0️⃣0️⃣0️⃣
18-19 oktyabr kunlari Ingliz, Sharq, Roman-german filologiyasi fakultetlarida "SARMOYABOOKS" MCHJ nashriyoti bilan hamkorlikda "Kitob savdosi" yarmarkasi o'tkazildi.
Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida tashkil etilgan mazkur yarmarkada kitobxonlarga o'zbek, rus, ingliz tilidagi darsliklar va badiiy adabiyotlar taqdim etildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#stipendiya #sovrindorlar
🎗️2024-2025-oʻquv yili uchun Aleksandr Faynberg nomidagi maxsus stipendiyasi sovrindorlari
☑️ Ushbu sovrindorlar Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining 6-iyundagi 10-sonli kengash qaroriga asosan tasdiqlangan
Ingliz tili 1-fakulteti 3-kurs talabasi
Ingliz tili 2-fakulteti 3-kurs talabasi
Ingliz tili 3-fakulteti 2-kurs talabasi
Ingliz filologiyasi fakulteti 2-kurs talabasi
Sharq filologiyasi fakulteti 2-kurs talabasi
Roman-german filologiyasi fakulteti 3-kurs talabasi
Tarjimonlik fakulteti 3-kurs talabasi
Rus filologiyasi fakulteti 2-kurs talabasi
Xalqaro jurnalistika fakulteti 2-kurs talabasi
Magistratura bo‘limi 1-kurs talabasi
🇺🇿
🇺🇿
OʻzDJTU Yoshlari
#saylov_2024 #targ‘ibot #chorlov
✔️ Biz oʻz kelajagimizga befarq emasmiz!
🇬🇧 Ingliz filologiyasi talaba-yoshlari saylovga sizlarni faollikka chorlab qoladi!
✅Bizni kuzatib boring:
📱Telegram | 📱Instagram
🟦🟦🟦🟦🟦
18-oktabr kuni Axborot-resurs markazi direktor o‘rinbosari M. Muxamedjonova Roman-german filologiyasi fakulteti 1-bosqich talabalari bilan birgalikda "Kitobxonlik targ‘iboti" haftaligida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasiga tashrif buyurishdi.
Talabalar kutubxonaning barcha bo‘limlarida, "Istiqlol", "Adolat", "Tafakkur", "Jahon" o‘quv zallarida, elektron xonalarida bo‘lib, u yerdagi mavjud adabiyotlar va barcha shart-sharoitlar bilan tanishishdi.
Tashrifdan maqsad yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish bo‘ldi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣ 📺📺
OʻzDJTU Ingliz tili birinchi fakulteti Ingliz tilini integrallashgan holda o'qitish kafedrasi o'qituvchisi, “El-yurt umidi” jamg'armasi stipendianti, Buyuk Britaniyaning Reading universiteti magistranti Muqaddas Bo'taboyeva O'zbekston telekanalining "Biz birgamiz" ko'rsatuvi mehmoni bo'ldi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
👩🏫 2024 yil 18-oktabr kuni Tarjimonlik fakulteti Roman-german tillari tarjimashunosligi kafedrasi katta o‘qituvchisi Usmanova Nodira Ikkinchi chet tili (fransuz tili) fanidan TING-2201 guruhi bilan ochiq dars o‘tkazdi.
💠 "Les vêtements" hamda "Faire les achats" mavzularidagi ochiq dars zamonaviy texnologiyalar va metodlar asosida yoritib berildi, shuningdek darsni mustahkamlash uchun qiziqarli oʻyinlar, boshqotirmalar va ajoyib sahna koʻrinishi namoyish etildi.
🎤 Dars davomida fransuz tilidagi ijro etilgan qoʻshiqlar dars kuzatuvchilariga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Faol talabalar dars davomida sovgʻalar bilan ragʻbatlantirildi.
2️⃣2️⃣2️⃣
18-oktyabr kuni OʻzDJTU 1-TTJ va 2-TTJ da Oʻzbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi munosabati bilan tadbir tashkil etildi.
Tadbirda barcha talabalar bilan she'riyat kechasi uyushtirildi.
Xalqaro jurnalistika fakulteti talabasi Umida Umarova oʻzi yozgan sheʼrlarini talabalar bilan baham koʻrdi.
