👨🏫👩🏫
25-oktabr kuni OʻzDJTUda Yetakchi tashkilot dissertatsiya ishi muhokamasi bo’lib o’tdi.
Kengaytirilgan kafedra ilmiy seminari yig’ilishida tadqiqotchi Xudoyberdiyeva Nigora Sherali qizining 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo’yicha tayorlangan «Alisher Navoiy gʻazallarining fransuzcha tarjimasida koloronimlarning stilistik konvergensiyasi” mavzusidagi filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi muhokama etildi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tomonidan milliy libosimizda xalqimizning ming asrlik o‘tmishi, urf-odat va an’analari, didi, estetik qarashlari, shuningdek, o‘ziga xos xususiyatlar mujassamligini namoyon etish, milliy qadriyatlarimizni mazmunan boyitish maqsadida “Milliy liboslar kuni” aksiyasi doirasida tadbirlar o‘tkazish an’anaga aylandi.
Ushbu an’anani davom ettirish maqsadida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda universitet Xotin-qizlar kengashi tashabbusi bilan 25-oktyabr kuni universitetimizning barcha fakultetlarida “Milliy liboslar kuni" aksiyasi doirasida tadbir oʻtkazilmoqda.
Shu munosabati bilan, O‘zDJTU Tarjimonlik fakulteti Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha dekan maslahatchisi F.Xabiyeva hamda fakultet tyutorlari E.Vohidova,Sh.Tursunova boshchiligida oliygohimiz talabalari haftalikda faol ishtirok etmoqda.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
Ingliz tili 1 fakulteti dekani A.G.Yuldashev Hindistonning xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha tayanch OTM "The English and Foreign Languages University" da “PROFICIENCY CUM PROFESSIONAL DEVELOPMENT COURSE FOR TEACHERS OF ENGLISH” malaka oshirish kursi davomida universitet Vice Chancellor (rektor) Prof. Haribandi Lakshmi hamda xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Prof. Ajit Kumar bilan uchrashuv o‘tkazdi hamda imzolanishi kutilayotgan hamkorlik memorandumida asosiy e’tibor ikki tayanch OTM olimlari tomonidan hammualliflikda maqola chop etish, o‘quv adabiyotlarini yaratish, xalqaro anjumanlar tashkil etish, professor-o‘qituvchi va talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yishga qaratildi va kelishib olindi.
🟦🟦
24- oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha Yetakchi tashkilot dissertatsiya ishi muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
Kengaytirilgan kafedra ilmiy seminari yig‘ilishida tadqiqotchi Xudjayeva Rano Mutalibjanovnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “O‘zbek va ingliz tillarida ominimlarning qo‘llanishi hamda tarjimasi tahlili" mavzusidagi filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi muhokama etildi.
Ilmiy seminar muhokamasi jarayonida tadqiqotchi o‘z mavzu doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida so‘z yuritib, ilmiy seminar a’zolarini qiziqtirgan savollariga asosli javob berdi va muhokama muvaffaqiyatli natija bilan yakunlandi hamda keyingi bosqichga tavsiya etildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
4️⃣4️⃣4️⃣
📱“Huquq maktabi” mobil ilovasi yaratildi
⚡️Adliya vazirligi tomonidan tomonidan yaratilgan ushbu mobil ilova orqali yuqori malakali ustoz va ekspertlar tomonidan tayyorlangan o‘quv materiallaridan foydalanish mumkin.
❓ Nega aynan Huquq maktabini tanlashingiz kerak?
✅ Murakkab huquqiy masalalar sodda tilda tushuntirilgan;
✅ Mobil ilovadan istalgan vaqtda va joyda foydalanish imkoniyati mavjud;
✅ Muvaffaqiyatli foydalanuvchilar Adliya vazirligi va TDYUU tomonidan maxsus sertifikat bilan taqdirlanadi.
🔠 Huquqiy savodxonligini oshirmoqchi bo‘lgan barcha o‘quvchi va talabalarga tavsiya etiladi.
Yuklab olish:
App Store | Play Market
Bizni kuzating
⚖️👨💻👩💻💬 🤝🌏👨🏫👩🏫
O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining hamkori Jazoir-2 universiteti rektori Said Raxmani hamda Korkit ota nomidagi Qizilo‘rda universiteti prorektori Buribayeva Maynura Abiltayevnalar bilan O‘zDJTUda tashkil etilgan uchrashuvidan videolavha.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
📣📣📣📣📣
Yoshlarning maqsadli faoliyatini tizimli tashkil etish hamda ularni yangi marralar sari yo‘naltirish maqsadida tashkil etilgan “Yilning eng faol talabasi” respublika tanloviga arizalar qabul qilish jarayoni uzaytirilganini ma'lum qilamiz!
🔜 Tanlovning universitet bosqichi uchun arizalar topshirish jarayoni 2024-yilning 1-noyabriga qadar davom etadi.
Eslatib oʻtamiz, tanlov quyidagi nominatsiyalar boʻyicha boʻlib oʻtadi:
✅Yilning o'z mutaxassisligi bo'yicha eng bilimdon talabasi;
✅Yilning end faol targ’ibotchi talabasi;
✅Yilning eng faol ixtirochi-innovator talabasi;
✅Yilning eng faol sportchi talabasi;
✅Yilning eng faol iqtidorli talabasi;
✅Yilning eng faol ijodkor talabasi;
✅Yilning eng faol tadbirkor talabasi.
ℹ️ Ma’lumot uchun: Nominatsiyalar boʻyicha 1-2-3 oʻrinni egallagan gʻolib va sovrindorlar OʻzDJTU faxriy yorligʻi bilan mukofotlanadi hamda tegishli ravishda 1-oʻrin sohibi bazaviy hisoblash miqdori (BHM)ning 8 barobari miqdorida, 2-oʻrin sohibi BHMning 6 barobari miqdorida hamda 3-oʻrin sohibi BHMning 4 barobari miqdorida moddiy ragʻbatlantiriladi.
23-oktabr kuni O'zDJTU Ingliz tili 1-fakulteti Ingliz tilini o'qitish metodikasi 1-kafedrasi o'qituvchisi Mardonova Mohinbonu tomonidan 1-Talabalar turar joyida "Diskriminatsiyaga qarshi kurash kuni" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Suhbat davomida talabalar diskriminatsiyaga qarshi kurashish, tenglik va adolatni ta'minlash borasida muhim fikrlar bildirishdi. Shuningdek, diskriminatsiyaning turlari, sabab, oqibatlari hamda yechimlari borasida keng fikr almashishdi.
Tadbir ishtirokchilar uchun yangi g‘oyalarni kashf etishga, bir-birlarini yaxshiroq tushunishga yordam berdi. Kelgusida bunday tadbirlarni yanada ko‘proq o‘tkazish zarurligi ta'kidlandi.
#fakultet_yangiliklari
@first_faculty_official
#tadbir
Ingliz filologiyasi fakultetida "Effective vocabulary teaching" mavzusiga oid ochiq muloqot (offline workshop) o'tkazildi.
Tadbir Xalqaro (IELTS) va milliy (CEFR)til sertifikatlarini qo'lga kiritishda eshitish, o'qish, yozish va gapirish til ko'nikmalarida lug'at boyligining o'rni va ahamiyati mavzusida olib borilib, chet ellik mutaxassislar va talabalar ishtirok etishdi.
Mazkur tadbir O'zDJTU miqyosida KECHKI TA'LIM talabalari uchun ilk bora o'tkazilayotgan bo'lib, talabalarni ilmga va tilga bo'lgan qiziqishini oshirish maqsadida tashkil etilgan. Talabalarda katta qiziqish bildirilganligi sababli, fakultet rahbariyati tomonidan bunday tadbirlarni kelgusida ham o'tkazish rejaga kiritildi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦 🟦🟦🟦
Til – davlat timsoli, mulki, ruhi, millatning madaniy va ma’naviy boyligi, xalqning madaniyati, urf-odati, uning turmush tarzi, tarixidir.
