uximfak | Unsorted

Telegram-канал uximfak - Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

357

SamDU Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi Yoshlar Ittifoqi kengashining rasmiy kanali. Muhokama guruhi https://t.me/kimyo_kengash_muhokama

Subscribe to a channel

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

⚡️Bugun 10-mart - haftaning juma kuni. Ushbu sanadagi muhim voqealar bilan tanishing:

🔹O’zbekiston xalq artisti Yusupova To’ti tavallud topgan kun

🔹Oʻzbekiston va Belgiya davlatlari oʻrtasida diplomatik aloqalar oʻrnatildi (1992).

🔹Xalqaro parik kuni

🔹Koreyada Mehnat kuni

🔹Laosda O‘qituvchilar kuni

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

📌 Ayollarga qanday imtiyozlar bor?

▫️ Xotin-qizlarga tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish uchun 33 million so‘mgacha kreditlar ajratiladi ➖ Batafsil

▫️ Ayollarni pensiya yoshiga to‘lganligi sababli ish beruvchi tashabbusi bilan ishdan bo‘shatish taqiqlanadi ➖ Batafsil

▫️Ayrim toifadagi xotin-qizlarga OTMga kirish uchun tavsiyanoma beriladi ➖ Batafsil

▫️"Ayollar daftari"ga kiritilganlarga kredit berilishi mumkin ➖ Batafsil

▫️ Ishlaydigan onalarga bolani ovqatlantirishga tanaffus beriladi ➖ Батафсил

▫️ Xotin-qizlarning kasb o‘rganishga qilgan xarajatlarini davlat to‘lab beradi ➖ Батафсил

▫️ “Ayollar daftari”ga kiritilgan yolg‘iz ayollarning farzandlari ham bog‘chaga imtiyozli ro‘yxat asosida qabul qilinadi ➖ Батафсил

▫️ Og‘ir ijtimoiy ahvoldagi xotin-qizlarga imtiyozli uy-joylar beriladi ➖ Батафсил

▫️ Faol va tashabbuskor xotin-qizlar “Moʻtabar ayol” ko‘krak nishoni bilan taqdirlanadi ➖ Батафсил

▫️12 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollarga qo‘shimcha ta’til beriladi ➖ Батафсил

▫️ Ayrim xotin-qizlarning kontrakt puli davlat tomonidan to‘lab beriladi ➖ Батафсил

2 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar yengilroq ishga o‘tkaziladi ➖ Батафсил

▫️ Homilador ayollar, 3 yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollarni ishga qabul qilishda dastlabki sinov qo‘llanilmaydi ➖ Батафсил

▫️ Rahbarlik lavozimiga tanlovda xotin-qizlar va erkaklarning teng ishtiroki ta’minlanadi ➖ Батафсил

▫️ Ayrim ayollar 53 yoshda pensiyaga chiqishi mumkin ➖ Батафсил

Do’stlaringizga ulashing
@YQQUZB_KANAL

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

QAYSI KASALLIK NIMA YETISHMASLIGIDAN KELIB CHIQADI?

Mirzamir MIRZASHARIPOV, dorishunos:

💊 Depressiya — yod, kaliy, kalsiy, mis, magniy.

💊 Zamburugʻ kasalliklari — kalsiy, kobalt.

💊 Boʻy oʻsmaslik — yod, kalsiy, kaliy, magniy, selen, xrom, rux.

💊 Ich qotishi — temir, kaliy.

💊 Buqoq — yod, kalsiy, xrom.

💊 Jinsiy ojizlik — yod, selen, rux.

💊 Infarkt -miokard — yod, kalsiy, magniy.

💊 Kariyes — kalsiy, magniy, ftor.

💊 Shabkoʻrlik — kalsiy, rux.

💊 Kamqonlik — temir, yod, mis.

💊 Semizlik — yod, kalsiy, kremniy, magniy, selen, fosfor.

💊 Ozgʻinlik — yod, marganes, fosfor.

💊 Immunitetning susayishi — yod, kalsiy, kremniy, magniy, selen, oltingugurt, fosfor.

💊 Ishtahasizlik — temir, magniy, natriy, fosfor, rux.

💊 Oshqozon shirasining oshib ketishi — kaliy.

