🌿O'qing. Hayotda yashashingiz oson bo'ladi...
🍃Rizq Allohdan.
Rizqni beruvchi faqatgina Allohdir.
Boshqasining oldida egilmang.
🍃Tavakkaltu al - Alloh
Faqat Allohgagina suyaning.
U o'ziga suyanganlarni aslo tashlab qo'ymas.
🍃Nasib qilgani bo'ladi.
Joningizni koyimang. Sizga nasib etadigani sizga yetmasdan qolmas.
🍃Sabr - yaxshiliklar eshigining kalitidir.
Sabr qilishni biling. Vaqtidan avval bahor kelmaydi.
🍃Umr o'tkinchidir.
Unutmang, boylik ham, faqirlik ham, sog'lik ham, xastalik ham, quvonch ham, muvaffaqiyat ham, omadsizlik ham va hatto hayot ham bari o'tkinchi...!
🍃Yaxshilikka intiling...
Bizni kuzatib boring👇
/channel/uximfak
АЁЛЛАР, СИЗ - ОДАМ ЭМАССИЗ!
Хайрон қолдингизми? Ҳа! Янглиш ўқимадингиз! Сиз одам эмассиз!
АЁЛ БУ - ҲАВО!
АЁЛ - ЭНЕРГИЯ!
АЁЛ - МУҲАББАТ!
АЁЛ - СЕҲРГАР!
АЁЛ - ГЎЗАЛЛИК!
У - ЧЕГАРАСИЗ ҚУВОНЧ!
Азиз аёллар! Жонларим! Агар сизни кимдир "Сен ҳам одаммисан?!" ёки "Одам эмас экансан!" деса оҳиста ва сирли табассум қилингда "СИЗ ҲАҚСИЗ! МЕН ОДАМ ЭМАС, АЁЛМАН!" деб жавоб беринг!
Чунки ОДАМ бу эркак, яъни ОДАМ АТО! ҲАВО эса АЁЛДИР!
🌿Ehehey! Assalomu alaykum qadrdonlarim omonmisiz? 😉 Ajoyib tonglar bilan, qutlayman! 🤗Koʻnglingizni yorugʻlik sira tark etmasin. Unda bahor abadiy yashnab, gullab tursin! Bugun, hammasi boshqacha boʻladi! 😉 Zoʻr boʻladi! Har bir kun qadrdon doʻst kabidir. Unga qancha toʻlib toshsangiz, qancha yaxshilik bilan boyitsangiz, sizga shuncha yaxshiliklar toʻldirib qaytaradi. Sinab koʻring! ☺ Axir berilgan har bir kun bizni namoyon qilish, uchun taqdim etiladi. Har kuningizga mehrla boqing,😌 uni muhabbat bilan toʻldirib, yaxshilik bilan kuzatib qoʻying!🙃 Xayrli tong, yaxshilar!
Bizni kuzatib boring👇
/channel/uximfak
#Ochiq_dars
⚡️2023-yil 6-mart kuni Samarqand davlat universiteti o‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi dotsenti Barno Qodirovaning kimyo fakulteti 1-kurs 103-guruh talabalariga “O‘zbek tili” fanidan “Fe’llarning hozirgi va kelasi zamonda tuslanishi” mavzusida namunaviy ochiq darsi bo‘lib o‘tadi.
Dars kimyo fakulteti 114-xonada, soat 13:00 da boshlanadi. Barcha xohlovchilar ishtirok etishlari mumkin...
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Samdu.uz | Telegram | Instagram| Facebook| Samarqanddavlatuniversiteti">Youtube
🧪 1903-yil kimyogar Eduard Benediktus tasodifan nitrosellyuloza bilan to'ldirilgan kolbani tushirib yuborgan. Shishada yoriqlar paydo bo'lgan, lekin u parchalanib ketmagan. Shisha sinmaganligining sababini tushungan olim mashinalarda va boshqa qurilmalarda ishlatiladigan sinmaydigan shishani tasodifan ixtiro qilgan...
kanal: @Kimyoproton
⚡️O‘zbekistonda IELTS’dan ilk marta 9.0 ballik natija qayd etildi
IELTS ZONE o‘quv markazi asoschisi Bekzod Mirahmedov IELTS imtihonidan 9.0 ballik natija qayd etdi. Ushbu eng yuqori natija O‘zbekiston uchun birinchisi hisoblanadi.
