O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal) +(99895) 197 41 44 +(99895) 198 41 44 Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot Вопросы 👉🏻 @otabek_ibragimov
🟦🟦🟦👨💻👩💻🧠
20-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Xalqaro tashkilotlar doirasida xalq diplomatiyasi: BMT, ShHT, MDH, TDT misolida” mavzusida ilmiy seminar-trening o‘tkazildi.
Tadbirda talabalarning malakaviy amaliyot davomida egallagan bilim va ko‘nikmalari, xalq diplomatiyasi va xalqaro tashkilotlar faoliyatiga oid qarashlari muhokama qilindi. Seminarni universitetning Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori Nasirov Abduraxim Abdimutalipovich ochib berdi. Shuningdek, O‘zbekistonda ShHT Xalq diplomatiyasi markazi direktori Sobirov Qobiljon Qosimovich hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti professori Etibor Sultonov xalq diplomatiyasining ahamiyati haqida ma’ruza qildilar.
#MilliyQadriyatlarOyligi
🇺🇿 O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti Ekologiya va yashil resurslar kafedrasida Milliy qadriyatlar oyligi hukm surmoqda…
Bugun kafedrada maʼnaviy-maʼrifiy suhbat tashkil etilib, u "Milliy qadriyatlar - millat maʼnaviyatining ko‘zgusi" mavzusiga bag‘ishlandi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣
21 fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Scopus ma’lumotlar bazasidagi jurnallar va ularda maqolalar nashr qilish tartiblari” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.
Tadbirda universitet professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar va doktorantlar ishtirok etdilar.
Seminar-treningni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor O. Yusupov kirish so‘zi bilan ochib berdi.
Tadbir davomida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
• Universitet rektori boshchiligida Malayziya va Indoneziyaga tashrifi doirasida Indoneziyaning Scopus ma’lumotlar bazasida Wacana ilmiy jurnaliga maqola nashr etish;
• Scopus ma’lumotlar bazasidagi jurnallar va ularda maqola nashr qilish tartiblari;
• Soxta yoki dublikat (klon) veb saytga ega bo‘lgan jurnallardan himoyalanish va yuqori ilmiy ko‘rsatkichga ega jurnallarni aniqlash, ularda maqola nashr etish tartibi.
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿
🇫🇷🤝🇺🇿O’zDJTU professor- oʻqituvchilarining Puatye universitetida tashkil etilgan treningda ishtiroki davom etmoqda!
🇺🇿Roman-german filologiyasi fakulteti Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi vakillari 18-20 fevral kunlari Fransiyaning Puatye universitetiga tashrifi turli seminar-trening, o'quv binolari va dasturlar bilan tanishish, fransuz tili mashg'ulotlarini kuzatish hamda davra suhbatlar bilan davom etmoqda. Erasmus+ loyihasi doirasida inklyuziv ta'limga bag'ishlangan treningda professor -oʼqituvchilarmiz faol qatnashmoqdalar.
✔️Erasmus+ loyihasi doirasida oʻqishni davom ettirayotgan Roman-german filologiyasi fakulteti Fransuz tili nazariy fanlar kafedrasi 3-kurs talabalari Lochin Ikromov va Asal Otabekovalar bilan uchrashib, ularga yaratilgan sharoitlar, turar joylari, o'quv mashg'ulotlariga qatnashish va o'zlashtirishi o'rganildi.
🌐Ushbu hamkorlik ikki universitet o‘rtasidagi aloqalarni yanada mustahkamlashga va professor-oʻqituvchi va talablarning xalqaro bilim va tajribalarni oʻzlashtirish va fikr almashishga keng imkoniyat yaratmoqda!
#amaliy_seminar
Ingliz filologiyasi fakulteti 1-bosqich talabalari uchun "Time-management. Motivation in students' life" mavzusiga oid amaliy-seminar oʻtkazildi
Jarayon Ingliz tili funksional leksika kafedrasi oʻqituvchilari N.B.Rasulova va G.B.Raximova boshchiligida 4-bosqich talabalari D.Zokirova va P.Golovachyova tomonidan olib borildi.
Seminar davomida vaqtni toʻgʻri boshqarish va rejalashtirishning samarali usullari, maqsadlarni belgilash va ularga erishish strategiyalari, talabalar uchun motivatsiya manbalari haqida muhokama qilindi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Milliy kiyimlar yarmarkasi” bo‘lib o‘tmoqda.
Ingliz tili 1-fakulteti tomonidan tashkil etilgan ushbu yarmarka talaba va professor-o‘qituvchilar tomonidan katta qiziqish bilan kutib olindi. Tadbirda turli milliy liboslar namoyish etilib, o‘zbek an’analari keng targ‘ib qilinmoqda.
Yarmarkaga Germaniyadan tashrif buyurgan mehmonlar ham ishtirok etishdi. Ular milliy kiyimlarning betakrorligi, o‘ziga xos dizayni va qadimiy tarixini yuqori baholab, ushbu madaniy tadbirga katta qiziqish bildirishdi.
‼️ Тошкент шаҳар ИИББ фирибгарликнинг янги усулидан огоҳлантиради!
@Militsiya_Uzb👈🏽
🟦🟦🟦
19-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida giyohvandlikka qarshi kurash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilishga qaratilgan ijodiy ishlar tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Unda 100 nafarga yaqin talaba ishtirok etib, o‘z ijodiy ishlari orqali mazkur illatning salbiy oqibatlariga jiddiy e’tibor qaratishdi.
Tanlov adabiyot hamda tasviriy va amaliy san’at yo‘nalishlarida tashkil etildi.
Adabiyot yo‘nalishi bo‘yicha talabalar insho yozib, o‘z fikrlarini badiiy va tahliliy tarzda ifoda etishdi. Ushbu yo‘nalishda 80 nafardan ziyod talaba qatnashdi.
Tasviriy va amaliy san’at yo‘nalishi bo‘yicha esa talabalar rasm chizib, grafik ishlar, plakatlar va naqqoshlik orqali mavzuni yoritishdi. Bu yo‘nalishda 30 nafardan ortiq talaba o‘z ijodiy ishlari bilan qatnashdi.
Ma’lumot uchun: tanlov natijalari ertaga e’lon qilinadi! Eng yaxshi ishlar hakamlar hay’ati tomonidan tanlab olinib, hududiy bosqichga tavsiya etiladi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🎉E’LON! E’LON! E’LON! 🎉
🇺🇿Ingliz tili birinchi fakulteti tomonidan « MILLIY LIBOSLAR YARMARKASI » o’tkazilmoqda
🛍CHORSU BOZORI ENDI UNIVERSITETIMIZDA❗️❗️❗️
📅Sana: 20-fevral
⏰Vaqt: kun davomida
📍Joy: Foye
👗Milliy liboslarni arzon narxlarda sotib olish imkoniyati!
🛒Eng chiroyli va zamonaviy atlas, adras, do‘ppi hamda boshqa milliy kiyimlar sizni kutmoqda!
🔥Bu imkoniyatni qo‘ldan boy bermang! 🔥
🎭O‘zbekona uslubda kiyinib, milliy qadriyatlarimizni yanada ulug‘lashga hissa qo‘shing!
📢Barchani ushbu ajoyib yarmarkaga taklif qilamiz! 💃🕺
📱 Telegram
📱Instagram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Bugun Sputnik xalqaro axborot agentligi va media platformasi vakillari O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Xalqaro jurnalistika fakultetiga tashrif buyurdi.
“Jurnalistning kasb etikasi kodeksi” mavzusida o‘tkazilgan mahorat darsida jurnalistikaning asosiy tamoyillari, ob’yektivlik va jamiyat oldidagi mas’uliyat haqida so‘z bordi.
Sputnik Uzbekistan saytining katta muharriri Mariya Krasovskaya jurnalistlar qaysi qoidalarga amal qilishi, axborot bilan ishlashda halollik va ishonchlilikni qanday saqlash kerakligi haqida batafsil tushuncha berdi.
Dars davomida talabalarga hayotiy misollar asosida kasb etikasi bilan bog‘liq muammolar va ularni hal qilish yo‘llari tushuntirildi. Shuningdek, erkin fikr bildirish va axborot tarqatishdagi mas’uliyat chegaralari muhokama qilindi.
Shuningdek, Sputnik xalqaro axborot agentligi Xalqaro jurnalistika fakultetida tahsil olayotgan 4 nafar talabaga Moskvadagi ofisida bepul o‘qish imkoniyatini taklif etdi. Ushbu taklif fakultet rahbariyati vakillari hamda talabalar tomonidan mamnuniyat bilan kutib olindi.
📍Xalqaro jurnalistika fakulteti
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
4️⃣4️⃣4️⃣
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro grantlar, xorijiy amaliyot va almashinuv dasturlari boʻyicha e’lonlar muntazam berib boriladigan kanali mavjud.
☝ Kanalga obuna boʻling
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
4️⃣4️⃣4️⃣ 5️⃣5️⃣5️⃣
💬“Ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda e’lon qilingan eng yaxshi material” tanlovi o‘tkaziladi
✔️Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi sizni “Ilmiy-ommabop gazeta va jurnallarda e’lon qilingan eng yaxshi material” tanlovida ishtirok etishga chorlaydi!
❗️Tanlovda oliygohlarda faoliyat olib borayotgan 35 yoshgacha boʻlgan yosh olimlar, ilmiy izlanuvchilari va talabalar qatnashishlari mumkin.
➡️G‘oliblar iyun oyining 5-sanasiga qadar aniqlanib, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan quyidagi mukofotlari bilan taqdirlanadi:
🥇-o‘rin - BHMning 25 baravari miqdorida;
🥈-o‘rin - BHMning 20 baravari miqdorida;
🥉-o‘rin - BHMning 15 baravari miqdorida.
🎚 Arizalar joriy yilning 1-10-may kunlari qabul qilinadi.
📃Tanlov nizomi
Bizni kuzating
🟦🟦🟦
🇺🇿 O‘zDJTU 1-Ingliz fakulteti rahbariyati 355- va 163-maktablardagi amaliyot jarayonini kuzatdi
2025-yil 18-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 1-Ingliz fakulteti rahbariyati talabalar amaliyot jarayonini kuzatish maqsadida Toshkent shahar Uchtepa tumani 355-maktab va 163-maktabga tashrif buyurdi.
🔹 355-maktabga tashrif chog‘ida fakultet dekani Guli Ismailovna Ergasheva, Ingliz tili nazariy aspektlari №1 kafedrasi mudiri Akmal G‘ulyamovich Yuldashev va Ingliz tili integrallashgan kursi №1 kafedrasi mudiri Mavluda Xamitovna Gulyamova talabalar tomonidan olib borilayotgan dars mashg‘ulotlarini kuzatib, ularning pedagogik mahorati va o‘quvchilar bilan ishlash uslubini baholadilar.
🔹 163-maktabga tashrif davomida esa 2-kurs kafedra mudiri amaliyot jarayonining borishini o‘rganib, talabalar faoliyatini tahlil qildi.
➖ Tashrif davomida:
✅ Talabalarning dars jarayonidagi faolligi va nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash mahorati o‘rganildi.
✅ Filippinlik mutaxassis Desiree Pasahol bilan suhbat o‘tkazilib, u talabalar pedagogik salohiyatini yuqori baholadi.
✅ Maktablarda chet tillarni o‘qitish jarayoni, bitiruvchilarning IELTS va Multilevel kabi xalqaro sertifikatlarga ega bo‘lishi hamda nufuzli universitetlarga kirishi bo‘yicha natijalar e’tirof etildi.
📌 355-maktabda ingliz, rus, fransuz, nemis, yapon va arab tillari chuqurlashtirilgan holda o‘qitiladi.
Tashrif yakunida maktab ma’muriyati talabalarning dars berish uslubi va o‘quvchilar bilan ishlash jarayonidan mamnunligini bildirib, ularning amaliyot jarayonini ijobiy baholadilar. Talabalar universitetda o‘rgangan nazariy bilimlarini samarali qo‘llashga erishmoqda.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
📩Telegram | 🌐Instagram
🌍 🟦🟦🟦👨💻👩💻🧠
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti Ekologiya va yashil resurslar kafedrasi tashabbusi bilan seminar-trening bo‘lib o‘tdi!
Professor Xushvaktova Xusnobod Saliyevna boshchiligida o‘tkazilgan ushbu trening davomida talabalar barqaror rivojlanish, ekologik muammolar va ularning yechimlari haqida chuqur bilimga ega bo‘lishdi.
2-TTJ talabalari o‘z faolligi bilan ajralib turib, ekologik madaniyatni shakllantirishga munosib hissa qo‘shishdi.
Tadbir yakunida eng faol ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
OʻzDJTU Xotin-qizlar psixologi Sh.X.Boʻstonova tomonidan Ingliz filologiyasi fakulteti 1-bosqich talabalari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Dasturdan maqsad talaba-qizlarning muayyan sharoitga moslashishiga oid tavsiyalar berish, nevrotik holatlarni bartaraf qilish, atrofdagi insonlar bilan munosabat madaniyatini chiroyli tashkil etish, muammoli vaziyatlarda psixologik toʻgʻri xulosalar chiqarish toʻgʻrisida tushunchalar berib borishdan iborat boʻldi.
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
21-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida rektor Ilxomjon Tuxtasinov, Qozog‘istonning akademik Kuvvatbekov nomidagi Xalqlar do‘stligi universiteti rektori prof. Rabiga Kuvvatbekova, Xalqaro aloqalar bo‘yicha prorektori Guljamol Maxmudova va Raqamlashtirish bo‘yicha prorektori Maksat Esenovlarni qabul qildi.
Tadbir doirasida tomonlar ikki tomonlama aloqalarni rivojlantirish, xususan almashinuv dasturlarini amalga oshirish, ilmiy tadqiqotlar va xalqaro loyihalarni amalga oshirish kabi yo‘nalishlarda hamkorlik qilish masalalarini muhokama qildilar.
Rektor Ilxomjon Tuxtasinov quyidagi takliflarni bildirdi:
• Xalqaro akkreditatsiyadan o‘tgan pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish tarmoq markazida Qozog‘iston OTMlari chet tillari o‘qituvchilari uchun maxsus kurslar tashkil etish;
• Ilmiy izlanuvchilar dissertatsiyalariga qo‘shma rahbarlikni amalga oshirish va himoyalarni tashkil etish;
• O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ilmiy jurnallarida maqolalar chop etish;
• Birgalikda ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazish.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida professor-o‘qituvchilar o‘rtasida tashkil etilgan sport musobaqalarining final qismi bo‘lib o‘tdi.
Musobaqa doirasida:
✅Erkaklar o‘rtasida futbol bellashuvi;
✅Ayollar o‘rtasida voleybol bellashuvi tashkil etildi.
🏆Final natijalari quyidagicha:
Futbol bo‘yicha:
• 1-o‘rin – Ingliz tili 2-fakulteti;
• 2-o‘rin – Ingliz filologiyasi fakulteti;
• 3-o‘rin – Roman-German fakulteti.
Voleybol bo‘yicha:
• 1-o‘rin – Ingliz filologiyasi fakulteti;
• 2-o‘rin – Ingliz tili 2-fakulteti;
• 3-o‘rin – Tarjimonlik fakulteti.
Final qismi qizg‘in bahs-munozaralarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi va musobaqa muvaffaqiyatli yakunlandi. G‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
✨Milliy libos-milliy iftixor!
➡️Har bir halqning oziga xoz urf -odati, an'analari va madaniy merosi bor. Milliy liboslar esa ana shu bebaxo merosning yorqin timsolidir. Ular nafaqat go'zallik va nafislik, balki xalqning tarixini, o'ziga xosligini, san'ati va didini aks ettiradi.
➡️Bugun milliy liboslar zamonaviylik bilan uyg'unlashib kundalik hayotimizga qaytmoqda. Ular nafaqat bayramlarda, balki ishda, tadbirlarda, kundalik turmishda ham faxr bilan kiyilmoqda. Chunki milliy libos-bu milliy g'urur, bizning ajdodlarimizdan qolgan bebaho meros!
#do’ppichellenj ga qatnashing
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
20-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Germaniyaning DAAD tashkiloti vakillari va bir qator nufuzli universitetlar professorlari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Tadbirda DAAD mas’ul xodimlari Elena Shmidt, Vera Rogova va Jamshid Karimov, DAAD lektori, O‘zDJTUda volontyor-o‘qituvchi Yohanna Mayer qatnashdi. Shuningdek, Myunxen Lyudvig Maksimillian universiteti professori Mark Hengerer, Fulda universiteti professori Joanna Uzga, Jade universiteti professori Mattias Berger va Berlin Texnika universiteti professori Natali Milaxin universitetga tashrif buyurdi.
Tadbirni O‘zDJTU Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektori A. Nasirov ochib berdi va mehmonlarga universitet faoliyati, xalqaro hamkorlik yo‘nalishlari hamda nemis tili ta’limi haqida ma’lumot taqdim etdi. Shuningdek, DAAD vakili Elena Shmidt tashkilot faoliyati va loyihalari haqida taqdimot o‘tkazdi. Germaniya oliy ta’lim muassasalari vakillari esa o‘z universitetlari va hamkorlik imkoniyatlari haqida so‘z yuritdilar.
Uchrashuv davomida tomonlar quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar:
✅ Talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun almashinuv dasturlarini kengaytirish
✅ Erasmus+ va boshqa xalqaro loyihalarni amalga oshirish
✅ Ilmiy-tadqiqot sohasida hamkorlikni rivojlantirish
✅ O‘zDJTU nemis tili o‘qituvchilari uchun malaka oshirish dasturlarini tashkil qilish
✅ Germaniya OTMlari talabalarini yozgi tillar lagerlariga jalb etish
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
19-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti va FIBAA xalqaro akkreditatsiya tashkiloti ekspertlari o‘rtasida muhim videomuloqot bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda O‘zDJTU nomidan Xalqaro hamkorlik bo‘yicha prorektor A. Nosirov, Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i X. Yo‘ldashev, Xalqaro reytinglar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i B. Nishonaliyev hamda O‘quv-uslubiy boshqarma boshlig‘i N. Ibragimovlar ishtirok etdi.
Muhokama qilingan asosiy jihatlar:
🔹 Akkreditatsiya jarayonida talab qilinadigan sifat mezonlari va ularga moslashish yo‘llari
🔹 Akademik mobillikni oshirish va xalqaro hamkorlikni kengaytirish
🔹 O‘quv dasturlarining innovatsion va zamonaviy metodikalar asosida rivojlantirilishi
🔹 Talabalar manfaatlarini ustuvor qo‘yish va sifat monitoringini yo‘lga qo‘yish
🔹 Ta’lim tizimini raqamlashtirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish
🟦🟦🟦🟦🟦
18-fevralda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida psixolog Z.T. Xayrullayeva va Qo‘shma ta'lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo'limi tyutori A.Mirbabaeva tomonidan talabalar bilan davra suhbati tashkil etildi.
Ushbu suhbatning asosiy maqsadi talabalar hayotida muhim bo‘lgan bir qator masalalar, jumladan, ta'lim, taraqqiyot, kasbiy shakllanish, turmush qurish, o‘zaro munosabatlar va muloqot sirlari kabi mavzularni ko‘rib chiqish edi.
Suhbat davomida talabalar o‘rtasida tengdoshlar munosabati, dunyoqarash, qobiliyat va iqtidor muammolari haqida individual, guruhiy va jamoaviy maslahatlar berildi va psixologik tavsiyalari taqdim etildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦
🇺🇿 2025-yil 18-fevral kuni Chilonzor tumanidagi 101-maktabda “Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 150 yilligi”ga bag‘ishlangan adabiy kecha bo‘lib o‘tdi.
Tadbir O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti ingliz tili 1-fakulteti, Adabiyotshunoslik ilmiy tadqiqot instituti va Ingliz tili nazariy aspektlari 1-kafedrasi hamkorligida, 3-bosqich 2215-2216-guruh talabalari tomonidan tashkil etildi. Kechani ularning ilmiy rahbari, o‘qituvchi Azimova Anora boshqarib bordi.
➖Tadbir davomida:
✅ Adabiyotshunoslik ilmiy tadqiqot instituti direktori, filologiya fanlari doktori (DSc), professor Maxliyo Yunusovna ishtirok etib, “Turkiston jadidlari” mavzusida ma’ruza qildi.
✅ Kecha davomida Behbudiyning ma’rifatchilik faoliyati, adabiy merosi va jadidchilik harakatidagi o‘rni haqida fikr yuritildi.
✅ Maktab o‘quvchilari adabiy chiqishlari, she’r va sahna ko‘rinishlari bilan tadbirga o‘z hissalarini qo‘shdilar.
Kecha yakunida Behbudiy ijodiga oid viktorina o‘tkazilib, faol ishtirokchilar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Tadbir yuksak ma’naviy ruhda o‘tib, yosh avlod uchun katta taassurot qoldirdi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring:
📩Telegram | 🌐Instagram
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
19-fevral kuni “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Markaziy kengashi Yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish masalalari bo’limi tomonidan “Yoshlarga daxldor qonun loyihalarini ishlab chiqishda yangi avlod vakillarining o‘rni” mavzusida ochiq muloqot bo’lib o’tdi.
Dasturda Davlatimiz rahbarining yoshlar bilan uchrashuvidagi takliflari nafaqat uchrashuvda ishtirok etganlar, balki butun O‘zbekiston yoshlari hayotida tarixiy va esda qolarli kun bo‘lganligi qayd etildi. Shuningdek, mazkur tashabbuslarni amalga oshirishda yoshlar ham munosib hissa qo'shishi kerakligi borasida takliflar bildirildi.
🔵 REKTOR VA YOSHLAR
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektor Ilxomjon Tuxtasinov iqtidorli talabalar bilan uchrashuvida yoshlarning ilmiy va ijodiy yutuqlarini e’tirof etib, ularga minnatdorchilik bildirdi. Shuningdek, Navoiy nomidagi davlat stipendiyasi tanlovida faol ishtirok etgan talabalar sertifikatlar bilan taqdirlandi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🔵 REKTOR VA YOSHLAR
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti faollar zalida rektor Ilxomjon Tuxtasinov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalariga talabgor bo‘lgan yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda universitet rahbariyati, Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi vakillari hamda iqtidorli talabalar ishtirok etdi. Rektor yoshlarning ilmiy izlanishlari va yutuqlarini e’tirof etib, ularga minnatdorchilik bildirdi. Shuningdek, nomdor stipendiya talabgorlariga o‘z ustida muntazam ishlash, ilmiy izlanishlarni davom ettirish va Vatan ravnaqi yo‘lida xizmat qilish bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Tadbir davomida stipendiya talabgorlariga o‘z fikrlarini bildirish, ilmiy izlanishlari hamda kelajak rejalari haqida so‘z yuritish imkoniyati yaratildi. Rektor yoshlar bilan samimiy muloqot qilib, ularning savollariga javob berdi va kelajakda ham ularga har tomonlama qo‘llab-quvvatlashini ta’kidladi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🌍 🟦🟦🟦👨💻👩💻🧠
18-fevral kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakulteti Ekologiya va yashil resurslar kafedrasi tashabbusi bilan talabalar uchun ilmiy seminar va amaliy trening tashkil etildi.
Yovvoyi tabiat va “Qizil kitob”dagi noyob hayvonlar mavzusiga bag’ishlangan seminarni kafedra professor-o‘qituvchilari R. X. Mudarisova va Sh. A. Saidova olib bordilar.
Ishtirokchilar Buxoro bug‘usi, Turkiston silovsini, Markaziy Osiyo yo‘lbarsi, qum mushugi, lochin kabi noyob hayvonlar haqida qiziqarli bilimlarga ega bo‘lishdi.
👨💻👩💻🧠
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida professor-o‘qituvchilar uchun raqamli jurnalistika bo‘yicha o‘quv seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
Seminar-treningning asosiy maqsadi – raqamli jurnalistika imkoniyatlarini kengroq o‘rganish, yangiliklarni tez va samarali tarqatish usullarini tahlil qilish hamda media sohasida zamonaviy yondashuvlarni ilgari surishdan iborat bo‘ldi.
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori matbuot kotibi – Axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi Otabek Ibragimov “Videokontent yaratishning xususiyatlari” mavzusida ma’ruza qilib, videoformattagi axborot materiallarini tayyorlash, samarali vizual kontent yaratish usullari hamda raqamli jurnalistika tamoyillari haqida muhim ma’lumotlar berdi.
ОТМ битирувчиларини ишга жойлашишига кўмаклашувчи дастур амалга оширилади
Олий таълим ташкилотларининг битирувчиларини ишга жойлаштиришга кўмаклашишга қаратилган “Келажакка қадам” дастури амалга оширилади.
👉 https://kun.uz/kr/27358900
Kun.uz расмий канали