uzauz | Unsorted

Telegram-канал uzauz - UzA | Tezkor xabarlar

28092

Ушбу каналда Ўзбекистон Миллий ахборот агентлигининг тезкор хабарлари бериб борилади Асосий телеграм канал: @uza_uz Сайт: www.uza.uz •facebook.com/uzauz •instagram.com/uza.uz •twitter.com/uzauz •лотин ёзувида: @uzauzlot

Subscribe to a channel

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Boku shahrida Global oʻzgarishlar instituti raisi Toni Bler bilan uchrashdi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston-Britaniya munosabatlarini yanada rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, Toni Bler rahbarlik qilayotgan Global oʻzgarishlar instituti bilan amaliy hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi.

Sobiq bosh vazir Yangi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan keng koʻlamli va ortga qaytmas islohotlar dasturini yuksak baholab, ularni amalga oshirishda ekspert-maslahat koʻmagini taklif etishga tayyorligini bildirdi.

Sheriklikning aniq yoʻnalishlarini belgilab olish uchun tegishli idoralar ekspertlari darajasida qoʻshimcha uchrashuvlar oʻtkazishga kelishib olindi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Bokudagi iqlim sammiti doirasida Islom dunyosi taʼlim, fan va madaniyat tashkiloti (ICESCO) bosh direktori Salim al-Malikni qabul qildi.

Amaliy hamkorlikni kengaytirish va qoʻshma gumanitar loyihalarni ilgari surish masalalari koʻrib chiqildi.

ICESCO bilan hamkorlik boʻyicha milliy komissiyani tezroq tuzish muhimligi qayd etildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Boku shahriga amaliy tashrif doirasida Islom taraqqiyot banki prezidenti Muhammad bin Sulaymon al-Jassir bilan uchrashdi.

Davlatimiz rahbari Islom taraqqiyot banki bilan sheriklik jadal rivojlanib borayotganini yuqori baholadi.

ITB bilan loyihalar portfeli 4 milliard dollardan oshdi, ularning 40 foizi xususiy sektorga toʻgʻri kelmoqda.

Taʼlim, sogʻliqni saqlash, infratuzilma, tadbirkorlik, ekologiya sohalarida yangi loyiha va dasturlarni amalga oshirish boʻyicha hamkorlikni kengaytirish, xususiy investitsiyalarni safarbar etish, bank tuzilmalarini loyiha ishlariga faol jalb qilishga alohida eʼtibor qaratildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Chernogoriya Prezidenti Yakov Milatovich bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va turizm sohalarida oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish masalalari muhokama qilindi.

Iqtisodiy kun tartibini ishlab chiqish uchun Hukumatlararo komissiya tuzish va uning birinchi yigʻilishini kelgusi yilda Toshkent shahrida biznes forumi bilan birgalikda oʻtkazish taklif etildi.

Bundan tashqari, savdo-iqtisodiy hamkorlik va investitsiyalarni himoya qilish boʻyicha asosiy bitimlar tayyorlanadi, ustuvor yoʻnalishlarda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga doir “yoʻl xaritasi” ishlab chiqiladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Finlyandiya Prezidenti Aleksandr Stubb bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Yangi iqtisodiy kun tartibini shakllantirish uchun metallurgiya, elektrotexnika, kimyo, telekommunikatsiya va boshqa sohalarda sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish dasturini tayyorlash taklif etildi.

Shu maʼnoda, 2025-yil yanvar oyida Xelsinki shahrida boʻlib oʻtadigan Hukumatlararo komissiyaning navbatdagi yigʻilishi va biznes forumiga puxta tayyorgarlik koʻrish muhimligi taʼkidlandi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev COP29 sammitida nutq soʻzladi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Global iqlim oʻzgarishlari oqibatlarini birgalikda yengib oʻtish maqsadida Oʻzbekiston yetakchisi qator tashabbuslarni ilgari surdi

▫️Iqlim tufayli yoʻqotish va zararlarni baholash boʻyicha xalqaro markaz taʼsis etish taklif qilindi.

▫️Birlashgan Millatlar Tashkiloti shafeligida Daryo ekotizimlarining butunligi va ekologik xavfsizligini taʼminlash sohasida majburiyatlar toʻgʻrisidagi Deklaratsiyani ishlab chiqish tashabbusi ilgari surildi.

▫️Oʻzbekistonda oʻsimliklarning iqlimga chidamliligini oshirish uchun Genetik resurslarning mintaqaviy bankini hamda dengizga chiqish yoʻliga ega boʻlmagan mamlakatlar uchun BMTning innovatsion agrosanoat xabini tashkil etish taklif qilindi.

