🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
15-oktyabr kuni O‘ZDJTU Tarjimonlik fakulteti Xotin-qizlar masalasi bo‘yicha dekan maslahatchisi F.Xabiyeva hamda fakultet tyutorlari N.Masadikova, Sh, Tursunova, Sh.Husanovalar birgalikda talaba-qizlar holidan xabar olish maqsadida 1-2-sonli talabalar turar joylarini o‘rganishdi.
O‘rganish jarayonida TTJ pedagoglari bilan mavjud muammolar xususida suhbatlashib, xonalarning holatini tekshirishdi.
Shuningdek, talaba-qizlarga yotoqxonadagi ichki tartib-qoidalarga amal qilish, xonalarni toza va ozoda saqlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etish hamda vaqtdan unumli foydalanish uchun yotoqxona kutubxonalaridan foydalanib kitoblar o‘qishi tavsiya etildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
💫 Ingliz tili uchinchi fakultetida tahsil olayotgan talabalar uchun 2024-yil 27-oktyabr sanasida bo'lib o'tadigan saylov bo'yicha tadbir tashkil etildi.📚
Ingliz tili uchinchi fakulteti tyutori Sh.Hamdamova L.Rahmatullaeva va Ingliz tili 3-fakulteti, Ikkinchi chet tili kafedrasi o’qituvchisi Yormatova Aziza talabalarga 27-oktyabr kuni bo'lib o'tadigan deputatlik saylovlari haqida batafsil ma'lumot berdi.
Shuningdek, talabalarga siyosiy partiyalar haqida tushuntirib, saylov uchastkalari va saylov tizimi bo‘yicha kerakli ma'lumotlarni taqdim etdi.
⭐️Ushbu uchrashuv talabalar uchun nafaqat saylov jarayonlari haqida ko‘proq bilib olish imkonini berdi, balki ularni siyosiy faolliklarini oshirishga undadi.
Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi
UzSWLU_MMB
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
16-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Tarjimonlik fakulteti talabalari bilan Rektor va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda universitet rahbariyati xodimlari Tarjimonlik fakulteti professor-o‘qituvchilari, tyutorlari hamda 1-kursga qabul qilingan talabalar ishtirok etdi.
Tarjimonlik fakultetiga qabul qilingan 1-kurs talabalari bilan tanishish maqsadida tashkil etilgan uchrashuvni universitet rektori I.Tuxtasinov ochib berdi. Talabalarga universitet faoliyati, o‘qitish tizimlari, yaratilgan qulayliklar haqida ma’lumotlar berib o‘tdi.
Uchrashuv ochiq muloqot tarzda tashkil etildi. Talabalar o‘zlari qiziqtirgan savollariga munosib tarzda javob oldilar.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Keyingi yillarda mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlariga hamda xalqaro standartlar talablariga mos keladigan oliy ta’lim tizimini yaratish bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Hududlarda yangi oliy ta’lim muassasalarining tashkil etilishi, kadrlar tayyorlashning zamonaviy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari hamda sirtqi va kechki bo‘limlarning ochilishi, oliy ta’lim muassasalariga qabul kvotalarining oshirilishi mazkur yo‘nalishdagi muhim islohotlar hisoblanadi. Davlatimiz rahbarining 2022-yil 20-dekabrdagi Oliy Majlisga va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasida an’anaviy tarzda o‘tgan yil yakunlari sarhisob qilinib, kelgusi yilga maqsad va vazifalar belgilab berildi.
#MirzoUlug‘bek_630
#taqdimot
“Osmon toqiga qo‘yilgan narvon” – Mirzo Ulug‘bek tarixiy siymosini teran ochib beruvchi hujjatli film
😎YouTube'da ko‘rish 👈
Bizni kuzating
#tadbir
O‘zDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti tyutorlari Ramazonova Muxayyo va Dilnoza Toshxujayeva tashabbusi bilan Adiblar xiyobonida “Barhayot an’analar” shiori ostida "Milliy qadriyatlar sayli" tashkil etildi.
