🏛 O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining rasmiy Telegram kanali 🌐 Veb-sayt: http://jtsu.uz/ 🔷 Facebook : facebook.com/UzDJTSU.uz 🔷 Instagram: instagram.com/uzdjtsu_rasmiy/ ➡️ Murojaatlar uchun: @UzDJTSUga_Murojaatimbot
#universitet_birinchiligi
🏆O‘zDJTSUda og‘ir atletika sport turidan Universitet birinchiligi o'tkazildi
🏋️♂️2024-yil 20-21 dekabr kunlari universitetning Og‘ir atletika, ot sporti nazariyasi va uslubiyati kafedrasi hamda Sport klubi hamkorligida og‘ir atletika sport turi bo‘yicha Universitet birinchiligi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
✅Talaba-yoshlar o‘rtasida sportini rivojlantirish va og‘ir atletika sportini yanada ommalashtirish maqsadida tashkil qilingan ushbu musobaqada yigitlar: 61 kg, 73 kg, 89 kg, 102 kg, +102 kg vazn toifalarida, qizlar esa: 49 kg, 59 kg, 71 kg, 81 kg, +81 kg vazn toifalarida shiddatli bahslarga kirishib, o‘z mahoratlarini namoyon etdilar.
📜🎁Musobaqa so‘ngida g‘olib va sovrindor talabalar diplom hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Telegram | Instagram | uzdjtsu_rasmiy">You Tube | Facebook
#xizmat_safari
🏆O‘zDJTSU Turkiyaning yana bir nufuzli oliygohi bilan hamkorlik o‘rnatdi!
🇺🇿O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Jasur Zarifbayev 🇹🇷Turkiya Respublikasidagi xizmat safarini davom ettirmoqda.
📆Vakilimiz, 19-dekabr kuni Izmir viloyatining nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri hisoblangan Ege universitetida bo‘lib, oliygoh rektori, professor Mehmet Ersan bilan uchrashdi.
🤝Uchrashuv davomida tomonlar ikki universitet o‘rtasida jismoniy tarbiya va sport sohasida ilmiy dastur va tadqiqotlarni rivojlantirish, ta'lim sifatini oshirish maqsadida ta'lim tizimlari va metodologiyalarini o‘rganish hamda joriy qilish yuzasidan fikrlar almashib, o‘zaro hamkorlik memorandumini imzoladilar. Yakunda o‘rnatilgan hamkorlik doirasida kelgusidagi maqsad va rejalar belgilab olindi.
📍Eslatib o'tamiz, universitetimiz vakiliga safar davomida O‘zbekistonning Bursadagi Faxriy Konsuli Ali Baklan hamrohlik qilmoqda.
/channel/uzdjtsu_rasmiy
#KUN_HIKMATI
Tenglik hukm surgan joyda sotqinlik, aldamchi ehtiroslar, g‘am-g‘ussa bo‘lmaydi.
© Abu Rayhon Beruniy
#OAV_biz_haqimizda
🏆Joriy yilning 19-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov hamda universitet talabalari va yosh olimlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan “Vazir va yoshlar” uchrashuvi tafsilotlari “O‘zbekiston 24” telekanali ijodkorlari tomonidan yoritildi.
👇Bizni kuzatishda davom eting!
Telegram | Instagram | You Tube | Facebook
#universitet_hayotidan
🏆Antikorrupsiya oyligi doirasida o‘tkazilgan tanlovlarning g‘olib va sovrindorlari munosib taqdirlandi
✅Xabaringiz bor, joriy yilning 13-22 noyabr kunlari universitetda 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuniga bag‘ishlab Antikorrupsiya oyligi e’lon qilinib, uning doirasida talaba-yoshlar o‘rtasida “Korrupsiyasiz-hayot” mavzusida rasmlar, “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida insholar hamda “Antikorrupsiya bilimdoni” nomli bilimlar bellashuvi kabi tanlovlar o‘tkazilgan edi.
