#Yangiliklar
📌 Samarqand davlat universiteti professorlari Abdulla Nasimov, Hamza Turobov, dotsent Xurshid Toshpo'latov, PhD Alisher Eshonqulov va o'qituvchi Sherzod Mirzayevlar O'zMU da o'tkazilgan "Funksional polimerlarning fundamental va amaliy jihatlari" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda ma'ruzalari bilan ishtirok etdi...
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Samdu.uz | Telegram | Instagram | Facebook | Samarqanddavlatuniversiteti">You tube
#Ilmiy_faoliyat
📌 Samarqand davlat universiteti polimerlar kimyosi va kimyoviy texnologiya kafedrasi mudiri, professor Normurod Fayzullayevning "Mahaliy xomashyolardan sorbentlar olish jarayonini tadqiq etish" nomli monografiyasi nashr etildi...
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Samdu.uz | Telegram | Instagram | Facebook | Samarqanddavlatuniversiteti">You tube
#Ilmiy_faoliyat
⚡️ Samarqand davlat universiteti polimerlar kimyosi va kimyoviy texnologiya kafedrasi mudiri, professor Normurod Fayzullayev, dotsent Noryigit Musulmonov, o'qituvchi Shamsiddin Xolliyevlarning "Propan-butan fraksiyasini katalitik aromatlash jarayonini bifunksional katalizatorlarda tadqiq etish" nomli monografiyasi nashr etildi...
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Samdu.uz | Telegram | Instagram | Facebook | Samarqanddavlatuniversiteti">Youtube
#Ochiq_dars
⚡️ 2023-yil 17-mart kuni umumiy fizika kafedrasi dotsenti Ismoil Jabborov kimyo fakulteti 101-102-guruh talabalariga “Termodinamika qonunlari” mavzusida ochiq dars o’tadi.
Dars kimyo fakulteti 215-xonasida, soat 08:00 da boshlanadi. Darsga barcha qiziquvchilarni taklif etamiz.
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Samdu.uz | Telegram | Instagram| Facebook| Samarqanddavlatuniversiteti">Youtube
#Янги_конституция
✅ “Ўзбекистон Республикаси Конституцияси тўғрисида"ги Ўзбекистон Республикаси Конституциявий Қонуни лойиҳаси матни билан танишиб чиқишингиз мумкин.
Каналга уланиш👇👇👇
/channel/uximfak
ANONIM SO‘ROVNOMA
🟥Ushbu so‘rovnomani tashkil qilishdan maqsad iqtidorli talaba-yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, mavjud muammolarni bartaraf etish, shuningdek, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ma’naviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi faoliyatini yanada rivojlantirishdan iborat.
👉 So‘rovnomada ishtirok etish
📌 Eslatma: Toʻlov-kontrakt mablagʻlarini toʻlashning so’ngi muddati 15-mart
Davlat komissiyasining tegishli qaroriga muvofiq 2022/2023-o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalari bakalavriati va magistraturasiga to‘lov-kontrakt, jumladan, tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida talabalikka, professional ta’lim muassasalariga (kollej, texnikum) o‘quvchilikka tavsiya etilgan abituriyentlar, oʻqishi koʻchirilgan (koʻchirib tiklangan) va qayta tiklangan talabalar oʻqishi uchun toʻlov haqini oʻtkazish hamda talabalar safiga qabul qilishni rasmiylashtirishning soʻnggi muddati 2023-yilning 15-marti etib belgilangan
#bilasizmi
⚡Bugun 13-mart - haftaning dushanba kuni. Ushbu sanadagi muhim voqealar bilan tanishing:
🔸Radioteleskop ishga tushgan kun
🔸Millatlar Hamdo‘stligi kuni
🔸Butunjahon “Risling” oq vinosi kuni
🔸Grenada Mustaqillikka erishilgan kun
#mening_shaxsiy_kutubxonam
#2_mavsum
#13
Zayniddinova Adiba - Kimyo fakulteti 103-guruh talabasi
💊 Аспирин ҳақидаги фойдали маслаҳатлар.
4️⃣ Акне
⠀
Кечаси акнеларга озгинагина сув ва аспирин таблеткаси майдаланмасини аралаштириб суринг. Тонгда ювиб ташланг.
⠀⠀
5️⃣ Кийимдаги тер доғлари
100 мл сувда иккита таблеткани эритиб доғ юзасига суртинг. 1 кеча шундай қолсин. Кейин ювиш мумкин.
