uzswlu | Unsorted

Telegram-канал uzswlu - O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

14363

O'zbekiston davlat jahon tillari universiteti (rasmiy kanal) +(99895) 197 41 44 +(99895) 198 41 44 +(99895) 199 41 44 +(99895) 194 15 05 +(99871) 230 13 73 Обращение 👉🏻 @Uzswlu_help_bot Вопросы 👉 @otabek_ibragimov

Subscribe to a channel

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

Hurmatli tizim xodimlari, professor-o‘qituvchilar va talaba-o‘quvchilar!

2024-yil 15-noyabrdan 15-dekabrga qadar yurtimizda “Yong‘in xavfsizligi oyligi” o‘tkaziladi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi barchani ushbu muhim tadbirda faol ishtirok etishini so‘raydi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🔵 REKTOR VA YOSHLAR

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston - 2030» strategiyasini «Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida” 2024-yil 21-fevraldagi PF-37-son Farmonning 1-bandiga muvofiq O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rahbariga Toshkent shahar Uchtepa tumani Hamdo‘st va Katta Qa’ni mahallalaridan yoshlar biriktirilgan.

Universitet rektori Ilxomjon Tuxtasinov mazkur yoshlar holidan har oy xabar olib kelmoqda.

Bugun ham universitet rektori universitet rahbariyati vakillari bilan birgalikda mahallarga borib, yoshlar holidan xabar oldi hamda ularga zarur oziq-ovqat mahsulotlarini ulashdi. Mahallada yoshlarning ota-onalari bilan ham uchrashib, ular bilan suhbatlashdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟩🟩🟩🟩

Abdullayev Suyun Artikovich O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.
—————————
Batafsil...
—————————
Абдуллаев Суюн Артикович назначен на должность начальника Управления делами Узбекского государственного университета мировых языков.
—————————
Подробнее...
—————————
Abdullayev Suyun Artikovich was appointed to the position of head of the Department of Affairs of the Uzbekistan State World Languages University.
—————————
More...
—————————

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣📺📺

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilximjon Tuxtasinov bugun 12-fevral kuni “Kutilgan fursat” media loyihasi mehmoni bo‘ldi.


Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi tomonidan “O‘zbekiston -2030” strategiyasidan o‘rin olgan 100 ta maqsadga erishish g‘oyalari va ularning ijro mexanizmlari bo‘yicha loyihalarni jamlash hamda keng jamoatchilik e’tiboriga havola etishga qaratilgan “Kutilgan fursat”  media platformasi bu galgi sonida O’zDJTU rektori I.Tuxtasinov “O‘zbekiston-2030” strategiyasidan o‘rin olgan 7-maqsad “Oliy ta’lim bilan qamrovni kengaytirish, oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish” mavzusidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦

O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining
2024-2025 o‘quv yili uchun "REKTOR STIPENDIYASI!" tanlovi g‘oliblari aniqlandi.

2024-2025 o‘quv yili uchun "REKTOR STIPENDIYASI!" tanlovi g‘oliblari bilan tanishing!

🖥 BATAFSIL | ПОДРОБНЕЕ | MORE

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

11-noyabr kuni Tarjimonlik fakultetida mashhur Iroqlik rassom, shoir, xattot Yevropadagi migrant rassomlar tashkiloti a’zosi Shayx Yahyo tashrif buyurdi.


Tashrif doirasida Iroqlik mehmon bilan Tarjimonlik fakultetida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda fakultet dekani U.Yo‘ldoshev, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.

Uchrashuv avvalida ijodkor o‘zining yuksak ijod namunalari bilan fakultet talabalarini tanishtirdi. Suhbat jarayonida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. so‘ngida mehmonga esdalik sovg‘alar taqdim etildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

11-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-iyuldagi “Ma’muriy islohotlar doirasida oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining 9-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 18.01.2024-yildagi 16-son farmoyishiga asosan O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida “Rus tili: o‘rganish va o‘qitishda an’ana va innovatsiyalar” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘tkazildi.

Anjumanda O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov ishtirok etdi va tadbirni ochib berdi.

Rus tilini o‘rganish sohasidagi milliy va xalqaro tajribani to‘plash, tahlil qilish, umumlashtirish, rus tili va adabiyotini o‘qitish metodikasini rivojlantirishning dolzarb tendensiyalari va istiqbollarini muhokama qilish va tahlil qilish maqsadida tashkil etilgan Xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda yetakchi olimlar, oliy ta’lim muassasalari o‘qituvchilari, ilmiy va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari xodimlari, umumta’lim pedagoglari, kasb-hunar ta’limi pedagoglari, doktorantlar, magistrantlar, talabalar ishtirok etdi.

Anjumanning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat bo‘ldi:
1. Zamonaviy dunyoda rus tilining o‘rni.
2. Zamonaviy rus tili va adabiyotini o‘rganishning dolzarb muammolari.
3. Rus tili ilmiy va kasbiy muloqot tili sifatida.
4. Rus tili va adabiyotini o‘qitish metodikasidagi zamonaviy tendensiyalar.
5. Qiyosiy va chog‘ishtirma tilshunoslik muammolari.
6. Tarjima va tarjimashunoslik masalalari.
7. Rus tili va adabiyoti bo‘yicha yangi avlod darslik, o‘quv qo‘llanmalarini yaratish metodologiyasi: mazmuni, tuzilishi, texnologiyalari.


🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Roman-german filologiyasi fakulteti Fransuz tili nazariy fanlar va Fransuz tili amaliy fanlar kafedralari hamda “O‘zbekistonda xorijiy tillar” nomli ilmiy-metodik elektron jurnal – FLEDU.UZ hamkorligida ta’lim-tarbiya jarayonlarida xorijiy tillarni o‘qitishni yuqori saviyada tashkillashtirish, yanada takomillashtirish, chet tillarni o‘rganishning ahamiyati hamda bu boradagi dolzarb muammolar, ularning yechimiga oid masalalarni muhokama qilish, o‘zaro fikr almashishga yo‘naltirilgan tadbirlarni o‘tkazish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 18-yanvardagi 16-son buyrug‘i asosida 2024-yilning 11-noyabr kuni “ROMAN-GERMAN TILSHUNOSLIGINING DOLZARB MASALALARI” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi.

Konferensiyada xalqaro universitetlar va tashkilotlar, xususan, Fransiyaning Xalqaro Birdamlik va Ta’lim Assotsiatsiyasi (ASIE), O‘zbekistondagi Shveytsariya Elchixonasi, Ozarbayjon tillari Universiteti, M.V. Lomonosov nomidagi Moskva Davlat universitetining Boku filiali, Tunis Xalq Mehnat va Ijtimoiy tadqiqotlar Institutlaridan professor va olimlar o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdilar.

Ushbu anjuman chet tillarni o‘rgatishda innovatsion yondashuvlar; chet tilini o‘qitishda madaniyatlararo muloqot; tilshunoslik, xorijiy adabiyotshunoslik, lingvoma’daniyatshunoslik va tarjimashunoslikning dolzarb masalalari; zamonaviy til ta’limi sifatini ta’minlashning strategiya va usullari; tilshunoslikning zamonaviy yo‘nalishlarida, jumladan, kognitiv lingvistika, psixolingvistika, etnolingvistika, kompyuter lingvistikasi, raqamli turizm kabi yo‘nalishlarda tadqiqot olib borishning muammolarini o‘rganish va ularga turli yechimlar ishlab chiqishga bag‘ishlangan.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦

“Ekolog” jamoat birlashmasi “Yoshlar uchun iqlim ta’limi: Barqaqor kelajak sari qadamlar” loyihasida ishtirok etish uchun ko‘ngilli yoshlardan arizalar qabul qilish boshlanganini e’lon qiladi.

