uzswlu | Unsorted

Telegram-канал uzswlu - O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

14363

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal) +(99895) 197 41 44 +(99895) 198 41 44 +(99895) 199 41 44 +(99895) 194 15 05 +(99871) 230 13 73 Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot Вопросы 👉 @otabek_ibragimov

Subscribe to a channel

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

"Globallashuv jarayonlarining yoshlar tarbiyasiga taʼsiri" mavzusida talabalar anjumani boʻlib oʻtdi.

Dastur Pedagogika va psixologiya kafedrasi dotsentlari S.Yoʻldosheva va A.Jumaev tomonidan tashkil etildi. Unda Ingliz tili 2-fakulteti 2-bosqich talabalari va kafedraning boshqa professor-oʻqituvchilari qatnashdi.


Anjuman-dars davomida globallashuv jarayonlarining yoshlar tarbiyasiga ijobiy va salbiy tomonlari pedagog-oʻqituvchilar va talabalar tomonidan atroflicha tahlil qilib berildi.

Talabalar tomonidan tayyorlangan mazmunli slaydlar va video materiallar anjuman mazmunini tahlil qilishda alohida ahamiyat kasb etdi. Mazkur dastur haqida barcha ishtirokchilar bir ovozdan kuchli taassurot olganliklarini eʼtirof etishdi va faol ishtirok etgan talabalar ragʻbatlantirildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

💻💻💻

10-oktyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Rektor stipendiyasi” tanlovining O‘zbekiston tarixi fani bo’yicha imtihoni o’tkazildi.


Iqtidorli yoshlarni qo'llab quvvatlash maqsadida tashkil etilgan mazkur bellashuvni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, Komissiya raisi I.Tuxtasinov hamda maxsus komissiya a'zosi, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor M.Chutpulatov tantanali ravishda ochib berdi va nomzodlarga muvaffaqiyat tiladi.

ℹ️ Ma’lumot uchun: Tanlovda barcha yo’nalish bo'yicha hujjatlari talabga javob beradigan nomzodlar ishtirok etishdi. Dastur O‘zbekiston tarixi fani bo'yicha mutaxassislik kafedralari professor-o‘qituvchilari tomonidan o'tkazildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

📹 📺📺

Xorijiy tillar fan olimpiasining Respublika bosqichini Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida tashkil etishda faol ishtirok etgan mas’ullarni taqdirlash jarayonidan fotolavhalar (3-qism)

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

📹 📺📺

Xorijiy tillar fan olimpiasining Respublika bosqichini Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida tashkil etishda faol ishtirok etgan mas’ullarni taqdirlash jarayonidan fotolavhalar (1-qism)

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

2️⃣2️⃣2️⃣

10-oktyabrdan Oʼzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi, Qoraqalpogʼiston Respublikasi Jogʼorqi Kengesi, xalq deputatlarining viloyat, tuman va shahar Kengashlaridagi saylov tadbirlariga tashrif buyuradigan xorijiy kuzatuvchilarga hamrohlik qiluvchi tarjimon o’qituvchilar va talabalar uchun seminar o’z ishini boshladi.

Tadbirga O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti, Oʼzbekiston milliy universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti va Toshkent davlat sharqshunoslik universitetidan saralab olingan ingliz, nemis, fransuz, ispan, italyan, rus, arab, fors, xitoy, koreys, yapon va boshqa tillar boʼyicha tarjimonlar taklif etildi.

Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, Tashqi ishlar vazirligi, Oliy taʼlim, fan va innnovatsiyalar vazirligi, Oʼzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi hamda yana bir qator oliy taʼlim muassasalarining malakali mutaxassislari va professorlari tomonidan Oʼzbekistonda amalga oshirilayotgan samarali islohotlar, saylov tizimi va jarayonlari, Oʼzbekistonning xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlik doirasida olib borayotgan ishlari, xalqaro kuzatuvchilarga hamrohlik qilishning oʼziga xos jihatlari, tarjimonlik mahorati, muloqot va kiyinish madaniyati kabi masalalarda batafsil maʼlumot va tushuntirish berildi.


Seminar ishtirokchilari o’zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishga muvaffaq bo’ldilar.

