#BoburDay #540yilligi
♦️U Markaziy Osiyoda turli hokimlar, aka-ukalar oʻrtasida hokimiyat ulugʻ bobolari Amir Temur tuzgan yirik davlatga egalik qilish uchun kurash nihoyatda keskinlashgan davrda dunyoga keldi
♦️12 yoshida otasi oʻrniga Fargʻona ulusining hokimi etib koʻtarilgan Bobur qalamni qilichga almashtirib, Andijon taxti uchun kurashishga majbur boʻldi
♦️U keng dunyoqarashi va mukammal aql-zakovati bilan Hindistonda Boburiylar sulolasiga asos soldi
U ZAHIRIDDIN MUHAMMAD BOBUR EDI
❗️Bugun, 14-fevral buyuk Temuriylar sulolasi davomchisi, Boburiylar sulolasi asoschisi, shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud topgan kun. 1483-yilda tavallud topgan bugun 540-yilligini nishonlayabmiz
Har kimki, vafo qilsa, vafo topqusidir,
Har kimki, jafo qilsa, jafo topqusidir,
Yaxshi kishi ko‘rmagay yomonliq hargiz,
Har kimki, yomon bo‘lsa, jazo topqusidir
👨🏻🎓Bizni kuzatib boring 👇
✅ /channel/uximfak
Qo'shimcha ma'lumotlar ⤵️
/channel/+lUj_w7YQDuozODgy
#bilasizmi
💠 Bugun 13-fevral — haftaning dushanba kuni. Ushbu sanadagi muhim voqealar bilan tanishing:
🟥Xalqaro radio kuni
🟢Bu bayramni o‘tkazishdan maqsad – radioni aloqa vositasi sifatidagi ahamiyatini, radio eshittirish kompaniyalarning xalqaro hamkorligini mustahkamlash, hamda yirik ommaviy axborot vositalari va mahalliy radiostansiyalardan axborot olish imkoniyatlarini kengaytirish, fikr bildirish erkinligi va radioto‘lqinlarda tender tenglikni rivojlantirishda amaliy yordam ko‘rsatish.
🟥Butun dunyoda eng yaxshi do‘stlar kuni
🟢Shu kuni do‘stlar bilan uchrashish va ular bilan dam olishga arziydi. Ularning do‘stligi va yordami siz uchun qanchalik muhimligini va ular sizning hayotingizga qanchalik katta hissa qo‘shganini ayta olasiz.
🟥Amerikalik harbiylar birinchi raqamli kompyuter yaratishganini e’lon qilishdi (1946)
🟢Aktyor, rejissyor, o‘zbek teatri tashkilotchilaridan biri, O‘zbekiston xalq artisti Sayfi Olimov tavallud topgan (1901)
#endilikda
❗️ Davlat grantida o‘qigan talabalar sinovsiz ishga kirishi mumkin
⚠️ Endilikda oliy ta’lim muassasalarini davlat granti asosida tamomlagan talabalar, dastlabki sinov muddatisiz ishga kira oladi. Ushbu norma Mehnat kodeksining yangi tahriri 129-moddasida nazarda tutilgan.
☝️ Biroq, bu imtiyoz faqat davlat granti asosida OTMni tugatgan talabalarga egallagan mutaxassisliklari bo‘yicha birinchi marotaba ishga kirayotganlaridagina amal qiladi.
🔸 Ya’ni agar davlat granti bitiruvchisi birinchi marta dastlabki sinov muddatisiz ishga olinsa va u ishdan bo‘shab, boshqa ishga kirmoqchi bo‘lsa, unga nisbatan bu imtiyoz amal qilmaydi
👨🏻🎓Bizni kuzatib boring 👇
✅ /channel/uximfak
Qo'shimcha ma'lumotlar ⤵️
/channel/+lUj_w7YQDuozODgy
BILASIZMI ‼️
Olmos eng qattiq modda hisoblanadi. 850 gradus issiqlikda esa u butunlay yonib karbonat angidridga aylanadi.
❗Бугунги аксарият мусулмонлар ҳақида аччиқ ҳақиқатлар...