⠀⠀
6️⃣ Замбуруғлар
⠀
7 та аспирин таблеткасини майдалашингиз ва кукунни ½ ош қошиқ лимон суви билан аралаштиринг. Оёқ замбуруғларига суркаб, сочиқ ўранг ва пластик салофан кийдиринг! 10 дақиқа. Кейин оёқларни кир совун ювинг.
7️⃣ Сочлар⠀
⠀
Аспирин оддий ва нурсиз сочларни ажойиб порлатиши мумкин. Бунинг учун 8 таблеткани 200 мл сувда суюлтиринг, сочларга суртинг, 15 дақиқага қолдиринг ва сув билан яхшилаб ювиб ташланг.
#Yangiliklar
⚡️ Samarqand davlat universiteti organik sintez va bioorganik kimyo kafedrasi professori, Xitoy Fanlar Akademiyasi, Sinszyan texnika fizika-kimyo instituti yetakchi ilmiy xodimi, Scopus va Web of Science bazalarida indekslangan 30 dan ortiq ilmiy maqolalar va xalqaro patentlar muallifi Xurshid Bozorov universitet professor-o'qituvchilariga “Scopus va Web of Science ilmiy bazalarida ilmiy maqolalar chop etish uchun jurnallar tanlash” mavzusida seminar o'tdi.
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Samdu.uz | Telegram | Instagram | Facebook | Samarqanddavlatuniversiteti">Youtube
#100savolga
#100javob
Mamlakatimizda ta’lim olishning qanday shakllari mavjud?
Ta’lim olish shakllari quyidagilardan iborat:
▫️ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olish (kunduzgi);
▪️ishlab chiqarishdan ajralmagan holda ta’lim olish (sirtqi, kechki, masofaviy);
▫️dual ta’lim;
▪️oilada va mustaqil ta’lim olish;
▫️katta yoshdagilarni o‘qitish va ularga ta’lim berish;
▪️inklyuziv ta’lim;
▫️eksternat tartibidagi ta’lim;
▪️mudofaa, xavfsizlik va huquqni muhofaza qilish faoliyati sohasida kadrlar tayyorlash.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
#bilasizmi
Bugun 11-mart - haftaning shanba kuni. Ushbu sanadagi muhim voqealar bilan tanishing:
"Buхoriy sharif" jadidlar gazetasi chop etilgan kun
Rossiya - Giyohvand moddalarni nazorat qilish organlari xodimlari kuni
Tojikiston - Matbuot kuni
Xalqaro musulmon madaniyati va kinosi kuni
Koronavirus pandemiyasi kuni
Romeo va Julyetta kuni
Yevropada terrorizm qurbonlarini xotirlash kuni
Moviy fillar festivali
❗️Bugun 20-mart — Xalqaro baxt kuni...
Hammaga baxt tilayman!
Baxt u nima? Allohdan har tun,
Yana bir tong tilanmoqlikmi?
Va uygʻonib,quyosh nuriga,
“Omonlik!”, deb belanmoqlikmi?
Baxt u nima? Dasturxoningda,
Qoʻling kuyib ushatilgan non.
Yoki qushlar hadiksiz uchgan,
Bizga nasib etilgan osmon!
Baxt u nima? Bola emizgan,
Onalarning siynasida sut.
Yoki yomgʻirlari bilan siylagan,
Qiz sochidek qop-qora bulut!
Baxt u nima? Balki, momoning,
Nabirasin belagan beshik.
Farishtalar rizq keltirsin deb,
Tong saharda ochilgan eshik.
Nima u baxt? Xonadoningda,
Qirq kun kelin qilgan taʼzimi?
Oʻttiz, ellik, sakson yoshingda,
Doʻstlaringning qurgan bazmimi?
Baxt nima u? Beminnat, halol,
Bitta qoshiq oshing ichganing.
Sogʻindim deb, har zamonda bir,
Onajoning kelib quchganing!
Baxt u nima? Eng soʻngi damda,
Kalimaga kelolgan tiling,
Va oʻgʻlingning yelkalarida,
Bosib oʻtgan oxirgi yoʻling...