0️⃣0️⃣0️⃣
16-oktyabr kuni OʻzDJTU huzuridagi Muvofiqlashtiruvchi kengashda tayanch doktorant, doktorant, stajyor-tadqiqotchi, mustaqil izlanuvchilarning dissertatsiya mavzularini koʻrib chiqish, muhokama qilish, tahlil etish va tasdiqlash boʻyicha 13.00.02 – Taʼlim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisoslik kengashining yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
1️⃣1️⃣1️⃣
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti tomonidan Adiblar xiyobonidagi Aleksandr Faynberg haykali atrofida sport tadbirlari tashkil etib kelinmoqda.
Atoqli adiblarning haykallari poyida 2024-yil sentyabr-oktyabr oylarida oliy taʼlim muasssalari tomonidan ommaviy sport musobaqalari boʻyicha tadbirlarni tashkil etish reja-jadvaliga muvofiq,
Tadbirda sogʻlom turmush tarzini shakllantirish, ayniqsa, yosh avlodning jismoniy tarbiya va ommaviy sport bilan muntazam shugʻullanishi uchun zamon talablariga mos shart-sharoitlar yaratish, sport musobaqalari orqali yoshlarda oʻz irodasi, kuchi va imkoniyatlariga boʻlgan ishonchni mustahkamlash, mardlik va vatanparvarlik, ona Vatanga sadoqat tuygʻularini kamol toptirish, shuningdek, talaba-yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish ishlarini tizimli tashkillashtirish hamda jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirishga yoʻnaltirilgan keng koʻlamli ishlarni amalga oshirish koʻzda tutilgan.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
18-oktyabr kuni O‘zDJTUda 21-oktabr “O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan” kuniga bag‘ishlangan “Qonunda qo‘riqlangan qo‘rg‘onim ona tilim” deb nomlangan bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbir avvalida Insholar tanlovidan videolavha namoyish etildi. Tadbirni O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov tabrik nutqi bilan ochib berdi hamda insholar tanlovida g‘olib bo‘lgan talabalarni tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirladi.
Tadbir mehmoni Professor Xadicha Muxitdinova so‘zga chiqib, yig‘ilganlarni bayram bilan tabrikladi. O‘zbekiston Respublikasi filarmoniyasi san’atkorlari tomonidan bayramona qo‘shiqlar ijro etildi.
Bayram dasturidan universitetda faoliyat yuritayotgan chet ellik ustozlar tabrigi asosida tayyorlangan videorolik namoyishi va talabalarining chiqishlari o‘rin oldi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦
17-oktabr kuni "Kitobxonlik targ‘iboti" haftaligi doirasida O‘zDJTU ARM direktor o‘rinbosari M. Muxamedjonova, Roman-german filologiyasi fakulteti tyutori K. Mamadaliyeva va 1-kurs talabalari bilan birgalikda mashhur nemis yozuvchisi Iogann Volfgang Gyotening "Yosh Verterning iztiroblari" asari yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi.
Suhbatda tyutor K. Mamadaliyeva yozuvchining hayoti, ijodi va "Yosh Verterning iztiroblari" asari uning mashhur asarlaridan biri ekanligi, bu asar hajman kichik bo‘lsa ham, biroq mazmunan keng qamrovli ekanligi haqida gapirib o‘tdi.
Suhbatda 24-11 guruh talabalari Sh. Bektashova va Sh. Xasanovalar "Yosh Verterning iztiroblari" asari qahramonlarining ruhiy olami, sevgi iztiroblari, inson va jamiyat orasidagi ziddiyatlar to‘g‘risida so‘zlab berdilar.
Suhbatda faol qatnashgan talabalarga Axborot-resurs markazi tomonidan badiiy adabiyotlar sovg‘a qilindi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#jarayon
Joriy yilning 17-oktabr sanasida O‘zDJTU 5-sonli talabalar turar joyiga tashrif amalga oshirildi.
Universitet psixologi Z.Xayrullayeva, Ingliz filologiyasi fakulteti xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi Z.Bannopova, tyutorlar E.Chulliyeva va D.Toshxodjayevalar tomonidan sharoitlar o‘rganildi.
Shuningdek, Pedagog tarbiyachi O.Rahimov bilan hamkorlikda talabalar holidan xabar olish, ijtimoiy-psixologik muhitni o‘rganish maqsad qilib qo‘yildi.
Talabalar yashash tarzini o‘rganish va kuzatish jarayonida psixologik tavsiyalar berilib, ularning fikrlari tinglandi. Bunday profilaktik tadbirlar keng miqyosda amalga oshirish davom etadi.
Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
0️⃣0️⃣0️⃣
17-oktabr kuni Toshkent shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabida "Ingliz tili" yo‘nalishi bo‘yicha “Language learning” respublika ko‘rik-tanlovining Toshkent shahar bosqichi o‘tkazildi.
Musobaqada O‘ZDJTU Ingliz tili birinchi fakulteti Ingliz tilini o‘qitish metodikasi 1-kafedrasining professor-o‘qituvchilari Iroda Babayeva va Feruza Tursunovalar hakam sifatida ishtirok etishdi.
Ko‘rik-tanlov Toshkent shahridagi "Barkamol avlod" bolalar maktablaridan saralab olingan eng kuchli 14-15 yosh toifasidagi ingliz tili to‘garak a’zolari o‘rtasida bo‘lib o‘tdi.
O‘quvchilar speaking, reading, writing, listening yo‘nalishlarida o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. 1-o‘rinni egallagan ishtirokchi Respublika bosqichida ishtirok etish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
#fakultet_yangiliklari
@first_faculty_official
#tanlov
16-oktabr kuni O‘zDJTU Ingliz filologiyasi fakultetida "Balli, qizlar" ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Tanlov fakultet tyutori Sh.Boʻstonova tashabbusi bilan tashkil etilib, unda fakultetning faol, bilimli hamda chaqqon talaba-qizlari ishtirok etishdi.
Tanlovni xotin qizlar masalalari bo'yicha dekan maslahatchisi Zulhumor Bonnopova kirish so‘zi bilan ochib berib, barcha ishtirokchilarga omad tiladi. Ishtirokchilar berilgan shartlar xususan, tanishtiruv, salat tayyorlash hamda erkin mavzu asosida o‘z iste’dodlarini namoyon etishdi.
Dasturdan Xon atlas liboslari namoyishi, iqtidorli yoshlar tomonidan kuylangan qo‘shiq va raqslar ham o‘rin oldi. Hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan adolatli baholandi.Yakunida har bir nominatsiya sohibasi qimmatbaho esdalik sovg‘alari hamda maqtov yorliqlari bilan taqdirlandi.
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
2024-yil 17-oktabr kuni Pokiston Islom Respublikasining O‘zbekistondagi elchisi Ahmed Farooq janoblari bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda elchi bilan birga elchixona 2-kotibi Tuba Asif xonim ishtirok etdi.
Muloqot chog‘ida O‘zDJTU rektori I. Tuxtasinov universitet faoliyati, chet tillarini, jumladan urdu tilini o‘qitish borasida olib borilayotgan ishlar, xalqaro hamkorlik aloqalari to‘g‘risida qisqacha ma’lumot berdi.
Elchi Ahmed Farooq ikki mamlakat o‘rtasida savdo va investitsion faoliyat rivojlanib borayotganligini ta’kidlab, Panjob, Karachi va boshqa yetakchi universitetlar bilan aloqalarni o‘rnatishda yordam berishi, talaba va o‘qituvchilar almashinuvini yo‘lga qo‘yish va ilk bosqichda Urdu tili markazini ochib, uni darslik va o‘quv adabiyotlari hamda malakali o‘qituvchilar bilan ta’minlashda ko‘maklashishi mumkinligini ma’lum qildi. Shu bilan birga, urdu tilini o‘rganayotgan talabalar uchun davra suhbatlari, turli to‘garaklar tashkil qilish, Pokistonning mashhur yozuvchi va shoirlari bilan uchrashuvlar tashkil qilish choralarini ko‘rishini aytib o‘tdi.
0️⃣0️⃣0️⃣
"Kitobxonlik targ'iboti" haftaligi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.
18-oktyabr kuni OʻzDJTU Axborot-resurs markazi direktor o'rinbosari M.Muxamedjonova Roman-german filologiyasi fakulteti 1-bosqich talabalari bilan birgalikda Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston milliy kutubxonasiga tashrif buyurishdi.
Talabalar kutubxonaning barcha bo'limlarida, "Istiqlol", "Adolat", "Tafakkur", "Jahon" o'quv zallarida, elektron xonalarida bo'lib, u yerdagi mavjud adabiyotlar va barcha shart-sharoitlar bilan tanishishdi.
#uchrashuv
Bugun 19-oktabr kuni O'zDJTU Ingliz filologiyasi fakultetida "Ota-onalar bilan uchrashuv" bo'lib o'tdi.
