uzreport_uz | Unsorted

Telegram-канал uzreport_uz - UzReport.news

99981

O'zbekiston va dunyo yangiliklari https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali. Rus tilida yangiliklar 🇷🇺: @UzReport O'zbek tilida yangiliklar 🇺🇿: @UzReport_uz Qayta aloqa uchun: @UzReportbot Reklama: @SALESTVBOT

Subscribe to a channel

UzReport.news

Gruziyada NATOning 7 davlati ishtirokida harbiy mashg‘ulotlar boshlandi

Gruziya va Turkiyada parallel ravishda o‘tkazilayotgan “Agile Spirit” ko‘pmillatli harbiy mashg‘ulotlari 8-avgustga qadar davom etadi. Ularda 10 davlatdan 2000 dan ortiq harbiy xizmatchilar ishtirok etmoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/gruziyada-natoning-7-davlati-ishtirokida-harbiy-mashg-ulotlar-boshlandi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Читать полностью…

UzReport.news

FT: Zelenskiyning partiyasi uning NABU va SAP uchun rejasidan norozi

“Xalq xizmatchisi” partiyasidan Radaning 70 nafargacha deputati NABU va SAPga mustaqillikning qaytarilishiga qarshi, deb yozadi Financial Times. Uning so'zlariga ko'ra, ular ta'qibdan qo'rqishadi, chunki ular ilgari ikki xizmat mustaqilligidan voz kechishni qo'llab-quvvatlagan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/ft-zelenskiyning-partiyasi-uning-nabu-va-sap-uchun-rejasidan-norozi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Читать полностью…

UzReport.news

Huquq posbonining noqonuniy harakatiga chek qo‘yildi

Toshkent viloyatida faoliyat yurituvchi advokatlik byurosi advokati jazoni ijro etish muassasasida jazo muddatini o‘tayotgan fuqaroni mansabdor tanishlari orqali ozodlikka chiqartirib berishini aytib, evaziga mahkumning turmush o‘rtog‘idan 30 ming AQSH dollari talab qiladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/huquq-posbonining-noqonuniy-harakatiga-chek-qo-yildi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Читать полностью…

UzReport.news

Nurafshon ko‘chasida beton ustunga borib urilgan “Spark” haydovchisi vafot etdi

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/nurafshon-ko-chasida-beton-ustunga-borib-urilgan-spark-haydovchisi-vafot-etdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Читать полностью…

UzReport.news

Tramp Shotlandiyada: Yevropaga shamol turbinalari va migratsiya bilan tahdid qilmoqda

Shotlandiyaga yetib kelgan AQSh prezidenti yevropaliklarni ikki xavf – shamol turbinalari va muhojirlarning “dahshatli bosqinidan” ogohlantirdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/tramp-shotlandiyada-yevropa-shamol-turbinalari-va-migratsiya-bilan-tahdid-qilmoqda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Читать полностью…

UzReport.news

Ramzan Qodirov Turkiyada ta’til paytida cho‘kib ketishiga sal qoldi

Checheniston rahbari Bodrumda ta'til paytida dengizda cho'kib ketishiga sal qoldi. U qirg‘oqqa olib chiqilib, shifoxonaga yetkazilgan, deb xabar bermoqda turk OAVlari. Ularning ma’lumotlariga ko‘ra, Qodirov ayni damda o‘zini yaxshi his qilmoqda.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/ramzan-qodirov-turkiyada-ta-til-paytida-cho-kib-ketishiga-sal-qoldi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Читать полностью…

UzReport.news

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Tal’at Shuxratovich Valiyev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibining jamoat xavfsizligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari lavozimidan ozod etildi.

Shuningdek, Administratsiya farmoyishi bilan Baxodir Baxtiyarovich Maxmudov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati inson huquqlari sohasidagi xalqaro majburiyatlarni amalga oshirilishini ta’minlash va xalqaro gumanitar hamkorlik sho‘basi mudiri lavozimidan, Shovqiddin Abduvaliyevich Karshiyev O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati Davlat chegarasi xavfsizligi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan himoya qilishni ta’minlash sho‘basi bosh konsultanti lavozimidan ozod etildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Читать полностью…

UzReport.news

Kriminologiya instituti jinoyatchilikka qarshi 30 dan ortiq texnologik yechim yaratdi

Kriminologiya tadqiqot instituti 2024-yil 15-yanvarda Prezident Farmoniga asosan tashkil etilgan. Uning tarkibidagi ilmiy-ishlab chiqarish laboratoriyasida jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan 30 dan ortiq texnologik yechimlar yaratilgan

Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Читать полностью…

UzReport.news

Zelenskiy: Rossiya va Ukraina rahbarlarining uchrashuvi muhokamasi boshlandi

Ukraina prezidentining soʻzlariga koʻra, uning Kreml rahbari Putin bilan uchrashuvini tashkil etish boʻyicha muzokaralarda allaqachon oldinga siljish boʻlgan. “Biz urushni tugatishimiz kerak va bu, ehtimol, shunday uchrashuvdan boshlanadi”, - dedi u.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/zelenskiy-rossiya-va-ukraina-rahbarlarining-uchrashuvi-muhokamasi-boshlandi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Читать полностью…

UzReport.news

Chirchiq daryosida noqonuniy qum-shagʼal qazib olgan mansabdor 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi

Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo’yicha Oqqoʼrgʼon tuman sudida qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olgan “G.S” MChJ rahbari ishi ko‘rib chiqildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/chirchiq-daryosida-noqonuniy-qum-shag-al-qazib-olgan-mansabdor-6-yilga-ozodlikdan-mahrum-e

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Читать полностью…

UzReport.news

Toshkent shahrida ichimlik suvini hisoblashda yangi raqamli texnologiyalar joriy etilmoqda

Endilikda aholi xonadonlariga "aqlli" suv hisoblagichlari o‘rnatiladi. Eski turdagi hisoblagichlarning ko‘rsatkichlarini o‘z vaqtida ma’lumotlar bazasiga topshirilmasligi to‘lovlarda tushunmovchilik va kechikishlarga sabab bo‘layotgan edi.

Hisoblagichlar aholi xonadonlariga mutlaqo bepul o‘rnatiladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/toshkent-shahrida-ichimlik-suvini-hisoblashda-yangi-raqamli-texnologiyalar-joriy-etilmoqda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Читать полностью…

UzReport.news

Tramp yordam va ommaviy axborot vositalari xarajatlarini qisqartirish haqidagi qonun loyihasini imzoladi

Prezident Tramp AQSH Xalqaro taraqqiyot agentligi (USAID) va ommaviy eshittirishlardan ajratilgan 9 milliard dollarlik xorijiy yordamni byudjetga qaytarish toʻgʻrisidagi qonunni imzoladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/tramp-yordam-va-ommaviy-axborot-vositalari-xarajatlarini-qisqartirish-haqidagi-qonun-loyih

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Читать полностью…

UzReport.news

Go‘zallik: “Ideal”ga mos bo‘lish qanchalik muhim?

Kosmetologik muolajalar qandaydir epidemiya kabi dunyoni qamrab oldi. Agar ilgari bunday xizmatlardan yoshi katta ayollar foydalangan bo‘lsa, bugungi kunda yosh chegarasi tobora pasaymoqda. Bu holat qanchalar to‘g‘ri? Qanday hollarda kosmetologga murojaat qilish arziydi va muolajalarni qanday qilib oshirib yubormaslik kerak?

Batafsil UzReport TV lavhasida ko'rishingiz mumkin!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Читать полностью…

UzReport.news

Bolalar ombudsmani Angrenda zo‘rlangan 15 yoshli qizning holatini o‘rganmoqda

Qayd etilishicha, bolada mavjud qayd etilgan kasalliklar surunkali tusga ega bo‘lib, ularning hech biri jinoyat hodisasi oqibatida yuzaga kelmagan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/bolalar-ombudsmani-angrenda-zo-rlangan-15-yoshli-qizning-holatini-o-rganmoqda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Читать полностью…

UzReport.news

Minval AZAL samolyoti halokatining yangi tafsilotlarini ma'lum qildi

Ozarbayjonning “Minval Politika” nashri 2024-yil dekabrida Ozarbayjon aviakompaniyasi AZAL o‘qqa tutilishi vaqtida xizmatda bo‘lgan barcha rossiyalik harbiy xizmatchilarning ismlarini aytib o‘tdi. Nashr bu ma’lumotni qayerdan olganiga aniqlik kiritmadi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/minval-azal-samolyoti-halokatining-yangi-tafsilotlarini-malum-qildi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Читать полностью…

UzReport.news

Qurilish vazirligi: Toshkent shahri bosh rejasi takomillashtiriladi

"Bosh rejani ishlab chiqishda ilmiy asoslar, shaharsozlik talablari va jamoatchilik fikri ustuvor ahamiyat kasb etadi. 1969-yilda tashkil etilgan "Toshkentboshplanliti" instituti ushbu jarayonda doimiy ravishda ilmiy izlanishlar olib boradi va doimiy ravishda Toshkent va Samarqand shaharlarining bosh rejalarini takomillashtirib boradi", deya izoh berdi vazirlik.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/qurilish-vazirligi-toshkent-shahri-bosh-rejasi-takomillashtiriladi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Читать полностью…

UzReport.news

Toshkentda elektr avariyalari sabab 28 nafar mansabdor shaxs intizomiy javobgarlikka tortildi

24−25-iyul kunlari Toshkent shahrining turli tumanlarida elektr energiyasi ta’minoti bilan bog‘liq avariyalar hamda tarmoqlarda kuchlanishning pasayib ketishi kuzatildi. Holat Bosh prokuratura tomonidan mutaxassislarni jalb etgan holda o‘rganildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/toshkentda-elektr-avariyalari-sabab-28-nafar-mansabdor-shaxs-intizomiy-javobgarlikka-torti

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Читать полностью…

UzReport.news

Ye3 davlatlari G'azoda zudlik bilan o't ochishni to'xtatishga chaqirmoqda

G‘azo sektoridagi barcha isroillik garovga olinganlar zudlik bilan ozod etilishi va gumanitar falokatga barham berilishi kerak, deyiladi Germaniya, Fransiya va Britaniya qo‘shma bayonotida.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/ye3-davlatlari-gazoda-zudlik-bilan-ot-ochishni-toxtatishga-chaqirmoqda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Читать полностью…

UzReport.news

O‘tgan yili tug‘ilishning yillik o‘sishi to‘xtagan

O‘zbekiston aholisi 2025-yil 1-iyul holatiga ko‘ra, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 2% ga ortib, 37 million 860 ming kishiga yetdi. Bu haqda Statistika qo‘mitasi ma‘lum qildi. O‘tgan 6 oy davomida aholi sonining tabiiy o‘sishi 321,4 ming kishiga teng bo‘ldi. Biroq respublikada tug‘ilgan chaqaloqlar soni 14.4 ming nafarga qisqardi.

Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Читать полностью…

UzReport.news

Endi tabiatni “yashirincha sotish”ga yo‘l qo‘yilmaydi

O‘zbekiston chegaralarida har bir baliq, qushlarning pati yoki hayvonlarning terisi tekshirilmoqda. Bu hazil emas. Bu – real choralar. Chunki yovvoyi tabiat boyliklariga noqonuniy qo‘l urish tobora kuchaymoqda. Ular ustida savdo yuritish esa jinoyat sanaladi. Toshkentda o‘tgan “Flora va fauna obyektlarining noqonuniy savdosi”ga bag‘ishlangan matbuot anjumanida mutaxassislar aynan shu masalalarga to‘xtaldi.

Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Читать полностью…

UzReport.news

Davlat oliygohlari uchun kvotalar tasdiqlandi

2025/2026 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalari qabul parametrlari tasdiqlandi. Yangi o‘quv yilida davlat oliy ta’lim muassasalariga bakalavriat bo‘yicha uchta ta’lim shakli uchun o‘rin ajratiladi. Jumladan, kunduzgi ta’lim shaklida jami 148 400 talaba o‘qish imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/davlat-oliygohlari-uchun-kvotalar-tasdiqlandi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Читать полностью…

UzReport.news

Kolumbiya universiteti hukumatga 200 million dollar jarima to'laydi

Nyu-Yorkdagi Kolumbiya universiteti AQSh hukumatiga rasmiylar muzlatib qo‘ygan grantlar miqdorining yarmini to‘lashga qaror qildi. Universitet avvalroq yahudiy talabalarni himoya qilish uchun yetarli chora ko‘rmaganlikda ayblangan edi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/kolumbiya-universiteti-hukumatga-200-million-dollar-jarima-tolaydi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Читать полностью…

UzReport.news

O‘zbekistonda kambag‘allik darajasi 6,8% gacha pasaydi

Prezident Shavkat Mirziyoyev aholi bandligini ta’minlash va kasbiy ta’lim tizimidagi yangi yondashuvlarga oid taqdimot bilan tanishdi.

Joriy yilda bu sohada xorijiy tajriba asosida yangi yondashuvlar yo‘lga qo‘yildi. Banklar mahallalarga bog‘lanib, aholi bandligini ta’minlashga xam hissa qo‘shmoqda. Xususan, birinchi yarim yillikda 3 milliondan ziyod aholi daromadli mehnatga jalb qilindi.

Kambag‘allikni qisqartirish borasida yaratilgan tizim hamda sarflanayotgan mablag‘lar o‘z samarasini berib, joriy yilning 1-iyul holatiga ko‘ra, kambag‘allik darajasi 6,8 foizni tashkil qildi.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Читать полностью…

UzReport.news

O‘zbekiston iyun oyida avtomobillar importini kamaytirdi

Oʻzbekistonga 2025-yilning yanvar-iyun oylarida xorijdan qiymati 422,1 mln dollarga teng boʻlgan 24 355 dona yengil avtomobil import qilingan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/economy/o-zbekiston-iyun-oyida-avtomobillar-importini-kamaytirdi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Читать полностью…

UzReport.news

Starlink global uzilishdan aziyat chekmoqda

Taxminan 2,5 soat davomida butun dunyo bo'ylab sun'iy yo'ldosh aloqalari uzilib qoldi. Ukraina Qurolli kuchlari Starlink "butun front bo'ylab qulaganini" aytdi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/starlink-global-uzilishdan-aziyat-chekmoqda

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Читать полностью…

UzReport.news

O‘zbekistonda o‘rtacha oylik ish haqi 6 mln so‘mga yaqinlashyapti

O‘zbekistonda 2025 yil yanvar-iyun oylarida o‘rtacha oylik ish haqi 5 mln 982,3 ming so‘mni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 17,2 foizga o‘sgan.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/o-zbekistonda-o-rtacha-oylik-ish-haqi-6-mln-so-mga-yaqinlashyapti

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Читать полностью…

UzReport.news

Xizmat xonasida ayolni quchoqlab o‘tirgan davlat xizmatchisi ishdan olindi

Ijtimoiy tarmoqlarda davlat xizmatchisi o‘z xizmat xonasida ayol kishini quchoqlab o‘tirgani aks etgan surat tarqaldi. Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi matbuot xizmati ushbu xodimlar ishdan olinganini maʼlum qildi.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/xizmat-xonasida-ayolni-quchoqlab-o-tirgan-davlat-xizmatchisi-ishdan-olindi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Читать полностью…

UzReport.news

Yevropa Ittifoqi va Xitoy iqlim bo'yicha yaqinroq hamkorlik qilishni xohlaydi

Bryussel va Pekin iqlim o‘zgarishiga qarshi kurash va qayta tiklanadigan energiya manbalariga o‘tish bo‘yicha hamkorlikni kuchaytirmoqchi, deyiladi Yevropa Ittifoqi va Xitoy sammiti yakunlari bo‘yicha tomonlarning qo‘shma bayonotida.

Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/yevropa-ittifoqi-va-xitoy-iqlim-boyicha-yaqinroq-hamkorlik-qilishni-xohlaydi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Читать полностью…

UzReport.news

Mudofaa vazirligi va Velosport federatsiyasi o‘rtasida memorandum imzolandi

Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling!

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Читать полностью…

UzReport.news

Hurmatli Prezident janoblari!

Menga va men boshchiligimdagi delegatsiyaga O‘zbekistonga so‘nggi tashrifim chog‘ida ko‘rsatilgan samimiy qabul uchun Sizga samimiy minnatdorchilik bildiraman. Ayniqsa, Samarqand kabi tarixi boy va ming yillik madaniyat timsoli bo‘lgan shaharning go‘zalligini o‘z ko‘zim bilan ko‘rish baxtiga musharraf bo‘lganimdan juda mamnunman. Bu imkoniyat Siz va o‘zbek xalqi tomonidan ko‘rsatilgan buyuk mehmondo‘stlik tufayli amalga oshdi.

Biz o‘zaro manfaatli barcha masalalar yuzasidan samarali muhokamalar o‘tkazganimizdan mamnunligim va minnatdorligimni bildirmoqchiman. Biz o‘z mamlakatlarimizni bog‘lab turuvchi strategik sheriklikni yanada mustahkamlash maqsadida ish olib bormoqdamiz. Imzolangan kelishuvlar soni va ahamiyati, shubhasiz, ikki tomonlama hamkorligimiz chuqurligi va keng qamrovli ekanidan dalolat beradi. Biz uni yanada kengaytirish niyatidamiz.

Shu munosabat bilan, oldin belgilab olgan harakatlar rejasiga muvofiq, muhokama qilingan barcha masalalar bo‘yicha amaliy ishlar boshlanganidan xursandman. Xususan, Strategik muloqot va Qo‘shma komissiyani belgilash, shuningdek, muhim sohalar, jumladan, madaniyat, kasbiy tayyorgarlik, qishloq xo‘jaligi kabi sohalarda hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha sa’y-harakatlar olib borilayotgani haqidagi yangiliklar meni mamnun qildi.

Bu ishlar amalga oshirilishida qat’iy harakat qilib, ularni muvaffaqiyatli bajarish orqali O‘zbekiston kabi o‘ziga xos sherik bilan strategik aloqalarni mustahkamlash va yanada rivojlantirish niyatidaman. Shu bilan birga, mintaqaviy hamkorlik sohasidagi faoliyatni ham qo‘llab-quvvatlayman. Shu munosabat bilan "1+5" formatidagi birinchi sammitda ishtirok etganingiz uchun yana bir bor minnatdorchilik bildiraman.

Yana uchrashish umidida, ushbu imkoniyatdan foydalanib, Sizga samimiy tilaklarimni va tug‘ilgan kun munosabati bilan tabrigimni izhor etaman.

Siz bilan tez orada yana ko‘rishishga umid qilaman!

Jorja Meloni
,
Italiya Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website

Читать полностью…
Subscribe to a channel