Mashaqqatli mehnat ortidan erishilgan ushbu ajoyib natija bilan Bekzod akani tabriklayman! Kelgusida til bilimdonlarimiz ko‘payishini tilab qolaman.
IELTS kabi xalqaro imtihonlarda 7.0 va undan yuqori ball olgan yoshlarning imtihon pullari kompensatsiya qilib berilmoqda. Ularning soni hozirda 10 mingdan oshdi va 20,4 mlrd so‘m to‘lab berildi. Bundan maqsadimiz ham til bilish bo‘yicha bilimdon va eng cho‘qqiga chiqadigan yoshlarni kashf etishdir.
@alisher_sadullaev
#bilasizmi
Bugun 3-mart - haftaning juma kuni. Ushbu sanadagi muhim voqealar bilan tanishing:
Davlatimiz rahbari tomonidan belgilab berilgan milliy iqtisodiyotni rivojlantirishning innovatsion yo‘li ham ishlab chiqarishga, ham ilmiy faoliyatga nisbatan yondashuvni tubdan o‘zgartirishni taqozo etdi (2008)
Butunjahon yovvoyi tabiat kuni
Kanadaning Monreal shahrida Viktoriya muz maydonida 1875-yil
3-martda xokkey bo'yicha birinchi uchrashuv bo'lib o'tdi, bu haqda ma'lumot Monreal Gazetasida qayd etildi.
Birinchi marta muzga xokkey darvozasi o'rnatildi.
Buyuk Britaniya Kanadani Fransiyadan tortib olganida, askarlar bu yerga o'zlari bilan birga dala xokkeyini olib kelishgan (1763)
Kanadaliklar bu o‘yinni muzlatilgan daryolar, ko'llar va boshqa suv havzalarida o'ynashardi.
Velosiped haydashning qanday foydasi bor?
1. Uyqu sifati yaxshilanadi.
2. Hazm faoliyati me’yorlashadi.3. Chidamlilik oshadi.
4. Sogʻlom ozish usuli.
5. Qarish jarayoni sekinlashadi.
6. Mushaklar tonusi saqlanadi.
7. Stressni kamaytiradi.
8. Miya faoliyatini yaxshilaydi.
9. Qon tomir tizimi kasalliklarining oldini oladi.
10. Oʻpka ventilyatsiyasi.
11. Immunitetni oshiradi.
12. Koʻz kasalliklarining oldini oladi.
✅ Kun mobaynida bahor oylari 50 km.gacha, yoz kunlari 70 km.gacha, kuzda 60 km.gacha, qish kunlari esa 30 km.gacha velosipedda sayr qilish mumkin.
1-martdan nimalar oʻzgaradi?
⚖️ Soliq tekshiruvlari ustidan sudga shikoyat qilish imkoniyati yaratiladi
✈️ Oltita yangi mahalliy yoʻnalish boʻyicha aviaqatnovlar yoʻlga qoʻyiladi
💸 Tadbirkorlar soliq qarzini foizlarsiz boʻlib-boʻlib toʻlashi mumkin boʻladi
💻 1 mlrd soʻmdan yuqori davlat xaridlarining toʻgʻridan-toʻgʻri ajratilishi toʻxtatiladi
💰 QQS toʻlovchilar aktivlari haqidagi maʼlumotni «E-aktiv»ga kiritish majburiy boʻladi
❌ Unitar korxona shaklida yuridik shaxs tashkil etish toʻxtatiladi
📜 Qimmatli qogʻozlar xaqida maʼlumotlar OAVda eʼlon qilinadi
Batafsil: www.gazeta.uz/oz/2023/03/01/1-march/?utm_source=push&utm_medium=telegram
Kanalga obuna bo`ling
👉 @gazetauz_ozb
❕"SAMARQANDKIMYO" AJ
✅ Batafsil o‘zbek tilida tomosha qiling.
📺 O‘zbekiston 24
✅ Kanalga a'zo bo‘ling va sungi ma'lumotlardan xabardor bo‘ling.
➡️/channel/Samarqandkimyo_yosh_mutaxassis
#bilasizmi
💠 Bugun 28-fevral — haftaning seshanba kuni. Ushbu sanadagi muhim voqealar bilan tanishing:
🟥28-fevral — Butunjahon Tikuvchilar kuni
🟢Eng mashhur ayol dizayner: Coco Chanel — ilk bor yelkali-osma sumkani ixtiro qilgan.
🟥28-fevral — Xalqaro noyob kasalliklar kuni.
🟢2008-yil kamyob kasalliklar bo‘yicha Yevropa tashkiloti tomonidan ta'sis etilgan.
🟥28-fevral — Butunjahon “Facebook” siz kuni.
🟢Mark Zuckerberg 23 yoshida dunyoning eng yosh milliarderi deya tan olindi.
🟥1989-yil O‘zbekistonda Navro‘z bayramini nishonlash to‘g‘risida qaror qabul qilindi.
🟢1990-yilda esa 21-mart umumxalq “Navro‘z” bayrami dam olish kuni deb e’lon qilindi.
Эй биродар, қил ўзингга эътибор,
Сендадир ҳар дам хазон бирла баҳор.
Сен кўнгил боғига кўз сол, не чаман,
Ҳар қадам гулғунча, сарву ёсуман.
Боқки, япроқларга бурканмиш бутоғ,
Гул билан орастадир саҳрою тоғ.
Атру гул бўлса агар раҳбар сенга,
Сенга бўлгай жаннатул кавсар, сенга…
Мавлоно Румий.
⚡️Bahorga yaqin vitamin va minerallar bilan organizmni to‘ydirish ayni vaqti
🔸Yil bo‘yi kasal bo‘lmaslik uchun hozirdan harakat qilish kerak
✅Vitaminlar B6, B12, C, K va D3 kabi ko‘p ishlatiladiganlarni, minerrallar Sink, Kalsiy, Magniy kabilarni zahiralab qo‘yish kerak.
🔸Vitaminlar organizmda ortiqcha bo‘lsa va o‘sma kasalliklarida mumkin emas. Sababi vitamin o‘sma hujayrasini ham quvvatlaydi.
🔸Bundan tashqari aminokislotalarni ham unutmaslik kerak. Arginin, Karnitin, Lesitinip va boshqalarni. Umuman, organik kelib chiqishga ega mahsulotlarni iste’mol qilish foydadan holi emas.
Subhonalloh... Bu dunyo inson uchun tekis boʻlmaydi!
– Mol dunyo kelib, xotirjamlikni olib ketadi.
– Xotirjamlik kelsa, mol dunyo yoʻq boʻladi.
–Mol dunyo va xotirjamlik kelsa, soliha xotindan mahrum boʻlinadi.
– Soliha xotin kelsa, yaxshi farzand yoʻq boʻladi.
– Yaxshi farzand kelsa, kifoya qilgudek mablagʻ boʻlmaydi.
– Yetarli mablagʻga ega boʻlsangiz, noqobil farzand yuzaga keladi.
– Hamma narsa maromida lekin, sogʻlikda muammo bor.
Barcha ishing tekis boʻlishi amri mahol narsadir.
Dunyo bizga rahmat oʻlaroq nuqson va kamchilik uzra bino qilindi. Agar ishlar siz xohlaganingizdek oʻxshayversa, bu eng katta musibatdir.
Chunki mukammal va toʻla toʻkis hayotga ega boʻlish orqali siz dunyoga ovunib, Alloh taologa yoʻliqishni yoqtirmay qolasiz.