Adiblar xiyobonida universitetga biriktirilgan Aleksandr Faynberg haykali atrofida tashkil etilgan dastur davomida 1-bosqich talabalari faol ishtirok etishdi.
Ishtirokchilar tomonidan folklor, xalq ogʻzaki ijodidan chiqishlar, adiblar hayoti va ijodiga bagʻishlangan sahna koʻrinishlari namoyish etildi.
Milliy urf-odatlarimizni va qadriyatlarimizni o‘zida aks ettirgan sayl doirasida milliy qo‘shiqlar kuylandi. Jumladan, talabalar tomonidan "Oq terakmi — ko‘k terak", "Kim oladiyo shuginaniyo" milliy sport o‘yinlari o‘ynalib, yuqori kayfiyat ulashildi.
Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
5️⃣5️⃣5️⃣
15-oktyabr kuni OʻzDJTU talabalari o'rtasida “Qonunda qo’riqlangan qo’rgonim — ona tilim" mavzusida eng yaxshi insholar tanlovi o'tkazildi.
21-oktyabr — Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kunning 35 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan mazkur tanlovda jami 9 ta fakultetdan 23 nafar talaba oʻz bilimini sinovdan oʻtkazdi.
⚠️✅✅✅✅✅
🇺🇿O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti huzuridagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi 5 oylik "GID-TARJIMON" kursini taklif etadi.
✅Afzalliklari:
🔴 Кurs harajatining 30% Turizm vazirligi tomonidan qoplanadi;
🔴Sayyor darslar-amaliyotga yo'naltirilgan ta'lim tizimi;
🔴Beshta hudud;
🔴Kurs yakunida davlat namunasidagi diplom.
Shuningdek, tarmoq markazida quyidagi yo‘nalishlar mavjud:
✅G'arb tili (ingliz, fransuz, ispan, italyan va nemis tillari) o‘qituvchilarini qayta tayyorlov kurslari:
🔂4 oylik (mutaxassisliklar uchun);
🔂8 oylik (nomutaxassisliklar uchun).
✅Rus tili bo‘yicha o‘qituvchilarini qayta tayyorlov kurslari 5 oylik
✅Sharq tillari (arab, turk, xitoy va koreys tillari) o‘qituvchilarini qayta tayyorlov kurslari:
🔂4 oylik (mutaxassisliklar uchun);
🔂8 oylik (nomutaxassisliklar uchun).
🔖Ushbu kurslarni tugatgandan soʻng ta’lim tizimida uzluksiz dars berish huquqini beruvchi davlat namunasidagi diplom beriladi.🔂Avia-bort kuzatuvchi (styuardessa) 1 oylik.
Qoʻshimcha ma’lumot va roʻyxatdan oʻtish uchun biz bilan bog’laning:
12-oktabr kuni poytaxtimizdagi Yoshlar ijod saroyida “Ibrat farzandlari” va Ispan tili amaliy fanlar kafedrasi hamkorligidagi tadbir bo‘lib o‘tdi.
Yoshlar ishlari agentligi va maqsadi xorijiy tillarni ommalashtirish hisoblangan “Ibrat farzandlari” loyihasi yoshlarimizning bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil etish bo‘yicha tinimsiz harakatdadirlar. “Ibrat farzandlari” loyihasi doirasida bugungi kunda 20 dan ortiq tilni nafaqat shahar, balki chekka hududlarda yashayotgan bolalar, yigit-qizlar ham o‘zlari xohlagan chet tilini o‘rganish imkoniga ega bo‘lmoqdalar. Shu tillardan biri ispan tilidir.
12-oktabr butun dunyoda ispan tili kuni nishonlanilib, bu tilga oshiqlar uchun turli tadbirlar tashkil etiladi.
