#Yangiliklar
📌 Samarqand davlat universiteti talaba qizlari o'rtasida arqon tortish musobaqasi o'tkazildi.
Undagi natijalarga ko'ra:
1-o'rin sport faoliyati va san'at fakulteti;
2-o'rin matematika fakulteti;
3-o'rinni kimyo fakulteti talabalari qo'lga kiritdi...
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Samdu.uz | Telegram | Instagram | Facebook | You tube
#tayinlov
📌 Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti "Besh tashabbus" loyihalar koordinatori tayinlandi
O`zbekiston Respublikasi Oliy ta`lim, fan va innovatsiyalar vazirligi O`zbekiston Yoshlar ittifoqi markaziy kengashining 2023-yil 29-mart kunidagi "O‘zbekiston yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga binoan, Samarqand davlat universiteti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti kengashining "Besh tashabbus" loyihalar koordinatori etib Matematika fakulteti 3-bosqich talabasi Mardiyev Fayzulla Sayfullayevich tayinlandi.
✊SamDU Yoshlar kengashi jamoasi F.Mardiyevning keyingi ishlarida muvaffaqiyat tilaydi!
"SamDU jamoasi"ning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari
Telegram | Instagram | Facebook
#Tugʻilgan_kun
⚡️ Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!
Bugun Samarqand davlat universiteti organik sintez va bioorganik kimyo kafedrasi dotsenti Dilbar To'rayevaning tug‘ilgan kuni.
Batafsil: 👉 https://www.samdu.uz/uz/news/42743
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Samdu.uz | Telegram | Instagram | Facebook | Samarqanddavlatuniversiteti">Youtube
#Ilmiy_faoliyat
⚡️ Samarqand davlat universiteti fizikaviy va kolloid kimyo kafedrasi mudiri, professor Nurali Muxamadiev, dotsent Qadriddin Xalilov, Qozon milliy tadqiqot texnologiyalar universiteti professori Yuriy Galyametdinov va doktorant (DSc) Alisher Ishankulovlarning “Size-optical characteristics of CdSe/ZnS quantum dots modified by thiol stabilizers” nomli maqolasi Scopus, WoS da indekslanuvchi “journal of sol-gel science and technology” ilmiy jurnalida (IF=2.7; Q2) nashr etildi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Samdu.uz | Telegram | Instagram | Facebook | Samarqanddavlatuniversiteti">Youtube
⏺#OTM #Imkoniyat
🎓 Maktab bitiruvchilarining shahodatnomasidagi 11 yillik ta’limning so‘nggi 6 yillik baholari OTMga kirishdagi balga qo‘shiladi. Baholar elektron platformalar orqali hisoblanadi va DTMning “ABITUR” dasturiga yuboriladi.
📝 Baholarning o‘rtacha ko‘rsatgichi 6-11-sinflardagi yoki 6-9-sinflar va 1-2-bosqichlardagi yillik baholarning umumiy yig‘indisini o‘qitilgan fanlarga bo‘lish orqali chiqariladi.
↔️ Maksimal ball 100 foiz deb olinadi va ballar baho tizimiga quyidagicha o‘tkaziladi:
➡️ 86–100 % uchun – 5 baho;
➡️ 71–85 % – 4 baho;
➡️ 56–70 % – 3 baho;
➡️ 56 % gacha – 2 baho.
🖋 Batafsil ma’lumotni quyidagi havolada o‘qishingiz mumkin.
➡️ http://bit.ly/OTMgaKirish
🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
⚡️Ramazon hayiti munosabati bilan barcha xodimlar ketma-ket 3 kun dam olishi mumkin
5 kunlik ish xaftasida ishlaydigan xodimlar dam olish kunlari:
✅22-aprel ➖ shanba;
✅23-aprel ➖ yakshanba;
✅24-aprel ➖ dushanba (ko'chirilgan dam olish).
Ya'ni 5 kun ishlovchilar uchun dushanba kuni dam, 29-aprel shanba esa ish kuni bo'ladi.