Kim Allohga yoʻliqishni yaxshi koʻrsa, Alloh ham u bilan uchrashishni yaxshi koʻradi.
Kim dunyoni yaxshi koʻrib, Allohga yoʻliqishni yoqtirmasa, Alloh ham u bilan uchrashishni yoqtirmaydi.
#Tugʻilgan_kun
⚡️Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!
Bugun Samarqand davlat universiteti noorganik kimyo va materialshunoslik kafedrasi dotsenti Dmitriy Aronbayevning tug‘ilgan kuni.
Kimyo fakulteti noorganik kimyo va materialshunoslik kafedrasi dotsenti Dmitriy Aronbayev 1951-yil Samarqand shahrida tug’ilgan. 74 yoshni qarshi olgan olim 47 yildan buyon Samarqand davlat universitetida bir qator lavozimlarda faoliyat olib kelmoqda.
Bugungi kun munosabati bilan universitet jamoasi tug‘ilgan kun sohini samimiy muborakbod etib, ilmiy ishlariga muvafaqqiyat, uzoq umr, sihat-salomatlik, tinchlik-xotirjamlik tilaydi.
Samarqand davlat universiteti
Faxriylar kengashi
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Samdu.uz | Telegram | Instagram | Facebook | Samarqanddavlatuniversiteti">Youtube
#talaba_ijdodidan
📌 Kiridetga qolgan talaba
Ko‘zlaridan tomchilagan yosh,
Yostig‘ini sho'rlatar ana.
Xayolatdan ko'tarolmay bosh,
O‘y suradi nelarni yana.
Domlasining sha'nini alqab,
Qarg‘ab qo'yar hatto dekanin.
So'rasangiz bilmaydi qachon,
Nima ichib nima yeganin.
Kontraktga o‘qib kamiga,
Kreditini qanday to'lasin.
Uyga borib aytadi qanday,
Axir, uni kimdir o'ylasin.
Unga o‘xshab qolganlar qancha,
Qarg‘ishidan qo‘rqmaysizlarmi.
Erta bir kun qiyomat dersa,
Qazosini o'ylaysizlarmi.
Nabi Nishonov
03...03....2023
SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI TALABASI
Do’stlaringizga ulashing
@YQQUZB_KANAL
#bilasizmi
⚡️Bugun 4-mart - haftaning shanba kuni. Ushbu sanadagi muhim voqealar bilan tanishing:
🔸Siklop dengiz kemasi Bermud uchburchagi suvlarida g'oyib bo'lgan kun (1918)
🔸Oʻzbekiston respublikasi mustaqilligini birinchi boʻlib tan olgan Turkiya davlati bilan diplomatik aloqalar oʻrnatildi(1992)
🔸Oʻzbekiston sportchisi, balandlikka sakrash boʻyicha ixtisoslashgan sportchi, xalqaro toifadagi sport ustasi Safina Sa‘dullayeva tavallud topgan kun(1998)
🔸«Sog'lom avlod uchun» ordeni ta'sis etilgan kun
🔸Radio ixtirochisi Popov Aleksandr Stepanovich tavallud topgan kun
🔸Xalqaro quymoqlar kuni
🔸Butunjahon muhandislik kuni
🔸Xalqaro ko'zoynaklar kuni
🔸Belarus politsiyasi kuni
🔸Amerikalik Emil Berliner mikrofon ixtiro qilgan kun
🔸Rossiyada buvilar kuni
Qushlarning erkin ovozi
Naqadar gòzalsana Bahor🌸🥰
Bizni kuzatib boring👇
/channel/uximfak
#Yangiliklar
⚡️ 2023-yilning 10-mart sanasida Samarqand davlat universiteti organik sintez va bioorganik kimyo kafedrasi professori, kimyo fanlari doktori, Xitoy Fanlar Akademiyasi, Sinszyan Texnika Fizika-Kimyo instituti yetakchi ilmiy xodimi, Scopus va Web of Science bazalarida indekslangan 30 dan ortiq ilmiy maqolalar va xalqaro patentlar muallifi Xurshid Bozorov “Scopus va Web of Science ilmiy bazalarida ilmiy maqolalar chop etish uchun jurnallar tanlash” mavzusida professor-o'qituvchi, doktorant va tadqiqotchilar uchun seminar o'tadi.