▫️Iqlim oʻzgarishlaridan zarar koʻrayotgan megapolis va shaharlarning barqaror rivojlanishi va yashash uchun qulay sharoitlar yaratish sohasida tajriba va bilim, eng yaxshi amaliyotlar transferi uchun Jahon iqlim poytaxtlari alyansini tashkil etish hamda uning birinchi forumini Toshkentda oʻtkazish tashabbusi bildirildi.

▫️Prezidentimiz COP29 mamlakatlari vakillarini kelgusi yili 15-mayda – Xalqaro iqlim kunida Orolboʻyida oʻtkaziladigan Raqamli “yashil” tashabbuslar global festivalida ishtirok etishga taklif etdi.

Soʻzining yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻzbekiston umumiy farovonlik va uzoq muddatli “yashil” taraqqiyot yoʻlida ochiq muloqot va amaliy sheriklikka doim tayyor ekanini taʼkidladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Iqlim oʻzgarishlarining oqibatini Markaziy Osiyo oʻtkir his qilmoqda — Prezident

Ular aholining turmush sifatini oshirish va milliy taraqqiyot strategiyalarini roʻyobga chiqarish yoʻlida toʻsiqqa aylanmoqda.

Parij kelishuvlari doirasida asosiy maqsad – mintaqada havo haroratini jadal oʻsishiga yoʻl qoʻymaslik, ushbu koʻrsatkichlarni joriy yuz yillikda 1,5-2 gradus atrofida saqlab qolishdan iborat.

Bu borada Oʻzbekistonda uglerod neytralligiga erishish boʻyicha keng miqyosdagi islohotlar olib borilmoqda.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Dollarning rasmiy kursi tushdi

Markaziy bank 13-noyabrdan xorijiy valutalarning o‘zbek so‘miga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

1 USD 12 793,38 so‘m (– 10,43)
1 RUB 130,73 so‘m (+ 0,09)
1 EUR 13 595,52 so‘m (– 81,51)

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Bokuda COP29 Jahon yetakchilari sammitida ishtirok etmoqda

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

⚡️DXX: Fargʻonada korrupsiyaga qarshi kurashuvchi mansabdor xodim ushlandi

“Fargʻona viloyati hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” aksiyadorlik jamiyatining Korrupsiyaga qarshi kurashish va komplayens nazorat boʻlimi boshligʻi viloyatdagi tumanlardan birining elektr tarmoqlari korxonasi bosh muhandisi 2024-yil 9 oylik faoliyati davomida yoʻl qoʻygan kamchiliklari uchun kelgusida ishdan boʻshatilmasligi evaziga, undan 1000 AQSH dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Tergovga qadar tekshiruv davomida, ushbu noqonuniy ishga AJning xodimlar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi ham aloqador ekanligi aniqlandi.

Hozirda mazkur ikki shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 25,168-moddasi 3-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, qamoq ehtiyot chorasi qoʻllanilgan.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni Podshohligi Valiahdi, Bosh vaziri Muhammad bin Salmon Ol Saud bilan uchrashuv oʻtkazdi.

“Yashil” energetika, transport infratuzilmasini modernizatsiya qilish, kommunikatsiyalar sohasida, qishloq xoʻjaligi, sanoatda yangi qoʻshma loyihalarni ilgari surish masalalari koʻrib chiqildi.

Uchrashuv davomida Oʻzbekiston yetakchisi fuqarolarimiz Haj va Umra ziyoratlarini ado etishlariga yaratilgan sharoitlar uchun Saudiya Arabistoni rahbariyatiga minnatdorlik bildirdi.

Shu bilan Ar-Riyodga amaliy tashrif doirasidagi tadbirlar yakunlandi, davlatimiz rahbari Bokuga joʻnab ketdi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyevning arab-islom sammitidagi nutqi

Nutq matni — https://uza.uz/posts/655896

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Falastin va Livan hududidagi gumanitar inqirozning oldini olish maqsadida yetakchi davlatlar va xalqaro tashkilotlar tomonidan, shu jumladan Birlashgan Millatlar Tashkilotining Maxsus agentligi doirasida yordam koʻlamini kengaytirish taklif etildi.

Davlatimiz rahbari urushda jabrlangan falastinlik bolalar va ayollarni Oʻzbekiston shifoxonalarida begʻaraz davolashga tayyor ekanini taʼkidladi.

Falastin xalqiga amaliy yordam koʻrsatish masalalarini kelgusi yili Samarqandda oʻtadigan “Koʻrfaz arab davlatlari – Markaziy Osiyo” sammitida ham muhokama qilish niyati bildirildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezidenti Shavkat Mirziyoyev navbatdan tashqari arab-islom sammitida nutq soʻzladi

Saudiya Arabistoni raisligida oʻtgan tadbirda Yaqin Sharq, Markaziy va Janubiy Osiyo, Afrika qitʼasining yetakchi mamlakatlarining davlat va hukumat rahbarlari ishtirok etdi.