📆Kecha, 19-dekabr kuni mazkur tanlovlarda g‘olib va sovrindor bo‘lgan talabalar universitet tashkil etilgan "Yangi yil kechasi" tadbirida mas’ullar tomonidan munosib taqdirlandi.
👉Quyida tanlovlarning g‘olib va sovrindorlari bilan batafsil tanishishingiz mumkin
Telegram | Instagram | uzdjtsu_rasmiy">You Tube | Facebook
#universitet_hayotidan
🏈🏑Gandbol, regbi, chim ustida xokkey nazariyasi va uslubiyati kafedra faoliyatiga nazar…
✅2024-yil 19-dekabr kuni O'zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetning Gandbol, regbi, chim ustida xokkey nazariyasi va uslubiyati kafedrasi mudiri Shuhrat Tulaganov, professor-o'qituvchilar, tarbiyachi pedagoglar, tyutorlar hamda talabalar turar joyida yashovchi talaba-qizlar o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.
📍Uchrashuv davomida mas’ullar mutaxassislik fanlaridan nazorat ishlarini topshirish, turar joy to‘lovi va shartnoma shartlarini o‘z vaqtida bajarish, xonalar tozaligi va belgilangan tartib-qoidalarga doimiy ravishda rioya qilish bo‘yicha tushuntirishlar olib borildi.
❄️Shuningdek, qishki ta’tilga ketish davomida talabalarning o‘z manzillariga xavfsiz yetib olishlari va ta’tilni mazmunli o‘tkazishlari borasida ham kerakli tavsiyalar berib o‘tildi.
Telegram | Instagram | uzdjtsu_rasmiy">You Tube | Facebook
#ilm_fan
🎓Nurishov Darmenbay Yesnazarovichning pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasining himoyasi to‘g‘risida
✅Nurishov Darmenbay Yesnazarovichning “13.00.01 – “Pedagogika nazariyasi. Pedagogika ta’limotlar tarixi” ixtisosligi bo‘yicha “Jismoniy tarbiya darslarida yuqori sinf o‘quvchilarni ekologik madaniyatini rivojlantirishning pedagogik asoslari (Qoraqalpog‘iston respublikasi misolida)” mavzusidagi pedagogika fanlari doktori (DSc) dissertatsiyasining himoyasi 2024-yil 24-dekabr kuni soat 10:00 da O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01 raqamli Ilmiy kengash majlisida bo‘lib o‘tadi.
🏢Manzil: 111709, Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Metallurglar ko‘chasi, 15- uy. Madaniyat saroyining kichik majlislar zali Tel.: (0-370)-717-17 79,717-27-27, faks.: (0-370) 717-17-76, e-mail: uzdjtsu@uzdjtsu.uz.
🇷🇺На русском
🇺🇸In English
/channel/uzdjtsu_rasmiy
🖌Ma'rifat ulashib: Ilm va ijod uchrashuvi
📚Farg‘ona vodiysida joylashgan O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Farg‘ona filiali hamda shahardagi 6-umumta'lim maktabi navbatdagi “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida yorqin tadbirga mezbonlik qildi. Bu safar ilm-fan va ijodiy g‘oyalarning yondoshuvi sifatida taniqli ijodkorlar — O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolari Dilshoda Ergasheva va Vafo Fayzulloh filial mehmoni bo‘ldilar.
🔶Tadbir oliygohning professor-o‘qituvchilari hamda talaba yoshlari tomonidan katta qiziqish va iliq kutib olindi.
📺 Ijodkorlar yoshlarga o‘z ijodiy tajribalarini ulashar ekan, hayot va ijodning mazmun-mohiyatini teran anglashga daʼvat etuvchi hikmatli so‘zlar bilan ilhomlantirdilar. Uchrashuv davomida kitobxonlik, adabiyotning jamiyatdagi roli va yoshlarning maʼnaviy tarbiyasidagi ahamiyati haqida suhbat qizidi. Sportchi talabalar tomonidan she'r va maqom qo'shiqlar tinglandi.