#Ilmiy_faoliyat
⚡️ Samarqand davlat universiteti organik sintez va bioorganik kimyo kafedrasi dotsenti Azizbek Nasrullayevning “Tabiiy va sintetik organik birikmalarning tuzilishi va xossalari” nomli 2 qismdan iborat o’quv qo’llanmasi nashr etildi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Samdu.uz | Telegram | Instagram | Facebook | Samarqanddavlatuniversiteti">Youtube
#Ochiq_dars
📌 2023-yil 17-mart kuni Samarqand davlat universiteti fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi dotsenti Nigina Fazliyeva kimyo fakultetning 2-kurs talabalariga “Mitsellaning tuzilishi” mavzusida namunaviy ochiq dars oʼtadi.
Dars ma'ruzalar binosi P 204-xonasida, soat 9:30 da boshlanadi. Darsga barcha qiziquvchilarni taklif etamiz...
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Samdu.uz | Telegram | Instagram | Facebook | Samarqanddavlatuniversiteti">You tube
Тарозида ўлчанмайдиган 3 амал
Ушбу 3 амалнинг савоби чексизлигидан Қиёмат куни тарозига қўйилмайди:
1. Инсонларни афв этиш.
Аллоҳ таоло бундай марҳамат қилади: "Ким афв этиб ислоҳ қилса, унинг ажри Аллоҳнинг зиммасидадир" (Шўро сураси, 40-оят).
2. Сабр.
Аллоҳ таоло марҳамат қилади: "Албатта, сабр қилгувчиларга ажрлари ҳисобсиз, тўлиқ берилур" (Зумар сураси, 10-оят).
3. Рўза.
Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам айтганлар: "Аллоҳ таоло ҳадиси қудсийда бундай деган: "Одам боласининг қилган ҳамма амали ўзига, фақат рўза Менга. Унинг савобини Ўзим бераман" (Имом Бухорий ривояти).
Қиёмат кунида: "Савоби Аллоҳнинг зиммасида қолганлар қанисизлар?", деб жар солинади. Шунда рўза тутганлар, сабр қилганлар ва одамларни афв этганлар савобларини олиш учун келадилар. Шундай экан, рўза тутинг, сабр қилинг ва одамларни афв этинг.
🤲 Аллоҳим барчамизни ушбу нидо билан чақириладиганлардан қилгин.
#bilasizmi
⚡️Bugun 15-mart - haftaning chorshanba kuni. Ushbu sanadagi muhim voqealar bilan tanishing:
🔸Eskalatorning tug'ilgan kuni
🔸Xalqaro iste’molchilar huquqlarini himoya qilish kuni
🔸Xalqaro tyulen bolalarini himoya qilish kuni
🔸Xalqaro politsiya zo'ravonligiga qarshi kurash kuni.
🔸Xalqaro Islomofobiyaga qarshi kurash kuni
🔸Butunjahon hurmat kuni
#bilasizmi
⚡️Bugun 14-mart - haftaning seshanba kuni. Ushbu sanadagi muhim voqealar bilan tanishing:
Bug’ avtomobili yaratilgan kun
Fransiyada sport jurnalistlar bayrami
Yaponiyada "Рi" (π) soni kuni
Xalqaro daryolar kuni
Videomagnitofonning tug‘ilgan kuni
☘️☘️☘️ Savol ☘️☘️☘️
O'zbek oshxonasi o'zining taomlari bilan nom qozongan. Bizda shunday ovqat bor-ki, u tez, oson va kam xarajat evaziga tayyor bo'ladi, bu ovqat — mastava. Mastavaning ham 10 lab turlari bor ekan. Qovurma mastava, qaynatma mastava, qiymali mastava va hatto olchali mastava ham bor ekan. O'zbeklar orasida eng ommalashgani bu xo'rda mastava ekan.
Diqqat Savol: Xo'rdaning boshqa mastavalardan qanday farqi bor?🤔
👇Javoblaringizni izohlarda yozib qoldiring:
@Zakovatkimyoo
Самарқандда Наврўз тантаналари қандай ўтказилади?
Асосий тадбирлар шаҳардаги Алишер Навоий номли марказий истироҳат боғи ва унинг атрофидаги кўчалар, Қорасув массиви, Кимёгарлар, Сўлим, Фарҳод шаҳарчаларида бўлади.
Барча жойда ҳунармандчилик маҳсулотлари, Самарқанд нонлари, гуллар фестивали, спорт мусобақалари ўтказилади.
