uzswlu | Unsorted

Telegram-канал uzswlu - O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

14363

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal) +(99895) 197 41 44 +(99895) 198 41 44 +(99895) 199 41 44 +(99895) 194 15 05 +(99871) 230 13 73 Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot Вопросы 👉 @otabek_ibragimov

Subscribe to a channel

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

👨‍💻👩‍💻🧠

21-oktabr kuni OʻzDJTU Tarjimonlik fakulteti Ingliz tili amaliy tarjima kafedrasi ustozlari hamda tyutorlar hamkorligida trening mashg'uloti tashkil etildi.


Jahon ruhiy salomatlik kuni munosabati bilan tashkil etilgan trening mashg‘ulotida universitet psixologi Z.Xayrullayeva hamda fakultet birinchi bosqich talabalari ishtirok etdi.


Trening davomida “Salomimni yoʻllayman”, “Avtobus” “Rangli qoʻllar”, “ Psixogimnastik mashq”, “Joy almashish” o'yinlaridan keng foydalanildi.

Dastur so‘ngida talabalar o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, psixolog tomonidan ko‘tarinki kayfiyat ulashilgani, shuningdek, oʻqishga yana-da koʻp qiziqish hamda motivatsiya olganliklari haqida e’tirof etishdi.

Tadbirni tashkil qilishdan maqsad talaba-yoshlarning ruhiy salomatligi va barkamolligini kuchaytirishdan iborat.

📍 Tarjimonlik fakulteti

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

Tayanch doktorantura, doktorantura, stajor-tadqiqotchilik va mustaqil izlanuvchilikka kiruvchilar uchun ixtisosliklar bo’yicha dasturlar

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

23.00.02 - Siyosiy institutlar, jarayonlar va texnologiyalar ixtisosligidan dastur

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

13.00.01 - Pedagogika nazariyasi. Pedagogik ta’limotlar tarixi ixtisosligidan dastur

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

10.00.09 - Jurnalistika ixtisosligidan dastur

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

10.00.04 - Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligidan dastur

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🇺🇿 21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni!
Joriy yilda o‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganiga o‘ttiz besh yil to‘ldi!

🎞 Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir.


Bugun OʻzDJTU Roman-german filologiyasi fakultetida bayram munosabati bilan ,, ONA TILIM SEN BILAN MILLAT BARHAYOT " deb nomlangan tadbir boʻlib oʻtdi.


🔰Tadbirda fakultet ustozlari, talabalar ishtirok etdi.Tadbirda oʻzbek tili kafedrasi katta oʻqituvchisi Z.Sharipov hozirgi oʻzbek adabiy tili tarixi, oʻzbek leksikasi, uning boʻlimlari, erishgan yutuqlari haqida nutq soʻzladi.

🌐Tadbir davomida iqtidorli talabalar tomonidan til haqida sheʼrlar, adiblar hayotiga oid maʼlumotlar, qo'shiqlar,sahnaviy koʻrinishlar, raqs, video rolik namoyish etildi.


Telegram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

Boʻlajak olimlar bilan hamkorlik sari yangi tashabbus 🚀🎓

Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining magistratura talabalari uchun 18-oktabrdan boshlab “Filologiya masalalari” elektron ilmiy-metodik jurnali tahririyati tomonidan maxsus seminar-treninglar tashkil qilindi. 📝📚

Magistratura to'g'risidagi Nizom talablariga muvofiq, talabadan magistrlik dissertatsiyasining asosiy natijalarini ilmiy maqolalar va ilmiy konferensiyalarda ma'ruza bilan qatnashib, tezislar nashr qilishi talab qilingan. Shu bois, jurnal tahririyati ularga amaliy yordam berish tashabbusi bilan chiqdi. 🎯Xususan, mazkur tashabbus doirasida seminar-trening ishtirokchilari xalqaro IMRAD talablari asosida ilmiy maqolani tayyorlash tartibi, “Filologiya masalalari” elektron ilmiy-metodik jurnali talablari, maqsad hamda vazifalari bilan tanishtirilmoqda. 🔍🖊Ayniqsa, seminar-treninglar soʻngida talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javoblarni olmoqdalar. 💬

Mazkur seminar-treninglarni yosh olimlarimizdan S.Azizov, I.Kaxarova, Sh.Yuvasheva, Z.Xaitqulov va G.Narbayeva olib bormoqdalar. 👨‍🏫👩‍💻

‼️Eslatib oʻtamiz, seminar-treninglar 22-oktabrga qadar davom etadi. 🗓

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦

Qadrli yurtdoshlar! Muhtaram ustozlar! Aziz talabalar!