Yig'ilishda Ingliz filologiyasi fakulteti dekani G.Ergasheva, dekan muovinlari B.Razzoqov, Sh.Eshto'xtarov, universitet ota-onalar qo'mitasi raisi Z.Ibragimovalar so'zga chiqib, fakultetda talaba-yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar hamda o'quv jarayonlari haqida ma'lumotlar berishdi.
Shuningdek, talabalarning darslarga qatnashishi, ular bilan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlar, ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy ishlar hamda fakultet talaba-yoshlari tomonidan erishilgan yutuqlar to'g'risida fikr-mulohazalar yuritildi.
Dastur davomida iqtidorli talabalarning ota-onalari fakultet rahbariyati tomonidan maxsus tashakkurnoma bilan taqdirlandi.
Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
15-oktabr kuni Axborot-resurs markazida "Kitob targ'iboti" haftaligida Roman-german filologiyasi fakulteti tyutori K. Mamadaliyeva va 1-bosqich talabalari ishtirokida "Ochiq muloqot" bo'lib o'tdi.
Ochiq muloqot ishtirokchilariga Axborot-resurs markazi direktor o'rinbosari M. Muxamedjonova kutubxonaning barcha bo'limlari, Scopus ilmiy maqolalar bazasi, IRBIS-64, ARM vebsayti, ARM telegram kanali hamda Axborot-resurs markazida kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida ma'lumot berdi.
Ochiq muloqot so'ngida talabalar kutubxona haqida o'z fikr va mulohazalarini bildirishdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
0️⃣0️⃣0️⃣ 4️⃣4️⃣4️⃣
📣 "Kulolman" kulolchilik ustaxonamizga iste'dodli va ijodkor shogirdlar qabul qilamiz!
Agar kulolchilik san'ati sizni qiziqtirsa, loy bilan ishlashning nozik sir-asrorlarini o‘rganishni istasangiz, bizning jamoamizga qo‘shiling!
✍️ Biz sizga:
- ustozlar bilan amaliy mashg'ulotlar;
- yangi texnikalarni o'rganish imkoniyati;
- shaxsiy ijodingizni rivojlantirish va ko'rgazmalarda qatnashish imkoniyatini taklif etamiz.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
18-oktabr kuni O‘zDJTUda Toshkent shahar prokuraturasi, Ichki ishlar bosh boshqarmasi va Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi rahbar va xodimlari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Valijon Sadiyev, Toshkent shahar Uchtepa tumani Ichki Ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, podpolkovnik Abdurashid Ochilov, Toshkent shahar Uchtepa tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari mayor Zafar Zufarov, Uchtepa tumani Prokuraturasi mas’ul xodimlari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.
Tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad huquqbuzarlik, jinoyatchilik, giyohvandlikni, hamda pirotexnika vositalaridan noqonuniy foydalanishni oldini olish, favqulodda vaziyatlar hamda yong‘in xavfsizligini ta’minlash choralarini kuchaytirish giyohvandlikka qarshi kurash choralarini yoshlar o‘rtasida keng targ‘ib qilish va ularni sog‘lom muhitda tarbiyalash, shuningdek is gazi haqida tushuntirish ishlari olib borildi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
18-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida 4-Talabalar turar joyida yashovchi talabalar bilan Rektor va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuvda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Valijon Sadiyev, universitet rahbariyatining boshqa vakillari, TTJlar muvofiqlashtiruvchi bo‘limi xodimlari, tarbiyachi-pedagoglar hamda 4-Talabalar turar joyida yashovchi talabalar ishtirok etdi.
Uchrashuvni universitet rektori I.Tuxtasinov ochib berdi va universitet faoliyati, undagi yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv dasturlari, to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi. Talabalar turar joyida yashovchi talabalarni muammolarini eshitib, ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriq berdi.
Dastur ochiq muloqot tarzda davom etib, talabalar tomonidan savollar takliflar berildi.
Muloqot davomida universitet rektori 4-TTJda "Eng toza xona" bo‘yicha o‘tkazilgan tanlovining 1-2-3-o‘rin g‘oliblarini tashakkurnoma bilan taqdirladi. Shuningdek, eng namunali qavat, shu eng yaxshi qavat rahbarlarini e’tirof etdi.
Undan tashqari, talabalar she’rlar o‘qib, dutorchi qizlar chiqishlarini namoyish etishdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
18-oktyabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetiga Birlashgan Arab Amirliklari vakillari tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida rektor Ilxomjon Tuxtasinov hamda Birlashgan Arab Amirliklari Oliy taʼlim ishlari boʻyicha eksperti Hasan Al-Hashimiy bilan uchrashuv tashkil etildi.
4️⃣4️⃣4️⃣
Iqtidorli talaba-yoshlarning maqsadli faoliyatini tizimli tashkil etish hamda ularni yangi marralar sari yo‘naltirish maqsadida “Yilning eng faol talabasi” respublika tanloviga arizalar qabul qilish jarayoni boshlangani haqida xabar bergan edik.
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
Rossiyaning Tyumen davlat universiteti Mintaqaviy xalqaro hamkorlik instituti direktori, professor Telegina Galina Valentinovna O‘zDJTUga tashrif buyurdi.
Tashrif doirasida oliygoh rektori Ilxomjon Tuxtasinov hamda mehmon bilan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda, shuningdek, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektor O.Yusupov, Xalqaro hamkorlik masalalari boʻyicha prorektor A.Nasirov, Lingvistika va ingliz adabiyoti kafedrasi mudiri M.Galiyeva ishtirok etdi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
16-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti Ispan tili nazariy fanlar kafedrasi 3-bosqich talabalari BRMning 4-bandi "Sifatli ta’lim" bandiga ko‘ra mavzu yuzasidan videolavha tayyorladilar.
"Bizga ta’lim berishda qilayotgan mehnatingiz va jonkuyarligingiz uchun rahmat, aziz ustozlar! "
Videolavhani tayyorlash jarayonida talablar 1-oktabr "Ustoz va murabbiylar kuni" munosabati bilan sifatli ta’lim berishga bel bog‘lagan, o‘z kasbining ustasi bo‘lish uchun o‘z ustida ishlayotgan jonkuyar ustozlar, professor-o‘qituvchilarga o‘z minnatdorchiliklari va yaxshi tilaklari orqali bayram tabrigi yo‘lladilar.
📌Roman-german filologiyasi fakulteti.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
📣📣📣📣📣
🎓 Diqqat, aziz talabalar! 🎓
🌟 Siz faolmisiz? Tashabbuskormisiz? Xalqaro loyihalarda ishtirok etishni istaysizmi? Unda bu ajoyib imkoniyat aynan siz uchun!
📊 Xalqaro reytinglar bilan ishlash boʻlimi sizlarni oʻz koʻngillilar guruhiga taklif etadi!
Bu yerda siz:
🌍Universitetimizning xalqaro reytinglardagi oʻrnini koʻtarishda ishtirok etasiz.
📊Xalqaro hamkorlik va reytinglar boʻyicha noyob tajriba orttirasiz.
💡Yangi bilim va koʻnikmalarga ega boʻlib, ularni kelajakdagi faoliyatingizda qoʻllay olasiz!
Nima uchun bu qiziq?
👥 Yaxshi jamoada ishlash va yangi doʻstlar orttirish imkoniyati.
🎯 Qimmatli amaliy malaka, kelajakdagi muvaffaqiyatli karyeraga qadam!
Biz sizdan nimani kutamiz?
⏰Har hafta 3-5 soat vaqtingizni ajratish.
📊Maʼlumotlarni tahlil qilishga qiziqish va masʼuliyatli yondashish.
Qanday ariza topshirish kerak?
📍Rektorat binosi, 5-qavat, 518-xonaga keling;
✉️ Telegram orqali @SDG_UZSWLU ga yozing.
🚀 Bizning jamoaga qoʻshiling va universitetimizning xalqaro maydondagi nufuzini birga koʻtaring! 🚀
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦
O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektorining talabalar turar joyida yashovchi talabalar bilan uchrashuvi davom etmoqda.
17-okatabr kuni Rektor va yoshlar uchrashuvi universitetning 3-TTJda yashovchi talabalar bilan tashkil etildi.
Uchrashuvda universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov, Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Valijon Sadiyev, Moliyaviy-iqtisodiy ishlar bo‘yicha prorektori Suyun Abdullayev, universitet rahbariyatining boshqa vakillari, TTJlar muvofiqlashtiruvchi bo‘limi xodimlari, tarbiyachi-pedagoglar hamda 3-Talabalar turar joyida yashovchi talabalar ishtirok etdi.
Uchrashuvni universitet rektori I.Tuxtasinov ochib berdi va universitet faoliyati, undagi yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv dasturlari, to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi. Hozirgi kunda dolzarb bo‘layotgan kiber jinoyatlar, turli xil oqimlar, diniy ekstremizm g‘oyalaridan ogoh bo‘lishga chaqirdi. Talabalar turar joyida yashovchi talabalarni muammolarini eshitib, ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullarga topshiriq berdi.
Dastur ochiq muloqot tarzda davom etib, talabalar tomonidan savollar takliflar berildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
⚖️👨💻👩💻💬
Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman boʻlib oʻtdi.
Konferensiya 17-oktyabr kuni OʻzDJTU Roman-german filologiyasi fakultetining Ma‘naviyat va ma‘rifat markazida “Koʻp madaniyatli makonda til ta’limi” (“Sprachliche bildung im multikulturellen raum”) mavzusi doirasida tashkil etildi.
Dasturni oliygoh rektori Ilxomjon Madaminovich ochib berdi. Soʻng anjuman mehmonlari – Shveysariyaning Toshkentdagi elchixonasi Diplomatik aloqalar bo‘limi boshligʻi Alexander Schärer va Toshkentdagi Goethe-Institutining ta‘lim sohasida hamkorlik bo‘limi boshlig‘i G’ayrat Khafizov nutq soʻzladi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
17-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Xalqaro jurnalistika fakulteti hamda Rus filologiyasi fakulteti talabalari bilan Rektor va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda universitet rahbariyati xodimlari, fakultetlarning professor-o‘qituvchilari, tyutorlari hamda 1-kursga qabul qilingan talabalar ishtirok etdi.
Uchrashuvni universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov ochib berdi. Talabalar uchun yaratilgan sharoitlar va imkoniyatlar haqida gapirib o‘tdi. O‘quv tizimi yuzasidan talabalarning fikr-mulohazalar, savol va takliflarini tingladi.
Shuningdek, uchrashuvda 27-oktabrda O‘zbekistonda bo‘lib o‘tishi kutilayotgan muhim siyosiy jarayon Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlar saylovi jarayonlari haqida yig‘ilganlarga batafsil ma’lumot berib o‘tildi. Ishtirokchilarni mazkur saylovda faol ishtirok etishga chaqirdi.
Uchrashuv so‘ngida talabalarning o‘qishlariga muvaffaqiyatlar tilab, o‘qib-izlanishdan hech qachon to‘xtamaslikka chaqirdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
17-oktabr kuni Britaniya Kengashining O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktor o‘rinbosari Jamilya Gulyamova hamda Ingliz tili dasturlari direktori Maykl Konnolli bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
O‘zDJTU rektori I. Tuxtasinov mehmonlarga universitetni rivojlantirish strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan ingliz tili bo‘yicha malakali mutaxassislar tayyorlash borasida olib borilayotgan samarali faoliyat hamda Britaniya Kengashi bilan hamkorlikda bajarilayotgan muhim loyihalar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi.
O‘z navbatida, o‘tgan 20 yildan ortiq muddatda universitetni qo‘llab-quvvatlab kelayotganligi uchun Britaniya Kengashi rahbarlariga minnatdorchilik bildirdi.
Shuningdek, Britaniya OTMlarining boy tajribasidan foydalangan holda mustaqil ta’limni rivojlantirish, baholashning samarali mexanizmlarini joriy etish maqsadida turli loyihalar ishlab chiqish va ularni Britaniya Kengashi bilan hamkorlikda amalga oshirish kabi takliflarni berdi.
Jamilya Gulyamova “Uzluksiz kasbiy malakani oshirish” (Contunuing Professional Development) va Inkluziv ta’limga alohida e’tibor qaratish, “Universitet Boshqaruvi” loyihasini amalga oshirish hozirda Britaniya Kengashi tomonidan amalga oshirilayotgan muhim loyihalar ekanligini ta’kidlab o‘tdi.
Maykl Konnolli ingliz tili o‘qituvchilarini malakasini oshirish jarayonida Britaniya Kengashi tomonidan ishlab chiqilgan elektron resurslar, online platformalar va mobil ilovalardan bepul foydalanishlari mumkinligini ma’lum qildi. I. Tuxtasinov O‘zDJTU huzuridagi Pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish tarmoq markazi tinglovchilari uchun Maykl Konnolli va hamkasblari tomonidan tavsiya etilayotgan resurslar va materiallar bo‘yicha taqdimotlar o‘tkazish orqali ularni xabardor qilish yaxshi natija berishini aytib o‘tdi.
Uchrashuv juda mazmunli va har tomon uchun manfaatli tarzda o‘tdi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt