#bilasizmi
⚡️Bugun 24-mart - haftaning juma kuni. Ushbu sanadagi muhim voqealar bilan tanishing:
🔸Toshkent shahrida Inxa universiteti tashkil etildi
🔸O'zbekiston Respublikasining Chegara qoʻshinlari tashkil etilgan kun
🔸Butunjahon silga qarshi kurash kuni
🔸Depressiyaga qarshi xalqaro kurash kuni
🔸Inson huquqlari va jabrlanuvchilar qadr-qimmatining qo'pol buzilishi bilan bog'liq xalqaro haqiqatni o‘rnatishga bo'lgan huquq kuni
🔸Parovozning tug'ilgan kuni
🔸Xalqaro ko‘zboylog‘ichlar kuni
🔸Xalqaro qumdan yasalgan skulpturalar bayrami
🌙🕋✨РАМАЗОННИНГ 1-ЖУМАСИ МУБОРАК БЎЛСИН!🌙🕋✨
🌟•🌹Қалбимиз тўрида иймон
🌹•🌟порласин
🌟•🌹Мусулмон халқини Аллоҳ
🌹•🌟асрасин
🌟•🌹Бу ғариб қалбимиз нурларга
🌹•🌟тўлсин
🌟•🌹Жума аёмингиз муборак бўлсин!
🌟•🌹Ҳафтанинг муборак кунида
🌹🌟азизлар,
🌟•🌹Қалбингиз иймон нурига
🌹🌟тўлсин.
🌟•🌹Меҳрибон онажон, қадрли
🌹•🌟отам,
🌟•🌹Жума айёмингиз муборак бўлсин!
🌟•🌹Яратган Роббимга ҳамду
🌹•🌟санолар,
🌟•🌹Унинг Расулига бўлсин
🌹•🌟дуолар.
🌟•🌹Исму амалингиз Жаннатда
🌹•🌟турсин,
🌟•🌹Жума айёмингиз муборак бўлсин!
🌙🕋✨РАМАЗОННИНГ 1-ЖУМАСИ МУБОРАК БЎЛСИН!🌙🌙🕋✨
#navroʻz
#mobilograf
#5
Kimyo fakulteti 1-kurs talabasi Nortojiyeva Sevinch
"SamDU jamoasi"ning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari
Telegram | Instagram | Facebook
🌿Ramazon keldi - Ramazon🌙
Allohim bu oyni barchamizga Magʻfirat oyi,
Barokat va Saodat hamda
Mehr-Oqibat oyi qilib ber🤲
Ассалому алейкум. Менинг исмим Шаъбон. Пайшанба куни мени укам Рамазон сизларга мехмонга келади. Ёнида хоними Барокат ва 2 фарзанди Сахарлик ва Ифторлик билан биргаликда 3 набиралари Магфират, Рахмат ва Жаннат хам биргаликда 30 кун давомида сизлар билан бирга булишади. Сунгра фаришталар ила ортга кайтишади. Илтимос укамни яхши кутиб олинг!
Яқинларингизга улашинг! ❤
#navroʻz
#mobilograf
#3
Zayniddinova Adiba - Kimyo fakulteti 1-kurs talabasi
"SamDU jamoasi"ning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari
Telegram | Instagram | Facebook
Самарқанд шаҳри "Мўжиза" амфитеатридаги байрам тадбиридан...
🌐 Web-sayt| 🌏 Telegram| 🎞 YouTube
🏞 Instagram|📂 Facebook|📁 Facebook
📌 Navroʻzi olam muborak!
Yasharish va yangilanish ayyomi, bahorning eng goʻzal bayramlaridan biri hisoblanmish Navroʻz barchamizga muborak boʻlsin!
Bu kunda zamin kun atalmish nonini kecha va kunduzga teng boʻlib ulashadigan kun! Bu kun mehr-oqibat, saxovat kuni, bahoriy kayfiyat tantanasi!
SamDU jamoasi barcha yurtdoshlarimizni Navroʻzi olam bilan samimiy tabriklaydi!
"SamDU jamoasi"ning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari
Telegram | Instagram | Facebook
❗️Dunyo ta'limi haqida qiziqarli faktlar
- Yaponiyada oʻquv yili 1-apreldan boshlanadi. Chunki yaponlar bu oyni hayotning yangi bosqichi boshlanishi uchun eng qulay deb hisoblashadi.
- Xitoyda yozgi taʻtil faqat bir oy davom etadi. Shuningdek ushbu mamlakatda darslar soat 16:00 ga qadar davom etadi. Oʻquvchilar esa soat 21:00 ga qadar yana qoʻshimcha mashgʻulotlarda qatnashishlari mumkin.
- 2003-2004-oʻquv yilida Hindistondagi Montessori maktabida 28 ming bola tahsil olgan. Bu bir maktabda taʼlim oluvchi oʻquvchilar soni boʻyicha jahon rekordi hisoblanadi.
- Dunyodagi eng qimmat maktab Angliyada joylashgan. Ushbu mamlakatdagi aristokratlar uchun moʻljallangan maktabda oʻqish oyiga taxminan 80,000 funt sterling (qariyb 1 mlrd so‘m)ni tashkil qiladi.
- Dunyodagi eng qadimgi universitet Marokashda joylashgan. Ushbu mamlakatdagi Karauin universitetiga 859-yilda asos solingan.
Bolalik xotiralaridan.
Sariq to'rva orqalab bozorga jo'nadik
Odam sotiladigan bozorga
Erk sotiladigan bozorga
Bir kunlik erkimizni sotgani
Bir kunga qul bo'lgani
Kerak bo'lsa sig'ingani
Odamzodga.
Sariq xaltada qotib qolgan
Ikki yarim juft yoqa.
Yoqadan ketmagan hali erk isi.
Bo'yinbog' o'rniga
Uchtasi opalarining to'yi uchun
Biri davolatish uchun otasini
Biri uyini ohaklash uchun
Erkini sotishgan shu yoqalarga.
Ossa bo'ladi unga har qanday boshni.
Balki sotiladi qimmatbahoga.
Hayqiradi qulbozor
"Marhamat erk sotiladi"
"Beton qorish kerakmi amaki"
Aqllimiz u paytlar
Tutatmasdik tamaki.
Arzonga chiqib bo'pman
Egarlashga qimmatlik qilaman.
Ana aroqqa ishlaydigan
Faxsh uchun ishlaydigan
Erksizlarni olib bor.
Men bu yerga
Bekorchilikdan kelib qolganman.
Men boraman deydi bir mullabachcha.
Aralashib ketar hammasi
Savdo boshlanadi
O'z pulingga ovqatlanasanlar
Oshxona qidirish kerak makkayizordan
Quyosh botguncha ishlaysanlar
Ammo quyosh yana chiqib kelaveradi.
Qani va'da
Ey tishining kavagiga qamalib olgan
Badhazmlik ma'budi.
Norizo qaytdik.
oqsoch ijarachining katagiga
Ha ha huddi katakdek edi
Yulduzlarni ko'rmasdik axir
Ketmonga egilaverib qotib qolgan bo'yinlar
Aqalli tik qaratmasdi quyoshga ham.
Ertaga erta chiqamiz qulbozorga.
Va tarqalamiz.
Sotilamiz bir kunga.
Yarim kilo go'sht bahosiga
Ikki kilo erk tashlab qaytamiz
Va shirin tush ko'ramiz qullarga qulligimiz haqida.
Sherzod eslab qoldingmi haligi
Og'ziga Fir'avn tuflagan yaloqbardorni.
Esimda deydi Nurmuhammad
Yuz yildan keyin ham taniymiz uni.
Unda eslab qol yuz yildan keyin
Beda o'rasanlar deb beton tashitgan
Yer ag'darasan deb hayvon ahlatiga uloqtirgan
Xazon yig'ishtirasan deb hojatxona qazdirgan
Yeb to'ymaslarni, ochofatlarni ishlatamiz tomorqamizda.
