Ikki A va B porshenlar orasida 300 K temperaturali bir mol gaz bor. Ma'lum vaqt momentida A porshenga 10m/s tezlik berildi. Shundan keyin gazning maksimal temperaturasini aniqlang. Erkinlik darajasi 3 ga, A porshen massasi 10kg ga teng. B porshen massasi A porshennikidan 2 marta katta.
@UzbPhysics
Xalqaro Fizika Olimpiadasiga Saralashning 3-bosqich 2-kun topshiriqlari
@UzbPhysics
⚡️ Shu rasm shaxsan menga juda yoqdi. Juda ramziy ma’noga ega 🇺🇿🔝. Nodirbek O’zbekistonning intellektual kuchini yana bir bor butun dunyoga ko’rsatib qo’ydi. Sizlardan esa maksimal repost, do’stlar.
@alisher_sadullaev
Yangi yil bilan azizlar!
2023-yilda imkon qadar yoshlarga fizika fanini chuqurroq o'rgatishga va yurtimizda fizika fani rivoji uchun oz bo'lsada hissa qo'shishga harakat qilaman. Hurmat bilan Rustam Sayfinov!
Happy New Year!!
👉@UzbPhysics
Darsingizni simulyatsiyalar orqali yanada qiziqarli va sifatli o'ting!
Buni uchun sizga notebook va o'quvchilar uchun televizor bo'lsa yetarli!
HDMI kabel orqali ulaysiz, qarabsizki, zamonaviy dars boshlanadi!!
👉@UzbPhysics
#Solution
Yuqoridagi masalada dielektrik ideal dielektrik emasligi sabab tok kuchi hosil bo'ladi.
👉@UzbPhysics
Qiziqarli masala!
Yassi kondensator U potensiallar farqiga ega tarmoqqa ulangan. Plastinkalar orasidagi masofa D ga va yuzalari S ga teng, (S>>D^2). Kondensator plastinkalari dielektrik singdiruvchanligi ε va solishtirma qarshiligi 𝜌 bo’lgan elektr o’tkazuvchan jism bilan ajratilgan. Kondensatordan o’tuvchi zaryad miqdorining vaqtga bog’liqlik funksiyasini toping. Dielektrikning qalinligi L ga, plastinkalarga parallel yuzasi esa S ga teng.
Javoblaringizni @Akbarjon_Abdulkhodiev ga jo'nating!
👉@UzbPhysics
Mana haqiqiy DTM olish uchun tayyor dastur! Ustozlar uchun ta'lim sifatini oshirishga va vaqtni tejashga ancha yordam beradi! Narxi mehnatiga yarasha! 👍
👉@UzbPhysics
R radiusli, uzunligi L, massasi M bolgan yupqa dielektrik devorli silindrning sirti bir tekis σ- sirt zichligi bilan zaryadlangan. Silindr unga o
ralgan vaznsiz ipga osilgan m massali yukning og’irligi tasirida gorizontal o`qi atrofida erkin (ishqalanishsiz) aylana oladi. Yukning pastga qanday tezlanish bilan harakatlanishini aniqlang. Magnit doimiysi 𝜇0, va erkin tushish tezlanishini g deb oling.
@UzbPhysics
— Misol - masala yechganingizda fikrlashingizni o'stiruvchi kitoblardan!!!
— Kitob o'rta ta'lim maktab o'quvchilari, olimpiadachilar va o'qituvchilar uchun tuzib chiqilgan.
— Kitob narxi (yechim guruh bilan): 45 000 so'm 💵 ( chegirma bilan 35 000 so'm 💵)
— Kitobni @UzPhOBot manziliga to'lov chekini va telegramga ulangan raqmingizni yozib qoldirishingiz kerak. To'lov muvaffaqiyatli amalga oshgandan so'ng siz adminlarimiz tomonidan yechimlar guruhiga qo'shilasiz.
— Qo'shimcha savollar uchun: @UzPhOBot
To'lov uchun karta raqami
👇👇👇👇👇👇
/channel/datauzpho
Nodirbek-Karlsen
1-0
Zo'raa, No1 shaxmatchini yutish!! 😄
Nodirbekda qanaqa kechinmalar ekan
🌸 Go‘zal tarbiya
O‘n ikki yoshlarda edim. Maktab xarajatlarimni topish uchun uyma-uy gazeta tarqatar edim. Shu on ismini eslolmaydiganim keksa xonim mening mijozim edi. Menga kechira olish borasida juda chiroyli va unutilmas saboq berdiki, umid qilamanki, men ham bir kuni kimgadir ayni hissiyotlarni shunday go‘zallik bilan tuhfa etaman.
Zerikarli shanba kuni edi. O‘rtog‘im bilan keksa xonimning uyi orqasidagi bog‘chada bir burchakka yashirinib olgancha tomga tosh ota boshladik. Qo‘limizdan uchgan toshlar tunukadan dumalab pastga tushishini osmondan dumli yulduz tushayotganinini tomosha qilgandek kuzatib zavqlanardik. Dumaloq tosh oldimda, bor kuchim bilan tomga irg‘itdim. Ammo tosh bu safar tomga emas, eshikning oynasiga tegdi. Oyna singani tovushini eshitgan zahotimiz, yashiringan joyimizdan uchib chiqib qochdik. Keksa ayol bizni ko‘rishi mumkin emasdi. Tun bo‘yi keksa ayol meni tutib, jazolashini o‘ylab qo‘rqqanimdan uxlay olmadim.
Ertasi kuni gazetasini berish uchun eshigiga borganimda, odatdagidek samimiy tabassum bilan hol-ahvolimni so‘radi. Ammo men aybdorona qiyofada uning yuziga ham qarayolmasdim. Oxiri topgan pulimni jamg‘arib, ayolga singan oyna uchun to‘lashni o‘yladim. Uch haftadan keyin yetti dollarga yetdi jamg‘armam. Bir qog‘ozga "Oynangizni sindirganim uchun xijolatdaman. Umid qilamanki, bu pul yangi oyna olib qo‘yish uchun yetadi” deb yozdimu pul bilan xatjild ichiga qo‘ydim. Kechki payt qorong‘u tushishini kutib, xatjildni keksa xonimning pochta qutisiga otdim. Bir zumda ruhim yengil tortdi. Endi avvalgidek keksa xonimning ko‘zlariga qaray olishimni o‘ylab ichim sevinchga to‘ldi.
Ertasi kuni eshigiga borib, gazetasini uzatgandim har doimgidek jilmayib qarshiladi meni. Men ham unga javoban ko‘zlariga qaradim. Shundoq orqamga qaytganimda:
— Eh, bir daqiqa to‘xtagin, xayolimdan ko‘tarildi, bu qurabiyelar senga, – deya qo‘lidagi xaltani uzatdi.
Uydan uzoqlasharkanman mazza qilib qurabiyelarni yeya boshladim. Bir nechta shirinlik yeganimdan so‘ng xaltada bir xatjildga ko‘zim tushdi. Ichida qisqa jumla ilova qilingan yetti dollar bor ekan: “Sen bilan faxrlanaman!.."
Turkchadan Umida Adizova tarjimasi
👉@UZBPHYSICS
Dastur: Test Generator
Vazifasi: word file' da yaratilgan test bazasi asosida 1, 2, 3, 4, 5 ta blokli savollar kitobchalarini generatsiya qilish. Savollar random tarzda aralashtirib olinadi, javoblar o'rni ham random almashadi. Yaratilgan kitobchalar muqovali yoki muqovasiz, savollari umumiy raqamlangan yoki har bir blok testlari alohida raqamlangan, barcha kitobchalar bitta yoki alohida PDF file'llarda yaratiladi. Tekshiruv maxsus titulda kompyuter skaneri orqali real vaqtda.
Narx: 600 ming, (Click, Payme)
P.s: Dasturdan foydalanish to'liq o'rgatiladi
Kontakt: +998995051289