uzauz | Unsorted

Telegram-канал uzauz - UzA | Tezkor xabarlar

28092

Ушбу каналда Ўзбекистон Миллий ахборот агентлигининг тезкор хабарлари бериб борилади Асосий телеграм канал: @uza_uz Сайт: www.uza.uz •facebook.com/uzauz •instagram.com/uza.uz •twitter.com/uzauz •лотин ёзувида: @uzauzlot

Subscribe to a channel

UzA | Tezkor xabarlar

Bunyod Rajabov Urganch shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi

Bugun Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi. Sessiyada Rajabov Bunyod Madirimovich Urganch shahar hokimi lavozimiga bir ovozdan tasdiqlandi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Murotjon Azimov Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi

Bugun Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi oʻtkazildi. Unda Prezident tomonidan koʻrsatilgan nomzod – Azimov Murotjon Berdialiyevich nomzodi Qashqadaryo viloyati hokimi lavozimiga bir ovozdan tasdiqlandi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Xayrullo Bozorov Fargʻona viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi

Bugun Xalq deputatlari Fargʻona viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi oʻtkazildi. Unda Prezident tomonidan koʻrsatilgan nomzod – Bozorov Xayrullo Hayitboyevich Fargʻona viloyati hokimi lavozimiga bir ovozdan tasdiqlandi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Bishkek shahriga amaliy tashrifi yakuniga yetdi.

Aeroportda davlatimiz rahbarini Qirgʻiziston Vazirlar Mahkamasi Raisi Aqilbek Japarov kuzatib qoʻydi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Dilmurod Ergashev Navoiy shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi

Bugun Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Ergashev Dilmurod Bekmuradovich Navoiy shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

❗️Jismoniy shaxslar saqlanishi taqiqlangan yovvoyi hayvonlar roʻyxati tasdiqlandi

Hukumat qaroriga koʻra, 2025-yil 1-yanvardan boshlab:

— (rasmlardagi) roʻyxatda keltirilgan yovvoyi hayvonlarni jismoniy shaxslar tomonidan yarim erkin sharoitlarda, sunʼiy muhitda yoki tutqunlikda saqlash;

— yovvoyi hayvonlardan davlat yoki mobil sirklarida tomoshalar oʻtkazish maqsadida foydalanish va ularni tutqunlikda saqlash taqiqlanadi.

▫️Roʻyxatga kiritilgan yovvoyi hayvonlar Ekologiya vazirligining ruxsatnomalari asosida belgilangan tartibda faqat yuridik shaxslar tomonidan tashkil etilgan hayvonot bogʻlari va pitomniklarda (terrarium, okeanarium, serpentariy va boshqalar) saqlanishi mumkin.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Donald Trampga Amerika Qoʻshma Shtatlari Prezidenti saylovida gʻalaba qozongani munosabati bilan tabrik yoʻlladi.

Tabrik matni — https://uza.uz/posts/654254

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida:

▫️Turkiy davlatlarning strategik sheriklik, abadiy doʻstlik va qardoshlik toʻgʻrisidagi shartnomani qabul qilish taklif etildi.

▫️Moliyaviy instrumentlarni joriy etish, Turkiy investitsiya fondi faoliyatini faollashtirish va Turkiy taraqqiyot bankini tashkil etish zarurligi taʼkidlandi.

▫️Turkiy investitsiya forumini tashkil etish va uning birinchi yigʻilishini Oʻzbekistonda oʻtkazish taklif qilindi.

▫️Transport yoʻlaklaridan samarali foydalanish, Oʻrta yoʻlak boʻyicha tranzit tariflarini maqbullashtirish, chegaralarni kesib oʻtish jarayonlarini soddalashtirish, zamonaviy logistika tizimlari va qoʻshma operatorlarni yaratish yana bir ustuvor masala sifatida belgilandi.

▫️Sammit yakunida Bishkek deklaratsiyasi, mamlakatimiz tashabbusi bilan ishlab chiqilgan Turkiy dunyo xartiyasi, shuningdek, hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari boʻyicha qator kelishuvlar qabul qilindi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Bishkek shahrida Turkiy davlatlar tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etdi.

Qirgʻiz Respublikasi Prezidenti Sadir Japarov raisligida oʻtgan tadbirda Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev, Qozogʻiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan, Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban va Turkiy davlatlar tashkiloti bosh kotibi Kubanichbek Omuraliyev ham qatnashdi.

Kun tartibiga muvofiq, tashkilot doirasidagi koʻp qirrali hamkorlikning holati va istiqbollari yuzasidan fikr almashildi, amaliy sheriklikning dolzarb masalalari muhokama qilindi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Normat Tursunov Navoiy viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi

Bugun xalq deputatlari Navoiy viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi boʻlib oʻtdi. Unda Tursunov Normat Tulkunovich bir ovozdan Navoiy viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

❗️Xalq tabobati yoʻnalishida ruxsat etilmagan usullarda davolash xizmatlarini reklama qilish taqiqlandi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritildi.

Unga koʻra, fuqarolarga tibbiy tashxis qoʻyish va ularni davolash xizmatlarini xalq tabobati sohasidagi faoliyat bilan shugʻullanish huquqiga ega boʻlmagan shaxs tomonidan koʻrsatganlik, shuningdek, xizmatlarni xalq tabobati yoʻnalishida ruxsat etilmagan usullarni qoʻllagan holda moddiy qimmatliklar olish yoki mulkiy manfaatdor boʻlish evaziga koʻrsatganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilanmoqda.

Mazkur xizmatlarni omma oldida targʻib qilganlik uchun ham maʼmuriy javobgarlik oʻrnatilmoqda.

Shuningdek, xalq tabobati yoʻnalishida ruxsat etilmagan usullarni qoʻllagan holda fuqarolarga tashxis qoʻyish va ularni davolash xizmatlarini reklama qilish taqiqlanmoqda.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Xorijga chiqish biometrik pasportini pochta xizmati orqali yetkazib berish xizmati yoʻlga qoʻyiladi — Prezident Qarori.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Nogironligi boʻlgan shaxslarni sportga jalb etishga qaratilgan takliflar ham koʻrib chiqildi

▫️Davlat sport maktablarida adaptiv sport boʻyicha guruhlar tashkil etish, mahallalardagi maydonchalarni nogironligi boʻlgan shaxslarga ham moslashtirish taklif etilmoqda.

▫️“ERP-sport” elektron tizimida nogironligi boʻlgan shaxslarning alohida hisobini yuritish orqali ularning imkoniyatiga mos sport turlari avtomatik aniqlanadi.

▫️Reabilitatsiya markazlarida jismoniy terapiya, mexanoterapiya, fizioterapiya kabi zamonaviy reabilitatsiya usullarini qoʻllash kengaytiriladi.

▫️Adaptiv jismoniy tarbiya va sport mutaxassislarini tayyorlashga ham eʼtibor kuchaytiriladi. Bu yoʻnalishda xalqaro musobaqalarda gʻolib boʻlganlar hamda ularning murabbiylarini moddiy ragʻbatlantirish tizimi joriy qilinadi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni tarbiyalash, nogironligi boʻlgan shaxslarni sportga jalb etishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️Zangiotada soliq inspeksiyasi xodimi pora bilan ushlanib, qamoqqa olindi

Toshkent viloyati, Zangiota tuman soliq inspeksiyasining shoʻba boshligʻi vazifasini bajaruvchi shaxs qurilish mollari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan oilaviy korxonaning faoliyatiga rahnamolik qilish va 1 yil davomida tekshiruv oʻtkazmaslik evaziga 1200 AQSH dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Mazkur mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universiteti tomonidan Janubiy Koreyada tashkil etilayotgan konferensiya va koʻrgazma haqidagi maqolalar Koreyaning Herald Economy, Asian Economy, Electronic newspaper kabi taniqli nashrlarida eʼlon qilindi.

Ma'lumot oʻrnida: shu kunlarda TATU tomonidan Janubiy Koreyaning Kukmin universitetida quyidagi tadbirlar oʻtkazilmoqda:

▫️YUNESKO Bosh konferensiyasi 43-sessiyasining Samarqand shahrida oʻtkazilishiga doir targʻibot tadbirlarini yuqori saviyada oʻtkazish, mamlakatimizda raqamli texnologiyalar sohasida amalga oshirilayotgan ilmiy va amaliy ishlarni xorijiy hamkorlar hamda olimlar doirasida keng targʻib qilishga qaratilgan koʻrgazma;

▫️AQSHning Elektrotexnika va elektronika muxandislari instituti bilan hamkorlikda tashkil etib kelinayotgan “International Conference on Information Science and Communications Technologies: Applications, Trends and Opportunities - ICISCT 2024” xalqaro konferensiyasi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Valijon Adizov Karmana tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi

Bugun Xalq deputatlari Karmana tumani Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda Adizov Valijon Yusupovich Karmana tumani hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezidentimizning Bishkekka tashrifi yakunlandi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

❗️Ayrim texnik vositalar soliq va bojdan ozod qilinadi

Prezident tomonidan imzolangan Qonun bilan Soliq hamda Bojxona kodekslariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi.

Qonun bilan Soliq kodeksiga maxsus vakolatli davlat organi tomonidan olinadigan tezkor qidiruv tadbirlari tizimi texnik vositalarining respublika hududiga olib kirilishini soliq solishdan ozod qilishni nazarda tutuvchi qoʻshimchalar, shuningdek, mazkur texnik vositalar aksiz soligʻi solinadigan obyekt hisoblanmasligiga doir qoʻshimcha kiritilmoqda.

Bojxona kodeksiga yuqorida koʻrsatilgan texnik vositalarni boj toʻlashdan ozod qilish tarzida tarif imtiyozlari berilishini nazarda tutuvchi qoʻshimcha kiritilmoqda.

Shuningdek, harbiy xizmat nazarda tutilgan boshqa idoralar harbiy yuklarining bojxona rasmiylashtiruvi uchun bojxona yigʻimini toʻlashdan ozod qilinadi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Shavkat Umurzakov Toshkent shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi

Bugun Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi bo'lib o‘tdi. Unda Prezident tomonidan taqdim etilgan nomzod – Umurzakov Shavkat Buranovich Toshkent shahar hokimi lavozimiga tasdiqlandi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Davlatimiz rahbari Turkiy davlatlar tashkiloti sammitida muhim tashabbuslarni ilgari surdi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Dollarning rasmiy kursi oshdi

Markaziy bank 7-noyabrdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 786,98 so‘m (+ 12,00)
1 RUB 130,27 so‘m (+ 0,13)
1 EUR 13 753,68 so‘m (– 160,83)

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Davlatimiz rahbari oʻz nutqida siyosat va xavfsizlik masalalarida muloqotlarni tizimli davom ettirish, tashkilotga aʼzo mamlakatlarning umumiy manfaatlaridan kelib chiqib, xalqaro muammolar boʻyicha yakdil va aniq pozitsiyani faol ilgari surish maqsadga muvofiqligini taʼkidladi.

Gʻazo sektori va Livandagi misli koʻrilmagan gumanitar fojia, tinch aholiga qarshi vayronkor hujumlar, ayniqsa, begunoh bolalar, keksalar va ayollar qurbon boʻlayotgani alohida qayd etildi. Shu munosabat bilan BMTning Falastin qochoqlariga yordam berish boʻyicha maxsus agentligi faoliyatini cheklashga qaratilgan harakatlar qoralandi.

Mazkur koʻp yillik nizoning yagona yechimi – xalqaro meʼyoriy hujjatlar va rezolyutsiyalarga muvofiq 1967-yildagi chegaralar asosida, poytaxti Sharqiy Quddus boʻlgan mustaqil Falastin davlatini tuzish ekani taʼkidlandi.

Keyingi hafta Ar-Riyod shahrida oʻtadigan arab-musulmon davlatlari sammitida bu muammoga konstruktiv siyosiy yechim topilishiga umid bildirildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Ergash Saliyev Jizzax viloyati hokimi lavozimiga tasdiqlandi

Bugun Xalq deputatlari Jizzax viloyati Kengashining yettinchi chaqiriq birinchi sessiyasi oʻtkazildi. Unda Saliyev Ergash Alibekovich Jizzax viloyati hokimi lavozimiga bir ovozdan tasdiqlandi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Bishkek shahriga keldi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️DXX: Chirchiq shahar hokimining oʻrinbosari 1 mln. AQSH dollari olgan vaqtida ushlandi

DXX xodimlari tomonidan Bosh prokuratura huzuridagi Departament bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda, Toshkent viloyati Chirchiq shahar hokimining oʻrinbosari xizmat mavqeidan foydalangan holda, klaster shaklidagi savdo majmuasi tashkil etish uchun 40 mln. AQSH dollari miqdorida investitsiya kiritish sharti bilan, shahar hokimligi zaxirasidagi 20 gektar yer maydonini auksion savdoga chiqartirib, yutib berish va 49 yil muddatga yerga egalik qilish huquqini rasmiylashtirishda koʻmaklashish evaziga 2 mln. AQSH dollari talab qilib, oldindan 1 mln. AQSH dollarini oʻzining haydovchisi orqali olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda xizmat mavqeidan foydalanib, juda koʻp miqdorda pora olgan hokim oʻrinbosariga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi va qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Qirgʻizistonga keldi

“Manas” xalqaro aeroportida oliy martabali mehmonni Qirgʻiz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Raisi Aqilbek Japarov va boshqa rasmiylar kutib oldi.

Tashrif doirasida ertaga davlatimiz rahbari Turkiy davlatlar tashkilotining navbatdagi sammitida ishtirok etadi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni tarbiyaga berish va ularga ijtimoiy xizmat koʻrsatishga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqildi

▫️Bolani tarbiyaga berishda oila muhitini saqlab qolishga ustuvorlik beriladi. Bunda avvalo vasiylik, homiylik yoki farzandlikka berish qoʻllab-quvvatlanadi. Ixtisoslashtirilgan muassasaga eng soʻnggi chora sifatida joylashtiriladi.

▫️Farzandlarni oilaning kambagʻalligi tufayli Mehribonlik va Bolalar uylariga joylashtirish amaliyoti bekor qilinadi. Kambagʻal oila vakillari ishga joylashgan taqdirda, bolasi uch yoshga toʻlguncha bogʻcha xarajatlari uchun Ijtimoiy himoya jamgʻarmasidan kompensatsiya beriladi.

▫️Bolalar uylarida “Onalar maskani” tashkil etilib, unda bolasidan voz kechmoqchi boʻlgan onalar joylashtiriladi. Ularga ijtimoiy, huquqiy, psixologik va tibbiy xizmatlar koʻrsatiladi, onalik koʻnikmalari oʻrgatiladi hamda kasb egallashiga koʻmaklashiladi.

Bu kabi xizmatlarni tashkil kilishda nodavlat tashkilotlari ham keng jalb qilinadi.

▫️Ogʻir hayotiy vaziyatga tushgan bolalar tarbiyaga berilguniga qadar “Inson” markazi tomonidan oilaviy bolalar uyiga joylashtiriladi. Tarbiyaga beriladigan bolalar uchun individual rivojlanish rejasi ishlab chiqiladi.

▫️Yetim bolalarni aniqlash, ularni tarbiyaga olish istagini bildirgan shaxslar maʼlumoti “Ijtimoiy himoya” axborot tizimida yuritiladi. “Inson” markazlari bolalarning qonuniy vakili etib belgilanadi hamda huquq va manfaatlarini himoya qiladi.

Shuningdek, bu markazlar tarbiyaga berilgan bolalarning turmush sharoitini, yordamlarning maqsadli ishlatilishini va tarbiyaga olgan shaxslar majburiyatlarini monitoring qilib boradi.

▫️Oilaviy bolalar uyini tashkil etgan fuqarolar oʻzini oʻzi band qilgan shaxslar sifatida belgilanadi. Tutingan oilalarda tarbiyalanayotgan bolalarga umumiy oʻrta va oʻrta maxsus taʼlimni tugatgunicha yashash va parvarishlash xarajatlari toʻlanadi.

▫️Rivojlangan davlatlar tajribasidan kelib chiqib, shu sohada yana bir hujjat – “Bolalarni zoʻravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish toʻgʻrisida” qonun maʼqullangan. Unda bu boradagi huquqiy asoslar mustahkamlanib, bolalarni zoʻravonlikdan himoya qiluvchi davlat organlari hamda ularning vakolatlari aniq belgilangan. Prezidentimiz ushbu qonunni imzoladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️“Yallama” chegara bojxona posti inspektor-surishtiruvchisi pora bilan ushlanib, qamoqqa olindi

Toshkent viloyati bojxona boshqarmasining “Yallama” chegara bojxona posti inspektor-surishtiruvchisi
taqiqlangan tovarlarni tadbirkor tomonidan mamlakatimizga olib kirish boʻyicha sodir etilgan huquqbuzarlikni sudda koʻrib chiqilishi jarayonida mansabdor tanishlari orqali unga yengillik yaratib berish va ushbu tovarlarni Oʻzbekistondan qaytarib olib chiqib ketishida yordam berish evaziga 1000 AQSH dollari olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ushlandi. Tergovga qadar tekshiruv davomida bojxona inspektori mazkur masalada koʻmaklashish uchun muqaddam 300 AQSH dollari olganligi ham maʼlum boʻldi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Qibrayda MIB xodimi 3 ming dollar pora olgan vaqtida ushlandi

Majburiy ijro byurosining Qibray tuman boʻlimi davlat ijrochisi fuqaroning kredit qarzdorligi sababli xatlovga olingan mol-mulkini auksion savdolarga chiqarmaslik hamda unga nisbatan oʻzining ish yurituvida boʻlgan ijro ishini tugatib berish evaziga 5 ming AQSH dollari talab qilib, muqaddam 2 ming AQSH dollari oladi. U qolgan 3 ming AQSH dollarini olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda davlat ijrochisiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 210-moddasi 2-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…
Subscribe to a channel