🔤 Tadbir 11-oktyabr kuni ham davom etadi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟩🟩🟩🟩

Azzamov Yusufjon Radjaboyevich O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti O'quv uslubiy boshqarma boshlig'i lavozimiga tayinlandi.
—————————
Batafsil...
—————————
Аззамов Юсуфжон Раджабоевич назначен на должность начальника учебно-методического управления Узбекского государственного университета мировых языков.
—————————
Подробнее...
—————————
Azzamov Yusufjon Radjaboyevich was appointed to the position of head of the Educational Methodological Department of the Uzbekistan State World Languages University.
—————————
More...
—————————

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

CEFR va ATTANAL alarabiy o'quv kurslariga
QABUL BOSHLANDI !

1) A0 ➡️ A1 (2 oy)
▪️SARF(morfologiya)
▫️NAHV(sintaksis)
▪️SO’Z BOYLIGI
❗️Talablar: imtihonsiz qabul qilinadi.

2) A1 ➡️ A2 (2 oy)
▪️SARF(morfologiya)
▫️NAHV(sintaksis)
▪️SO’ZLASHUV
▫️O’QIB TUSHUNISH
▪️SO'Z BOYLIGI
❗️Talablar: gramatikadan umumiy xabari borlar uchun. Daraja testi orqali qabul qilinadi.

3) A2 ➡️ B1 (2 oy)
▪️SARF (Arabcha)
▫️NAHV (Arabcha)
▪️SO’ZLASHUV
▫️O’QIB TUSHUNISH
▪️SO'Z BOYLIGI
❗️Talablar: gramatika o'rta darajadan yuqori bo'lishi shart. Daraja testi orqali qabul qilinadi

4) B1 ➡️ B2 (2 oy)
▪️SO’ZLASHUV
▫️O’QISH
▪️MOCK TEST
▫️INSHO
▪️CEFR STRATEGIYALARI
❗️Talablar: grammatikadan umuman muammosi yo'qlar uchun.

5) B2 ➡️ C1 (3 oy)
▪️Test yechish va tahlil qilish
▫️Tinglash va o'qish mock testlar
▪️Og'zaki mock test
▫️Insho darslari
❗️Talablar: B2 sertifikatiga ega bo'lishi shart.

🗓 Darslar haftada 3 kun bo'ladi

🔹 To'lov miqdori oyiga: 399.000 so'm

Ro'yxatdan o'tish uchun:
📞 +998977034402

📱Telegram guruh 👈

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

⚡️ 9-oktabr kuni Xalqaro jurnalistika fakulteti dekani Amrullo Karimov, fakultetning yoshlar bilan ishlash masalalari bo’yicha dekan o’rinbosari D. Xoshimova hamda xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi D. Fayziyevalar tomonidan talabalar turar joylari oʻrganildi.

🔰 Tashrif jarayonida talabalarga TTJ ichki-tartib qoidalariga rioya qilishlari, tozalik va ozodalikka eʼtiborli boʻlish va TTJda mavjud sharoitlar va imkoniyatlardan toʻgʻri foydalanish boʻyicha kerakli maʼlumotlarni berib oʻtdilar.

✅ Talabalar uchun yotoqxonada yaratilgan shart-sharoitlar koʻzda kechirilib talab va takliflar oʻrganildi.

#fakultethayoti
@xalqarojurnalistika_fakulteti

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

👨‍⚖️👩‍⚖️

9-oktyabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019.Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengashning 25-son majlisi boʻlib oʻtdi.


Mazkur Ilmiy kengashda OʻzDJTU rektori, prof. Ilxomjon Tuxtasinov, Ilmiy kengash a’zolari, rasmiy oppotentlar va universitetning boshqa mas’ullari ishtirok etdi.

Dasturda Daliyeva Madina Xabibullayevnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi boʻyicha “Ingliz, oʻzbek va rus tillari lingvistik terminlarida polisemiyaning kognitiv modellari” mavzusidagi filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi himoyasi oʻtkazildi.


Muhokama jarayoni davomida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi, ilm-fan sohasiga qoʻshadigan hissasi, oʻrganilganlik darajasi va ilmiy yangiligiga alohida e’tibor qaratildi.

Xususan, tadqiqotchi oʻz mavzusi doirasida bajargan tadqiqotlari natijasi haqida soʻz yuritdi va Kengash aʼzolarini qiziqtirgan barcha savollarga asosli javoblar taqdim etdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#Xalqaro_hamkorlik
#notiqlik_tanlovi


⚡️ 9-oktyabr kuni O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti va Seul milliy fan va texnologiya universiteti hamkorligida Oʻzbekistonlik talabalar ishtirokida birinchi koreys tili notiqlik san'ati tanlovi tashkil qilindi.

🏆 Ushbu tanlovda talabalar "Koreya madaniyati", "Koreya tarixi", "Mening orzuyim" kabi mavzularda erkin ravishda koreys tilida nutq soʻzlab o'z notiqlik san'atlarini ko'rsatib berdilar.

🔷 Musobaqada Inha universiteti, Aju universiteti, O'zDJTU, Kimyo xalqaro universiteti, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetidan jami 14 nafar talaba ishtirok etdi.

✔️ Shuningdek, OʻzDJTU o‘quv ishlari bo‘yicha prorektori M.Chutpoʻlatov soʻzlagan nutqlarida fakultetda oʻtkazilayotgan bunday notiqlik tanlovi talabalarda muloqot koʻnikmalarini rivojlantirish, tahliliy va tanqidiy fikrlash qobiliyatini oshirishga katta xizmat qilishini aytib oʻtdilar.


🌐Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

8-oktabr kuni O‘zDJTUning Roman-german filologiyasi fakulteti nemis tili amaliy fanlar kafedrasiga Dresden texnika universiteti professorlari Christel  Matzke xonim  va  Christian Matzke janoblari tashrif buyurdi.

Tashrif davomida Germaniyalik mutaxassislar 1- va 2- bosqich nemis tili yo‘nalishi talabalariga  2- dars juftlikda "Germaniyada ta’lim tizimi" haqida 3-dars juftligida "Germaniyada talabalar hayoti" haqida mahorat darsi o‘tib berishib, ushbu mahorat darsi talabalar va mehmon professorlarning savol-javoblari bilan qizg‘in davom etdi.

Ushbu mahorat darsida nemis tili amaliy fanlar kafedrasi  mudiri Ziyayeva S.A., kafedra professor-o‘qituvchilari Sh. Xolmatov, F. Abdunazarov, O. Arabov, N. Shukurovalar ishtirok etib,  kelgusida hamkorlik aloqalari istiqbollari kelishib olindi.

Mahorat darsidan keyin germaniyalik professorlar talabalarning faolligini qayd etib, fakultetdan ijobiy fikrlar bilan xayrlashishdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

2️⃣2️⃣2️⃣

9-oktyabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 2-fakulteti talabalari bilan “Rektor va yoshlar uchrashuvi" boʻlib oʻtdi.


Tadbirda universitet rektori, prorektorlar hamda 1-bosqichga qabul qilingan talabalar ishtirok etdi.

Uchrashuvni universitet rektori I.Tuxtasinov ochib berdi. Talabalarga universitet faoliyati, besh tashabbus doirasida yaratilgan qulayliklar, oʻquv jarayonlarining tartiblari haqida maʼlumot berildi. Shuningdek, korrupsiyaga yoʻl qoʻyilmasligi, diniy maʼlumotlarni qabul qilishda eʼtiborli boʻlish zarurligi borasida aytib oʻtildi.


Dastur ochiq muloqot tarzida tashkil etildi va yakunda talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

Bugun O'ZDJTU Ingliz tili birinchi fakulteti Umumiy tilshunoslik kafedrasi o’qituvchilari Sh.A.Alimardanova, A.R.Galyamova va N.R.Madaminovalar tomonidan OʻzDJTU Qoʻshma taʼlim dasturlarini muvofiqlashtirish boʻlimida “Yosh filolog” lingvistik to‘garagi faoliyati doirasida “Tilshunoslikning zamonaviy yo‘nalishlari (sotsiolingvistika)” mavzusida tadbir tashkillashtirildi.

Tadbirga 3-4-kurs talabalari jalb etildi hamda ularga professor o‘qituvchilar mavzu doirasida ma'lumotlar berib o'tdi.Shuningdek, tilshunoslikda ushbu yo‘nalish bilan bog‘liq tushuncha va atamalar ochib berildi. Tadbir so'ngida talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

#fakultet_yangiliklari
@first_faculty_official

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦

9-oktyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Umumiy tilshunoslik kafedrasida tadbir bo'lib o'tdi.

Kafedra o’qituvchilari Sh.Alimardanova, A.Galyamova, N.Madaminova tomonidan OʻzDJTU Qoʻshma taʼlim dasturlarini muvofiqlashtirish boʻlimida tashkil etilgan dastur “Yosh filolog” lingvistik to‘garagi faoliyati doirasida “Tilshunoslikning zamonaviy yo‘nalishlari (sotsiolingvistika)” mavzusida olib borildi.


Tadbir davomida 3-4 bosqich talabalariga sotsiolingvistika fan sifatida va uning asosiy bosqichlarini aks ettiruvchi taqdimot namoyish etildi, shuningdek, ushbu yo‘nalish bilan bog‘liq tilshunoslik tushuncha va atamalari ochib berildi. To‘garak yig‘ilishi do‘stona ruhda o‘tdi va barcha uchun samarali bo'ldi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

📣📣📣📣📣

O'zbek tiliga Davlat tili maqomi berilgan kunning 35 yilligiga bag’ishlab OʻzDJTU talabalari o'rtasida “Qonunda qo’riqlangan qo’rgonim — ona tilim" mavzusida eng yaxshi insholar tanlovi o'tkazilishini e'lon qilamiz.

📢 Tanlovda har bir fakultetdan 3 nafardan talaba ishtirok etadi.

🗂️ Mazkur insho erkin mavzuda bo’lib, u sodda reja asosida yoziladi. Asosiy e’tibor fikrlar insho mavzusiga mosligi, badiiyligi, savodxonlik darajasiga qaratiladi.

Tanlov 15-oktabr kuni soat 10:00 da Ingliz tili 2-fakulteti binosining ma’ruzalar zalida bo’lib o’tadi.

⭐️ Tanlov g'oliblari bayram tadbirida universitet rahbariyati tomonidan munosib taqdirlanadi.

💬 Tanlovda ishtirok etishni istagan ishtirokchilar fakultet Ma'naviy va ma'rifiy ishlar bo'yicha dekan movinlariga murojaat qilishingiz mumkin.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦👨‍💻👩‍💻🧠

Joriy yilning 10-oktabr kuni O‘zDJTU jahon adabiyoti kafedrasiga biriktirilgan doktorantlar va mustaqil izlanuvchilar uchun seminar- trening  bo‘lib o‘tdi.

Seminar-treningda jahon adabiyoti kafedrasi mudiri, professor Gulnoz Iskandarovna va mustaqil izlanuvchi Feruza Mannonovaning AQSH ning eng nufuzli Garvard, Yel, Boston Konnektikut, Binhemton universitetlarining “Qiyosiy adabiyotshunoslik”  markazlarida malaka oshirish natijasi bo‘yicha ma’ruzalari tinglandi. Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan mavzulari bo‘yicha barcha savollarga javob olishdi.

Ilmiy-nazariy seminar yuksak saviyada o‘tkazildi va zarur bilim-ko‘nikmalarga boy bo‘ldi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

❗️🟦🟦🟦

10-oktyabr kuni oʻtkazilgan OʻzDJTU Kengashi davomida, an’anaga muvofiq, mukofot va ilmiy daraja olganlar ham taqdirlandi. Jumladan:


😲 Moliya va iqtisod ishlari boʻyicha prorektor, iqtisod fanlari doktori (DSc), professor Abdullayev Suyun Ortiqovich Oʻzbekiston Respublikasi Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 24-sentyabrdagi 352-sonli buyrugʻiga asosan, “Oliy ta’lim a’lochisi” koʻkrak nishoni bilan hamda Oʻrta Osiyo xalqlari tarixi instituti Turon Fanlar Akademiyasi Prezidiumining 2024-yil 28-iyuldagi 1/07-24-bayonnomasiga asosan, “Akademik” ilmiy unvoni berilgani bilan;


😲
Ingliz filologiyasi fakulteti dekani, filologiya fanlari doktori, professor
Ergasheva Guli Ismoilovna
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq  1-oktyabr — Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan taʼlim-tarbiya tizimida alohida oʻrnak koʻrsatgani uchun “Shuhrat” medali bilan;

 
😲
Rus filologiyasi fakulteti dekani, pedagogika fanlari doktori, professor v.b.
Rahmonov Azizxon Bositxonovich
2024-yil 17-sentyabr kuni Mustaqil Davlatlar Hamdoʻstligi Gumanitar hamkorlik kengashi va MDH davlatlarining Gumanitar Hamkorlik Davlatlararo fondi tomonidan taʼsis etilgan “Hamdoʻstlik debyutlari” Xalqaro mukofoti bilan

taqdirlangani ta’kidlanib, rektor Ilxomjon Madaminovich tomonidan mukofot sohiblariga samimiy tabrik izhor etildi.

Shuningdek:
Pedagogika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini beruvchi diplomni olganligi bilan Tarjimonlik fakulteti dekani Yoʻldoshev Ulugʻbek Ravshanbekovich;
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi diplomni olganligi bilan Ingliz tili 1-fakulteti Ingliz tili nazariy aspektlari №1 kafedrasi katta o‘qituvchisi Samiyeva Sayyora Ne’matovna;
Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi diplomni olganligi bilan Ingliz tili 3-fakulteti Ingliz tilini o‘qitish metodikasi №3 kafedrasi o‘qituvchisi Moydinova Elmira Kamariddinovna;

Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini beruvchi diplomni olganligi bilan:
Roman-german filologiyasi fakulteti Ispan tili amaliy fanlar kafedrasi kata o‘qituvchisi Narbayeva Gulnoza Xusanovna;
Tarjimonlik fakulteti Ingliz tili amaliy tarjima kafedrasi o‘qituvchisi Mamatkulova Saidaxon Shukurjonovna;
Xalqaro jurnalistika fakulteti Axborot xizmati va jamoatchilik bilan aloqalar kafedrasi o‘qituvchisi Saidova Muhayyo Oʻktamovna taqdirlanib, ularga sovgʻa sifatida taqdim etilgan noutbuklarni qabul qilib oldi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

📹 📺📺

Xorijiy tillar fan olimpiasining Respublika bosqichini Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida tashkil etishda faol ishtirok etgan mas’ullarni taqdirlash jarayonidan fotolavhalar (2-qism)

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣

10-oktyabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Kengashining 2-son yigʻilishi boʻlib oʻtdi.


Kengashda universitetda amalga oshirilgan ishlar, oldindagi rejalar, shuningdek, belgilangan boshqa masalalar muhokama qilindi, manfaatli fikr almashildi.

Xususan, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 15-iyuldagi 247-son “Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida Xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon, arab) fan olimpiadasini o‘tkazish to‘g‘risida”gi, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2024-yil 10-sentyabrdagi 363-son “Universitetda Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida Xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon, arab) fan olimpiadasining universitet bosqichini o‘tkazish to‘g‘risida”gi hamda O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining 2024-yil 19-sentyabrdagi 373-son “Universitetda Respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida Xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz, italyan, ispan, koreys, xitoy, yapon, arab) fan olimpiadasining Respublika bosqichini tashkil etish to‘g‘risida”gi  buyruqlariga asosan,

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida 2024-yil 26-27 sentyabr kunlari Xorijiy tillar fan olimpiadasining Respublika bosqichi o‘tkazilgani haqida xabar bergan edik.

Kengash davomida olimpiadaning Respublika bosqichini o‘tkazishda tashkiliy va ma’naviy bandlarni bajarishda, har bir shart bo‘yicha savollar bankini hamda baholash mezonlarini shakllantirishda, olimpiada jarayonini zarur jihozlar va texnik vositalar bilan ta’minlash hamda jarayonlarni ommaviy axvorot vositalarida keng yoritishda faol ishtirok etgan mas’ullar tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟩🟩🟩🟩

Odilov Baxodir Baxtiyarovich Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili tarjima nazariyasi kafedrasi mudiri lavozimiga tayinlandi.
—————————
Batafsil...
—————————
Адилов Бахадыр Бахтиярович назначен заведующим кафедрой теории перевода английского языка Узбекского государственного университета мировых языков.
—————————
Подробнее...
—————————
Odilov Bakhodir Bakhtiyarovich was appointed to the position of head of the Department of English translation theory of the Uzbekistan State World Languages University.
—————————
More...
—————————

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🌐 Bugun Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakultetida 1-kursga qabul qilingan talabalarning ota-onalari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvni fakultet dekani H.Hakimov ochib berdi. Talabalarga universitet faoliyati, ichki tartib-qoidalari, besh tashabbus doirasida yaratilgan qulayliklar, oʻquv jarayonlarining tartiblari haqida maʼlumot berildi. Shuningdek, korrupsiyaga yoʻl qoʻyilmasligi, diniy maʼlumotlarni qabul qilishda eʼtiborli boʻlish zarurligi borasida aytib oʻtildi.



Uchrashuv davomida ota-onalar ham o'z fikr- mulohazalarini bildirib, universitetda talabalarga yaratilayotgan sharoitlar uchun minnatdorchilik bildirdi.
Kelgusida shu kabi uchrashuvlarni muntazam o'tkazib borish yuzasidan takliflarini berishdi.

/channel/rgffaculty

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

📺📺

"Yangi O‘zbekiston" gazetasining 2024-yil 10-oktabr kunidagi 205-sonli nashrida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori, professor Ilxomjon Tuxtasinovning "Xorijiy tillarni bilish yoshlar uchun qanchalik muhim?" sarlavhali maqolasi e’lon qilindi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

9-oktabr kuni OʻzDJTU Xalqaro jurnalistika fakultetida milliy liboslar kuni oʻtkazildi.

Fakultet professor oʻqituvchilari va talabalari tomonidan oʻzbek qadriyatlarining koʻzgusi boʻlgan atlas, adras liboslari kiyildi. Liboslarning oʻziga xos dizayn va xususiyatlari haqida talabalar bilan suhbatlar olib borildi.

Tadbir fakultet xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi Dilorom Fayziyeva tashabbusi bilan tashkil etildi.

#fakultetyangiliklari
@xalqarojurnalistika_fakulteti

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#Xalqaro_hamkorlik
#notiqlik_tanlovi


📷 O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Sharq filologiyasi fakulteti va Seul milliy fan va texnologiya universiteti hamkorligida Oʻzbekistonlik talabalar ishtirokida oʻtkazilgan "Birinchi koreys tili notiqlik sanʼati tanlovi"dan fotolavhalar.

🌐Bizni kuzating

Telegram | Instagram | Facebook

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

❗️❗️❗️Приглашаем принять участие в Международной научно-практической конференции «РУССКИЙ ЯЗЫК: ТРАДИЦИИ И ИННОВАЦИИ В ИЗУЧЕНИИ И ПРЕПОДАВАНИИ»

📆Дата: 11 ноября 2024 г.
🌍Организаторы: Кафедра русского языка и методики преподавания факультета русской филологии УзГУМЯ.

Основные направления работы:
• Роль русского языка в современном мире.
• Актуальные проблемы изучения современного русского языка и литературы.
• Русский язык как язык научной и профессиональной коммуникации.
• Современные тенденции в методике преподавания русского языка и литературы.
• Проблемы сравнительной и сопоставительной лингвистики.
• Вопросы перевода и переводоведения.
• Методология создания учебников, учебных пособий нового поколения по русскому языку и литературе: содержание, структура, технологии.

📝Срок приёма материалов: до 10 ноября 2024 года на электронные почты khegava_l@rambler.ru; irina_che_07@mail.ru

Telegram: +99890 324 07 34 (Хегай Валентина Михайловна); +99894 675 12 08 (Чергинская Ирина Александровна).

Ждем вас на конференции!

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦

IV Butunjahon kreativ iqtisodiyot konferensiyasida OʻzDJTU faol talabalari ishtirok etdi !

☑️Toshkent shahrida ijod va innovatsiya kuchiga ishongan har bir inson uchun muhim voqea — Kreativ iqtisodiyot bo‘yicha IV Butunjahon konferensiyasi bo’lib o’tdi.

📄80 dan ortiq mamlakatdan 2000 dan ziyod ishtirokchi kreativ sohalar kelajagini muhokama qilish, tajriba almashish va hamkorlik bo‘yicha yangi imkoniyatlar yaratish uchun bir joyga jam bo‘ldi.

🔥Ushbu xalqaro konferensiyada Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining faol talabalari ham ishtirok etdi.

📺 Jaroyonda faollik koʻrsatganligi uchun Media klubi jamoasiga tashakkurlar izxor etamiz

#konferensiya #media #ittifoq

Bizni kuzatib boring:
📱Telegram | 📱Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan milliy libosimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari, shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlar mujassamligini namoyon etish, milliy qadriyatlarimizni mazmunan boyitish maqsadida “Milliy liboslar kuni” aksiyasi doirasida tadbirlar o‘tkazish an’anaga aylandi.

Ushbu an’anani davom ettirish maqsadida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda universitet Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan 9-oktyabr kuni universitetimizning barcha fakultetlarida “Milliy liboslar kuni" aksiyasi doirasida tadbir oʻtkazilmoqda.

Shu munosabati bilan, O‘zDJTU xotin-qizlar masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi N.D.Djurayeva, Tarjimonlik fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi F.Xabiyeva hamda tyutor E.Vohidova boshchiligida oliygohimiz talabalari haftalikda faol ishtirok etmoqda.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#maqom_night

Talabalar turar joyida "Maqomchilik kechasi" tashkil etildi.

Joriy yilning 8-oktabr sanasida Ingliz filologiyasi fakulteti tyutorlari tomonidan talabalarda nutq madaniyati va ularning sog‘lom dunyoqarashini shakllantirish, asriy an'analar va qadriyatlarimizga bo'lgan hurmatni oshirish, mutolaa va kitobxonlik madaniyati, adabiyot hamda san'atga bo‘lgan qiziqish yanada orttirish maqsadida 5-TTJda maqomchilikka bag'ishlangan tadbir bo'lib o'tdi.

Iqtidorli talabalar tomonidan tuzilgan maqomchilik ansambillari tomonidan Xiva, Buxoro , Toshkent, Samarqand, Qo'qon va Qoraqalpoq maktabi maqomchilik va baxshichilik durdonalari ijro etildi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

📣📣📣📣📣

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Fanlararo tadqiqotlar kontekstida pedagogika va psixologiya” mavzusida respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazilishini ma’lum qilamiz!


Anjuman 2024-yil 25-oktyabr kuni boʻlib oʻtadi.

Konferensiyaning ilmiy dasturi quyidagi asosiy yо‘nalishlarni о‘z ichiga oladi:
Zamonaviy pedagogik va psixologik ta’limning dolzarb muammolari;
Pedagogik, psixologik va filologik ta’lim sohasidagi innovatsion faoliyat;
Ta’limda pedagogik faoliyatni psixologik modellashtirish;
Ta’limni raqamlashtirishning pedagogik va psixologik asoslari;
Psixolingvistikaning dolzarb masalalari.

✉️ Anjumanda ishtirok etish uchun mualliflar 2024-yil 20-oktyabr kuniga qadar mirzaxmedovsherzod1@gmail.com elektron pochtasi hamda @sherzod10000 havola orqali Telegram-guruhiga maqolalarni yuborishi mumkin.

📞 Murojaat uchun:+998935756567

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

CEFR va ATTANAL alarabiy o'quv kurslariga
QABUL BOSHLANDI !

1) A0 ➡️ A1 (2 oy)
▪️SARF(morfologiya)
▫️NAHV(sintaksis)
▪️SO’Z BOYLIGI
❗️Talablar: imtihonsiz qabul qilinadi.

2) A1 ➡️ A2 (2 oy)
▪️SARF(morfologiya)
▫️NAHV(sintaksis)
▪️SO’ZLASHUV
▫️O’QIB TUSHUNISH
▪️SO'Z BOYLIGI
❗️Talablar: gramatikadan umumiy xabari borlar uchun. Daraja testi orqali qabul qilinadi.

3) A2 ➡️ B1 (2 oy)
▪️SARF (Arabcha)
▫️NAHV (Arabcha)
▪️SO’ZLASHUV
▫️O’QIB TUSHUNISH
▪️SO'Z BOYLIGI
❗️Talablar: gramatika o'rta darajadan yuqori bo'lishi shart. Daraja testi orqali qabul qilinadi

4) B1 ➡️ B2 (2 oy)
▪️SO’ZLASHUV
▫️O’QISH
▪️MOCK TEST
▫️INSHO
▪️CEFR STRATEGIYALARI
❗️Talablar: grammatikadan umuman muammosi yo'qlar uchun.

5) B2 ➡️ C1 (3 oy)
▪️Test yechish va tahlil qilish
▫️Tinglash va o'qish mock testlar
▪️Og'zaki mock test
▫️Insho darslari
❗️Talablar: B2 sertifikatiga ega bo'lishi shart.

🗓 Darslar haftada 3 kun bo'ladi

🔹 To'lov miqdori oyiga: 399.000 so'm

Ro'yxatdan o'tish uchun:
📞 +998957951935

📱Telegram guruh 👈

Читать полностью…
Subscribe to a channel