“Ibrat farzandlari” loyihasi platformasi orqali bu tilni o‘rgatib kelayotgan, PhD dotsent Mahfuza Artikova bilan Ispan tili amaliy fanlar kafedrasi Yoshlar ijod tashkillashtirgan bu bayramda loyiha asoschisi Rustam Qoriyev nutq so‘zladi va o‘zining eng kerakli maslahatlari bilan o‘rtoqlashar ekan, jumladan shunday dedi: “Oldizga qo‘ygan maqsadingiz tomon har kuni bitta qadam tashlang, bu siz uchun kundalik shart amalga aylansin; ham o‘zingizni qiynamay osonlik bilan marraga qarab borasiz, ham birdan ko‘p narsani reja qilib hammasiga ulguraman desangiz, nafsingiz yo‘l qo‘ymasligi, ishtiyoqingiz so‘nishi mumkin”.
Tadbir davomida “Let’s Animate” studiyasining mahsuloti bo‘lgan o‘zbek multfilmlarining bir nechta jahon tillariga, jumladan ispan tilida ham translyatsiya qilinayotgani ham ko‘pchilik uchun qiziqarli ma’lumot bo‘ldi. Tadbirga Ispaniyadan kelgan mehmonlar “Ibrat farzandlari”ning ispan va o‘zbek tilini o‘rgatayotgani haqidagi ma’lumotlarni hamda o‘zbekcha multfilm paltformasini o‘zlari uchun qayd etib qo‘ydilar.
“Ibrat farzandlari”ning shiori: Biz dunyo madaniyatlari o‘rtasida ko‘prik yaratamiz.
2023-yil yakunida yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlarga bag‘ishlangan hisobotda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevga loyihadan til o‘rganuvchilarni 2024-yil yakunigacha O‘zbekistondan va xorijdan 1 millionga yetkazilishi bo‘yicha axborot berilgan. Loyiha gullab-yashnashi, parvozi baland bo‘lishi tilakdoshimiz!
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🗓 Joriy yilning 14-oktabr sanasida Universitet psixologi Z. Xayrullayeva hamda fakultet tyutori M. Safarova hamkorligida OʻzDJTU Ingliz tili 2-fakulteti 1-bosqich talabalari bilan psixologik trening tashkil etildi.
✅ Ta'lim, taraqqiyot, tarbiya, kasbiy shakllanish, o'zaro munosabat, muomala va muloqot sirlari, tengdoshlar munosabati va dunyoqarash, qobiliyat, iqtidor muammolari yuzasidan, guruhiy, jamoaviy tarzda maslahatlar berildi.
Talabalar oʻzlari qiziqgan savollarga mutaxassis tomonidan munosib tarzda javob olishdi.
❇️ Treningda "ALOQA ULASHUVI"
"QOBILYATNI ANIQLASH"
"TEMPERAMENT TIP" nomli metodikakardan foydalanildi.
#fakuktet_yangiliklari
Second_faculty_official
4️⃣4️⃣4️⃣
“ICT Competition 2024-2025 ME&CA” uchun ro‘yxatga olish jarayoni ochiq!
Huawei tomonidan O‘zbekiston talabalari 80 mamlakat va mintaqalardan 750 000 dan ortiq talabalarni birlashtirgan AKT sohasida iqtidorlar almashinuvi bo‘yicha global tadbir hisoblanadigan “ICT Competition 2024/2025” tanlovida ishtirok etishga taklif etilmoqda.
Eng ilg‘or texnologiyalarni o‘rganish va AKT sohasida salohiyatingizni namoyish etish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang!
Ariza topshirishning oxirgi muddati: 20-oktabr 2024-yil.
Batafsil: https://www.huawei.com/uz-uz/news/uz/2024/huawei-uzbekistan-ict-competition-2024-2025-launch
💠💠💠
Регистрация на конкурс ICT Competition 2024-2025 ME&CA открыта!
Компания Huawei приглашает студентов Узбекистана присоединиться к ICT Competition 2024-2025 - глобальному мероприятию по обмену талантами в сфере ИКТ, которое уже объединило более 750.000 студентов из 80 стран и регионов.
Не упустите возможность изучить передовые технологии и продемонстрировать свой потенциал в сфере ИКТ.
Крайний срок подачи заявок: 20 октября 2024 года.
Подробнее: https://www.huawei.com/uz/news/uz/2024/huawei-uzbekistan-ict-competition-2024-2025-launch
#ICTacademy #ICTheFuture #Talent #HuaweiUzbekistan
Bizni kuzating
12-oktyabr kuni O'ZDJTU Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi, rektor maslahatchisi N.Djurayeva hamda Ingliz tili 1-fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi M.Aripova bilan birgalikda talaba-qizlar holidan xabar olish maqsadida 3-4-5-sonli talabalar turar joylarini o'rganishdi.
O'rganish jarayonida TTJ pedagoglari bilan mavjud muammolar xususida suhbatlashib, xonalarning holatini tekshirishdi.
Shuningdek, talaba-qizlarga yotoqxonadagi ichki tartib-qoidalarga amal qilish, xonalarni toza va ozoda saqlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etish hamda vaqtdan unumli foydalanish uchun yotoqxona kutubxonalaridan foydalanib kitoblar o'qishi tavsiya etildi.
#fakultet_yangiliklari
@first_faculty_official
📚 Universitet saralash bosqichi gʻoliblari aniqlandi
🇺🇿 🇺🇿 11-oktyabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti Yoshlar Ittifoqi boshlangʻich tashkiloti tashabbusi bilan tashkillashtirilayotgan “📚Zakovat: Rektor kubogi” kuzgi mavsum oʻyinlarining universitet saralash bosqichi boʻlib oʻtdi.
📊 Musobaqa natijalariga koʻra quyidagi jamoalar finalga yoʻl olishdi:
✅ “Max” jamoasi (🇬🇧 Ingliz filologiyasi fakulteti, 16 ochko);
✅ “Antigrob” jamoasi (🇺🇿 Ingliz tili ikkinchi fakulteti, 14 ochko);
✅ “Boylarga mazza” jamoasi (📝 Xalqaro jurnalistika fakulteti, 14 ochko);
✅ “Last legend” jamoasi (🇺🇿 Sharq filologiyasi fakulteti, 13 ochko);
✅ “Diplomatlar” jamoasi (📝 Xalqaro jurnalistika fakulteti, 13 ochko);
✅ “Zakiyalar” jamoasi (🇬🇧 Ingliz tili uchinchi fakulteti, 11 ochko);
✅ “Fireflies” jamoasi (🇺🇿 Ingliz tili ikkinchi fakulteti, 11 ochko);
✅ “Terma” jamoasi (🇺🇿 Sharq filologiyasi fakulteti, 11 ochko);
✅ “Politics” jamoasi (📝 Xalqaro jurnalistika fakulteti, 11 ochko);
✅ “Mon blan” jamoasi (🇺🇿 Roman-german filologiyasi fakulteti, 11 ochko).
🏆 Eslatib oʻtamiz, final musobaqasida gʻolib boʻlgan jamoalar quyidagicha taqdirlanadi:
🥇-o‘rin - 5,000,000 so‘m;
🥈-o‘rin - 4,000,000 so‘m;
🥉-o‘rin - 3,000,000 so‘m.
🤝 Barcha jamoalarga final oʻyinida omad tilaymiz!
#zakovat #rektor_kubogi #kuzgi_mavsum #universitet_bosqichi #yoshlar_ittifoqi
✅Bizni kuzatib boring:
📱Telegram | 📱Instagram
0️⃣0️⃣0️⃣
Talabalar turar joylarida tashkil etilgan toʻgaraklar oʻz faoliyatini davom ettirmoqda
12-oktyabr kuni OʻzDJTU Roman-german filologiyasi fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.P.Achilova hamda Nemis tili amaliy fanlar kafedrasi o'qituvchisi, "Qo'li gul qizlar" to'garagi rahbari N.Nazarova tomonidan 6-talabalar turar joyida to‘garak o‘z ishini davom ettirib, talaba-qizlar bilan bejirim diademalar yasash mashgʻuloti boʻlib oʻtdi.
#davra_suhbati
Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan 12-oktyabr kuni OʻzDJTU Roman-german filologiyasi fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo’yicha dekan maslahatchisi Z.Achilova, kafedra Xotin-qizlar masalalari bo'yicha maslahatchilar va 6-TTJ talabalari bilan “Erta turmushni oldini olish va qarindosh-urug‘ o‘rtasidagi nikohlarning salbiy oqibatlari”, “Yoshlarni oilaga tayyorlash” mavzularida davra suhbati tashkil etildi.
🗣Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida tashkil etilgan tyutorlar malaka oshirish kursi faoliyati Toshkent telekanali nigohida
Bizni kuzating:
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
16-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz tili 3-fakultetida Rektor va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuvda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Valijon Sadiyev, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Chutpulatov Muxammad, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar prorektori Otabek Yusupov, Moliyaviy-iqtisodiy ishlar bo‘yicha prorektori Suyun Abdullayev hamda universitet rahbariyati vakillari, fakultet professor-o‘qituvchilari, tyotorlari hamda 1-kursga qabul qilingan talabalar ishtirok etdi.
Ingliz tili 3-fakultetining 1-kursiga qabul qilingan talabalar bilan tanishish maqsadida tashkil etilgan uchrashuvni universitet rektori I.Tuxtasinov ochib berdi. Talabalarga universitet faoliyati, o‘qitish tizimlari, yaratilgan qulayliklar haqida ma’lumotlar berib o‘tdi.
Uchrashuvda 27-oktabrda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan muhim siyosiy jarayon Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlar saylovi jarayonlari haqida yig‘ilganlarga batafsil ma’lumot berib o‘tildi. Ishtirokchilarni mazkur saylovda faol ishtirok etishga chaqirdi.
Ochiq muloqot tarzda tashkil etilgan uchrashuvda talabalar o‘zlari qiziqtirgan savollariga munosib tarzda javob oldilar.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
16-oktabr kuni Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOIKA) vakillari O‘zDJTUga tashrif buyurdi.
Koreya xalqaro hamkorlik agentligi (KOIKA) vakillari Koreya xalqaro rivojlanish markazi loyihalar menejeri Bok-Hee Kim xonim, Koreya xalqaro rivojlanish markazi Hududiy menejer Juho Lee, Pyongtek universiteti Hududiy menejeri Yoon Mi No xonim, Ajou universiteti arxitektura sohasi mutaxassisi Jiho Park, O‘zbekistondagi KOIKA ofisi direktor o‘rinbosari So Wansu, KOIKA volontyorlar dasturi koordinatori Lee Yoobin, Volonterlar dasturi mutaxassisi Ilxomjon Ro‘ziboyevlardan iborat bo‘ldi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
12-oktyabr kuni O‘ZDJTU Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi, rektor maslahatchisi N.Djurayeva hamda Ingliz tili 1-fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi M.Aripova birgalikda talaba-qizlar holidan xabar olish maqsadida 3-4-5-sonli talabalar turar joylarini o‘rganishdi.
O‘rganish jarayonida TTJ pedagoglari bilan mavjud muammolar xususida suhbatlashib, xonalarning holatini tekshirishdi.
Shuningdek, talaba-qizlarga yotoqxonadagi ichki tartib-qoidalarga amal qilish, xonalarni toza va ozoda saqlash, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etish hamda vaqtdan unumli foydalanish uchun yotoqxona kutubxonalaridan foydalanib kitoblar o‘qishi tavsiya etildi.
#fakultet_yangiliklari
@first_faculty_official
15 oktyabr kuni Roman-german fakultetida Germaniyaning Freie Universität Berlin (Berlin Erkin Universiteti) Oliygohining eksperti Dr. Tobias Shtyudeman (Tobias Stüdemann) O‘zDJTU nemis tili yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun "Germaniyada magistratura bosqichida tahsil olish uchun sabablar va imkoniyatlar" mavzusida taqdimot o‘tkazdi.
Uchrqshuvda Germaniyada tahsil olish qaysi sabablarga ko‘ra foydali ekanligi va bu kelajakda qanday afzalliklar berishi mumkinligi, bakalavr bosqichidan so‘ng Germaniya oliygohlarida magistraturada o‘qish uchun nimalar qilish lozimligi haqida foydali ma’lumotlar berdi.
Taqdimotdan so‘ng ekspert va talabalar o‘rtasida qizg‘in suhbat bo‘lib o‘tdi. Dr. Shtyudeman tadbir yakunida O‘zDJTU nemis tili yo‘nalishi talablarining til bilimlarini yuqori baholadi va o‘z ijobiy taassurotlari bilan bo‘lishdi.
Tadbir Nemis tili amaliy fanlar kafedrasi mudiri Sevara Ziyayeva, v.b. dotsent Gulrux Raximova, katta o‘qituvchi Shokirjon Xolmatovlar tomonidan tashkillashtirildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti faollar zalida rektor va 1-sonli talabalar turar joyida yashovchi talabalar bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Ochiq muloqotda universitet rahbariyati vakillari, profilaktika inspektori talabalar ishtirok etishdi.
Uchrashuvni universitet rektori I.Tuxtasinov ochib berdi va universitet faoliyati, undagi yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv dasturlari, to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi. Hozirgi kunda dolzarb bo‘layotgan kiber jinoyatlar, turli xil oqimlar,diniy ekstremizm g‘oyalaridan ogoh bo‘lishga chaqirdi. Talabalar turar joyida yashovchi talabalarni muammolarini eshitib, ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriq berdi.
Dastur ochiq muloqot tarzda davom etib, talabalar tomonidan savollar takliflar berildi.
Muloqot davomida faollik ko‘rsatgan talabalar universitet rektori tomonidan kitoblar bilan taqdirlandi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetiga Buyuk Britaniyaning Portsmut universiteti vakili tashrif buyurdi.
15-oktyabr kuni OʻzDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov boshchiligidagi oliygoh mas’ullari hamda Portsmut universiteti Gumanitar va ijtimoiy fanlar fakulteti ijrochi dekani prof. Stefen Korbett bilan uchrashuv tashkil etildi.
📚 2024-yil 15-oktabr kuni Axborot-resurs markazida "Kitob targ'iboti" haftaligida Roman-german filologiyasi fakulteti tyutori K. Mamadaliyeva va 1-bosqich talabalari ishtirokida "Ochiq muloqot" bo'lib o'tdi.
Ochiq muloqot ishtirokchilariga Axborot-resurs markazi direktor o'rinbosari M. Muxamedjonova kutubxonaning barcha bo'limlari, Scopus ilmiy maqolalar bazasi, IRBIS-64, ARM vebsayti, ARM telegram kanali hamda Axborot-resurs markazida kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida ma'lumot berdi.
Ochiq muloqot so'ngida talabalar kutubxona haqida o'z fikr va mulohazalarini bildirishdi. 💬✨
0️⃣0️⃣0️⃣
OʻzDJTU Marketing va talabalar amaliyoti bo'limi xodimlari Toshkent shahrida joylashgan bir qator maktablarga tashrif buyurdi.
Mazkur tashrif tadbiri talabalarning amaliyot jarayonini nazorat qilish maqsadida tashkil etilgan.