Seminar SamDU bosh binosi faollar zalida soat 15:00 da boshlanadi. Samarqand davlat universiteti professor-o'qituvchilari, doktorantlari va tadqiqotchilarini hamda barcha qiziquvchilarni taklif etamiz!
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
|🌍Web|✅Telegram| 📸Instagram|💬Facebook| 📹Samarqanddavlatuniversiteti">Youtube
Kimyogarlar asrida
Ayni bahor faslida
Tug’ildi bir element
Muassanning qasrida
Och-yashil o’tkir hidli
Oksidlovchi eng kuchli
Galogenlarga sardor
Element nomi ftor.
Kashf qilinar chog’ida
Bo’lgan edi falokat
Shundan buyon ‘ftoros’
Yemirilish ,halokat
Asosiy minerali
Plavik shpat-flyorid
Kalsiyli va natriyli
Apatit va kriolit
Sovitgichdagi Freon
Yengil polimer Teflon
Inert gazli birikma
Tetraftor ksenon
Qirq foizli plavik
Hamda eng faol ftor
Solinmaydi shishaga
Kaustik soda misol
Sovuq alangasida
Yondiradi qum,qorni
Passiv bo’lgan nikelda
Saqlanadi ftorni
Zarur ftor ioni
Karies dardli xastaga
Shu sababli flyorid
Qo’shilar tish pastaga
Agar bo’lmay desangiz
Karies,pulpit va nekroz
Ftorga boy o’simlik
Yeying sarimsoq piyoz...
Bizni kuzatib boring👇
/channel/uximfak
Salqin saharlarda, bodom gulida,
Binafsha labida, yerlarda bahor.
Qushlarning parvozi, yellarning nozi,
Baxmal vodiylarda, qirlarda bahor…
Qancha sevar eding, bag‘rim, bahorni,
O‘rik gullarining eding maftuni.
Har uyg‘ongan kurtak hayot bergan kabi
Ko‘zlaringga surtib o‘parding uni.
Mana, qimmatligim, yana bahor kelib,
Seni izlab yurdi, kezdi sarsari.
Qishning yoqasidan tutib so‘radi seni,
Ul ham yosh to‘kdi-yu, chekindi nari.
Seni izlar ekan, bo‘lib shabboda,
Sen yurgan bog'larni qidirib chiqdi.
Yozib ko‘rsatay deb husn-ko‘rkini,
Yashil yaproqlarni qidirib chiqdi.
#Ilmiy_faoliyat
⚡️ Samarqand davlat universiteti polimerlar kimyosi va kimyoviy texnologiya kafedrasi mudiri, professor Normurod Fayzullayev, doktorant Hilola Xolmirzayeva va magistrant Otajon Normurodovning "Production of Nanocarbon from Local Raw Materials" nomli maqolasi Scopus bazasiga kiruvchi "Strategic Planning for Energy and the Environment" jurnalida nashr etildi...
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
|🌍Web|✅Telegram| 📸Instagram|💬Facebook| 📹Samarqanddavlatuniversiteti">Youtube
#Ilmiy_faoliyat
⚡️ Samarqand davlat universiteti noorganik kimyo va materialshunoslik kafedrasi mudiri, dotsent (DSc) Ilhom Abdurahmanovning “Crystal structure, dielectric and thermal properties of cobalt doped bismuth tantalate pyrochlore” nomli maqolasi Scopus bazasiga kiruvchi “Journal of Materials Research and Technology” ilmiy jurnalida nashr etildi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
|🌍Web|✅Telegram| 📸Instagram|💬Facebook| 📹Samarqanddavlatuniversiteti">Youtube