Millatimiz ruhi, milliy g‘ururimiz – o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining o‘ttiz besh yilligi, 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami bilan barchangizni chin qalbimdan samimiy muborakbod etaman.

Ona tilimiz ruhiyatimizga nur, tafakkurimizga yog‘du, qalbimizga g‘urur baxsh etib abadiy gullab yashnasin!

Millatning ulkan boyligi va bebaho mulki bo‘lgan milliy tilda xalqning ma’naviy-madaniy hayoti, ajdodlarning dunyoqarash va tafakkuri, boy ilmiy va ijodiy merosi mujassam bo‘ladi. Tilni asrash, sof o‘zbek tilining barcha jabhalarda birdek qo‘llanishini ta’minlash barchamiz uchun birdek muhim. Dunyoda 7 mingga yaqin til bo‘lsa, biz uchun eng ardoqlisi, milliy tilimiz — o‘zbek tilidir.


Bugungi kunga kelib, xorijiy davlatlarda ham o‘zbek tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish ortib bormoqda. Xususan, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni keng yo‘lga qo‘yib, o‘zbek tilini chet mamlakatlarda targ‘ib qilishda munosib hissa qo‘shyapti. Shuningdek, xorijlik talabalar hamda mutaxassislar bizning universitetimizda o‘zbek tilida ravon so‘zlashishni o‘rganmoqda. Bundan har qancha faxrlansak arziydi.

O‘zbek tili bayrami yana bir bor muborak bo‘lsin!

Hurmat bilan O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#uchrashuv

📸 19-oktabr kuni O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ingliz filologiyasi fakultetida bo'lib o'tgan "Ota-onalar bilan uchrashuv"dan lavhalar.

Maxsus tayyorlangan videorolik orqali Ingliz filologiyasi fakultetining tarixi, ichki tuzilmasi va yaratilgan shart-sharoitlar haqidagi batafsil ma'lumotlar ota-onalarga taqdim etildi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦 👨‍💻👩‍💻🧠

OʻzDJTU vakillari "Qobiliyat eshigi" nomli seminar-treningda ishtirok etdi.


19-oktyabr kuni Marketing va talabalar amaliyoti bo'limi boshlig'i A.Abidjanov va bosh mutaxassis B.Utekov "Hayatt Regency" mehmonxonasida "Talent for BIZ" karyera ko'rgazmasi doirasida tashkil etilgan seminar treningda qatnashdi.


Oliy ta'lim fan va innovatsiyalar vaziri K.Sharipov tadbirni ochib berdi. Shuningdek, tadbirda Turkiyaning Tashqi ishlar vaziri va turk delegatlari ham ishtirok etdi.

Seminar-trening ko'tarinki ruhda oʻtdi. Har bir ishtirokchi, jumladan, OʻzDJTU vakillari ham mazkur dastur orqali yangi bilimlarga ega boʻlishdi va kerakli tajribalar orttirishdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣

18-19 oktyabr kunlari Ingliz, Sharq, Roman-german filologiyasi fakultetlarida "SARMOYABOOKS" MCHJ nashriyoti bilan hamkorlikda "Kitob savdosi" yarmarkasi o'tkazildi.


Yoshlar ma'naviyatini yuksaltirish, ular o'rtasida kitobxonlikni keng targ'ib qilish maqsadida tashkil etilgan mazkur yarmarkada kitobxonlarga o'zbek, rus, ingliz tilidagi darsliklar va badiiy adabiyotlar taqdim etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#stipendiya #sovrindorlar

🎗️2024-2025-oʻquv yili uchun Aleksandr Faynberg nomidagi maxsus stipendiyasi sovrindorlari

☑️ Ushbu sovrindorlar Oʻzbekiston davlat jahon tillari universitetining 6-iyundagi 10-sonli kengash qaroriga asosan tasdiqlangan