1️⃣1️⃣1️⃣
🇺🇿 Bugun 22-oktyabr Ingliz tili birinchi fakultetida yigitlar oʻrtasida futbol hamda talaba-qizlar oʻrtasida voleybol sport turi boʻyicha “Dekan kubogi” boʻlib oʻtdi.
Musobaqada fakultetdagi ushbu sport turiga qiziquvchi yoshlardan tashkil topgan 6 ta jamoa voleybol boʻyicha, 8 ta jamoalar esa futbol boʻyicha bir-birlari bilan gʻoliblik uchun kurashishdi.
Oʻyin juda shiddatli hamda bahslarga boy boʻldi.
Futbol boʻyicha gʻoliblar:
🥇-o’rin “Fighters”
🥈-o’rin “united youth”
🥉-o’rin “Qalqon”
Voleybol boʻyicha gʻoliblar:
🥇-o’rin — “Lochinlar”
🥈-o’rin — “Chaqqonlar”
🥉-o’rin — “Liderlar”
📌 1-oʻrinni olgan jamoalar universitet bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi.
🤝 Gʻolib jamoalarni tabriklaymiz!
Hamda yaqindan yordam bergani uchun Jismoniy tarbiya kafedrasiga oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz.
🔥 Ishtirok etgan barcha talaba-yoshlarga oʻz minnatdorchiligimizni bildiramiz va keyingi musobaqalarimizda ham faol ishtirok etishga chorlab qolamiz.
#fakultet #sport #yoshlarittifoqi
Bizni kuzating
Telegram | Instagram
#tadbir
Til – millatning boyligi va bebaho mulki!
Har yili 21-oktabr yurtimizda o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun sifatida keng nishonlanadi.
Shu munosabat bilan Ingliz filologiyasi fakultetida "Til – millatning boyligi va bebaho mulki" mavzusida tadbir o‘tkazildi.
Tadbirni fakultet dekani Guli Ergasheva kirish so‘zi bilan ochdi va til hamda nutq masalasi qadimdan millat ma’naviyati va madaniyati takomilining bosh omillaridan biri bo‘lib kelganligini e’tirof etdi.
Bayram tadbirida iqtidorli talabalar tomonidan ijro etilgan o‘zbek tilini madh etuvchi she’r va g‘azallar, sahna ko‘rinishlari, raqslar iliq taassurot qoldirdi.
Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram
👨⚖️👩⚖️
22-oktabr kuni OʻzDJTU huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019. Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengash 26-son majlisi boʻlib oʻtdi.
Dastur davomida Muxammedova Xulkar Eliboyevnaning 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi boʻyicha tayyorlangan “Viktorian ingliz adabiyotida adibalar nasri tipologiyasi” mavzusidagi filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi himoyasi oʻtkazildi.
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
21-oktabr kuni O‘ZDJTU Ingliz tili birinchi fakulteti Ingliz tili nazariy aspektlari 1-kafedrasida navbatdagi ilmiy seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda Anliyaning Portsmus universitetida malakalarini oshirib qaytgan katta o‘qituvchilar F.Adilova, H.O‘rinboyeva, N.Alimxanova, D.Boltayevalar fakultet o‘qituvchilariga tajribalarini bo‘lishishdi.
Ilmiy seminar yakunida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan mavzulari bo‘yicha barcha savollarga javob olishdi.
@first_faculty_official
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
#tilbayrami
🌐 Bizni kuzating
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣
24-oktabr kuni O‘zDJTU rektori I. Tuxtasinov Toshkentdagi Koreya Ta’lim markazi direktori Li Young Ung, Maktablar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘I Kim Uk Dong va Ta’lim bo‘yicha almashinuv bo‘limi boshlig‘i Dinora Madaminovani qabul qildi.
Rektor I. Tuxtasinov universitet faoliyati, koreys tili o‘qitilishi hamda Koreyaning KOICA tashkiloti va OTMlari bilan hamkorlik haqida batafsil ma’lumot berdi. Shuningdek, ta’lim sohasidagi loyihalarni moliyalashtirish, mahalliy o‘qituvchilar malakasini oshirish, qo‘shma ta’lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, koreys tilini bilish darajasi bo‘yicha TOPIC testlarini tashkil qilish kabi sohalarda hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha takliflarni koreys tomoniga yetkazdi.
Li Young Ung Koreya ta’lim markazi har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini ta’kidlab, O‘zbekistondagi umumta’lim maktablarida koreys tili o‘qituvchilariga ehtiyoj kattaligini aytib, ushbu masalada yordam berishni so‘radi.
Tomonlar o‘zaro kelishgan holda ushbu tashabbuslarni amalga oshirish masalasida kelishib oldilar.
Ma’lumot uchun: Koreya ta’lim markazi universitetga koreys tili bo‘yicha darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar bilan ta’minlash hamda koreys tili o‘qituvchilarining malaka oshirish kurslarini tashkil qilish bo‘yicha 3 ta loyihani moliyalashtirgan.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦
25-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida Ichki ishlar vazirligi akademiyasi magistratura tinglovchisi Azizov Davron Abduganiyevich hamda fakultet dekanlari, dekan muovinlari, tyutorlar va universitet talabalari bilan “Ogohlik va hushyorlik - davr talabi!” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Oliy ta’lim muassasalarida talabalar o‘rtasida huquqbuzarliklarni oldini olish va uning barvaqt profilaktikasiga ko‘maklashish maqsadida tashkil etilgan mazkur uchrashuv Ichki ishlar vazirligi akademiyasi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda ishlab chiqilib, tasdiqlangan jadval asosida bo‘lib o‘tdi.
Talabalar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollar berdi hamda vaziyatga munosabatlarini bildirdi. Uchrashuvda universitetning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Valijon Sa’diyev, universitet rahbariyati vakillari va universitet profilaktika inspektori ham ishtirok etdi. Ishtirokchilar ham mavzu yuzasidan o‘z fikrlarini bildirishdi.
0️⃣0️⃣0️⃣
Marketing va talabalar amaliyoti bo'limi universitet brendini namoyon etishda davom etmoqda
“Al-aziz” o'quv markazi tashabbusi bilan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga Toshkent viloyati Yangiyo‘l tumani o'quvchilari maktab pedagoglar hamrohligida tashrif buyurishdi.
🟦🟦🟦 👨🏫👩🏫
24- oktabr kuni Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo’yicha Yetakchi tashkilot dissertatsiya ishi muhokamasi bo’lib o’tdi.
Kengaytirilgan kafedra ilmiy seminari yig’ilishida tadqiqotchi Yodgorov Shamsiddin Abduraimovichning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chog‘ishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi bo’yicha tayyorlangan “Qur’oni karimning inglizcha tarjimalarida adekvatlik muammosining lingvokognitiv tadqiqi" mavzusidagi filologiya fanlari bo`yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiya ishi muhokama etildi.
