Dollarning rasmiy kursi tushdi
Markaziy bank 6-noyabrdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
1 USD 12 774,98 so‘m (– 15,14)
1 RUB 130,14 so‘m (+ 0,11)
1 EUR 13 914,51 so‘m (– 21,60)
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
❗️Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti talabgorlarini tanlash tartibi belgilandi
Hukumat Qaroriga koʻra, talabgorlar 8 ta yoʻnalish — fan, taʼlim, adabiyot, madaniyat, sanʼat, sport, axborot texnologiyalari va jamoatchilik faoliyati boʻyicha tanlovlar orqali saralanadi.
Mukofot ijtimoiy faolligi va isteʼdodi bilan tengdoshlariga oʻrnak boʻlib kelayotgan 14 yoshga toʻlgan va 30 yoshdan oshmagan iqtidorli xotin-qizlarga oʻqish va mehnat faoliyatidagi yutuqlari uchun beriladi.
Yoʻnalishlar boʻyicha har bir oʻringa munosib talabgorlarni tanlash quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
— tuman (shahar) bosqichi — 2-sentyabrdan 20-oktyabrga qadar;
— Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar bosqichi — 21-oktyabrdan 30-noyabrga qadar;
— respublika bosqichi — 1-dekabrdan 31-dekabrga qadar oʻtkaziladi.
Mukofot har yili Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrining 2 nafardan vakillariga — jami 28 nafar talabgorga beriladi.
Sovrindorlarga mukofotlanganlik haqidagi diplom, koʻkrak nishoni hamda BHMning 50 baravari miqdoridagi pul mukofoti har yili 8-mart — Xalqaro xotin-qizlar kuni arafasida tantanali vaziyatda topshiriladi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
⚡️Bishkekda Turkiy dunyo Xartiyasi qabul qilinishi kutilmoqda
Qirgʻiz Respublikasining Bishkek shahrida boʻlib oʻtadigan Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisi yakunida qator qoʻshma qaror va hujjatlar, jumladan, mamlakatimiz tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Turkiy dunyo Xartiyasi qabul qilinishi koʻzda tutilgan.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Erkinjon Turdimov nomzodi Samarqand viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasida navbatdagi masala sifatida viloyat hokimini tasdiqlash masalasi ko’rib chiqildi.
Maslahatlashuvda Prezident tomonidan Samarqand viloyati hokimi lavozimiga Erkinjon Turdimov nomzodi ko’rsatilganligi bildirildi.
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi qarori bilan Turdimov Erkinjon Oqbutayevich nomzodi Samarqand viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
⚡️Xovos tumani hokimining oʻrinbosari 7 yilga ozodlikdan mahrum qilindi
Joriy yilning may oyida DXXning Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi hamda viloyat prokuraturasi xodimlari hamkorligida oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Xovos tumani hokimining oʻrinbosari oʻz xizmat mavqeidan foydalanib, qishloq xoʻjaligi mahsulotlari yetishtirish va eksport qilish bilan shugʻullanuvchi MCHJga tegishli yerlarni hokimlik zaxirasiga olmaslik, aksincha, sugʻorish ishlariga sharoit yaratib berish hamda faoliyatiga hech kim aralashmasligini taʼminlash evaziga 20 ming AQSH dollari talab qilib, oldindan 1000 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan edi.
Hovos tumani hokimi oʻrinbosariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 4-qismi “a” bandi hamda 28,211-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borildi.
Jinoyat ishlari boʻyicha Sardoba tuman sudining hukmiga muvofiq, mazkur mansabdor shaxs 7 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
⚡️Xatirchida hokim yordamchisi oʻz xizmati uchun 10 mln. soʻm pora olgan vaqtida ushlanadi
Navoiy shahrida faoliyat yurituvchi MCHJ rahbari fuqaroga Xatirchi tumanidagi mahalla fuqarolar yigʻinlaridan birining hokim yordamchisi tavsiyanomasi asosida bankdan 100 mln. soʻm miqdorida imtiyozli kredit mablagʻi olib berish evaziga 20 mln. soʻm olgan vaqtida ushlandi. Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, muqaddam sudlangan hokim yordamchisi oʻz xizmati uchun 10 mln. soʻm hamda Xatirchi tumanidagi aksiyadorlik tijorat banki mutaxassisi esa tegishli hujjatlarni tayyorlab, kredit mablagʻi ajratib berish evaziga 2 mln. soʻm olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda mazkur shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 211-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
⚡️DXX: tuman hokimlari oʻrinbosarlari va yordamchilarining noqonuniy harakatlariga chek qoʻyildi
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
⚡️Tadbirkorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirish, tekshiruvlarni tartibga solishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqildi
Unga koʻra, 2025-yil 1-yanvardan boshlab bitta huquqbuzarlik uchun bitta javobgarlik chorasini belgilash nazarda tutilmoqda. Jumladan, tadbirkorlik faoliyatini yakka tartibdagi tadbirkor sifatida roʻyxatdan oʻtmasdan amalga oshirganlik uchun moliyaviy jarima bekor qilinmoqda.