Bizni kuzatib boring👇
/channel/uximfak

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

ЯРАТГУВЧИ АЁЛНИ ИЖОД  ЭТГАНИДА ФАРИШТАЛАР  ХАЙРОН КОЛДИЛАР:

Сунг Унинг ихтиёри ила Ундан сурадилар:
— Ё РАББИЛ ОЛАМИЙН, уни  нега гул каби гузал  яратдинг?
— Уни эрлар бир гул каби  авайласинлар.
— Уни нега бунчалар мунис  яратдинг, Ё РАБ? --Одам  болаларига ОНАлик килсин.
Ва фаришталар яна  сурадилар:
— Унинг куксини нега  мунчалик мехринг ила  тулдирдинг?
— Токи улар то киёматга  кадар Ер юзини мехрга  тулдирсинлар!

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

🌿 Bilasizmi ey "Muslimam"...

Islomning ilk shaxidi ayol ekanligini..

Payg‘ambarimiz Muxammad ﷺ ga ishongan ilk kishining ayol ekanligini...

Qur'oni karimda Ayollar ismiga mustaqil bir sura borligini...

Jamiyatning yarmi ayollar ekanini va ikkinchi yarmini ayollar dunyoga keltirishini...

Payg‘ambarimiz Muxammad ﷺ ning oxirgi vasiyatlari ayollarga yaxshi muomila qilish ekanligini...

Siz Islom uchun aziz va sharaflisiz..! ☺️

Bizni kuzatib boring👇
/channel/uximfak

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

Opangizni yòqlab turing ukalar,
Singil kònglin tòqlab turing akalar...

Bizni kuzatib boring👇
/channel/uximfak

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

Onam, onajonim, jannatim onam

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

Bayramingiz muborak bòlsin...

Bizni kuzatib boring👇
/channel/uximfak

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

#Ayollarning_dardi:)

Sultonlarning sultoni yorim,
Ishlar bilan charchamadingizmi?
Ishonganim, Qirolim, borim,
Bayram yaqin, unutmadingizmi?

Sevgilimsiz, yana arslonim,
Kerak emas menga hech narsa.
Dеyman-u, ammo hayolim
1 dona gul bõlsaydi harna...

Yelib yugurib qilay xizmatingiz,
Boshingizda bõlay parvona doim.
Meni deb ursa bõldi yuragingiz,
Baxsh etay sizga qiymatli jonim.

Allohim bergan eng gõzal hadyam,
Sizligiz unutmay, shukur etaman.
Bayramgacha bor vaqt haliyam,
Sizdan kichkinagina sovğa kutaman...

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

❓Navro‘z bayramida barcha o‘zbekistonliklar ketma-ket 5 kun dam oladimi?

✅ JAVOB: Yo‘q, barcha emas. Faqat 5 kunlik ish haftasidagilar ketma-ket 5 kun dam olishadi. Haftasiga 6 kun ishlaydiganlarga esa ketma-ket 4 kun dam olish kuni bo‘ladi.

❗️Izoh:
“2023-yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi Prezident farmoniga asosan, Navro‘z bayrami munosabati bilan:

➖ 5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar 5 kun;
➖ 6 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar 4 kun dam olishadi.

✅ Bunda quyidagicha bo‘ladi:
➖ 18-mart, shanba — 5 kunliklarga dam olish, 6 kunliklarga ish kuni;
➖ 19-mart, yakshanba — barcha uchun dam olish kuni;
➖ 20-mart, dushanba — 5 kunliklar uchun 11-mart shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni, 6 kunliklarga qo‘shimcha dam olish kuni;
➖ 21-mart, seshanba - Navro‘z bayrami, barchaga dam olish kuni;
➖ 22-mart, chorshanba — 5 kunliklar uchun 25-mart shanbadan ko‘chirilgan dam olish kuni, 6 kunliklarga qo‘shimcha dam olish kuni.

❗️ 23-mart, payshanba — barcha uchun ish kuni.

5 kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlarning dam olish kunlari farmonga muvofiq ko‘chirilishi munosabati bilan 11- va 25-mart (shanba) kunlari ishga chiqadilar.


👉
/channel/uximfak👈

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

Сен онамни йиғлатма, Ҳаёт"

Юрагимга санчилар тикан, 
Гуноҳларим умримдан зиёд.
Кўп йиғлатдим билиб-билмасдан,
Сен Онамни йиғатма, Ҳаёт.