Loyihada ishtirok etish uchun ekojurnalistikaga qiziqadigan 1-bosqich talabalar qabul qilinadi. Saralab olingan ishtirokchilar O'zbekiston Davlat Jahon tillari universitetida o‘tkaziladigan ikki kunlik o’quv–seminarga taklif qilinadi.

Ariza topshirish uchun: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfEpFnY9qGVKVJH_G0HbqF0Seb7qCNwNV2A5dmxAHeEIDGnUg/viewform?usp=sf_linkoxirgi
———————————————
Общественное объединение “Эколог” объявляет о начале приема заявок от добровольцев для участия в проекте “Климатическое образование для молодежи: шаги к устойчивому будущему”.

Принимаются студенты 1-го курса, интересующиеся экожурналистикой. Отобранные участники будут приглашены на двухдневный учебный семинар, который пройдет в Университете Узбекском государственном университете мировых языков.

Чтобы подать заявку, перейдите по ссылке: https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSfEpFnY9qGVKVJH_G0HbqF0Seb7qCNwNV2A5dmxAHeEIDGnUg/viewform?usp=sf_linkoxirgi

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦

8-noyabr kuni OʻzDJTU ning barcha fakultetlarida “Siyosiy ma’rifat soat” o’tkazildi.


Mazkur tadbir dasturlari har bir fakultet professor-o’qituvchilari va tyutorlari ishtirokida tashkil etildi.

Davra suhbati koʻrinishida boʻlib oʻtgan “Siyosiy ma’rifat soati”davomida mamlakatimizdagi eng muhim ijtimoiy-siyosiy yangiliklar haqida ma’lumot berildi, ma’naviy-ma’rifiy ahamiyatga ega bo’lgan videoroliklar taqdim etildi.


Yakunda dastur ishtirokchilari tomonidan yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning ahamiyati muhokama qilindi.

📍 OʻzDJTU Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boʻlimi

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🌳 #yashil_makon #yashil_kelajak #marafon

9-noyabr kuni Nukus shahrida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida barcha oliy va kasbiy ta’lim muassasalari ishtirokidagi “Yashil kelajak” umumrespublika marafoni bo‘lib o‘tdi.


Marafon ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov boshchiligidagi vazirlik mutasaddilari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesining Raisi Amanbay Orinbayev, hududiy boshqarmalar rahbarlari, oliy ta’lim muassasalari rahbarlari qatorida O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov ham ishtirok etdi. Shuningdek, aksiyada 1500 nafarga yaqin ko‘ngilli talabalar qatnashib, o‘z hissasini qo‘shdi.

Marafon doirasida Nukus shahridagi 8 gektar yer maydoniga ega “Ziyolilar bog‘i”da 3000 tup, respublikaning 14 ta hududidagi barcha oliy va kasbiy ta’lim muassasalariga ajratilgan yer maydonida qariyb 100 ming tup daraxt ko‘chatlari ekildi.

Ma’lumot o‘rnida, mamlakatimizda har yili 200 million tup daraxt va buta ekib, yashillik miqyosini 2030-yilgacha 30 foizga yetkazish maqsadi belgilangan. So‘nggi yillarda bu ko‘rsatkich 12 foizni tashkil etmoqda.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🌳 #yashil_makon

Yoshlar yashil kelajak sari!

9-noyabr kuni “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida o‘tkazilayotgan “Yashil kelajak” umumrespublika marafonida O‘zDJTU jamoasi ham faol ishtirok etdi.

Loyiha doirasida universitetning Zakovat ko‘chasi 4-uy manzilidagi hududiga 120 tup manzarali va butasimon daraxtlar ekildi.

Ushbu jarayonda universitet rahbariyati vakillari, pedagog xodimlari, talabalar hamda universitet bog‘bon va obodonlashtirish xodimlari ishtirok etdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫

9-noyabr kuni O‘zDJTUda Ingliz tili 1-fakulteti tashabbusi bilan Qozog‘istonning akademik A. Quatbekov nomidagi Xalqlar do‘stligi universitetining Xalqaro aloqalar va akademik mobillik bo‘limi boshlig‘i Guljamal Maxmudova bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda  Ingliz tili amaliy fanlar 1-kafedrasi katta o‘qituvchisi Nishonbekova Saida Urinboy qizi ham ishtirok etdi.

Muloqot chog‘ida Xalqlar do‘stligi universiteti bilan imzolangan Hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma asosida professor-o‘qituvchilarning malakasini oshirish, stajirovka dasturlari va ma’ruzalar o‘qishlarini tashkillashtirish, akademik mobillik dasturlarini amalga oshirish, xalqaro anjumanlarda hamkor universitet vakillarining ishtirokini ta’minlash kabi masalalar muhokama qilindi.

Tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish borasida kelishuvga erishdilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦

8-noyabr kuni Dissertatsiya ishlari ilmiy seminar muhokamasining navbatdagi soni bo‘lib o‘tdi.

Unda Mamaraimova Dildora Bahtiyarovnaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “Ingliz tilini o‘qitishda turizm sohasidagi bo‘lajak mutaxassislar - talabalarning leksik kompetensiyasini takomillashtirish” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasining muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Oflayn va onlayn tarzida tashkil etilgan seminarda Ilmiy kengash a’zolari, rasmiy opponentlar va universitetning boshqa mas’ullari ishtirok etdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦

O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov boshqa OTM rahbarlari bilan Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘ylab safari chog‘ida Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq san’at muzeyiga ham tashrif buyurdi.

Nukus shahridagi I.V.Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san’at muzeyida bo‘lgan oliygoh rektorlari u yerdagi bebaho eksponatlar bilan tanishdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

12-noyabr kuni O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida malakaviy imtihonlar oʻtkazildi.

Dastur avvalida OʻzDJTU Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori O.Yusupov imtihonning ahamiyati haqida soʻzlab, imtihon topshiruvchilarga omad tiladi. Imtihonlarga yuqori malakali mutaxassislar jalb qilindi. Jarayonlar ochiq va shaffof tarzda tashkil etildi.


10.00.04 – “Yevropa, Amerika va Avstraliya xalqlari tili va adabiyoti” ixtisosligi boʻyicha imtihon natijalari
———
10.00.06 – “Qiyosiy adabiyotshunoslik, chogʻishtirma tilshunoslik va tarjimashunoslik” ixtisosligi boʻyicha imtihon natijalari;
———
10.00.11 - “Til nazariyasi. Amaliy va kompyuter lingvistikasi” ixtisosligi boʻyicha imtihon natijalari.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟩🟩🟩🟩

Hamrayev Maqsudjon Saidaxmadovich O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori lavozimiga tayinlandi.
—————————
Batafsil...
—————————
Хамраев Максуджон саидахмадович назначен проректором по финансам и экономике Узбекского государственного университета мировых языков.
—————————
Подробнее...
—————————
Hamrayev Maqsudjon Saidakhmadovich was appointed to the position of vice-rector for financial and economic affairs of the Uzbekistan State World Languages University.
—————————
More...
—————————

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣

12-noyabr kuni O‘zDJTU Kuzatuv kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.


Yig‘ilishda Kuzatuv kengashi raisi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri o‘rinbosari Otabek Muxtorovich Mahkamov hamda Kuzatuv kengashi a’zolari ishtirok etdi.

Kuzatuv kengashini kengash raisi olib bordi. Kuzatuv kengashi a’zolari ishtirokida kun tartibiga kiritilgan bir qator masalalar o‘rganildi.

Shuningdek, yig‘ilishda Hamrayev Maqsudjon Saidaxmadovichni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti moliya va iqtisod ishlari bo‘yicha prorektori lavozimiga, Abdullayev Suyun Artikovichni O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlanish masalalari ko‘rib chiqildi.

Kuzatuv kengashidan yig‘ilishidan so‘ng, O‘zDJTU rahbariyati vakillari hamda Kuzatuv kengashining a’zolari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda yangi tayinlovlar haqida axborot berildi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#e’lon

⚡️ 1 000 nafar talaba-o‘quvchilarni xalqaro IELTS sertifikatiga bepul o‘qitish rejalashtirilmoqda

🔰 Iqtidorli yoshlarning chet tilini oʻrganishlarini qoʻllab-quvvatlash va ragʻbatlantirish maqsadida respublika miqyosida yoshlar uchun “Registon IELTS granti — 2024” tanlovi o‘tkaziladi.

Unda barcha davlat va nodavlat oliygohlarida tahsil olayotgan magistratura va bakalavr bosqichi talabalari hamda texnikum, kollej, kasb-hunar maktabi va akademik litsey o‘quvchilari (25 yoshgacha) ishtirok etishlari mumkin.

Talabgorlar 30-noyabrga qadar onlayn shaklda maxsus bot orqali ro‘yxatdan o‘tishlari kerak.

2 bosqichli saralash natijasiga ko‘ra, gʻoliblar “Registon IELTS Granti” g‘oliblik guvohnomasi, maxsus Grant, shuningdek, esdalik sovg‘alar va maxsus mukofotlar bilan taqdirlanadi.

Bundan tashqari, tanlovda ishtirok etgan nomzodlarga maxsus QR-kodli sertifikatlar onlayn topshiriladi.

➡️ Batafsil (matn ustiga bosing)

❗️Ma’lumot o‘rnida, ushbu grant tanlovi xorijiy tillarni puxta o‘rgangan bilimdon talabalarni moddiy rag‘batlantirishga qaratilgan bo‘lib, o‘qishda qo‘shimcha imtiyoz berish xarakteriga ega emas.


👨🏻‍💻 Ro‘yxatdan o‘tish:
👉 @Registan_IELTS_bot
👉 @Registan_IELTS_bot

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦

O‘zbekiston musulmonlari idorasi O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalarida qabul imtihonlarini yanada shaffof, ochiq va oshkora o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida diniy ta’lim tizimi uchun fanlardan test savollarini yuqori saviyada tayyorlashda amaliy yordam bergan O‘zbekiston jahon tillari universiteti rahbariyati va professor-o‘qituvchilariga minnatdorchilik bildiradi.

11- noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin XOLIQNAZAR domla tomonidan yuborilgan tashakkurnomani O‘zDJTU rektori Ilxomjon Tuxtasinov qabul qilib oldi hamda e’tibor va e’tirof uchun minnatdorchilik bildirdi.


🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦🟦🟦🟦🟦

11 noyabr kuni umumiy tilshunoslik kafedrasi mudiri R.U. Madjidova, katta o‘qituvchilar N.R. Madaminova, M.O. Nosirova, o‘qituvchilar Sh.A. Alimardanova, A.R. Galyamova A.I. Gersen nomidagi Rossiya davlat pedagogika universiteti tomonidan chet ellik rus tili pedagoglari uchun tashkil etilgan Maktabning tantanali ochilishida ishtirok etdilar.


Tantanali tabrik so‘zi bilan universitetning xalqaro faoliyat va baynalmilallashtirish bo‘yicha prorektor o‘rinbosari S.A. Sheremet, O‘zbekiston Respublikasining Sankt-Peterburgdagi Bosh konsulligi konsuli U.A. Boltaboyev, gumanitar fanlarni qo‘llab-quvvatlash Jamg‘armasining "Mening tarixim" dasturiy faoliyati strategiyasi va monitoringi Departamenti rahbari o‘rinbosari E.A. Gulyayeva, "Rus uyi" xorijiy fuqarolar uchun tayyorgarlik bo‘limi direktori O.V. Chuxayevalar so‘zga chiqishdi.

Tadbirning ikkinchi qismida universitetning asosiy kampusi va imperatritsa Mariya Fedorovna Fundamental kutubxonasi bo‘ylab ekskursiya o‘tkazildi. Shundan so‘ng universitetning katta o‘qituvchisi V.I. Uxartseva o‘qituvchilarga ma’ruza va master-klass taqdim etib, rus tilini chet tili sifatida o‘qitish bo‘yicha tajriba almashdi. Uchrashuv yakunida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti professor-o‘qituvchilari universitet rektori I.M. Tuxtasinov nomidan prorektor va elchi o‘rinbosarlariga, shuningdek, tadbirning boshqa tashkilotchilariga esdalik sovg‘alarini topshirdilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

0️⃣0️⃣0️⃣

Bugun O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori I.Tuxtasinov universitetning Zakovat ko‘chasi  4-uy manzilida joylashgan hududiga tashrif buyurdi.

Tashrif davomida universitet rahbariyati vakillari bilan birgalikda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida hududda  manzarali va butasimon daraxtlar ekishdi.

Tashrif so‘ngida universitet binosida  foydalanishga topshirilishi rejalashtirilayotgan yangi, zamonaviy talablarga mos ravishdagi  mustaqil ta’lim,  fan to‘garaklari uchun mo‘ljallangan o‘quv xonalarini ko‘zdan kechirdi va qurilish-ta’mirlash ishlarini o‘z vaqtida yakunlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦🟦

Bugun — O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni!

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti jamoasi va o‘zim nomimdan mamlakatimizda fuqarolarning o‘z faoliyati bo‘yicha umumiy kasbiy manfaatlarini, mehnatga oid hamda ijtimoiy-iqtisodiy huquq va manfaatlarini himoya qilish yo‘lida xizmat olib borayotgan O‘zbekiston kasaba uyushmalari xodimlari va a’zolarini bugungi sana bilan qizg‘in muborakbod etaman.

Xodimlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishda kuch-quvvat va yanada qat’iyat tilab qolaman!

O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti rektori Ilxomjon Tuxtasinov

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🌳 #yashil_makon #yashil_kelajak #marafon

9-noyabr kuni Nukus shahrida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida barcha oliy va kasbiy ta’lim muassasalari ishtirokida bo‘lib o‘tgan “Yashil kelajak” umumrespublika marafonidan fotolavha.


🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

O’zDJTU Xalqaro jurnalistika fakulteti talabalarining Ugam-Chotqol davlat milliy tabiat bog’ida ishtirok etgan eco-press turi “O’zbekiston24” va “O’zbekiston” telekanallarida yoritildi.

#fakultetyangiliklari
@xalqarojurnalistika_fakulteti

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🇬🇧 🔤🔤🔤🔤🔤🔤

Joriy yilning 8-noyabr kuni
Ingliz filologiyasi fakulteti dekani G.I.Ergasheva tashabbusi bilan
marhum Ikramov Muhammadali xotirasiga kecha uyishtirildi.
Ushbu kechada Muhammadalining ustozlari va yaqin do'stlari uni iliq so'zlar bilan xotirlashdi.

Ikramov Muhammadali ( 2004-2024)

Ingliz filologiyasi fakulteti faxri
O'zbekcha Vikipediya administratori (600 dan ortiq maqola va 5000 dan ortiq sahifa muallifi, 26000 dan ortiq maqola muharriri
Vikistipendiya marafon loyihasida "Marafon yulduzi" nominatsiyasi sovrindori

- Nega Vikipediyada maqola yozasiz?
- Bu foydali, bizdan shu qoladi xolos...

Muhammadali Ikramov


📝Ushbu kecha qisqa vaqt davomida o'zidan yaxshi nom qoldirgan Muhammadali xotirasiga bag'ishlandi.


Bizning rasmiy sahifalarimiz:
Telegram | Instagram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

#Hay’at_yig‘ilishi
#live

Yig‘ilishda hududlarni rivojlantirish va drayver nuqtalarini belgilash, tarmoq va sohalarda mavjud bo‘lgan muammolarga yechim topish, mahallalar, kerak bo‘lsa har bir oilaning turmush tarziga ijobiy ta’sir ko‘rsata oladigan ilmiy asoslantirilgan yondashuvni joriy qilishda aynan oliygohlar va texnikumlar jamoasining ilmiy salohiyati va amaliy tajribasini keng joriy qilish masalalariga alohida urg‘u berildi.

Mana shunday tizimli yondashuv va ilmiy-amaliy tajribaning Qoraqalpog‘iston Respublikasida boshlanishi ham bejiz emas. Mazkur yig‘ilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha hududlardagi oliygohlar va texnikumlar faoliyatini yangi bosqichga olib chiqish, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishni ta’lim va innovatsiyalar orqali kuchaytirish uchun muhim qadam bo‘lishi kutilmoqda.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/26978

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🟦🟦
8-noyabr kuni Dissertatsiya ishlari ilmiy seminar muhokamasi bo‘lib o‘tdi.

Dissertatsiya ishlari ilmiy seminar muhokamasining bu sonida Eshonkulova Gulrux Yunusovnaning 13.00.02 – Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi ixtisosligi bo‘yicha “Filologik yo‘nalishdagi talabalarga ingliz tili antroposentrik maqollarni o‘rgatishning lingvodidaktik asoslari” mavzusidagi pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etilgan dissertatsiyasi muhokama etildi.

Oflayn va onlayn tarzida tashkil etilgan seminarda Ilmiy kengash a’zolari, rasmiy opponentlar va universitetning boshqa mas’ullari ishtirok etdi.

Muhokama jarayoni davomida dissertatsiya mavzusining dolzarbligi, ilm-fan sohasiga qo‘shadigan hissasi, o‘rganilganlik darajasi va ilmiy yangiligiga haqida so‘z yuritildi. 

Yakunda tadqiqotchi tomonidan ishtirokchilarni qiziqtirgan barcha savollarga asosli javoblar taqdim etdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

Joriy yilning 8-noyabr kuni universitet xotin-qizlar maslahat kengashi a’zolari tyutorlar bilan birgalikda ijarada yashovchi talaba-qizlar holidan xabar oldi.

Ularning yashash sharoitlari bilan tanishishdi. Tashrif davomida talabalar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishib chiqildi, kuz mavsumidagi baxtsiz hodisalar haqida, ya’ni is gazidan zaharlanish hamda uning ayanchli oqibatlari, elektr energiyasi va xavfsizlik qoidalariga amal qilish kabi masalalar bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borildi.

Shuningdek, talabalarni qiynayotgan har qanday muammolarni yechishda yordamga tayyor ekanliklarini ta’kidlab o‘tishdi.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…

O'zDJTU | UzSWLU | УзГУМЯ

🤝🌏👨‍🏫👩‍🏫

8-noyabr kuni O‘zbekiston jahon tillari universitetida O‘zbekistondagi nemis tili o‘qituvchilarining 17-anjumani o‘z ishini davom ettirdi.


Anjumanning ikkinchi kunida mamlakatimizda nemis tilini o‘qitish, yoshlar orasida o‘rganishni ommalashtirish, yangi o‘quv-uslubiy qo‘llanmalarni joriy qilish, nemis tili o‘qituvchilarining ilmiy-pedagogik salohiyatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi. Shuningdek, uzluksiz ta’lim tizimida nemis tilini o‘qitishni keng joriy qilish, nemis tiliga ixtisoslashgan maktablar sonini ko‘paytirish masalasiga alohida e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari anjumanning ikkinchi kunida nemis tili o‘qituvchilari uchun turli mavzularda seminar va mahorat darslari o‘tkazildi. Ushbu seminarlarda germaniyalik va o‘zbekistonlik mutaxassislarning nemis tilini o‘rgatish va o‘rganish bo‘yicha ma’ruzalari tinglandi. Ishtirokchilar nemis tilini o‘qitish bo‘yicha o‘zaro tajriba almashib, fanni rivojlantirish masalalarini muhokama qilishda bevosita ishtirok etishdi. Anjuman yakunida barcha ishtirokchilar sertifikat, o‘quv materiallari va sovg‘alar bilan taqdirlandilar.

🌐 Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Telegram | Instagram | Facebook | Sayt

Читать полностью…
Subscribe to a channel