📌 Agar 22-aprel shanba O'zbekiston musulmonlari idorasi ulamolari xulosasi asosida O'zbekistonda Ramazon hayitining 1-kuni sifatida belgilansa, 21-aprel juma kuni kundalik ish (smena) muddati barcha xodimlar uchun kamida 1 soatga qisqartiriladi.
Qora tuynuklar koinotdagi eng qiziqarli va sirli ob'ektlardan biridir. Ular kosmosning nihoyatda zich hududlari bo'lib, ularda tortishish kuchi shunchalik kuchliki, hech narsa, hatto yorug'lik ham qochib qutula olmaydi.
Qora tuynuklar qo'rqinchli tuyulishi mumkin, lekin ular aslida koinotda muhim rol o'ynaydi. Ular galaktikalarni shakllantirishga yordam beradi va hatto yangi yulduzlarni ham yaratishi mumkin. Qora tuynuklarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘ra olmasak-da, ularning yaqin atrofdagi jismlarga ta’sirini kuzatishimiz mumkin, masalan, ular atrofida aylanadigan yulduzlar.Qora tuynukni ichiga tushgan narsa hech qachon qaytib chiqmaydi.Uning ichida nima bo'lishini esa hech kim bilmaydi.Qora tuynukga qancha yaqinlashsangiz siz uchun vaqt sekinroq o'tadi.Ya'ni tasavvur qiling siz qora tuynukka maksimal ichiga tushib ketmasdan yaqinlashdingiz qanchadir vaqtga va keyin yerga qaytib kelsangiz yerda 100 balki 10000ming yil vaqt o'tgan bo'ladi va fizika buni tasdiqlaydi.🐈⬛
2019-yilda olimlar qora tuynukni suratini olishga muvaffaq bo'lishdi endi qora tuynuklar shunchaki teoriyada emas hayotda ham mavjudligi isbotlandi⚡️
🔥🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Kitobxonlar uchun ajoyib yangilik!!!
🇺🇿😎 Samarqand Davlat Universiteti
Yoshlar Ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tashabbusi bilan "Sharq kitobxonlari" klubi tomonidan kitobsevarlar uchun yangi loyiha !
📢" KITOBXONLAR MARAFONI "
📖 " Sharq kitobxonlari " o'z davrasi bilan esda qolarli marafon tashkil etmoqda.
⁉️Qayerda? Qachon?
📅1️⃣8️⃣-aprel ;
⏰️1️⃣5️⃣:0️⃣0️⃣ ;
📍A.S.Pushkin nomidagi viloyat axborot kutubxona markazi.
📚 Barcha kitobxonlarni loyihaga taklif qilamiz!!!
🫵Ha, ha, aynan sizni 🫵
✨️Dunyoni o'zgartirishni o'zimizdan boshlaymiz✨️
Batafsil ma'lumot uchun admin:
@kitobxon_marafon
@Ozoda_Baxromovna
✅Bizni kuzatib boring✅
@sharq_kitobxonlari
⏺4️⃣4️⃣4️⃣
🎓 Talabalarga ikkinchi kursdan boshlab ishlashga ruxsat berish rejalashtirilmoqda
🖋 Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassasalari talabalarini mutaxassisligi bo‘yicha ishlashiga imkoniyat yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasi muhokamalar portaliga joylashtirildi.
➡️ Batafsil ma’lumot: http://bit.ly/Talabalar
💬 Muhokamada ishtirok etish: http://regulation.gov.uz/oz/d/78449
🤝Bizning sahifalarimiz:
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
❕❕❕ "IBRAT Camp" yangi mavsum haqida voice-chat
🇺🇿🇺🇿 Tayyormisiz?
👋 Loyiha qanday tashkil qilinadi, qatnashish shartlari qanaqa? qabul qilish jarayonlarida nimalarga e'tibor beriladi? kabi savollarga voice-chatda javob olasiz.