Онам кирган боғлар табаррук,
Бағридаги  чоғлар табаррук,
Сочидаги  оқлар табаррук,
Сен Онамни йиғлатма Ҳаёт.

Ҳар кун йўлим интизор кутар,
Келмаслигим билиб зор кутар,
Менинг берган азобим етар,
Сен Онамни йиғлатма, Ҳаёт .

Меҳрибоним, мунис хокисор
Кўзларида менинг дардим бор,
Жабрингга мен бўлай гирифтор.
Сен Онамни йиғлатма Ҳаёт.

Мен бир куйсам онам минг куйди,
Мендан ортиб болангга дейди.
Энди дардин олсам қанийди,
Сен Онамни йиғлатма Ҳаёт.

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

#mening_shaxsiy_kutubxonam
#2_mavsum

📌 Koʻpchilik kitobxonlarning takliflariga binoan "Mening shaxsiy kutubxonam" videoroliklar tanlovining 2-mavsumiga start beramiz

Ijodiy ishlaringizni 7-martdan 18-mart sanasiga qadar @samduyiadmin'ga yuboring.

VIDEOROLIK KREATIV BOʻLISHI SHART!

Oxirgi kunni kutib oʻtirmang! Shaxsiy kutubxonangiz va dunyoqarashingizni namoyon etuvchi videoroliklar @SamDUjamoasi kanaliga joylab boriladi.

"SamDU jamoasi"ning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

Hukumat farmoyishi bilan O‘zbekistonda 11-mart, shanba kuni umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi.

https://www.gazeta.uz/oz/2023/03/06/hashar/?utm_source=push&utm_medium=telegram

Kanalga obuna bo‘ling
👉 @gazetauz_ozb

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

ОНАМ...

Қўрғонимнинг сариштаси,
У жаннатнинг фариштаси,
Юрагимнинг жон риштаси,
Жаннат иси келган онам.

Кўчаларни ёлғиз кезсам,
Гоҳо ташвишлардан безсам,
Ғамларимни дарров сезган,
Жаннат иси келган онам.

🤗Оналаримизга юбориб қўямиз...

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

#Yangiliklar

⚡️Samarqand davlat universiteti kimyo fakultetida 8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan "Orasta qizlar" ko'rik tanlovi o'tkazildi...

Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.

✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz
:

Samdu.uz | Telegram | Instagram| Facebook| Samarqanddavlatuniversiteti">Youtube

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

#mening_shaxsiy_kutubxonam
#2_mavsum
#7

Ahmadova Dildora - Kimyo fakulteti 1-bosqich talabasi

"SamDU jamoasi"ning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

⚡️Bugun 9-mart - haftaning payshanba kuni. Ushbu sanadagi muhim voqealar bilan tanishing:

🔹 Xalqaro didjeylar kuni

🔹Barbi qo‘g‘irchog‘i tug‘ilgan kun

🔹Kosmik uchuvchi Gagarin Yuriy Alekseevich tavallud topgan kun

🔹Koreyada telekanallar bayrami

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

Ahnaf ibn Qays aytdi:

«Ilmning ildizi rag‘bat, mevasi ibodatdir. Taqvoning ildizi qo‘rqish, mevasi saodatdir. Mardlikning ildizi hayo, mevasi iffatdir.

Eng mustahkam poydevor aqldir, eng afzal libos taqvodir. Nodon mol istaydi, oqil esa kamol. Dars soatini uzaytirmagan, nafsini qiynamagan odam ilmga yetisha olmaydi.

Qancha xoru zalil kishilar bor, ammo aqli ularni aziz qiladi. Qancha azizlar bor, nodonligi ularni xoru zalil qiladi».☘
 
Bizni kuzatib boring👇
/channel/uximfak

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

​​Ayol tug‘ildi:
O‘g‘il emas, qiz — dedilar xomush,
Nega xomush… Otasi o‘g‘il kutganmush.

Ayol ulg‘aydi:
Uyda o‘tir, o‘qishing shartmas,
Uydagi yumushni eplay olgin, bas.

Ayol sevdi:
Unutma, sevishga haqqing yo‘q aslo!
Ayolda yurak yo‘q, qalbi yo‘q go‘yo…

Ayol turmush qurdi:
Kelinsan, gapirma, endi bo‘l soqov,
Soching supurgi bo‘lsin, qo‘llaring kosov.