— Иймони бор — ихлоси йўқ:
— Жойнамози бор — намози йўқ;
— Ҳижоби бор — ҳаёси йўқ;
— Соқоли бор — тақвоси йўқ;
— Тасбеҳи бор — зикри йўқ;
— Қуръони бор — тиловати йўқ;
— Суви бор — таҳорати йўқ;
— Таоми бор — шукри йўқ;
— Ҳаёти бор — маъноси йўқ;
— Иши бор — баракаси йўқ;
— Пули бор — ҳаловати йўқ;
— Илми бор — амали йўқ...
Бугун амал бор — ҳисоб йўқ;
Эртага ҳисоб бор — амал йўқ...
Фикр қилинг!
👨🏻🎓Bizni kuzatib boring👇
✅ /channel/uximfak
#Spartakiada
📌 2023-yilning 13-fevral sanasida Samarqand davlat universiteti talabalari o'rtasida an'anaviy 75-Spartakiada o'yinlari doirasida basketbol o'g'il bolalar sport musobaqasi SamDU 1-sport zalida, soat 15:00 da boshlanadi...
Talabgorlar fakultet rahbariyatiga murojaat qilishlari mumkin...
👨🏻🎓Bizni kuzatib boring👇
✅ /channel/uximfak
#oʻqituvchilar
❗️2023 yilda OTM o‘qituvchilarining maoshi oshadi. Lekin 1000 dollar emas
2023 yil 1 apreldan boshlab Respublika bo‘yicha jami 27 ming nafar professional ta’lim muassasalari o‘qituvchilarining oylik maoshlari 20 foizga oshirilib, o‘rtacha 3 mln so‘mga teng bo‘ladi.
👨🏻🎓Bizni kuzatib boring 👇
✅ /channel/uximfak
Qo'shimcha ma'lumotlar ⤵️
/channel/+lUj_w7YQDuozODgy
💦💦💦
ЎПСАЙДИМ ПОЙИНГИЗ, АЗИЗ ОНАЖОН
#мушоира
Сочи сунбул гулим райх,оним онам,
Осмондаги мох,им, ойхоним онам.
Зам-зам қудуғимсиз, сайхоним онам,
Ўпсайдим пойингиз, азиз онажон.
✍️ Олия Равшанова
Неки илинасиз, жоним болам деб,
Жаннат ифорлигим, гулим лолам деб,
Бизлар яшагаймиз, қачон онам деб,
Ўпсайдим пойингиз, азиз онажон.
✍Неъматиллаева Муқаддам
Қўлларингиз қадоқ бўлди мени дея,
Яшадингиз тун-кун ишлаб ғамим ея,
Бўлолмадим оғир кунда тиргак соя,
Ўпсайдим пойингиз, азиз онажон.
✍️ Каримбек Асатуллаев
Қалбимнинг гавҳари моҳитобоним,
Доимо чароғон нурли офтобим,
Сўзлари хушовоз ширин забоним,
Ўпсайдим пойингиз, азиз онажон.
✍️Фотима Дилроз
Кўкдаги фариштам, бағри осмоним,
Уйдаги сариштам, қалби уммоним,
Менинг ташвишим-ла ранги сомоним,
Ўпсайдим пойингиз, азиз онажон.
✍️ Олия Равшанова
Болдан х,ам шириндир сўзингиз асал,
Тенгсиз бебах,ойим, кўнглингиз гўзал.
Сизни куйлаб бугун ёзяпман ғазал,
Ўпсайдим пойингиз, азиз онажон.
✍Каримбек Асатуллаев
Кўнглим саройида қироличамсиз,
Макка тиллойим ул нури дийдамсиз,
Дунёда ягона меҳрибонимсиз,
Ўпсайдим пойингиз, азиз онажон.
✍️Фотима Дилроз
💦💦💦
@FotimaDilroz
❗️Sessiya bu - ...
🔸 Sessiya bu - internet bilan yuksak hamkorlik va undagi ma'lumotlarga "mening fikrimcha", "xulosam shuki" kabi qolipdagi so'zlarni qo'shib, shu orqali "ijod etgani"ni ko'rsatish...
🔸 Sessiya bu - a'lochi talaba bo'lsang, kursdoshlaring tomonidan ismingga "jon" qo'shimchasi qo'shib murojaat qilinishi
🔸 Sessiya bu - "baribir domla o'qimaydi-ku" deb daftarni savollarga aloqasi yo'q javoblar bilan to'ldirish...