Shuningdek, raqamli markirovkalash qoidalarini hamda fiskal belgilarni aks ettirish tartibini buzish, xodimlar sonini yashirish uchun maʼmuriy javobgarlik bekor qilinadi.
Nizolar hal qilinishini yengillishtirish maqsadida 2025-yil 1-martdan sudda ish yuritish taraflar kelishuvi bilan tugatilganda davlat bojining bir qismini qaytarib berish tartibi joriy etiladi.
Tadbirkorlar faoliyatini nazorat qilishga vakolatli organlar va ularning nazorat sohalari roʻyxati tasdiqlanadi. Bunda, roʻyxatda yoʻq masalalar boʻyicha tadbirkorlar faoliyatini tekshirish taqiqlanadi. Tadbirkorlar faoliyatida oʻtkaziladigan barcha tekshiruvlar “Yagona davlat nazorati” axborot tizimi orqali xabardor etish tartibida amalga oshiriladi.
2025-yil 1-yanvardan boshlab, tekshiruvlar “Xavfni tahlil qilish” elektron tizimi doirasida tadbirkorlarni 3 ta toifaga ajratgan holda oʻtkaziladi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
⚡️DXX: Qashqadaryo, Navoiy, Buxoro va Sirdaryo viloyatlarida advokatlarning noqonuniy qilmishlari fosh etildi
Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan joylarda oʻtkazilgan tezkor tadbirlar davomida bir nechta advokatlarning noqonuniy harakatlariga chek qoʻyildi.
Jumladan,
▫️JIB Dehqonobod tuman sudida koʻrilayotgan jinoyat ishidagi ayblanuvchiga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo tayinlanishida sud tizimidagi tanishlari orqali yordam berish evaziga 4 ming AQSH dollari olgan vaqtida mazkur tumanda faoliyat yurituvchi advokatlik byurosi advokati D.A. ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
▫️Karmana tumanida oʻtkazilgan tezkor tadbirda esa Navoiy shahrida faoliyat yurituvchi advokatlik firmasi advokati X.A. Jinoyat Kodeksining 246 va 273-moddalari bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻyicha ayblanuvchiga nisbatan mansabdor tanishlari orqali yengil jazo tayinlatib, uni ozodlikka chiqartirib berish evaziga 20 mln. soʻm va 500 AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.
▫️Vobkent tumanida kuzatilgan holatda, mahalliy advokatlik byurosi advokati N.Gʻ. Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan aybdor deb topilgan fuqaroga nisbatan mazkur tuman sudining 3 yil 6 oy muddatga ozodlikni cheklash boʻyicha chiqargan hukmini oʻzining mansabdor tanishlari orqali 1 yil 2 oy muddatda yakunlatib berish evaziga 1200 AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.
▫️Qarshi shahrida faoliyat yurituvchi advokatlik firmasining muqaddam sudlangan advokati B.A. ham fuqarolik ishlari boʻyicha tumanlararo sudda koʻrib chiqilayotgan er-xotin oʻrtasidagi nikohni vakolatli tanishlari orqali bekor qildirib berish evaziga 1100 AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi.
▫️Shirin shahrida faoliyat yurituvchi advokatlik firmasi advokati B.Q. Jinoyat Kodeksining 270-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi boʻyicha ayblanuvchiga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazo tayinlanishida sud organlaridagi mansabdor tanishlari orqali yordam berish evaziga 800 AQSH dollari va 2,5 mln. soʻm olgan vaqtida ushlandi.
Hozirda mazkur advokatlarga nisbatan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
❗️Toshkentda 5-noyabr soat 00:00 dan boshlab issiqlik manbalaridan issiqlik muhitining aylanma harakati yo‘lga qo‘yiladi.
Muvofiq ravishda, 7-noyabrdan boshlab issiqlik energiyasi bilan bosqichma-bosqich ta’minlash ishlari boshlanadi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
⚡️DXX: Toshkent viloyatida giyohvandlik vositalarining
noqonuniy aylanmasiga chek qoʻyildi
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya Hukumati Raisining oʻrinbosari Dmitriy Chernishenko boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Rossiya delegatsiyasi tarkibida uchrashuvda vazirlar Aleksey Chekunkov va Sergey Kravsov ham qatnashdi.
Oliy darajadagi kelishuvlarga muvofiq Oʻzbekiston-Rossiya koʻp qirrali munosabatlarini yanada kengaytirishning dolzarb masalalari koʻrib chiqildi.
Suhbat davomida ikki mamlakat oʻrtasidagi taʼlim va gumanitar almashinuvni kengaytirishga alohida eʼtibor qaratildi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Navoiy infratuzilmasi bilan bogʻliq masalalar ham muhokama qilindi.
Masalan, Zarafshon shahri aholisi 2-3 yilda 100 mingdan oshadi. Shu bois, Zarafshon hududini Tomdi tumani hisobidan 2 ming gektarga kengaytirib, 150 ming aholi uchun sharoit yaratish zarurligi qayd etildi.
Zarafshon shahri, Uchquduq va Tomdi tumanlarida jami 200 ming aholi yashaydi. Ular Toshkent shahriga kelish uchun avval avtomobilda 250-300 kilometr yoʻl yurib, Navoiy shahriga boradi. Keyin esa, bu yerdan poyezd yoki samolyotga oʻtirib, poytaxtga borishga majbur boʻlayapti.
Zarafshon shahridagi 80-yillarda qurilgan aeroport esa hozirda ishlamayapti. Ushbu aeroport faoliyatini qayta tiklash masalasini oʻrganib, tegishli takliflar kiritish topshirildi.
Masʼullar oldiga ijtimoiy infratuzilma va kommunikatsiya tarmoqlarini qish mavsumiga sifatli tayyorlash, kamchiliklarni bartaraf etish vazifasi qoʻyildi.
Mutasaddilarga ayollarni kasbga oʻqitish, bandligini taʼminlash, yoshlar bilan ishlashni yaxshilash yuzasidan topshiriqlar berildi.
Hududi 11 million gektar boʻlgan Navoiyda bor-yoʻgʻi 100 ming gektarga ekin ekilayapti. Yaylovlarning 43 foizi Navoiyda joylashgani bilan respublikadagi chorva mahsulotining 5 foizini ham bermaydi.
Navoiyda 23,5 ming gektar, shundan 1,7 ming gektar sunʼiy havzada baliq yetishtiriladi. Lekin, atigi 15 foizi intensiv boʻlgani uchun hosildorlik gektariga 2-3 tonnadan oshmayapti.
Yoki, 100 ming gektar suvli yerning 72 foizi nasosda sugʻoriladi. Nasoslarning aksariyati eskirgan va energiya sarfi yuqori. Shunga qaramasdan, viloyatning 50 ming gektarida suv tejovchi texnologiyalar bor, xolos.
Karmana, Konimex, Qiziltepa, Nurota va Xatirchi tumanlarida bu boradagi ishlar sustligi koʻrsatib oʻtildi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Navoiyda haligacha kambagʻal oilalar borligi shuncha yirik korxonasi bor viloyatga yarashmasligi koʻrsatib oʻtildi.
Mutasaddilarga chetga ishlashga ketgan odamlar bilan gaplashish, ularning oila aʼzolaridan xabar olish, daromadini oshirish uchun sharoit yaratish topshirildi.
Bu masalalarga jiddiy qaramagan rahbarlarga xulosa ham jiddiy boʻlishi qayd etildi.
Kichik biznes, qishloq xoʻjaligi, chorvachilik va baliqchilikda mavjud imkoniyatlarni ishga solib aholi daromadini oshirish, 4 ta tuman tajribasi asosida 140 ming aholini band qilish, kelgusi yilda Navoiyga 500 ming xorijiy turistni jalb qilib, eksportni 150 million dollarga yetkazish boʻyicha topshiriqlar berildi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
❗️Qirg‘iz Respublikasining “Dostuk” chegara bojxona postida texnik ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli, Andijon viloyati bojxona boshqarmasining “Do‘stlik” chegara bojxona posti orqali 2024-yil 6-noyabr kuni yuk va yengil transport vositalarining harakati vaqtinchalik to‘xtatiladi.
Shu kun davomida yengil avtotransport vositalari uchun Andijondagi “Xonobod” chegara bojxona posti, yuk avtotransport vositalari uchun esa Namangandagi “Uchqo‘rg‘on” chegara bojxona posti orqali harakatlanish imkoniyati mavjud.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Joʻrabek Rahimov nomzodi Xorazm viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi
Bugun xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi. Unda Rahimov Joʻrabek Rahimovich Xorazm viloyati hokimi lavozimiga bir ovozdan tasdiqlandi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Oʻzbekiston Prezidenti Turkiy davlatlar sammitida ishtirok etadi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarovning taklifiga binoan Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun 5–6-noyabr kunlari amaliy tashrif bilan Bishkek shahrida boʻladi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Isteʼdodli shoir Mansur Jumayev vafot etdi
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi jamoasi isteʼdodli shoir, uyushma aʼzosi Mansur Jumayevning vafoti munosabati bilan oilasi va yaqinlariga chuqur hamdardlik bildirdi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
⚡️Shahrixonda ham hokim yordamchisi 9 mln. soʻm pora olgan vaqtida ushlandi
Davlat xavfsizlik xizmatining boʻyicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda viloyat ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Shahrixon tumanidagi mahalla fuqarolar yigʻinlaridan birining hokim yordamchisi oʻz xizmat mavqeidan foydalangan holda, tadbirkorlik bilan shugʻullanmoqchi boʻlgan fuqaroga bankdan 100 mln. soʻm miqdorida imtiyozli kredit mablagʻi ajratilishida yordam berish evaziga 9 mln. soʻm olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Hozirda hokim yordamchisiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168 va 214-moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
⚡️Dehqonobod tumani hokimining oʻrinbosari 5 ming dollar pora olgan vaqtida ushlandi
Dehqonobod tumani hokimining oʻrinbosari tumandagi Qorashina shaharchasini obodonlashtirish doirasida qurilgan obyektni foydalanishga qabul qilish dalolatnomasiga imzo qoʻyish evaziga tuman hokimligining maʼmuriy binosi yonida 5 ming AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi. Shuningdek, tezkor tadbir davom ettirilib, mazkur obyektdagi kamchiliklarni solishtirma dalolatnoma rasmiylashtirish yoʻli bilan bartaraf etib berish evaziga 15 mln. soʻm olgan vaqtida Qashqadaryo viloyati hokimligi huzuridagi “Yagona buyurtmachi xizmati injiniring kompaniyasi” davlat unitar korxonasi yetakchi mutaxassisi ham qoʻlga olindi.
Hozirda hokim oʻrinbosari hamda davlat unitar korxonasining yetakchi mutaxassisiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev elektr energetikasi sohasini transformatsiya qilish, hududlardagi elektr tarmoqlari boshqaruviga xususiy operatorlarni jalb qilish masalalari boʻyicha yigʻilish oʻtkazdi.
▫️Oxirgi besh yilda elektr energiyasi ishlab chiqarishga 4 milliard 300 million dollar investitsiya kirib keldi, 5,7 gigavatt yangi quvvatlar yaratildi.
▫️Tarmoqdagi 4 ta korxona – “Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari”, “Hududiy elektr tarmoqlari”, “Issiqlik elektr stansiyalari” hamda “Oʻzbekgidroenergo” aksiyadorlik jamiyatlari xalqaro kredit reytingini olishga erishdi.
▫️Taqsimlash tarmoqlarini xususiy sheriklik asosida investorlarga berib, ularni modernizatsiya qilishga 4 milliard dollar investitsiya jalb qilish mumkin. Shu maqsadda kelgusi yilda Samarqand, Jizzax va Sirdaryodagi tarmoqlar boshqaruviga xususiy operatorlarni jalb etish rejalashtirilmoqda.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Prezident Shavkat Mirziyoyev 4-noyabr kuni tadbirkorlarning huquqiy himoyasini kuchaytirishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Dollarning rasmiy kursi tushdi
Markaziy bank 5-noyabrdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.
1 USD 12 790,12 so‘m (– 4,90)
1 RUB 130,03 so‘m (– 1,59)
1 EUR 13 936,11 so‘m (+ 42,00)
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
#TAYINLOV
Oybek Eshonov — O‘zbekistonning Indoneziyadagi elchisi etib tayinlandi.
Bunga qadar u TIVning Janubiy Osiyo, Yaqin, O‘rta Sharq va Afrika mamlakatlari bilan hamkorlik boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida ishlagan. 2008-yildan 2017-yilgacha O‘zbekistonning Isroildagi elchisi boʻlgan.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Fermerlarga tazyiq o‘tkazgan Boyovut tumani hokimiga intizomiy jazo chorasi ko‘rish uchun taqdimnoma kiritildi
Kuni kecha Boyovut tumani hokimligi mutasaddilari tomonidan fermerlarga zo‘ravonlik ishlatishi, yer uchastkalarini topshirish to‘g‘risida ko‘rsatma berishi holatlari ayrim mansabdorlarning noqonuniy xatti-harakatlarini ko‘rsatmoqda.
Sodir etgan xatti-harakatlar Sirdaryo viloyati hokimligi Odob-axloq komissiyasi yig‘ilishida keskin tanqidiy muhokama etilgan va Boyovut tumani hokimi Dilfuza Uralovaga nisbatan tegishli tartibda intizomiy jazo choralarini ko‘rish uchun viloyat hokimiga taqdimnoma kiritilgan.
"Shu bilan birga, hududlarda fermerlar faoliyatiga noqonuniy aralashuv, ularga zo‘ravonlik qilish, mol-mulklarini erkin tasarruf etishga to‘sqinlik qilish holatlarini keskin qoralaymiz, mansabdor shaxslarni qonunlarga rioya etishga, O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasini bu borada qat’iy nazorat o‘rnatishga chaqiramiz",— deyiladi O‘zLiDeP bayonotida.
Prezidentning Navoiyga tashrifi: viloyat iqtisodiyotni oʻstirish, investitsiya, eksport va pirovardida odamlarning daromadini koʻpaytirish va maʼnaviyatini yukslatirishda namuna boʻlishi uchun barcha imkoniyatlar ishga solinadi
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Shu munosabat bilan paxtachilikda urugʻ sifati va texnologini yangilash, hosildorlikni 70 sentnerga chiqarish, 20 ming gektar yerlarni foydalanishga kiritish, 7 ming gektar bogʻ va tokzorlarni yangilash, hamma suvli yerlarni toʻliq lazerli tekislab, takroriy ekin sifatida 10 ming gektarda kungaboqar yetishtirish zarurligi koʻrsatib oʻtildi.
Har yili 350 ming gektar yaylovga dron bilan iqlimga mos ozuqa ekinlari, dorivor va ziravorlar urugʻlarni sepish hamda 50 ming aholiga boʻlib berish vazifasi qoʻyildi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
⚡️Prezident ayrim hududlarda kartoshka va goʻsht narxi oʻsganiga eʼtibor qaratdi
Zaxira qilish ishlaridagi kamchiliklar uchun ayrim hududlarda kartoshka va goʻsht narxi oʻsganiga eʼtibor qaratildi. 18 ta tuman va shaharda bozorlarni goʻsht, kartoshka, sabzi, piyoz va guruch bilan uzluksiz taʼminlashda sustkashlikka yoʻl qoʻyilayotgani, oziq-ovqat jamgʻarmalari uchun Sirdaryo, Xorazm va Toshkent shahrida mahalliy byudjetdan mablagʻ ajratilmagani tanqid qilindi.
Bosh prokuratura, Raqobat qoʻmitasi va boshqa masʼul idoralarga zaxira yaratish va narx ustidan monitoring qilish boʻyicha hududiy ishchi guruhlar tuzish, narx eng yuqori oʻsgan tuman va shaharlarda bozorlarni barqarorlashtirish boʻyicha tezkor choralar koʻrish topshirildi.
Viloyat, tuman va shahar hokimlari oldiga 620 ming tonna mahsulot zaxirasini yaratish vazifasi qoʻyildi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz
Kichik GESlar “sanoat ipotekasi” asosida tadbirkorlarga beriladi
Prezident mahalliylashtirish masalasida mutasaddilar korxonalar bilan yaqindan hamkorlik qilishi zarurligini koʻrsatib oʻtdi.
Tadbirkorlarimizga kerakli standartlar yetkazilsa, import boʻlayotgan mahsulotlarni bemalol oʻzimizda chiqarish mumkinligi koʻrsatib oʻtildi. Minglab ish oʻrni ham yaratiladi.
Daryo, soy va kanallarni betonlash, kichik GES qurishga ham xususiy sektorni faol jalb qilish muhimligi taʼkidlandi.
Kichik GESlar “sanoat ipotekasi” asosida tadbirkorlarga beriladi. Bu suv boʻylarida zamonaviy savdo va servis obyektlari ham tashkil qilinadi. Bu Navoiy tajribasi boʻladi.
Kanalga ulanish:
➖@uzauz