🟦🟦🟦 🟦🟦🟦
Yoshlarning maqsadli faoliyatini tizimli tashkil etish hamda ularni yangi marralar sari yo‘naltirish maqsadida tashkil etilgan “Yilning eng faol talabasi” respublika tanloviga arizalar qabul qilish jarayonlarida saralangan talaba yoshlar universitet bosqichiga yetib keldi.
19-noyabr kuni mazkur talabalarning ijodiy ishlarini ko‘rib chiqish va baholash jarayonlariga start berildi.
Ijodiy ishlarni o‘rganib chiqish jarayonlari oldidan universitet rektori va Tanlov komissiyasi a’zolari bilan birgalikda uchrashuv tashkil etildi. Rektor Ilxomjon Tuxtasinov tanlovning universitet bosqichini talab darajasida o‘tkazilishini muvofiqlashtirish va zarur hollarda tashkiliy-uslubiy yordam ko‘rsatish hamda shaffoflik ta’minlanishini nazoratga olish, har bir ijodiy ishlarni sinchkovlik bilan o‘rganish va odilona baholash zarurligini ta’kidladi.
Tanlovning Nizom talablari asosida ishlarni tashkil etilishi, yuqori saviyada, adolat, xolislik va oshkoralik mezonlari asosida o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplayens-nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi ham mazkur baholash jarayonlarini nazoratga oldi.
Ijodiy ishlar 3 kun davomida o‘rganilib, baholanadi.
Eslatib o‘tamiz, tanlovda ishtirokchilar quyidagi nominatsiyalar taqdirlanadi:
✅Yilning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha eng bilimdon talabasi;
✅Yilning eng faol targ‘ibotchi talabasi;
✅Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi;
✅Yilning eng faol sportchi talabasi;
✅Yilning eng faol iqtidorli talabasi;
✅Yilning eng faol ijodkor talabasi;
✅Yilning eng faol tadbirkor talabasi.
Ma’lumot uchun: Nominatsiyalar bo‘yicha 1-2-3 o‘rinni egallagan g‘olib va sovrindorlar O‘zDJTU faxriy yorlig‘i bilan mukofotlanadi hamda tegishli ravishda 1-o‘rin sohibi bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 8 barobari miqdorida, 2-o‘rin sohibi BHMning 6 barobari miqdorida hamda 3-o‘rin sohibi BHMning 4 barobari miqdorida moddiy rag‘batlantiriladi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
19-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2025-yil uchun oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutining doktorantura (DSc), tayanch doktorantura (PhD), stajyor-tadqiqotchilikka kiruvchilar uchun imtihonlar o‘tkazildi.
Imtihonlardan avval O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I.M.Tuxtasinov hamda ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori O.Yusupov imtihonning ahamiyati haqida so‘zlab, imtihon topshiruvchilarga omad tiladi. Imtihonlarga yuqori malakali mutaxassislar jalb qilindi.
Jarayonlar ochiq va shaffof tarzda tashkil etildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
O‘zbekiston Respublikasida OIV infeksiyasi tarqalishiga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish va kechiktirib bo‘lmaydigan tadbirlarni o‘tkazish bo‘yicha 2024-2027-yillari uchun yo‘l xaritasining 21-bandiga asosan Tarjimonlik fakultetida Tabiiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi N.Tursunova, fakultet xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi F.Xabiyeva, hamda fakultet tyutorlari bilan hamkorlikda "OITS/OIV infeksiyasi va uning oldini olish" mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.
🩺 Suhbat asnosida, OITS/OIV infeksiyasining sabab va oqibatlari, infeksiyaning oldini olish usullari va muhim gigiyenik qoidalarning ahamiyati haqida ko‘rsatmalar berildi.
📎 Suhbat yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
/channel/TF_UZSWLU
4️⃣4️⃣4️⃣
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2024-yil 22-iyuldagi 03-1370-sonli topshirig‘i ijrosini ta’minlash hamda oliy ta’lim muassasalari talabalarini kitob mutolaasiga jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 1-avgustdagi 275-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
18-noyabr kuni OʻzDJTU Tarjimonlik fakulteti Ingliz tili amaliy tarjima kafedrasi o'qituvchisi Muminova Durdonaning TING2325-guruhi talabalari bilan Og'zaki nutq amaliyoti fanidan "Environmental issues" (Atrof-muhit muammolari) mavzusida ochiq darsi bo'lib o'tdi.
Dars tahlilida kafedraning katta o'qituvchilari S.Xodjayeva, D.Inamova, A.Saitxanova hamda V.Bozorova ishtirok etdi.
Ochiq dars talabalarning ona tabiat va uning bugungi kundagi holatini aks ettiruvchi devoriy gazetalarining namoyishi bilan boshlanib, mavzu doirasidagi turli xil o'yinlar bilan davom etdi. Dars yakunida talabalar guruhlarda ishlab, oʻzi tayyorlagan "Save the environment" (Atrof-muhitni asraylik) mavzusidagi video-lavhalarini namoyish etdi.
✍️📺📺✍️
12-14 noyabr kunlari Italiyaning Neapol shahrida Xalqaro Ipak yoʻli universitetlari tarmogʻi (SUN)ning 9-Bosh Assambleyasida OʻzDJTU delegatsiyasi ishtirokidan fotoreportaj
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#Muqaddasdir_Vatan_bayrog‘i
18-noyabr O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan Ingliz filologiyasi fakultetida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
Tadbirni fakultet dekani Guli Ergasheva tabrik so‘zi bilan ochib berdi. O‘zbekiston davlat drama teatri aktyori, Shuhrat medali sohibi Po‘lat Normatov hamda O‘zbekiston Milliy universiteti dotsenti, Yozuvchilar uyushmasi a’zosi To‘lqin Eshbek davlat ramzlarining ahamiyati, istiqlol timsoli bo‘lgan bayrog‘imizning qadr-qimmati haqida so‘zladilar.
🇺🇿 Bayroq – hurlik, ezgulik, tinchlik, millatning buyukligi timsolidir.
🇺🇿 Bugun, 18-noyabr – Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun.
Bundan 33 yil muqaddam, yaʼni 1991-yil 18-noyabrda “Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi toʻgʻrisida”gi qonun qabul qilingan.
🟩🟩🟩🟩
Shomuxammadov Xoliddin Abdulvoxobzoda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti ingliz tili birinchi fakulteti dekan muovini lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Shomuxammadov Xoliddin Abdulvoxobzoda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili birinchi fakulteti dekan muovini lavozimida ishlab kelgan.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦
18-noyabr O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan Ingliz filologiyasi fakulteti Ingliz tili Funksional leksikasi kafedrasi mudiri N.Kushiyeva rahbarligida va kafedra o‘qituvchisi Dilorom Raxmonova tomonidan tadbir tashkil etildi.
Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Madhiyasi bilan boshlandi. Davomda davlatimiz ramzi bo‘lgan bayrog‘imiz haqida she’r, milliy raqs, taqdimotlar, qo‘shiq va talabalar tomonidan tayyorlangan videoroliklar namoyish etildi.
Shuningdek, Ingliz tili funksional leksika kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan 17-noyabr "Xalqaro talabalar kuni" munosabati bilan talaba yoshlar tomonidan “Talabalik hayotim” mavzusidagi tanlovga yuborilgan ishlar komissiya a’zolari H. Jumanbetova, F. Normaxmatova, Sh. Sadiyeva, M.Xajiyevalar tomonidan baholanib, Saydamatov Ikromjon Nazirovich tomonida baholandi.
1-o‘rin 3-kurs Xolmirzayeva Marjona Ingliz filologiyasi.
2-o‘rin 2-kurs Ilhomberdiyeva Husnora Ingliz filologiyasi.
3-o‘rin 1-kurs Aliaxmatova Sarvinoz FKOR g‘olib deb topildi.
G‘oliblar diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirladi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🖐 🟦🟦🟦
Bugun Toshkent shahar hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi, Toshkent shahar oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi, Toshkent shahar sport boshqarmasi hamkorligida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida ommaviy sport musobaqalari Toshkent shahar bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Ushbu musobaqada jismoniy madaniyat va sport kafedrasi mudiri Elbek Olimovich O‘zDJTU terma jamoasi bilan "Streetball" sport turi bo‘yicha qatnashdi.
70 dan ortiq oliy ta’lim muassasalari terma jamoalari qatnashgan musobaqada O‘zDJTU terma jamoasi faxrli 1-o‘rinni egallab respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. medal, diplom hamda qimmatbaho sovgʻalar bilan taqdirlandi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🔵 REKTOR VA YOSHLAR
18-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Zakovat ko‘chasi 4-uy manzilida joylashgan Ma’naviyat va ma’rifat markazi binosida 5-sonli talabalar turar joyida yashovchi talabalar bilan "Rektor va yoshlar uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda universitet rektori, universitet rahbariyati vakillari, yotoqxona xodimlari, talabalar ishtirok etdi.
Tadbirni universitet rektori I.Tuxtasinov ochib berdi va talabalarga universitet faoliyati, o‘quv dasturlari, yaratilgan qulayliklar, imkoniyatlar to‘g‘risida ma’lumotlar berdi. Talabalarni hozirgi kunda dolzarb bo‘layotgan kiber jinoyatlar, giyohvand moddalar,diniy ekstremizm va turli xil oqimlarga aralashib qolmaslik uchun ogohlikka chaqirdi.
Ochiq muloqot asosida tashkil etilgan uchrashuvda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarini, talab va takliflarini berib, munosib tarzda javob oldilar.
Talabalarning muammolari o‘rganilib, yechimi borasida mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Uchrashuv davomida iqtidorli talabalar tomonidan qo‘shiqlar ijro etildi. Talabalar turar joyida eng namunali talaba, toza va ozoda xona, nominatsiyasi bo‘yicha bir guruh talabalar taqdirlandi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
"O'zbekiston Bayrog'i - Mustaqillik Ramzi"🇺🇿🇺🇿🇺🇿
18-noyabr O'zbekiston Respublikasining Davlat bayrog'i qabul qilingan kuning 33-yilligi munosabati bilan Axborot-resurs markazining barcha o'quv zallarida maxsus ko'rgazmalar tashkil etildi.
O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i xalqimizning boy tarixi, jasoratlari va kelajakka bo'lgan ulkan intilishlarining yorqin ramzidir. Ushbu muqaddas ramz O'zbekiston xalqining mustaqillik va davlatchilik g'oyalarini ifodalaydi.
Ko'rgazma doirasida bayroqning tarixiy asoslari, uning yoshlar qalbidagi ma'navi ahamiyati, davlatimizning mustaqillik ramzi sifatidagi o'rni haqida keng ma'lumotlar namoyish etildi.
O'zbekiston bayrog'i har doim tinchilik, birdamlik va mustaqillikning eng oliy timsoli bo'lib qolsin!
#DavlatBayrog'i #O'zbekistonMustaqilligi #MustaqillikRamzi
🟦🟦🟦🟦
🇺🇿 Bayroqqa hurmat — yurtga muhabbatdan dalolat!
🇺🇿🇺🇿Oʻzbekiston Respublikasining davlat ramzlari xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini oʻzida mujassam etib, shu yurtda yashovchi har bir fuqaroga gʻurur, faxr va iftixor bagʻishlaydi. Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Tarjimonlik fakultetida 18-noyabr-Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bayrogʻi qabul qilinganligini 33-yilligi munosabati bilan tadbir tashkil qilindi.
Yurtimizda tinchlik va osoyishtalik bardavom boʻlsin, bayrogʻimiz baland-balandlarda hilpirayversin!
📱 Telegram
Bugun O’zDJTU Xalqaro jurnalistikasi fakulteti 4-bosqich talabalari O’zbekiston gimnastika federatsiyasida bo’ldi.
Tadbir Sport jurnalistikasi fani doirasida filologiya fanlari doktori Yulduz Ortiqova tashabbusi bilan tashkil etilib manzilda amaliy darslar o’tkazildi.
⚡️ 18-19-noyabr kunlari O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti talabalari respublika ekologik treningida ishtirok etdi.
✅ Xalqaro jurnalistika fakultetida “Ekolog” jamoat birlashmasi va hamkor tashkilotlar tashabbusi bilan “Yoshlar uchun iqlim ta'limi: Barqaror kelajak sari qadamlar” mavzuida 2 kunlik trening o’tkazildi.
Unda fakultetning 40 ga yaqin talabalari ishtirok etib “Ekolog” jamoat birlashmasi vakillari Nargis Qosimova, Feruzbek Sayfullayev, xalqaro ekspert Natalya Idrisova tomonidan muhim ekologik bilimlar oldi.
🟩🟩🟩🟩
Ibragimov Baxromjon Ismoilovich O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakulteti dekan o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
—————————
Batafsil...
—————————
Ибрагимов Бахромжан Исмаилович назначен заместителем декана факультета английской филологии Узбекского государственного университета мировых языков.
—————————
Подробнее...
—————————
Ibragimov Bakhromjon Ismailovich was appointed to the position of deputy dean of the Faculty of English Philology of the Uzbek State World Languages University.
—————————
More...
—————————
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#tyutorlar_faoliyati
Ingliz filologiyasi fakulteti tyutori Abdullayeva Matluba Abdullayevna tashabbusi bilan talabalar o‘rtasida "5000 qadam" loyihasi tashkil etildi.
Talabalar sog'lomlashtirish maqsadida erta tongdan turli mashqlar bajarishdi, yugurishdi va 5000 qadam bosib o'tishdi. Bu, albatta, barcha talabalarga pozitiv kayfiyat ulashdi hamda kun bo'yi tetik yurishlarini ta'minladi. Sog'lig'iga e'tiborli bo'lgan har bir kishi uchun bunday loyihalar, shubhasiz, foydali bo'ladi degan umiddamiz!
Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
OʻzDJTU vakillari Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida bo'lib o'tayotgan "Учу великому" dasturida ishtirok etmoqda.
14-15 noyabr kunlari Sankt-Peterburgda bo'lib o'tayotgan "Учу великому" dasturining so'nggi kunlarida OʻzDJTU Umumiy tilshunoslik kafedrasi mudiri R.U.Madjidova boshchiligida kafedra o'qituvchilari N.R.Madaminova, M.O.Nosirova, Sh.A.Alimardanova va A.R.Galyamova "Chet elliklar uchun rus tili bo'yicha zamonaviy darsliklar" va "Chet el auditoriyasida lingvomadaniyatshunoslikni o'qitish" mahorat darslarida qatnashdilar.
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
2024-yil 12-14-noyabr kunlari Italiyaning Neapol shahrida Xalqaro Ipak yoʻli universitetlari tarmogʻi (SUN)ning 9-Bosh Assambleyasi boʻlib oʻtdi.
Mazkur tadbirda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti delegatsiyasi tarkibidan oliygoh professori Gʻ.Raximov hamda Tarjimonlik fakulteti talabasi ishtirok etdi.
🖥 Batafsil | Подробнее | More
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#tadbir #bayroq
🇺🇿 18-noyabr kunida bayrog‘imizning 33 yilligiga bag‘ishlab Ingliz tili Funksional leksikasi kafedrasi mudiri Nodira Kushiyeva rahbarligida va kafedra o‘qituvchisi Raxmonova Dilorom tomonidan tadbir tashkil etildi.
Tadbirda bayram munosabati bilan bayrog‘imiz haqida sher, milliy raqs, taqdimotlar, qo‘shiq va talabalar tomonidan tayyorlangan videoroliklar namoyish etildi.
Shuningdek, tadbirda Ingliz tili funksional leksika kafedrasi o‘qituvchilari tomonidan 17-noyabr Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan talaba yoshlar uchun “Talabalik hayotim” mavzusidagi tanlov hay’at a’zolari I.Saydamatov, H.Jumanbetova, F.Normaxmatova, Sh.Sadiyeva, M.Xajiyevalar tomonidan baholandi.
Tanlov natijalariga ko‘ra:
1-o‘rin 3-kurs Xolmirzayeva Marjona Ingliz filologiyasi;
2-o‘rin 2-kurs Ilhomberdiyeva Husnora Ingliz filologiyasi;
3-o‘rin 1-kurs FKOR Aliaxmatova Sarvinoz g‘olib deb topildi.
🟩🟩🟩🟩
Abidjanov Alisher Saxibovich O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Qo‘shma ta’lim dasturlarini muvofiqlashtirish bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Abidjanov Alisher Saxibovich O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Pedagog xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi direktori lavozimida ishlab kelgan.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟩🟩🟩🟩
Abduvaitov Alimardon Shoymardon o‘g‘li O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro jurnalistika fakulteti dekan o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
Tayinlovga qadar Abduvaitov Alimardon Shoymardon O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti “Madaniyatlararo kommunikatsiyalarning lingvistik” kafedrasi ta’minoti stajyor-o‘qituvchisi lavozimida ishlab kelgan.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣
2024-yil 18-noyabr kuni O‘zDJTU rahbariyatining El-umidi jamg‘armasi bitiruvchilari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda universitet rektori, o‘quv ishlari hamda ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlar, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i, inson resurslarlarini boshqarish bo‘limi boshlig‘i va huquqshunos ishtirok etdi.
Muloqot davomida bitiruvchilarni qiziqtirgan savollar, yuzaga kelgan masalalar va ularning takliflari eshitildi. O‘zDJTU rektori I. Tuxtasinov ishtirokchilarning fikrlarini o‘rganib chiqib, ularning faoliyatini samarali tashkil etish, ilmiy tadqiqot ishlarini davom ettirishda kerakli yordamni berish va ularni qo‘llab-quvvatlashga universitet rahbariyati tayyor ekanligini ta’kidlab o‘tdi. Shu bilan birga, barcha rahbar-xodimlarga tegishli topshiriqlar berildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Rektor va fakultet matbuot kotiblari uchrashuvi o‘tkazildi.
18- noyabr kuni O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov fakultetlarga tayinlangan matbuot kotiblari bilan uchrashib, axborot xizmatining yutuq va kamchiliklari haqida fikr almashdi. O‘tgan 2023-2024-o‘quv yili davomida ilgari surilgan mazkur amaliyot talabalarning ish bilan ta’minlanishi hamda kasbiy amaliyot o‘tashlarida katta muvaffaqiyat bo‘lganligini ta’kidlab o‘tdi. Suhbat davomida talabalarning takliflari tinglanib, mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Uchrashuvda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Valijon Sa’diyev, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori matbuot kotibi, axborot siyosati masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi Otabek Ibragimovlar ham ishtirok etdi.
Uchrashuv so‘ngida ishtirokchilar o‘z oldiga qo‘ygan maqsadlari va loyihalari bilan o‘rtoqlashdi. Universitet rektori talabalarning loyihalarini har doim qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini bildirdi. Shuningdek, universitetda ro‘y berayotgan xabarlarni tezkorlik bilan yoritishda yaqindan yordam berayotganligi uchun fakultet matbuot kotiblariga minnatdorchilik bildirdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
15-noyabr kuni Axborot-resurs markazining barcha o'quv zallarida "Millatlararo totuvlik va bag'rikenglik - umrboqiy qadriyatlar" mavzusida maxsus ko'rgazmalar tashkil etildi.
Mazkur ko'rgazmaning asosiy maqsadi - yoshlarimizda millatlararo totuvlik, bag'rikenglik va do'stlik tuyg'ularini yanada mustahkamlash, ularda Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg'ularini kuchaytirish hamda milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhini shakllantirishdan iborat.
Ko'rgazmada O'zbekistonda millatlararo totuvlikni ta'minlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar, turli millat vakillari uchun yaratilgan imkoniyatlar, shuningdek, xorijiy mamlakatlar bilan madaniy-ma'rifiy aloqalarga oid kitoblar, ilmiy maqolalar va davriy nashrlar namoyish etildi.
Ushbu ko'rgazma yoshlarimizda vatanparvarlik, insonparvarlik va bag'rikenglik kabi olijanob fazilatlarni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
#yangiliklar #ko'rgazma #millatlarotuvligi #yoshlar #talabalar
🟦🟦🟦🟦🟦
📣 O‘zDJTU talabalari uchun qulay sharoitlarga ega bo‘lgan yotoqxona!
❗️O‘zDJTUning Tarjimonlik, Ingliz tili 1-2-3 fakultetlari talaba qizlari diqqatiga!
☄️Sizlar uchun barcha qulayliklarga ega bo‘lgan yotoqxona taklif etamiz!
📌Asosiysi ushbu yotoqxona universitet asosiy binosi yaqinida joylashgan!
✔️Bepul vayfay tarmog‘idan foydalanish imkoniyati bilan birga hech qanday kommunal to‘lovlarni amalga oshirmaysiz.
💵Bularning barchasi uchun oylik to‘lov 1.000.000 so‘m.
✍️Ushbu turargohdan joy olish maqsadingiz bo‘lsa fakultetingiz dekan o‘rinbosarlariga murojaat qiling.
🔝Qulay sharoitlarga ega bo‘lgan kvartirada yashash imkonini ko‘ldan chiqarmang!
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
2️⃣2️⃣2️⃣
🎉17-noyabr — Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan 🇺🇿 Sharq filologiyasi hamda 🇬🇧 Ingliz filologiyasi Yoshlar Ittifoqi kengashi tomonidan universitetimiz talaba-yoshlari uchun ✨ ko‘ngilochar bayram kechasi tashkillashtirildi.
🎊 Tadbirni Sharq filologiyasi fakulteti dekani D.M.Djurayev ochib berdi. Bayram dasturi davomida qiziqarli shartlar, k-pop raqslari hamda musiqiy chiqishlar bo'lib o'tdi.
❤️🔥 Yana bir bor bayram bilan bilan barcha talabalarni tabriklaymiz.
Hurmatli bilan:
✈️ @yi_filologiya
✈️ @sharqfilologiyasiofficial