🔸 Sessiya bu - daftar to'lishi qiyin bo'lganida o'rtasidan 2 varoqni yirtvolib, go'yoki daftarning o'rtasiga tezroq kelganini bildirish...
🔸 Sessiya bu - ayrim joylarda o'qituvchilar uchun yiliga 2 marta hosil oladigan hosil bayrami...
🔸 Sessiya bu - qo'llaringni maqtashing, qo'llaring esa seni qarg'ashi...
🔸 Sessiya bu - 12 varoqli daftar sotuvchilarining kuni tug'ishi...
🔸 Sessiya bu - domlalar tanimagan talabalarini "tanib olishi" yoki aksi...
🔸 Sessiya bu - abituriyentlikdagi bilimlarni yana esga olishing...
🔸 Sessiya bu - ayrimlarning "hushidan ketib qolishi-yu", ayrimlarning esa 1-avgustda yordamlashgan tankasini yana ishga solishi...
🔸 Sessiya bu - sen boshqacha o'ylagan domla "o'ylamaganing"ni qilishi-yu, aksincha o'ylamaganing "o'ylagani"ni qilishi...
#ТАРҚАТИНГ
Агар суннатларни тарқатадиган бўлсак, бидъатлар ўз ўзидан йўқ бўлиб бораверади. У суннатлардан:
Муаззин азон айтганида у каби қайтариб туриш.
Тунги таҳажжуд намозини енгилгина икки ракат ўқишдан бошлаш.
Ичимликни пуфламасдан ичиш.
Чап қўлда овқатланмаслик.
Сувни бирданига ичмасдан, учга бўлиб ичиш.
Таҳорат билан ухлаш.
Аллоҳ йўлида зиёрат қилиш.
Ухлаш олдидан тўшакни қоқиш.
Уй ишларида аҳли-аёлига кўмаклашиш.
Ёш болаларга ҳам салом бериш.
Эркак кишилар оқ кийим кийиши.
Учрашганда қўл бериб сўрашиш.
Ўнг томонга қараб ухлаш.
Беморларни зиёрат қилиш.
Акса уриб то алҳамдулиллаҳ деб айтмагунча ярҳамукаллоҳ демаслик.
Калтакесакни ўлдириш.
Йўлдан озор берувчи нарсаларни олиб ташлаш ҳам суннат.
Рамазон ҳайитига чиқишдан олдин хурмодан тоқ еб чиқиш.
Бундан бошқа суннатлар ҳам жуда кўпдир...
Шу суннатларни қўлингиздан келганча тарқатинг. Ҳар бир ўқиб амал қилганнинг савоби сизга келиб туради.
🔎 @ShayhSaboqlari ✔️
❗️Diqqat: Magistratura natijalari tez orada eʼlon qilinadi
✅ So‘nggi kunlarda vazirlik Ishonch telefon raqami hamda ijtimoiy tarmoqlar orqali magistratura mutaxassisliklariga 2022/2023-o‘quv yili qishki qabuli natijalari qachon chiqishi yuzasidan murojaatlar kelib tushmoqda.
Ushbu murojaatlar yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz, deya xabar bermoqda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi axborot xizmati.
Magistratura qishki qabuliga topshirilgan sertifikatlarni tegishli tashkilotlar bazalaridan tekshirish jarayoni maʼlum vaqt talab etmoqda. Hozirgi kunda hujjatlarning asosiy qismi tekshirildi. Bu jarayon tez kunda yakuniga etkaziladi va natijalar eʼlon qilinadi.
Shu oʻrinda, ijtimoiy tarmoq faollaridan ushbu mavzuga doir asoslanmagan xabarlarni tarqatmasliklarini, jamoatchilikdan esa faqat vazirlik rasmiy manbalari orqali eʼlon qilinadigan xabarlarga ishonishlarini soʻraymiz, deyiladi xabarda.
👨🏻🎓Bizni kuzatib boring 👇
✅ /channel/uximfak
Ҳурматли талабалар! 13.02.2023 кундан дарс машғулотлар кўрсатилган муддатларда бошланишини малум қиламиз
Читать полностью…📌 Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti faoliyatini yoritib borayotgan "SamDU jamoasi" instagram va facebook ijtimoiy tarmoqlarida ham faollashtirildi.
Obuna boʻling va talaba-yoshlar hayotidagi eng soʻnggi yangiliklarni bizda kuzatib boring!