Ingliz tili 1-fakulteti 3-kurs talabasi

Xojimatova Madinabonu Ermatjon qizi

Ingliz tili 2-fakulteti 3-kurs talabasi

Safarova Zarnigor Zoxid qizi

Ingliz tili 3-fakulteti 2-kurs talabasi

Raxmonqulova Feruza Akmal qizi

Ingliz filologiyasi fakulteti 2-kurs talabasi

Ibrohimova Nozima Yunusjon qizi

Sharq filologiyasi fakulteti 2-kurs talabasi

Rashidova Amina O‘ktam qizi

Roman-german filologiyasi fakulteti 3-kurs talabasi

Najmiddinova Shahinabonu Nutfullo qizi

Tarjimonlik fakulteti 3-kurs talabasi

Shukurova Visola Xakim qizi

Rus filologiyasi fakulteti 2-kurs talabasi

Azizova Dilfuza Oltiboy qizi

Xalqaro jurnalistika fakulteti 2-kurs talabasi

Abdusalomova Zanjiloy Farxod qizi

Magistratura bo‘limi 1-kurs talabasi

Muxtorova Hafiza Ixtiyor qizi

🇺🇿
🇺🇿
OʻzDJTU Yoshlari

@yoshlarittifoqi_uzdjtu

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#saylov_2024 #targ‘ibot #chorlov

✔️ Biz oʻz kelajagimizga befarq emasmiz!

🇬🇧 Ingliz filologiyasi talaba-yoshlari saylovga sizlarni faollikka chorlab qoladi!

Bizni kuzatib boring:
📱Telegram | 📱Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦

18-oktabr kuni Axborot-resurs markazi direktor o‘rinbosari M. Muxamedjonova Roman-german filologiyasi fakulteti 1-bosqich talabalari bilan birgalikda "Kitobxonlik targ‘iboti" haftaligida Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasiga tashrif buyurishdi.

Talabalar kutubxonaning barcha bo‘limlarida, "Istiqlol", "Adolat", "Tafakkur", "Jahon" o‘quv zallarida, elektron xonalarida bo‘lib, u yerdagi mavjud adabiyotlar va barcha shart-sharoitlar bilan tanishishdi.

Tashrifdan maqsad yoshlar o‘rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish bo‘ldi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🙋‍♂️🙋‍♀️👩‍🏫💬

21-oktabr kuni “El-yurt umidi” jamgʻarmasi tomonidan eʼlon qilingan 2024-yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovida g’olib bo’lgan bakalavr, magistr talabalari hamda doktorantlar bilan suhbat o’tkazildi.


Uchrashuvda OʻzDJTU rektori I.Tuxtasinov, Xalqaro hamkorlik masalalari bo’yicha prorektor A.Nasirov, oliygoh mas’ullari hamda sovrindor talabalar ishtirok etdi.


Dastur avvalida rektor Ilxomjon Madaminovich so’zga chiqib, g‘olib deb e’tirof etilgan talabalarni chin yurakdan tabrikladi, ular bilan kelajakda kerak bo’ladigan nazariy bilimlar, amaliy maslahatlar va ilmiy yo’nalishdagi tajribalarini bo’lishdi.

Tadbir davomida g’olib talabalardan Xasanov Jahongir, Ikromjonova Nazokatxon va Rustamova Yulduz kelajakda amalga oshirmoqchi bo‘lgan ilmiy ish rejalari bilan qatnashuvchilarni tanishtirib, universitet rahbariyatiga yaratilgan sharoit va imkoniyatlar uchun samimiy minnatdorchiliklarini bildirishdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

23.00.04 - Xalqaro munosabatlar, jahon va mintaqa taraqqiyotining siyosiy muammolari ixtisosligidan dastur

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

13.00.02 - Ta’lim va tarbiya nazariysi va metodikasi (chet tillari) ixtisosligidan dastur

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

10.00.11 - Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi ixtisosligidan dastur

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

10.00.06 - Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligidan dastur

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutiga kiruvchilar uchun:
07.00.01 - Oʻzbekiston tarixi ixtisosligidan dastur

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

2️⃣2️⃣2️⃣

O‘zDJTU tomonidan 21-oktabr kuni “O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi hamda 21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan Adiblar xiyobonida badiiy kecha tashkil etildi.