📕Bunday uchrashuvlar yoshlarda nafaqat bilimga chanqoqlikni, balki o‘z Vataniga mehr va sadoqat tuyg‘ularini ham shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. “Ma’rifat ulashib” loyihasi nafaqat o‘qituvchilarning, balki ijodkorlarning maʼrifatni targ‘ib qilishdagi yagona saʼy-harakatlari ramzi bo‘lib qolmoqda.
🟢Filial matbuot xizmati
✅Facebook|📹ozdjtsufargonafiliali6963">YouTube|🌐WebSite ✅ Telegram
Kurash Islom Birdamlik o‘yinlari 2025 Dasturida
Albaniyaning Tirana shahrida o‘tkazilayotgan Islom birdamligi sport assosiatsiyasi (ISSA)ning 13-Bosh assambleyasida Xalqaro Kurash assosiatsiyasi (IKA) Prezidenti Haydar Farmon ham ishtirok etdi.
Ushbu assambleya davomida ISSA Prezidenti shahzoda Abdulaziz Bin Turki Al-Faysal va Bosh kotib janob Nosir Majali bilan muzokaralar olib borildi.
Muzokaralar davomida 2025 yilda Saudiya Arabistonining Ar-Riyod shahrida bo‘lib o‘tadigan Islom birdamlik o‘yinlarida Kurash bo‘yicha rasmiy bellashuvlar bo‘lib o‘tishi ma'lum qilindi.
Ushbu jarayonning bir qismi sifatida tez orada IKA texnik direktori ISSA Texnik departamenti bilan hamkorlikda musobaqa uchun vazn toifalari va boshqa texnik tafsilotlarni yakunlash bo‘yicha uchrashuvlar belgilandi.
2025 yilgi Islom birdamlik o‘yinlari Saudiya Arabistoni Podshohligi tomonidan o‘tkaziladi va bu qaror butun dunyo kurash jamoatchiligi uchun katta yutuqdir.
Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi jamoasi, Olimpiya va Paralimpiya oilasi hamda keng sport ahli nomidan Sport vaziri Adkham Ilxamovich Ikramovni bugungi tavallud ayyomi munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz.
Yurtimizda sport sohasini rivojlantirishda o'zining salmoqli hissasini qo‘shib kelayotgan Adkham Ilxamovichga mustahkam sog‘lik, uzoq umr hamda fidokorona xizmatlarida ulkan zafarlar tilaymiz.
Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
Audio nomi: Bolalar xonasi
✏️ Janr: hikoya
🎼 Qismlar soni: Abdug'ani Ro‘ziyev o‘qigan
🎰 Hajmi: 10 mb
👤 Muallif: Kobo Abe
Telegram | Instagram | uzdjtsu_rasmiy">You Tube | Facebook
#OAV_biz_haqimizda
🏆O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetga Umumjahon taekvondo politsiya federatsiyasining ijrochi maslahatchisi, Janubiy Koreyaning Pocheon shahri meri Park Yoon-Guk boshchiligidagi delegatsiya tashrifi “Nurafshon TV” telekanali tomonidan yoritildi.
🌐Ijtimoiy tarmoqdagi sahifalarimiz
Telegram | Instagram | uzdjtsu_rasmiy">You Tube | Facebook
#yoshlar_forumi
🏆O‘zDJTSUda vazir va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi
✅Bugun, 19-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetiga O‘zbekiston Respublikasi Sport vaziri Adham Ikramov tashrif buyurdi.