🌐 Voice-chat mehmoni:
🔹 "Islom Karimov" nomli davlat stipendiyasi sohibi;
🔺 "Yil talabasi-2021" va "Yil talabasi-2022" tanlovining "Eng faol bilimdon talaba" nominatsiyasi g'olibi;
🔹 Iqtisodiyot, Menejment, AKT fanlaridan bir necha karra fan olimpiadasi g'olibi;
🔺 "Hackathon" dasturiy loyihalar tanlovi 2-o'rin sohibi;
🔹 "Ibrat Camp" 3-mavsum ishtirokchisi;
SHOXJAHON SULTANOV
📆 14-aprel
⌛️ 20:00
👍👍 Xabarni loyiha ixlosmandlariga tarqatamiz!
🧒 Voice-chatda ko'rishguncha, kech qolish yo'q!
✅ Bizni ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
🕊Telegram|📱Instagram |📱Facebook
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
⏺Ma'lumki, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashining “O‘zbekiston yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qo‘shma qarori qabul qilingan.
⏺Qaror bilan Yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassasalaridagi boshlang‘ich tashkilotlari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha bir qator vazifalar belgilangan.
⏺Ayni damda Kengash a’zolari, ya’ni, tashkilot koordinatorlari, fakultet koordinatorligiga nomzodlarning dasturlari bilan tanishib chiqilmoqda
Gʻazza shahridagi bir Masjid imomi aytadi: Men tarovehga oʻtadigan Masjidda sindrom (down)ga chalingan bir bola ham namoz oʻqiydi. Uni birinchi safda koʻp koʻraman, hatto uning gohida ovozini koʻtarib gapirishiga ham oʻrganib qoldim.
Gohida esa imomsiz rukuʼ, sajda ham qiladi. Imomning har bir rukuʼdan soʻng: “Samiʼallohu liman hamidah” deganida, u begʻuborlik ila: “Samiʼniy ya Robb” ― (Meni eshit, yo Rabb), sajda qilganimizda esa: “Uhibbuka ya Robb” ― (men Seni yaxshi koʻraman, yo Rabb), deydi.
Namoz tugadi ham, ammo koʻz yoshlarim tugamadi. Koʻz yoshlarimni yashirolmadim. Shunda yonimdagi doʻstim qulogʻimga pichirlab: nima boʻldi senga?, dedi. Men gʻamgin holda: Banda Rabbiga U Zot uni koʻrib turganidek ibodat qilganida haqiqiy itoatkorlikni his qiladi, dedim.
Koʻryapsanmi? Bu miskin bolaning qalbi xuddi chumchuqning nozik inidek, ruhi yosh bolalarning begʻubor ruhi va qaysarligidek tabiiy. U Rabbiga U Zot uni koʻrib turganidek ibodat qilmoqda goʻyo.
Abdulhodiy Yusuf
📌“Biz Korupsiyaga qarshimiz" shiori ostida taʼlim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari ijrosini ta’minlash maqsadida talaba yoshlar va huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari o'rtasida suhbat bo'lib o'tdi.
Читать полностью…📌 Aziz samarqandliklar!
Bugun, 27-aprel kuni Samarqandda taniqli estrada yulduzlari ishtirokida “Uzbek power” deb nomlangan yoshlar festivali oʻtkaziladi.
Unda Oʻzbekiston va Qoraqalpogʻiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist Alisher Fayz, Sevinch Moʻminova, Shohruhxon, Jahongir Poziljonov, Shohruh repper ishtirok etadi.
Barchangizni Samarqand shahridagi “Afrosiyob” stadionida soat 20.00 da boshlanadigan konsertga taklif etamiz.
Kirish bepul.
"SamDU jamoasi"ning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari
Telegram | Instagram | Facebook
#live
📌 SamDU 2-sonli Talabalar turar joyida oʻtkazilayotgan "Yoshlar oqshomi"dan qaynoq lavhalar
Ochiq havoda musiqa sadolari ostida oʻtkazilayotgan "Yoshlar oqshomi" talaba-yoshlarga aʼlo kayfiyat ulashmoqda.
"SamDU jamoasi"ning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari
Telegram | Instagram | Facebook
Assalomu alaykum yaxshimisizlar hammaga xayrli kun hammaga
Ramazon Hayiti Muborak Bo'lsin! 🎉
Juma Muborak!🎊
Ushbu kunlar xayri va barokati sizga bo'lsin!
Allohu akbar! Allohu akbar!
La ilaha illallohu vallohu akbar!
Allohu akbar va lillahil hamd!
@ulugbek_nizamov
Hayit namozi vaqtlari
Ertaga, 21-aprel juma kuni Ramazon hayiti namozi Toshkent vaqti bilan soat 06:00 da, boshqa viloyatlarda namoz vaqtidagi tafovutni inobatga olib o‘qiladi.
🌙 Ramazon hayiti namozini viloyatlarda o‘qiladigan vaqtlari:
1. Andijon — 05:50
2. Buxoro — 06:20
3. Jizzax — 06:10
4. Navoiy — 06:20
5. Namangan — 05:50
6. Samarqand — 06:20
7. Sirdaryo — 06:00
8. Surxondaryo — 06:15
9. Toshkent viloyati — 06:00
10. Toshkent shahri — 06:00
11. Farg‘ona — 05:50
12. Xorazm — 06:30
13. Qashqadaryo — 06:20
14. Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 06:40
#Ilmiy_faoliyat
⚡️ Samarqand davlat universiteti organik sintez va bioorganik kimyo kafedrasi professori Xurshid Bozorovning navbatdagi "Synthesis and Antitumor Activity of Diethyl 2,5-diaminothiophene-3,4-dicarboxylate Derivatives" nomli ilmiy maqolasi Scopus va SCI (Web of Science) ma'lumotlar bazasida indekslanuvchi "Chinese Journal of Organic Chemistry" jurnalida [Q3, Impact Factor = 1.88, CiteScore = 2.5 Chinese Chemical Society, Shanghai] chop qilindi.
⚡️ Maqolada 2,5-diaminotiofen efirini amidlash orqali turli xil inson o’sma hujayralariga qarshi faolligi atroflicha o’rganilgan. Natijada 30 ta yangi bioizoster moddalar sintez qilingan.
⭐️Maqola Xitoy Fanlar Akademiyasi olimlari bilan hamkorlikda tayyorlangan. Ilmiy loyiha rahbari Xurshid Bozorov. Loyiha maslahatchisi professor Haji Akber Aisa.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Samdu.uz | Telegram | Instagram | Facebook | Samarqanddavlatuniversiteti">Youtube
#Ilmiy_faoliyat
⚡️Samarqand davlat universiteti kimyo fakulteti dekani, dotsent Sanjar Tillayev, professorlar Ömer Hazman, Ibrahim Erollarning “Novel Bionanocomposites Containing Green Synthesized Silver NPs of a Carboxymethyl Cellulose‑Based Blend; Thermal, Optical, Biological and Dielectric Properties” nomli maqolasi Scopus, WoS da indekslanuvchi “Journal of Polymers and the Environment” ilmiy jurnalida (IF=4.705; Q1) nashr etildi.
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Samdu.uz | Telegram | Instagram | Facebook | Samarqanddavlatuniversiteti">Youtube
#tugʻilgan_kun
Bugun Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universitet Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti Yoshlar Yetakchisi Allayor Norboyevning tavallud kunlari.
SamDU jamoasi ustozni bugungi ayyomi bilan samimiy qutlab, ularga sogʻlik-salomatlik, quvonch va muvaffaqiyat tilaydi.
"SamDU jamoasi"ning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari
@samdujamoasi
SamDU 2-sonli TTJ da Yoshlar ittifoqi tashabbusi bilan talabalarni boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida talabalar oʻrtasida "Zakovat va shaxmat shashka boʻyicha" bellashuv bo‘lib o‘tdi.Gʻolib boʻlgan jamoalarga sovgʻalar topshirildi
"SamDU Kimyo jamoasi"ning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalar
/channel/uximfak
#ONLAYN_TANLOV
📣Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning maʼnaviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi talaba-yoshlarda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirish maqsadida yangi tahrirdagi Konstitutsiya to‘g‘risidagi qonun loyihasi bo‘yicha “Konstitutsiya meniki, seniki, bizniki! Konstitutsiya o‘zimizniki!” shiori ostida onlayn tanlovini eʼlon qiladi.
✅Onlayn tanlov 2 ta bosqichda o‘tkaziladi. Har bir bosqichda 10 ta testdan iborat.
🔰O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga oid test topshiriqlarini yechishingiz lozim bo‘ladi.
🗓15-aprel kuni soat 19:00da manaviyateduuz telegram kanallarida 1-bosqichi o‘tkaziladi.
⚜️Oliy ta‘lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning maʼnaviy yuksalishiga ko‘maklashish markazi tomonidan diplom va badiiy kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlanadi
☝️Faol bo‘ling, bilimingizni sinab ko‘ring!
📌 A.S Pushkin nomidagi kutubxonada
"Uch avlod uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi. Tadbir talabalar bilan ochiq muloqot tarzida oʻtti talabalar oʻzlari qiziqqan savolariga javob oldi. Tadbirda Sharof Rashidov nomidagi Samarqand davlat universiteti professor-o‘qituvchi va talabalari ishtirok etdi.
"SamDU Kimyo jamoasi"ning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalar
/channel/uximfak
#Yangiliklar
⚡️Samarqand davlat universiteti polimerlar kimyosi va kimyoviy texnologiya kafedrasi mudiri, professor Normurod Fayzullayev va dotsent Noryigit Musulmonovning "Neft va gaz kimyosi" nomli darsligi nashr etildi...
Samarqand davlat universiteti
Axborot xizmati
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Samdu.uz | Telegram | Instagram | Facebook | Samarqanddavlatuniversiteti">Youtube
#Yangiliklar
⚡️ Samarqand davlat universiteti professori Xurshid Bozorovning navbatdagi maqolasi Scopus, SCI va PubMed kabi nufuzli jurnallar bazasida e’lon qilindi…
Samarqand davlat universiteti organik sintez va bioorganik kimyo kafedrasi professori Xurshid Bozorovning navbatdagi "Discovery of novel (E)-1-methyl-9-(3-methylbenzylidene)-6,7,8,9-tetrahydropyrazolo[3,4-d]pyrido[1,2-a]pyrimidin-4(1H)-one as DDR2 kinase inhibitor: Synthesis, molecular docking, and anticancer properties" nomli ilmiy maqolasi Scopus, SCI (Web of Science) va PubMed kabi ma'lumotlar bazasida indekslanuvchi "Bioorganic Chemistry" jurnalida [Q1, Impact Factor = 5.3, CiteScore = 7.1 Elsevier, Amsterdam, Netherlands] chop qilindi.
Batafsil: 👉 https://www.samdu.uz/uz/news/42481
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Samdu.uz | Telegram | Instagram | Facebook | Samarqanddavlatuniversiteti">Youtube
#Zakovat
#2-savol
Britaniyada shifokorlar avgust oyini qotillar mavsumi deb atashadi. Bizda bunday oy deb misol uchun iyunni atasak bo’ladi.
Savol: Aynan kimlar sababli avgust bunday atalishini maksimal aniqlikda yozib bering?
Muallif: A. Omonov.
Javoblar uchun: @Zakovatjavoblar
"SamDU jamoasi"ning ijtimoiy tarmoqdagi rasmiy sahifalari
@samdujamoasi
#Yangiliklar
⚡️ Scopus ma’lumotlar bazasi o‘zi nima? Unda qanday qilib maqola chop etish mumkin?
Samarqand davlat universiteti organik sintez va bioorganik kimyo kafedrasi professori Xurshid Bozorov bilan suhbat
Batafsil: 👉 https://www.samdu.uz/uz/news/42456
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Samdu.uz | Telegram | Instagram | Facebook | Samarqanddavlatuniversiteti">Youtube
❗️Бугун 9-апрель - Соҳибқирон Амир Темур (1336-1405) таваллуд топган кун!
Амир Темур ибн амир Тарағай 1336 йил 9 апрелда Кеш (Шаҳрисабз)нинг Хўжа Илғор қишлоғида дунёга келган. Унинг отаси амир Муҳаммад Тарағай барлос улусига мансуб беклардан, баҳодир жангчи, уламою фузалога ихлосманд, илм аҳлига ҳомий ва иштиёқманд киши бўлган.