Ma’naviy-ma’rifiy tadbirda “qalbi o‘zbek” rus shoiri A.Faynbergning ijodidan   betakror she’rlari   talabalar  tomonidan  ijro etildi.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar shoirning hayoti va ijodi, adabiyotga qo‘shgan hissasi haqida so‘zlab berishdi Shuningdek, talaba-yoshlar ishtirokida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, mushoira, munozara, musiqiy chiqishlar, she’rxonlik, “Bahr-u bayt” va sahna ko‘rinishlar namoyish etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

💻📺📺

O‘zDJTUda 21-oktabr “O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan” kuniga bag‘ishlab tashkil etilgan “Qonunda qo‘riqlangan qo‘rg‘onim ona tilim” deb nomlangan bayram tadbiri O‘zbekiston telekanalining “Assalom, O‘zbekiston” ko‘rsatuvida yoritildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

Karlar hamjamiyatlari, hukumatlar va fuqarolik jamiyati tashkilotlari milliy imo-ishora tillarini o'z mamlakatlarining jonli va xilma-xil til landshaftlarining bir qismi sifatida rivojlantirish, targ'ib qilish va tan olish uchun birgalikdagi sa'y-harakatlarni davom ettirmoqdalar. Butunjahon karlar federatsiyasi ma'lumotlariga ko'ra, dunyoda 70 milliondan ortiq karlar bor. Ularning 80% dan ortig'i rivojlanayotgan mamlakatlarda yashaydi. Birgalikda ular 300 dan ortiq turli imo-ishora tillaridan foydalanadilar. Imo-ishora tillarining ahamiyati haqida xabardorlikni oshirish maqsadida 23-sentyabr Xalqaro imo-ishora tillari kuni deb e'lon qilingan.


Shu munosabat bilan 17-oktyabr kuni O'zDJTU Ingliz tili ikkinchi fakultetida Xalqaro imo-ishora tillari kuniga bag'ishlangan tadbir tashkil etildi.

Ingliz tili amaliy fanlar 2-kafedrasi o'qituvchilari Jumanova Sabrina va Normatova Yulduz hamkorligida oʻtkazilgan tadbirni Amaliy fanlar 2-kaferdasi mudiri Mamatkulov Nilufar va kafedra o'qituvchisi Ahadova Hulkaroy ochib berdi.

Tadbirda 2421 va 2404-guruh talabalari o'z tashkilotchilik mahoratlarini namoyish etishdi.

Dastur davomida imo-ishora tillarini kelib chiqish tarixi so'zlanib, bu haqida videorolik qoʻyib berildi. So'ngra imo-ishora tilida bir qancha so'zlar tarjimasi bilan ko'rsatilib auditoriyaga taqdim etildi.

Tadbir soʻnggida talabalar tomonidan mavzuga doir sahna ko'rinishlari va o'z ijodkorliklarini ishga solgan holda plakat rasmlar namoyishi ham tashkillashtirildi.

📍 Ingliz tili ikkinchi fakulteti

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

💚 O'zbekiston davlat jahon tillari universitetida tahsil oluvchi iqtidorli talaba va magistrlar bormisiz?!

Barchangizni universitet Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatlarini tashkil etish bo'limining rasmiy telegram sahifasiga taklif etamiz!

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatlarini tashkil etish bo'limi.

Ushbu kanalda siz:
➡️ Universitet hayotidagi ilmiy yangiliklar;
➡️ Prezident granti, Prezident stipendiyasi va nomli ravlat stipendiyalari;
➡️ Rektor stipendiyasi;
➡️ Fan olimpiadalari;
➡️ Ilmiy konferensiya va anjumanlar;
➡️ va turli xildagi ilmiy tanlov va tadbirlar haqida ma'lumotlarga ega bo'lasiz.

Keling, bizning safimizga qo'shiling va ilm bilan yuksaling!

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦

OʻzDJTU Axborot-resurs markazida "Kitobxonlik targ'iboti" haftaligida doirasida tadbir tashkil etildi.


16-oktyabr kuni ARM direktor o'rinbosari M.Muxamedjonova, Roman-german filologiyasi fakulteti tyutorlari va 1-bosqich talabalari ishtirokida Nemis tili nazariy fanlar kafedrasi professori, O'zbekiston nemis tili o'qituvchilari assotsiatsiyasi raisi, Germaniya-O'zbekiston Ilmiy Jamiyati raisi, O'zbekiston yozuvchilar uyushmasi a'zosi, 300 dan ortiq tarjimalar muallifi Xurram Rahimovich Rahimov bilan davra suhbati o'tkazildi.


Suhbatda X.Rahimov bir asarni tarjima qilish uchun ikkala tilning qonuniyatlarini bilish va nimalarga e'tibor berish kerakligi haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, ijodkor oʻzi tarjima qilgan Alisher Navoiyning "Munojat" asari to'g'risida ham gapirib oʻtdi.

Mehmon, xususan, komil inson bo'lish uchun ko'proq o'qish, izlanish, vaqtdan unumli foydalanish va yana boshqa nimalarga e'tibor berish kerakligi to'g'risida talabalarga koʻplab tavsiyalar berdi.

Dastur so'ngida esa talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga ijodkordan manfaatli javoblar olishdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣

"Kitobxonlik targ'iboti" haftaligi doirasidagi tadbirlar davom etmoqda.


18-oktyabr kuni OʻzDJTU Axborot-resurs markazi direktor o'rinbosari M.Muxamedjonova Roman-german filologiyasi fakulteti 1-bosqich talabalari bilan birgalikda Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston milliy kutubxonasiga tashrif buyurishdi.

Talabalar kutubxonaning barcha bo'limlarida, "Istiqlol", "Adolat", "Tafakkur", "Jahon" o'quv zallarida, elektron xonalarida bo'lib, u yerdagi mavjud adabiyotlar va barcha shart-sharoitlar bilan tanishishdi.


Tashrifdan koʻzlangan maqsad yoshlar o'rtasida kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirishdan iborat.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#uchrashuv

Bugun 19-oktabr kuni O'zDJTU Ingliz filologiyasi fakultetida "Ota-onalar bilan uchrashuv" bo'lib o'tdi.

Yig'ilishda Ingliz filologiyasi fakulteti dekani G.Ergasheva, dekan muovinlari B.Razzoqov, Sh.Eshto'xtarov, universitet ota-onalar qo'mitasi raisi Z.Ibragimovalar so'zga chiqib, fakultetda talaba-yoshlar uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar hamda o'quv jarayonlari haqida ma'lumotlar berishdi.

Shuningdek, talabalarning darslarga qatnashishi, ular bilan olib borilayotgan ilmiy-tadqiqotlar, ma'naviy-ma'rifiy va tarbiyaviy ishlar hamda fakultet talaba-yoshlari tomonidan erishilgan yutuqlar to'g'risida fikr-mulohazalar yuritildi.

Dastur davomida iqtidorli talabalarning ota-onalari fakultet rahbariyati tomonidan maxsus tashakkurnoma bilan taqdirlandi.

Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

15-oktabr kuni Axborot-resurs markazida "Kitob targ'iboti" haftaligida Roman-german filologiyasi fakulteti tyutori K. Mamadaliyeva va 1-bosqich talabalari ishtirokida "Ochiq muloqot" bo'lib o'tdi.

Ochiq muloqot ishtirokchilariga Axborot-resurs markazi direktor o'rinbosari M. Muxamedjonova kutubxonaning barcha bo'limlari, Scopus ilmiy maqolalar bazasi, IRBIS-64, ARM vebsayti, ARM telegram kanali hamda Axborot-resurs markazida kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida ma'lumot berdi.

Ochiq muloqot so'ngida talabalar kutubxona haqida o'z fikr va mulohazalarini bildirishdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣ 4️⃣4️⃣4️⃣

📣 "Kulolman" kulolchilik ustaxonamizga iste'dodli va ijodkor shogirdlar qabul qilamiz!

Agar kulolchilik san'ati sizni qiziqtirsa, loy bilan ishlashning nozik sir-asrorlarini o‘rganishni istasangiz, bizning jamoamizga qo‘shiling!

✍️ Biz sizga:
- ustozlar bilan amaliy mashg'ulotlar;
- yangi texnikalarni o'rganish imkoniyati;
- shaxsiy ijodingizni rivojlantirish va ko'rgazmalarda qatnashish imkoniyatini taklif etamiz.


Yosh va tajribadan qat'i nazar, barcha qiziqqanlarni kutib qolamiz!

✈️ Batafsil ma'lumot uchun biz bilan bog'laning:@Saidbek_Ismoilov

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…
Subscribe to a channel