"SamDU jamoasi"ning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari
Telegram | Instagram | Facebook
Mutolaa
Tole' yo'qi jonimg'a balolig' bo'ldi,
Har ishniki ayladim, xatolig' bo'ldi.
O'z yerni qo'yib Hind sari yuzlandim,
Yo Rab, netay ne yuzqarolig' bo'ldi.
©Zahiriddin Muhammad Bobur
❗️TALABA BOʼLISHDAN AVVALGI KUNLARNI ESLAYSIZMI...
👉Ilk bor tanlagan fan va kasbingizni?!
👉Jahl qilib, "oʼqimayman" deganlaringizni?!
👉Darsga tushunmasangiz, umidsizlikga tushganingizni?!
👉"Kam telefon ishlat"- deb oyingizdan tanbeh eshitganlaringizni?!
👉"Yaxshi ovqat ye, bolam"-deb aytilgan so'zlarni?!
👉Sinov testlaridan kam yechsangiz hafa boʼlganlaringizni?!
👉Duolarda doim o'qishga kirishni aytganlaringizni?!
👉Har duoda "1-o'rin grant!" deb so'raganlaringizni?!
👉Ovqat yo'q bolsa, 'rolton' yeganlaringizni?!
👉TV ko'rolmay, vaqtni qizg'onganlaringizni?!
👉O'qishga kiray deb, voz kechgan tug'ilgan kun, to'y, tadbirlardan qolganingizni?!
👉Begona yigit, qizlar bilan o'qib, do'st tanish orttirganingizni?!
👉O'qishga kirish uchun joningizni berib o'qiganingizni?!
👉O’qishga kirsam - u qilaman, bu qilaman, deya orzular qilganingizni?!
👉Formada talaba nomini olganingizni tasavvur qilganingizni?!
👉Kundalik rejalar tuzganingizni?! juda ko'p ...
ESINGIZDAMI...
Shu kunga yetguncha qancha qiynalganlarimiz ?!?!
Ko’z yosh to’kkanlarimiz ?!?!
Boshimiz devorga urilib, aqlimiz kirganlari ?!?!
❗️ESINGIZDAMI HAMMASI
Endi buning qadriga yetaylik, aziz do’stlar!
Bilim olish TALABA bo‘lgancha emas, aynan talabalik davrida beriladigan oltin vaqtdir!
Bu kunga yetganlar bor.... yetmaganlar bor....
VAQTNI BEHUDAGA SARFLAMANG! UNDAN UNUMLI FOYDALANING!
👨🏻🎓Bizni kuzatib boring 👇
✅ /channel/uximfak
Qo'shimcha ma'lumotlar ⤵️
/channel/+lUj_w7YQDuozODgy
0️⃣0️⃣0️⃣ 🟩🟩🟩
📢 Shaxsiy kutubxonasi bor yoshlarimiz uchun ajoyib yangilik!
🇺🇿 Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti "Mening shaxsiy kutubxonam" mavzusidagi videoroliklar tanloviga start beradi.
✔️Shartlar juda oddiy:
- Shaxsiy kutubxonangizni tasvirga olib kreativ video yarating, @samduyiadmin'ga joʻnating va tanlov ishtirokchisiga aylaning!
❎ Eslatib oʻtamiz: faqat rasmlardan iborat boʻlgan va OAV da eʼlon qilingan tayyor tasvirlardan foydalanilgan, sifatsiz videoroliklar tanlovda ishtirok etmaydi.
🟥🟥🟥 Tanlov uchun ijodiy ishlar 5-mart sanasiga qadar qabul qilinadi.
➡️ Gʻoliblikni qoʻlga kiritgan ishtirokchilar SamDU Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkilotining qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi.
Gʻoliblar 8-mart - Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida taqdirlanadi.
"SamDU jamoasi"ning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari
📨 Telegram | 🟦 Instagram | 🟦 Facebook
❓Talaba ham oʻqib, ham ishlasa boʻladimi?
✅ Ha, talaba mehnat shartnomasi asosida haq toʻlanadigan ishlarda ishlashi mumkin.
Buning uchun qonunlarda cheklov yoʻq.
Oliy taʼlim toʻgʻrisida nizomning 50-bandiga koʻra kunduzgi taʼlim shaklida oʻqiyotgan talaba darsdan boʻsh vaqtlarida (kunning ikkinchi yarmida) ham oliy taʼlim muassasasida, ham boshqa tashkilotlarda mehnat shartnomasi boʻyicha ishlashga ruxsat etiladi.
Amaldagi Mehnat kodeksining 248-moddasiga koʻra taʼlim muassasalarida oʻqiyotgan xodimlarga ishni taʼlim bilan birga qoʻshib olib borishlari uchun ish beruvchi zarur sharoitlar yaratib berishi shart.
❓Talabalar nechinchi bosqichdan boshlab maktabda dars berishga haqli va necha soatgacha?
Hukumatning "Taʼlim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga malakali o‘qituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi (15.10.2021 646-son) qaroriga binoan, pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi kechki, sirtqi bo‘limlarining 3-kursida tahsil olayotgan talabalarga maktablarda dars berish huquqi berildi.
👨🏻🎓Bizni kuzatib boring 👇
✅ /channel/uximfak
Qo'shimcha ma'lumotlar ⤵️
/channel/+lUj_w7YQDuozODgy
#bilasizmi
💠 Bugun 12-fevral — haftaning yakshanba kuni. Ushbu sanadagi muhim voqealar bilan tanishing:
🟥O‘zbekiston Respublikasi Jahon pochta ittifoqiga a’zo bo‘ldi (1994)
🟥Xalqaro askar bolalardan foydalanishga qarshi kurash kuni
🟥Butunjahon nikoh kuni
🟢Ingliz tabiatshunosi, zamonaviy evolyutsiya nazariyasining muallifi Charlz Darvin tavallud topgan (1809)
🟢AQShning 16-Prezidenti, AQShda qullikni yo'q qilgan milliy qahramon Avraam Linkoln tavallud topgan (1809)
💠 Bugun 11-fevral.
🟥“Yoshlik” talabalar shaharchasi mustaqil hudud sifatida tashkil etilgan kun (1992) Shaharchada 24 ta’lim muassasasi joylashgan. Ulardan 5 tasi OTM, 9 ta malaka oshirish va ilmiy tadqiqot institutlari hamda markazlari, 5 ta kasb-hunar kolleji, 5 ta litseylar mavjud.
🟥Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni. Ushbu sana BMT Bosh Assambleyasi tomonidan ilm-fan sohasida ayollarning o'rnini mustahkamlash, ularning huquq va imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida 2015-yilda taklif etilgan bo'lib, hozirgi kunga qadar keng nishonlab kelinmoqda.
🟥O‘zbekistondagi ommaviy radiostansiya ishga tushirilgan kun(1927)
🟥“Butunjahon bemorlar kuni”
Bayramning maqsadi – bemorlarni parvarish qilishda ularga eng yaxshi sharoitlarni yaratib berish, bemorlarning dardlariga hamdard bo’lish, og’riqlarini yengillashtirish uchun ko’maklashish.
🟢Elektrotexnika sohasidagi amerikalik ixtirochi va yirik elektrotexnika kompaniyalari egasi, cho‘g‘lanma lampani yaratgan Edison Tomas Alva tavallud topgan kun(1847)
❗️Endi 10-11 sinf o‘quvchilari o‘zlari xohlagan fanni o‘qishi mumkin
2023/2024 o‘quv yilidan boshlab umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida bosqichma-bosqich 10-11-sinf o‘quvchilari 2 ta tanlov fanini (kimyo-biologiya, matematika fizika, tarix-huquq, ona tili va adabiyot-chet tili) tanlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.
👨🏻🎓Bizni kuzatib boring 👇
✅ /channel/uximfak
Qo'shimcha ma'lumotlar ⤵️
/channel/+lUj_w7YQDuozODgy
❗️Talabalarni yotoqxonaga DXM yoki YAIDXP orqali joylashish tizimi yoʻlga qoʻyilishi mumkin
🔺Davlat dasturi loyihasiga koʻra talabalarga yotoqxonaga onlayn joylashish imkoniyatlarini beruvchi Davlat xizmatlari markazi va Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali koʻrsatiladigan bepul elektron xizmatni joriy etish taklif etilmoqda.
Bunda:
➖yotoqxonalar hisobini yuritish reyestrini ishlab chiqish;
➖ijtimoiy himoyaga muhtoj talabalarni ustuvor ravishda joylashtirish;
➖Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali elektron ariza berish va toʻlovlarni amalga oshirish imkoniyatini yaratish nazarda tutiladi.
(2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Insonga eʼtibor va sifatli taʼlim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi)
Sizning fikringiz qanday? Taklif qoldirish uchun link👇
https://taklif.strategy.uz/83-2/
👨🏻🎓Bizni kuzatib boring 👇
✅/channel/uximfak
#bilasizmi
💠 Bugun 10-fevral — haftaning juma kuni. Ushbu sanadagi muhim voqealar bilan tanishing:
🟥Umumxalq hashari yo‘li bilan Farhod GES qurilishi boshlangan kun (1943)
🟥Dang‘ara va Sirdaryo tumanlari tashkil etilgan kun (1939)
🟥Tom va Jerri multfilmi tug‘ilgan kun (1940)
🟥Devonu Lug’atut Turk Mahmud Qoshg‘ariy tomonidan tamomlandi (1074)
🟢Navoiyshunos va matnshunos olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi Shamsiyev Porso tavallud topgan (1897)
🟢O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi Husniddin Sharipov tavallud topgan (1933)
🟢Makka shahridagi Masjidul-Haromning imom xatibi, dunyodagi eng mashhur qorilardan biri Shayx Abdurahmon As-Sudays tavallud topgan (1960)
🟦🟦🟦🟦🟦🟦 🟦🟦🟦🟦"Munozara"ga tayyormisiz?
Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitetida "Munozara" intellektual o'yinining 😅-mavsumiga start berildi!
Ishtirok eting, g'olib bo'ling va😇 ✏️✏️✏️✏️✏️✏️✏️ so'mlik pul mukofotini qo'lga kiriting.
Qo'shimcha ma'lumot uchun
@SamDUjamoasi
Муқаддас маконларда ЖУМА намозини ўқиш имкониятига эга бўлинг!
Абдуллоҳ ибн Умар розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: «Росулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам:
«Кимки байтуллоҳни тавоф қилар экан, бир оёғини ердан кўтариб, иккинчисини ерга қўйгунича Аллоҳ унга бир ҳасана ёзади, битта гуноҳини ўчиради ва даражасини бир поғона ошираверади» — дедилар».
Имом Аҳмад ривояти.
#primetime
⚡️Guruch suv ichida yetishsa ham tarkibida suv yoʻq. 🍉Tarvuz quruq tuproqda yetishsa ham toʻqson foizi suvdan iborat.
Bu dunyoda 🌏 koʻp narsa insonning mantigʻiga toʻgʻri kelavermaydi.
Inson aqliga bino qoʻyadigan boʻlsa adashishi muqarrar.
📌 Shashka bo'yicha fakultetlararo bellashuvga start beramiz!
15-fevral kunidan boshlab fakultetlararo shashka bo'yicha bellashuvlar tashkil etiladi. Ko'pchilikning qiziqishi va e'tirofiga sabab bo'layotgan bellashuv endi katta formatda!
Batafsil ma'lumot uchun: @Nematullayevna14022002 telegram manziliga murojaat qiling!
@SamDUjamoasi
#Zakovat
📌 SamDU "Zakovat" klubida uzoq kutilgan "Zakovat" intellektual o'yini boshlandi
Barcha talabalarni taklif qilamiz!
📆 O'yin har chorshanba, soat 17:00 da. 1-tur 15-fevral kuni bo'lib o'tadi.
📍Manzil: SamDU ilmiy kutubxonasi(A.Jomiy kutubxonasi)
Mo'ljal: SamDU bosh binosi yonida.
📨 Ro'yxatdan o'tish uchun @Ezozxon_Ochilov telegram manziliga murojaat qiling .
❗️Eslatma: Jamoa azolari 6 kishidan ko'p bo'lmasligi kerak. Jamoangiz bo'lmasa ham kelishingiz mumkin, jamoa topib beramiz.
👉 Birinchi kunda bo'ladigan o'yinlar ro'yxati:
1. Sportcha 24 ta 1 daqiqalik savollardan iborat zakovat o'yini.
2. Jamoaviy Erudit-kvartet o'yini.
3. Shaxsiy o'yin (svoya igra).
🏆 G'olib jamoa Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tomonidan taqdirlanadi.
@SamDUjamoasi