O'zbekiston va dunyo yangiliklari https://uzreport.news saytining rasmiy Telegram kanali. Rus tilida yangiliklar 🇷🇺: @UzReport O'zbek tilida yangiliklar 🇺🇿: @UzReport_uz Qayta aloqa uchun: @UzReportbot Reklama: @SALESTVBOT
Prezident Shavkat Mirziyoyev nomiga qutlovlar kelishda davom etmoqda:
Muhtaram Prezident!
Tavallud kuningiz munosabati bilan Sizga o‘zimning eng samimiy tabriklarim va ezgu tilaklarimni izhor etishga ijozat bergaysiz.
Shuningdek, tug‘ilgan kunim munosabati bilan yo‘llagan maktubingizdagi ezgu tilaklaringiz uchun chuqur minnatdorligimni bildirmoqchiman.
Fursatdan foydalanib, Samarqandda bo‘lib o‘tgan "Yevropa Ittifoqi - Markaziy Osiyo" birinchi sammitining muvaffaqiyatini taʼminlashdagi hal qiluvchi rolingiz uchun Sizga o‘z minnatdorligimni bildirishga ijozat bergaysiz. Ushbu muhim sammit Xalqaro iqlim forumi bilan birgalikda Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi strategik sheriklikda, O‘zbekiston Respublikasi bilan ikki tomonlama munosabatlarimizda yangi va muhim sahifa ochdi. Sizning rahbarligingizda bizga ko‘rsatilgan olijanob va eʼtiborli mehmondo‘stlik barcha ishtirokchilar tomonidan yuksak baholandi hamda chinakam unutilmas va mazmunli Sammitning muvaffaqiyatli o‘tishiga xizmat qildi.
Endi kelajakka ishonch va shijoat bilan qarayapmiz. Yevropa Ittifoqining "Global darvoza" strategiyasi doirasida innovatsiyalar, “yashil” energetika, muhim materiallar, transport va logistika, raqamlashtirish, taʼlim, sog‘liqni saqlash, qishloq xo‘jaligi va o‘zaro bog‘liqlik kabi ustuvor sohalarni qamrab olgan umumiy kun tartibi chuqur hamkorlik va fuqarolarimiz uchun sezilarli natijalarga mustahkam asos yaratadi. Shu munosabat bilan O‘zbekistonning ko‘p qirrali hamkorligi, ayniqsa, iqlim sohasidagi global maqsadlarni ilgari surish, mamlakatingizning barqaror rivojlanish va mintaqaviy muloqot masalalarida yetakchiligi uchun Yevropa Ittifoqi nomidan chuqur minnatdorlik bildiraman.
Yevropa Ittifoqi va O‘zbekiston o‘rtasidagi munosabatlarda yana bir muhim bosqichni boshlab beradigan Kengaytirilgan sheriklik va hamkorlik to‘g‘risidagi bitimni imzolash uchun Sizni Bryusselda qutlash imkoniyatini intiqlik bilan kutmoqdaman. Ishonchim komilki, uchrashuvimiz strategik muloqotimizni davom ettirish, shuningdek, mushtarak qadriyatlar va umumiy maqsadlar asosiga qurilgan sheriklikni ilgari surish yo‘lida birgalikda ishlash uchun qulay imkoniyat yaratadi.
Janobi Oliylari, Sizga bo‘lgan yuksak ehtiromimni qabul qilgaysiz.
Hurmat bilan,
Antoniu Koshta,
Yevropa Kengashi Prezidenti
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Gruziyaga Xitoy — Qirg‘iziston — O‘zbekiston temiryo‘li loyihasida qatnashish taklif etildi
Shuningdek, tomonlar avtomobil va temir yo‘l tashuvlari sohasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, shuningdek, Gruziya dengiz portlaridan foydalangan holda xalqaro multimodal transport yo‘laklarini rivojlantirish bilan bog‘liq masalalarni muhokama etishdi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/gruziyaga-xitoy-qirg-iziston-o-zbekiston-temiryo-li-loyihasida-qatnashish-taklif-etildi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Fransiya prezidenti Falastin davlatini tan olishga qaror qildi
Emmanuel Makron sentyabr oyida BMT Bosh Assambleyasida Fransiya Falastin davlati mustaqilligini tan olganini rasman e’lon qilmoqchi. Isroil Fransiya prezidentining qarorini qoraladi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/fransiya-prezidenti-falastin-davlatini-tan-olishga-qaror-qildi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Tailand-Kambodja chegarasida to'qnashuvlar, Tailand F-16 qiruvchi samolyotlari Kambodja harbiy nishonlariga qarshi joylashtirildi
Payshanba kuni Tailand va Kambodja o‘rtasidagi bahsli chegara hududida qurolli to‘qnashuv boshlandi. Har ikki tomon keskinlashuvda bir-birini ayblamoqda. Tailanddagi harbiy harakatlar natijasida tinch aholi halok bo'ldi va 50 kilometrlik chegara zonasidan evakuatsiya e'lon qilindi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/tailand-kambodja-chegarasida-toqnashuvlar-tailand-f-16-qiruvchi-samolyotlari-kambodja-harb
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Prezident Shavkat Mirziyoyev Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti Shayx Mansur Ol Nahayon bilan telefon orqali muloqot qildi.
Shayx Mansur Ol Nahayon davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va mas’uliyatli davlatchilik faoliyatida katta muvaffaqiyatlar tiladi. Shuningdek, Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad Ol Nahayon va Ab-u-Dabi Amirligi valiahdi Shayx Xolid Ol Nahayonning salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi.
O‘zbekiston bilan BAA o‘rtasidagi do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash, joriy yil yanvar oyida BAAga amalga oshirilgan oliy darajadagi tashrifda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Armaniston Bosh vaziri Nikol Pashinyan Shavkat Mirziyoyevni tug'ilgan kuni bilan tabrikladi
"Tug‘ilgan kuningiz munosabati bilan samimiy tabriklarim va eng ezgu tilaklarimni qabul qilgaysiz.
Sizga mustahkam sog‘lik, farovonlik hamda O‘zbekiston Respublikasi va do‘st O‘zbekiston xalqining ravnaqi yo‘lidagi mas’uliyatli faoliyatingizda yangi muvaffaqiyatlar tilayman.
Ishonchim komilki, birgalikdagi izchil ishlarimiz tufayli biz Armaniston Respublikasi va O‘zbekiston Respublikasi o‘rtasidagi munosabatlarni mustahkamlashga, shuningdek, xalqlarimiz farovonligi yo‘lida o‘zaro manfaatli hamkorlikning mavjud salohiyatini samarali rivojlantirishga hissa qo‘sha olamiz", deya ta'kidlagan Pashinyan.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Misr Arab Respublikasi Prezidenti Abdulfattoh as-Sisi Shavkat Mirziyoyevni tug'ilgan kuni bilan tabrikladi
"Tug‘ilgan kuningiz munosabati bilan Misr xalqi va shaxsan o‘zimning nomimdan eng samimiy tabriklarimni qabul qilgaysiz.
Fursatdan foydalanib, Siz, Janobi Oliylariga cheksiz baxt, farovonlik hamda do‘st O‘zbekiston xalqining ravnaqi, tinchligi va barqarorligi yo‘lidagi saʼy-harakatlaringiz va intilishlaringizga muvaffaqiyatlar tilab qolaman", deya ta'kidlagan Misr yetakchisi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Komil Allamjonov Prezident Shavkat Mirziyoyevni tavallud kuni bilan tabrikladi
"Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin – eng adolatli muhtaram Prezident!
Baxtimizga dunyo turguncha turing!
Siz qurayotgan erkin millat poydevori yanada mustahkam, yo‘llari ravon bo‘lsin!", deya yozgan u o'z rasmiy sahifasida.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Zilzila vayronalari orasida hayot izlagan qutqaruvchi
Qahramonimiz Bobur Muhitdinov bilan bo'lib o'tgan eksklyuziv suhbatni UzReport TV lavhasida tomosha qiling!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Prezident Shavkat Mirziyoyev va Koreya Respublikasi Prezidenti Li Chje Myonning telefon orqali muloqoti bo‘lib o‘tdi.
Koreya Respublikasi Prezidenti davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va davlat rahbari sifatidagi faoliyatida yangi zafarlar, O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.
O‘zbekiston Prezidenti, o‘z navbatida, Janubiy Koreya rahbarini bo‘lib o‘tgan Prezident saylovidagi ishonchli g‘alabasi bilan yana bir bor samimiy tabriklab, belgilangan rejalarni amalga oshirishda katta muvaffaqiyatlar tiladi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
2026-yildan majburiy avtosug‘urta summasi ikki baravarga oshib, 80 mln so‘mni tashkil etadi
2026-yil 1-yanvardan boshlab transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta summasini 80 mln so‘mgacha (amalda 40 mln so‘m) oshirilishi belgilandi, bu o‘z navbatida YTH natijasida jabrlangan shaxslarning mol-mulkiga, hayotiga va sog‘lig‘iga yetkazilgan zarar miqdorini qoplash uchun yo‘naltiriladigan mablag‘ning bugungi kun talabiga mos ravishda bo‘lishiga xizmat qiladi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/2026-yildan-majburiy-avtosug-urta-summasi-ikki-baravarga-oshib-80-mln-so-mni-tashkil-etadi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Qozog‘istonning birinchi Prezidenti O‘zbekiston yetakchisini tabrikladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston Respublikasining birinchi Prezidenti Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi.
Nursulton Nazarboyev davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt-saodat va muvaffaqiyatlar, O‘zbekistonga tinchlik-osoyishtalik, barqaror taraqqiyot va ravnaq tiladi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Reuters: Xitoy Rossiyaga dron dvigatellarini yetkazib berishda davom etmoqda
Harpiya dronlari Xitoy dvigatellari yordamida ishlab chiqariladi, ular Rossiyaga sanksiyalarga qaramay yashirincha yetkaziladi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/reuters-xitoy-rossiyaga-dron-dvigatellarini-yetkazib-berishda-davom-etmoqda
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Turkman xalqining milliy yetakchisi davlatimiz rahbarini samimiy tabrikladi
Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkman xalqining milliy yetakchisi, Turkmaniston Xalq Maslahati Raisi Gurbanguli Berdimuhamedov bilan telefon orqali muloqot qildi.
Turkmaniston milliy yetakchisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, birodar O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning tavallud kuni munosabati bilan xorijiy davlatlar, hukumatlar, parlamentlar, nufuzli xalqaro tashkilotlar, yetakchi xorijiy kompaniyalar rahbarlari, taniqli jamoat, din va sport arboblari, mamlakatimizning barcha hududlari va xorijdagi yurtdoshlarimizdan samimiy qutlovlar kelmoqda.
Maktublarda O‘zbekiston Prezidenti rahbarligida aholi farovonligini oshirish, mamlakat barqarorligi va izchil taraqqiyotini ta’minlash, uning xalqaro nufuzini mustahkamlashga qaratilgan ortga qaytmas siyosiy islohotlar va ijtimoiy-iqtisodiy yangilanishlar dasturini samarali amalga oshirish borasida erishilgan yuksak natijalar qayd etilgan.
Prezidentimizga mustahkam sog‘lik va mas’uliyatli davlatchilik faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar, O‘zbekistonning ko‘p millatli xalqiga esa tinchlik-osoyishtalik, farovonlik va ravnaq tilaklari izhor etilgan.
Shuningdek, bugun davlatimiz rahbarining ko‘plab mamlakatlar yetakchilari bilan telefon orqali muloqotlari rejalashtirilgan.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
O‘zbekiston TIV Tailand va Kambodja o‘rtasidagi chegarada yuz bergan qurolli to‘qnashuv munosabati bilan yuzaga kelgan vaziyatni diqqat bilan kuzatmoqda
"Biz barcha tomonlarni vaziyatni tinch yo‘l bilan hal qilishga va xalqaro huquq normalariga rioya qilishga chaqiramiz.
Mamlakatimizning Bangkokdagi Bosh konsulxonasi ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda Tailand va Kambodjada istiqomat qilayotgan O‘zbekiston fuqarolari orasida jabrlanganlar mavjud emas. Tailand poytaxti va turizm markazlarida vaziyat barqaror bo‘lib, xorijiy sayyohlar uchun xavf-xatar mavjud emas", deyiladi xabarda.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/o-zbekiston-tiv-tailand-va-kambodja-o-rtasidagi-chegarada-yuz-bergan-qurolli-to-qnashuv-mu
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
2030-yilda O‘zbekistonda IT-xizmatlar eksportini 5 milliard dollarga yetkazish rejalashtirilgan
Toshkent shahrida IT-autsorsing va raqamli xizmatlar sohasidagi yilning eng muhim tadbirlaridan biri “Global Business Services Forum 2025” xalqaro forumi bo‘lib o‘tdi. IT Park O‘zbekiston tashabbusi bilan Raqamli texnologiyalar vazirligi ko‘magida tashkil etilgan tadbirda 40 mamlakatdan 300 dan ortiq ishtirokchi, jumladan, transmilliy korporatsiyalar, startaplar, davlat tashkilotlari va venchur fondlar vakillari qatnashdi.
Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
O‘zbekistonlik hamshiralar Buyuk Britaniya sog‘liqni saqlash tizimida ishga jalb etilishi mumkin
O‘zbekistondan Buyuk Britaniyaga qonuniy ishchi kuchini jalb qilish, migrantlarning kasbiy taʼlim va ingliz tili ko‘nikmalarini egallashini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shma loyihalar ko‘rib chiqildi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/society/o-zbekistonlik-hamshiralar-buyuk-britaniya-sog-liqni-saqlash-tizimida-ishga-jalb-etilishi-
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Kiyevda NABU va SAP mustaqilligi uchun namoyishlar davom etmoqda
Ukraina poytaxtida hukumatga qarshi namoyishlarda 2 mingga yaqin odam qatnashdi. Prezident Zelenskiy Radaga namoyishchilar talablariga javob beradigan yangi qonun loyihasini kiritganiga qaramay, namoyishlar davom etmoqda.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/kiyevda-nabu-va-sap-mustaqilligi-uchun-namoyishlar-davom-etmoqda
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Yer qa'ridan foydalanishga oid huquqbuzarlik haqida xabar berganlar rag'batlantiriladi
Nizomga ko'ra, shaxslar huquqbuzarlikni videotexnika vositalari orqali qayd etishi hamda “Geomonitoring” tizimi orqali Tog'-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasiga yuborishi lozim.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/economy/o-zbekiston-va-socar-ustyurt-platosida-mahsulotni-taqsimlash-to-g-risida-kelishuv-imzoladi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
O‘zbekiston va SOCAR Ustyurt platosida mahsulotni taqsimlash to‘g‘risida kelishuv imzoladi
Bitim shartlariga muvofiq, 1,0 ming kvadrat kilometrdan kam bo‘lmagan maydonda 3D seysmorazvedka ishlarini olib borish va natijalarga ko‘ra bitta quduqda geologiya-qidiruv ishlarini boshlash rejalashtirilgan. Sanoat ahamiyatiga ega uglevodorod konlari topilgan taqdirda, tomonlar ularni o‘zlashtirish va keyinchalik qazib olish bosqichiga kirishadilar.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/economy/o-zbekiston-va-socar-ustyurt-platosida-mahsulotni-taqsimlash-to-g-risida-kelishuv-imzoladi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
6 oyda O‘zbekiston YAIM hajmining o‘sish surʼati 107,2 %ni tashkil qildi
O‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti hajmining o‘sish surʼati 107,2 %ni tashkil qilib, 807,9 trln so‘mdan ortgan.
Batafsil UzReport TV lavhasida tomosha qiling!
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Makron AQShda jurnalistga tuhmat bo'yicha sudga murojaat qildi
Emmanuel Makron va uning rafiqasi Delaver shtati Oliy sudiga Brijit Makron erkak bo‘lib tug‘ilganini da’vo qilgan amerikalik jurnalist Kandes Ouensga nisbatan tuhmat yuzasidan da’vo arizasi berdi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/world/makron-aqshda-jurnalistga-tuhmat-boyicha-sudga-murojaat-qildi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Prezident Shavkat Mirziyoyev Turkiya Respublikasi Prezidenti Rejep Tayyip Erdog‘an bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat avvalida Turkiya yetakchisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va katta muvaffaqiyatlar, birodar O‘zbekiston xalqiga tinchlik-osoyishtalik va ravnaq tiladi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Prezident Shavkat Mirziyoyev Rossiya Federatsiyasi Federal Majlisi Federatsiya Kengashi Raisi Valentina Matviyenko bilan telefon orqali muloqot qildi.
Federatsiya Kengashi Raisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat va davlatchilik faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar tiladi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Prezident Shavkat Mirziyoyev Belarus Respublikasi Prezidenti Aleksandr Lukashenko bilan telefon orqali muloqot qildi.
Suhbat avvalida Belarus yetakchisi davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy tabriklab, mustahkam sog‘lik, baxt-saodat hamda O‘zbekistonning ravnaqi va farovonligi yo‘lida yangi zafarlar tiladi.
Belarus Prezidentining o‘tgan yil fevral oyidagi O‘zbekistonga tashrifi davomida erishilgan kelishuvlarni qabul qilingan "yo‘l xaritasi" asosida amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
Prezident Shavkat Mirziyoyevni tug'ilgan kuni bilan Rossiya prezident Vladimir Putin, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiyn Xurelsux, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin, Qirg‘iz Respublikasi prezidenti Sadir Japarov tabrikladi.
Xorijiy davlatlar yetakchilari davlatimiz rahbarini tavallud kuni bilan samimiy muborakbod etib, unga mustahkam sog‘lik, baxt-saodat, O‘zbekistonning barqaror taraqqiyoti va ravnaqi yo‘lidagi davlatchilik faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar tilashdi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
O‘zbekistonning Shri-Lankadagi birinchi elchisi tayinlandi
O‘zbekistonning Shri-Lankaga yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor elchisi Alisher To‘xtayev ushbu mamlakat Davlat protokoli rahbari Rohana Ambagollaga ishonch yorlig‘i nusxalarini topshirdi.
Batafsil 👉 https://uzreport.news/politics/o-zbekistonning-shri-lankadagi-birinchi-elchisi-tayinlandi
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website
AQSHning 44-prezident Barak Obama "davlatga xiyonat" va davlat to‘ntarishiga urinish bo‘yicha javobgarlikka tortilishi mumkin — AQSH Milliy razvedkasi rahbari
Fox News telekanali xabariga ko‘ra, sobiq prezident 2016 yilgi saylovlarda "Rossiya izi" haqida razvedka ma’lumotlarini soxtalashtirishda ayblanmoqda.
Avvalroq AQSH Milliy razvedkasi rahbari Tulsi Gabbard sobiq prezident Barak Obama ma’muriyati 2016 yilgi saylovlar oldidan ham, keyin ham Rossiya ularning natijasiga kiberhujumlar orqali ta’sir ko‘rsatmaganini e’lon qilgan edi.
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube | Website