Tug'ib qo'yguncha jazolaymiz.
Kulgimni qistama Jahongir
Erk-bu pishmay qolgan anjir.
Qaychi qancha keskir bo'lsa
Shuncha pishshiq bo'lar zanjir.
Erk haqida o'ylagandik
Qafas har kun ko'rganimiz.
Qancha horib ishlasak ham
Somon bo'lar o'rganimiz.
Hali yo'lning boshidamiz,
Yo'lkira ham chiqib qolar.
Hamyon to'la oltinni ham
Chayon bir kun chaqib olar.
Kun o'tadi. O'tajakmiz
Egri, to'g'ri yo'lni ko'rgach.
Tushun, to'rva orqalash chun
Bizga yo'lni ravo ko'rgan.
Sanjar Isomiy
#Ilmiy_faoliyat
📌 Samarqand davlat universiteti polimerlar kimyosi va kimyoviy texnologiya kafedrasi mudiri, professor Normurod Fayzullayevning "Umumiy va noorganik kimyo" nomli o'quv qo'llanmasi nashr etildi...
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati.
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Samdu.uz | Telegram | Instagram | Facebook | Samarqanddavlatuniversiteti">You tube
🌿"XUSH KELGIN DUNYOGA MOXI RAMAZON"
Oylarning Sultoni, Afzali o'zing,
Kelishing bir Azon, ketishing Azon,
Tangrim Inoyati sening risq-ro'zing,
Xush kelgin Dunyoga Moxi Ramazon!
O'ldirsa sendagi Sabr o'ldirsin,
Xoli yo'q bo'lsin so'ng rangin so'ldirsin,
Kelishing ko'zlarni yoshga to'ldirsin,
Xush kelgin Dunyoga Moxi Ramazon!
Yoqimli nishini Taqvo sanchadir,
Ko'nglidan shaytonni ezib, yanchadir,
Seni intiq kutgan Dillar qanchadir,
Xush kelgin Dunyoga Moxi Ramazon!
Xar kuning Jannatdan beradir darak,
Qur'ondan Shaytonga otib zambarak,
Laylat-ul Qadring ham bo'lib muborak,
Xush kelgin Dunyoga Moxi Ramazon.
Savobni qoldirsa "Amal" elagim,
Robbimga Duola ochib bilagim -
so'rayman! Sendan ham bitta tilagim -
Xush kelgin Dunyoga Moxi Ramazon!
Oylarning Sultoni, Afzali o'zing,
Kelishing bir qiyin, ketishing Oson,
Robbim Raxmatidir sening risq-ro'zing,
Xush kelgin Dunyoga Moxi Ramazon!
~ Majidov Abdurahmon
@moychechak_ifori🕊
Hammamizga ro'zai ramazon oyi muborak bo'lsin!
Ro'zalarimizni, ibodatlarimizni Allohim o'zi qabul aylasin.
⚡️⏱ #ТАҚВИМ_САМАРКАНД
☪️ Саҳарлик дуоси:
Навайту ан асума совма шаҳри рамазона минал фажри илал мағриби, холисан лиллаҳи таъала Аллоҳу акбар.
☪️ Ифторлик дуоси:
Аллоҳумма лака сумту ва бика аманту ва ъалайка таваккалту ва ъала ризқика афтарту, фағфирли йа ғоффару ма қоддамту ва ма аххорту.
📌 Mobilograflikka qiziquvchi talaba-yoshlar diqqatiga!
Yasharish va yangilanish ayyomi - Navroʻz munosabati bilan Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tomonidan navbatdagi tanlovimizga start beramiz!
Oʻzingizning mobilograflik qobiliyatingizni ishga solgan holda yurtimiz boʻylab keng nishonlanayotgan Navroʻz tantanalarini tasvirga olib, videorolik yarating. @samduyiadmin'ga joʻnating va tanlovda ishtirok eting!