🚣♀️🧑🦽Dastlab, Sport vaziri Adham Ikramov yangidan barpo etilayotgan eshkak eshish bazasining qurilish jarayonlari bilan tanishib, Para pauerlifting sport turi bo‘yicha universitetda o'tkazilayotgan Markaziy Osiyo ochiq chempionati hamda O‘zbekiston kubogi musobaqasi jarayonlarini kuzatdi. Shundan so‘ng, vazir Adham Ikramov hamda universitet talabalari va yosh olimlari o‘rtasida “Yoshlar forumi - 2024” doirasida “Vazir va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
BATAFSIL: https://jtsu.uz/uz/e/blog/3811-o-zdjtsuda-vazir-va-yoshlar-uchrashuvi-bo-lib-o-tdi
Telegram | Instagram | uzdjtsu_rasmiy">You Tube | Facebook
#OAV_biz_haqimizda
#munosabat
✅Xabaringiz bor, joriy yilning 21-noyabr kuni prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlarni sportga keng jalb etishga oid takliflar taqdimoti bilan tanishgan edi. Unga ko‘ra, haftaning har payshanba kuni “jismoniy tarbiya va sport kuni” sifatida belgilanib, yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish masalalariga ham e’tibor qaratildi.
📍Mazkur takliflar tadimotida bildirilgan fikrlarga O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Menejment va sport tadbirlarini tashkil etish kafedrasi mudiri, professor Komil Ziyadullayev tomonidan “Yoshlar” radiosining “Yoshlar bilan” eshittirishida munosabat bildirildi.
👆Yuqorida eshittirishni tinglashingiz mumkin.
Telegram | Instagram | uzdjtsu_rasmiy">You Tube | Facebook
#davra_suhbati
🏆O‘zDJTSU Yuksalish maktablari va Yuksalish liderlar akademiyasi bilan hamkorlik o‘rnatdi!
✅2024-yil 18-dekabr kuni O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti hamda Og‘ir atletika, ot sporti nazariyasi va uslubiyati kafedrasi hamkorligida Yuksalish maktablari va Yuksalish liderlar akademiyasi asoschisi Muhammadali Eshonqulov ishtirokida qiziqarli davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
⏩Batafsil: https://jtsu.uz/uz/e/blog/3809-o-zdjtsu-yuksalish-maktablari-va-yuksalish-liderlar-akademiyasi-bilan-hamkorlik-o-rnatdi
Telegram | Instagram | uzdjtsu_rasmiy">You Tube | Facebook
#UNIVERSIADA_2024
#bizning_yutuqlar
🏆UNIVERSIADA-2024: universitetimiz talabalari shaxmatda tengsiz bo‘ldi!
📆Xabaringiz bor, 2024-yil 18-21 dekabr kunlari Samarqand viloyatida shaxmat va shashka sport turlaridan oliy ta’lim muassasalari talaba-yoshlari o‘rtasida Universiada-2024 sport musobaqalarining Respublika final bosqichi bo‘lib o‘tdi.
✔️Aytish joizki, respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan jamoalar o‘rtasida kechga final bahsi shaxmat-shashka sport turlari bo‘yicha ko‘plab iqtidorli yoshlarni saralab olishga xizmat qildi.
✅Mazkur musobaqada universitetimiz talabalaridan iborat Toshkent viloyati jamoasi shaxmat bo‘yicha umumjamao hisobida 🥇1-o‘rinni qo‘lga kiritdi:
♟Shaxmat
🥇Davron Sharipov;
🥇Maftuna Bobomurodova.
⚫️Shashka
🥈Xumora Xoliqberdiyeva
💐Universitet jamosi nomidan talabalarimizni g'alaba bilan samimiy qutlaymiz!|
Telegram | Instagram | uzdjtsu_rasmiy">You Tube | Facebook
#talaba_yutuqlari
🏆O‘zDJTSU kurashchi talabalari O‘zbekiston kubogida faxrli o‘rinlarni egalladi!
🤼Joriy yilning 16-18 dekabr kunlari Qoraqalpogʻiston respublikasi Nukus shahrida joylashgan Olimpiya zaxiralari kollejida 2006-2007 yillarda tugʻilgan yoshlar oʻrtasida O'zbekiston kubogi bo'lib o'tdi.
✅400 ga yaqin polvonlar qatnashgan mazkur musobaqada O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetining kurashchi talaba yigit-qizlari ham munosib ishtirok etib, g‘olib va sovrindorlar safida bo‘lishdi. Ular bilan tanishing👇
🥇Sohibjon Boymatov
🥇Diyorbek Abdunabiyev
🥇Olloberdi Karimberdiyev
🥇Eldor Mahmudov
🥈Eldor Jalolov
🥉 Rayhon Sherimmatova
🥉 Husan Iskandarov
🥉 Rustam Matyoqubov
🥉 Abdukarim Toshpoʻlatov
👏💐Sportchi talabalarimizni erishgan yutuqlari bilan tabriklaymiz!
Telegram | Instagram | uzdjtsu_rasmiy">You Tube | Facebook
Audio nomi: Faqirlar
✏️ Janr: hikoya
🎰 Hajmi: 6 mb
👤 Muallif: Lev Tolstoy
Telegram | Instagram | uzdjtsu_rasmiy">You Tube | Facebook
#seminar
📊Universitetga jalb etilgan xorijlik professor ishtirokida navbatdagi ilmiy seminar oʻtkazildi.
📆Bugun, 20-dekabr kuni universitet professori G.V.Korobeynikov ishtirokida "Scopus jurnallariga maqolalarni shakllantirish hamda chop etish" mavzusida navbatdagi seminar mashg‘ulotlari tashkil qilindi.
✅Unda universitetning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Sh. Gaziyev, kafedra mudirlari, professor-oʻqituvchilar, yosh olimlar, magistrantlar, iqtidorli talabalar hamda onlayn shaklda oliygohning Nukus va Farg‘ona filiali vakillari ishtirok etishdi.
🔷Seminar davomida professor Scopus bazasidagi jurnallarda maqola eʼlon qilish jarayonida qoʻyiladigan talablar va ularga mos maqola yozish tartibi, shuningdek, maqolalarni nashrga yuborish va chop etish toʻgʻrisida taqdimot qildi.
🔶Seminarda professor tomonidan barcha tadqiqotchi olimlarga tanlangan mavzular bo‘yicha maqolalarni rasmiylashtirish yuzasidan kerakli uslubiy ko‘rsatmalar berib o‘tildi.
Telegram | Instagram | uzdjtsu_rasmiy">You Tube | Facebook
#Ilm_fan
🎓Tursunaliyev Ulug‘bek Shavkatjon o‘g‘lining pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi to‘g‘risida
✅Tursunaliyev Ulug‘bek Shavkatjon o‘g‘lining 13.00.04 – Jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, sog‘lomlashtirish va adaptiv jismoniy tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “11-12 yoshli taekvondochilarning umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligini rivojlantirish samaradorligi” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasining himoyasi 2024-yil 24-dekabr kuni soat 12:00 da O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Ped.28.01 raqamli Ilmiy kengash majlisida bo‘lib o‘tadi.
🏢Manzil: 111709, Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, Metallurglar ko‘chasi, 15- uy. Madaniyat saroyining kichik majlislar zali Tel.: (0-370)-717-17 79,717-27-27, faks.: (0-370) 717-17-76, e-mail: uzdjtsu@uzdjtsu.uz.
🇷🇺На русском
🇺🇸In English
/channel/uzdjtsu_rasmiy
🌱Tiriklik – oliy nemat!
✔️2024-yil 19-dekabr kuni universitetning O‘zbek va chet tillari kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan 1-sonli talabalar turar joyida talaba-yoshlar ishtirokida "Tiriklik - oliy nemat" mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.
🖥🗣Suhbat avvalida, talabalarga mavzuga oid ijtimoiy videorolik nomoyish etilib, undagi voqealar to‘g‘risida munozaralar o‘tkazildi. Shuningdek, talaba-yoshlar o'zlarining kelajakdagi ulug' maqsadlari, hayotda qanday yaxshi iz qoldirish mumkinligi to'g'risidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
📍Yakunda talabalar mana shunday qiziqarli va fikrlashga undovchi mavzulardagi davra suhbatlarini yanada kengroq tarzda tashkil qilish yuzasidan o'z takliflarini bildirishdi.
Telegram | Instagram | uzdjtsu_rasmiy">You Tube | Facebook
#yakuniy_imtihon
🏆O‘zDJTSUda yakuniy imtihon jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda…
✅Ayni vaqtda, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida sirtqi ta’lim shaklida tahsil olayotgan 1- va 4-kurs talabalari uchun barcha mutaxassislik fanlaridan yakuniy nazorat jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.
💻📝🏃♂️Yakuniy nazoratlar test, yozma va amaliy shakllarda olinib, mazkur jarayon 24-dekabrga qadar davom etadi.
Telegram | Instagram | uzdjtsu_rasmiy">You Tube | Facebook
#OAV_biz_haqimizda
🏆O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetga Umumjahon taekvondo politsiya federatsiyasining ijrochi maslahatchisi, Janubiy Koreyaning Pocheon shahri meri Park Yoon-Guk boshchiligidagi delegatsiya tashrifi tafsilotlari “Toshkent” telekanali ijodkorlari nigohida.
👇Bizni kuzatishda davom eting!
Telegram | Instagram | uzdjtsu_rasmiy">You Tube | Facebook
#o‘qishni_ko‘chirish
⚡️Bugun, 20-dekabrdan uzrli sababga ko‘ra o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha arizalar hududiy ishchi guruhlar tomonidan qabul qilinadi
Belgilangan tartibga muvofiq 2 ta uzrli sababga koʻra davlat oliy taʼlim muassasalariaro o‘qishni koʻchirish haqidagi arizalarni qabul qilish uchun 13 ta oliy taʼlim muassasasida hududiy ishchi guruhlar tashkil etildi (rasm).
Ishchi guruhlar 2025-yilning 20-yanvar kuniga qadar har kuni soat 9:00dan 17:00 gacha (yakshanba – dam olish kuni; shanba – soat 9:00 dan 15:00 gacha) faoliyat koʻrsatadi.
Hududiy ishchi guruhlarga arizachi quyidagi hujjatlarni (oflayn) taqdim etadi:
➖ o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha ariza (ariza blankasi hududiy ishchi guruh tomonidan beriladi va talaba uni joyida to‘ldiradi);
➖ talabaning reyting daftarchasi yoki belgilangan shakldagi akademik ma’lumotnoma yoki transkript nusxalari (bittasi bo‘lsa yetarli);
➖ pasport nusxasi;
➖ uzrli sabablarni asoslovchi tegishli hujjatlar.
Ma’lumot uchun, 2 ta uzrli sabab quyidagilar:
➡️talaba oila qurishi munosabati bilan turmush o‘rtog‘i doimiy yashaydigan hududdagi oliy ta’lim muassasasiga o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilganda;
➡️davlat organlarining xodimlari ish joyi o‘zgargan taqdirda uning turmush o‘rtog‘i yoki voyaga yetmagan farzandi o‘qishini ko‘chirish uchun murojaat qilganda, tegishli vazirlik (idora) rahbarining tavsiyasi asosida.
Bizni kuzating
#KUN_HIKMATI
Inson toki o‘zini mayda gap, o‘chakish, janjal, shikoyat, norozilik, ohu vohlardan ozod qilolmas ekan, u iflos va pastlik tabiatidan xalos bo‘lolmaydi.
©Abu Ali ibn Sino
#yangi_yil
🎄O‘zDJTSUda talabalar ishtirokida "Yangi yil kechasi" o‘tkazildi
🏆Bugun, 19-dekabr kuni universitetning talabalar turar joyida oliygohning Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tomonidan talaba-yoshlar ishtirokida "Yangi yil kechasi" tadbiri bo‘lib o‘tdi.
👉Batafsil: https://jtsu.uz/uz/e/blog/3813-o-zdjtsuda-talabalar-ishtirokida-yangi-yil-kechasi-o-tkazildi
Telegram | Instagram | uzdjtsu_rasmiy">You Tube | Facebook
Sport vaziri Adkham Ikramov “Yoshlar forumi-2024” doirasida O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida o'tkazilgan “Vazir va yoshlar” uchrashuvida ishtirok etdi
Uchrashuv davomida Sport vaziri yoshlarning bilim olishi, o‘z irodasi, kuchi va imkoniyatlariga bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kamol toptirish borasida fikr-mulohazalarini bildirib, Davlatimiz Rahbari tashabbusi bilan yurtimizda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli ishlar haqida batafsil ma'lumot berdi.
Shu bilan birga mamlakatimiz sportchilarining Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari, Jahon chempionatlari, Osiyo o‘yinlari hamda xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarga erishayotgani, dunyoda O‘zbekistonning obro‘-e’tibori va sport salohiyati yanada oshayotgani, respublikamiz hududlarida jahon andozalariga mos muhtasham sport inshootlari barpo etilayotgani, o‘quvchi va talaba yoshlar o‘rtasida “Universiada”, “Besh tashabbus olimpiadasi” kabi sport musobaqalarining muntazam o‘tkazilib, kelinayotgani va buning natijasida sport bilan shug‘ullanayotgan yoshlar soni yildan-yilga ortib borayotgani alohida ta’kidlandi.
Yoshlar bilan samimiy muloqot ruhida bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida vazir universitet talabalari tomonidan berilgan savollarga javob berib, yoshlar tomonidan bildirilgan takliflarni tingladi.
Uchrashuv yakunida Vazir tomonidan ilmiy-tadqiqot ishlarini muvaffaqiyatli himoya qilgan universitetning bir guruh yosh professor-o‘qituvchilari va ilmiy izlanuvchlariga tantanali tarzda diplomlar topshirildi.
Shuningdek, vazir A.Ikramov yangidan barpo etilayotgan eshkak eshish bazasining qurilish jarayonlari bilan tanishib, para pauerlifting sport turi bo‘yicha Markaziy Osiyo ochiq chempionati hamda O‘zbekiston kubogi musobaqasi jarayonlarini kuzatdi.
Web-Sayt | Telegram | Facebook | Instagram | Youtube
#xizmat_safari
✅Shimoliy Kipr Turk Respublikasining Yakın Dog‘u universiteti bilan hamkorlik aloqalari o‘rnatildi
✈️Avval xabar qilganimizdek, O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori J.Zarifbayevning Kiprdagi Yakindug‘ universiteti hamda “Turk dunyosi muhandislar va me’morlar birligi” uyushmasi tomonidan tashkil etilgan umumjahon universitetlar simpoziumida ishtirok etish yuzasidan Shimoliy Kipr Turk Respublikasidagi xizmat safari davom etmoqda.
📍Kecha, 18-noyabr kuni vakilimiz Kiprning nufuzli Yakın Dog‘u universitetiga tashrif buyurib, professor Tamer Sanlidag‘ bilan uchrashdi. Uchrashuv doirasida ikki universitet o‘rtasida 🤝hamkorlik memorandumi imzolanishiga erishildi.
Telegram | Instagram | uzdjtsu_rasmiy">You Tube | Facebook
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
✅Haftaning har payshanba kuni jismoniy tarbiya va sport kuni sifatida belgilandi
#KUN_HIKMATI
Kishi o‘zgalarning baxtidan baxt topsa, u haqiqiy yashagan hisoblanadi.
© I.Gyote