Ташкил этиладиган гастрономик фестиваль алоҳида эътиборга лойиқ. Унда ош чемпионати, сумалак ва ҳалим сайли, кабоб, сомса ва бичак танловлари бўлади.
——-
Samarqandda Navroʻz tantanalari qanday oʻtkaziladi?
Asosiy tadbirlar shahardagi Alisher Navoiy nomli markaziy istirohat bogʻi va uning atrofidagi koʻchalar, Qorasuv massivi, Kimyogarlar, Soʻlim, Farhod shaharchalarida boʻladi.
Barcha joyda hunarmandchilik mahsulotlari, Samarqand nonlari, gullar festivali, sport musobaqalari oʻtkaziladi.
Tashkil etiladigan gastronomik festival alohida eʼtiborga loyiq. Unda osh chempionati, sumalak va halim sayli, kabob, somsa va bichak tanlovlari boʻladi.
📌 Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti fakultetlar yoshlar kengashlari kanallari bilan tanishing:
Filologiya fakulteti
Psixologiya va ijtimoiy-siyosiy fanlar fakulteti
Geografiya va ekologiya fakulteti
Maktabgacha va boshlangʻich taʼlim fakulteti
SamDU Muhandislik fizikasi instituti
SamDU Agrobiotexnologiyalar va oziq-ovqat xavfsizligi instituti
Kimyo fakulteti
Intellektual tizimlar va kompyuter texnologiyalari fakulteti
Matematika fakulteti
Inson resurslarini boshqarish fakulteti
💊 Аспирин дунёдаги энг машҳур дори ҳисобланади. У турли касалликлар учун ишлатилади. Аммо унинг бошқа кўплаб фойдали хусусиятлари борлигини ҳам билармидингиз?
1️⃣ Ҳашарот чақиши⠀
⠀
– Мисол учун чивин чақгач таблеткани 100 мл тоза сувда эритиб, қизаришга суртинг. Фойдаси тезда сезилади. Қичишиш ва оғриқ йўқолади.
⠀
2️⃣ Қўлтиқ остининг хидланиши
⠀
– Бунинг учун 100 мл сувда иккита таблеткани суюлтиринг, қўлтиқ ости майдонинига суртиб, бир соат кутиб туринг ва сув билан ювинг. Ушбу протседура даволангунча давом этади.
⠀⠀
3️⃣ Қазғоқ ( бошдаги кепак )
⠀
Шампуннинг бир дозасига қўшилган бир нечта майдаланган аспирин таблеткалари кепекни йўқ қилишга ёрдам беради.
Ayol kim?
«Ayol — erkak unga aziyat bermasligi va uning bir parchasi ekanini unutmasligi uchun erkak qovurg‘asidan yaralgan xilqat.
Ayol — erkak Jannatda yolg‘izlikdan ezilib yurgan vaqtda Alloh taolo unga tuhfa qilgan omonat.
Ayol — erkak xonadonining ko‘rki bo‘lgan onasi, singlisi va jufti haloli.
Ayol — «Niso», «Mujodala», «Nur», «Taloq» va «Maryam» surasi.
Ayol — ona bo‘lganida Jannat qadamlari ostida bo‘ladigan zot.
Ayol — Alloh taolo merosdagi erkak hissasining yarmini unga bergan ojiza. Tahqirlash uchun emas balki, ayolning barcha ishlarini erkak boshqarishi uchun.
Ayol — Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u haqida ummatlariga qarata: «Ayollarga yaxshilik qilishingizni vasiyat qilaman!» – degan beg‘ubor.
Ayol — Robbisi unga: «Ye, ich va ko‘zing quvonsin...» ( Maryam-26) - degan e’zoz.
Ayol — zeb-ziynatlar ichida parvarishlanadigani tuhfa.
Ayol — soliha bo‘lsa, mingta betavfiq erkakdan afzal bo‘ladigan shaffof shisha.
Ish bor.
Samarqand viloyati Pastdargʻom tumani 37-maktabga kimyo fani oʻqituvchisi kerak .
Batafsil ma'lumot uchun:+998933440437
⚡️Umumxalq xayriya hashari 18-mart kuni o‘tkaziladi
Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishi asosida ushbu umumxalq xayriya hashari Navro‘z umumxalq bayrami va muborak Ramazon oyi arafasida hamda tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rish va uyushqoqlik bilan o‘tkazish maqsadida 2023-yil 11-martdan 18-martga ko‘chirildi.
@masofatalim