Ayol farzand ko‘rdi:
Mana senga farzand nomli baxt,
Endi o‘zingni unutgin… Unga yarat taxt.

Ayol qaynona bo‘ldi:
Aralashmang, yuring jim...
Arazlab ketmasin sevgan xotinim.

Ayol o‘ldi:
Dedilar, nega tashlab ketdingiz,
Nega ortda qolganni ko‘zin yoshlab ketdingiz.

Ayolning haqqi yo‘q:
O‘qishga, sevishga, o‘zin deyishga,
Hatto ajal yetganda, bir kun o‘lishga.

Ayollarni qadrlaylik!

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

Ona tobiz qochmasin...

Bizni kuzatib boring👇
/channel/uximfak

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

🎞 Samarqand shahar hokimligi jamoasi 8-mart –Xalqaro Xotin-qizlar kuni munosabati bilan munis onaxonlar, dilbar va latofatli opa-singillarimizni tabriklaydi.

🌐 Web-sayt|  🌏 Telegram| 🎞 YouTube  
🏞  Instagram|📂 Facebook|📁 Facebook

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

🍃🌸🍃

        А Ё Л Л А Р

Хавво онамиздан  бўйлаган томир,
Латофат кўшкидан латиф бир тимсол,
Оламнинг муаттар  беҳишт шамоли,
Энг мунис , энг дилбар зотидир аёл.

Шижоат азмида норлар билан тенг,
Орин яроғ қилган она Тўмарис,
Ярим олам пойида Темур бобомнинг
Солиҳа Сароймулк жаҳондан азиз

Жонидан жон ришта Бобур Мирзомнинг ,
Оламга достони Хонзодаси бор
Нодира, Увайсий қалами аро,
Тарих силсиласи- оввозаси бор

Қанчалик зуккодир, олим , фозила,
Кибриё, Зарифа, Суюмалари,
Садоқат қўшиғин битиб шеърида
Ваъфодор  Саида, Зулфиялари

Инсон ҳуқуқини пешқадам тутган Сайёраи Шароф - тимсол ирода
Табиб- дардга даъво мисли фаришта,
Гули Шайх, Адолат ҳам Мукаррама.

Фарида Афрўзи, Қутлибекаси,
Қалам ардоғида Марҳабохоним
Бугунги кунда ҳам ул бағри камол,
Дилбарим, Дилдора ва Меҳринозим

Бир қўлда бешиг-у, бир қўлда олам,
Бир қўлда кафгири, бир қўлда қалам
Ҳаётни гулларга кўмиб яшайди,
Аёл жон малҳами , у жонга малҳам

Осмоннинг тиргаги аталмиш Эрлар,
Эрлар бор- қўхна дун чархи жойида,
Ва лек аёл учун энг олий ташбеҳ:
Жаннат ҳам Ҳазрати Аёл пойида
        
 Хазонрезги 🍁🍁🍁
Тошкент 28.12.2019

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

Boshim qo‘yay bugun hoku poyingizga,
Qalbim to‘la mehr -daryo, soyingizga,
Mehribonim, tanhogina jonajonim,
Boringizga shukur ona, boringizga.

Neki bo‘lsa, hammasidan qimmatimsiz,
Pok iymonim, yorug‘ yuzim, himmatimsiz
Dunyolardan topib olgan jannatimsiz,
Boringizga shukur ona, boringizga.

Farishtalar o‘tib o‘ngu so‘lingizdan,
Ibrat olsin sizning umr yo‘lingizdan,
Aylanay men bolam degan tilingizdan,
Boringizga shukur ona, boringizga.

Baxtim sizsiz ne qilay men humolarni,
Rostligim siz, yuzi qursin ro‘yolarni,
Allangizga alishmayman dunyolarni,
Boringizga shukur ona, boringizga.

Or qilaman qilgan hamma xatoyimdan,
Ko‘nglingizga bergan nogoh jafoyimdan,
Umringizni so‘ray qodir xudoyimdan,
Boringizga shukur ona, boringizga.

Qalbimdasiz doim mening jonimdasiz,
Qayda bo‘lasam hayolimda, yodimdasiz,
Baxtiyorman gar bo‘lsangiz yonimdasiz,
Boringizga shukur ona, boringizga.