Ilmiy seminar muhokamasi jarayonida tadqiqotchi oʻz mavzu doirasida bajarilgan tadqiqotlar natijasi, uning yangiligi borasida soʻz yuritib, ilmiy seminar aʼzolarini qiziqtirgan savollariga asosli javob berdi va muhokama muvaffaqiyatli natija bilan yakunlandi hamda keyingi bosqichga tavsiya etildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
Ўзбекистон Миллий ахборот агентлиги - расмий хабарлар, тезкор янгиликлар, таҳлилий-танқидий материаллар, қонун ҳужжатлари, фото ва видеорепортажлар
https://uza.uz/uz/posts/oliy-talim-sohasidagi-xalqaro-hamkorlik-rivozhlanmoqda_649364
⚖️👨💻👩💻💬 🤝🌏👨🏫👩🏫
Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2024-yiI 20 sentyabrdagi 03-RA 211-2654/37-son topshirig‘iga hamda Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 10-oktabrdagi 685-F-son Farmoyishiga muvofiq, O‘zbekistonda Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi doirasida joriy yil 21-26-oktabr kunlari "Yangi O‘zbekistonda ta’lim tizimini transformatsiya qilish, ta’lim sifatini oshirish pirovard maqsad sifatida" mavzusida xalqaro konferensiya o‘tkazilmoqda.
🤝🌏👨🏫👩🏫
22-oktabr kuni Umumiy tilshunoslik kafedrasi mudiri R.U. Madjidova va kafedra professor-o‘qituvchilari Rossiyaning Ural davlat pedagogika universiteti mutaxassisi p.f.n., dotsent, Ingliz filologiyasi va ingliz tilini o‘qitish metodikasi kafedrasi mudiri Olga Pavlovna Kazakova bilan uchrashuv tashkil etishdi.
Davra suhbatida ikki oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari va istiqbollari ko‘rib chiqildi. “Xorijiy tillarda so‘zlashuvchilar uchun o‘zbek tilini intensiv o‘rgatuvchi multimedia mahsulotlarini yaratish” loyihasi doirasida olingan “Xorijiy tilda so‘zlashuvchilar uchun o‘zbek tilidan multimedia mahsulotlari majmuasi” (o‘zbek-rus) guvohnomasini aprobatsiya qilish va tijoratlashtirish maqsadidagi tashrifi masalasi muhokama qilindi.
Uchrashuvning ikkinchi qismida Kazakova O.P. Ingliz tili 1-fakulteti talabalari bilan “Bo‘lajak chet tili o‘qituvchilarini tayyorlash tizimi: an’analar va innovatsiyalar” («Система подготовки будущих учителей иностранных языков: традиции и инновации») mavzusida ochiq ma’ruza qildi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
⚖️👨💻👩💻💬 🤝🌏👨🏫👩🏫
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasining 2024-yiI 20-sentyabrdagi 03-РА 211-2654/37-son topshirig'iga hamda Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 10-oktabrdagi 685-F-son Farmoyishiga muvofiq, O'zbekistonda Xalqaro hamkorlik tashabbuslari haftaligi doirasida joriy yil 21-26 oktabr kunlari "Yangi O'zbekistonda ta'lim tizimini transformatsiya qilish, ta'lim sifatini oshirish pirovard maqsad sifatida" mavzusida xalqaro konferensiya o'tkazilishi rejalashtirilgan.
👨🏫👩🏫
23-oktabr kuni OʻzDJTU Ilmiy kengashining 28-son majlisi oʻtkazildi.
Unda Shakurbanova Nadejda Emirovnaning 10.00.04 – Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti ixtisosligi boʻyicha tayyorlangan “Polipredikativ tuzilmalarning sotsiolingvistik informativligi (badiiy matndagi ayollar rollari materialida)” mavzusidagi filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi himoyasi boʻlib oʻtdi.
#tanlov
4-Talabalar turar joyida "Ona sogʻinchi" nomli maktublar musobaqasi boʻlib oʻtdi.
Tanlov Ingliz tili nazariy fanlar kafedrasi professor-o'qituvchilari I.Xaydarov, B.Ashurov, A.Murtazayeva, U.Elova va N.Salimova tashabbusi bilan tashkil etildi.
Unda Sharq filologiyasi fakulteti talabalari Muxtorjonova Durdona, Vapoyeva Fotima, Narzullayeva Sevinch,
Ingliz filologiyasi fakulteti talabasi Norqulova Mohinur,
Ingliz tili 3-fakulteti talabalari Inamjonova Mubina, Saparbayeva Sevara oʻzlarining chiroyli yozilgan monolog hamda maktublari bilan ishtirok etishdi.
2️⃣2️⃣2️⃣
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari rektorlari (ro‘yxat bo‘yicha) Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2024-yil 30-sentyabrdagi Pedagogik mahorat milliy institutida o‘qituvchi va murabbiylar bilan muloqotida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, jumladan, talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida san’at va madaniyat sohasidagi oliy ta’lim muassasalarining oliygohlar bilan hamkorlikda konsert dasturlarini tashkil etish maqsadida ishlab chiqilgan reja-jadval ijrosi yuzasidan O‘zDJTU da ma’daniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
👨🏫👩🏫
22-oktabr kuni OʻzDJTU huzuridagi ilmiy darajalar beruvchi DSc.03/30.12.2019. Fil.27.01 raqamli Ilmiy kengashning 27-son majlisi boʻlib oʻtdi.
Unda Mannonova Saodat Artikovnaning 10.00.06 – Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik ixtisosligi boʻyicha tayyorlangan “Rasmiy muloqotning kommunikativ-pragmatik aspekti (ingliz va oʻzbek tillaridagi tijoriy yozishmalar misolida)” mavzusidagi filologiya fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi himoyasi oʻtkazildi.
🟦🟦🟦
O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektorining 2024-yil 10-avgustdagi 166/xb buyrug’iga asosan oliygohning 11 nafar professor-o‘qituvchilari 2024-yil 30-sentabrdan 12-oktabrga qadar dunyo reytinglarida yuqori o‘rinlarda bo‘lgan Finlandiya va Shvetsiya ta’lim muassasalarida malaka oshirib qaytgani haqida xabar bergan edik.
🟦🟦🟦🟦🟦
21-oktabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Zakovat ko‘chasi 4-uy manzilida joylashgan Ma’naviyat va ma’rifat markazi binosida 6-sonli talabalar turar joyida yashovchi talabalar bilan "Rektor va yoshlar uchrashuvi" bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda universitet rektori, universitet rahbariyati vakillari, yotoqxona xodimlari, talabalar ishtirok etdi.
Tadbirni universitet rektori I.Tuxtasinov ochib berdi va talabalarga universitet faoliyati, o‘quv dasturlari, yaratilgan qulayliklar, imkoniyatlar to‘g‘risida ma’lumotlar berdi. Talabalarni hozirgi kunda dolzarb bo‘layotgan kiber jinoyatlar, giyohvand moddalar,diniy ekstremizm va turli xil oqimlarga aralashib qolmaslik uchun ogohlikka chaqirdi.
Ochiq muloqot asosida tashkil etilgan uchrashuvda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarini, talab va takliflarini berib, munosib tarzda javob oldilar.
Talabalarning muammolari o‘rganilib, yechimi borasida mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Uchrashuv davomida iqtidorli talabalar tomonidan qo‘shiqlar ijro etildi. Talabalar turar joyida eng namunali talaba, toza va ozoda xona, nominatsiyasi bo‘yicha bir guruh talabalar taqdirlandi.
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt
🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦
21-oktabr kuni Tarjimonlik fakulteti tyutorlari tomonidan o‘zlariga biriktirilgan talabalar bilan 21- oktabr O‘zbek tiliga Davlat tili maqomi berilganligi kuni munosabati bilan "Til qalb - tarjimonidir" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida mavzuga oid mulohazalar, ma’lumotlar o‘rtaga tashlandi. Tadbir Adiblar xiyobonida davom etdi. U yerda talabalar Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yib, shoirning ijodidan parchalar o‘qishdi.
Ushbu tadbir davomida yoshlar o‘rtasida milliy tilimizni yo‘qotmaslik, uni asrash va sevish, o‘zbek tili bizning ma’naviy boyligimiz ekanligi haqida fikr yuritildi va talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.
📍Tarjimonlik fakulteti
🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt