🔴2-oʻrin: Yangiljon Saburova — MRDI talabasi
🔴3-oʻrin: Shamshoda Sharapova — TTA talabasi

➡️Yilning eng faol ijodkor talabasi:
🔴1-oʻrin: Dilafruz Oblaqulova — QQDU talabasi
🔴2-oʻrin: Shahrizod Shodiyev — SamDU talabasi
🔴3-oʻrin: Feruza Abdukarimova — OʻzMMSI talabasi

➡️Yilning eng namunali tadbirkor talabasi:
🔴1-oʻrin: Nilufar Omonova — SamDU talabasi
🔴2-oʻrin: Shahlo Gʻulomova — TTA talabasi
🔴3-oʻrin: Maxbuba Shonazarova — TTA UF talabasi

🟢Shuningdek, talabalarning ijodiy yo‘nalishdagi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, tanlovga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, iste’dod va iqtidorlarini rag‘batlantirish hamda “Yil talabasi-2022” respublika tanlovidagi faolligi uchun quyidagi talabalarni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining faxriy yorlig‘i bilan taqdirlashga tavsiya etildi:

🟢Eliza Daliyeva — SHDPI talabasi
🟢Farida Uzakova — QQXAI talabasi
🟢Bunyod No‘monjonov — NamMTI talabasi
🟢Shaxnoza Choriyeva — TerDU talabasi
🟢Bobur Anvarov — O‘zMU JF talabasi
🟢Dilnoza Jumayeva — DTPI talabasi
🟢Azizbek Ortiqov — NavDPI talabasi
🟢Jaxongir Zokirov — JDPU talabasi
🟢Xurliman Naurizbayeva — QQDU talabasi
🟢Azizbek Yusupov — TATU QF talabasi
🟢Shahlo Mamadjonova — NamDU talabasi
🟢Rahmatjon Bobojonov — ToshDO‘TAU talabasi
🟢Axmadjon Muxtorjonov — NamMQI talabasi
🟢Odinaxon Sharipova — FarDU talabasi
🟢Oygul Xakimova — ADTI talabasi
🟢Durdonaxon Mamajonova — FarPI talabasi

Barcha g‘olib va sovrindorlarni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Talaba va o‘quvchilarning ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi tomonidan muborakbod etamiz. O‘qish va ishlaringizda omad va zafarlar tilaymiz.

👉 Rasmiy sahifalarimiz: Telegram | YouTube

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

#2_ishtirokchi

Nizamov Ulugʻbek

Kimyo Fakulteti 1-bosqich 101-guruh talabasi

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

🗓Бугун 1-Февраль Халқаро Ҳижоб куни.

Муслима аёлларимизни бугунги байрамлари билан табриклаймиз!

📌 Бу байрам 2013 йилдан буён давом этиб келмоқда!

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

👋Salom, yoshlar!

📌 Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti Talabalar turar joylarida istiqomat qiluvchi talaba-yoshlarning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan loyihalarni o'tkazishda davom etadi!

1-fevraldan 5-fevralga qadar universitetimizga qarashli Talabalar turar joylarida "Talabalar haftaligi" bo'lib o'tadi.

1-sonli TTJ da - "Zakovat";
2-sonli TTJ da - "Zukko kitobxon" tanlovi;
3-sonli TTJ da - "Munozara" intellektual o'yinlari tashkil etiladi.

Talabalar turar joylarida tashkil etiladigan "Talabalar haftaligi" da faol ishtirok eting!

@SamDUjamoasi

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

📌 2022-yilda eng yaxshi faoliyat olib borgan O‘zbekiston yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasasidagi yoshlar yetakchisiga ovoz bering!

Oʻtkazilayotgan ovoz berish jarayonida universitetimiz yoshlar yetakchisi Allayor Norboyevni qoʻllab-quvvatlang!

Ovoz berish

@SamDUjamoasi

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

⭕️⭕️⭕️⭕️⭕️
#Kasblar_olamiga_sayohat
#Kelajakda_qaysi_kasbni_egallamoqchisiz?

🏭 Kimyogar texnologning bir kuni!

🧪 Kimyo - qiziqarli va murakkab fandir. U bizni o‘rab turgan barcha yerda mavjud. Kimyo va neft-kimyo sanoati mahsulotlari ishlatilmaydigan biron bir soha yo‘q. Maktab daftarchasi 📔, kitob 📚, qalam 📝, uy-jihozlari, kiyim-kechaklar 👕, mashinalar 🚗 va boshqa ko‘plab ixtirolar kimyo bilimlari natijasida hayotga tatbiq etilgan.

👨‍🔬 Kimyoviy bilimlardan oqilona foydalanish insoniyatga zamonamizning eng muhim muammolari — oziq-ovqat, energiya, ekologik muammolarni hal qilishga imkon beradi.

⭕️ Barchamiz kimyo fani qiziqarli, murakkab va muhim ekanligini bilamiz, biroq u aynan qaysi sohalarning asosi ekanligini ham bilishim zarur, albatta.

➡️ Bugun sizlarni O‘zbekistondagi eng yirik mineral o‘g‘itlar va kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqaruvchi korxonalardan biri - 📍«Maxam-Chirchiq» AJ va uning malakali kimyogar texnologlari faoliyatining bir kuni bilan tanishtirmoqchimiz.

⭕️Ushbu korxonada, yurtimizda va jahon bozorida talab yuqori bo‘lgan ammiak, karbamid, selitra kabi mineral o‘g‘itlar hamda kimyoviy mahsulotlar ishlab chiqariladi.

🎞 Qadrli o‘quvchilar, sizning eʼtiboringizga yuqorida keltirilgan yo‘nalishda katta ahamiyatga ega kasb - kimyogar texnolog mutaxassisining bir kungi faoliyatiga bag‘ishlangan ◀️ video lavhamizni taklif etamiz.

Sahifamizni kuzatishda davom eting, navbatda shu kabi muhim ahamiyat kasb etuvchi mutaxassisliklar bilan sizlarni tanishtirishda davom etamiz.

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

Bugun, 30-yanvar — Mustaqil O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimovning tavalludiga 85 yil bo‘ldi.

@masofatalim

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

Hammabop 15 maslahat

Hayot eng katta muallimdir. Faqat undan nima o’rganishni bilish lozim. Hayotning sinovlaridan o’tish uchun insonga katta shijoat, aql-zakovat va tajriba kerak bo’ladi.

Agar hayotingizda hech vaqt yurqizmay desangiz, quyidagi maslahatlarimiz bilan tanishib chiqing.

1. Qo’ng’iroq qilishga va’da berdingizmi, albatta buni udaasidan chiqing.

2. Borish lozim bo’lgan joyga kechga qolyapsizmi? Ogohlantirib qo’yishni unutmang.

3. O’zgalarni ulkan orzulari ustidan zinhor kulmang.

4. Ota-onangizga ko’roq vaqt ajrating. Ularga hammadan ko’proq yaxshilik qiling. Chunki ular g’animatligini sedan chiqarmang.

5. Shirin so’z bilan dunyoni olish mumkin ekanligini unutmang. Shirinso’z va shirinsuxan bo’ling.

6. Shikoyat qilishdan o’zingizni tiying. Chunki birovni tashvishi boshqaga yoqmasligi mumkin.

7. O’zgalar ortidan zinhor g’iybat qilmang.

8. Fikr va g’oyalar keldimi? Darxol uni yozib qo’ying.

9. Bir marotaba hiyonat qilgan inson bilan qayta do’stlashmang. Chunki u o’zgarmaydi.

10. O’z hatoingizni tan olishni o’rganing.

11. Jahlingiz chiqqan paytda uxlab, dam oling. Har qanday holatlar o’tkinchi ekanligini unutmang.

12. Faqat oldinga qarab intiling va harakatda bo’ling. Sinab ko’ring, foydasi bo’ladi.

13. Biror-bir jiddiy bahsda ham birovning ko’nglini og’ritmang. Siz vaqti kelib u inson bilan yarashasiz. Ammo uni ko’nglida asorati qolishi mumkin.

14. Hamma vaqt rost so’zlang. Shunda hech qanday muammolar sizni bezovta qilmaydi.

15. Qiyin yumushlaringizni kunning birinchi yarmida bajarib qo’ying, kunning qolgan qismida bu haqda boshqotirmaysiz.

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

​#ЎЗИМИЗНИ_МАҚТАЙЛИК
(хазил шеър)

Кун ўтмас экан бундоқ,
Баъзан қора, баъзан оқ,
Юравермасдан шундоқ,
Ўзимизни мақтайлик.

Билмас бизда не ахвол,
Бизни қийнар не савол,
Ким эшитар? Бемалол-
Ўзимизни мақтайлик.

Пулимиз бўлмаса хам,
Кўнглимиз тўлмаса ҳам,
Ох -воҳ қилмай, чекмай ғам,
Ўзимизни мақтайлик.

Кўкга кўтариб ўзни,
Ёшга тўлатиб кўзни,
Роса ишлатиб сўзни,
Ўзимизни мақтайлик.

Бўлса, бўлмаса байрам,
Туйғуларга бериб дам,
Камтармиз, -дейлик,- бирам,
Ўзимизни мақтайлик.

Қадримиз билмасалар,
Парво хам қилмасалар,
Бир тийинга олмасалар,
Ўзимизни мақтайлик.

Ишимиз билиб қилиб,
Қадримизни нақд билиб,
Бетимизни бир шилиб,
Ўзимизни мақтайлик.

Сулаймон тахтимизга,
Содиқмиз ахдимизга,
Ўзимиз бахтимизга ,
Ўзимизни мақтайлик.

Келинг бирга жам бўлиб,
Э, бир камимиз кам бўлиб,
Ўпкаларимиз тўлиб,
Ўзимизни мақтайлик.

Бировда не ишимиз,
Гулмиз , лек йўқ нишимиз,
Баҳор тўла қишимиз,
Ўзимизни мақтайлик.

Шеърим ёздим нақд ўзим,
Ўқиган сизга тўзим,
Дард кўрмасин қўл, кўзим,
Ўзимизни мақтайлик

😂😂😂😂😂

Муаллиф : Хазонрезги

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

BOLANGIZNI URMANG SO'KMANGIZ ASLO ONAJONLAR

Bolangizni qargʻamang,
Duo qiling bolani.
«It», «Eshak» deb soʻkishga,
Hayo qiling.

Rasulluloh ﷺ derdilar,
Yuzlaridan yogʻib nur:
«Bolalar bu-jannatning
Gul-u rayhonlaridir».

Toʻgʻri baʼzida «Gulu
Rayhon»lar ham kuydirar,
Shoʻxligi oshib ketsa,
Joningizdan toʻydirar.

Bobom derdi: «Bolani
Soʻkmoq asli emas ep,
Jahlingiz chiqsa ayting:
«Nodon» yoki «Xumpar» deb.

«Boy boʻlgur», «Koʻpaygur» deng
Aslo demang «Oʻl», «Laʼnat»
Shuni bilib qoʻying-ki,
Soʻkinish ham bir sanʼat.

Qaniydi paygʻambarday ﷺ
Soʻksangiz, qilsam huzur!
Ul zot derdilar, soʻksa:
«Burning yerga ishqalgur».

Tildan chiqqan har soʻzda,
Maʼrifat, ziyo boʻlsin,
Hatto soʻkishingiz ham,
Yaxshi bir duo boʻlsin.

Ixlos bilan qilingan,
Har niyating ushalar,
Har soʻzga koʻkda «Omin!»,
Deb turar farishtalar.

«It» desangiz, it boʻlib,
Oʻzingizni qopadi,
«Eshak»dan eshak, har kim
Oʻz tilidan topadi.

Farzandingiz bilan el
Faxrlanib yashasin,
It-u eshak feʼllardan,
Parvardigor asrasin.

Olim, shoir, hunarmand,
Polvon boʻlsin bolalar
Yurtga kerakli, halol
Inson boʻlsin bolalar.

Bolangizni soʻksangiz,
«Poshsho boʻlgur», deb soʻking,
«Olim boʻlgur», «Xizrga
oshno bulgur» deb soʻking...

Kaltagingiz ruhiyatin sindiradi,
Bolalarcha sho‘xliklarin tindiradi.
Asli bola aybingizni bildiradi,
Bolangizni urmang aslo, onajonlar.

Qizingizni malikam deng, munchog‘im deng,
O‘g‘lingizni pahlavonim, toychog‘im deng.
Sen Rabbimning marhamati, oppog‘im deng,
Bolangizni urmang aslo, onajonlar!

Murg‘akkina yurakchasin shikastlamang,
Qilaman-da buni urib, odam demang.
O‘zingizdan sovutib so‘ng pushmon yemang,
Bolangizni urmang aslo, onajonlar!

Bolajonlar yaratganning moʻjizasi,
Zahringizdan ozorlanar ko‘ngilchasi,
Axir farzand joningizning bir parchasi,
Bolangizni urmang aslo, onajonlar!

@omar_halilhikoyalari

Bag‘ringizga bosib o‘ping yuzlaridan,
Rohat oling shirin shakar so‘zlaridan.
Urib-so‘kib yosh oqizmang ko‘zlaridan,
Bolangizni urmang aslo, onajonlar!

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

#Tabassum qil 😁

-Она,бу дунёда барчамиз меҳмонмиз-а?🙄

-Ха, болам!😊

-Унда меҳмонларга олиб қўйган шокаладингиздан менга ҳам беринг.. 😁

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

🎖"Mard o‘g‘lon" davlat mukofotining 2023-yilgi saralash bosqichiga start berildi!

Ayni paytda Davlat mukofotiga 2023-yilgi saralash jarayonlari amalga oshirilmoqda.

⚔️Shu munosabat bilan, Respublika hamda xalqaro miqyosida oʻtkazilgan musobaqalar, loyiha va tanlovlarda gʻolib boʻlgan, jamiyatimiz hayotining turli sohalarida yuqori natijalarga erishgan hamda mardlik va jasorat, qatʼiyatlilik, halollik, vatanparvarlik kabi fazilatlari, shuningdek, oʻzining chuqur bilimi, tashabbuskorligi, ishbilarmonligi, shijoati va fidoyiligi bilan ajralib turgan iqtidorli yigitlar oʻz hujjatlarini joriy yilning 1-martga qadar yashash manzili joylashgan hudud boʻyicha Yoshlar ishlari agentligining tuman (shahar) boʻlimlariga topshirishi tavsiya etiladi.

#MardOʻgʻlon

Bizning sahifalarimiz:
📱@yoshlaragentligi 📱Instagram 📱Facebook 📱YouTube

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

🌿 Foydali 10 qoida

1 - qoida: Musibatlangan faqat sen emas. (boyu kambagʻal, obidu fosiq hamma

2 - qoida: Alloh sizga taqdir qilgan narsa behikmat boʻlmas.

3 - qoida: Foyda keltiruvchi va zararni daf qiluvchi Yolgʻiz Allohdir, Allohdan boshqadan umid qilma.

4 - qoida: Senga yetgan narsa yetmay qolishi, yetmagan narsa yetishi mumkin emas.

5 - qoida: Dunyoning haqiqatini bil, xotirjam boʻlasan.

6 - qoida: Rabbingga (yengil va ogʻir holatlarda) chiroyli gumonda boʻl.

7 - qoida: Alloh senga tanlagan narsa sen oʻzingga tanlagandan koʻra yaxshiroq.

8 - qoida: Musibat qancha ogʻirlashsa, nusrat (yordam kelishi) shuncha yaqinlashadi.

9 - qoida: Nusrat (musibatning arishi) qanday kelarkin, deb oʻylama. Alloh bir narsani xohlasa uning xayolga kelmagan sabablarini hozirlab qoʻyadi.

10 - qoida: Sen nusrat (musibatning arishi) ochqichlari Uning qoʻlida boʻlgan zotga duo qil.

Doktor Umar al-Muqbil

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

​#эркакларга_тавсия :

—Агар сиз ишлайдиган аёлни танлаган бўлсангиз, у уй ишларини ҳамиша ҳам тиндириб қўя олмаслигига тайёр туринг.

—Агар уйда ўтирадиган ва фақат болалар тарбияси билан шуғулланиши керак бўлган аёлни танлаган бўлсангиз, унинг пул топа олмаслигини ҳам қабул қилинг.

—Агар итоаткор аёлни танласангиз, ҳамма масъулият зиммангизда эканини ҳис қилинг.

—Агар ўз сўзига эга, қатъиятли аёл билан яшашга қарор қилган бўлсангиз, у ҳамиша ҳам нозик бўла олмаслигига ва мустақил фикрига эга эканлигига кўникинг.

—Агар чиройли аёл билан яшамоқчи бўлсангиз, ҳаражатларини ҳам кўтаринг.

Р.С: Сиз-чи қандай характерли аёлни танлаган бўлардингиз ?

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

​#Ажойиб_маълумотлар...

⭕️Пешобни узоқ муддат ушлаб туриш, қонда натрий етишмаслиги туфайли ўлимга сабаб бўлиши мумкин. Бу «сувнинг заҳарланиши» дейилади.

⭕️Уйқудан уйғонганингизда овозингиз ўзгаради. Сабаби, уйқу пайтида товуш пайчалари қаттиқлашади. Юмшаши учун озроқ вақт керак бўлади.

⭕️Кўп ухлаш, инсоннинг ғами кўп, ўзини ёлғиз ҳис қилишидан ҳам бўлиши мумкин.

⭕️Бирор одатга ўрганиш учун инсонга 21 кун етарли. Ҳар қандай одатдан қутилиш учун ҳам шунча муддат кифоя.

⭕️Инсоннинг эркин, қаттиқ акса бериши, унинг қўрқмас, ҳеч нарсага парво қилмаслини англатади. Яширинча акса бериши, уни ўта уятчан, атрофдагиларга аҳамиятини билдиради.

⭕️Аёлларда, эркакларга қараганда ҳид билиш қобилияти ўткирроқ.

⭕️Аччиқ гармдорини истеъмол қилганингизда, тилингиз тафтини озгина шакар билан сўндиришингиз мумкин.

⭕️Тезлик билан бурилиш кўриш ҳиссини бир неча сонияга тўхтатади. Бу бош айланишидан асрайди.

⭕️Асал ейилгандан сўнг 15 дақиқада қонга аралашади.

⭕️150 гр апельсинда 80 гр аскорбин кислотаси мавжуд бўлиб, инсон учун 1 кунга етадиган «С» витамин билан таъминлайди.

⭕️Инсоннинг заковати ошган сари, кўп туш кўрадиган бўлади.

⭕️Инсоннинг ўзи билан ўзи гаплашиши уни зеҳнини ўстиради. Биъзиларнинг тушунчасидаги каби, руҳий хасталикнинг аломати эмас.

⭕️Хурмо (финики) дунё бўйича, қуруқ мевалар ичида тишлар учун энг фойдалисидир. У эмаль қаватини мустаҳкамлаб, кариесдан ҳимоя қилади.

⭕️Иситма пайтида билагингизни 5 дақиқага жўмракдан тушаётган совуқ сувга тутиб турсангиз, қон айланишидаги ҳароратни туширади

©интернет

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

#3_ishtirokchi

Muhammad Rajabov

Kimyo fakulteti 3-bosqich 301-guruh talabasi

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

#1_ishtirokchi

Ruziyeva Farzona

Kimyo fakulteti 1-bosqich 102-guruh talabasi

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

#Boshladik
#Tanlov
#5_yosh


Assalom-u alaykum! Hurmatli talabalar. Ushbu telegram sahifasining #5_yoshga to'lishi munosabati bilan #onlayn #tanlov e'lon qilamiz.

Tanlovimiz marafon shaklida o'tkaziladi va eng yuqori natijaga erishgan #1 - #2 - #3 - o'rin sohib va sohibalari quyidagi tartibda taqdirlanadi.

3-o'ringa kitob + pul + ushbu kanalga 3 kunlik admin(ka)lik huquqi.
2-o'ringa kitob + pul + ushbu kanalga 1 haftalik admin(ka)lik huquqi.
3-o'ringa kitob + pul + ushbu kanalga 1 oylik admin(ka)lik huquqi.

#Eslatma

Ishtirokchilar 01.02.2023 soat 20.00 ga qadar ushbu @Davron_Egamqulov manzilida ro'yxatga olinadi. Tanlov shartlari #ishtirokchilar bilan kelishilgan holda har kuni (4 kun) kechki vaqtda e'lon qilinadi va kerakli natija qayd etish uchun vaqt belgilanadi. Ushbu vaqt muobaynida (4 kun) erishilgan natijalar bal shaklida yig'iladi va eng yuqori natijaga qayd etgan 3 nafar talaba g'olib deb topiladi. Agarda ishtirikchilar soni ko'pchilikni tashkil qilsa har kunlik topshiriqda #eng #past #natija #ko'rsatgan #3 #nafar #talaba tanlovning keyingi bosqichi(2-3-4 kun)ga #ótkazilmaydi.

#Eslatma
Admin(ka)lik huquqini qo'lga kritgan talabalarning ushbu kanalga joylagan kantentlari belgilangan talablarga javob bermasa admin(ka)lik huquqi muddatidan avval tugatiladi. Ularning joylagan kantentlari talabalar uchun foydali bo'lishi shart.

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

🗓2022-yilda eng yaxshi faoliyat olib borgan
🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasasidagi yoshlar yetakchisiga ovoz beramiz❗️

✅ So‘rovnomada g'oliblikni qo'lga kiritgan oliy ta’lim muassasasidagi yoshlar yetakchisi
🗓 O‘zbekiston yoshlar ittifoqining viloyat Kengashi tomonidan taqdirlanadi.

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

#Мулохаза

Ҳаёт қисқа ёки узоқ,
Аллоҳ битган гўзал хатдир.
Машаққатдир фарзанд топмоқ,
Туғилмоқ ҳам машаққатдир.

Бу дунёнинг йўллари тош,
Она бағри момиқ патдир.
Тил чиққунча тўкиб кўз ёш,
Улғаймоқ ҳам машаққатдир.

Таги тешик қопдир рўзғор,
Ё манфийдир, ё мусбатдир.
Гоҳ эркакнинг феъли абгор,
Гоҳо аёл машаққатдир.

Хато насдан меҳр кутмоқ,
Меҳр Ҳаққа муҳаббатдир.
Осон қўлда чўғни тутмоқ,
Ҳақда бўлмоқ машаққатдир.

Сўз кетса хулқ борасинда,
Расулуллоҳ буюк зотдир.(С А В).
Шайтонларнинг орасинда,
Одам бўлмоқ машаққатдир.

Ибодатсиз ўтса инсон,
Бу энг катта мусибатдир.
Тиқилганда ҳалқумга жон,
Жонни бермоқ машаққатдир.

Тирқишлардан тушмас ёғду,
Ўз нурингдан бизга тотдир.
Маҳшаргача қоп-қоронғу,
Гўрда ётмоқ машаққатдир.

Бир Кун келиб чалинса сур,
Қиёматдир, қиёматдир!
Сўнг бошланиб югур-югур,
Сарсон бўлмоқ машаққатдир.

Остида ўт ёнган сирот,
Бу туш эмас, ҳақиқатдир.
Қутқаргали келмас ғирот,
Ҳар бир қадам машаққатдир.

Кўзларимга ёшлар инди,
Бу ён дўзах, бу жаннатдир!
Ё абадий роҳат энди,
Ё абадий машаққатдир!

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

📌 Bahs va munozaralarga boy bo'lgan "Munozara" intellektual o'yining 2-mavsumiga start beramiz!

"Munozara" intellektual o'yinida ishtirok etib, g'olib bo'lishni xohlaysizmi?

Unda 3 kishidan iborat jamoa tuzib, @Mardiyev_Fayzullo telegram manziliga murojaat qiling!

@SamDUjamoasi

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Karimov tugʻilgan kun

Islom Abdugʻaniyevich Karimov 1938-yil 30-yanvarda Samarqand shahrida tavallud topgan.

2016-yil 2-sentyabr kuni, 78 yoshida Toshkent shahrida vafot etdi, 3-sentyabrda Samarqand shahrida dafn etildi.

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

Bilasizmi?

•Islomning ilk shahidi ayol kishi bo’lgan. (Sumayya roziyallohu anho)

•Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga iymon keltirgan ilk kishi ayol kishi bo’lgan. (Hadicha roziyallohu anho)

•Qur’onda ayollar deya nomlangan sura bor. (Nisa surasi)

•Jamiyatning yarmi ayollardan tashkil topgan, yana qolgan yarmini esa ayollar dunyoga keltiradi.

•Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam oxirgi vasiyatlarida ham ayollarga yaxshi muomalada bo’lish kerakligini aytganlar.

Ey Muslima!
Sen, Islom uchun qadrli va sharaflisan!

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

#Янгиликлар

📌 Жаннат фариштаси эмасми аёл?!

👉
https://youtu.be/kD7NBbAE2aY

Батафсил: 👉
https://www.samdu.uz/cy/news/39573

Telegram | Facebook

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

Дада деб қўйилар илк бора қадам,
Дадаси бор олам энг гўзал олам.
Дунёда бахтлидан бахтлироқ одам,
Дадасин бир бора қучоқлаганлар..

Тоғлар гўзал бўлар,қишда қорида,
Куй ҳам жилоланар найда торида.
Бу бахтни ҳис қилинг улар борида,
Дадасин бир бора қучоқлаганлар..

Пайти келар борингизни бериб ,жим,
Йиғлайсиз сўзингиз айтолмай иним.
Отангиз тафтини ким беради ким,
Дадасин бир бора қучоқлаганлар..

Ҳаётидан ўксиб нолимас улар,
Фарзандларин кутиб санайди кунлар,
Агар, дуо қилса омадинг кулар,
Дадасин бир бора қучоқлаганлар..

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

​​Muddao

Ranjisam ranjidim faqat o'zimdan,
Ro'shnolik ko'rmagan kunlarim uchun.
Isyon tomib turdi aytgan so'zimdan,
Bari rost
Ko'ksim cho'g'
Yuragim ham xun.

Qiblaga yetmasdan qayrildi qanot,
Yerga singib ketdi bomdodlarim ham.
Ishq dedim, bo'g'zimdan sachradi faryod,
Oxir gazak bo'ldi sharobga alam.

Biroq yechilmadi biror bir jumboq,
Aytishga arzirlik javob yo'q hali.
Hali jon berishga topmadim qo'noq,
Noma'lum manzilda kutar ajalim.

Hali tutqunlikka ko'nmadi boshim,
Hali erk yurtiga qo'ymadim tamal.
Hali g'amquduqdan suv emar loshim,
Hali nafs lashkari qilmadi qamal.

Bari rost
Yurak xun
Vujudimda cho'g',
Ba'zan til, ba'zan dil ko'ngil o'rtadi.
Aldadim, o'zimdan ranjiganim yo'q,
Erkimni topsam bas, yetib ortadi.


Sanjar Isomiy

@sanjarisomiy

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

#ибрат

Борди келди йўқолди
Айтайми сабабини?
Харажат одамларнинг
Бериб қўйди адабини!

Телефонда гаплашамиз
Баҳонамиз об-ҳаво.
Тўртта нон-у йўлкира
Бўлиб қолган муаммо!

Олтмишинчи-етмишинчи
Йилларга бир қайтайлик.
Болаларга  ëшлигимиз
Эртагини айтайлик.

Обкаш деган нарсага
Челакларни илардик.
Қудукдан сув ташиб келиб,
Идишни тўлдирардик.

Танчага чўғ олиб келиб,
Босиб қўйиб кулига,
Бир кило ун берарди
Бухонканинг пулига.

Ҳаммамизнинг уйимизда
Ўчоқ-тандир бўларди.
Нонга ҳадеб чопмасдан,
Нон-патир  ёпиларди.

Чироқнинг идишига
Керосинни қўйволиб,
Қоронғида ўтирардик,
Лампашиша ёкқволиб.

Тахмонда ўрин кўрпа
Мебель диван қаёқда??
Ерга жой солиб ухлаш
Модайди ҳамма ёқда.

Ўзбеклар қиз узатса,
Ўнта кўрпа қиларди.
Амма, буви, холалар
Ётиб қолгани борарди.

Телевизор деганлари
Бойникида бўларди.
Кино бошланиб қолса,
Маҳалла кириб кўрарди.

Қозонда сув иситиб,
Кирни қўлда ювардик.
Ванна, ҳамом бўлмаган,
Совуқ сувда чаярдик.

Саксонга кирган бувим,
Вой оёғим, демаган.
Чунки ўша маҳалда
Унитазлар бўлмаган.

Меҳнатни роса қилдик,
Тилимиз ҳам бир қарич.
Бинойидай ўтирибмиз
Сочларимиз оқариб.

Энди бирорта уйнинг
Тандири, ўчоғи йýқ,
Ҳамма нарса автомат,
Ҳамма касал, соғи йýқ.

Меҳр кўзда, яқинларни
Кўзингиз-ла кўринглар.
Оқибат йуқолмасин
Дийдорлашиб туринглар!!!

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

💐ЖУМА АЙЁМИНГИЗ МУБОРАК БЎЛСИН! 🕋 🌙 🤲

🌸 Бугун сокин осмону фалак,
🌸 Ҳамма излар Аллоҳдан кўмак!
🌸 Мусулмонмиз бу бахтдир демак,
🌸 Қадрдонлар Жума муборак!

🌸 Яхши амал жаннатга йўлак,
🌸 Савобларнинг совғаси бўлак.
🌸 Чин юракдан билдирай тилак,
🌸 ЖУМА айёмингиз бўлсин муборак!

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

#e’lon
#tanlov

⚡️Talabalar va o‘quvchilar diqqatiga!

“MIRZO ULUGʻBEK VORISLARI” tanlovida qatnashing va o‘z iste’dodingizni ro‘yobga chiqaring!

🗣Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda tegishli vazirlik va idoralar hamkorligida yurtimizdagi iqtidorli yoshlarni kashf qilish maqsadida “MIRZO ULUGʻBEK VORISLARI” respublika tanlovi e’lon qilinadi.

Tanlov 16-25 yoshgacha bo‘lgan talaba-o‘quvchi yoshlar o‘rtasida 3 bosqichda tashkil etilib, har bir bosqich g‘oliblari tegishli miqdorda bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlanadilar.

Tanlovda ishtirok etishni istagan yoshlar mazkur sayt yoki telegram-bot (@vorislar_tanlovi_bot) orqali ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

☎️ Qo‘shimcha ma’lumotlar:
+998 97 411 93 54 | +99890 806 63 60

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

📕Dars qilish uchun eng qulay vaqt qaysiligini bilarmidingiz...

Читать полностью…
Subscribe to a channel