©️Xurshid Karim
ㅤㅤㅤ

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

Jannat oyoqlari ostida munis, mòtabar, mushtipar onajonlarimiz umrlari uzoq bòlsin...

Bizni kuzatib boring👇
/channel/uximfak

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

Munis, ma'sum, mehri zilol,
Poyi jannat, ahli ayol...
Sizlar borki, sevgi bordir,
Sizlar borki, dillar bahor....🌼

Bizni kuzatib boring👇
/channel/uximfak

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

📌 TANLOV YUZASIDAN

💠 Ijodiy ishlar 7-martdan 18-martga qadar qabul qilinadi.

💠 Yuborilgan ijodiy ishlar hakamlar tomonidan tekshirilishi uchun kanalga eng kamida 72 soat (3 kun) avvaldan eʼlon qilingan boʻlishi shart! (Bu shart bundan keyingi eʼlon qilinajak tanlovlar uchun ham taalluqli!)

💠 Avvalroq joʻnatsam gʻoyamni oʻgʻirlashadi, degan fikrdan yiroq boʻling. Mualliflik huquqi buzilgan taqdirda sizning videoingiz kanalda BIRINCHI eʼlon qilingani hisobga olinadi.

💠 Videoda tanlov ishtirokchisining oʻzi koʻrinishi shart!

❗️Faqatgina rasmlardan va kitoblarni tasvirga olib video tayyorlash bilan gʻoliblikni qoʻlga kiritish mumkin, degan fikrdan yiroq boʻling!

"SamDU jamoasi"ning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

Бир қориндан келиб дунёга
Бир бирини туртишмасин
Гийбат иғво гапларни деб
Ака - Ука урушмасин.

Атрофдаги бухтонлар деб
Бир-бирини асабин еб
Тилларига берибла зеб
Ака - Ука урушмасин.

Битмаса ҳам уйдаги кам
Майли ўзи Дунё бир кам
Ер тескари айланса ҳам
Ака - Ука урушмасин.

Ҳар қадамда бордир синмоқ
Жигар бўлсин бир суянч тоғ
Бўлсин улар эту тирноқ
Ака - Ука урушмасин.

Хаёт қалтис қилса ўйин
Синовлар ҳам бўлса кийин
Нима бўлса бўлсин лекин
Ака - Ука урушмасин.

Ўзларига бўлар иснод
Кўриб не дер бегона ёд
Душман кўриб кулар хайхот
Ака - Ука урушмасин.

Меҳрдан қалбга солиб угит
Меҳрибон булсин ҳар бола Йигит
Хасандан шу шу сўнги ўгит
Ака - Ука урушмасин...

©️Йиглама дил
ㅤㅤㅤㅤ
••┄┄┄❅┄┄┄••

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

®Alyumogidrid litiya (LiAlH4) + toza spirt.

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

#bilasizmi

⚡️ Bugun 6-mart - haftaning dushanba kuni . Ushbu sanadagi muhim voqealar bilan tanishing:


🔹O‘zbekiston xalq artisti Olmaxon Xayitova tavallud topgan kun(1940)

🔹Qashqadaryo viloyati Nishon tumani tashkil topgan kun (1975)

🔹Andijon viloyati tashkil etilgan (1941)

🔹AQShda milliy muzlatilgan oziq-ovqatlar kuni

🔹Xalqaro tish shifokori kuni

🔹Xalqaro ishsizlikka qarshi kurash kuni

🔹Mendeleyev jadvali e’lon qilingan kun

Читать полностью…

Biokimyo instituti Kimyo Yoʻnalishi rasmiy kanali

#Ochiq_dars

⚡️ 2023-yil  6-mart kuni Samarqand davlat universiteti organik sintez va bioorganik kimyo kafedrasi o'qituvchisi Alisher Yusupov  kimyo fakulteti 4-kurs talabalariga bioorganik kimyo fanidan “Matritsali biosintezlar. Replikatsiya. Transkripsiya” mavzusida  ochiq dars o'tadi.

  Dars Kimyo fakulteti binosi 207- xonada,  soat 13:00 da boshlanadi. Ochiq darsga barcha qiziquvchilar taklif etiladi.

✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:

Samdu.uz | Telegram | Instagram| Facebook| Samarqanddavlatuniversiteti">Youtube

Читать полностью…
Subscribe to a channel