uzswlu | Unsorted

Telegram-канал uzswlu - O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

14363

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal) +(99895) 197 41 44 +(99895) 198 41 44 +(99895) 199 41 44 +(99895) 194 15 05 +(99871) 230 13 73 Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot Вопросы 👉 @otabek_ibragimov

Subscribe to a channel

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

📺📺🟦🟦🟦

22-noyabr kuni “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida O‘zDJTUda bo‘lib o‘tgan tadbirdan videolavha.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫

Olimpiada bilimlilarni kashf etdi.

O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti o‘rtasida tuzilgan  memorondum doirasida oliy harbiy ta’lim muassasalarida harbiy kadrlarni tayyorlash sifatini oshirish, harbiy xizmatchilarning o‘z kasbiga bo‘lgan qiziqishini orttirish, ularda ilmiy-ijodiy qobiliyatlarni shakllantirish va yuksaltirish, oliy harbiy ta’lim muassasalari o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini yaratish, shuningdek, MDHga a’zo davlatlarning oliy harbiy ta’lim muassasalari o‘rtasida o‘tkaziladigan Xalqaro fan olimpiadalarining final bosqichida ishtirok etish uchun munosib nomzodlarni saralash maqsadida oliy harbiy ta’lim muassasalari kursantlari jamoalari o‘rtasida Ingliz tili fan olimpiadasi tashkil etildi.


O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ilmiy va innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish  bo‘limi hamda 7 nafar professor-o‘qituvchilari olimpiadani sifatli tashkil etish va shaffofligini to‘liq ta’minlash, ishtirokchilarni baholash uchun hay’at a’zolari tarkibiga jalb etildi. Hay’at a’zolari tanlov yakunida hay’at a’zolari tomonidan Ingliz tili fan olimpiadasining kuchlilari aniqlandi va 1-2-3- o‘rinlar e’lon qilindi.

Ma’lumot uchun:  O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Harbiy aviatsiya instituti, Mudofaa vazirligi Axborot kommunikatsiya texnologiyalari va aloqa harbiy instituti, Chirchiq oliy tank qo‘mondonlik muhandislik bilim yurti hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Harbiy tibbiyot akademiyasi kursantlari jamoalari ishtirok etdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2024-yil 22-iyuldagi 03-1370-sonli topshirig‘i ijrosini ta’minlash hamda oliy ta’lim muassasalari talabalarini kitob mutolaasiga jalb etish, badiiy savodxonlik darajasini oshirish orqali ularni vatanparvarlik va yurtimiz kelajagiga daxldorlik ruhida tarbiyalash, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 1-avgustdagi 275-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash maqsadida 22-noyabr kuni O‘zDJTUda “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida tadbir bo‘lib o‘tdi.

 “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida. “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasidagi mazkur tadbirda elimizning ardoqli va taniqli adiblari Botirjon Ergashov va Ma’mura Zohidovalar bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Universitetga tashrif buyurgan adiblar va talaba yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuvni universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi hamda yozuvchilarga bugungi tashrif uchun minnatdorchilik bildirdi.

Uchrashuvda universitetning adabiyotga qiziqqan, yozuvchi hamda shoir va shoira talabalari ishtirok etdi. Shuningdek, talabalar o‘zlarining ijod namunasidan parchalar o‘qib berdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🔰 Bugun O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti talabalari uchun navbatdagi mahorat darsi o’tkazildi.

Tadbir avvalida, fakultet dekani Amrullo Karimov talabalarning amaliy va nazariy bilimlarini mustahkamlashda bu kabi mahorat darsi alohida ahamiyatga ega ekanligini ta’kidlab o’tdi.


⚡️Xalqaro jurnalist, filologiya fanlari doktori, YUNESCOning Markaziy Osiyo davlatlari axborot va media savodxonlik bo'yicha trener Maral Aitmagambetova tomonidan talabalarga "Как создавать вовлекающие истории?" mavzusida mahorat darsi o’tkazildi.

✨ Kunning 2 qismida tashkil etilgan darslar davomida talabalar OAV orqali auditoriya e’tiborini jalb etishda qo’llanilishi lozim bo’lgan usullar, to’g’ri “storytelling” tuzishning jurnalistik yondashuvlari bo’yicha ma’lumotlarga ega bo’ldi.

#fakultetyangiliklari
@xalqarojurnalistika_fakulteti

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#fakultetyangiliklari

“Men o'zimni anglaganimda" mavzusida suhbat tashkil etildi.

22-noyabr kuni OʻzDJTU Rus filologiyasi fakultetida psixolog Z.T.Xayrullaeva tomonidan talabalarning hayotdagi maqsadlarni belgilash va ular ongiga zararli g'oyalardan himoyalanish muhimligini singdirishga qaratilgan uchrashuv boʻlib oʻtdi.


Dastur davomida psioxolog talabalarg zarur va foydali maslahatlarni taqdim etdi. Shuningdek, oʻzaro dildan suhbat tashkil etilib, yot gʻoyalarga aldanmaslik borasida muhokama qilindi.

Bunday tadbirlar yoshlarga o‘z yo‘lini topishga va maqsadlarini chuqurroq anglashga yordam beradi.

🔹Rus filologiyasi fakulteti

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦 🟦🟦

UNIVERSITET YETAKCHILIGA TANLOV E’LON QILINADI

❗️Tanlovda O'zbekiston Davlat Jahon tillari universiteti talabalari hamda professor-o'qituvchilari ( 30 yoshgacha) ishtirok etishlari mumkin.

Nomzodlarga quyidagi talablar qo‘yiladi:

Talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish;
Tashabbus va iqtidorlarini qo‘llab-quvvatlash;
Yoshlarni yetaklay olish qobiliyati,
Jamoa bilan ishlash ko‘nikmasi, liderlik va notiqlik
Hujjatlar bilan ishlay olish ko‘nikmasi;
Kamida 2 ta xorijiy tillarida erkin muloqot qila olish.


Imkoniyatlar nimalardan iborat?

Moliyaviy rag‘batlantirish – munosib oylik!
Yoshlar bilan ishlash orqali tajriba va hurmat qozonish!
Universitet hayotining markazida bo‘lish va yetakchilik qobiliyatingizni rivojlantirish!

📌Arizalarni topshirish muddati:

23-noyabrdan 27-noyabrga qadar.
28-29-30-noyabr kunlari suhbat va saralash bosqichi.
Suhbat jarayonida nomzodlar o‘z g‘oyalarini taqdimot shaklida ko‘rsatib berishlari zarur bo‘ladi.

📌Kerakli hujjatlar:

REZYUME (umumiy ma’lumot, 3x4 rasm, tel.raqam ko‘rsatilishi lozim)

Yoshlar
bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Doniyor Xamdamov (+998 97 711 58 53)ga murojaat qiling!

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

Joriy yilning 22-noyabr kuni OʻzDJTU Ingliz tili 2-fakulteti Ingliz tili nazariy aspektlari kafedrasi oʻqituvchisi M.Hasanov tomonidan "Ilmiy-ijodiy ishlarni eʼlon qilish qoidalari" mavzusi asosida toʻgarak mashgʻuloti oʻtkazildi.

Toʻgarak mashgʻuloti davomida ilmiy va ijodiy ishlarni qanday qilib mahalliy va xalqaro jurnallarda nashr qilishning muhim jihatlari muhokama qilindi. Shuningdek, ularning yozilish uslublari, qoidalari koʻrib chiqildi.

Mashgʻulot qiziqarli va bahs-munozaraga boy holatda boʻlib, talabalar oʻzlarini qiziqtirgan barcha savollariga yetarlicha javoblar olishdi

#fakultet_yangiliklari
@second_faculty_official.

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🖐🟦🟦🟦
21-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida poytaxtimizdan saralanib chiqqan 42 ta oliy ta’lim muassasalarining (og‘il bola) jamoalari o‘rtasida sportning “Voleybol” turi bo‘yicha Toshkent shahar final bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa yakunlarini universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov, universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Valijon Sa’diyev kuzatib bordi.
Universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov g‘oliblarga sertifikat va sovg‘alar topshirdi.

Natijalar quyidagicha:

1-o‘rin O‘zbekiston Milliy universiteti
2-o‘rin Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti
3-o‘rin O‘zDJTU  universiteti

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#tyutorlar_faoliyati

Ingliz filologiyasi fakulteti tyutorlari M.Abdullayeva, N.Oroqboyevalar tashabbusi bilan 22-sonli mehribonlik uyiga tashrif uyushtirildi.

Tashrifda 2425A-guruh faol ishtirok etdi. Bolalarni xursand qilish uchun guruh tomonidan turli sovg'alar ulashildi

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

10.00.04 - Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi bo’yicha mustaqil izlanuvchilikka (PhD) kirish uchun qabul qilingan suhbat natijalari
----
10.00.04 - Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti
ixtisosligi bo’yicha mustaqil izlanuvchilikka (DSc)
kirish uchun qabul qilingan suhbat
natijalari
----
10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo’yicha mustaqil izlanuvchilikka (PhD) kirish uchun qabul qilingan suhbat
natijalari
----
10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo’yicha mustaqil izlanuvchilikka (DSc) kirish uchun qabul qilingan suhbat natijalari
----
10.00.11 - Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi bo’yicha mustaqil izlanuvchilikka (PhD) kirish uchun qabul qilingan suhbat
natijalari
----
13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligi bo’yicha mustaqil izlanuvchilikka (PhD) kirish uchun qabul qilingan suhbat
natijalari
----
13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo’yicha mustaqil izlanuvchilikka (PhD) kirish uchun qabul qilingan suhbat
natijalari
----
13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo’yicha mustaqil izlanuvchilikka (DSc) kirish uchun qabul qilingan suhbat
natijalari
----
10.00.07 - Adabiyot nazariyasi ixtisosligi bo’yicha mustaqil izlanuvchilikka (PhD) kirish uchun qabul qilingan suhbat
natijalari
----
10.00.09 – Jurnalistika ixtisosligi bo’yicha mustaqil izlanuvchilikka (PhD) kirish uchun qabul qilingan suhbat
natijalari
----
07.00.01 - Oʻzbekiston tarixi ixtisosligi bo’yicha
mustaqil izlanuvchilikka (PhD) kirish uchun qabul qilingan suhbat
natijalari
----
23.00.02 - Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar ixtisosligi bo’yicha mustaqil izlanuvchilikka (PhD) kirish uchun qabul qilingan suhbat
natijalari
----
23.00.02 - Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar ixtisosligi bo’yicha mustaqil izlanuvchilikka (DSc) kirish uchun qabul qilingan suhbat
natijalari
----
23.00.04 - Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari ixtisosligi bo’yicha mustaqil izlanuvchilikka (PhD) kirish uchun qabul qilingan suhbat
natijalari

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#Virtual_akademiya

2025-yil 1-yanvardan Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi ishga tushiriladi

Virtual akademiyada quyidagi kontingent uchun o‘qish tashkil etiladi:
✔️aholi, tadbirkorlik subyektlari, fuqarolik jamiyati institutlari vakillari;
☑️ta’lim tashkilotlari tarbiyalanuvchilari, o‘quvchilari va talabalari;
☑️davlat organlari va tashkilotlarining davlat xizmatchilari;
✔️davlat ishtirokidagi korxonalarning xodimlari.

2024-yil oxiriga gadar “Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi” elektron platformasi va uning mobil ilovasi ishga tushiriladi.


Bizni kuzating
Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#eslatma #sharh

2025-yil 1-yanvardan Korrupsiyaga qarshi kurashish virtual akademiyasi ishga tushadi

📹Ushbu platforma qanday ishlashi haqida batafsil videoreportajda hikoya qilinadi

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

20-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2025-yil uchun oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’lim institutining doktorantura (DSc), tayanch doktorantura (PhD), stajyor-tadqiqotchilikka kiruvchilar uchun imtihonlar o‘tkazildi.


Imtihonlardan avval Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori O.Yusupov imtihonning ahamiyati haqida so‘zlab, imtihon topshiruvchilarga omad tiladi.

Imtihonlarga yuqori malakali mutaxassislar jalb qilindi. Jarayonlar ochiq va shaffof tarzda tashkil etildi.

✍️Imtihon natijalari bilan tanishing!

10.00.09-Jurnalistika ixtisosligi bo’yicha tayanch doktoranturaga kirish uchun qabul qilingan imtihon NATIJALARI

10.00.06-Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo’yicha tayanch doktoranturaga kirish uchun qabul qilingan imtihon NATIJALARI
___
10.00.06-Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo’yicha stajyor-tadqiqotchilikka kirish uchun qabul qilingan imtihon NATIJALARI
___
13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo’yicha stajyor tadqiqotchilikka kirish uchun qabul qilingan imtihon NATIJALARI
___
13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo’yicha tayanch doktoranturaga kirish uchun qabul qilingan imtihon NATIJALARI
___
10.00.11-Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligi bo’yicha tayanch doktoranturaga kirish uchun qabul qilingan imtihon NATIJALARI

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

20-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Tarjimonlik fakultetida Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi tomonidan “Tarjimashunoslik: muammolar, yechimlar va istiqbollar 2” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.

Anjuman yalpi majlisi O‘zbekiston Respublikasi davlat madhiyasi bilan boshlandi. Universitet ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Otabek Yusupov tadbirni ochib berdi.

Shundan so‘ng, ishtirokchilarga Tarjimonlik fakultetining tarixi, yutuqlari hamda bugungi kundagi natijalarini aks ettirgan videolavha taqdim etilib, konferensiya mavzusi doirasida ma’ruzachilar fikri o‘rtaga tashlandi.

Diplomatiya universitetida tahsil berib kelayotgan Eron Islom Respublikasi professori Zaxra Zaratti, Tarjimonlik fakultetining Arab tili tarjima nazariyasi va amaliyoti kafedrasi professori Akhmad Al-Zubaydi, Yapon filologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi Noto Kuniyaki, Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi katta o‘qituvchisi Schusler Ralph va boshqa ko‘plab universitet professorlari mavzu yuzasidan o‘z ma’ruzalarini taqdim etdi.

Anjuman bugun Xalqaro maydonda ketma-ket yutuqlarga erishib kelayotgan Yangi O‘zbekiston yoshlari, soha mutaxassislari uchun alohida ahamiyatga ega bo‘ldi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🗓 Bugun OʻzDJTU Roman-german filologiyasi fakultetida "Yoshlarni ekstremizm g'oyalaridan asrash - barqarorlik omili!" mavzusida davra suhbati bo'lib o'tdi. Davra suhbatida universitet profilaktika inspektorlari Sh. Bekmetov va M. Nurmuhammedova ishtirok etishdi.

❇️Tadbir davomida inspektorlar tomonidan yoshlarni ekstremizm g'oyalaridan ogoh boʻlishlik, turli xil diniy oqimlarga aralashib qolmaslik , ta'qiqlangan saytlarga kirmaslik uning oqibatlari boʻyicha tushuntirishlar berib oʻtildi.Barcha talabalar ogohlikka chaqirildi. Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarini berib, munosib tarzda javob oldilar.

/channel/rgffaculty

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

O‘ZBEKISTON DAVLAT JAHON TILLARI UNIVERSITETI HUZURIDAGI PEDAGOG KADRLARNI QAYTA TAYYORLASH VA MALAKASINI OSHIRISH TARMOQ MARKAZI

Ayni paytda O‘zDJTU huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazining Xalqaro aloqalar bo‘limi mutaxassisi Kenjayeva Adolat Asrorovna  Marmara universitetida 18-23 noyabr kunlari o'tkazilayotgan (Istanbul, Turkiya) "Oliy taʼlimda xilma-xillik va ijtimoiy inklyuziya" Erasmus+ xalqaro haftaligida ishtirok etmoqda. Tashrif davomida Marmara universiteti Erasmus+ KA131, KA 171 va KA1 loyihalarida ishtroki bo'yicha tarmoq markaz bilan istiqbolli rejalari tuzildi. Marmara universiteti, Turkiya Milliy Agentligi, hamkor institut va xalqaro ofis vakillari bilan kelgusida tarmoq markaz o'rtasida mutaxassislar almashuvi, malaka oshirish va qayta tayyorlov kurslarida xorijiy professor-o‘qituvchilar tomonidan onlayn va offlayn seminar-mashg‘ulotlar, master-klasslar va seminar-treninglar o‘tkazish masalalari bo‘yicha muzokaralar o‘tkazildi. Ushbu haftalik davomida ko‘plab mamlakatlardan kelgan universitet vakillari bilan kelgusida hamkorlik memorandumlarini imzolash rejalashtirildi.

📱Bizni quyidagi ijtimoiy tarmoqlar orqali kuzating👇🏻

🚀 Telegram

🔵Facebook

📷Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦

 “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida universitetga tashrif buyurgan adiblar universitet rahbariyati vakillari bilan birgalikda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida hududda  manzarali va butasimon daraxtlar ekishdi.

Yozuvchilar uyushmasi a’zolari,  oliygoh rahbariyati vakillari bilan birgalikda universitet faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Ular ARM, universitetning madaniyat markazida bo‘lib, talabalarga yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

Shuningdek, O‘zDJTU tarixi, bugunga qadar faoliyati haqida ma’lumotlar va esdalik buyumlar jamlangan O‘zDJTU muzeyi, talabalar uchun yaratilgan kulolchilik markazining ish jarayonlari bilan tanishdi.

Shundan so‘ng, universitet rektori Ilxomjon Tuxtasonov bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda universitet rektori yozuvchilar uyishmasi a’zolariga minnatdorchilik bildirdi.

Shuningdek, tadbir doirasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zolari Uchtepa tumanidagi maktablar hamda mahallalargatashrif buyurdi, maktab o‘quvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 29-martdagi 20/1-867-sonli topshirig‘i ijrosini ta’minlash maqsadida ishlab chiqilgan   nazorat rejasida belgilangan topshiriqlarning ijrosini ta’minlash maqsadida  22-noybar kuni  O‘zDJTUda yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.


Braziliyaga ketish bo‘yicha ishchi guruh yig‘ilib, tayyorgarliklar muhokama etildi.

Unda Universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda rahbariyat vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilishda  Braziliya tomoni bilan tashrif muddatini kelishish, xizmat safariga yuboriladigan delegatsiya tarkibini shakllantirish, xizmat safarini amalga oshirish va belgilangan tadbirlarni tashkil etish, tadbirlar davomida YUNESKO 43-sessiyasining mazmun-mohiyati, O‘zbekiston tashabbuslari to‘g‘risida ma’lumot berish, tadbirlar davomida mamlakatimiz tarixi, buyuk allomalar hamda bugungi kunda amalga oshirilayotgan islohotlar bo‘yicha targ‘ibot kampaniyalarini amalga oshirish, xorij tomoniga O‘zbekistonda o‘tkazilishi rejalashtirilgan tadbirlarda ishtirok etish bo‘yicha tavsiyalar berish kabi masalalar muhokama etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

20-22-noyabr kunlari O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakultetida “Gender masalalarining OAVda yoritilishi” mavzuida seminar-trening o’tkazildi.

Trening davomida talabalar quyidagi savollarga javob oldi:
• Nega OAVda gender masalalari kam yoritiladi?
• Gender zo’ravonlikni oldini olishda OAVning roli qanday?
• Gender masalalarini OAVda qanday yoritish kerak?
• Stereotip nima?


Trening professor Nargis Qosimova hamda “Qalb nuri” ayollar va ularning oilalariga huquqiy, psixologik, ijtimoiy yordam ko’rsatish markazi direktori Nodira Alimovalar tomonidan olib borildi.

#fakultetyangiliklari
@xalqarojurnalistika_fakulteti

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦

22-noyabr kuni Dissertatsiya ishlari ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi.


Dissertatsiya ishlari ilmiy seminar muhokamasining bu sonida Ashurova Nigina Alimdjanovna 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (ingliz tili) ixtisosligi bo‘yicha tayorlangan «Ingliz tilida yangi avlod darsliklari va o‘quv qo‘llanmalarini ishlab chiqish mexanizmlari» mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasining ilmiy seminar  muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Oflayn va onlayn tarzida tashkil etilgan seminarda  universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov, Ilmiy kengash a’zolari, rasmiy opponentlar va universitetning boshqa mas’ullari ishtirok etdi.

Muhokama jarayoni davomida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi, ilm-fan sohasiga qo‘shadigan hissasi, o‘rganilganlik darajasi va ilmiy yangiligiga haqida so‘z yuritildi. 

Yakunda tadqiqotchi tomonidan ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollarga asosli javoblar taqdim etdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣

Shu kunlarda universitetning Xalqaro aloqalar bo‘limi va Xalqaro reytinglar bilan ishlash bo‘limi xodimlari tomonidan belgilangan rejaga muvofiq fakultetlarda keng ko‘lamli o‘rganish va monitoring ishlari olib borilmoqda.

Ushbu jarayonda fakultetlarning maqsadli ko‘rsatkichlarini yanada yuksaltirish, xalqaro reytinglardagi o‘rnimizni mustahkamlash borasida muhim qadamlar tashlandi. Monitoring jarayonida bo‘lim xodimlari barcha fakultet dekanlari va kafedra mudirlari bilan yuzma-yuz uchrashuvlar o‘tkazib, dolzarb masalalar muhokama qilindi. Uchrashuvlarda fakultetlarning ilmiy salohiyatini oshirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish va professor-o‘qituvchilarning ilmiy faoliyatini yanada jonlantirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.

Ayniqsa, Scopus va Web of Science kabi nufuzli bazalarda maqolalar sonini ko‘paytirish, xorijiy universitetlar bilan hamkorlikni kuchaytirish va xalqaro ilmiy loyihalarda ishtirok etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bo‘lim xodimlari tomonidan har bir fakultetga aniq ko‘rsatmalar berilib, zaruriy yo‘l-yo‘riqlar tushuntirildi. Bugungi monitoring natijalari universitetning xalqaro reytinglardagi o‘rnini yanada mustahkamlashga xizmat qilishi shubhasiz.

Eslatib o‘tamiz, universitetimiz rahbariyati tomonidan xalqaro reytinglarda yuqori natijalarga erishish ustuvor vazifa sifatida belgilangan bo‘lib, bu borada tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#bizkorrupsiyagaqarshimiz #tanlov

OʻzDJTU Ingliz tili 3-fakulteti tyutori M.Allamova boshchiligidagi 2421-guruh talabalarining "Biz korrupsiyaga qarshimiz" mavzusida ishlagan videoroligi

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🎗 Sog‘lom turmush sari! 🌟
21-noyabr Ingliz tili uchinchi fakulteti dekani I.R.Bazarov dekan muovini N.Kadirova tyutorlar Sh.Hamdamova N.Xodjaeva "OITS va OIVga qarshi kurash: biz sog'lom turmush tarafdorimiz" shiori ostida uchrashuv tashkillashtirildi.

Toshkent viloyati OITSga qarshi kurashish markazi tashkiliy bo‘limi vrachi Latipov Xayitboy Mutalovich – sog‘lom turmush tarzi, OIV va OITSning oldini olish yo‘llari haqida qimmatli ma'lumotlar ulashdi.
Talabalar o‘z savollari bilan faol ishtirok etib, kerakli javoblarni oldi.


Sog‘lom hayotga qadam tashlash va xavflarni oldini olish har birimizning qo‘limizda!

@thirdEnglishfaculty

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

👨‍💻👩‍💻🧠

OʻzDJTU Xotin-qizlar psixologi Sh.Boʻstonova hamda Ingliz filologiyasi fakulteti Xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi Z.Bannopova tomonidan 5-TTJ talabalari uchun “Men hayotdan zavqlanaman” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.


💻 Dasturdan videolavha bilan tanishing

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Joriy yilning 21-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 2025-yil uchun oliy ta’limdan keyingi ta’lim quyidagi ixtisosliklar bo‘yicha mustaqil izlanuvchilikka (DSc/PhD) kirish imtihonlari o‘tkazildi.

10.00.04 - Evropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti;
10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik;
10.00.11 - Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi;
13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi;
13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi;
10.00.07 - Adabiyot nazariyasi;
10.00.09 – Jurnalistika;
23.00.02 - Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar;
23.00.04 - Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari
07.00.01 - O‘zbekiston tarixi;

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

📣 🏆🏆🏆

“Interdisciplinary Science Rankings”: O‘zDJTU dunyo miqyosida


21-noyabr kuni nufuzli xalqaro reyting tashkiloti The Times Higher Education (THE) “Schmidt Science Fellows” jamg‘armasi bilan hamkorlikda ilk bora “Interdisciplinary Science Ranking” (Fanlararo fan reytingi) natijalarini e'lon qildi.

⭐️ O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti xalqaro Interdisciplinary Science Rankings 2025 reytingida REPORTЕR maqomiga sazovor bo‘ldi!

🏆 tashkilotining eng yirik debyuti – Fanlararo fan reytingi (Interdisciplinary Science Rankings) oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi keng ko‘lamli hamkorlikni rag‘batlantirish va global tadqiqot tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil qilingan bo‘lib, unda 92 ta mamlakatdan 749 ta universitet ishtirok etdi.

↗️ Ushbu yutuqqa erishishda hissa qo‘shgan barcha xodimlarimiz va hamkorlarimizga chuqur minnatdorchilik bildiramiz.

Mazkur natija Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining xalqaro maydondagi nufuzini oshirish yo‘lida dastlabki qadam boʻldi. Bundan keyin ham yangi marralar zabr etilishiga ishonamiz!

#THEunirankings #THEISR #THEISF

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#anons

“Va’da” nomli ko‘p qismli milliy serial


Ushbu serial orqali yoshlarni maʼnaviyatini yuksaltirish, yurtimiz tinchligi, xalqimiz osoyishtaligini taʼminlash yoʻlida Vatanga sadoqat bilan xizmat qilish, qatʼiyatli va shijoatli boʻlishga undash maqsad qilingan.

Serial yoshlarning Vatan posboni bo‘lishdek sharafli kasbni egallashga bo‘lgan intilishlarini oshiradi va ruhlantiradi. Serial tez kunlarda Renessans TV telekanali orqali efirga uzatiladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦 🟦🟦🟦

O‘zDJTUda “Yilning eng faol talabasi” respublika tanloviga yuborilgan ijodiy ishlarni o‘rganib chiqib, baholash jarayonlari davom etmoqda.

20-noyabr kuni Tanlov komissiyasi a’zolari ijodiy ishlarni o‘rganishning ikkinchi kunida tanlov ishtirokchilari tomonidan taqdim etilgan fanlarni o‘zlashtirish natijalari, jamoatchilik ishlari va erishilgan yutuqlar aks etgan hujjatlarni, talabalaring ilmiy va ijodiy ishlarini qabul qilish va o‘rganish asnosida tahlil etib, ularni baholadilar.

Eslatib o‘tamiz: Ijodiy ishlar 3 kun davomida o‘rganilib, baholanadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#tavsiya #anons

📹Uch qahramon

Ushbu film harbiy vatanparvarlik, mamlakatimiz tinchligi, sarhadlarimiz daxlsizligi, xalqimizning farovonligi yo‘lida xizmat qilayotgan mard o‘g‘lonlar haqida hikoya qiladi.

Shuningdek, kinoasar yot g‘oyalarga qarshi kurash, vatanparvarlik, giyohvandlik zavoli, xalqimizning osuda hayotini ko‘z qorachig‘idek asrash yuksak sharafli ish ekanini targ‘ib qiladi.

Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi departamentining ma’lumotiga ko‘ra, film 1-dekabrdan boshlab yurtimiz kinoteatrlarida namoyish etiladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦

Ingliz tili 3- fakulteti yoshlar masalalari va ma’naviy ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan muovini Sh.Zokirov universitet profilaktika katta inspektorlari kapitan M.Nurmuhamedova, Sh.Bekmetov hamda fakultet tyutorlari L.Raxmatullayeva, D.Tuxtamurodova va S.Muhiddinovalar o‘ziga biriktirilgan talabalar bilan "Jaholatga qarshi ma’rifat" mavzusida tadbir o‘tkazdi.

Ushbu profilaktik tadbirda mavzu yuzasidan talabalar bilan davra suhbati olib borildi.

Suhbat davomida mavzu doirasida kerakli tushunchalar berilib, talabalar o‘zlari qiziqqan har qanday savollariga javob oldi. Shuningdek, tadbirda faol ishtirok etgan talabalar tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…
Subscribe to a channel