Kun tartibiga muvofiq, xalqaro hamjamiyatning Gʻazo va Livandagi keskinlikni kamaytirish, yuzaga kelayotgan vaziyatni tez fursatda siyosiy yoʻl bilan hal etishga qaratilgan saʼy-harakatlarini birlashtirish masalalari koʻrib chiqildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Bugun davlatimiz rahbari Qozogʻiston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Tojikiston Prezidenti Emomali Rahmon, Polsha Prezidenti Anjey Duda va Gvineya-Bisau Prezidenti Umaru Sisoku Embolo bilan ham qisqa uchrashuvlar oʻtkazdi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Boku shahriga amaliy tashrif doirasida Yashil iqlim fondi ijrochi direktori Mafalda Duerteni qabul qildi.

Hozirgi kunda qoʻshma loyihalar portfeli 160 million dollarni tashkil etib, suv resurslarini boshqarish, “yashil” energetikani rivojlantirish, “yashil” moliyalashtirish va boshqa bir qator ustuvor yoʻnalishlarni qamrab olgan. Bundan tashqari, 5 milliard dollarlik ikkita mintaqaviy va 500 million dollarlik uchta milliy loyiha ishlab chiqilmoqda.

Innovatsion koʻkalamzorlashtirish va yerlarni barqaror boshqarish, Orolboʻyidagi ijtimoiy-ekologik vaziyatni yaxshilash dasturlarini amalga oshirish orqali sheriklikni yanada kengaytirishga kelishib olindi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki prezidenti Odil Reno-Basso bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Bankning mamlakatimizga investitsiyalari 5 milliard yevrodan oshgani alohida mamnuniyat bilan qayd etildi. Ushbu koʻrsatkich boʻyicha Oʻzbekiston bankning mintaqamizdagi eng yirik hamkori hisoblanadi.

Energetika samaradorligi, kichik va oʻrta biznes, ayollar va yoshlar tadbirkorligini qoʻllab-quvvatlash, ijtimoiy soha va infratuzilmada davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini joriy etish, shuningdek, “yashil” shaharlarni rivojlantirish sohalarida yangi loyiha va dasturlarni amalga oshirish hamkorlikning ustuvor yoʻnalishlari sifatida belgilandi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Ziroat Mirziyoyeva COP29 ishtirokchilarini yoshlarning iqlimga oid tashabbuslarini keng qo‘llab-quvvatlashga chaqirdi

Ozarbayjon poytaxti Boku shahrida bo‘lib o‘tayotgan BMTning Iqlim o‘zgarishi to‘g‘risidagi hadli konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining 29-sessiyasida (COP29) O‘zbekiston oliy darajada qatnashmoqda.

Sammit doirasida O‘zbekiston va Ozarbayjon hamkorligida "Yoshlarning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha harakatlardagi yetakchiligi " mavzusida forum tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Birinchi xonimi Ziroat Mirziyoyeva, Ozarbayjon Birinchi xonimi Mehribon Aliyeva, Turkiya Birinchi xonimi Emine Erdog‘an, Qirg‘iziston Birinchi xonimi Oygul Japarova ishtirok etdi. Shuningdek, Qozog‘iston, Tojikiston, Vengriya, BMT tuzilmalari va xalqaro tashkilotlarning yuqori martabali vakillari, mazkur mamlakatlarning yosh ekofaollari qatnashdi.

Ziroat Mirziyoyeva o‘z nutqida qardosh Ozarbayjon hukumati va xalqini SOR-29 yuksak saviyada tashkil etilgani bilan tabrikladi. Shuningdek, yoshlarimizning iqlim sohasidagi bilimlarini yanada oshirish maqsadida ma’rifiy tadbirlar va "yashil" kontentni kengaytirish, yosh avlod vakillari bilan tizimli va muntazam "iqlim muloqoti”ni o‘rnatish, ekologik startaplarni rag‘batlantirish kabi takliflar bildirildi.

Batafsil: https://uza.uz/posts/656280

Kanalga ulanish:
🏫 @uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Boku shahrida oʻtayotgan iqlim boʻyicha sammit doirasida Yevropa kengashi Raisi Sharl Mishel bilan uchrashdi.

Mamlakatimizning Yevropa Ittifoqi bilan koʻp qirrali hamkorligini yanada kengaytirish masalalari koʻrib chiqildi.

Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisidagi yangi bitimni tez fursatda qabul qilish, shuningdek, “Markaziy Osiyo – Yevropa Ittifoqi” formatidagi birinchi sammitga tayyorgarlik koʻrishga alohida eʼtibor qaratildi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkilotining Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha konferensiyasi (COP 29)dagi nutqi

Nutq matni — https://uza.uz/posts/656248

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Oʻzbekistonda uglerod neytralligiga erishish boʻyicha keng miqyosdagi islohotlar olib borilmoqda

▫️2030-yilgacha havoga issiqxona gazi chiqarishni uchdan bir qismga kamaytirish rejalashtirilgan. Bu majburiyatlar 2050-yilga qadar yanada kengaytiriladi. “Yashil” energetika ulushi 40 foizga yetadi.

▫️Elektromobillar va “yashil” vodorod ishlab chiqarish klasterlari barpo etilmoqda, quyosh va shamol generatsiyasi xablari yaratilmoqda. “Yashil makon” dasturi doirasida koʻkalamzor hududlar kengaytirilmoqda.

▫️Qoʻshni mamlakatlar bilan birgalikda Mintaqaviy iqlim strategiyasi amalga oshirilmoqda. Shu kunlarda Yevropaga “yashil” energiya yetkazib berishni tashkil etish toʻgʻrisida koʻp tomonlama bitim imzolanadi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Boku shahrida oʻtayotgan BMTning Iqlim oʻzgarishi toʻgʻrisidagi hadli konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining 29-sessiyasi (COP29) doirasidagi Jahon yetakchilari sammitining yalpi majlisida nutq soʻzladi.

Tadbirda dunyoning 80 dan ortiq mamlakatidan davlat va hukumatlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar va moliya institutlari rahbarlari ishtirok etmoqda.

Davlatimiz rahbari soʻzining avvalida Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyevni ushbu tarixiy sammitni muvaffaqiyatli tashkil etgani bilan samimiy tabriklab, Ozarbayjonning bugungi iqlim tahdidlariga qarshi kurashish maqsadida xalqaro hamkorlikni kengaytirish boʻyicha faol saʼy-harakatlarini qoʻllab-quvvatladi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Global sammitlar jahon yetakchilarining uchrashuv va muzokaralari uchun muhim maydon hisoblanadi. Bokudagi COP29 sammiti ham bundan mustasno boʻlmadi.

Suratlarda: Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiya Prezidenti Rejep Tayyip Erdogʻan, Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer, Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif, Ozarbayjon parlamenti Raisi Sohiba Gafarova, FIFA prezidenti Janni Infantino bilan norasmiy suhbatlar oʻtkazdi.

Bugun va ertaga davlatimiz rahbari oʻndan ortiq muhim uchrashuv va muzokaralar oʻtkazishi kutilmoqda.

Kanalga ulanish: 

➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Bokuda oʻtayotgan COP29 doirasidagi Jahon yetakchilari sammitida ishtirok etmoqda.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Bokuda BMT Iqlim konferensiyasining yosh ishtirokchilari, jumladan, "Eco-schools Uzbekistan" loyihasi va "Young Climate Champions" hamjamiyati faollari uchun o‘quv ekologik oromgohi boshlandi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezident Shavkat Mirziyoyev Ar-Riyoddagi arab-islom sammitida ishtirok etib, nutq soʻzladi

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezidentimiz muqaddas Al-Aqso masjidi, Quddusdagi boshqa noyob tarixiy-madaniy yodgorliklarning daxlsizligini taʼminlash hamda ularni beshikast saqlab qolish masalalariga alohida eʼtibor qaratdi.

Soʻzining yakunida davlatimiz rahbari mazkur uchrashuv Yaqin Sharq muammosini hal etishda katta qadam boʻlishiga umid bildirdi.

Muhokamalardan soʻng tomonlar mojaroning siyosiy-diplomatik yechimini jadal izlashga sodiqligini tasdiqlovchi qoʻshma rezolyutsiya qabul qilindi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Prezidentimiz Falastin-Isroil muammosini tinchlik va diplomatiya yoʻli bilan hal etishga qaratilgan barcha amaliy tashabbuslarni toʻliq qoʻllab-quvvatladi.

Harbiy harakatlarni zudlik bilan toʻxtatish, xavfsiz gumanitar yoʻlaklarni taʼminlash va tinchlik muzokaralarini boshlash masalalari Birlashgan Millatlar Tashkiloti va Xavfsizlik Kengashining doimiy eʼtibor markazida turishi zarurligi qayd etildi.

Qadimiy va boy tarixga ega falastin xalqi 1967-yildagi chegaralar doirasida, poytaxti Sharqiy Quddus boʻlgan mustaqil va ozod davlatini tuzishga toʻla haqli ekani taʼkidlandi.

Shu maʼnoda, Saudiya Arabistoni tashabbusi bilan tashkil etilgan Ikki davlat yechimi uchun global alyans faoliyati qoʻllab-quvvatlandi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…

UzA | Tezkor xabarlar

Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasiga Bosh kotib tayinlandi

Soliq qoʻmitasi raisi maslahatchisi Gavharxon Muqaddasova Oʻzbekiston stol tennisi federatsiyasi Bosh kotibi lavozimiga tayinlandi.

Kanalga ulanish: 
➖@uzauz

Читать полностью…
Subscribe to a channel