Dastur davomida amaliyot jarayoni mobaynida talabalarning universitetda olgan nazariy bilimlarini amalda qo'llab, ularning o'quvchi-yoshlar bilan ishlash mahorati yana-da oshirildi, kasbiy va malakaviy ko‘nikmalari shakllantirildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#xush_xabar
O'zDJTU Ingliz filologiyasi fakulteti 4-bosqich talabasi Abdurahmonova Mohinur Bahromjon qizi Turkiyada bo'lib o'tgan konferensiyada maqolasi bilan ishtirok etdi.
Turkiyaning Alaniya shahrida "Baygench" nashriyoti tomonidan Oʻzbekistondagi "Shine" qizlar akademiyasi bilan hamkorlikda tayyorlangan, mamlakatimizdagi turli sohalarda samarali faoliyat olib borayotgan iqtidorli, faol ayol-qizlarning ijodiy ishlari jamlangan "Oʻzbekistan’in umutlu çiçekleri" kitobi taqdimoti boʻlib oʻtdi.Ushbu kitobdan Mohinurning "Samarali ta’lim berish usullarini muvofiqlashtirishning ilmiy-nazariy prinsiplari" mavzusida yozgan ilmiy maqolasi ham oʻrin olib, konferensiyada muvaffaqiyatli ishtirok etdi.
#Live #topik_imtihoni
🌐 Bizni kuzating
📚 Universitet saralash bosqichidan lavhalar
#zakovat #rektor_kubogi #kuzgi_mavsum #universitet_bosqichi #yoshlar_ittifoqi
✅Bizni kuzatib boring:
📱Telegram | 📱Instagram
⚖️👨💻👩💻💬
📊 2024-yil 10-11 oktyabr kunlari Paragvaydagi Autоnoma San Sebastian universiteti (UASS) tomonidan tashkil etilgan “CIMITIS-2024” Ilmiy-tadqiqot, texnologiya, innovatsiya va jamiyat bo‘yicha Ikkinchi Xalqaro multidisiplinar kongress bo‘lib o‘tdi.
Ushbu kongressning asosiy maqsadi oliy ta'lim sohasidagi ilmiy tadqiqotlar va innovatsiyalarni targ’ib qilish va turli yo‘nalishlar bo‘yicha xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdir.
Kongres, asosan, onlayn formatda sinxron sessiyalar orqali o‘tkazildi, shuningdek, ba’zi ma’ruzalar oflayn tarzda amalga oshirildi.
#jarayon
Talabalar turar joyida "Zakovat" intellektual o‘yini o‘tkazildi.
Ingliz tili funksional leksika kafedrasi o‘qituvchilari F.Normaxmatova, S.Alikulova, N.Karimova, I.Jo‘rayeva, B.Xayitboyev va Q.Ro‘ziboyevlar tomonidan 5-sonli talabalar turar joyida "Zakovat" intellektual o‘yini tashkil etildi.
Talabalarning bilimini sinash, ularning mantiqiy fikrlash qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan o‘yin davomida talabalar o‘z bilim va qobiliyatlarini namoyon etishdi. Yakunda g‘oliblar aniqlandi va ularga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Yuqorida qayd etilgan o‘qituvchilar 5-sonli talabalar turar joyiga tashrif buyurib, ularning yashash sharoitlarini ham o‘rganishdi.
Suhbat davomida talabalarning ehtiyojlari, shuningdek, shaxsiy va o‘quv jarayonidagi qiyinchiliklari muhokama qilindi. Talabalar turar joyi ma'muriyati bilan hamkorlikda talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo‘yicha qator tadbirlarni amalga oshirish rejalashtirildi.
Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
2️⃣2️⃣2️⃣
12-oktyabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida Xalqaro Qizlar kuniga bagʻishlangan tadbir – Qizlar forumi oʻtkazildi.
OʻzDJTU Xotin-qizlar maslahat kengashi tashabbusi bilan Yoshlar ittifoqi boshlangich tashkiloti va "Qizlarjon klubi" yetakchilari mas'ulligida “Sening tashabbusing – sening kelajaging uchun” shiori ostida tashkil qilindi.