Gʻoliblar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi!
Tanlov uchun ijodiy ishlar 24-mart sanasiga qadar qabul qilinadi.
"SamDU jamoasi"ning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari
Telegram | Instagram | Facebook
#Наврўз
📌 Наврўздан Наврўзгача...
Хуршид Бозоров, СамДУ органик синтез ва биоорганик кимё кафедраси профессори:
– Ҳар йили катта тантаналар билан нишонланадиган Наврўз байрами халқимизни ўзи каби қадимий ва улуғ миллий қадриятлар остида бирлаштириб туради. Эзгулик, хайр-саховат, шафқат ва шафоат айёми бўлган Наврўз байрамининг янгиланиш фасли бўлган баҳорда нишонланишида қандайдир рамзийлик кўраман...
Батафсил : 👉 https://www.samdu.uz/uz/news/41706
Telegram | Facebook
Ramazon — hijriy yil hisobining toʻqqizinchi oyi. Islom dinida Ramazon oyida Alloh Muhammadga Qur’onni vahiy qilgan deb talqin etiladi. Shu sababli, Ramazon muqaddas oy hisoblanadi, bu oy davomida dindorlarga ro'za tutish buyuriladi.
Ramazon — arablarda islomdan avvalgi toʻrt muqaddas oydan biri; dastlab yoz fasliga toʻgʻri kelgan. Islom dini joriy etilishi arafasida Makkada Ramazon oyida yaxshi amallar qilish (tahannus) anʼana boʻlgan. Ramazon oyining 27-kuniga oʻtar kechasi Muhammadga birinchi vahiy kelgan. Ramazonda roʻza tutish hijratdan 17-18 oy keyin, yaʼni qibla tomon oʻzgartirilgandan bir oydan soʻng joriy etilgan.
Ramazon — 1) hijriy yil hisobining 9-oyi. Islom dinida Ramazon oyida Alloh Muhammad (sav)ga Qurʼonni vahiy qila boshlagan, deb talqin etiladi. Shu sababli Ramazon muqaddas oy hisoblanadi, bu oy davomida musulmonlarga roʻza tutish buyuriladi.
Ramazon — arablarda islomdan avvalgi 4 muqaddas oydan biri; dastlab yoz fasliga toʻgʻri kelgan. Islom dini joriy etilishi arafasida Makkada Ramazon oyida yaxshi amallar qilish (tahannus) anʼana boʻlgan. Ramazon oyining 27kuniga oʻtar kechasi Muhammad (sav)ga Qurʼon nozil qilingan (qarang Laylatulkadr). Ramazon oyida roʻza tutish hijraning 2yili joriy etilgan.
Musulmon mamlakatlarida Ramazonga oid marosim va anʼanalar har bir oʻlkaning oʻziga xos urfodatlaridan kelib chiqqan holda oʻtkaziladi.
2) Ramazon munosabati bilan aytiladigan marosim qoʻshigʻi. Ramazon oyida kun botgandan soʻng bolalar koʻchamakoʻcha yurib, har bir xonadon eshigi oldida Ramazon qoʻshigʻini aytishadi. Ramazon qoʻshiklari xonadonga yaxshilik, rizq, farzand, baraka tilash, Ramazonning muqaddas oyligini madh etishdan iborat. Ramazon aytish tugagach, xonadon egalari Ramazon aytuvchilarga non, shirinlik, pul, kiyimlik va boshqa inʼomlar chiqarib berishadi.[1]
Ramazon bilan bogʻliq koʻp sanalar ichida Rasululloh Muhammad (S.A.V)ning nabiralari Husash tavallud topgan kun (6-kun), Muhammad (S.A.V)ning zavjalari Xadicha vafot etgan kun (10-kun), Badr jangi kuni (17-kuni), Muhammad (S.A.V)ning Makkaga kirib kelishlari kuni (19-kun), Ali va imom Ali ar-Rizo vafot etgan kun (21-kun), Ali tavallud topgan kun (22-kun) kabilar eʼzozlanadi. Roʻzaning tugashi iyd al-fitr bayrami bilan nishonlanadi. Turli musulmon mamlakatlarida qadimgi dinlarga oid marosim, bayramlarni Ramazon oyiga toʻgʻri kelib qolishi natijasida Ramazonga oid marosim va anʼanalar ham har bir mamlakatda oʻziga xos oʻtkaziladi.
Рўза китоби.
Китоб мундарижаси:
1. Рамазон рўзасининг фарзлиги ва унинг вақти ҳақидаги боб
2. Кундалик рўзанинг бошланиш ва ниҳояланиш вақти ҳақидаги боб
3. Рўзани бузувчи ишлар ҳақидаги боб
4. Рўзанинг қазосига доир аҳкомлар ҳақидаги боб
5. Кексалик ёки беморлик туфайли рўза тутолмайдиган одамга лозим бўлган нарса ҳақидаги боб
Манба: islamnuri
Саҳифаси: 22 бет.
islamnuri
1-Президентимиз Ислом Каримов ҳаммани Наврўз байрами билан табриклаган эдилар 😊😊😊
🌸Наврўз айёми билан халқим
Бизни кузатиб боринг👇
/channel/uximfak
📌 Mobilograflikka qiziquvchi talaba-yoshlar diqqatiga!
Yasharish va yangilanish ayyomi - Navroʻz munosabati bilan Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tomonidan navbatdagi tanlovimizga start beramiz!
Oʻzingizning mobilograflik qobiliyatingizni ishga solgan holda yurtimiz boʻylab keng nishonlanayotgan Navroʻz tantanalarini tasvirga olib, videorolik yarating. @samduyiadmin'ga joʻnating va tanlovda ishtirok eting!
Gʻoliblar diplom va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlanadi!
Tanlov uchun ijodiy ishlar 24-mart sanasiga qadar qabul qilinadi.
"SamDU jamoasi"ning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari
Telegram | Instagram | Facebook
📌 Ramazon taqvimi-2023
23-mart kuni Ramazon oyi kirib kelishi munosabati bilan Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlangʻich tashkiloti samarqandlik yurtdoshlarimiz uchun "Ramazon taqvimi-2023"ni taqdim etadi!
Barcha ezgu tilaklaringiz ushalsin!
Manba: www.namozvaqti.uz sayti
"SamDU jamoasi"ning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari
Telegram | Instagram | Facebook
#наврўзи_олам_муборак
НАВРЎЗ КЕЛДИ
Юртим узра кезар кўклам шамоли,
Дашт-у қирлар, адир , ўнгирда баҳор
Кўз-кўзлаб борлиққа бутун жамолин
Наврўз келди, мунис-бетакрор
Соҳир табиат ҳам бурканди гулга,
Митти чечаклар ҳам тутар хуш ифор,
Камалак рангларин жойлаб ҳар дилга,
Наврўз келди, дилбар- бетакрор.
Кўнгилнинг куйида жаранг овози,
Хуш тилаклар бўлар ҳар инсонга ёр,
Баҳор ҳам баҳор бўлгандан рози ,
Наврўз келди , хушрўй- бетакрор
Анҳорнинг лабида роз айтар ялпиз,
Саъвалар , қумрилар куйлайди алъёр,
Кўксимиз тўлдириб алланечук ҳис,
Наврўз келди, сулув бетакрор...
Кексалар дуога очиб қўлини ,
Юртга омонликни тилашар изҳор,
Шукурга тўлдириб ўнг- у, сўлини,
Наврўз келди , зебо бетакрор
Юртим узра кезар кўклам шамоли,
Дашт-у қирлар, адир , ўнгирда баҳор
Кўз-кўзлаб борлиққа бутун жамолин
Наврўз келди, мунис-бетакрор
Такрор келди, наврўз бетакрор...